Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish samaradorligini oshirish, ularning jamiyatga integratsiyalashuvini kengaytirish, ehtiyojmand nogironlarni sifatli protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash va tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazini hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazini birlashtirish yoʻli bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
tibbiy, ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish, nogironlarni protezlash va ularning mehnatga layoqatliligini tibbiy-mehnat ekspertizasidan oʻtkazish tadbirlari kompleksini amalga oshirish;
nogironlik, tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish hamda nogironlarni protezlash va ularning mehnatga layoqatliligini tibbiy-mehnat ekspertizasidan oʻtkazish muammolari boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar olib borish;
nogiron qiladigan asosiy kasalliklarga chalingan nogironlarni sogʻlomlashtirish individual dasturlarini ishlab chiqish;
mintaqaviy markazlar va tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
3. Markazning tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziriga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Markaz faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bir oy muddatda:
Markaz toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.05.00.00 Nogironlikni, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlikni belgilash (shuningdek, 14.01.10.00ga qarang)]
Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazining asosiy fondlari, tovar-moddiy zaxiralari va boshqa boyliklari Markaz balansiga berilishi-qabul qilib olinishini taʼminlasin;
Markazning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda qayta tashkil etilayotgan markazlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazsin hamda Markazning yuqori malakali va tajribali mutaxassislar bilan butlanishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-may,
89-son
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga 1-ILOVA
Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazining tuzilmasi
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 17-maydagi 89-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi 75-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 2-son, 11-modda) “Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha sogʻlomlashtirish milliy markazi hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sogʻlomlashtirish respublika markazi” soʻzlari “Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 1-ilovaning 14-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):