1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYICHA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT”
Buyrugʻi
ISSIQLIKDAN FOYDALANUVCHI QURILMALAR VA ISSIQLIK TARMOQLARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-mayda 1572-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha (Oʻzdavenergonazorat) davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Issiqlikdan foydalanuvchi uskunalar va issiqlik tarmoqlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari” tasdiqlansin.