

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-4987967" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="8Y3w6eUB9DXiInaj13LdS5wp7OCmHMl9hFCGRLWUOCiBetFSl4T2DPnDyE5gRCuX3iUEA1rnfoZN7IMUT3ES++gqg1iTRx0gGZAcLIoCZToO74V+ws99gHKlS8Zia3oEsJwQrEtIOA9eYr4wm3m45qsv/BDBq1RMX+5mNKjCHM0JXp1Xs8jsUJZw8XuYnk/C2EdyVgPTx6+U7z7+e601ew==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.03.2025
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4987967" id="onLBC-4987967">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6453"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;</span></div><div id="LBC9113"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4987967" id="onLS-4987967">[<b>TSZ:</b><div id="LS3702"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4989299" id="-4989299">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4989300" id="-4989300">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4989301" id="-4989301">Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4989303" id="-4989303"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989306" id="-4989306">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “<a href="/m/acts/-4802181">Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</a>” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son hamda “<a href="/m/acts/-4820060">Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</a>” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son farmonlari ijrosi yuzasidan, shuningdek, xalqaro standartlarni hisobga olgan holda adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini (keyingi oʻrinlarda — yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislar) qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989307" id="-4989307">1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish hamda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yuridik shaxs tashkil etmagan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlarda hududiy filiallarini (keyingi oʻrinlarda — filiallar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989308" id="-4989308">2. Quyidagilar yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining ustuvor vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989309" id="-4989309">kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda kadrlar buyurtmachilari va xodimlariga malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash imkoniyatini yaratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989310" id="-4989310">anʼanaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy oʻqitishning uygʻunlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini, shuningdek, kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda taʼlim dasturlarini, bilim va koʻnikmalarni doimiy takomillashtirishdan iborat kredit-modul mexanizmini joriy qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989311" id="-4989311">kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish, har bir xodimning individual trayektoriyalari boʻyicha malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona maʼlumotlar bazasi — elektron platformani yaratish va amaliyotga joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989312" id="-4989312">taʼlim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish darajasini oshirish, zamonaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllash orqali kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida masofaviy taʼlimni yanada takomillashtirish va mustaqil taʼlim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989313" id="-4989313">xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mehnat bozorida huquqiy bilimlarini oshirish talab qilinadigan oʻzga soha mutaxassislari malakasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989314" id="-4989314">adliya organlari va muassasalaridagi rahbarlik lavozimlariga zaxiraga olingan kadrlar malakasini oshirishning modullashtirilgan taʼlim dasturlari asosida maxsus kurslardan oʻtish amaliyotini joriy etish. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5497227" id="-5497227"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5497230" id="-5497230">Qayta tayyorlash va malaka oshirish, shu jumladan, qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qayta tayyorlash va malaka oshirish shakllari, kredit-modul tizimi va masofaviy taʼlim boʻyicha malaka oshirishni tashkil etish, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom <a href="/m/acts/-4987967?ONDATE=09.09.2020 00#-4990421">1-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5497249" id="-5497249">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli <a href="/m/acts/-5443524?ONDATE=04.06.2021 00#-5447898">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989318" id="-4989318">4. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989319" id="-4989319">filiallar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — yuridik texnikumlar) binolarida joylashtiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989320" id="-4989320">filiallar tuzilmasi va ularning nizomi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989322" id="-4989322">yuridik texnikumlar filiallar faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish, oʻquv-metodik jarayonni tashkil qilishda axborot-resurslari orqali koʻmaklashish uchun masʼul hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989324" id="-4989324">oʻqitish davomiyligi qayta tayyorlash kurslarida toʻrt oy (576 soat)ni, malaka oshirish kurslarida esa ikki hafta (72 soat)ni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989326" id="-4989326">Markazda yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan kasbiy malaka talablari Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989328" id="-4989328">Markaz va uning filiallarida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislar mehnatiga Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan soatbay haq toʻlash tartibi asosida haq toʻlanadi, bunda Markazga belgilangan miqdorni 200 foizgacha oshirish huquqi beriladi; </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6232634" id="-6232634"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6232636" id="-6232636">Markazga Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarining hamda shartnoma asosida ishlarni bajarish va xizmat koʻrsatishdan tushadigan boshqa mablagʻlarning (ularni amalga oshirish uchun xarajatlarini chegirib tashlagan holda) 80 foizgacha qismini Markaz va uning hududiy filiallari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga yoʻnaltirish huquqi beriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6232638" id="-6232638">(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli <a href="/m/acts/-6212405?ONDATE=29.09.2022 01#-6216299">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989333" id="-4989333">filiallar faoliyatini tashkil qilishni moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash hamda xodimlari mehnatiga haq toʻlash