

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-804432" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="4RMiyLcBBNqtKPht8C5YJYXFKjwLjmpoNbTjMuK011AzbRvxHg7dPYkc1Wzr/tG72hljmP6vP98JAWIxdVawpTrDXyqPNoLj11HIAkZBmpx+E27CDHzz59HG7/IltvJGrhTtX76AwowaUqocE21DqNs9g6azvknfCzj8vu8zRcj9RDpRJ8yt7XwmiKQW5lHBe/vKVMlrxZ/4ojqcBsISSw==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2006
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-804432" id="onLBC-804432">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7082"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.02.00 Bojxona ishini boshqarish. Bojxona organlarida xizmatni oʻtash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-804432" id="onLS-804432">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-871450" id="-871450">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-871451" id="-871451">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-871454" id="-871454">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARIDA XIZMATNI OʻTASh HAQIDA VAQTINChALIK NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-871456" id="-871456"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-871461" id="-871461">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son <a href="/m/acts/-828354">qaroriga </a>muvofiq hamda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishni yaxshilash va bojxona organlari xodimlarining intizomini mustahkamlash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qoʻyilgan vazifalarni toʻliq va ogʻishmay bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-871535" id="-871535">1. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlarida xizmatni oʻtash haqidagi ilova qilinayotgan <a href="/m/acts/-804432#-872092">Vaqtinchalik nizom </a>tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872085" id="-872085">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida xizmatni oʻtash haqidagi <a href="/m/acts/-804432#-872092">Vaqtinchalik nizom </a>vazifalari va talablarining amalga oshirilishini nazorat qilish yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-872087" id="-872087">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-872088" id="-872088">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-872090" id="-872090">1998-yil 4-aprel,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-872091" id="-872091">146-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-872092" id="-872092"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-872110" id="-872110">Vazirlar Mahkamasining 1998-yil <br />4-apreldagi 146-son <a href="/m/acts/-804432#-871450">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-872174" id="-872174">Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarida xizmatni oʻtash haqida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-872178" id="-872178">VAQTINChALIK NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-872180" id="-872180"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872188" id="-872188">Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan xizmatni oʻtash tartibi va shartlarini, ularning huquqlari, vazifalari va javobgarligini belgilab beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-872190" id="-872190">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872194" id="-872194">1. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga (bundan keyin — bojxona organlarining boshliqlar tarkibidagi shaxslar) bojxona organlarida shtat lavozimini egallab turgan yoki bojxona organlari kadrlarida turgan maxsus unvon berilgan shaxslar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872197" id="-872197">Boshliqlar tarkibining bojxona organlaridagi xizmati bilan bogʻliq huquqlari, vazifalari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872207" id="-872207">2. Bojxona organlariga xizmatga 18 yoshga toʻlgan, lekin 30 yoshdan oshmagan, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va xizmat mavqeyidan, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, oʻzining shaxsiy, ishchanlik va axloqiy sifatlari, maʼlumoti darajasi va salomatligiga koʻra bojxona organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari koʻngillilik asosida qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872211" id="-872211">Bojxona organlari oʻrta va katta boshliqlari tarkibi lavozimlariga maʼmuriy-xoʻjalik, ishlab chiqarish, reja-iqtisodiyot, muhandislik-texnika va tibbiyot boʻlinmalariga 35 yoshgacha boʻlgan, shuningdek istisno hollarda 45 yoshgacha boʻlgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872215" id="-872215">3. Bojxona organlarida xizmatda turgan shaxslarga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-872218" id="-872218">kichik boshliqlar tarkibi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872225" id="-872225">— bojxona xizmati starshinasi;</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-872228" id="-872228">oʻrta boshliqlar tarkibi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872232" id="-872232">— bojxona xizmati kichik leytenanti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872234" id="-872234">— bojxona xizmati leytenanti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872239" id="-872239">— bojxona xizmati katta leytenanti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872241" id="-872241">— bojxona xizmati kapitani;</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-872244" id="-872244">katta boshliqlar tarkibi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872247" id="-872247">— bojxona xizmati mayori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872251" id="-872251">— bojxona xizmati podpolkovnigi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872252" id="-872252">— bojxona xizmati polkovnigi;</div></div><div class="TEXT_BOLD"><div name="-872256" id="-872256">oliy boshliqlar tarkibi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872259" id="-872259">— bojxona xizmati general-mayori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872261" id="-872261">— bojxona xizmati general-leytenanti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872264" id="-872264">— bojxona xizmati general-polkovnigi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872271" id="-872271">4. Bojxona organlari kichik boshliqlar tarkibi lavozimlari tanlov, kontrakt asosida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan, maʼlumoti oʻrta umumiy maʼlumotdan kam boʻlmagan shaxslar bilan toʻldiriladi. Kichik boshliqlar tarkibi lavozimlariga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi zobitlarni qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872274" id="-872274">Kichik, oʻrta va yuqori boshliqlar tarkibi oliy maʼlumotga ega boʻlgan yoki oliy oʻquv yurtlarining oxirgi kurslarida oʻqiyotgan, haqiqiy harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar bilan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq harbiy xizmatni oʻtamagan boshqa shaxslar bilan tanlov asosida toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872281" id="-872281">Tanlov sinovlarini oʻtkazish tartibi va shartlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi (bundan keyin — Qoʻmita) tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872286" id="-872286">5. Kichik boshliqlar tarkibidagi shaxslar bojxona organlarida xizmatda erkaklar 50 yoshga, ayollar 45 yoshga yetgungacha turishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872292" id="-872292">6. Oʻrta, katta va oliy boshliqlar tarkibidagi shaxslar bojxona organlarida xizmatda kunidagi cheklangan yoshgacha turishlari mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872296" id="-872296">a) bojxona xizmati kichik leytenantidan bojxona xizmati podpolkovnigigacha — 50 yosh </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872297" id="-872297">b) bojxona xizmati polkovniklari — 55 yosh</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872299" id="-872299">v) bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkovnigigacha — 60 yosh </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872302" id="-872302">Boshliqlar tarkibidagi shaxslar ular xizmatda turishlari uchun belgilangan cheklangan yoshga yetganlarida bojxona organlaridan boʻshatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872314" id="-872314">7. Zarur hollarda va ularning roziligi bilan bojxona xizmati podpolkovnigigacha oʻrta va katta boshliqlar tarkibidagi belgilangan yoshdan katta yoshdagi shaxslar 5 yilgacha muddatga Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda, bojxona organlarida xizmatda turishning mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872292">6-bandida </a>belgilangan yoshga yetgan, lekin sogʻligʻiga, tayyorgarlik darajasiga va oʻz ishchanlik sifatlariga koʻra xizmatni davom ettirishga yaroqli boʻlgan bojxona xizmati polkovnigi va undan yuqori maxsus unvonlardagi shaxslar esa Qoʻmita raisining qarori bilan xizmatda qoldirilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872319" id="-872319">Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar belgilangan yoshdan keyin xizmatda qoldirilgan muddati tugamasdan boʻshatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872790" id="-872790">8. Bojxona organlari boshliqlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan harbiy xizmatga majburlar belgilangan tartibda harbiy hisobdan chiqariladi va Qoʻmitada maxsus hisobda turadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-872799" id="-872799">II. Xizmatga qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872859" id="-872859">9. Bojxona organlariga xizmatga qabul qilish Qoʻmita raisi, Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari va Ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (bundan keyin — DBQB, IBK) boshliqlari tomonidan ularga berilgan huquqlar doirasida, mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872207">2 </a>va <a href="/m/acts/-804432#-872271">4-bandlarida </a>belgilangan shartlarga, shuningdek mutaxassislar bilan toʻldiriladigan lavozimlar roʻyxatiga hamda ularga qoʻyiladigan malaka talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872860" id="-872860">DBQB (IBK) boshliqlarining xizmatga qabul qilish boʻyicha huquqlari va mutaxassislar bilan toʻldiriladigan lavozimlar roʻyxati Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872861" id="-872861">10. Muqaddam jinoyat sodir etgan, shuningdek yashash joyi, ish joyi yoki oʻquv joyidan salbiy taʼriflangan shaxslar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872864" id="-872864">11. Bojxona organlarining kichik boshliqlar tarkibi lavozimiga xizmatga kirayotgan shaxs bilan kontrakt tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872866" id="-872866">Bojxona organlarida xizmat qilish toʻgʻrisidagi kontrakt boʻyicha fuqaro unga yuklatilgan xizmat vazifasini bajarish, Qasamyodga, ichki tartibga va mazkur Nizom talablariga rioya qilish majburiyatini oladi, Qoʻmita esa taʼminotning barcha turlari, huquqlar, imtiyozlar berilishini taʼminlash va bojxona organlarida xizmat qilish uchun amaldagi qonun hujjatlarida, mazkur Nizomda va kontraktda nazarda tutilgan shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872868" id="-872868">Kontrakt tomonlarning kelishuviga koʻra unda belgilangan muddat tugashidan kamida ikki oydan oldin uzaytirilishi yoki qayta tuzilishi mumkin. Tomonlar kontraktni bekor qilish yoki qayta tuzish xohishini bildirishmagan taqdirda, uning amal qilishi mazkur kontrakt shartlarida kelishilgan muddatga uzaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872869" id="-872869">Namunaviy kontrakt shakli va shartlari Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872870" id="-872870">12. Bojxona organlariga xizmatga qabul qilinayotgan shaxs shtatdagi lavozimga tayinlanadi yoki kichik boshliqlar tarkibining maxsus unvoni berilgan holda bojxona organlarining boshlangʻich tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari kurslariga tinglovchi etib qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872871" id="-872871">Boshlangʻich tayyorgarlik kursi tinglovchisi, agar uning qoʻyilgan talablarga muvofiq kelmasligi aniqlansa yoki uning shaxsiy iltimosi bilan uni tugatguncha kursdan chiqarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872872" id="-872872">Boshlangʻich tayyorgarlik kursini tugatgandan soʻng boshliqlar tarkibidagi shaxs xizmat joyiga taqsimlanadi, u yerda u tajriba orttirishdan oʻtadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872873" id="-872873">Boshlangʻich tayyorgarlik va xizmat joyidagi tajriba orttirishning umumiy muddat bir yilni tashkil etishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-872875" id="-872875">III. Maxsus unvon berish, maxsus unvonni pasaytirish, maxsus unvondan mahrum etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872876" id="-872876">13. Boshliqlar tarkibining maxsus unvonlari bojxona organlarida xizmatni oʻtayotgan shaxslarga maʼlumoti, tayyorgarligi, ish tajribasi va egallab turgan lavozimini, Qurolli Kuchlarning zaxiradagi zobitlariga va muqaddam ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtagan boshliqlar tarkibidagi shaxslarga esa ularning mavjud harbiy yoki maxsus unvonlari hisobga olingan holda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872879" id="-872879">Shtatlar boʻyicha bojxona xizmati mayori va undan yuqori maxsus unvonlar belgilangan bojxona organlari katta boshliqlar tarkibi lavozimiga qabul qilingan shaxslarga, agar ular zaxirada yuqoriroq harbiy unvonga yoki ichki ishlar organlari boshliqlar tarkibining maxsus uyushmaga ega boʻlishmagan boʻlsa, bojxona xizmati mayoridan yuqori boʻlmagan birinchi maxsus unvon berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872884" id="-872884">14. Bojxona organlarining birinchi va bojxona xizmati polkovnigigacha boʻlgan navbatdagi unvonlar Qoʻmita raisi tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872888" id="-872888">Yuqori boshliqlar tarkibining bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkovnigigacha boʻlgan maxsus unvonlar Qoʻmita raisi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872891" id="-872891">15. Bojxona organlarining boshliqlari tarkibiga maxsus unvonlar navbat bilan, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganda, navbatdagi unvon egallab turgan lavozimi boʻyicha shtatda belgilangan maxsus unvonga muvofiq boʻlganda hamda oldingi unvonda xizmat qilish muddati tugaganda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872894" id="-872894">Boshliqlar tarkibidagi shaxsga navbatdagi unvon berilmasdan maxsus unvon berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872898" id="-872898">Maxsus unvonlar berishning mazkur Nizomda nazarda tutilmagan qoʻshimcha shartlarini oʻzboshimchalik bilan belgilash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872901" id="-872901">16. Boshliqlar tarkibidagi shaxsning maxsus unvonlarda xizmat muddatlari quyidagicha belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872913" id="-872913">— bojxona xizmati kichik leytenanti unvonida —1 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872918" id="-872918">— bojxona xizmati leytenanti unvonida — 2 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872922" id="-872922">— bojxona xizmati katta leytenanti unvonida — 3 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872945" id="-872945">— bojxona xizmati kapitani unvonida — 3 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872947" id="-872947">— bojxona xizmati mayori unvonida — 4 yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872950" id="-872950">— bojxona xizmati podpolkovnigi unvonida — 5 yil.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872953" id="-872953">Bojxona xizmati starshinasi, bojxona xizmati polkovnigi va undan yuqori maxsus unvonlarda xizmat muddatlari belgilanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872958" id="-872958">17. Unvonda belgilangan xizmat muddati tugagan boshliqlar tarkibidagi shaxslarning lavozimlari oʻzgartirilganda va yuqoriroq unvon belgilangan lavozimga koʻtarilganda, ushbu lavozimlarda boʻlish muddatidan qatʼiy nazar, ular navbatdagi unvonga taqdim etiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872961" id="-872961">18. Bojxona xizmati starshinasi maxsus unvoni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872970" id="-872970">a) bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan va kichik boshliqlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaxslarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872973" id="-872973">b) bojxona organlariga xizmatga qabul qilingan va oʻrta boshliqlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan, oʻqiyotgan va tajriba orttirishdan oʻtayotgan shaxslarga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872979" id="-872979">19. Bojxona xizmati kichik leytenanti maxsus unvoni oliy oʻquv yurtining oxirgi kursida oʻqiyotgan, oʻrta boshliqlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan shaxslarga boshlangʻich tayyorgarlik va xizmat joyida tajriba orttirishdan oʻtgandan soʻng beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872985" id="-872985">20. Bojxona xizmati leytenanti maxsus unvoni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872988" id="-872988">a) maxsus unvonda belgilangan xizmat muddati tugagandan soʻng, oliy oʻquv yurtini tugatganlarga esa mavjud maxsus unvonda belgilangan xizmat muddatidan qatʼi nazar, bojxona xizmati kichik leytenantlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872990" id="-872990">b) oliy oʻquv yurtini tugatgan va oʻrta boshliqlar tarkibi lavozimlariga tayinlangan kichik boshliqlar tarkibidagi shaxslarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872993" id="-872993">v) oliy maʼlumotga ega boʻlgan va oʻrta boshliqlar tarkibi lavozimlariga qabul qilingan shaxslarga boshlangʻich tayyorgarlik va xizmat joyida tajriba orttirishdan oʻtgandan keyin beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-872996" id="-872996">21. Maxsus unvondagi belgilangan xizmat muddati unvon berilganligi toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Boshliqlar tarkibining pasaytirilgan maxsus unvonda boʻlgan vaqti unvoni tiklanganda belgilangan xizmat muddatiga qoʻshilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873000" id="-873000">22. Oʻrta va katta boshliqlar tarkibining navbatdagi maxsus unvonlari muddatidan oldin yoki shtatlar boʻyicha egallab turgan lavozimlari uchun belgilanganidan bir pogʻona yuqori unvon berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873004" id="-873004">Maxsus unvonlar muddatidan oldin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873006" id="-873006">a) mavjud maxsus unvonda xizmat muddatidan qatʼiy nazar, xizmat burchini bajarishdagi qahramonligi, jasurligi va fidokorligi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873008" id="-873008">b) maxsus unvonda xizmat muddatining kamida uchdan ikki qismini oʻtab boʻlgandan soʻng — xizmat