

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-504820" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="nVYOGpLBcJyAbVF2S+sLVw9cZhb8JaxpMInBsIXcSGMtMNmd75rKBYegpCB1OVsH2YQwCASnj+iQPnmGlPkqcoF66EAEIiU/TdgGWPVLL5iBZfFY9apl8sGK2+nGeuwXg+5J2J0wNCvuuBNUSCFScX7yC3vmqNq0MfwwG2lEPFr2bjxT9mrtY7e2AfliUhedmI8H15JA7sFEmwl31BmXDA==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.04.1994
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-504820" id="onLBC-504820">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7315"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.79.00 (Кучини йукотган) Nodavlat taʼlim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining taʼlim muassasalari). Nodavlat va diniy taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-504820" id="onLS-504820">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-513091" id="-513091">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-513092" id="-513092">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-513094" id="-513094">DAVLAT TASARRUFIDA BOʻLMAGAN TAʼLIM MUASSASALARINI TAShKIL ETISh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513095" id="-513095"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513098" id="-513098">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-56418">Qonunini </a>amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513100" id="-513100">1. Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan <a href="/m/acts/-504820#-513115">Nizom </a>tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513101" id="-513101">2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar nohiyalari hamda nohiyalarga boʻlinuvchi shaharlar hokimlari respublika hududidagi ishlab turgan, davlat tasarrufidan boʻlmagan barcha taʼlim muassasalari va tashkilotlarini ilova qilinayotgan Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroran roʻyxatga olsinlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513103" id="-513103">Ilova qilinayotgan <a href="/m/acts/-504820#-513115">Nizomga </a>muvofiq roʻyxatga olinmagan davlat tasarrufida boʻlmagan barcha turdagi taʼlim muassasalarining faoliyat koʻrsatishi taqiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513105" id="-513105">3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddat ichida idoraviy meʼyoriy hujjatlarni ilova qilinayotgan Nizomga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513107" id="-513107">4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-513108" id="-513108">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-513109" id="-513109">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-513112" id="-513112">1992-yil 6-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-513113" id="-513113">462-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513115" id="-513115"></div></div><div class="APPL_BANNER_PORTRAIT_TITLE"><div name="-513118" id="-513118">Vazirlar Mahkamasining <br />1992-yil 6-oktabrdagi 462-son <a href="/m/acts/-504820#-513091">qarori </a>bilan <br />TASDIQLANGAN </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-513120" id="-513120">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-513124" id="-513124">NI3OM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513127" id="-513127"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513129" id="-513129">1. Mazkur Nizom davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-56432">Qonuniga </a>muvofiq tashkil etish va litsenziyalash tartibini belgilab beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513131" id="-513131">2. Muassasalarni tashkil etish va litsenziyalash quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: taʼlim jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarning, muayyan muassasa pedagogik xodimlari taʼlim tsenzining davlat va mahalliy sharoitlarga muvofiqligini aniqlash; oʻquv-moddiy negizning mavjudligi va holati, muassasalar bitiruvchilarini tayyorlashning mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim andazalari talablariga muvofiqligini belgilash; muqobil taʼlim muassasalari tarmogʻini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513147" id="-513147">3. “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/m/acts/-56418#-169405">38-moddasiga </a>muvofiq quyidagilar muassasalarning muassislari boʻlishlari mumkin: davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari: mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar, korxonalar; jamoat birlashmalari; diniy tashkilotlar; alohida fuqarolar; xorijiy mamlakatlarning fuqarolari va tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513149" id="-513149">4. Muassasa muassisning qarori bilan tashkil etiladi va taʼlim faoliyatiga litsenziya berish huquqiga ega boʻlgan taʼlim boshqaruv organining yozma xulosasi asosida ariza berish tartibida mahalliy hokimlikda roʻyxatga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513150" id="-513150">Roʻyxatga olish rad etilganda muassis sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513152" id="-513152">5. Muassasalarning muassislari davlat taʼlim boshqaruv organiga quyidagilarni taqdim etadilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513153" id="-513153">davlat tomonidan roʻyxatga olinishi uchun dastlabki xulosa berishga <a href="/m/acts/-504820#-513299">1-ilovaga </a>muvofiq ariza;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513155" id="-513155">taʼlim dasturining qisqacha tavsifi bilan birga taʼlim faoliyati konsepsiyasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513157" id="-513157"><a href="/m/acts/-504820#-513322">2-ilovaga </a>muvofiq