Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish, ularning jamiyatga integratsiyalashuvini kengaytirish, ehtiyojmand nogironlarni sifatli protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash va tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazini hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazini birlashtirish yoʻli bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
reabilitatsiya qilish markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari bilan birgalikda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 52(I)-son, 642-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni reabilitatsiya qilish respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralardan nogironlik masalalari boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Sogʻliqni saqlash vazirligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirish sohasidagi faoliyatni tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oy muddatda:
Markaz toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazining asosiy fondlari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa boyliklari Markaz balansiga berilishi-qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Markazning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda qayta tashkil etilayotgan markazlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda Markazning yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-may,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) “Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazi” soʻzlari “Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):