1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “QURILISh SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN YuRIDIK ShAXSLARGA SOLINADIGAN JARIMALARNI UNDIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA” 2003 YIL 17 SENTYABRDAGI 404-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2005-yil 16-dekabrdagi O‘RQ–12-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 86-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-may,
90-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-maydagi 90-son qaroriga ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-banddagi “Davlat arxitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari va hududiy arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda, “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa — eng kam oylik ish haqining besh yuz baravarigacha miqdorda jarimalar solish huquqiga ega”;
“10 foiz — “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi va unga idoraviy mansub hududiy davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasiga yo‘naltiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 179-modda)