toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.05.2016
Hujjat 18.05.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARGA SOLINADIGAN JARIMALARNI UNDIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 2003 YIL 17 SENTYABRDAGI 404-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 16-dekabrdagi OʻRQ–12-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 86-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-may,
90-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
18-maydagi 90-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari va hududiy arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega”;
b) 7-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10 foiz — “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va unga idoraviy mansub hududiy davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga yoʻnaltiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)