Markazni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989335" id="-4989335">5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989337" id="-4989337">a) ikki oy muddatda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989339" id="-4989339">Markazning professor-oʻqituvchilari va boshqa xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish orqali yuqori malakali, taʼlim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, halol, tartib-intizomli pedagog kadrlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989341" id="-4989341">Bunda pedagog xodimlar tarkibining Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqishi belgilangan, soha yoʻnalishlarida yuqori amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi xodimlar tarkibidan tanlov asosida shakllantirilishiga alohida eʼtibor qaratilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989343" id="-4989343">b) uch oy muddatda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Advokatlar palatasi, Notarial palata hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989367" id="-4989367">kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tashkil qilish va har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qiluvchi yagona maʼlumotlar bazasi — elektron platformani ishlab chiqsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989369" id="-4989369">yuridik texnikumlarda filiallar ochilishini va zamon talablari asosida taʼmirlanishi hamda eng zamonaviy oʻquv-texnika vositalari bilan jihozlanishini, xususan videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan lokal va hududiy auditoriyalar tarmogʻi yaratilishini taʼminlasin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989370" id="-4989370">Markazda malaka oshirish kursi bitiruvchilariga elektron sertifikatlar berish amaliyotini joriy etish maqsadida noyob identifikatsiya raqami va QR-kod hamda himoya elementlarini nazarda tutuvchi “Elektron sertifikatlar repozitoriysi” tizimi va dasturiy taʼminotini yaratish choralarini koʻrsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989377" id="-4989377">Bu borada belgilangan tadbirlar Markazning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989379" id="-4989379">6. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari zaruratga qarab, oʻz kadrlarining huquqiy bilimlarini oshirish uchun doimiy ravishda tegishli mutaxassislarini Markazga yoʻnaltirib borsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989407" id="-4989407">7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/m/acts/-4987967#-4990615">3-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989408" id="-4989408">8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4989409" id="-4989409">9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4989410" id="-4989410">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4989445" id="-4989445">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4989446" id="-4989446">2020-yil 8-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4989448" id="-4989448">544-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990051" id="-4990051"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4990052" id="-4990052">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son <a href="/m/acts/-4987967">qaroriga<br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990053" id="-4990053">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisida </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4990054" id="-4990054">NIZOM</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990056" id="-4990056"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990057" id="-4990057">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990058" id="-4990058">1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida (keyingi oʻrinlarda — Markaz), uning hududiy filiallarida hamda buyurtmachi tashkilotlarda adliya organlari va muassasalari xodimlari, advokatlar, notariuslar, yuriskonsultlar, patent vakillari, mediatorlar hamda boshqa soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990060" id="-4990060">2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990061" id="-4990061"><strong>qayta tayyorlash</strong> — davlat va jamiyat qurilishi sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi sohasida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida zarur bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish orqali yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990063" id="-4990063"><strong>malaka oshirish</strong> — tegishli oʻquv dasturlari talablaridan kelib chiqqan holda, yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990064" id="-4990064"><strong>oʻquv dasturi</strong> — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, mutaxassisliklarning kasbiy malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy hujjat; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990065" id="-4990065"><strong>oʻquv rejasi</strong> — bloklar va oʻquv fanlarining nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990067" id="-4990067"><strong>kasbiy malaka talablari</strong> — tinglovchilarning umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990069" id="-4990069"><strong>pedagog maslahatchi</strong> — taʼlim jarayonida tegishli oʻquv kursi (moduli) boʻyicha tinglovchilar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va yoʻnaltiruvchi, metodik yordam koʻrsatuvchi, oʻqish va bilish nazoratini amalga oshiruvchi subyekt;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990070" id="-4990070"><strong>buyurtmachi tashkilot</strong> — Markazda kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish istagini bildirgan tashkilot.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990071" id="-4990071">3. Markazda tashkil etiladigan oʻquv kurslari (qisqa muddatli kurslar bundan mustasno) buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan va Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990072" id="-4990072">4. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990074" id="-4990074">Markazda tashkil etiladigan kurslarda auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990075" id="-4990075">5. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni, qoidaga koʻra, 25 nafardan ortiq boʻlmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990076" id="-4990076">Bunda auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari 80 daqiqa davom etadi, oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990077" id="-4990077">2-bob. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990080" id="-4990080">6. Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Markaz tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi hamda mashgʻulotlar jadvali boʻyicha olib boriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990081" id="-4990081">7. Qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilar Markaz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, toʻlov asosida oʻqitiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5741341" id="-5741341"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5741344" id="-5741344">8. Buyurtmachi tashkilot qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish uchun onlayn tarzda (Markazning rasmiy veb-sayti yoki maxsus elektron dasturlar orqali) yoki bevosita Markazga murojaat qiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5741347" id="-5741347"><em>(8-banb Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli </em><a href="/m/acts/-5737476?ONDATE=23.11.2021 00#-5739595">qarori </a><em>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990091" id="-4990091">9. Qayta tayyorlash kurslariga tinglovchilar buyurtmachi tashkilotlarning taqdimnomasiga asosan Markaz direktorining buyrugʻi bilan qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990092" id="-4990092">10. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi tomonidan bitiruv malakaviy ishi tayyorlanishi va himoya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990093" id="-4990093">Tinglovchilar bitiruv malakaviy ishlari mavzularini Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan bitiruv malakaviy ishlari mavzulari roʻyxatida koʻrsatilgan mavzulardan birini tanlaydi. Tinglovchi bitiruv malakaviy ishi mavzusini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990094" id="-4990094">Tinglovchining bitiruv malakaviy ishi mavzusidan kelib chiqib, unga tegishliligi boʻyicha Markaz kafedralarining professor-oʻqituvchilari yoki malakali amaliyot xodimlari yoxud boshqa mutaxassislar orasidan Markaz direktorining buyrugʻi bilan ilmiy rahbar biriktiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990096" id="-4990096">Tinglovchi bitiruv malakaviy ishini yakuniy nazorat oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin ilmiy rahbar xulosasi bilan birga Markazda oʻquv jarayonini nazorat qiluvchi boʻlimga topshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990097" id="-4990097">11. Bitiruv malakaviy ishi himoyasini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan Adliya vazirligi, Markaz va buyurtmachi tashkilotning yetakchi mutaxassislari orasidan besh kishidan iborat tarkibda yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiya tuziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990098" id="-4990098">Yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibiga oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari ham jalb qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990099" id="-4990099">12. Bitiruv malakaviy ishlari yakuniy imtihon oʻtkazish boʻyicha komissiyada himoya qilinadi. Komissiyaga tinglovchilarning bitiruv malakaviy ishlari Markazning oʻquv jarayonini nazorat qiluvchi boʻlimi tomonidan taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990104" id="-4990104">13. Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari oʻquv rejasida belgilangan fanlardan (kurslardan) yakuniy sinov imtihonini topshiradilar va bitiruv malakaviy ishini himoya qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990106" id="-4990106">Qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishini himoya qilishiga yakuniy sinov imtihonini topshirish natijalariga koʻra ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990107" id="-4990107">Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish va baholashga qoʻyiladigan talablar Markaz tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990109" id="-4990109">14. Qayta tayyorlash kursini tamomlagan, yakuniy sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va bitiruv malakaviy ishini himoya qilgan tinglovchilarga mazkur Nizomga <a href="/m/acts/-4987967#-4990421">1-ilovada</a> belgilangan namunadagi diplom beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990111" id="-4990111">Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy taʼlimni olish sifatida qaralmaydi. Qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat koʻrsatish huquqini beradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990112" id="-4990112">3-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990114" id="-4990114">15. Malaka oshirish kurslarida oʻqish vaqti va muddati Markaz bilan kelishilgan holda tayyorlanadigan hamda tegishliligi boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim oluvchilarning malaka oshirish kurslaridan oʻtish vaqti, shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan taqsimot-rejalarga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990115" id="-4990115">16. Taqsimot-rejalar yarim yil uchun tuziladi va buyurtmachi tashkilotlar tomonidan har yili iyun va dekabr oyining 15 sanasiga qadar tasdiqlanadi hamda Markazga yetkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990116" id="-4990116">Taqsimot-rejalarda xodimning malaka oshirish kurslaridan oʻtish shakli koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990118" id="-4990118">17. Buyurtmachi tashkilotlar taqsimot-rejalarga asosan oʻqishi belgilangan xodimlarini malaka oshirish kurslarida qatnashishlarini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990120" id="-4990120">18. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish Markaz direktorining buyrugʻiga asosan oʻquv kurslari boshlangan kunning oʻzida rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990121" id="-4990121">Markaz tinglovchilarni malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmaganligi yoki qatnashmaganligi haqida buyurtmachi tashkilotlarga xabar beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990122" id="-4990122">Malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga koʻra oʻz vaqtida kelmagan tinglovchilarga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990123" id="-4990123">19. Malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayoni Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali boʻyicha olib boriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990124" id="-4990124">20. Malaka oshirish jarayonlari quyidagi shakllarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990125" id="-4990125">Markaz va uning filiallarida oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990126" id="-4990126">mutaxassislik boʻyicha xodimning ish joyida oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990127" id="-4990127">kredit-modul tizimi asosida oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990128" id="-4990128">masofaviy taʼlim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990129" id="-4990129">21. Markaz va uning filiallarida oʻqitish tegishli ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990130" id="-4990130">Markazda va uning filiallarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75 % — mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25 % — bevosita Markaz yoki uning filiallarida) masofaviy taʼlim yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990131" id="-4990131">Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990132" id="-4990132">22. Mutaxassislik boʻyicha xodimning ish joyida oʻqitish tinglovchining ishdan ajralmagan holda xizmat joyiga Markaz tomonidan mutaxassislarni jalb etgan holda, tegishli oʻquv dasturlarini oʻzlashtirishdan iborat.