muassasa pasporti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513158" id="-513158">muassasa ustavi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513160" id="-513160">Dastlabki xulosa berishga vakil qilingan organ hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan, shuningdek ular amaldagi qonunchilik va mazkur Nizom talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarib berishga haqlidir, u bu haqda ariza beruvchiga uch kun muddat ichida yozma ravishda maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513162" id="-513162">Xulosalar bir oy muddat ichida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513164" id="-513164">6. Muassasani davlat tomonidan roʻyxatga olish uchun muassis roʻyxatga olish toʻgʻrisida ariza, tegishli taʼlimni boshqarish organining dastlabki xulosasini, muassisning muassasani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini yoki muassislar shartnomasini, muassasa ustavini, davlat tomonidan roʻyxatga olish poshlinasi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513167" id="-513167">7. Hokimlik 2 hafta muddat ichida taʼlim muassasasini roʻyxatga oladi, bu haqda ariza beruvchini, moliya organlarini, tegishli davlat taʼlimni boshqarish organini yozma ravishda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513168" id="-513168">8. Davlat tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma muassasaga u hokimlikda roʻyxatga olingan paytdan boshlab ustavning taʼlim jarayonini tayyorlashga yoʻnaltirilgan moliya-xoʻjalik faoliyatni yuritish qismi boʻyicha yuridik shaxs maqomini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513178" id="-513178">9. Taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berilishidan oldin muassasalar taʼlimni boshqarish mahalliy organlari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513181" id="-513181">10. Barcha muassasalar shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan, ustavlarida taʼlim faoliyati nazarda tutilgan kichik korxonalar, tashkilotlar va ularning filiallari, muassislaridan, tashkil topish muddatidan qatʼi nazar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari va tashkilotlari mazkur Nizomga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513183" id="-513183">Oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, oliy va oʻrti maxsus taʼlim negizida qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar ochishga litsenziyalar, muassasa ixtisosiga bogʻliq holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoki Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513187" id="-513187">Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan taʼlim sohasida <a href="/m/acts/-504820#-513361">3-ilovaga </a>muvofiq mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan, davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalari ochishga litsenziya beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513196" id="-513196">Faqat mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan xizmatlar koʻrsatish uchun tijorat tashkilotlariga litsenziyalar belgilangan tartibda davlat ish bilan taʼminlash xizmati tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513197" id="-513197">Diniy taʼlim muassasalariga taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalar tegishli konfessiya rahbariyatining taqdimnomasi boʻyicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513201" id="-513201">11. Litsenziyalar olish uchun muassasalarni ekspertizadan oʻtkazish ariza berish tartibida, davlat taʼlim boshqaruv organi fan vakillari va tegishli ixtisos mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan ekspert komissiyasi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga tenglik asosida davlat taʼlimni boshqarish organi, tegishli hokimiyat organi, faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasalari, jamoatchilik vakillari, kirishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513204" id="-513204">Muassasa litsenziya olish toʻgʻrisidagi arizaga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513206" id="-513206">oʻquv rejalari va dasturlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513207" id="-513207">davlat tomonidan roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513209" id="-513209">davlat poshlinasi va bir martalik yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513212" id="-513212">12. Ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar (ekspertlarni jalb qilish, oʻquv rejalari va dasturlarini taqriz qilish, xizmat safari xarajatlari va boshqalar)ni ariza beruvchi toʻlaydi. U ekspertiza oʻtkazishga vakil qilingan organga 3000 soʻm miqdorida bir yoʻla yigʻim oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513214" id="-513214">13. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida: oʻquv rejalari va dasturlarining davlat andazalariga muvofiqligini; pedagog kadrlar tarkibining kasb tayyorgarligi darajasini; qurilish meʼyorlari va qoidalari jihatidan davlat va mahalliy talablarga muvofiqligini; taʼlim oluvchilar, muassasalar tarbiyalanuvchilari va xodimlari salomatligining muhofaza qilinishini tekshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513226" id="-513226">14. Ekspertiza roʻyxatga olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513228" id="-513228">Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalari boʻyicha asoslangan xulosani va taʼlim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berish yoki buni rad etish toʻgʻrisidagi oʻz tavsiyalarini davlat taʼlimni boshqarish organiga taqdim qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513231" id="-513231">15. Davlat