

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-437002" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="NAOwCkK0Fsxz6EIZaGiSx0nF+nJ+M6YxAIvMdUIqYCnTsUga6Wx2pz++eCChJtIGTNil2r3f0hdYWnnDv9S7steL/wZZOLAlWYTgmXMe+am/AyqCXTycuPNhKND3adDOSh+M0jZHd2Uz0KOEb34UmJkAiT6vftO0sq/gsaMCUlglmpYsTfNXK73qz6W7PEpJW2c6EvUW/cLS+DGGpE7T7A==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.08.2009
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-437002" id="onLBC-437002">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6780"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;</span></div><div id="LBC6782"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;</span></div><div id="LBC9428"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;</span></div><div id="LBC9451"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-437002" id="onLS-437002">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;</span></div><div id="LS4601"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-483102" id="-483102">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-483103" id="-483103">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-483106" id="-483106">ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASIDAN FOYDALANISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-483114" id="-483114"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483117" id="-483117">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-son<a href="/m/acts/-372943"> qaroriga</a> muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483124" id="-483124">1. Quyidagilar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483130" id="-483130">Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari <a href="/m/acts/-437002#-483155">1-ilovaga </a>muvofiq; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483132" id="-483132">Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari <a href="/m/acts/-437002?ONDATE=27.01.2005 00#-485240">2-ilovaga </a>muvofiq tasdiqlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483135" id="-483135">2. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483138" id="-483138">bir oy muddatda koʻrsatib oʻtilgan qoidalarni vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari boʻyicha barcha elektr va issiqlik energiyasi foydalanuvchilariga, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlariga yetkazsinlar, shuningdek aholini belgilangan tartibda xabardor qilsinlar; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483139" id="-483139">“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari mazmunini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsinlar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483141" id="-483141">3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/m/acts/-437002#-485985">3-ilovaga </a>muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483144" id="-483144">4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/m/acts/-437002#-486211">4-ilovaga </a>muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483148" id="-483148">5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-483150" id="-483150">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-483151" id="-483151">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-483152" id="-483152">2005-yil 27-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-483153" id="-483153">32-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-483155" id="-483155"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-483158" id="-483158">Vazirlar Mahkamasining <br />2005-yil 27-yanvardagi 32-son <a href="/m/acts/-437002#-483102">qaroriga<br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-483162" id="onLBC-483162">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6780"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;</span></div><div id="LBC9428"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-483162" id="onLS-483162">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;</span></div><div id="LS4601"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-483162" id="-483162">Elektr energiyasidan foydalanish <br />QOIDALARI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-483167" id="-483167"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483171" id="-483171">I. Asosiy tushunchalar va atamalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483175" id="-483175">1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483178" id="-483178">elektr energiyasini qabul qiluvchi — elektr energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki uskuna;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483179" id="-483179">energiya qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, oʻzgartirish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483180" id="-483180">energiya taʼminoti tashkiloti — energiyani shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483181" id="-483181">energiya taʼminoti tashkiloti abonenti — energiya taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasiga ega boʻlgan isteʼmolchi, uning elektr energiyasidan foydalanish huquqi energiya taʼminoti tashkilotining isteʼmolchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi. Maishiy isteʼmolchilar uchun — kvartira, imorat yoki shaxsiy mulk boʻlgan imoratlarning hududiy birlashgan guruhi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483182" id="-483182">energiya taʼminoti tashkilotining subabonenti — energiya taʼminoti tashkilotining roziligi bilan abonentning elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan isteʼmolchi. Energiya subabonentga berilganda abonent energiya taʼminoti tashkiloti oldida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilish boʻyicha javobgar hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483186" id="-483186">elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasi — elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansubligi bilan aniqlanadigan energiya taʼminoti tashkiloti va abonent oʻrtasidagi elektr tarmogʻining boʻlinish nuqtasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483188" id="-483188">hisobga olish nuqtasi — elektr bilan taʼminlash sxemasi nuqtasi, unda oʻlchash asbobi (hisob-kitob hisoblagichi, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda elektr energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483190" id="-483190">hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi elektr energiyasi sarfi aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483194" id="-483194">elektr energiyasi va quvvatini hisobga olish pribori — hisobga olish (shu jumladan aktiv elektr quvvatini hisobga olish) priborlari, shuningdek jamlovchi qurilmalar va hisobga olishning avtomatik tizimlari, ular Elektr qurilmalarini oʻrnatish qoidalariga hamda Yoqilgʻi va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil qilish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483197" id="-483197">isteʼmolchining ulangan quvvati — isteʼmolchining energiyani ishchi kuchlanishga (bevosita tok qabul qiluvchilarga beriladigan kuchlanishga) aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Volt (V)dan ortiq kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalariga energiya transformatorlardan yoki energiya taʼminoti tashkilotining kam voltli tarmoqlaridan berilganda isteʼmolchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda elektr energiyasi berish va undan foydalanish shartnomasida koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483200" id="-483200">avvaldan buyurtma berilgan quvvat — isteʼmolchining energiya tizimining eng katta yuklamasida qatnashuvchi hisoblangan eng katta quvvati (yuklamasi). Isteʼmolchining eng katta yuklamasi tegishli hisobga olish asboblari (hisob-kitob hisoblagichlarining yarim soatlik koʻrsatkichlari boʻyicha) yoki energiya tizimining eng katta yuklamali soatlarida hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483202" id="-483202">hisob-kitob davri — elektr energiyasining isteʼmol sarfi (hajmi) aniqlanishi, isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi va energiya taʼminoti tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483204" id="-483204">oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483206" id="-483206">yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483211" id="-483211">toʻlov hujjati — toʻlov talabnomasi, uning asosida energiya taʼminoti tashkilotining hisob-kitob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi, shuningdek bildirishnoma, uning boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483213" id="-483213">elektr energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan isteʼmol qilinadigan energiyaning energiya taʼminoti tashkiloti va abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483216" id="-483216">elektr bilan taʼminlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) — isteʼmolchiga elektr energiyasi berishni toʻxtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki isteʼmol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida bir nechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi isteʼmolchilar uchun bitta yoki bir nechta energiya taʼminoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483217" id="-483217">cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarning qoʻllanishi oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek energiya taʼminoti tashkilotining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida isteʼmolchiga elektr energiyasi va (yoki) quvvati berish miqdorining kamayishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483220" id="-483220">yetarli miqdorda berilmagan elektr energiyasi (kam berish) — energiya taʼminotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida isteʼmolchi toʻliq olmagan elektr energiyasi miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483223" id="-483223">elektr energiyasi sifati — bu elektr energiyasining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki energiya taʼminoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligidir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483227" id="-483227">energiya taʼminotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan elektr quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483230" id="-483230">energiya taʼminoti boʻyicha avariya broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektni qisman yoki toʻliq toʻxtatishda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini taʼminlash, avariya va qoʻriqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv taʼminoti, isitish, yongʻin xavfsizligi vositalari uchun zarur boʻlgan eng kam miqdordagi elektr quvvati yoki energiya sarfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483232" id="-483232">rejali uzib qoʻyish — energiya taʼminoti tashkilotining energiya qurilmalarini rejali — ehtiyotan taʼmirlash jadvali boʻyicha taʼmirlash yoki profilaktika qilish davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda isteʼmolchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483235" id="-483235">blok-stansiyalar — energiya tizimining elektr tarmogʻiga bevosita yoki abonentlar tarmogʻi orqali ulangan hamda yagona operativ-dispetcherlik boshqaruvi boʻyicha ishlaydigan sanoat va idoraviy isteʼmolchilarning elektr stansiyalari.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483237" id="-483237">II. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483250" id="-483250">2. Mazkur Qoidalar <a href="/m/acts/-10231">“Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”,</a> <a href="/m/acts/-18942">“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”</a>, <a href="/m/acts/-79391">“Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi</a> Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik <a href="/m/acts/-111189">kodeksiga</a> muvofiq ishlab chiqilgan va energiya taʼminoti tashkilotlarining elektr energiyasi isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda energiya taʼminoti tashkilotlari hamda elektr energiyasi isteʼmolchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483255" id="-483255">3. Sanoat mahsuloti turi sifatida elektr energiyasi uzatish energiya taʼminoti tashkiloti va shu tashkilot tarmogʻiga energiya qurilmalari bevosita ulangan isteʼmolchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat”) tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483260" id="-483260">Subabonentlar abonent bilan elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnomani energiya taʼminoti tashkilotining roziligiga koʻra tuzadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483265" id="-483265">Abonent va energiya taʼminoti tashkiloti oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483268" id="-483268">shartnoma mavzusi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483270" id="-483270">isteʼmol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilishning va elektr energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishishning majburiyligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483273" id="-483273">tarmoqlar va energiya uskunalarining balans boʻyicha mansublik chegaralari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483274" id="-483274">elektr energiyasi uchun haq toʻlash boʻyicha isteʼmolchilarning tarif guruhlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483276" id="-483276">isteʼmolchining tasarrufidagi tarmoqlar va energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va ularning sozligini hamda energiya taʼminotining ishonchliligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483277" id="-483277">subabonentlarni abonentning tarmogʻiga ulash (isteʼmolchining nomi, quvvati, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa maʼlumotlar); </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483279" id="-483279">alohida shartlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483281" id="-483281">ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483283" id="-483283">nizolarni hal etish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483285" id="-483285">tomonlarning rekvizitlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1435832" id="-1435832">Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga elektr energiyasi sotishda shartnomada ushbu isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashning eng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1435842" id="-1435842">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli <a href="/m/acts/-1434611?ONDATE=04.02.2009 00#-1434638">qaroriga</a> asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483287" id="-483287">4. Energiya taʼminoti tashkilotlariga, isteʼmolchida hisobga olishning koʻp tarifli priborlari mavjud boʻlgan taqdirda, elektr energiyasiga tariflarni sutka vaqti zonalari (tigʻiz soatlar, yarim tigʻiz soatlar, tungi yuklama) va yil fasllari (yozgi va qishki davr) boʻyicha tabaqalashtirish huquqi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483291" id="-483291">Isteʼmolchi tomonidan foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish uchun “Oʻzstandart” agentligi yoki uning oʻlchov vositasi turini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining sertifikatiga ega boʻlgan hududiy boʻlinmalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda elektr energiyasini har bir sutkaning kamida toʻrtta vaqt davri boʻyicha alohida hisobga olish imkonini beradigan koʻp tarifli hisoblagichlar yoki hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483353" id="-483353">Energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasining amaldagi isteʼmolini aniqlash uchun abonentlardagi hisoblagichlar koʻrsatkichlarini har oyda yozib olishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483354" id="-483354">5. Energiyaga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qatʼi nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va isteʼmolchi olingan energiya uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab haq toʻlashga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483355" id="-483355">Bunda elektr energiyasi uchun tarif oshirilgan taqdirda isteʼmolchilar elektr energiyasining avans tarzida haq toʻlangan miqdori uchun (oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan vaqt uchun) qoʻshimcha toʻlovlardan ozod qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483356" id="-483356">6. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uning muddatini uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483357" id="-483357">7. Yangi energiya qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining ishlatishga ijozati olinganidan soʻng amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483358" id="-483358">8. Energiyani oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (blok-stansiyalar, abonentlar) oxirgi yillarda energiyaning oʻrtacha isteʼmoli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz elektr tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning energiya isteʼmolini hisobga olgan holda energiyaning umumiy (yigʻma) miqdori yuzasidan energiya taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483359" id="-483359">9. Isteʼmolchi (aholidan tashqari) oʻziga tegishli tarmoqlarga kuchlanishi 1000 V.gacha boʻlgan yangi xususiy elektr qurilmalarni ruxsat etilgan quvvat miqdori darajasida ulashi mumkin (binolarni elektr bilan isitish va reklamadan tashqari).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483360" id="-483360">10. Energiya taʼminoti tashkiloti abonentga (aholidan tashqari) energiyani ulangan tarmoq orqali energiya taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan energiya berish rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483363" id="-483363">Isteʼmolchi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan energiyadan nooqilona foydalangan (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), energiyani tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmagan taqdirda, energiya taʼminoti tashkiloti energiyadan nooqilona foydalanishning aniqlangan holatlaridan kelib chiqib energiya isteʼmolining shartnomaviy miqdorini kamaytirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483366" id="-483366">11. Energiya taʼminoti tashkiloti tizimidagi avariyalarning oldini olish va bartaraf qilish yoki odamlarning xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan energiya uchun haq toʻlanmaganda isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda energiyani uzatishda tanaffus yoki cheklashlarga yoʻl qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483367" id="-483367">12. Obyektning elektr taʼminoti loyihasida koʻzda tutilgan oʻzaro zaxiralanuvchi manbalarni avtomatik ishga tushirish yoki asosiy manbani qayta avtomatik tiklash vaqtida elektr energiyaning uzib qoʻyilishi (sabablaridan qatʼi nazar), elektr taʼminotida tanaffus deb hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483370" id="-483370">13. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalari ustidan davlat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483372" id="-483372">14. Energiyaning isrof qilib sarflanishi va isteʼmolchi energiya qurilmalarining avariya xavfi tugʻdiradigan yoki odamlar hayotiga xavf soladigan qoniqarsiz texnik holati uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi energiya berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483374" id="-483374">15. Maxsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan elektr qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483376" id="-483376">16. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan energetika tarmoqlari, pribor va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi taʼminlanishi, energiya isteʼmolining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanish paytida paydo boʻladigan avariyalar, yongʻinlar, energiyani hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoidabuzishlar toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlarini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483378" id="-483378">17. Energetika tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483380" id="-483380">18. Ushbu Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-18942">Qonuniga</a>, Fuqarolik<a href="/m/acts/-111189"> kodeksiga</a>, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq energiya taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483382" id="-483382">III. Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini ulash uchun texnik shartlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483386" id="-483386">19. Elektr energiyasining barcha isteʼmolchilari, shu jumladan xususiy uy-joylarda yashovchi isteʼmolchilar elektr energiyasidan foydalanishda energiya taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga elektr qurilmalarining yangi va qoʻshimcha quvvatlari ulanishi uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483387" id="-483387">Elektr qurilmalarining elektr taʼminotini loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni energiya taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga texnik shartlarsiz ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1487662" id="-1487662"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1487663" id="-1487663">20. Kuchlanishi 1000 Volt va undan yuqori boʻlgan yangi transformatorlarni, dvigatellarni ulash yoki qoʻshimcha quvvatini oshirish, shuningdek energiya taʼminoti tashkilotining tarmoq transformatorlariga past kuchlanishli qurilmalarni yangidan ulash yoki ularning ruxsat berilgan quvvatini oshirish uchun texnik shartlar isteʼmolchi-buyurtmachidan (quruvchidan) yoki uning topshirigʻi boʻyicha bosh loyihalash tashkilotidan buyurtma olinganidan soʻng energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda bir oy muddatda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1487664" id="-1487664">Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoxud tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning buyurtmasiga koʻra uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda beriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1487665" id="-1487665">(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli <a href="/m/acts/-1487265?ONDATE=10.06.2009 00#-1487328">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483389" id="-483389">21. Isteʼmol qilinadigan quvvatni koʻpaytirmaydigan, biroq isteʼmolchining tashqi elektr taʼminoti sxemasini oʻzgartiradigan elektr qurilmalarining toifalari oʻzgargan taqdirda (elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha) isteʼmolchi bunga energiya bilan taʼminlovchi tashkilotdan qoʻshimcha texnik shartlar olishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483390" id="-483390">22. Isteʼmolchi buyurtmanomada loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi maʼlumotlarni qisqacha shaklda koʻrsatadi: yuklama miqdori, isteʼmolchining elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha toifasi, oʻrnashgan joyi (yangidan tashkil etilayotgan korxonaning aholi punkti bilan bogʻliq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari, balans boʻyicha kimga tegishliligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483391" id="-483391">23. Elektr qurilmalari energiya taʼminoti tashkilotining abonentlari (asosiy isteʼmolchilar) tarmogʻidan energiya oladigan isteʼmolchilar — subabonentlar texnik shartlarni energiya taʼminoti tashkilotining ruxsati bilan asosiy isteʼmolchilardan oladilar va ulanish uchun abonentdan texnik shartlarni olgan subabonent unga korxona, bino, inshootni uning tarmoqlariga ulash uchun loyiha hujjatlarini kelishish uchun taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483392" id="-483392">Agar subabonentning yuklamasi koʻpayishi munosabati bilan abonentning tashqi elektr taʼminoti sxemasini oʻzgartirish yoki energiya taʼminoti tashkiloti bilan tuzilgan shartnomada qayd etilgan transformatorlar va yuqori voltli dvigatellar quvvatini koʻpaytirish talab etilsa, abonent bunga texnik shartlarni energiya taʼminoti tashkilotidan oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483393" id="-483393">24. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlarining energiya taʼminoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlar kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar energiya taʼminoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483394" id="-483394">25. Ulanishga texnik shartlarni bajarish barcha isteʼmolchilar va loyihalash tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi, uning amal qilish muddati texnik shartlarda koʻrsatiladi va obyektni, uning navbatini yoki alohida qurilishni loyihalashtirish, qurish yoki qayta tiklashning normativ muddatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483395" id="-483395">Texnik shartlarning amal qilish muddati energiya taʼminoti tashkiloti bilan kelishilgandan keyin uzaytirilishi mumkin. Texnik shartlarning amal qilish muddati tamom boʻlgandan keyin ular haqiqiy emas deb hisoblanadi. Isteʼmolchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlar ulanishiga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483396" id="-483396">26. Isteʼmolchilarning yangi yuklamalari bilan bogʻliq yangi elektr qurilmalarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta tiklash (podstansiyalar, elektr uzatish liniyalari, transformator punktlari va hokazolarni) isteʼmolchilarning kuchlari va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483397" id="-483397">IV. Kuchlanishni berish va isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483398" id="-483398">27. Isteʼmolchilarning (foydalanilayotgan uy-joylarda ulanayotganlaridan tashqari) barcha yangidan ulanayotgan va qayta tiklanayotgan elektr qurilmalari berilgan texnik shartlarga muvofiq bajarilishi va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi meʼyorlari va qoidalariga muvofiq boʻlishi, kelishilgan loyiha va texnik qabul qilish-topshirish hujjatlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483399" id="-483399">28. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi oʻz nazoratidagi obyektlarda ishlab chiqarish xavfsizligi boʻyicha xorijiy texnologiyalarni qoʻllash imkoniyati toʻgʻrisida ekspert xulosasini beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483400" id="-483400">29. Yangidan oʻrnatilgan va qayta tiklanayotgan elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish, mazkur Qoidalarga muvofiq, ularni oʻrnatish tugagandan, ishga tushirish-sozlash ishlari bajarilgandan soʻng, isteʼmolchida tegishli elektrotexnik xodimlar va elektr xoʻjaligi uchun masʼul shaxs mavjud boʻlganda, elektr qurilmalarni xavfsizlik texnikasi va yongʻin oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan butlanganda va elektr energiyadan foydalanish shartnomasi tuzilganda hamda isteʼmolchida tekshirilgan hisobga olish priborlari oʻrnatilganda mumkin boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483401" id="-483401">30. Isteʼmolchi elektr qurilmalarni ishga tushirishidan oldin oʻrnatuvchi tashkilotdan ularni mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qilishi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga (inspektorga) Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari, qurilish meʼyorlari va qoidalariga muvofiq loyihaviy, texnikaviy, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini hamda elektr qurilmani koʻrib chiqish va uni ishga tushirish mumkinligini aniqlash uchun taqdim etishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483402" id="-483402">Isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini oʻrnatishda kamchiliklar, ulashga berilgan texnik shartlardan chekinishlar aniqlanganda, shuningdek texnik hujjatlar va elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan xodimlar mavjud boʻlmagan taqdirda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483403" id="-483403">31. Yangi yoki qayta tiklangan elektr qurilmalariga kuchlanish berish elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzilgandan, hisobga olish priborlari tekshirilgandan va oʻrnatilgandan keyin ularni foydalanishga qoʻyish toʻgʻrisida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakili (inspektor) tomonidan imzolangan dalolatnoma mavjud boʻlgan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483404" id="-483404">32. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi va energiya taʼminoti tashkiloti, isteʼmolchining elektr qurilmasini texnik koʻrikdan oʻtkazib, ishlatishga ijozat bergan holda, ishlatish jarayonida ularni bir maromda ishlashi uchun javob bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483405" id="-483405">33. Mavsumiy xususiyatli elektr qurilmalariga ega boʻlgan isteʼmolchilar (aholidan tashqari) har yili ularni ishga tushirishdan oldin “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga yozma ravishda murojaat qilib, koʻrikdan oʻtkazish uchun inspeksiya vakilini taklif qilishlari kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483406" id="-483406">V. Elektr qurilmalari va tarmoqlarining holati uchun tomonlarning javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483407" id="-483407">34. Isteʼmolchining yangidan oʻrnatilgan yoki qayta tiklanadigan energiya qurilmalarini energiya taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga ulashning texnik shartlariga muvofiq tarmoqlar va uskunalarning balans boʻyicha mansubligi belgilanadi, ular boʻyicha elektr tarmoqlari va uskunalarining texnik holati va foydalanilishi uchun isteʼmolchi bilan energiya taʼminoti tashkiloti oʻrtasidagi javobgarlik chegarasi belgilanadi, bu shartnomaga ilova qilinadigan dalolatnomada qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483408" id="-483408">Tarmoqlar va uskunalarga xizmat koʻrsatishning chegaralarini va ularning holati uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan dalolatnoma energiya taʼminoti tashkilotining vakillari va abonent tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483409" id="-483409">Bunda javobgarlik chegaralari quyidagicha belgilanadi:<a href="/m/acts/-437002#-483410">*</a></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-483410" id="-483410">*Isteʼmolchining roziligi bilan energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan elektr qurilmalaridan foydalanish xususiyatlari bilan izohlanadigan javobgarlikning boshqa asoslangan chegarasi ham belgilanishi mumkin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-483411" id="-483411"><a href="/m/acts/437002?ONDATE=27.01.2005 00#-483412">a)</a> va <a href="/m/acts/437002?ONDATE=27.01.2005 00#-483413">b)</a> kichik bandlarda koʻrsatilgan ulanmalarning holati uchun podstansiyadan foydalanuvchi tashkilot javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142763" id="-1142763">1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483412" id="-483412">a) yopiq taqsimlash qurilmalarining tashqi tomonidan havo liniyasining oʻtish izolyatori birlashtiruvchisida va simning ochiq taqsimlash qurilmalari izolyatorlari portal tortiladigan tizma shodaning qisuvidan chiqishda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483413" id="-483413">b) taʼminlovchi yoki uzatuvchi liniyalarning kabeli yoki havodagi kirish simlari uchliklarida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483422" id="-483422">Turli tashkilotlarga tegishli, (yopiq yoki ajratgichlar orqali) tarmoqlangan simlarga ega boʻlgan 1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining holati va ularga xizmat koʻrsatish yuzasidan javobgarlik chegarasi asosiy liniyaning tarmoqlanish qilingan tayanchida belgilanadi. Asosiy liniya tasarrufida boʻlgan tashkilot tarmoqlangan simlarni ulovchi qisqichlarning holati uchun javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483424" id="-483424">1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalari uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483427" id="-483427">a) havo tarmogʻida — bino yoki quvur turgichda oʻrnatilgan birinchi izolyatorlarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483433" id="-483433">b) kabel bilan kiritishda — binoga kirish joyida taʼminlovchi kabel uchliklarida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483436" id="-483436">35. Isteʼmolchi tasarrufidagi elektr qurilmalarini ishlatish va ulardan foydalanishni tashkil etishda ularning texnik holati va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi uchun javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483438" id="-483438">36. Texnik foydalanish va xavfsizlik texnikasining amaldagi qoidalarida hisobga olinmagan elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning oʻziga xos shartlari mavjud boʻlgan taqdirda (yer osti, portlash xavfi boʻlgan ishlab chiqarishlar, elektr tortish kuchi va boshqalar) isteʼmolchilar ushbu elektr qurilmalaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus yoʻriqnomalarga ega boʻlishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483443" id="-483443">37. Shartnomaviy majburiyatlarni tomonlardan biri bajarmagan taqdirda qoida buzuvchi tomon qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq javob beradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483444" id="-483444">VI. Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483445" id="-483445">38. Elektr energiyasi isteʼmolchilarining elektr qurilmalari, energiya taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmol qilingan elektr energiya boʻyicha hisob-kitobni amalga oshirish uchun oʻlchash doirasi va aniqlik toifasi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarning talablariga muvofiq boʻlgan hisobga olish priborlari bilan majburiy tartibda taʼminlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483446" id="-483446">39. Elektr energiyaga haq toʻlash uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan isteʼmolchilarning elektr qurilmalarini energiya taʼminoti tashkiloti, abonentlar yoki subabonentlarning tarmoqlariga ulanishi taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483447" id="-483447">40. Turli tarif guruhlaridagi bir nechta isteʼmolchilar elektr taʼminotining bitta manbaidan taʼminlanganda hisobga olish priborlari har bir tarif guruhi uchun alohida oʻrnatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483448" id="-483448">41. Hisobga olish priborlari (shu jumladan aktiv va reaktiv quvvat va energiyani oʻlchash vositalari hamda jamlovchi qurilmalar va avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari) mazkur Qoidalarga muvofiq oʻrnatiladi va Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga javob berishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483449" id="-483449">Hisobga olish priborlari, oʻlchov transformatorlari, ikkilamchi zanjirlar, shu jumladan aloqa liniyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar saqlanishi va ularning texnik holati uchun hisobga olish priborlari va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlari balansida boʻlgan tashkilot javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483450" id="-483450">Bundan tashqari, elektr energiyasini nazorat tartibida hisobga olish (elektr energiyasi sarfining belgilangan normalari bajarilishini nazorat qilish) uchun hisobga olish priborlari alohida sexlarda, energiya sigʻimli agregatlarda, texnologiya liniyalarida, binolarda, alohida obyektlarda oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483453" id="-483453">42. Koʻp kvartirali uy-joylarda elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun toʻlov elektr hisoblagichlari har bir kvartiraga oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483455" id="-483455">Har bir kvartiraga oʻrnatishdan tashqari, uy-joylarda uyning umumiy ehtiyojlari (zinapoyalarni yoritish, liftlar, nasoslarning ishlashi va hokazolar) uchun sarflanadigan elektr energiyasi boʻyicha hisob-kitob qilish uchun toʻlov elektr hisoblagichlari oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483458" id="-483458">43. Toʻlov elektr hisoblagichlari, shuningdek energiya taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchilarning hisob-kitob qilishiga moʻljallangan elektr energiyasi va quvvatini hisobga olishning boshqa vositalari isteʼmolchining mablagʻlari hisobiga sotib olinadi, davlat tekshiruvidan oʻtkaziladi va oʻrnatiladi hamda energiya taʼminoti tashkilotining vakili tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483459" id="-483459">44. Hisobga olish sxemasi buzilgan taqdirda (tok va kuchlanishning oʻlchov transformatorlari ishdan chiqishi, ikkilamchi kommutatsiya, isteʼmolchining aybi bilan toʻlov elektr hisoblagichlari shikastlanishi va ularning yoʻqolishi) elektr hisoblagichlarni almashtirish, taʼmirlash, davlat tekshiruvidan oʻtkazish va oʻrnatish, shu jumladan ulash boʻyicha energiya taʼminoti tashkilotining xizmatlariga haq toʻlash isteʼmolchilarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483461" id="-483461">45. Isteʼmolchi oʻlchov zanjirlarining zarur texnik holatini, xavfsiz foydalanilishini va oʻzi foydalanadigan elektr energiyasini hisobga olish priborlarining sozligini taʼminlashi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483462" id="-483462">Shartnoma boʻyicha elektr energiyasidan maishiy isteʼmol uchun foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda elektr tarmoqlarining, shuningdek energiya isteʼmolini hisobga olish priborlarining zarur texnik holatini va xavfsizligini taʼminlash majburiyati energiya taʼminoti tashkiloti zimmasiga yuklanadi. Xonadonda, uyda oʻrnatilgan plombalar va hisoblagichlarning butligi uchun uy yollovchisi, ijarachisi, egasi javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483464" id="-483464">Umumiy foydalaniladigan joylarda xizmat koʻrsatish va elektr energiyasi yetkazib berish uchun shartnoma tuzishda javobgarlik uy-joy fondidan foydalanuvchi tashkilotga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483465" id="-483465">46. Energiya taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar uchun faol va reaktiv energiya va quvvatni hisobga olish energiya taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi energiya tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483468" id="-483468">47. Energiya tizimidan isteʼmolchi tarmogʻi orqali energiya taʼminoti tashkilotining elektr tarmogʻiga elektr energiyani tranzitli uzatishda isteʼmolchi tarmogʻidagi elektr energiyasi yoʻqotilishining bir qismi isteʼmolchi tarmogʻiga kelgan jami elektr energiya miqdoriga nisbatan isteʼmolchi tomonidan energiya taʼminoti tashkilotiga oʻtkazilgan energiya miqdoriga mutanosib ravishda energotizim tarmoqlaridagi yoʻqotilishga oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483470" id="-483470">48. Toʻlov hisoblagichlari bilan birgalikda foydalaniladigan hisob-kitob elektr hisoblagichlari va oʻlchov transformatorlari (shuningdek sinov bloklari, oʻtuvchi klemmniklar qopqoqlari, kuchlanishning ajratuvchi oʻlchov transformatorlari simlari) kojuxlar mahkamlangan joyida va hisoblagich klemmnik qopqogʻida “Oʻzstandart” agentligining yoki uning hududiy boshqarmasining va energiya taʼminoti tashkilotining belgilangan namunadagi plombasi boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483473" id="-483473">Elektr hisoblagichlar va oʻlchov transformatorlarini vaqti-vaqti bilan tekshirish “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan muddatlarda isteʼmolchining mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483476" id="-483476">49. Hisobga olish priborlari bilan birgalikda foydalaniladigan oʻlchov transformatorlarini boshqa joyga oʻrnatish va almashtirish faqat energiya taʼminoti tashkilotining roziligi bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483478" id="-483478">50. Elektr energiyasini hisobga olish sxemasini oʻzgartirish yoki buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan har qanday ishlarni bajarish uchun abonent ishlarni boshlashdan oldin bu haqda energiya taʼminoti tashkilotini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Taʼmirlash davrida elektr energiyasi hisobi energiya taʼminoti bilan kelishilgan vaqtinchalik sxemalar yoki hisob-kitoblar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483481" id="-483481">VII. Berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilishning umumiy qoidalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483483" id="-483483">51. Bevosita energiya taʼminoti tashkilotlari tarmoqlaridan va boshqa tashkilotlar yoki energiya taʼminoti tashkiloti abonentlarining tarmoqlaridan uzatilayotgan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan amaldagi elektr energiyasi tariflari asosida hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483485" id="-483485">52. Tarif guruhlari boʻyicha elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish uchun isteʼmolchilarni taqsimlash Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhlari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483488" id="-483488">Elektr energiyasi tariflari bir stavkali, ikki stavkali va tabaqalashtirilgan stavkalarga boʻlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483489" id="-483489">53. Bir stavkali tarif isteʼmolchiga berilgan har bir kVt soat elektr energiyasi uchun haq toʻlashdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483492" id="-483492">54. Ikki stavkali tarif energiya tizimining eng katta yuklamasida (yoki ulangan quvvatida) ishtirok etuvchi tomonidan, avvaldan buyurtma berilgan eng katta quvvatning har bir kVti uchun yillik haq toʻlashdan va uzatilgan elektr energiyaning har kVtChs ga haq toʻlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483494" id="-483494">55. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning quyidagi davrlarida isteʼmol qilingan har bir kVtChs elektr energiyasi uchun haq toʻlashdan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483495" id="-483495">yarim tigʻiz davr — asosiy tarif (sutkaning yorugʻ vaqti);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483496" id="-483496">tigʻiz davr — eng yuqori tarif (energiya tizimining eng katta yuklamali vaqti — ertalabki va kechki “eng katta miqdor”);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483497" id="-483497">tungi davr — imtiyozli tarif (sutkaning qorongʻi vaqti).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483498" id="-483498">Asosiy tarif (T)ning miqdori belgilangan tartibda aniqlanadi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483499" id="-483499">56. 750 kiloVoltAmper (kVA) va undan yuqori elektr quvvati bilan ulangan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar ikki stavkali tarif boʻyicha, boshqa barcha elektr energiya isteʼmolchilari, ulangan quvvatlaridan qatʼi nazar, bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483500" id="-483500">57. Bir necha tarif guruhlariga ega boʻlgan isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar har bir tarif guruhiga oʻrnatilgan hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi. Uzil-kesil hisob-kitob qilish tariflarga va shartnomada qayd etilgan belgilangan tartibga muvofiq elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483501" id="-483501">58. Berilgan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi bilan hisob-kitoblar energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan yozib beriladigan toʻlov hujjatlari boʻyicha, beriladigan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi miqdoridan kamida 30 foizini navbatdagi oy uchun oldindan toʻlagan holda amalga oshiriladi (aholidan tashqari), isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng 30 kun mobaynida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483502" id="-483502">Isteʼmolchi (elektr energiyani uzatishda maxsus tartib oʻrnatilgan isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng 30 kun mobaynida toʻlov hujjatlari boʻyicha haq toʻlanmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasi berishni toʻxtatadi. Bunda energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan energiya tizimi tarmoqlariga ulash va elektr energiyasi berish bular bilan bogʻliq xarajatlarni undirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483503" id="-483503">59. Energiya taʼminoti tashkiloti vakili abonent bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlarni yozib oladi va hisobot oyidagi energiya sarfini aniqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483504" id="-483504">Abonent tomonidan hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlar yozib olinmaganda va elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti hisob-kitobni elektr isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan abonent bilan birgalikda aniqlanadigan amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483505" id="-483505">60. Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha maishiy isteʼmol uchun energiyadan foydalanuvchi fuqaro abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti abonentni shartnoma bajarilishi rad etilishidan kamida bir oy oldin ogohlantirish sharti bilan abonent tomonidan foydalanilgan energiya uchun abonent haq toʻlamaganligi sababli shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483506" id="-483506">Energiya taʼminoti shartnomasi boʻyicha yuridik shaxs va yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs abonent sifatida ish koʻrgan taqdirda, energiya taʼminoti tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik<a href="/m/acts/-111189"> kodeksida </a>nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483507" id="-483507">61. Toʻlov hujjatida xatolar yoki hisoblagichlar koʻrsatkichidagi noaniqliklar aniqlangan taqdirda, toʻlovchi bu haqda darhol energiya taʼminoti tashkilotiga xabar berishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483508" id="-483508">62. Energiya taʼminoti tashkiloti toʻlovchi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab oʻn sutkadan kechikmay hisob-kitobni tekshirishi, zarur boʻlganda esa joyning oʻziga borib hisoblagichlarni tekshirishi hamda tekshirish natijalarini haq toʻlovchiga maʼlum qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483509" id="-483509">63. Hisoblagichni tekshirish toʻgʻrisida yoki toʻlov hujjatidagi xato toʻgʻrisida ariza berilishi toʻlovchini belgilangan muddatda toʻlov hujjati boʻyicha haq toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483510" id="-483510">64. Elektr energiyasini hisobga olishning hisob-kitob priborlarida qoida buzishlar aniqlangan taqdirda, energiya taʼminoti tashkiloti isteʼmolchi bilan birgalikda foydalanilgan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483511" id="-483511">65. Agar hisoblagichlardagi chetga chiqishlar mazkur