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990133" id="-4990133">Mutaxassislik boʻyicha xodimning ish joyida oʻqitish buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda, Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan malaka oshirishning yakka tartibdagi rejasi asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990135" id="-4990135">Malaka oshirishning yakka tartibdagi rejasida xodim tomonidan oʻquv dasturida belgilangan mavzularni (modullarni) mustaqil oʻzlashtirish tartibi, mutaxassislarni jalb qilish hamda yakuniy sinov imtihonini topshirish shakli va muddatlari koʻrsatiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990136" id="-4990136">Xodim tomonidan oʻquv dasturida belgilangan mavzularni (modullarni) oʻzlashtirish uchun koʻpi bilan bir oy muddat belgilanishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990137" id="-4990137">Malaka oshirishning mazkur shakli boʻyicha oʻquv jarayoni guruhlarning toʻldirilishiga bogʻliq holda tinglovchilar soni kamida oʻn nafar boʻlgan guruhlarda tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990138" id="-4990138">23. Kredit-modul tizimi asosida malaka oshirish tegishli oʻquv dasturini mustaqil oʻzlashtirishni oʻz ichiga oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990140" id="-4990140">Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirish mutaxassis kadrlar malakasini oshirishning belgilangan davriyligiga rioya qilingan holda oʻquv dasturi modullarini uzluksiz, mustaqil ravishda oʻzlashtirib borishni nazarda tutadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990142" id="-4990142">Markaz direktori oʻquv dasturining har bir moduli boʻyicha modul rahbarini, yaʼni alohida modulni oʻqitishning sifati, oʻquv materialini shakllantirish, shuningdek, barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, tinglovchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni taʼminlashga masʼul boʻlgan pedagog xodimni belgilaydi. Modullar boʻyicha tinglovchilar bilimini yil davomida baholab borish nazorat jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990144" id="-4990144">Modulning oʻquv dasturi mazmunini oʻzlashtirish kreditni — tinglovchilarning oʻquv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligini qoʻllagan holda belgilanadi. Kredit tinglovchi tomonidan tegishli oʻquv ishlarini (modul xususiyati va mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish uchun oʻquv ishlarining muhimligidan kelib chiqib Markaz tomonidan belgilanadigan) bajarishga ketadigan vaqtdan (soatlardan) tashkil topadi. Har bir modul mustaqil kredit hisobiga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990146" id="-4990146">Oʻquv kurslari boʻyicha bir kredit tarkibi va oʻqish davrini tamomlash uchun tinglovchi tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning umumiy soni hamda mazkur shakl boʻyicha malaka oshirishning tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990147" id="-4990147">24. Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirishda tegishli kredit ballarni yigʻish uchun quyidagilar ham hisobga olinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990152" id="-4990152">joriy davrda ilmiy maqolalar chop etish, monografiya, darslik va oʻquv qoʻllanma nashr ettirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990153" id="-4990153">malaka oshirishning belgilangan davriyligi davomida falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga ega boʻlish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990156" id="-4990156">Xodim mos ravishda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻlganda, malaka oshirish uchun belgilangan umumiy kredit ballni toʻplashdan ozod qilinib, toʻgʻridan-toʻgʻri yakuniy sinov imtihonini topshirishga ruxsat beriladi, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega boʻlganda esa, xodim besh yil muddatga malaka oshirish kurslarini oʻtishdan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990157" id="-4990157">Kredit-modul tizimi boʻyicha malaka oshirish uchun jalb qilingan xodim soʻnggi uch yildagi maʼlumotlar elektron portfolio tizimiga shaxsan oʻzi tomonidan kiritiladi va koʻrsatkichlar elektron monitoring tizimi orqali qayd etib boriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990162" id="-4990162">25. Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990165" id="-4990165">26. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha yakuniy suhbat imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990166" id="-4990166">27. Malaka oshirish kursi boʻyicha yakuniy suhbat imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga ushbu Nizomga <a href="/m/acts/-4987967#-4990483">2-ilovada </a>belgilangan namunadagi sertifikat beriladi. Malaka oshirish sertifikati elektron shaklda ham rasmiylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990169" id="-4990169">Sinov imtihonini topshirmagan (suhbatdan oʻtmagan) tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990170" id="-4990170">28. Markaz davlat boshqaruvi organi, xoʻjalik birlashmasi va boshqa tashkilotlar oʻzga soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini va ularning kasbiy mahoratini oshirishga koʻmaklashish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990171" id="-4990171">29. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari Markaz tomonidan mustaqil ravishda yoki buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan oʻquv dasturlariga muvofiq ixtiyoriy tashkil etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990172" id="-4990172">Bunda oʻquv kurslarining davomiyligi, oʻquv yuklamasining hajmi, oʻqitish shakllari hamda oʻquv kurslari yakunlari boʻyicha qabul qilinadigan sinov Markaz tomonidan buyurtmachi tashkilotlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990174" id="-4990174">Markaz oʻqitish yoʻnalishlari boʻyicha buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining tinglovchilar guruhini shakllantiradi. Tinglovchilarni oʻquv kurslariga qabul qilish buyurtmachi tashkilotlar yoki xodim (fuqaro) tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri bildirgan takliflar asosida Markaz direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990175" id="-4990175">Qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqish pulli shartnoma asosida tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990176" id="-4990176">30. Qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqigan tinglovchilarga oʻquv kursining nomi va hajmi koʻrsatilgan holda, malaka oshirish kurslarini yakunlaganlik uchun taqdim etiladigan namunadagi sertifikat rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990177" id="-4990177">4-bob. Masofaviy taʼlimni tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990178" id="-4990178">31. Masofaviy taʼlimning davomiyligi Markazda oʻqishning tegishli kursi akademik soatlarida belgilanadi, bunda kalendar muddatlari akademik muddatlardan ortiq boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990179" id="-4990179">32. Onlayn shaklidagi masofadan oʻqitish usuli tinglovchi va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro aloqani taʼminlash uchun maxsus jihozlangan oʻquv xonalarida real vaqt rejimida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990180" id="-4990180">Xodimlarning masofaviy taʼlim olish uchun belgilangan oʻqish joylariga yetib kelishi buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990181" id="-4990181">33. Masofaviy taʼlim kurslari boshlanishidan uch kun oldin tinglovchilarga Markaz tomonidan elektron login va parol beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990184" id="-4990184">34. Tinglovchilar oʻziga berilgan login va parol yordamida Markazning rasmiy veb-saytidagi “Masofaviy kurslar” boʻlimiga kiradi va unda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990185" id="-4990185">35. Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990186" id="-4990186">36. Masofaviy taʼlim davomida tinglovchilar kurslarni tashkil etish va oʻtkazish rejasiga, oʻqish davomiyligi (kelishuv asosida)ga amal qilishi, shuningdek onlayn va offlayn rejimidagi taʼlim jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi talab etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990187" id="-4990187">37. Masofaviy taʼlim shakli boʻyicha oʻqitish jarayonida tinglovchilar faoliyati, taʼlim jarayonini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish Markaz direktorining buyrugʻi bilan biriktiriladigan pedagog maslahatchi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990188" id="-4990188">38. Tinglovchilar bilan doimiy aloqa bogʻlash, tinglovchilarga zarur metodik yordam berish, yakka tartibdagi mashgʻulotni bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish va tinglovchilar bilimlarini baholash pedagog maslahatchining vazifalariga kiradi. Pedagog maslahatchi yakka tartibdagi topshiriqning tinglovchi tomonidan bajarilishi xolisona baholanishi uchun javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990189" id="-4990189">Pedagog maslahatchi bilan aloqa elektron pochta, telefon va boshqa elektron aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, pedagog maslahatchi bilan aloqa sessiyalar (bevosita yuzma-yuz muloqot) tarzida ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990190" id="-4990190">39. Masofaviy taʼlim kurslari boʻyicha yakuniy sinov imtihoni (suhbat) offlayn shaklida test topshiriqlarini bajarish yoki onlayn shaklida real vaqt rejimida tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990191" id="-4990191">Yakuniy sinov imtihonini (suhbatni) qabul qilish shakli Markaz direktorining buyrugʻida koʻrsatiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990192" id="-4990192">5-bob. Tinglovchilarning huquq va majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990375" id="-4990375">40. Tinglovchilar oʻquv mashgʻulotlari boshlashidan oldin Markazning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990376" id="-4990376">41. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990377" id="-4990377">oʻquv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990378" id="-4990378">oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha Markaz rahbariyatiga takliflar kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990379" id="-4990379">maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990380" id="-4990380">qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990381" id="-4990381">Markazning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990382" id="-4990382">Markaz xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5992204" id="-5992204"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5992207" id="-5992207">Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5992215" id="-5992215">(41-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/m/acts/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5941165">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990384" id="-4990384">42. Tinglovchilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990385" id="-4990385">taʼlim dasturlari talablarini bajarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990386" id="-4990386">oʻquv mashgʻulotlariga oʻz vaqtida qatnashishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990387" id="-4990387">oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan imtihon, test va yakuniy sinovni (imtihonlarni) topshirishi (suhbatdan oʻtishi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990388" id="-4990388">oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990389" id="-4990389">oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990390" id="-4990390">Markazga tegishli boʻlgan mulklarni asrab-avaylash, Markaz ichki tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etishlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5992218" id="-5992218"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5992220" id="-5992220">Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5992223" id="-5992223">(42-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/m/acts/5936929?ONDATE=05.04.2022 00#5941165">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990392" id="-4990392">43. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqariladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990393" id="-4990393">oʻz xohishiga binoan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990394" id="-4990394">oʻquv intizomi va Markazning ichki tartib-qoidalarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990395" id="-4990395">oʻquv mashgʻulotlarini uzrli sabablarsiz oʻn olti akademik soatdan ortiq qoldirganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990396" id="-4990396">tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berganligi aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990397" id="-4990397">shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990398" id="-4990398">salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990399" id="-4990399">sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990400" id="-4990400">vafot etganda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990401" id="-4990401">44. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursi tinglovchilari safidan chiqarilganda, Markaz bu haqda uni oʻqishga yuborgan buyurtmachiga xabar beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4990402" id="-4990402">6-bob. Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990403" id="-4990403">45. Diplom yoki sertifikatlarni yoʻqotgan yoki familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgargan shaxslarga yoxud diplom yoki sertifikat yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda qayta tayyorlash diplomi yoki malaka sertifikatining dublikati (keyingi oʻrinlarda — dublikat) beriladi. Bunda ushbu shaxslar Markaz direktoriga diplom yoki sertifikat yoʻqotish, buzilish yoxud familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarish holati toʻliq bayon etilgan yozma ariza beradi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5586347" id="-5586347"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5586359" id="-5586359">Diplom yoʻqotilgan hollarda, arizaga hujjat yoʻqolganligi toʻgʻrisida gazetada chop etilgan eʼlon ilova qilinadi (eʼlonda yoʻqolgan diplomning berilgan yili, seriyasi va tartib raqami koʻrsatilishi shart).