taʼlimni boshqarish organi ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qaror vazirlik hayʼati tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513233" id="-513233">Litsenziya berishning rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror asoslangan boʻlishi kerak hamda ariza beruvchiga yozma ravishda yuboriladi. Maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513235" id="-513235">16. Litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi toʻlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513238" id="-513238">oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga muvofiq keladigan muassasalar uchun — 8 ming soʻm;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513243" id="-513243"><a href="/m/acts/-504820#-513349">3-ilovaga </a>muvofiq mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan muassasalar — 4 ming soʻm.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513245" id="-513245">Taʼlim faoliyatini bepul amalga oshiruvchi, mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan muassasalar davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513248" id="-513248">Toʻlangan davlat poshlinasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513249" id="-513249">davlat boshqaruvi respublika organlari tomonidan litsenziyalar berilganda — respublika budjetiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513251" id="-513251">hokimliklar tomonidan litsenziyalar berilganda tegishli mahalliy budjetga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513253" id="-513253">17. Muassasaga beriladigan litsenziyada mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar roʻyxati va litsenziyaning amal qilish muddati <a href="/m/acts/-504820#-513361">4-ilovaga </a>muvofiq qayd qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513256" id="-513256">18. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati poshlinaning belgilangan miqdori tegishlicha toʻlangandan keyin yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning uzaytirilishi ariza beruvchining iltimosiga muvofiq Attestatsiya oʻtkazish va akkreditatsiya qilish toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan tartibda attestatsiya natijalari va muassasaning akkreditatsiya qilinishi boʻyicha amalga oshiriladi. Attestatsiyadan oʻtkazishda muassasa bitiruvchilarini tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat taʼlim andazalari talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Taʼlim jarayonining mazmuni, tashkil etilishi va uslubiyati attestatsiyaning predmeti hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513258" id="-513258">Litsenziya olgan taʼlim muassasasi yangi ixtisosliklar joriy qilgan taqdirda yangidan ochilgan ixtisosliklar boʻyicha taʼlim berish huquqini beruvchi litsenziya olish zarurdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513260" id="-513260">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarining mazkur Nizomga amal qilishini nazorat qilish litsenziya bergan vazirlik zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513263" id="-513263">19. Ekspert komissiyasining salbiy xulosasi va uning asosida litsenziya berishga rad javobi berilishi ustidan muassis sudga shikoyat arizasi berishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513266" id="-513266">20. Muassasa ochish va taʼlim faoliyati uchun berilgan litsenziya:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513268" id="-513268">a) agar litsenziya olish uchun taqdim qilingan materiallarda haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar mavjudligi aniqlansa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513271" id="-513271">b) agar litsenziya talablari va undagi mavjud tekshirish normativlari buzilsa litsenziyani bergan organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513282" id="-513282">21. “Taʼlim toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/m/acts/-56418?ONDATE=23.07.1992 00#-169229"></a> <a href="/m/acts/-56418#-169229"> 25-moddasiga </a>muvofiq muassasa tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan hollarda litsenziya bergan davlat taʼlimni boshqarish organi nizo sud yoʻli bilan hal qilingunga qadar bu muassasa faoliyatini toʻxtatib turishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513284" id="-513284">22. Litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan hollarda litsenziya bergan organ muassasaga yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni bartaraf qilish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513287" id="-513287">Agar muassasa yozma koʻrsatma olingandan keyin 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilishga asos boʻlgan buzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi, taʼlim faoliyati toʻxtatilishi kerak boʻlgan muddatni belgilaydi va muassasa qonunda belgilangan tartibda yopiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513289" id="-513289">Taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish uchun takroran litsenziya olish odatdagi tartibda, lekin aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar davlat tasarrufida boʻlmagan oʻquv yurti tomonidan albatta bartaraf etilgan taqdirda rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513292" id="-513292">23. Litsenziya bergan organ 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini muassasaga va muassasa roʻyxatga olingan hokimlikka yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513295" id="-513295">24. Muassasa litsenziya bekor qilinishi haqidagi qarorning nusxasini olgandan keyin 30 kun muddat ichida qarorning bekor qilinishi va zararni undirib