Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya samaradorligini oshirish va ularning jamiyatga integratsiyalashuvini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazini hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazini birlashtirish yoʻli bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy, ijtimoiy, kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish va protezlash;
nogironlik, nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish, protezlash muammolari boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
nogiron qiladigan asosiy kasalliklarga chalingan nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning individual dasturlarini ishlab chiqish;
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatish;
(2-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
reabilitatsiya qilish markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
nogironligi boʻlgan shaxslarga faol hayot faoliyati, oʻqish va mehnat faoliyati imkoniyatini olishda koʻmaklashish.
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
3. Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni reabilitatsiya qilish respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralardan nogironlik masalalari boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Markaz faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 5-moddasi.
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oy muddatda:
Markaz toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazining asosiy fondlari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa boyliklari Markaz balansiga berilishi-qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Markazning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda qayta tashkil etilayotgan markazlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda Markazning yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-may,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining
TUZILMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 178-modda; 2010-y., 44-45-son, 387-modda; 2014-y., 52(I)-son, 642-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)