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5586371" id="-5586371">(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-sonli <a href="/m/acts/-5530487?ONDATE=24.07.2021 00#-5534745">Farmoni</a> tahririda  — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990405" id="-4990405">46. Dublikat murojaat qilingan sanadan boshlab oʻn besh kun muddat mobaynida beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990406" id="-4990406">47. Dublikatda hujjatlarning avvalgi qayd etilgan raqami, seriyasi, berilgan sanasi koʻrsatiladi, yangi blankaning yuqoridagi oʻng burchagiga “Dublikat” soʻzi yoziladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5992228" id="-5992228"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5992230" id="-5992230">48. Yaroqsiz holatga kelgan, buzilgan va familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgartilgan diplom (sertifikat) Markazga qaytarilishi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5992234" id="-5992234">(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/m/acts/5936929?ONDATE=05.04.2022 00#5941165">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5992236" id="-5992236"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5992237" id="-5992237">49. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5992239" id="-5992239">(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/m/acts/5936929?ONDATE=05.04.2022 00#5941165">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5992241" id="-5992241"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5992242" id="-5992242">50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5992244" id="-5992244">(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/m/acts/5936929?ONDATE=05.04.2022 00#5941165">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990420" id="-4990420"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4990421" id="-4990421">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-4987967#-4990053">nizomga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990422" id="-4990422">Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4990423" id="-4990423">SHAKLI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990424" id="-4990424"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990429" id="-4990429"><img src="/files/4990428" /></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990436" id="-4990436">Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplomning </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4990439" id="-4990439">TAVSIFI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990449" id="-4990449"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990453" id="-4990453">Qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi diplom A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och pushti rangda bosib chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990457" id="-4990457">Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990459" id="-4990459">Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Qayta tayyorlash haqida DIPLOM” soʻzlari bosiladi. Diplom ikki lotin harfi — QT va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och pushti rang fonda bosib chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990461" id="-4990461">Diplom:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990463" id="-4990463">bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990464" id="-4990464">yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990465" id="-4990465">naqshli rastr;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990468" id="-4990468">har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990470" id="-4990470">maxsus qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990473" id="-4990473">oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990481" id="-4990481"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4990483" id="-4990483">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida qayta tayyorlash va malaka oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-4987967#-4990053">nizomga</a> <br />2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990486" id="-4990486">Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4990487" id="-4990487">SHAKLI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990488" id="-4990488"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990500" id="-4990500"><img src="/files/4990496" /></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990508" id="-4990508">Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4990510" id="-4990510">TAVSIFI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990511" id="-4990511"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990513" id="-4990513">Malaka oshirish toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatli oq qogʻozda ofset usulida, besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun — qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, koʻk, qizil ranglarda, fon uchun — och kul rangda bosib chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990515" id="-4990515">Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda, eni 32 mm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm boʻlgan Davlat gerbi, past qismida esa — 35 mm oʻlchamli ikkita kvadrat qoʻshilishidan hosil boʻlgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning oʻrtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990518" id="-4990518">Varaqning qolgan qismida yuqorida lotin yozuvi bilan davlat tilida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI” va “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat ikki lotin harfi — MO va olti raqamli sondan iborat tartib raqami bilan taʼminlangan. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990519" id="-4990519">Sertifikat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990521" id="-4990521">bosib chiqarishning ikki usuli — ofset va yuqori usuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990522" id="-4990522">yorugʻlik vositasida nusxa koʻchirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990523" id="-4990523">naqshli rastr;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990524" id="-4990524">har xil rangli rastrlardan foydalanish yoʻli bilan turli ranglarni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990526" id="-4990526">maxsus qogʻozlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990527" id="-4990527">oʻzgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qoʻllangan holda oltita himoyaga ega.