olish uchun sudga murojaat qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513297" id="-513297">25. Litsenziya berishga vakil qilingan taʼlimni boshqarish organlari akkreditatsiya qilingan muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatgan holda ularning hisobini yuritadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513298" id="-513298">26. Muassasalarni attestatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun davlat taʼlimni boshqarish organlari huzurida toʻla xoʻjalik hisobida va oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash sharoitida ishlovchi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi ishchi organlar (markaz, shuʼba, boʻlim va boshqalar) tashkil etilishi mumkin yoki bu ishlar bevosita taʼlimni boshqarish organi tomonidan bajariladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513299" id="-513299"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-513303" id="-513303">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-504820#-513115">nizomga </a><br />1-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1040538" id="-1040538"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1040539" id="-1040539" class="tabBox"><table id="theTableID" style="TABLE-LAYOUT: auto; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 2px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 629px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; HEIGHT: auto; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="2" border="1">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><br /><font size="2">‎Attestatsiya oʻtkazish va litsenziya berishga <br />‎vakil qilingan vazirlik <br />‎(hokimlik)ning nomi</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><strong><br /><font size="2">‎<br />‎Hokimlikda davlat tomonidan roʻyxatga olinish huquqini olish yuzasidan <br />‎dastlabki xulosa berish toʻgʻrisida <br />‎ARIZA <br />‎</font></strong></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">1. Ariza beruvchining nomi__________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">‎2. Pochta manzili __________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="right"><font size="2">telefon ______________________________________ ‎</font></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="left"><font size="2">telefaks ____________________________‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="right"><font size="2">teleks _______________________________________ ‎ ‎</font></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">3. Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<blockquote dir="ltr" style="MARGIN-RIGHT: 0px">
<p><strong><font size="2">Rahbar </font></strong></p></blockquote></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><br /><font size="2">‎(imzo)</font></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513322" id="-513322"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-513323" id="-513323">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-504820#-513115">nizomga </a><br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-513324" id="-513324">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasi<br /> PASPORTI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1040536" id="-1040536"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1040537" id="-1040537" class="tabBox"><div align="center">
<table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 3px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 549px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: -1px; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="2" align="center" border="1">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">1. Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasasining toʻliq nomi _____________________________________________________________________________<br />‎_____________________________________________________________________________‎‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">2. Muassislar, ularning manzili va telefoni __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">3. Davlat tomonidan roʻyxatga olish tartib raqami, sanasi _____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">‎<br />‎4. Litsenziya olingan sana ____________________________________________________________________<br />‎5. Muassasaning yuridik va haqiqiy manzili, telefonlari _______________________________________‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">6. Filiallarning manzillari ________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">7. Taʼlim dasturlari roʻyxati (kurs necha yilga moʻljallangan)_____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">8. Professor-oʻqituvchilar tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (shtatdagi oʻqituvchilar va oʻrindoshlar soni, ularning malakasi) _____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">9. Taʼlim oluvchilar kontingenti (yangidan ochilayotgan oʻquv yurtlari uchun — moʻljallanayotgan kontingent) </font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">10. Auditoriya fondi va moddiy-texnika negizining qisqacha tavsifi (oʻzining binosi yoki ijaraga olingan bino) __________________________________‎‎‎___________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Binoning umumiy maydoni (kv. m)_____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">Binoning jihozlanishi:</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">elektr bilan ___________________________________________________________‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">kanalizatsiya