1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.01.00 Umumiy masalalar. Tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlari;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Tashqi siyosat;
3.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
QOZOGʻISTON RESPUBLIKASI BILAN IKKI TOMONLAMA MAHSULOT AYIRBOSHLASHNI OSHIRISH BOʻYICHA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONI VA CHORA-TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-20-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlarning keng miqyosda va oʻz vaqtida amalga oshirilishi hamda Qozogʻiston Respublikasi bilan integratsiyalashuv jarayonini amalga oshirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlashni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.02.00.00 Tashqi aloqalarni tashkil etish / 19.02.03.00 Delegatsiyalar, tashriflar almashuvi;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar;
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.02.00 Iqtisodiy integratsiya. Sarmoyalarni himoya qilish;
5.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.03.00 Savdo sohasidagi hamkorlik]
1. Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, transport va gumanitar sohalardagi normativ-huquqiy bazalarni yanada muvofiqlashtirish, ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan erishilgan axdlashuvni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar Dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur qarorning ilovasida koʻrsatilgan masʼul ijrochilar — vazirlik va idoralar Qozogʻiston Respublikasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.09.00.00 Xalqaro iqtisodiy hamkorlik / 19.09.01.00 Umumiy masalalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma hukumatlararo Komissiyasining Oʻzbekiston qismi:
Dasturda nazarda tutilgan ikki tomonlama savdoning integratsiyalashuv jarayonini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini taʼminlasin;
mazkur qarorda tasdiqlangan Dasturning qanday amalga oshirilayotganini majlislarda muntazam koʻrib chiqishni Komissiya ish amaliyotiga tatbiq etsin;
har chorakda tadbirlar Dasturining qanday amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar ijrosi ustidan muntazam nazorat oʻrnatsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 25-aprel,
PQ-332-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 139-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 20.03.2020-y., № 06/20/5971/0348)