Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Umumiy foydalaniladigan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdorlari toʻgʻrisida
“Umumiy foydalanishdagi havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy shaxsiy davlat sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining transport vositalariga chipta sotib olgan havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarining majburiy boʻyicha sugʻurta summasi har bir yoʻlovchi uchun eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida, sugʻurta mukofoti miqdori — eng kam oylik ish haqining 0,2 foizi miqdorida belgilansin.
Xorijiy erkin almashtiriladigan valyutaga chipta sotib olinganda sugʻurta summasining miqdori 20000 dollar, sugʻurta mukofoti miqdori — 2 dollar, yoxud ushbu summaning boshqa xorijiy valyutadagi teng qiymati miqdorida belgilansin.
Sugʻurta mukofoti chipta qiymatiga qoʻshiladi.
2. Umumiy foydalaniladigan havo, temir yoʻl, ichki suv va avtomobil transporti yoʻlovchilarini majburiy sugʻurta qilish tegishli litsenziyaga ega boʻlgan sugʻurtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda havo, temir yoʻl, ichki suv va umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti yoʻlovchilarini majburiy sugʻurta qilish qoidalarini tasdiqlasin.