bilan‎‎______________________________________________________</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">vodoprovod bilan______________________________________________________‎_</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Laboratoriyalar va kabinetlarning jihozlanganligi (mavjud priborlar, kompyuterlar, oʻqitishning texnika vositalari va boshqalar)_______________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Madaniy-maishiy va maʼmuriy-xizmat binolari _____________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Mavjud yotoqxonalar, oʻrinlar soni ________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Mavjud sport zali, stadion, suv havzasi ____________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Eng yaqin joydagi sogʻliqni saqlash punkti __________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr></tbody></table></div></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513349" id="-513349"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-513352" id="-513352">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-504820#-513115">Nizomga </a><br />3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-513353" id="-513353">Mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan taʼlim muassasalari<br />ROʻYXATI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513355" id="-513355"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513356" id="-513356">1. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513357" id="-513357">2. Maktabdan tashqari muassasalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513358" id="-513358">3. Boshlangʻich, bazaviy, oʻrta maktablar, boshqa oʻrta oʻquv yurtlari (gimnaziyalar, kolledjlar, litseylar va boshqalar)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-513360" id="-513360">4. Oʻrta hunar-texnika bilim yurtlari, oʻquv-ishlab chiqarish, oʻquv-kurs kombinatlari, markazlari va hunar taʼlimining boshqa oʻquv yurtlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-513361" id="-513361"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-513362" id="-513362">Davlat tasarrufida boʻlmagan taʼlim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-504820#-513115">nizomga</a><br />4-ILOVA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1039888" id="-1039888"></div></div><div class="TABLE_STD" id="theDefCssID"><div name="-1039889" id="-1039889" class="tabBox"><div align="center">
<table id="theTableID" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 542px; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; TOP: 0px; HEIGHT: auto; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" cellspacing="1" cols="2" align="center" border="1">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">Litsenziya berishga vakil qilingan <br />‎(vazirlik) hokimlikning nomi‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><br /><strong><font size="2">‎LITSENZIYA № _______‎‎<br />‎</font></strong></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">______________________ shahri ‎</font></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="left"><font size="2">berilgan vaqti ________________________‎_</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Berildi shu haqdakim __________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><sup><font size="2">‎‎(ariza beruvchining nomi)</font></sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="center"><sup><font size="2">oʻquv yurti, muassasa maqomi)‎‎</font></sup></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">‎‎ochish (oliy, oʻrta maxsus va boshqalar) taʼlim tizimida (mutaxassislik va ixtisos) ________<br />‎____________________________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">kursi boʻyicha taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish ___________________________________‎‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">Kurs, mutaxassislik nomi ‎</font></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><font size="2">Oʻquvchilar soni‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">1. ____________________________________________________________________________</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">2. ____________________________________________________________________________</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">‎‎3. ____________________________________________________________________________‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2">
<p align="left"><font size="2">‎‎____________________________________________________________________________</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">va unga __________________________________________________ berish huquqini oldi‎‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="right"><sup><font size="2">(mutaxassislik, kasb, malaka)‎</font></sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">Nazorat normativlari ________________________________________________________</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" colspan="2"><font size="2">‎‎Litsenziyaning amal qilish muddati 5 yil, 199___ yildan 199__ yilgacha <br />‎</font></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><strong><font size="2">Litsenziya berishga vakil<br />‎ qilingan vazirlik rahbari (hokim) ‎</font></strong></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none">
<p align="center"><br /><font size="2">‎(imzo)‎</font></p></td></tr>
<tr>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none"><font size="2">‎</font></td></tr></tbody></table></div></div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
