1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YAGONA SOLIQ TOʻLOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 29-aprelda 1501-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli (roʻyxat raqami 1667-son, 28.03.2007-y.) qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2005-yil 2-avgustdagi 69, 2005-45-son qarori bilan tasdiqlangan Yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2005-yil 2-avgust, roʻyxat raqami 1501 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 239-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.