vazifalarini vijdonan bajarganligi va oʻz ishida erishgan yuqori koʻrsatkichlari uchun beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873013" id="-873013">Shtatlar boʻyicha egallab turgan lavozimlari uchun belgilangan unvondan bir pogʻona yuqori navbatdagi maxsus unvon berilgan unvonda xizmat qilishning kamida bir yarim baravar muddati tugagandan soʻng — xizmat faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga erishganligi uchun beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873016" id="-873016">Maxsus unvonlar muddatidan oldin yoki shtatlar boʻyicha egallab turgan lavozimi uchun belgilangan unvondan bir pogʻona yuqori unvonning bir paytning oʻzida berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bojxona organida xizmat qilishning butun davrida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873019" id="-873019">Bojxona xizmati kapitan maxsus unvonlariga ega boʻlgan boshliqlar tarkibidagi shaxslarga ularning isteʼfoga chiqishi yoki yoshiga, kasalligiga, sogʻligʻining cheklanganiga, shtatlar qisqarishiga koʻra zaxiraga boʻshatilishi bilan bir paytda navbatdagi bojxona xizmati mayori maxsus unvoni berilishi mumkin, agar ular pensiya tayinlashda hisobga olinadigan 20 yil va undan ortiq (imtiyozli hisoblangan) belgilangan xizmat muddatiga ega boʻlishsa, berilgan unvonda belgilangan xizmat muddatini tugatishgan, egallab turgan lavozimida bojxona xizmati kapitani cheklangan unvon boʻlsa, xizmatda ijobiy taʼriflansa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873023" id="-873023">23. Intizomiy jazoga ega boʻlgan yoki ularga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan yoxud ular tomonidan qonunchilikning buzilishi hollari boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan boshliqlar tarkibidagi shaxslar intizomni jazo olinmaguncha yoki oqlovchi asoslar boʻyicha ish toʻxtatilmaguncha yoxud xizmat tekshiruvi tugamaguncha navbatdagi maxsus unvonlarga taqdim etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873030" id="-873030">24. Boshliqlar tarkibidagi shaxsni navbatdagi maxsus unvon berishga taqdim etishni asossiz ravishda kechiktirgan bojxona organi boshligʻi intizomiy javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873034" id="-873034">25. Oʻrta va katta boshliqlar tarkibidagi shaxslarni navbatdagi unvonga taqdim etishni kechiktirish, maxsus unvonni bir pogʻonaga pasaytirish tegishli DBQB (IBK) va Qoʻmita boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra intizomiy jazo sifatida Qoʻmita raisi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873039" id="-873039">Oldingi maxsus unvoni pasaytirilgan boshliqlar tarkibidagi shaxslarining unvoni, egallab turgan lavozimlaridan qatʼi nazar, unvon pasaytirilgan kundan boshlab avvalgi maxsus unvoniga kamida bir yildan keyin attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganda tegishli DBQB (IBK), Qoʻmita boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873045" id="-873045">Boshliqlar tarkibidagi shaxsning avvalgi maxsus unvoni tiklanguncha va unga navbatdagi maxsus unvon berilgunga qadar uning maxsus unvoni ikkinchi marta pasaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873054" id="-873054">Yuqori boshliqlar tarkibidagi shaxslarning maxsus unvonlari pasaytirilishi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ularning maxsus unvonlari tiklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873056" id="-873056">26. Boshliqlar tarkibidagi shaxslar quyidagi hollarda maxsus unvonlardan mahrum qilinishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873061" id="-873061">— kichik, oʻrta va katta boshliqlar tarkibi sodir etgan jinoyati uchun sudining qonuniy kuchga kirish hukmi bilan, shuningdek Qoʻmita raisi tomonidan belgilangan tartibda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873064" id="-873064">— yuqori boshliqlar tarkibi — amaldagi qonunchilikka muvofiq va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-873070" id="-873070">IV. Xizmatni oʻtash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873074" id="-873074">27. Boshliqlar tarkibidagi shaxslar bilan toʻldiriladigan lavozimlar roʻyxatlar bilan belgilanadi va bojxona organlarining shtatlarida nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873076" id="-873076">Kichik, oʻrta va katta boshliqlar tarkibidagi shaxslar bilan toʻldiriladigan lavozimlar va bu lavozimlarga mos keluvchi maxsus unvonlar roʻyxati Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi, oliy boshliqlar tarkibidagi shaxslar bilan toʻldiriladigan lavozimlar roʻyxati esa — amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873077" id="-873077">28. Boshliqlar tarkibidagi shaxslar shtatdagi lavozimlarga Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873078" id="-873078">Lavozimlarga tayinlashda quyidagi talablarga rioya qilinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873079" id="-873079">a) boshliqlar tarkibidagi shaxslarni tayinlashda ularning olgan maʼlumotiga muvofiq asosiy yoki turdosh mutaxassisligi yoki ularning mavjud ish tajribalaridan foydalanish taʼminlanishi kerak. Boshliqlar tarkibidagi shaxslarni boshqa mutaxassisliklarda foydalanish zaruriyati boʻlgan hollarda ular tegishli kurslar va yigʻinlarda qayta tayyorlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873080" id="-873080">b) boshliqlar tarkibidagi shaxslar lavozimlarga vazifani bajarib turuvchi etib tayinlanishlari mumkin. Bunda ularning boʻsh lavozim vazifalarini bajarib turishlarining uzluksiz muddati ikki oydan, lavozim boʻsh boʻlmaganda esa toʻrt oydan oshmasligi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873081" id="-873081">v) tashkiliy-shtat tadbirlarini amalga oshirishda, boshliqlar tarkibidagi shaxslar 15 kundan oshmagan muddatga tegishli bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkazib qoʻyilgan holda egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin. Alohida vaziyatlar tufayli vujudga kelgan ayrim hollarda ularning 15 kundan koʻp, biroq 2 oydan oshmaydigan muddatda boʻlishlariga Qoʻmita raisining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Boshliqlar tarkibidagi shaxslarning bojxona organi ixtiyorida boʻlish muddatiga uning kasal boʻlgan, navbatdagi va qoʻshimcha taʼtilda boʻlgan vaqti kirmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873084" id="-873084">g) boshliqlar tarkibidagi shaxslarning xizmat lavozimi, odatda bojxona organlari ixtiyoriga oʻtkazilmasdan oʻzgartirilishi kerak. Bojxona organlari ixtiyorida turgan shaxslar lavozimlarga imkoni boricha qisqa muddatda, lekin lavozimdan boʻshatilgan kundan boshlab 2 oydan kech boʻlmagan muddatda tayinlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873085" id="-873085">d) oʻzining sogʻligʻi yoki ularning oila aʼzolarining sogʻligʻiga koʻra, harbiy-davolash komissiyasining xulosasiga muvofiq xizmat (yashash) joyini oʻzgartirishga muhtoj boʻlgan boshliqlar tarkibidagi shaxslar Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda boshqa joyga xizmatga oʻtkazilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873086" id="-873086">e) yaqin qarindosh yoki quda tomonidan qarindosh hisoblangan (ota-onalar, er-xotin, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻillar, qizlar, shuningdek er-xotinning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari, bolalari) boshliqlar tarkibidagi shaxslar, agar ularning xizmati bevosita bir-biriga boʻysunishi yoki bir-birini nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlsa, bir bojxona organida xizmatni oʻtashiga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873089" id="-873089">29. Boshliqlar tarkibidagi shaxslarning xizmat lavozimlari quyidagi tartibda oʻzgartiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873092" id="-873092">a) yuqori lavozimlarga — xizmatda oʻsish tartibida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873094" id="-873094">b) teng lavozimlarga — tashkiliy-shtat tadbirlari oʻtkazilishi, boshqa lavozimlarni toʻldirish, boshliqlar tarkibidagi shaxslardan ularning xizmat va shaxsiy sifatlariga, salomatligiga, yoshiga, yangi mutaxassisligi boʻyicha olgan tayyorgarligini, oilaviy sharoitlarini hisobga olib maqsadga muvofiq foydalanish zaruriyatiga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873095" id="-873095">v) quyi lavozimlarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873097" id="-873097">shtatlar qisqartirilganda — teng lavozimga oʻtkazish imkoniyati boʻlmaganda va ularning roziligi bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873099" id="-873099">salomatligiga koʻra — harbiy-davolash komissiyasining xulosasiga muvofiq va ularning roziligi bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873101" id="-873101">shaxsiy iltimosiga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873102" id="-873102">attestatsiyadan oʻtkazilganda xizmat lavozimiga munosib emasligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873103" id="-873103">intizomiy jazo sifatida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873105" id="-873105">Boshliqlar tarkibidagi shaxslarni koʻpi lavozimlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shaxsni tarkib boʻyicha buyruqda oʻtkazishning asoslari koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873107" id="-873107">Quyi lavozimlarga oʻtkazilgan boshliqlar tarkibidagi shaxslar keyinchalik ularning malakasi, ish tajribasi, ishchanlik va axloqiy sifatlari, salomatligi hisobga olingan holda xizmatda oʻsishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873109" id="-873109">Shtatlar qisqarishi munosabati bilan quyi lavozimlarga oʻtkazilgan va avvalgi lavozimini yoki ularga teng lavozimlarni egallash uchun zarur talablarga javob beruvchi boshliqlar tarkibidagi shaxslar xizmatda oʻsishda ustunlik huquqiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873111" id="-873111">30. Boshliqlar tarkibidagi shaxslarning xizmatda oʻsishi ularning amaliy ishda koʻrsatgan professionalligi, axloqiy va ishchanlik sifatlariga muvofiq Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873113" id="-873113">31. Xizmat boʻyicha yashash joyini oʻzgartirgan boshliqlar tarkibidagi shaxslar bojxona organlari tomonidan buyruq yoki xizmat boʻyicha ish joyining oʻzgartirilishi toʻgʻrisidagi bildirish xatini olgan kundan boshlab bir oy muddatdan kechikmasdan, ular taʼtilda yoki davolanishda boʻlgan hollardan tashqari, ishi va oʻziga qarashli mol-mulkni topshirgandan soʻng yangi ish joyiga joʻnashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873114" id="-873114">32. