1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Sanoat]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Qarori
YoGʻ-MOY VA OZIQ-OVQAT SANOATI UYuShMASINING IJRO ETUVChI TUZILMASINI QISMAN OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 14-dekabrdagi PF-4391-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati korxonalarini samarali boshqarishni taʼminlash hamda Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining ijro etuvchi tuzilmasini maqbullashtirish maqsadida:
1. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining umumiy xodimlari cheklangan soni 52 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 44 nafar boʻlgan ijroiya apparati tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi bir oy muddatda Uyushmaning ijroiya apparati xodimlari shtat sonini ushbu qaror bilan tasdiqlangan tuzilmaga muvofiqlashtirsin, uni yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 30-maydagi PQ–359-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin: