1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHRI BUDJETI IJROSINING MOLIYA ORGANLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI BOʻYIChA YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 7-iyulda 1560-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 30-dekabrdagi 93-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni, shuningdek unga qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1560-2, 04.01.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi PF-3620-sonli “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ragʻbatlantirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 25-26-son, 177-modda) ijro etish maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2006-yil 9-martdagi 28-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri budjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi boʻyicha Yoʻriqnoma”ga (2006-yil 10-aprel, roʻyxat raqami 1560 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 15-son, 129-modda) ilovaga* muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.