

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-601841" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="WiTfkdvUYwCjrfUS24aIhORL6SjaXEm/xKQMJy1TKwMf72adKgzMrIwgqbwrItUNsHLqqlpL9Ohiv/p6fMaMOG01GS89C4bjPDuLvSRT3VgzX5zteBzDWggisETYtnqjSp+RTzHSyTkkAdksEBtZGPNPkOzct34MCfvsQhwUFN1XMLqUjSQKsVVwkfTF9+3ovbctTwg1bNv479inNt9HIQ==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 02.02.1999
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-601841" id="onLS-601841">[<b>TSZ:</b><div id="LS3678"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-601844" id="-601844">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-601845" id="-601845">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-601846" id="-601846">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING ISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-601847" id="-601847"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-779968" id="-779968">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-779969" id="-779969">1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ilova qilinayotgan <a href="/m/acts/-601841#-779981">Ish tartibi </a>tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-779971" id="-779971">2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-779972" id="-779972">Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi toʻgʻrisida” 1993-yil 27-noyabrdagi 575-son <a href="/m/acts/-895199">qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-yil, 11-son, 40-modda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-779974" id="-779974">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning <a href="/m/acts/-563402?ONDATE=07.08.1997 00#-612519">3-bandi </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-yil 8-son, 27-modda).</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-779975" id="-779975">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-779976" id="-779976">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-779977" id="-779977">1997-yil 10-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-779980" id="-779980">546-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-779981" id="-779981"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-779984" id="-779984">Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-dekabrdagi 546-son <a href="/m/acts/-601841">qarori </a>bilan<br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-779988" id="-779988">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-779990" id="-779990">ISh TARTIBI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-779991" id="-779991"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-779999" id="-779999">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780002" id="-780002">1. “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-10288">Qonuniga </a>muvofiq ushbu Ish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780003" id="-780003">2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va maʼnaviy soha samarali faoliyat koʻrsatishiga rahbarlik qilishni, qonunlar, Oliy Majlisning boshqa qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780004" id="-780004">3. Vazirlar Mahkamasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi Raisining, Bosh vazirning, uning oʻrinbosarlarining — komplekslar rahbarlarining, vazirlarning, davlat qoʻmitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari rahbarlarining faoliyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatining, doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarining tashkiliy-amaliy ishi bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780008" id="-780008">4. Vazirlar Mahkamasi faoliyatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Vazirlar Mahkamasining Raisi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi Raisining topshirigʻiga binoan Bosh vazir Vazirlar Mahkamasi ishini tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780010" id="-780010">5. Vazirlar Mahkamasi apparati, va uning tarkibiy boʻlinmalarining ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780012" id="-780012">II. Vazirlar Mahkamasi ishini rejalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780015" id="-780015">1. Vazirlar Mahkamasining ishi yil choragi yoki yarim yillik rejalariga muvofiq olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780020" id="-780020">Muhim davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy muammolarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli tadbirlari ishlab chiqiladi, ular Bosh vazirning oʻrinbosarlari — kompleks rahbarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780022" id="-780022">2. Ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni, Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent, shahar hokimliklarining takliflarini hisobga olgan holda kiritadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780025" id="-780025">Umumlashtirilgan takliflar rejalashtiriladigan davr boshlangungacha 20 kundan kechikmay Rayosatga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780028" id="-780028">3. Rejalashtirilgan masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirishga yoki ularni chiqarib tashlashga Vazirlar Mahkamasining Raisi ruxsat beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780031" id="-780031">4. Vazirlar Mahkamasining Rayosati ish rejasining oʻtgan davr mobaynida qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisidagi hisobotlarni muntazam ravishda eshitib boradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780034" id="-780034">III. Vazirlar Mahkamasiga masalalarni kiritish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780041" id="-780041">1. Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi <a href="/m/acts/-10288">Qonun </a>bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780044" id="-780044">Vazirlar Mahkamasi majlislarida muhokama etish uchun masalalar vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalarning rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ular boʻlmagan (xizmat safarida, mehnat taʼtilida boʻlgan) hollarda esa ularning birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kiritiladi,</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780048" id="-780048">Tuman va shaharlarning hokimlari, shuningdek respublikaning vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar, ittifoqlar tarkibiga kiradigan birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga faqat oʻzlarining yuqori idoralari orqali, davlat sektoriga kirmagan korxonalar esa — oʻzlari hududida joylashgan viloyatlar hokimliklari yoki oʻzlarining respublika organlari orqali murojaat qiladilar va masalalarni kiritadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780051" id="-780051">2. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan har bir masala boʻyicha, odatda, davlat tilida aniq bayon qilingan, asoslangan qaror yoki farmoyish loyihasi, shuningdek, masalaning mohiyati bayon etilgan va mazkur hujjatni qabul qilish zarurligi asoslab berilgan qisqacha xat taqdim etiladi. Amalga oshirilishi qoʻshimcha moddiy va boshqa xarajatlarni talab qiladigan qarorlar va farmoyishlar loyihalarini taqdim etishda moliyaviy-iqtisodiy asoslashlar ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780064" id="-780064">Qarorlar, farmoyishlarning loyihalari amaldagi qonun hujjatlariga mos boʻlishi, ularda koʻrib chiqilayotgan masala puxta tahlil qilingan va xolis baholangan, ijrochilar oldiga aniq ifodalangan maqsad va vazifalar qoʻyilgan boʻlishi, ularda amalga oshirsa boʻladigan muddatlar belgilanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780066" id="-780066">Qarorlar va farmoyishlarning loyihalarida, zaruriyat boʻlganda, ilgari qabul qilingan qarorlarga oʻzgartirishlar kiritish yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisidagi taklif nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780069" id="-780069">3. Aynan shu masalalar boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda (yangi vaziyatlar paydo boʻlgan hollar bundan mustasno) Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar boʻyicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780072" id="-780072">4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini tayyorlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-44652">Qonunida </a>bayon qilingan talablarga javob berishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780074" id="-780074">Boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining manfaatlariga yoki vakolatiga daxldor boʻlgan qarorlar va farmoyishlarning loyihalari, shuningdek ularga ilovalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar davlat va xoʻjalik boshqaruvining mana shu organlari bilan kelishib olinadi. Hukumat qarori loyihasi boʻyicha eʼtirozlari boʻlgan organ rahbari oʻzi rozi boʻlmagan qoidalar yuzasidan asoslangan mulohazani taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780078" id="-780078">Normativ tusdagi qarorlarning loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan ham kelishib olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780079" id="-780079">Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda respublika budjeti bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar, farmoyishlarning loyihalari yoki takliflar tegishli ravishda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda Mehnat vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780080" id="-780080">Qonunlar loyihalari yuborilgan rahbarlar 7 kalendar kun mobaynida, qarorlar loyihalari boʻyicha — 3 kalendar kun, farmoyishlarning loyihalari boʻyicha esa koʻpi bilan 2 kalendar kun mobaynida xulosa berishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780082" id="-780082">5. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan maʼlumotlar va boshqa materiallarning toʻgʻriligi, shuningdek ularning manfaatdor tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinganligi uchun shaxsan javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780083" id="-780083">Ushbu Ish tartibida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan qonun, qaror, farmoyishlar loyihalari va respublikadagi tashkilotlarning murojaatlari zarur tartibda rasmiylashtirish uchun qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780086" id="-780086">6. Tayyorlangan va kelishilgan qonun, qaror, farmoyishlarning loyihalari ularni Vazirlar Mahkamasi majlisida koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlari tomonidan Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780089" id="-780089">7. Hujjatlarning boshqa turlarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga bildirish tartibi, shuningdek ular boʻyicha ijrochilarga topshiriqlar (koʻrsatmalar, rezolyutsiyalar)ni yetkazish tartibi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha Yoʻriqnoma bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780093" id="-780093">IV. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash va oʻtkazish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780095" id="-780095">1. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Rayosat majlislari muntazam, har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Majlislarni Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri olib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780097" id="-780097">Zaruriyat tugʻilganda shoshilinch masalalarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining rejadan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780100" id="-780100">2. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining koʻrib chiqishi uchun Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi har qanday masalalar kiritiladi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-10288">Qonuniga </a>muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalar bundan mustasnodir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780102" id="-780102">3. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar Bosh vazir oʻrinbosarlarining rahbarligida tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mazkur Ish tartibiga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga masala kiritish huquqiga ega boʻlgan davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan tuziladigan komissiyalar amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780107" id="-780107">4. Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari va boʻlimlar takliflari boʻyicha tayyorlanadigan majlis kun tartibi loyihasi majlis boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga binoan Bosh vazir bilan kelishiladi. Kun tartibi kelishilgandan keyin unga qoʻshimcha masalalar faqat ularning roziligi bilan kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780110" id="-780110">5. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga kiritiladigan masalalar boʻyicha materiallar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari — kompleks rahbari tomonidan koʻrib chiqiladi, u tayyorlangan masalalarning sifati uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780112" id="-780112">Qaror loyihasi Bosh vazirning tarmoq boʻyicha oʻrinbosari — kompleks rahbari, yuridik boʻlim, boshqa manfaatdor boʻlimlar va Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari, tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan imzolangan hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasida albatta maʼqullangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780115" id="-780115">Loyihalar bilan bir vaqtda quyidagilar taqdim etiladi: muhokama qilish tartibi, majlisga taklif etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati, qaror loyihasining manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyatining kiritilgan masalaning mohiyati qisqacha bayon qilingan xati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780118" id="-780118">Qaror loyihasini toʻliq kelishib olish imkoni boʻlmagan favqulodda hollarda kelishilmagan masalalar asoslashlar, mulohazalar va takliflar bilan birgalikda kelishilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780123" id="-780123">6. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritiladigan materiallar Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari va boʻlimlar tomonidan majlisdan kamida 7 kun oldin topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780124" id="-780124">7. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining Raisi yoki uning topshirigʻiga binoan — Bosh vazir bilan kelishiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780127" id="-780127">Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisini, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarini hamda majlisga taklif etiladigan boshqa shaxslarni xabardor qilish, shuningdek, ularning majlisga kelgan-kelmaganliklarini nazorat qilish tegishliligi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari va boʻlimlar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780128" id="-780128">8. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Nazorat inspeksiyasi rahbari, “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvlarining raislari, OʻzA Bosh direktori, Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Doimiy vakili, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi doimiy ravishda, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning oʻrinbosarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari esa — zaruriyatga koʻra taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar boʻyicha taklif etiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780130" id="-780130">9. Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida Ishlar Boshqaruvchisining oʻrinbosarlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari, boʻlimlar va boshqa boʻlinmalar mudirlari qatnashadilar. Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul xodimlari majlislarda tayyorlashda oʻzlari qatnashgan masalalar koʻrib chiqilayotganda ishtirok etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780132" id="-780132">10. Majlis materiallari Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati aʼzolariga, tegishli masalalar boʻyicha materiallar esa majlisga taklif etiladigan boshqa mansabdor shaxslarga ham majlisdan kamida 3 kalendar kun oldin tarqatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780135" id="-780135">Kun tartibi va majlis materiallarini tarqatish, Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati aʼzolarini, majlislarda doimiy ravishda qatnashadigan respublika idoralari rahbarlarini xabardor qilish, taklif etilganlarni roʻyxatga olish va majlisga xizmat koʻrsatish Umumiy boʻlim tomonidan Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari va boʻlimlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780136" id="-780136">11. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida masalalar boʻyicha axborotlar Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitalarining raislari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari mudirlari tomonidan bayon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780139" id="-780139">Muhokama etilayotgan masala boʻyicha maʼruza qilish uchun 10 minutgacha (rivojlanish istiqbollarini belgilash va respublika budjeti masalalari boʻyicha — 15 minutgacha), qoʻshimcha maʼruzalar va nutqlar uchun — 7 minutgacha, maʼlumotlar berish uchun — 3 minutgacha vaqt belgilanadi. Zarur hollarda majlisga raislik qiluvchi boshqa vaqtni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780140" id="-780140">12. Majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Majlis tamom boʻlgandan keyin qabul qilingan qarorning aniq ifodalangan matni Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri tomonidan imzolangan holda majlis bayoniga kiritish uchun Umumiy boʻlimga beriladi. Majlis bayoni raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780142" id="-780142">Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida qabul qilingan hujjatlar qarorlar, farmoyishlar yoki majlis qarorlari shaklida chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780145" id="-780145">Shoshilinch tusdagi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati ularning majlislari bayonida qayd etiladigan qarorlar qabul qilishi mumkin. Bunday qarorlar ijrochilarga majlis bayonidan koʻchirma holida yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780146" id="-780146">Majlis tamom boʻlgach qarorlar, farmoyishlar, majlis qarorlarining loyihalari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan boshqa materiallar Umumiy boʻlimga topshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780148" id="-780148">V. Vazirlar Mahkamasi qarorlarini rasmiylashtirish, tarqatish, eʼlon qilish va kuchga kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780151" id="-780151">1. Vazirlar Mahkamasi qarorlar, farmoyishlar va majlis qarorlarini qabul qiladi. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlari qarorlar shaklida chiqariladi, shoshilinch va boshqa joriy masalalar boʻyicha hujjatlar Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari yoki majlis qarori shaklida chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780152" id="-780152">2. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar kiritilgan qarorlar loyihalari Bosh vazir oʻrinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, boʻlimlar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar tomonidan puxta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, majlis boʻlib oʻtgan kunning ertasiga imzolash uchun taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan oʻzgartirishlar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari va birinchi oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780153" id="-780153">3. Ayrim shoshilinch masalalar yoki Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama etilishi zarur boʻlmagan masalalar boʻyicha qaror loyihalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari bilan soʻrab bilish tartibida kelishiladi va rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780155" id="-780155">4. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ular imzolangan sana boʻyicha rasmiylashtiriladi hamda Bosh vazir oʻrinbosarlarining tegishli kotibiyatlari, boʻlimlar tomonidan tuziladigan tarqatish roʻyxati boʻyicha darhol ijrochilarga tarqatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780156" id="-780156">5. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplamida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780158" id="-780158">6. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlarida ularni kuchga kiritish muddatlari koʻrsatiladi, boshqa hollarda ular imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780160" id="-780160">Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, agar ularda boshqa muddatlar belgilanmagan boʻlsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780163" id="-780163">7. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur boʻlganda qarorlar va farmoyishlar Vazirlar Mahkamasi Raisining yoki Bosh vazirning topshirigʻiga binoan matbuotda, televideniye va radio orqali eʼlon qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780164" id="-780164">VI. Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalari va boshqa ishchi organlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780167" id="-780167">1. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga koʻmaklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning qanday bajarilayotganligini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) davlat xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy komissiyalari tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780168" id="-780168">Vazirlar Mahkamasi ularning vazifalarini hamda faoliyat tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780171" id="-780171">2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining alohida masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining alohida topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining vaqtinchalik komissiyalari va ishchi organlari tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780172" id="-780172">3. Vazirlar Mahkamasining doimiy, vaqtinchalik komissiyalarining hamda ishchi organlarining hujjatlari majlis bayonlari bilan rasmiylashtiriladi hamda tegishli ijrochilarga yetkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan komissiyalar va ishchi organlarining majlis bayonlari ularga boshchilik qilayotgan rahbarlar tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780173" id="-780173">4. Doimiy komissiyalar tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan materiallarni tayyorlash hamda komissiyalar qarorlarining bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, ularga tashkiliy-texnikaviy xizmat koʻrsatish esa Ishlar Boshqarmasining