toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.11.2015
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“UMUMIY FOYDALANIShDAGI HAVO, TEMIR YOʻL, IChKI SUV VA AVTOMOBIL TRANSPORTI YOʻLOVChILARINING MAJBURIY ShAXSIY DAVLAT SUGʻURTASI TOʻGʻRISIDA” GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonuni “Xalq soʻzi” gazetasining 1993-yil 20-maydagi 97 (602)-sonida eʼlon qilingan.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oylik muddat ichida:
umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta pullari hamda sugʻurta takliflari miqdorlarini, shuningdek, sugʻurta summasini toʻlash uchun jarohatning ogʻirlik darajasini aniqlash qoidalarini belgilovchi meʼyoriy hujjatlar qabul qilsin;
 LexUZ sharhi
Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi yuzasidan sugʻurta pullari hamda sugʻurta takliflari miqdorlarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-iyuldagi 379-son “Umumiy foydalanishdagi baxtsiz hodisalardan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan.
Hukumat va tarmoqning ushbu Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlari qarab chiqilishi va bekor qilinishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
867-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 251-modda)