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar bojxona organlari xodimi sifatida qoldirilgan holda davlat hokimiyati organlarining, boshqa vazirliklar va idoralarning apparatiga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873116" id="-873116">Xizmat safariga yuborish manfaatdor hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralarning rahbarlari taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Qoʻmita raisining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873118" id="-873118">Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning apparatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning oʻrniga tayinlanishi munosabati bilan boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari berilgan holda bojxona organlariga ishga olingan shaxslar ham xizmat safariga yuborilgan hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873120" id="-873120">Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralar apparatlariga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar mazkur Nizomda belgilangan tartibda xizmatni oʻtaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873129" id="-873129">33. Mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873114">32-bandida </a>koʻrsatilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni lavozimlarga tayinlash va ular lavozimining oʻzgartirilishi Qoʻmita bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar va idoralarning yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari tomonidan bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar egallashi kerak boʻlgan lavozimlar uchun belgilangan doirada amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873134" id="-873134">34. Mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873114">32-bandida </a>koʻrsatilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun belgilangan huquqlar, imtiyozlar va ustunliklardan foydalanadilar. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga pul taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873160" id="-873160">35. Bojxona xizmati polkovnigigacha boʻlgan birinchi va navbatdagi maxsus unvonlar, <a href="/m/acts/-804432#-873114">32-bandda </a>koʻrsatilgan shaxslar ham shu jumlaga kiradi, mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872876">13—23-bandlarida </a>nazarda tutilgan tartibda tegishli vazirliklar, idoralarning yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning taqdimnomasi boʻyicha beriladi. Ularga bojxona organlari yuqori boshliqlar tarkibining maxsus unvonlarini berish Qoʻmita raisi hamda tegishli vazirliklar va idoralarning birgalikdagi taqdimnomasi boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873162" id="-873162">36. Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralarning apparatlariga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873227">46-bandida </a>belgilangan tartibda oʻzlarining bevosita rahbarlari tomonidan Qoʻmita yoki uning tegishli organlari vakillari bilan birgalikda attestatsiyadan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873185" id="-873185">37. Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralarning apparatlariga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni cheklangan yoshdan ortiqcha yoshda xizmatda qoldirish mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872314">7-bandida</a> belgilangan tartibda tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873187" id="-873187">38. Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralarning apparatlariga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar (ularga, tenglashtirilgan shaxslar ham shu jumlaga kiradi) mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873601">83—90-bandlarida </a>nazarda tutilgan asoslar boʻyicha xizmatdan boʻshatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873188" id="-873188">39. Davlat hokimiyati organlari, vazirliklar va idoralarning apparatlariga yoki ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat safariga yuborilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar xizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila aʼzolari, bevosita bojxona organlaridan boʻshatilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar va ularning oila aʼzolari bilan teng boʻlgan huquqlar, imtiyozlar va ustunliklardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873196" id="-873196">40. Mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873114">32-bandida </a>koʻrsatilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873204" id="-873204">41. Mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873114">32—39-bandlarining </a>amal qilishi vakillik hokimiyati organlariga saylab qoʻyiladigan lavozimlarga ushbu lavozimning vakolatlari muddatiga saylangan bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873206" id="-873206">Bunday shaxslarni xizmat safariga yuborish Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda Qoʻmita raisining, DBQB (IBK) boshliqlarining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873208" id="-873208">42. Bojxona organlari kadri sifatida qoldirilgan holda davlat hokimiyatining respublika va mahalliy organlariga xizmat safariga yuborilgan bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ashyolar va zarur ashyolarning boshqa turlari bilan taʼminlash Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ashyoviy mulklarning barcha zarur buyumlari oʻrniga ularga pul kompensatsiyasi toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873210" id="-873210">Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar ushbu organlarda ishlash muddati tamom boʻlgandan keyin avvalgi xizmat joyiga qaytib keladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873211" id="-873211">Bojxona organlari kadri sifatida qoldirilgan holda davlat hokimiyatining respublika va mahalliy organlariga xizmat safariga yuborilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga navbatdagi maxsus unvonlar ushbu Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872876">13—22-bandlarida </a>belgilangan tartibda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873213" id="-873213">Ularga bojxona xizmati polkovnigigacha (ushbu unvonning oʻzi ham kiradi) navbatdagi maxsus unvon berish xizmat safariga yuborilgandan keyin ushbu lavozim boʻyicha shtatga kiritilgan maxsus unvon oʻzgarishi hisobga olinmasdan ular xizmat safariga yuborilgungacha egallagan oxirgi lavozimi boʻyicha shtatda belgilangan navbatdagi unvon chegaralangan maxsus unvonga muvofiq boʻlgan taqdirda berilgan unvonda xizmat qilish muddati tamom boʻlgandan keyin beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873215" id="-873215">Davlat hokimiyati respublika va mahalliy organlariga xizmat safariga yuborilgan hamda uy-joy sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj boʻlgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar uchun idoralarga qarashli uy-joylarni olishda navbatda turish, shuningdek yashash yoki xizmat joyi boʻyicha bolalar muassasalarida oʻrin saqlanadi. Ular va ularning oila aʼzolari avvalgi xizmat joyi boʻyicha tibbiy muassasalardan va bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridan foydalanishni davom ettirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873216" id="-873216">43. Vakillik hokimiyati organlariga saylanishi munosabati bilan bojxona organlaridan boʻshatilgan hamda saylab qoʻyiladigan lavozim boʻyicha vakolatlar tamom boʻlgandan keyin xizmatga qaytgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga ularning ushbu organlaridagi ishlagan vaqti uzoq yil ishlaganligi uchun foizli ustama toʻlash va pensiya tayinlash uchun bojxona organlaridagi xizmat stajiga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873218" id="-873218">44. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tegishli vazirliklar va idoralarning roziligi boʻyicha Qoʻmita raisining buyruqlari bilan Qurolli Kuchlarga, Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlari va organlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, ichki qoʻshinlarga, shuningdek ichki ishlar organlariga oʻtkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki xizmatni bundan keyin davom ettirish uchun yuborilishi munosabati bilan qayta oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873220" id="-873220">Prokuratura organlari tergovchilarini tergov va surishtirish bilan bogʻliq bojxona organlariga ishga oʻtkazishda ham ana shunday tartib qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873222" id="-873222">45. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar Qasamyod qabul qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873225" id="-873225">Qasamyod qabul qilish tartibini Qoʻmita raisi belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873227" id="-873227">46. Ishchanlik va axloqiy fazilatlarni, xizmatga kasb-kor boʻyicha yaroqlilikni baholash va shaxsiy qobiliyati hamda ish tajribasiga muvofiq samarali joylashtirish uchun boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar attestatsiyadan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873229" id="-873229">Kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar xizmat toʻgʻrisidagi kontrakt muddatini uzaytirishda attestatsiyadan oʻtadilar, oʻrta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar esa toʻrt yilda bir marta, shuningdek oldingi attestatsiya xulosalarini oʻzgartirish zaruriyati paydo boʻlgan boshqa hollarda attestatsiyadan oʻtadilar. Zaruriyat boʻlganda Qoʻmita raisining qaroriga koʻra bojxona organlarining butun boshliqlar tarkibi yoki uning ayrim toifalari navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873230" id="-873230">Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazish asoslari, tartibi va muddatlarini Qoʻmita raisi belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873232" id="-873232">47. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar Qoʻmita raisi belgilaydigan tartibda va shartlarda Qoʻmitaning oʻquv yurtlarida, zarurat boʻlganda esa boshqa vazirliklar va idoralarning oʻquv yurtlarida dastlabki, tayyorgarlikdan, malaka oshirishdan, qayta tayyorgarlikdan va tajriba orttirishdan oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873233" id="-873233">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning joriy xizmat va jangovar tayyorgarligi Qoʻmita raisi tomonidan belgilangan tartibda ular xizmat qilayotgan joyda yoki bojxona organlari oʻquv yurtlarida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873235" id="-873235">48. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar formali kiyim-boshga ega boʻladilar. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning kiyim-boshi bichimi, farqlovchi belgilari va kiyim-bosh bilan taʼminlash normalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873238" id="-873238">49. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar tegishli tayyorgarlikdan oʻtgandan keyin, xizmat vazifalarini bajarish chogʻida qurol-yarogʻ va maxsus vositalarni qoʻllash asosi va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873240" id="-873240">50. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomni jazo choralari qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873241" id="-873241">Ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari roʻyxati, ularni qoʻllash tartibi, shuningdek xizmat intizomiga rioya etish boʻyicha bojxona organlari boshliqlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Bojxona organlarining Intizomiy ustavi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873300" id="-873300">51. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning urush davrida xizmatni oʻtash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-873303" id="-873303">V. Xizmat shart-sharoitlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873306" id="-873306">52. Bojxona organlarining ichki tartibi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq va mahalliy sharoitlaridan kelib chiqib Qoʻmita raisi belgilaydigan tartibda bojxona organlari boshliqlari tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873308" id="-873308">53. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873310" id="-873310">a) ish tashlashlarda, siyosiy manifestatsiyalarda va koʻcha namoyishlarini tashkil etish va ularda qatnashishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873403" id="-873403">b) haq toʻlanadigan boshqa faoliyat bilan shugʻullanishga, pedagogik, ilmiy va ijodiy ishdan tashqari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873404" id="-873404">v) shaxsan yoki ishonchli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873405" id="-873405">g) xoʻjalik yurituvchi subyektlar boshqaruv organlarining aʼzosi boʻlishga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873406" id="-873406">d) bojxona organlarida uchinchi shaxslarning ishi boʻyicha ishonchli vakil yoki vakil boʻlishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873407" id="-873407">e) moddiy-texnika vositalaridan va axborot taʼminotidan, moliyaviy mablagʻlardan, boshqa davlat mulkidan, shuningdek xizmatga tegishli axborotdan gʻarazli maqsadda foydalanishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873408" id="-873408">j) jismoniy va yuridik shaxslardan sovgʻalar, pul taqdirlashlari, ssudalar olishga, ular xizmatidan foydalanishga, koʻngil ochish, dam olish, transport xarajatlari uchun haq toʻlashga mablagʻ olishga hamda lavozim vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa taqdirlashlarni olishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873410" id="-873410">Xalqaro va davlatlararo simpoziumlarda, konferensiyalarda va amaliy uchrashuvlarda vakillikni amalga oshirishda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan olingan 200 AQSh dollaridan ortiq summaga teng boʻlgan qimmatli sovgʻalar saqlash uchun Qoʻmitaga topshiriladi, ularning xalqaro sport musobaqalarida ijodiy va kasb-hunar tanlovlarida olgan shaxsiy sovrinlari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873413" id="-873413">54. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga taʼtillarning quyidagi turlari beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873415" id="-873415">a) navbatdagi taʼtil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873416" id="-873416">b) qisqa muddatli (haq toʻlanmaydigan) taʼtillar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873417" id="-873417">v) kasalligi boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873418" id="-873418">g) ijtimoiy taʼtillar (homiladorlik va tugʻish, bolalarni parvarish qilish, ijodiy taʼtillar va oʻqish bilan bogʻliq taʼtillar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873419" id="-873419">d) qoʻshimcha taʼtillar (zararli sharoitlarda vazifalarni bajarganlik uchun).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873420" id="-873420">Taʼtillarning muddati sutkalar boʻyicha hisoblab chiqiladi. Qonun hujjatlari bilan belgilangan davlat bayram kunlari taʼtillar muddatini belgilashda hisobga olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873421" id="-873421">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga navbatdagi, qisqa muddatli taʼtillarni, shuningdek kasalligi boʻyicha taʼtillarni berishda taʼtil muddati taʼtilni oʻtkazish, davolanish joyiga borishga va u yerdan qaytib kelish uchun zarur boʻlgan kunlar soniga koʻpayadi, biroq bu 15 sutkadan ortiq boʻlmaydi. Bayram sanalari munosabati bilan dam olish kunlari koʻchirilganda, ushbu kunlar navbatdagi taʼtilga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873422" id="-873422">Navbatdagi va qoʻshimcha taʼtillar muddati xizmat qilingan vaqtga mutanosib ravishda koʻrsatib oʻtilgan har bir taʼtilning toʻliq muddatini 12 ga boʻlish va toʻliq xizmat qilingan oylar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873423" id="-873423">55. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga har yilgi navbatdagi taʼtillar Qoʻmita boʻyicha pensiya tayinlashda hisobga olinadigan necha yil ishlaganligiga bogʻliq ravishda (kalendar boʻyicha hisoblab) quyidagicha beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873427" id="-873427">a) kamida 10 yil ishlaganda — 30 sutka muddatga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873428" id="-873428">b) 10 yildan 15 yilgacha ishlaganda — 35 sutka muddatga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873429" id="-873429">v) 15 yildan 20 yilgacha ishlaganda — 40 sutka muddatga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873430" id="-873430">g) 20 yil va undan koʻp ishlaganda — 45 sutka muddatga.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873431" id="-873431">Navbatdagi taʼtil boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxsning xohishiga koʻra ikki qismga boʻlinishi mumkin, bunda taʼtilning beriladigan qismi 12 sutkadan kam boʻlmasligi kerak. Taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun toʻlanadigan yoʻl puli olish huquqi, shuningdek borish-kelish uchun vaqt taʼtilning faqat bir qismiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873435" id="-873435">56. Navbatdagi har yilgi taʼtil navbatdagi yillik taʼtillar jadvaliga muvofiq bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi har bir shaxsga kalendar yil davomida berilishi kerak, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi yillik taʼtillarni 2 yil uchun birlashtirishga ruxsat berilgan shaxslar bundan mustasno. Alohida hollarda bevosita boshliqlar — DBQB (IBK) boshliqlari, ularga teng shaxslar va ulardan yuqori shaxslarning ruxsati bilan navbatdagi taʼtil boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga, agar favqulodda vaziyatlarga koʻra taʼtil oʻz vaqtida berilmagan boʻlsa, oʻtgan yil uchun boshlangan yilning birinchi choragida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873437" id="-873437">Taʼtillar oʻrniga pul kompensatsiyasi berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, oʻzining navbatdagi va qoʻshimcha taʼtillaridan foydalanmagan bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning ishdan boʻshashi hollari bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873439" id="-873439">57. Navbatdagi taʼtil davrida kasal boʻlib qolgan bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga salomatlikni tiklashga oid taʼtil foydalanilmagan kunlar soniga uzaytiriladi. Ushbu holda taʼtilni uzaytirish davolovchi shifokor va davolash muassasasi boshligʻi (bosh shifokori) tomonidan tasdiqlangan tegishli hujjat asosida taʼtilni bergan boshliq tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873441" id="-873441">58. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga navbatdagi yillik taʼtil muddati bojxona organlariga xizmatga kirgan yilda xizmatga qabul qilish kunidan boshlab boʻlgan davr uchun har bir toʻliq ish oyi uchun taʼtilning oʻn ikkidan bir qismi hisobiga ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda 10 sutka va undan koʻp muddatga taʼtil olishga huquqi boʻlgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi doirasida taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va u yerdan qaytib kelish qiymati toʻlanadi hamda taʼtilga qoʻshimcha ravishda yoʻl uchun vaqt beriladi. 10 kalendar kundan kam boʻlgan taʼtil boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxs xohishiga koʻra keyingi yilda navbatdagi taʼtil bilan birga berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873443" id="-873443">59. Favqulodda holat davri belgilangan, ekologik ofat zonalari deb eʼlon qilingan tumanlarda hamda ularga tenglashtirilgan joylarda xizmatni oʻtayotgan bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga ikki yil uchun navbatdagi taʼtil ularning xohishiga koʻra birlashtirilishi mumkin. Ushbu mansabdor shaxslar xizmat boʻyicha boshqa joyga oʻtkazilgan taqdirda ular tomonidan foydalanilmagan birlashtirilgan taʼtil yangi xizmat joyi boʻyicha beriladi. Xizmat zaruriyatiga koʻra yangi xizmat joyi boʻyicha birlashtirilgan taʼtil har gal borish-kelish haqi toʻlangan holda belgilangan umumiy muddat doirasida ikki muddatda berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873447" id="-873447">60. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni ularning roziligisiz navbatdagi taʼtildan chaqirib olish taqiqlanadi. Xizmat zarurat taqozo etgan favqulodda hollarda ularni bevosita boshliqlar — DBQB (IBK) boshliqlarining, ularga teng va yuqori boshliqlarning ruxsati bilan navbatdagi taʼtildan chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873450" id="-873450">Bunda navbatdagi taʼtilning foydalanilmagan qismi, qoidaga koʻra. joriy yilda beriladi. Agar taʼtilning foydalanilmagan qismi 10 sutkani va undan ortiqni tashkil etsa, boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish-kelish qiymati toʻlanadi, biroq bu ular chaqirib olingan punktdan uzoq boʻlishi mumkin emas, shuningdek borish-kelish uchun vaqt beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873453" id="-873453">Taʼtilning foydalanilmagan qismi boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning xohishiga koʻra keyingi yilgi navbatdagi taʼtilga qoʻshilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873456" id="-873456">61. Yoshiga, kasalligiga, salomatligining cheklangan holatiga yoki shtat qisqarishiga koʻra bojxona organlaridan boʻshatilayotgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi oʻrta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga boʻshatilish yilida, ularning xohishiga koʻra, mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-873435">56-bandida </a>belgilangan muddatga taʼtil beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873460" id="-873460">Bojxona organlaridan ishdan boʻshatilayotgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga boʻshatilish yilidagi foydalanilmagan navbatdagi taʼtil uchun ushbu yilda ishlangan vaqtga mutanosib ravishda pul kompensatsiyasi toʻlanadi, biroq 30 sutkadan ortiqqa emas, ekologik ofat hududi va belgilangan davrda favqulodda holat hududi deb eʼlon qilingan tumanlarda hamda ularga tenglashtirilgan joylarda xizmatni oʻtaganlarga esa foydalanilmagan birlashtirilgan taʼtil uchun pul kompensatsiyasi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873463" id="-873463">62. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga (haq toʻlanmaydigan) qisqa muddatli taʼtil eng avvalo salomatlikni saqlash, qarindoshlik burchini bajarish, kechiktirib boʻlmaydigan ijtimoiy-maishiy masalalarni hal etish uchun, vafot etish (halok boʻlish) munosabati bilan, shuningdek boshqa uzrli sabablarga koʻra 10 sutkagacha beriladi, taʼtilni oʻtkazish joyiga borish-kelish vaqti bunga kirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873465" id="-873465">Qisqa muddatli taʼtillar berish bojxona organlarining tegishli boshliqlari buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi va ular yillik taʼtillar hisobiga qoʻshilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873471" id="-873471">63. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga kasallik boʻyicha taʼtil harbiy-davolash komissiyalari xulosalari asosida beriladi. Taʼtillar muddati kasallikning xususiyatiga koʻra belgilanadi. Kasalligiga koʻra taʼtilda boʻlishning va davolash muassasalarida davolanishning uzluksiz vaqti toʻrt oydan oshmasliga kerak, amaldagi qonunchilik bilan, davolanishda uzoqroq muddat boʻlish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Ushbu muddat bevosita boshliqlar DBQB (IBK) boshliqlarining, ularga teng va ulardan yuqori boshliqlarning qarori bilan davolash muassasalari xulosasi asosida uzaytirilishi mumkin. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar kasalligiga koʻra taʼtilda va davolanishda uzluksiz boʻlishning belgilangan muddati tamom boʻlgach ularning bundan keyin xizmatga yaroqliligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun harbiy-davolash komissiyasi tekshiruvidan oʻtishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873474" id="-873474">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning ular xizmat vazifasini bajarish bilan bogʻliq ravishda yarador boʻlishi, kontuziya olishi yoki shikastlanishi bilan bogʻliq holda davolanishda boʻlish vaqti muddati bilan cheklanmaydi. Ular tibbiy tekshiruvga davolanish tamom boʻlgandan keyin yoki kasallik natijasi aniqlangandan keyin yoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873477" id="-873477">Kasallik boʻyicha taʼtillar navbatdagi yillik taʼtillar hisobiga qoʻshilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873479" id="-873479">Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar xizmatdan boʻshatilganda ularga kasallik boʻyicha taʼtil berilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873482" id="-873482">64. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga ijtimoiy taʼtillar homiladorlik va tugʻish boʻyicha (ayollarga), bolalarni parvarish qilish, oʻqish munosabati bilan ijodiy taʼtillar qonun hujjatlarida belgilangan muddatda va tartibda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873484" id="-873484">Ijtimoiy taʼtillarda boʻlish vaqti bojxona organlari boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga berilgan maxsus unvonda ishlangan yilga muvofiq vaqt ishlaganlik uchun foizli ustama belgilash va pensiya tayinlash uchun unga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873486" id="-873486">65. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga zararli sharoitlarda vazifalarni bajarganlik uchun qoʻshimcha taʼtillar ishchi va xizmatchilarning ana shunday toifalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan taʼtil muddatiga tatbiqan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873487" id="-873487">Qoʻshimcha taʼtillar berish tartibi va shartlari Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873491" id="-873491">Qoʻshimcha taʼtillar (shu jumladan, haq toʻlanmaydigan taʼtillar) navbatdagi taʼtillar bilan qoʻshib hisoblanadi va ular bilan bir vaqtda yoki alohida berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873493" id="-873493">Xizmatning zararli sharoitlarida oʻz vazifasini bajarganlik va xizmatning alohida xaraktyerga ega ekanligi uchun ayni bir vaqtda qoʻshimcha taʼtillar olish huquqiga ega boʻlgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga qoʻshimcha taʼtil ularning tanlashiga koʻra faqat bitta asos boʻyicha beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873497" id="-873497">1986-1987-yillardagi Chernobil AES halokatlari oqibatlarini tugatishda qatnashgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga har yili amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa qoʻshimcha taʼtillardan tashqari 14 kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi. Ushbu qoʻshimcha taʼtil navbatdagi taʼtilga qoʻshilishi yoki xodimning xohishiga koʻra alohida berilishi mumkin. Mazkur taʼtilni olish huquqiga ega boʻlgan, lekin undan foydalanmagan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga belgilangan tartibda kompensatsiya toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873499" id="-873499">66. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873503" id="-873503">xizmat boʻyicha boshqa joy va boshqa vazifaga oʻtkazilganda hamda isteʼfoga chiqqanda, shuningdek taʼtilni oʻtkazish joyiga bepul borish-kelish huquqiga ega boʻlganlarga (shu jumladan oila aʼzolari ham) tashish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi doirasida beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873505" id="-873505">MDH mamlakatlari doirasida sanatoriy va kurortda davolanish joyiga borish va kelish chogʻida pul qiymati (havo transportidan tashqari) yilda bir marta toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873506" id="-873506">67. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar boʻyicha pul va kiyim-bosh oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873508" id="-873508">Egallab turilgan lavozim boʻyicha maosh va berilgan unvon boʻyicha maosh boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxsning oylik maoshini tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873509" id="-873509">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga har yili quyidagi moddiy yordamlar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873510" id="-873510">— taʼtilga chiqish vaqtida — ish haqi jamgʻarmasidan bir oylik maosh miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873518" id="-873518">— “Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom”da nazarda tutilgan tartibda maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873519" id="-873519">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga ish haqi jamgʻarmasi va bojxona tizimini rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mukofotlar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873521" id="-873521">Mukofotlash tartibi Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873523" id="-873523">68. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar oziq-ovqat payogi bilan taʼminlanadilar. Oziq-ovqat payogini berish meʼyori yoki oziq-ovqat payogi qiymatining pul kompensatsiyasi miqdori, agar u natura holida berilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873526" id="-873526">69. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining hayoti va sogʻligʻi budjet mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa manbalar hisobidan majburan shaxsiy sugʻurta qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873529" id="-873529">70. Xizmat vazifalarini bajarayotganlarida bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga quyidagi hollarda bir yoʻla nafaqa toʻlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873537" id="-873537">— halok boʻlganda — halok boʻlganning oilasiga 50 tagacha oylik maosh miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873538" id="-873538">— xizmat vazifalarini bajarish chogʻida ogʻir tan jarohati olganda — 25 tagacha oylik maosh miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873539" id="-873539">— uncha ogʻir boʻlmagan tan jarohati olganda — 10 tagacha oylik maosh miqdorida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873543" id="-873543">71. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar va ularning oila aʼzolari tibbiy xizmatdan foydalanish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimining davolash muassasalaridagi sanatoriy va kurortda, pansionatlarda, dam olish uylarida Qoʻmita raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan shartlarda va tartibda davolanish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873547" id="-873547">Bojxona organlarida xizmatni oʻtayotgan davrda yaralangan, kontuziya olgan, mayib boʻlgan yoki kasallangan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga sanatoriy va kurort muassasalarida statsionar davolanishni davom ettirish uchun navbatdan tashqari yoʻllanmalar beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-873554" id="-873554">VI. Huquq va masʼuliyat</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873558" id="-873558">72. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar barcha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquqlardan foydalanadilar va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari burchlarini bajaradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873562" id="-873562">73. Favqulodda holat joriy qilishda alohida hudud deb eʼlon qilingan joylarda xizmat qilayotgan va xizmatga jalb etilgan bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar pul bilan taʼminlanadilar va ular uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873565" id="-873565">74. Xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatganligi, vazifalarni namunali bajarganligi uchun bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar davlat mukofotlariga taqdim etilishi, xizmatga vijdonan munosabatda boʻlganliklari uchun esa toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlari tomonidan ragʻbatlantirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873569" id="-873569">75. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlarning ruxsati bilan oliy oʻquv yurtlarining sirtqi boʻlimlarida oʻqishlari mumkin. Ularga tegishli oʻquv yurtlari tinglovchilari va talabalari uchun qonunchilikda belgilangan barcha huquq va imtiyozlar beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873571" id="-873571">76. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar jumlasidan boʻlgan ayollar ishchi va xizmatchi homilador ayollar va onalar uchun qonunchilikda belgilangan barcha huquqlar va imtiyozlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873572" id="-873572">77. Yoshi, kasalligi, salomatligining cheklanganligi, shtatlar qisqarishi, shaxsiy iltimos boʻyicha, boshqa vazirliklar va idoralar (tashkilotlar)ga belgilangan tartibda ishga oʻtishi munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan hamda 20 yil va undan ortiq uzoq muddat xizmat qilgan (imtiyozli hisobda) bojxona organlarining katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarda va ularning oila aʼzolarida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy muassasalarida tibbiy yordamdan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873574" id="-873574">Tibbiy yordam bilan taʼminlanish boʻyicha bunday huquq xizmat vazifalarini bajarayotgan vaqtda halok boʻlgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning oila aʼzolarida ham saqlanib qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873576" id="-873576">Ichki ishlar vazirligining tibbiy muassasalarida tibbiy yordam bilan taʼminlanish hamda sanatoriy va kurortda davolanish huquqiga ega boʻlgan xodimlarning qoʻshimcha toifalari Ichki ishlar vaziri bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873577" id="-873577">78. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning bojxona organlaridagi xizmatda boʻlgan vaqtlari ularning umumiy va uzluksiz ish stajiga, shuningdek, mutaxassislik boʻyicha ish stajiga qonunchilikka muvofiq qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873580" id="-873580">79. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873584" id="-873584">a) intizomni buzganlik uchun — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomiy ustaviga muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873585" id="-873585">b) maʼmuriy huquq buzishlarni sodir etganlik uchun — qonunchilikka muvofiq intizomiy yoki maʼmuriy javobgarlikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873587" id="-873587">v) jinoyatlar sodir etganlik uchun — qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873588" id="-873588">g) moddiy zarar yetkazganlik uchun — qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873589" id="-873589">80. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning oʻz xizmat vazifalarini yoki xizmat burchlarini bajarishlari munosabati bilan ularning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonunchilik bilan belgilangan tartibda toʻliq hajmda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873590" id="-873590">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan oʻz xizmat burchlarini bajarishlari munosabati bilan ularning va ular oila, aʼzolarining hayotini, salomatligini, obroʻyini va qadr-qimmatini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873591" id="-873591">81. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari yuqori boshliqlarining qasddan noqonuniy yoki jinoiy tusdagi buyruqlarini bajarmaslik huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873592" id="-873592">82. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar oʻzlariga nisbatan mansabdor shaxslarning intizomiy jazolash, lavozimdan chetlashtirish yoki bojxona organlaridan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan u eʼlon qilingan kundan boshlab kechi bilan bir oy muddatda, biroq olti oydan kechiktirmasdan yuqori instansiyaga shikoyat qilishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873595" id="-873595">Qonunga zid ravishda boʻshatilishi munosabati bilan shaxs bojxona organlarida xizmatda boʻlmagandagi vaqt (kalendar hisobida), uning bojxona organlaridagi xizmati stajiga, maxsus xizmatda ishlagan yillariga qoʻshiladi va uning uchun toʻliq miqdorda ish haqi toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873597" id="-873597">Bojxona organlarining toʻgʻridan toʻgʻri boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslari mazkur Nizom talablariga va xizmatni oʻtash hamda kadrlar bilan ishlash masalalariga oid boshqa meʼyoriy hujjatlarga aniq rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradilar. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar tomonidan buzilgan huquq tezlik bilan tiklanishi kerak, bunday buzilishga yoʻl qoʻyishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslar esa javobgarlikka tortiladilar, qonunchilik bilan belgilangan hollarda esa — yetkazilgan moddiy zararni belgilangan tartibda undirib olgan holda javobgarlikka tortiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873598" id="-873598">Toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqlar oʻziga boʻysunuvchi xodimlarga xizmatning xavfsiz va normal shart-sharoitlari, ularning xizmat, ijtimoiy va madaniy jihatdan oʻsishlari va dam olishlari uchun aniq imkoniyatlar yaratib berishga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek mazkur Nizomda nazarda tutilgan huquqlarni himoya qilishni taʼminlashga majburdirlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-873600" id="-873600">VII. Xizmatdan boʻshatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873601" id="-873601">83. Bojxona organlarining boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni zaxiraga yoki isteʼfoga barcha asoslar boʻyicha boʻshatish quyidagilar tomonidan amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873613" id="-873613">a) bojxona xizmati podpolkovnigigacha — DBQ boshqarmalari, IBK, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar bojxona boshqarmalari boshliqlari, shuningdek oʻzlariga Qoʻmita raisi tomonidan shunday huquq berilgan ularga teng boshliqlar tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873614" id="-873614">b) bojxona xizmati polkovnigigacha — Qoʻmita raisi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873615" id="-873615">v) oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgandan keyin Qoʻmita raisi tomonidan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873617" id="-873617">Boshliqlar tarkibiga kiruvchi vafot etgan, halok boʻlgan, bedarak yoʻq deb eʼtirof etilgan, shuningdek maxsus unvondan mahrum qilingan shaxslar bojxona organlari kadrlari tarkibidan Qoʻmita raisi belgilagan tartibda chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873618" id="-873618">84. Kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar bojxona organlaridagi xizmatdan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873625" id="-873625">a) yosh boʻyicha — ular uchun mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872286">5-bandida</a> belgilangan xizmatda turish uchun cheklangan yoshga yetganligi munosabati bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873637" id="-873637">b) kasalligi boʻyicha — harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush vaqtida — ikkinchi darajali cheklangan holda yaroqli), shuningdek, harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873638" id="-873638">v) cheklangan salomatlik boʻyicha — harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan safdan tashqari (urush vaqtida — birinchi darajali cheklangan holda yaroqli), boʻsh lavozimlar yoʻqligi munosabati bilan ulardan xizmatda foydalanish mumkin boʻlmaganda harbiy xizmatga yaroqli deb topilganlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873640" id="-873640">g) shtatlar qisqarishi boʻyicha — shtatlar qisqarishi yoki tashkiliy tadbirlar munosabati bilan xizmatda foydalanish imkoniyati boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873641" id="-873641">d) xizmat qilish toʻgʻrisidagi kontrakt muddati tugashi boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873644" id="-873644">e) shaxsiy iltimos boʻyicha — agar kichik boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxs xizmat qilish toʻgʻrisidagi kontrakt muddati tugagunga qadar xizmatni toʻxtatish istagini bildirganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873645" id="-873645">j) attestatsiyadan oʻtkazish tartibida xizmat boʻyicha mos kelmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873666" id="-873666">z) xizmat intizomini buzganlik uchun Bojxona organlarining Intizomiy ustaviga muvofiq xizmatdan boʻshatiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873670" id="-873670">85. Oʻrta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarni bojxona organlaridan boʻshatish quyidagicha amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873672" id="-873672">a) agar boʻshatilayotganlar tegishli harbiy unvonga ega boʻlgan shaxslarning zaxirada turishi uchun qonunchilik bilan belgilangan cheklangan yoshga yetmagan va salomatligi boʻyicha harbiy xizmatga yaroqli boʻlsa — zaxiraga boʻshatiladi (harbiy hisobga qoʻygan holda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873674" id="-873674">b) agar boʻshatilayotganlar tegishli harbiy unvonga ega boʻlgan shaxslarning zaxirada turishi uchun qonunchilik bilan belgilangan cheklangan yoshga yetgan yoki harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb eʼtirof etilgan boʻlsa — isteʼfoga chiqariladi (harbiy hisobdan chiqargan holda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873678" id="-873678">86. Oʻrta, katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar quyidagi sabablarga koʻra xizmatdan zaxiraga boʻshatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873687" id="-873687">a) yosh boʻyicha — mazkur Nizomning <a href="/m/acts/-804432#-872292">6-bandi </a>bilan ular uchun belgilangan xizmatda turish uchun cheklangan yoshga yetganlik munosabati bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873690" id="-873690">b) kasallik boʻyicha — harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan tinchlik vaqtida harbiy xizmatga yaroqsiz (urush vaqtida — ikkinchi darajali cheklangan holda yaroqli) deb topilganlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873694" id="-873694">v) cheklangan salomatlik boʻyicha — harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan safdan tashqari (urush vaqtida — birinchi darajali cheklangan holda yaroqli) harbiy xizmatga yaroqli deb topilganlar, tegishli boʻsh lavozimlar yoʻqligi munosabati bilan ulardan xizmatda foydalanish mumkin boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873697" id="-873697">g) shtatlar qisqarishi boʻyicha — shtatlar qisqarishi yoki tashkiliy tadbirlar munosabati bilan xizmatda foydalanish imkoniyati boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873699" id="-873699">d) shaxsiy iltimos boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873700" id="-873700">e) boshqa vazirliklar, idoralar (tashkilotlar)ga ishga oʻtish munosabati bilan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873702" id="-873702">j) attestatsiyadan oʻtkazish tartibida xizmat boʻyicha mos kelmaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873704" id="-873704">87. Katta va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar quyidagi hollarda harbiy hisobdan chiqargan holda isteʼfoga chiqariladilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873708" id="-873708">a) yosh boʻyicha — tegishli harbiy unvonlarga ega boʻlgan shaxslarning zaxirada turishi uchun qonunchilik bilan belgilangan cheklangan yoshga yetganlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873711" id="-873711">b) kasallik boʻyicha — harbiy-vrachlar komissiyasi tomonidan harbiy hisobdan chiqarilgan holda harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilganlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873717" id="-873717">88. Xizmat intizomini muntazam ravishda buzuvchi, bojxona organlariga dogʻ tushiruvchi bojxona organlari xizmatida boʻlishga nomunosib nojoʻya ishlar qilgan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizomiy ustaviga muvofiq bojxona organlaridan boʻshatiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873719" id="-873719">89. Jinoyat qilganlik uchun sud tomonidan hukm qilingan boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar (shu jumladan, maxsus unvondan mahrum qilmasdan ham) hukm qonuniy kuchga kirgandan soʻng bojxona organlaridan boʻshatiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873723" id="-873723">90. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi vafot etgan, halok boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining belgilangan qonunchiligi bilan bedarak yoʻq deb eʼtirof etilgan, shuningdek maxsus unvondan mahrum etilgan shaxslar Qoʻmita raisi tomonidan belgilanadigan tartibda bojxona organlari kadrlari tarkibidan chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873725" id="-873725">91. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar boʻshatilishi toʻgʻrisida tegishli boshliqlar tomonidan qoidaga koʻra, boʻshatilishga taqdim etilishidan ikki oy oldin xabardor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873726" id="-873726">92. Bojxona organlarida 20 yil va undan ortiq xizmat qilgan, xizmat davrida oʻzining ijobiy fazilatlarini namoyon etgan bojxona xizmati polkovnigi maxsus unvonlaridagi va oliy boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarga bojxona organlaridan boʻshatishda boʻshatayotgan boshliqlar buyruqlari bilan belgilangan formadagi kiyim-boshni kiyib yurish huquqi berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873727" id="-873727">Ayni shu boshliqlar tomonidan ular sodir etilgan jinoyatlar yoki bojxona organlariga dogʻ tushiruvchi nojoʻya ishlar sodir etganlik uchun hukm qilinganligi munosabati bilan belgilangan forma kiyimini kiyib yurish huquqidan mahrum etilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873729" id="-873729">93. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslar bojxona organlaridan boʻshatilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda harbiy hisobga qoʻyiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-873730" id="-873730">94. Boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning va ular oila aʼzolarining pensiya taʼminoti amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartib va shartlar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
