1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYDJETINI TUZISH VA IJRO ETISH QOIDALARIGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 19-iyunda 1111-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 21-avgustdagi 167-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzish va ijro etish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1111-2, 07.10.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-sonli “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (2-ilova) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 29-dekabrdagi 130-sonli buyrugʻibilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi budjetini tuzish va ijro etish qoidalariga (2002-yil 14-mart, roʻyxat raqami 1111 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 5-son) ilovaga* asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.