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5497269" id="-5497269">(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli <a href="/m/acts/-5443524?ONDATE=04.06.2021 00#-5447900">qaroriga </a>asosan 2021-yil 2-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990613" id="-4990613"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4990615" id="-4990615">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-sentabrdagi 544-son <a href="/m/acts/-4987967">qaroriga<br /></a>3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4990616" id="-4990616">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4990617" id="-4990617"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990618" id="-4990618">1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 244-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Yuridik xizmatlar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning <a href="/m/acts/-1274006?ONDATE=22.11.2007 00#-1274459">35-bandida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990619" id="-4990619"><a href="/m/acts/-1274006?ONDATE=22.11.2007 00#-1274462">uchinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990620" id="-4990620"><a href="/m/acts/-1274006?ONDATE=10.05.2017 00#-3197399">toʻrtinchi</a> va <a href="/m/acts/-1274006?ONDATE=15.06.2015 00#-2677194">beshinchi xatboshilar</a> tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990621" id="-4990621">2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392406">ustavida</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990622" id="-4990622">a) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392411">2-banddagi</a> “Markaz adliya organlari hamda advokatura xodimlarini” soʻzlari “Markaz adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, FHDY organlari xodimlarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990623" id="-4990623">b) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392433">8-band</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990624" id="-4990624">“8. Adliya organlari va muassasalari, advokatlar, notariuslar, FHDY organlari va davlat boshqaruvi organlari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati xodimlari (yuriskonsultlari) hamda xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning oʻzga soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaz faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990625" id="-4990625">v) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392498">12-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990626" id="-4990626">quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990627" id="-4990627">“Markaz filiallari”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990630" id="-4990630"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392499">ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar</a> tegishli ravishda uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990632" id="-4990632">g) 16-bandning <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392528">ikkinchi xatboshidagi</a> “Markaz kafedralari,” soʻzlari “Markaz kafedralari va filiallari” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990633" id="-4990633">d) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392546">20-bandda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990635" id="-4990635"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392551">oltinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990637" id="-4990637"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392552">yettinchi — oʻninchi xatboshilar</a> tegishli ravishda oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990639" id="-4990639"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392553">sakkizinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990640" id="-4990640"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392554">toʻqqizinchi xatboshi</a> sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990641" id="-4990641">e) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392569">25-banddagi</a> “davlat talablari” soʻzlari “davlat taʼlim talablari” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990642" id="-4990642">j) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392570">26-banddagi</a> “davlat talablariga” soʻzlari “davlat taʼlim talablariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990643" id="-4990643">z) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392571">27-band</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990645" id="-4990645">i) 28-bandning <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392574">birinchi xatboshidagi</a> “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi” soʻzlari “buyurtmachi tashkilotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990646" id="-4990646">k) 30-bandning <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392580">uchinchi xatboshidagi</a> “advokatlar palatasining xodimi,” soʻzlari “Advokatlar palatasi, Notarial palataning xodimlari, boshqa buyurtmachi tashkilotlar hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990647" id="-4990647">l) <a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=28.06.2019 00#-4392585">32-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990649" id="-4990649"><a href="/m/acts/-4390286?ONDATE=29.12.2019 00#-4703131">ikkinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990650" id="-4990650">“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, tinglovchilarni oʻqitish xarajatlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun haq miqdorini mustaqil belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990651" id="-4990651">quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990652" id="-4990652">“Markaz va buyurtmachi tashkilotlar, advokatlar va boshqa toifadagi tinglovchilar bilan toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi toʻlov-shartnomalar elektron shaklda tuziladi va vakolatli shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990653" id="-4990653">3. Vaziplap Mahkamasining 2020-yil 24-martdagi 180-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash, malakasi va huquqiy bilimini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775039">nizomda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990654" id="-4990654">a) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775085">6-bandga</a> quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990655" id="-4990655">“Qayta tayyorlash jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990656" id="-4990656">davlat muassasalarida oʻqitish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990657" id="-4990657">masofaviy taʼlim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990658" id="-4990658">Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75% — mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25% — bevosita davlat muassasalarida) masofadan qayta tayyorlash yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990661" id="-4990661">Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990662" id="-4990662">Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990663" id="-4990663">b) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775128">17-band</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990664" id="-4990664">“17. Talabgor tegishli davlat muassasasiga onlayn tarzda yoki bevosita quyidagi hujjatlarni topshiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990665" id="-4990665">davlat muassasasi rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada taʼlim beriladigan tillardan birida taʼlim olish va imtihon topshirish hohlashi koʻrsatiladi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990666" id="-4990666">pasport nusxasi (pasportning asl nusxasi hujjat topshirishda koʻrsatiladi); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990667" id="-4990667">maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990668" id="-4990668">3,5x4,5 hajmdagi ikki dona fotosurat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990669" id="-4990669">nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomidan tavsiyanoma (agar shaxs nodavlat sud ekspertiza tashkilotida faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990670" id="-4990670">mehnat daftarchasining ish joyida tasdiqlangan nusxasi yoxud undan koʻchirma yoki ekspertlik faoliyati va turini tasdiqlovchi boshqa hujjat. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990671" id="-4990671">Bunda hujjatlarni onlayn tarzda topshirish davlat muassasasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990673" id="-4990673">v) 22-bandning <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775141">uchinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990675" id="-4990675">“Shartnoma tuzgan talabgorlar sonidan kelib chiqib, qoida tariqasida oʻn nafardan yigirma nafargacha tinglovchidan iborat akademik guruhlar shakllantiriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990677" id="-4990677">g) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775139">22-bandga</a> quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990697" id="-4990697">“Oʻquv jarayonini tashkil etish uchun zarur miqdordagi xarajatlarni toʻliq qoplash toʻgʻrisida qoʻshimcha toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha talabgorlar bilan kelishuvga erishilgan holatlarda, talabgorlar soni 10 (oʻn) nafarga yetmasa ham qayta tayyorlash guruhlari shakllantirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990700" id="-4990700">Masofadan oʻqitish usullari asosidagi kurslarda tinglovchilarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari onlayn shaklida qayd etib boriladi va kurslarni toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga bevosita qayta tayyorlash, malaka va huquqiy bilimni oshirish boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990701" id="-4990701">Elektron portfolio koʻrsatkichlari va onlayn test sinovlari natijalari asosida tinglovchilarga malakaviy ishini (referatni) himoya qilishga ruxsat beriladi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990703" id="-4990703">d) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775147">26-band</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990704" id="-4990704">“Oʻquv kursining har bir modul yoki boʻlim yakunida tinglovchi tanlangan mavzu boʻyicha malakaviy ishini (referatni) himoya qiladi va malakaviy ishi (referat) hajmi, himoya qilish, taqrizdan oʻtkazish tartibi oʻquv dasturida belgilanadi”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990706" id="-4990706">e) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775154">30-bandga</a> quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990707" id="-4990707">“Tinglovchilar, shuningdek, qayta tayyorlash kurslarini oʻtmasdan yakuniy imtihon topshiradigan talabgorlar ikki bosqichda — test (qogʻoz yoki elektron) hamda suhbat shaklida imtihon topshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990708" id="-4990708">Test savollari bilan tanishib chiqish, javobni tanlash va imtihon testini toʻldirish uchun 40 (qirq) daqiqadan koʻp boʻlmagan vaqt belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990710" id="-4990710">Joriy, oraliq nazorat va yakuniy attestatsiya (imtihon) oʻtkazish jarayonida talabgorga (tinglovchiga) normativ-huquqiy hujjatlardan, maxsus adabiyotlardan, aloqa vositalaridan, shuningdek, boshqa manbaalardan foydalanish, boshqa talabgorlar (tinglovchilar) bilan gaplashish taqiqlanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990711" id="-4990711">j) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775384">41-band</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990712" id="-4990712">“41. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari (keyingi oʻrinlarda — Talablar) sud ekspertlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari, taʼlim sifatini baholash va nazorat qilish boʻyicha hujjatlarni davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990713" id="-4990713">Sud ekspertlarini qayta tayyorlash, ularning malaka va huquqiy bilimini oshirish kurslari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish, amaliyot oʻtash, natijalarini baholash va nazorat qilish tartiblari davlat muassasalarining kollegial organi tomonidan belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990714" id="-4990714">z) <a href="/m/acts/-4774077?ONDATE=25.03.2020 00#-4775500">54-bandga </a>quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990715" id="-4990715">“Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimini oshirish jarayonlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990717" id="-4990717">Davlat muassasalarida oʻqitish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990720" id="-4990720">masofaviy taʼlim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990723" id="-4990723">Davlat muassasalarida oʻqitish 1+3, 2+2 yoki 3+1 sxemalari boʻyicha (tegishli ravishda 25, 50 yoki 75% — yashash joyi boʻyicha mustaqil ravishda bilim orttirish, 75, 50 yoki 25% — bevosita davlat muassasalarida) masofadan malaka oshirish yoki manfaatdor tashkilotlar bazasida yakka tartibdagi topshiriqlarni bajarish shaklida tashkil etilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990724" id="-4990724">Oʻqitishning bunday shakllari axborot uzatishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4990725" id="-4990725">Masofaviy taʼlim tegishli soha mutaxassislarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan va masofadan oʻqitishni amalga oshirishga moʻljallangan maxsus taʼlim dasturlari orqali onlayn hamda oflayn tarzda amalga oshiriladi”.</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4989302" id="-4989302">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2020-y., 09/20/544/1265-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, <em>23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son;05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son</em>)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