tegishli boʻlinmasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat boʻlganda bu materiallarni tayyorlashga vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlarning mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780175" id="-780175">VII. Vazirlar Mahkamasida boshqa masalalarning koʻrib chiqilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780179" id="-780179">Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari tomonidan hujjat joʻnatilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida agar boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780182" id="-780182">Qonunchilik hujjatlarini va Hukumat qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish boʻyicha topshiriqlar davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari tomonidan bir oy mobaynida, agar Oliy Majlis qarorida boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa bajarilishi kerak. Ushbu topshiriqlarni Adliya vazirligi va yuridik boʻlim bilan birgalikda bajarish mazkur qonunlarni tayyorlagan vazirliklarga, idoralarga, Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlariga (boʻlimlariga) yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780184" id="-780184">Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, boʻlimlar kiritilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga bildirish uchun zarur hollarda, oʻrganishni va puxta ishlab chiqishni 3 kun mobaynida, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, bir necha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqalarning manfaatlariga tegishli, puxta ishlab chiqishni talab qiladigan hujjatlar boʻyicha esa, boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, 10 kungacha muddatda taʼminlaydilar. Bajarish muddatlarini faqat topshiriqni imzolagan rahbar uzaytirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780188" id="-780188">Agar topshiriq bir necha ijrochiga taalluqli boʻlsa, u holda uni bajarishga masʼul boʻlgan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, boʻlimlar yoki muvofiqlashtirish (chaqirish) topshirilgan mansabdor shaxs uning bajarilishini tashkil etishga majburdir. Ijrochilar topshiriqlarning oʻz vaqtida bajarilishi uchun bab-baravar javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780191" id="-780191">Topshiriqda qoʻyilgan masalalar hal qilingan yoki asosiy masala boʻyicha javob berilgan taqdirda u bajarilgan hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780194" id="-780194">VIII. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780198" id="-780198">1. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi (Minsk shahridagi muxtor vakolatxonasi) MDHda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillik hamda MDH davlat boshliqlari Kengashi va hukumat boshliqlari Kengashi majlislarini tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlash va oʻtkazishni taʼminlash boʻyicha doimiy tezkor aloqani amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780201" id="-780201">2. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga, MDH davlat boshliqlari va hukumat boshliqlari Kengashi qabul qilgan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780203" id="-780203">3. Oʻzbekiston Respublikasining MDHdagi muxtor vakolatxonasi Vazirlar Mahkamasini Oʻzbekiston Respublikasiga taalluqli qarorlarning loyihalari, boshqa hujjatlar va tadbirlar haqida muntazam xabardor qilib turadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780205" id="-780205">IX. Vazirlar Mahkamasi tomonidan nazorat qilish vakolatlarining amalga oshirilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780211" id="-780211">1. Vazirlar Mahkamasi oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyati ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780216" id="-780216">2. Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, farmoyishlarining, majlis qarorlarining bajarilishini tashkil etish va tekshirish Bosh vazir oʻrinbosarlarining kotibiyatlari, boʻlimlar tomonidan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780219" id="-780219">3. Vazirlar Mahkamasi vazirlarining, davlat qoʻmitalari raislarining, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha topshiriqlarning qanday bajarilayotganligi, davlat budjetining ijrosi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning soʻzsiz roʻyobga chiqarilishini taʼminlash choralarini koʻradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780225" id="-780225">4. Hujjatlarning ijrosini nazorat qilish ishlarini tashkil etish Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma hamda hujjatlarning ijrosini va nazoratini tashkil etish tartibi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780228" id="-780228">5. Bajarilgan qarorlarni nazoratdan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780234" id="-780234">X. Fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda keluvchilarni qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780235" id="-780235">1. Vazirlar Mahkamasi apparatida fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlari bilan ishlash hamda keluvchilarni qabul qilish tartibi tegishli Nizom bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780237" id="-780237">2. Fuqarolarning xatlari, arizalari va shikoyatlari bilan ishlashni hamda keluvchilarni qabul qilishni tashkil etish uchun masʼuliyat Vazirlar Mahkamasining fuqarolarni qabul qilish, xat va arizalarni koʻrib chiqish boʻlimi, Bosh vazir oʻrinbosarlari kotibiyatlari, boʻlimlar mudirlariga yuklanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-780238" id="-780238">XI. Ish yuritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-780240" id="-780240">Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