pribor uchun belgilangan aniqlik chegaralaridan ortiq boʻlmasa, bunday chetga chiqishlar yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chetga chiqishlar deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483512" id="-483512">66. Agar tekshirishdan keyin qayta hisob-kitob qilish zarurligi aniqlansa, bunday qayta hisob-kitob qilish energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan elektr energiyasi uchun navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483513" id="-483513">67. Energiya taʼminoti tashkiloti “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilib quyidagi hollarda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483515" id="-483515">isteʼmolchida hisobga olish pribori boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483517" id="-483517">hisobga olish pribori abonentning aybi bilan shikastlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483519" id="-483519">hisobga olish priborlarini ishga tushirish sxemasi oʻzgarganda yoki hisoblagichdan tashqari yuklama ulanganda shartnomaga muvofiq abonentni elektr tarmogʻidan uzib qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483521" id="-483521">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlari tomonidan shunga oʻxshash qoida buzilishlari aniqlanganda uning talabi bilan isteʼmolchi elektr tarmogʻidan uzib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483523" id="-483523">68. Elektr energiya hisobi abonentning aybisiz vaqtinchalik buzilganda, sarflangan energiya uchun hisob-kitob energiya taʼminoti tashkilotining qarori boʻyicha, hisobga olish buzilgunga qadar boʻlgan oldingi oyning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha yoki keyingi davr uchun hisobga olish tiklangandan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483526" id="-483526">Elektr energiyaning oʻrtacha sutkalik sarfi boʻyicha hisob-kitob davri bir oydan oshmasligi kerak, shu vaqt ichida hisob-kitob hisobi tiklanishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483528" id="-483528">Agar hisob-kitobni hisobga olish priborini obyektiv sabablarga koʻra, belgilangan muddatda tiklash imkoniyati boʻlmasa (tok transformatorining, elektr hisoblagichning yoʻqligi, oʻtib boʻlmaydigan yoʻllar va shu kabilar tufayli), abonentga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tartibi va hisobga olishni tiklash muddati abonent va energiya taʼminoti tashkilotining ikki tomonlama bitimi bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483531" id="-483531">Toʻliq yetkazib berilmagan elektr energiyasi miqdori cheklashdan oldingi (ish yoki dam olish sutkalarida) elektr taʼminoti normal boʻlgan yaqin davrdagi oʻrtacha sutkalik elektr energiyasi isteʼmoli bilan elektr energiyasi toʻliq berilmagan sutka mobaynidagi haqiqiy isteʼmol oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483534" id="-483534">69. Barcha isteʼmolchilarga 1 kVt soat uchun toʻlov isteʼmolchiga berilgan, balans boʻyicha mansublik boʻlinish chegarasida oʻrnatilgan hisob-kitob hisoblagichida hisobga olingan aktiv elektr energiyasi uchun belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483536" id="-483536">70. Hisob-kitob elektr hisoblagichi boʻlinish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasidan elektr hisoblagich oʻrnatilgan joyigacha elektr energiyasi yoʻqotilishi miqdori isteʼmolchilar bilan birgalikda hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi va toʻlov uchun isteʼmolchiga berilgan foydali elektr energiyasi bilan jamlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483541" id="-483541">71. Obyektlar boshqa jismoniy yoki yuridik shaxslarga berilgan, sotilgan hollarda isteʼmolchi, berish yoki sotish vaqtidagi foydalanilgan energiya uchun qarzni albatta toʻlagan holda, energiya taʼminoti tashkiloti bilan oʻzaro hisob-kitobni solishtirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483546" id="-483546">72. Abonent egallab turgan binodan ketgan taqdirda bu haqda energiya taʼminoti tashkilotini xabardor qilishi va ketish kunigacha elektr energiya uchun toʻliq hisob-kitob qilishi shart, shundan keyin energiya taʼminoti tashkiloti obyektga elektr energiyasi berishni toʻxtatadi. Yangi abonentni rasmiylashtirish va elektr qurilmalarini elektr tarmogʻiga ulash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483550" id="-483550">73. Agar tomonlar fors-major holatlari oqibatida oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajarmasa tomonlardan hech biri buning uchun javob bermaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483554" id="-483554">74. Agar ushbu Qoidalarning <a href="/m/acts/-437002#-483550">73-bandida </a>koʻrsatilgan fors-major holatlari majburiyatlarning shartnomada belgilangan muddatlarda bajarilishiga taʼsir qilsa, u holda ushbu muddatlar fors-major holatlarning amal qilish vaqtiga uzaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483574" id="-483574">75. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan elektr qurilmalari energiya taʼminoti tashkilotining elektr tarmoqlariga energiya taʼminoti tashkilotining tegishli ruxsatisiz oʻzboshimchalik bilan ulangan taqdirda elektr qurilmalari elektr tarmogʻidan darhol uzib qoʻyiladi, isteʼmolchidan esa ruxsatsiz foydalanilgan energiya qiymati oxirgi tekshirish kunidan boshlab (lekin daʼvo muddatidan koʻp emas) oʻtgan vaqt mobaynida sutkaning 24 soati uchun belgilangan quvvat boʻyicha ulangan elektr uskunalarining ishlashi hisobidan undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483579" id="-483579">76. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi, energiya taʼminoti tashkilotining uch fazali tarmoqdan foydalanish boʻyicha ruxsatiga ega boʻlgan isteʼmolchilar elektr energiya uchun isteʼmolchilarning tegishli guruhlariga belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlaydilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483582" id="-483582">VIII. Ikki stavkali tarif isteʼmolchilari bilan berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483585" id="-483585">77. Ulangan quvvati 750 kVA va undan yuqori boʻlgan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar tomonidan ishlab chiqarish ehtiyojlari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish, ammo ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan binolar: sexlar, zavod boshqaruvlari, fabrika-zavod jamoat tashkilotlari, omborlar, garajlar va shu kabilar, shuningdek xususiy temir yoʻl kirish joylari korxona hududini yoritish va boshqa ehtiyojlarga, sanoat (zavodning ichki, shaxta va kon) elektr transporti uchun sarflangan elektr energiyasi uchun ikki stavkali tarif boʻyicha haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483595" id="-483595">Ikki stavkali tarif, isteʼmolchi tomonidan buyurtma berilgan (band qilingan), energiya tizimi yuklamasi (asosiy stavka) maksimumida qatnashuvchi eng yuqori quvvatining 1 kilovatti (kvt) uchun yillik toʻlovdan va isteʼmolchiga berilgan aktiv elektr energiyasining (qoʻshimcha stavka) 1 kilovatt-soat (kVt.s) uchun toʻlovdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483603" id="-483603">78. Ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan (turar joy shaharchalari, alohida uy-joylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar, keluvchilar uchun uylar, kinoteatrlar, klublar, madaniyat uylari, shifoxonalar, poliklinikalar, tibbiyot punktlari, oshxonalar, bolalar bogʻchalari va yaslilari va sh. k.) binolar va xonalarni yoritish va boshqa ehtiyojlar uchun sanoat va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar sarf qiladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar isteʼmolchilarning tegishli guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-487157" id="-487157">79. Sexlar yoki obyektlar tashkilotdan alohida joylashgan, u bilan umumiy taqsimlangan elektr tarmogʻiga ega boʻlmagan hollarda, bu sexlar yoki boshqa alohida obyektlar bilan hisob-kitoblar, tashkilotning oʻzi uchun qoʻllanayotgan hisob-kitob tarifidan qatʼi nazar, tegishli isteʼmolchilar guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha amalga oshiriladi, agar ushbu sexlar va obyektlarning elektr energiyasi hisobi korxonaning avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimiga ulanmagan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483612" id="-483612">80. Hisobga olish pribori sifatida “energiyani hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi”ni va “eng katta miqdorni koʻrsatuvchi hisoblagichlar”ni oʻrnatgan isteʼmolchilar hisobga olish tizimi tomonidan qayd etilgan amaldagi eng katta quvvat miqdori boʻyicha hisob-kitob qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483617" id="-483617">81. Isteʼmolchi tomonidan avvaldan buyurtma berilgan, energiya tizimining eng katta yuklamasida ishtirok etadigan quvvat shartnomada yilning har choragi boʻyicha qayd etiladi va energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari bilan aniqlanadigan isteʼmolchining amaldagi oʻrtacha yarim soatlik eng katta yuklamasi boʻyicha vaqti-vaqti bilan nazorat qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483620" id="-483620">82. Energiya tizimining eng katta yuklamali davrida isteʼmolchining amaldagi isteʼmol quvvatini nazorat qilish vaqti energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan choraklar boʻyicha belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483623" id="-483623">Energiya taʼminoti tashkiloti energiya tizimining eng katta yuklamali soatlaridagi yuklamani nazorat qilish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483626" id="-483626">Nazorat davrlari ertalab 2 soatdan, kechqurun 3 soatdan oshmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483630" id="-483630">83. Energiya tizimining eng katta yuklamali soatlarida isteʼmolchining amaldagi yuklamasi shartnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiq boʻlsa, chorak oxirida hisob-kitob choragi uchun 1 kVt uchun belgilangan haq boʻyicha qayta hisob-kitob qilinadi. Qoʻshimcha quvvat uchun haq toʻlanishi keyinchalik shartnomada buyurtma berilgan quvvatga nisbatan ortiq quvvatdan foydalanish huquqini bermaydi. Buning uchun energiya taʼminoti tashkilotining har bir aniq holat uchun tegishli ruxsati boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483635" id="-483635">Avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi yoki eng katta yuklamani qayd etuvchi hisoblagich oʻrnatilganda avvaldan buyurtma berilgan quvvat uchun har oyda priborlar qayd etgan amaldagi eng katta quvvat boʻyicha haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483639" id="-483639">84. Korxona sexlarining joylashishiga va ularning elektr taʼminoti sxemalariga koʻra korxona eng katta qoʻshma yuklamasining jami qiymatini aniqlash mumkin boʻlmasa, hisob-kitoblar isteʼmolchining avvaldan buyurtmalangan quvvatlariga koʻra alohida taʼminlash manbalari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483644" id="-483644">85. Agar elektr energiyaga ikki stavkali tarif boʻyicha haq toʻlaydigan abonent energiyaning bir qismini subabonentga bir stavkali tarif boʻyicha bersa, u energiya taʼminoti tashkilotiga energiya tizimining eng katta yuklamasida ishtirok etuvchi subabonentlarga berilgan ushbu yuklama qiymatiga kamaytirilgan quvvat uchun haq toʻlaydi. Quvvatning kamaytirilishi hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483648" id="-483648">86. Subabonentlarning eng katta yuklamasini qayd etuvchi elektr hisoblagichlar mavjud boʻlmasa, ularning amaldagi yuklamasi yilning shunday davrida subabonentning sutkalik yuklamasi jadvallari asosida aniqlanishi va abonentning energiya taʼminoti tashkiloti bilan tuzgan shartnomasida qayd etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483652" id="-483652">87. Mavsumiy ish xususiyatiga ega boʻlgan isteʼmolchilar uchun asosiy toʻlov miqdori isteʼmolchining tegishli ish davri uchun hisob-kitob yoʻli bilan aniqlanadi va shartnomada choraklar yoki oylar boʻyicha qayd etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483657" id="-483657">IX. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun bir stavkali tarif isteʼmolchilari bilan hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483666" id="-483666">88. Elektr quvvati 750 kVA gacha ulangan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar, qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari, elektrlashtirilgan temir yoʻl va shahar transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) — harakatga solish maqsadida, shu jumladan yoritish va harakatlantiruvchi podstansiyalarining boshqa ehtiyojlari, eskalatorlar harakati, platformalarni yoritish, savdo va xizmat koʻrsatish sohasini tashkil etish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, aholi, aholi punktlari, shuningdek isitish, issiq suv taʼminoti va sovitish (namlikni bir xilda saqlash), reklama va chiroqlar bilan bezatish uchun elektr energiyasidan foydalanadigan isteʼmolchilar bir stavkali tarif boʻyicha hisob-kitob qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483670" id="-483670">89. Reklama, chiroqlar bilan bezatish, bino va imoratlarni yoritish uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi isteʼmolchilar, isteʼmol quvvatidan qatʼi nazar, energiya taʼminoti tashkilotining ruxsatini olishga va tegishli tarif guruhi boʻyicha hisob-kitob qilishga majburdirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483677" id="-483677">Elektr energiyasidan elektr bilan isitish maqsadida foydalanish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga boshqa turdagi yonilgʻi oʻrniga elektr energiyasini qoʻllashni kelishish uchun texnik-iqtisodiy asoslashni taqdim etish lozim, qurilish normalari va qoidalarida koʻzda tutilgan ovqat tayyorlash va isitish uchun elektr energiyasidan foydalanish hollari bundan mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483679" id="-483679">Elektr bilan isitish maqsadida elektr energiyasidan foydalanishni kelishish tartibini “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483683" id="-483683">90. Bir stavkali tarif isteʼmolchilariga yetkazib berilgan elektr energiyasi miqdori tomonlarning elektr tarmoqlarini balans boʻyicha mansublik chegarasidagi elektr hisoblagichlar vositasida hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483684" id="-483684">X. Elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483686" id="-483686">91. Tabaqalashtirilgan tarif elektr energiyasini energiya taʼminoti tashkilotlaridan oluvchi isteʼmolchilarga joriy etiladi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483690" id="-483690">92. Elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhlari toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-821183">nizomda </a>belgilangan hamda koʻp tarifli hisoblagichlar bilan jihozlangan isteʼmolchilarning I, II, III, IV, VI, VII, VIII tarif guruhlari tomonidan sarflanadigan elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif boʻyicha haq toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483694" id="-483694">93. Asosiy, eng katta va imtiyozli tariflarning amal qilish vaqti energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan yil choraklari boʻyicha belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483698" id="-483698">XI. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilari bilan hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483702" id="-483702">94. Qishloq xoʻjaligi abonentining ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan elektr energiya hisob-kitobini soddalashtirish uchun ishlab chiqarish yuklamasi alohida liniyalarda va tarmoqlanish nuqtalarida jamlanadi, bunda hisobga olish priborlari qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi obyektlari guruhiga oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483705" id="-483705">95. Podstansiyada umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi mavjud boʻlganda qishloq xoʻjaligi abonentida ishlab chiqarish va kommunal-maishiy ehtiyojlar hamda boshqa ehtiyojlar uchun elektr energiyasi sarfini alohida hisobga olish vaqtincha mavjud boʻlmaganda, ishlab chiqarish ehtiyojlariga elektr energiyasi sarfini aniqlash uchun umumiy hisoblagich vositasida hisobga olingan jami sarfdan maishiy hisoblagich boʻyicha aniqlanadigan maishiy isteʼmolga elektr energiyasi sarfi hamda boshqa noishlab chiqaruvchilarning elektr energiyasi sarfi chiqarib tashlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483708" id="-483708">96. Isteʼmolchilarning umumiy toʻlov hisoblagichi boʻlganda, isteʼmolchilarning tok qabul qilgichlar quvvatidan va ulardan foydalanish soatlari sonidan kelib chiqib aniqlanadigan har bir isteʼmolchining ishlab chiqarish, kommunal-maishiy va boshqa ehtiyojlariga energiya sarfi shartnomada jami elektr isteʼmoliga nisbatan foizlarda koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1142431" id="-1142431">XII. Etkazib berilgan elektr energiyasi uchun xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va uy-joy kommunal-foydalanish tashkilotlari hamda aholi punktlari bilan hisob-kitob qilish</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142436" id="-1142436">(XII boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140782">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483712" id="-483712"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1142439" id="-1142439"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142441" id="-1142441">97. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari umumiy uy-joy ehtiyojiga sarflanadigan elektr energiyasi uchun energiya taʼminoti tashkilotlari bilan elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasidagi hisobga olish nuqtasida oʻrnatilgan hisoblagichlar boʻyicha, belgilangan tarifga muvofiq hisob-kitob qiladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142442" id="-1142442">98. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari tomonidan texnik maqsadlarga (liftlar, nasoslar ishlashi va boshqalar uchun) sarflanadigan elektr energiyasi alohida hisobga olinib, isteʼmolchilarning tegishli guruhi uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142443" id="-1142443">99. Yangi uy-joylarni oʻz balansiga qabul qilib olgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va kommunal-foydalanish tashkilotlari ushbu uylarni elektr tarmogʻiga ulashga ruxsat olish uchun energiya taʼminoti tashkilotiga har bir uy-joyga oʻrnatilgan hisob-kitob elektr hisoblagichi uchun (elektr hisoblagichning tartib raqami, turi, tayyorlovchi zavod, davlat tekshiruvidan oʻtgan yili, koʻrsatkichlari va kvartiraning tartib raqami bilan) vedomost taqdim etishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142444" id="-1142444">Ilgaridan foydalanib kelingan uy-joylarga yoki xususiy mulk huquqi bilan alohida fuqarolarga tegishli boʻlgan uylarga yangi elektr simlarini ulashga, shuningdek bogʻ uchastkalariga, shaxsiy avtomashinalar uchun garajlarga va shu kabilarga elektr simini ulashga ruxsat olish uchun isteʼmolchi energiya taʼminoti tashkilotiga tegishli ariza berishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142445" id="-1142445">(97—99-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140782">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483723" id="-483723">100. Uy-joylarning elektr uskunalari va tarmoqlaridan foydalanishga ularni foydalanuvchi tashkilot qabul qilib olib rasmiylashtirgandan keyin ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483726" id="-483726">Elektr qurilmalariga kuchlanishni ulash elektr energiyasidan foydalanish shartnomasi tuzilgandan keyin amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483732" id="-483732">101. Energiya taʼminoti tashkiloti masʼul yollovchilarga, ijarachilarga, turar joy binolari egalariga shaxsiy hisob raqamlari ochadi, ularning har biriga elektr energiyasi uchun toʻlov hujjatlarini mustaqil yozish uchun kvitansiya blankalari va bildirishnomalar bilan birgalikda hisob-kitob daftarchalari beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483734" id="-483734">102. Shaxsiy hisob raqamini boshqa abonentga qayta rasmiylashtirish hamda hisobga olish priborlarini koʻchirish faqat energiya taʼminoti tashkilotining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483737" id="-483737">Ilgari elektr tarmogʻiga ulangan kvartiraga koʻchib kirgan yangi uy-joy mulkdori 5 kun muddatda energiya taʼminoti tashkilotida shaxsiy hisob raqamini oʻz nomiga rasmiylashtirishi shart. Koʻrsatilgan muddatda rasmiylashtirilmasa, toʻlov toʻlanmaganligi uchun barcha masʼuliyat uy-joyning yangi mulkdori zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1142447" id="-1142447"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142448" id="-1142448">103. Umumiy hisob-kitob elektr hisoblagichi boʻyicha hisob-kitob qilishda aniq maqsadli kommunal fond binosida istiqomat qiluvchilardan biri tomonidan elektr energiyasi uchun u toʻlashi lozim boʻlgan summa toʻlanmagan taqdirda, energiya taʼminoti tashkiloti xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati (kommunal-foydalanish tashkiloti) bilan yakka tartibdagi yashovchilar oʻrtasida tuzilgan oʻzaro shartnomaga muvofiq ish koʻradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142449" id="-1142449">Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha yashovchilar oʻrtasidagi nizolar sud tartibida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142450" id="-1142450">(103-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140782">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483745" id="-483745">104. Kommunal kvartirada bir nechta oila yashaganda hisob-kitob davrida sarflangan elektr energiyasini alohida oilalar oʻrtasida taqsimlash nazorat elektr hisoblagichi koʻrsatkichlari boʻyicha, ular mavjud boʻlmaganda esa — har bir oiladagi tok qabul qiluvchining quvvati hamda ulardan foydalanish soatlari soni boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483747" id="-483747">Umumiy foydalaniladigan joylarda sarflanadigan elektr energiyasi miqdori amalda yashovchilar soni boʻyicha alohida oilalar oʻrtasida taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483748" id="-483748">Nazorat elektr hisoblagichlarining toʻgʻri ishlashini nazorat qilish, ularning koʻrsatkichlarini yozib olish va elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitob qilish yashovchilarning oʻz zimmasidagi majburiyat hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483750" id="-483750">Energiya taʼminoti tashkiloti umumiy hisob-kitob hisoblagichi orqali elektr energiyasidan foydalanuvchi fuqarolar oʻrtasida hech qanday hisob-kitobni amalga oshirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483752" id="-483752">105. Elektr energiyasi uchun toʻlov hujjatlari boʻyicha oʻz vaqtida haq toʻlash, kvartiradagi hisob-kitob elektr hisoblagichining saqlanishi va butligini taʼminlash boʻyicha ushbu Qoidalarga rioya qilinishi uchun javobgarlik xonadon egasining zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1142524" id="-1142524"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142529" id="-1142529">106. Hisob-kitob elektr hisoblagichlari zinapoya maydonchalarida oʻrnatilgan taqdirda ularning saqlanishi va butligi uchun uy-joy tasarrufida boʻlgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkiloti javob beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142532" id="-1142532">Zinapoya maydonchalarida oʻrnatilgan elektr hisoblagichlar shikastlangan yoki oʻgʻirlangan taqdirda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkiloti elektr hisoblagichlarni oʻz hisobidan tiklashlari shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142540" id="-1142540">(106-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140781">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142451" id="-1142451">107. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal-foydalanish tashkilotlari, binolar va turar joylarni hamda boshqa binolarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ijaraga beruvchi boshqa tashkilotlar, energiya taʼminoti tashkilotining ruxsatisiz ijarachilarga (elektr energiyasidan foydalanish maqsadlaridan qatʼi nazar) tegishli boʻlgan elektr qurilmalarini uyning ichki tarmoqlariga ulash huquqiga ega emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142452" id="-1142452">(107-modda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140782">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483765" id="-483765">108. Ijarachilar (yuridik shaxslar) binoni egallash uchun dalolatnoma olingandan yoki bino (uy) egasi bilan shartnoma tuzilgandan keyin uch kun muddatda ijaraga olingan binoda elektr energiyasidan foydalanish bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun energiya taʼminoti tashkilotiga murojaat qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142453" id="-1142453">109. Tomonlarning tarmoqlar boʻlinishi chegarasidan abonentlargacha uzluksiz elektr taʼminoti uchun energiya taʼminoti tashkilotlari bilan shartnoma tuzgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati va kommunal-foydalanish tashkilotlari javob beradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142454" id="-1142454">(109-modda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140788">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-483772" id="-483772">XIII. Maishiy abonentlar (aholi) bilan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483776" id="-483776">110. Maishiy isteʼmolchilar (aholi) xonadonlarda shaxsiy ehtiyojlar uchun, yordamchi xoʻjaliklar, tomorqa bogʻ obyektlarida shaxsiy foydalanish uchun sarflanadigan elektr energiyasi uchun, turmushda qoʻllaniladigan tok qabul qiluvchi quvvati va vazifasidan hamda hisob-kitob elektr hisoblagichlari oʻrnatilgan joydan qatʼi nazar, yagona bir stavkali tarif boʻyicha haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483779" id="-483779">111. Elektr hisoblagich maishiy abonent tomonidan sotib olinadi va davlat tekshiruvi hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun energiya taʼminoti tashkilotiga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483782" id="-483782">Maishiy abonentning joy tayyorligi toʻgʻrisidagi buyurtmanomasi boʻyicha elektr hisoblagich pribori maishiy abonent ishtirokida energiya taʼminoti tashkilotining vakili tomonidan oʻrnatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483785" id="-483785">112. Energiya taʼminoti tashkiloti bilan kelishgan holda elektr energiyasidan elektr hisoblagichsiz vaqtinchalik foydalanishga ruxsat etiladi, bunda toʻlov oʻrnatilgan tok qabul qilgichlarning quvvati va ularning ishlash soatlari soni boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483787" id="-483787">Ushbu holda bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga toʻlashga ruxsat beriladi, shundan keyin abonent hisoblagich oʻrnatish uchun uzib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483791" id="-483791">113. Abonent elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlari toʻgʻriligiga shubhalansa, energiya taʼminoti tashkilotiga belgilangan tartibda ariza beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483793" id="-483793">Agar hisoblagich yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nuqsonlar doirasida ishlayotganligi aniqlansa, abonent hisoblagichni tekshirish yoki almashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483795" id="-483795">114. Maishiy abonentning hisob-kitob elektr hisoblagichini ishga tushirish sxemasi oʻzgartirilganligi, shikastlanganligi, plomba buzilganligi, disk sunʼiy ravishda toʻxtatib qoʻyilganligi va elektr energiyasi isteʼmoli koʻrsatkichlarini pasaytirish maqsadidagi boshqa qoida buzishlar aniqlanganda, energiya taʼminoti tashkiloti abonent tomonidan oxirgi tekshirish kunidan boshlangan, biroq daʼvo berish muddatidan ortiq boʻlmagan davrda elektr energiyasidan foydalanganlik uchun qayta hisob-kitob qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483798" id="-483798">115. Hisobga olish elektr hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent toʻlovni hisobga olish elektr hisoblagichi boʻlmagan vaqt uchun, lekin daʼvo arizasidagidan koʻp boʻlmagan muddat uchun, energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan tok qabul qiluvchi uskunalarning belgilangan quvvati boʻyicha aniqlanadigan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq abonentdagi yuklamani bir yoʻla ishga solish quvvatidan koʻp boʻlmagan miqdor uchun amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483800" id="-483800">Agar hisobga olish hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent biror-bir sababga koʻra mazkur turar joyda vaqtinchalik yashamasa, energiya taʼminoti tashkilotini bu toʻgʻrida yozma ravishda xabardor qilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483802" id="-483802">116. Maishiy abonentlardan elektr energiyasi uchun belgilangan tarif qiymatidan ortiqcha biror-bir qoʻshimcha summalar undirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483806" id="-483806">117. Xonadonlar, xususiy uylar, bogʻ uchastkalari, garajlarda yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi maishiy abonentlar foydalanilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik ehtiyojlari uchun isteʼmol qilish hajmlarini hisobga olish imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, tadbirkorlik faoliyati turi (savdo, xizmatlar, tovarlar ishlab chiqarish va boshqalar) boʻyicha elektr energiyasi isteʼmolchilarining tarif guruhiga muvofiq haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483808" id="-483808">Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun sarflanadigan elektr energiyasini hisobga oluvchi alohida elektr hisoblagich oʻrnatilishi zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142786" id="-1142786">118. Toʻlov boʻyicha uch oydan ortiq qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasini berish toʻxtatilishidan kamida bir oy oldin abonentni ogohlantirish sharti bilan foydalanilgan energiya uchun abonent haq toʻlamaganligi munosabati bilan shartnomani bajarishdan bir tomonlama tartibda voz kechishga haqlidir.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142787" id="-1142787">(118-modda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140784">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483811" id="-483811"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483814" id="-483814">Elektr energiyasi berish abonent tomonidan qarz toʻlangandan va ulash xarajatlari qoplangandan keyin navbatda turish tartibida tiklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-483818" id="-483818">Elektr energiyasi uchun qarzdorlik bilan bogʻliq boʻlgan energiya taʼminoti tashkiloti va maishiy abonentlar oʻrtasidagi barcha nizoli masalalar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484314" id="-484314">119. Energiya taʼminoti tashkilotidan har bir maishiy abonentga “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan belgilangan namunadagi hisob-kitob daftarchasi beriladi, elektr energiyasi toʻlovi ular boʻyicha amalga oshiriladi. Hisob-kitob daftarining har bir varagʻida kvitansiya va bildirishnoma mavjud boʻladi, ularga abonent shaxsiy hisob raqamining tartib raqamining izi tushirilgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484315" id="-484315">Toʻlov hujjatining har ikkala qismi (bildirishnoma va kvitansiya) bir xilda, aniq, oʻchirib yozishlarsiz toʻldirilishi kerak. Toʻlov hujjatlarida familiya, manzil, toʻlovning joriy va oldingi sanasi hamda hisoblagichning ularga muvofiq boʻlgan koʻrsatkichlari, koʻrsatkichlar tafovuti va toʻlov summasi koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484316" id="-484316">120. Ovqat tayyorlash uchun markazlashtirilgan tartibda elektr plitalar bilan jihozlangan uylarda yashovchi maishiy abonentlar elektr energiyasi uchun tegishli tarif boʻyicha haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484317" id="-484317">121. Hisob-kitob davrida maishiy abonent tomonidan elektr energiyasi isteʼmol qilish hajmi abonentda oʻrnatilgan hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484318" id="-484318">122. Hisob-kitob elektr hisoblagichlardan koʻrsatkichlarni yozib olish va oldindan haq toʻlashni hisobga olgan holda toʻlov hujjatlaridan koʻchirma olish har oyda energiya taʼminoti tashkilotining vakili yoki abonentning oʻzi tomonidan oldindan haq toʻlash, hisob-kitobi qaysi davr uchun amalga oshirilayotganidan qatʼi nazar, toʻlov paytida amalda boʻlgan tarif boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484319" id="-484319">Agar toʻlov hujjati (bildirishnoma-kvitansiya) energiya taʼminoti tashkilotining vakili tomonidan toʻldirilsa, u abonentga topshiriladi, abonent boʻlmagan taqdirda esa — bir xonadonda yoki xususiy uyda u bilan birga yashovchi istalgan voyaga yetgan shaxsga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484320" id="-484320">123. Agar hisob-kitob hisoblagichi oʻrnatilgan binoni navbatdagi aylanib chiqishda bino yopiq boʻlsa, energiya taʼminoti tashkilotining vakili oldingi davr uchun elektr energiyasining amaldagi sarfi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlov hujjatini toʻldiradi, bu haqda abonentning shaxsiy hisob raqamida tegishli belgi qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484321" id="-484321">Energiya taʼminoti tashkilotining nazoratchisi amal qilishining tegishli muddati koʻrsatilgan, ismi-sharifi yozilgan guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda xonadondagi elektr hisoblagichlarni soat 8.00 dan boshlab soat 20.00 gacha tekshirib koʻrish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484322" id="-484322">124. Elektr energiyasi uchun oldindan haq toʻlash qurilmasiga ega boʻlgan hisoblagichlar oʻrnatilgan abonentlar elektr energiyasi uchun elektron kartochkalar yordamida haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484323" id="-484323">Hisob-kitob oldindan haq toʻlash prinsipi boʻyicha amalga oshiriladi. Haq toʻlangan elektr energiyasi miqdorining amaldagi sarfi boʻyicha abonent elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilish punktiga kelishi va elektr energiyasining navbatdagi ulushiga haq toʻlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484324" id="-484324">125. Toʻlov hujjati boʻyicha haq toʻlash abonent tomonidan aholidan toʻlovlarni qabul qiluvchi tashkilot orqali har oyning 1—10-kunlarida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484325" id="-484325">126. Abonent toʻlov bildirishnomasini mustaqil yozadi va hisob-kitob daftarchasida koʻrsatilgan qoidalarga muvofiq summani toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484326" id="-484326">Toʻlov hujjatlarini toʻldirish va haq toʻlash paytida abonent tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolar ular aniqlanishi davomida daʼvo muddati mobaynida energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484327" id="-484327">127. Bank hujjatida koʻrsatilgan sana toʻlov amalga oshirilgan vaqt hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484330" id="-484330">Agar bildirishnoma, kvitansiya yoki kassa apparati ottiskida koʻrsatilgan summalar oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud boʻlsa, u holda bank hujjatida (bank shtampida) koʻrsatilgan summa qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484332" id="-484332">128. Aholidan toʻlovlarni qabul qiladigan tashkilot (Xalq banki va boshqa tijorat banklari, “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boʻlimlari) bildirishnomalarni oʻram va banderollarga jamlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484334" id="-484334">Har qaysi banderolda (bank boʻlimi tomonidan muayyan davrda qabul qilib olingan maishiy abonentlar bildirishnomalari toʻplamida) energiya taʼminoti tashkilotiga berish vaqtida yorliq boʻlishi lozim, yorliqda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484336" id="-484336">banderolni shakllantirish boshlangan va tugallangan sana;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484337" id="-484337">banderoldagi hujjatlar soni; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484339" id="-484339">qabul qilib olingan toʻlovlarning umumiy summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484340" id="-484340">kassa xizmati koʻrsatilganligi uchun toʻlov sifatida ushlab qolingan summa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484341" id="-484341">energiya taʼminoti tashkiloti hisob raqamiga oʻtkaziladigan summa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1142457" id="-1142457">129. Maishiy abonentlar toʻlov boʻyicha bir va undan koʻp oy uchun qarz mavjud boʻlganda toʻlov muddati oʻtgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida, lekin muddati oʻtgan toʻlov summasining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1142458" id="-1142458">(129-modda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-martdagi 2007-yil 43-son <a href="/m/acts/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140785">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484343" id="-484343">130. Arifmetik xatoliklar, tariflarni notoʻgʻri qoʻllash tufayli paydo boʻladigan kam va ortiqcha toʻlovlar amaldagi tarif boʻyicha kVt.s.da qayta hisoblab chiqiladi va energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan, ularning aniqlanishiga qarab daʼvo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun boʻyicha, koʻrsatkichlardagi tafovut yoki qoʻshimchalar bilan hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484344" id="-484344">131. Amaldagi tariflar oʻzgarganda energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan eski tarif boʻyicha qarzni toʻlash sanasi belgilanadi, bu sana ommaviy axborot vositalari orqali aholiga maʼlum qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484345" id="-484345">Koʻrsatilgan sanadan keyingi kundan boshlab toʻlov faqat yangi tarif boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484347" id="-484347">132. Agar amaldagi tariflar oʻzgargan davrda eski tarif boʻyicha toʻlov belgilangan muddatdan keyin amalga oshirilgan boʻlsa, u holda toʻlov summasi kVt.s.da yangi tarif boʻyicha qayta hisoblanadi va daʼvo muddati doirasida, ortib boruvchi yakun bilan hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484349" id="-484349">133. Abonent, oʻz xohishiga koʻra, kamida 1 oyga, ammo 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga elektr energiyasidan foydalanish haqini oldindan toʻlab qoʻyishi mumkin, bu holda tarif oʻzgarsa ham, qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484350" id="-484350">134. Bir hisob-kitob davri tugagach hisob-kitob elektr hisoblagichlar koʻrsatkichlarini abonent aybi bilan chiqarib olish mumkin boʻlmaganda, bunda agar abonentning oʻzi energiya taʼminoti tashkilotiga sarflangan elektr energiyasi miqdori va u boʻyicha toʻlangan haq toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilmasa, shuningdek oldindan haq toʻlanmagan boʻlsa, energiya taʼminoti tashkiloti abonentni elektr energiyasi berish toʻxtatilishidan bir oy oldin ogohlantirish sharti bilan abonent tomonidan foydalanilgan energiya uchun haq toʻlanmaganligi sababli shartnomani bajarishni bir tomonlama tartibda rad etishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484351" id="-484351">135. Qayta hisob-kitoblar quyidagicha: yorituvchi tok qabul qiluvchi asboblarning quvvati va ularni ishlatish soatlari soni boʻyicha; abonentda shtepsel rozetkalari boʻlganda (tok qabul qiluvchi asbob va rozetkalar sonidan qatʼi nazar) — 600Vt quvvatdan sutkasiga 24 soat foydalanish hisobidan; quvvati 600 Vt dan ortiq boʻlgan isitish priborlari yoki boshqa elektr uskunalaridan foydalanish hollarida, abonent foydalanayotgan uskunalarni amaldagi quvvati boʻyicha, ularning sutkasiga 24 soat ishlatilishi hisobidan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484352" id="-484352">136. Elektr energiyasidan foydalanishda abonent tomonidan yoʻl qoʻyilgan qoida buzishlar energiya taʼminoti tashkiloti va abonentning ikki nusxadagi ikki tomonlama dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi abonentga beriladi va ayni bir vaqtda elektr energiyasidan foydalanish qoidasini buzgan abonent elektr energiyasidan uzib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484354" id="-484354">137. Energiya taʼminoti tashkiloti hisobga olinmagan elektr energiyasi miqdorini dalolatnoma asosida aniqlaydi va abonentga toʻlash uchun qoʻshimcha toʻlov hujjati yozib beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484356" id="-484356">Qoida buzilishi yuzasidan daʼvo muddatini hisobga olgan holda toʻlov hujjatini yozishda amaldagi tarif qoʻllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484358" id="-484358">Abonent energiya taʼminoti tashkilotining qarori yuzasidan norozilik arizasi berish huquqiga ega, biroq bu uni qoʻshimcha toʻlov hujjati boʻyicha summani belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484359" id="-484359">Qoʻshimcha toʻlov hujjati boʻyicha haq 10 kun muddatda toʻlanmaganda energiya taʼminoti tashkiloti abonentni elektr energiyasidan uzib qoʻyadi va abonentdan koʻrsatilgan summani majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484361" id="-484361">138. Abonent va energiya taʼminoti tashkiloti oʻrtasida paydo boʻladigan nizoli masalalar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484363" id="-484363">Tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda nizolar sud tartibida hal etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-484364" id="-484364">XIV. Elektr energiyasi isteʼmolchilari (yuridik shaxslar) va energiya taʼminoti tashkilotining huquq va majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484367" id="-484367">139. Elektr energiyasi isteʼmolchilari quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484368" id="-484368">elektr energiyasi va isteʼmol qilinadigan quvvat uchun shartnomadagi miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq toʻlash va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitobni hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng 30 kun mobaynida amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484369" id="-484369">energiya taʼminoti tashkiloti talabiga koʻra quyidagilarni hisobga olish va xabar qilish<a href="/m/acts/-437002#-484372">*</a>:</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-484372" id="-484372">* Elektr energiyasining sutkalik sarfi va haqiqiy (aktiv va reaktiv) yuklama isteʼmolchi tomonidan tartib raqami qoʻyilgan va ip bilan tikib muhrlangan daftarga yoziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484378" id="-484378">har sutkalik, har oylik sarflar va isteʼmol qilinadigan quvvatning haqiqiy miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484379" id="-484379">energiya tizimining eng katta va eng kichik yuklamali davrlarida reaktiv energiya va quvvatning har sutkalik sarfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484380" id="-484380">energiya tizimining eng katta yuklamasi vaqtida har 30 daqiqadagi aktiv energiya (quvvat) sarfi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484381" id="-484381">140. Elektr energiyasi isteʼmolchilari energiya taʼminoti tashkilotidan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484383" id="-484383">elektr energiyasini elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasiga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda yetkazib berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484385" id="-484385">elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik chegarasida elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlarini shartnoma va standartlarda belgilangan qiymatda saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484386" id="-484386">energiya taʼminoti tashkilotining elektr tarmoqlarining rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida ogohlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1016800" id="-1016800">elektr energiyasining tegishli miqdori uchun oldindan toʻlov amalga oshirilgan taqdirda elektr energiyasining shartnomaviy miqdorini oʻzgartirish. Bunday talabnoma nazarda tutilayotgan oʻzgartirishlardan (joriy oy tugashidan) 10 kundan kechikmay berilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1016804" id="-1016804">(140-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi 32-sonli <a href="/m/acts/-973565?ONDATE=24.02.2006 00#-1010196">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 8-son, 55-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484389" id="-484389">141. Energiya taʼminoti tashkiloti quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484391" id="-484391">elektr energiyasini elektr tarmoqlarining boʻlinish chegarasiga shartnomada koʻrsatilgan miqdorda yetkazib berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484393" id="-484393">elektr energiyasi sifat koʻrsatkichlarini elektr tarmoqlarining balans boʻyicha mansublik chegarasida shartnoma va standartlar bilan belgilangan darajada saqlab turish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484396" id="-484396">energiya taʼminoti tashkilotining elektr tarmoqlarini rejali taʼmirlanishi tufayli elektr energiyasi bilan taʼminlashdagi mumkin boʻlgan uzilishlar toʻgʻrisida kamida 3 sutka oldin ogohlantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484398" id="-484398">elektr energiyasi berishning rejadan tashqari toʻxtatilishi sabablarini xabar qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484399" id="-484399">hisob-kitob elektr hisoblagichlarini amaldagi davlat normativ hujjatlari talablariga muvofiq almashtirish muddatlarini xabar qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484400" id="-484400">joriy etiladigan cheklashlar haqida cheklashning joriy etilish hajmi va vaqtini koʻrsatgan holda oʻz vaqtida xabar qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484403" id="-484403">elektr energiyasining energiya taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq isteʼmolchiga uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484405" id="-484405">isteʼmolchilarning elektr energiyasining toʻliq berilmaganligi yoki elektr taʼminotidagi boshqa qoida buzilishlari toʻgʻrisidagi arizalarini isteʼmolchidan ariza olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay koʻrib chiqish va ushbu Qoidalarga muvofiq mufassal javob yuborish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1016806" id="-1016806">isteʼmolchining belgilangan tartibda kiritilgan takliflariga muvofiq besh kun muddatda oylik shartnomaviy miqdorga oʻzgartirishlar kiritish, elektr energiyaning oylik shartnomaviy miqdorini koʻpaytirish (kamaytirish) imkoniyati boʻlmagan taqdirda esa — bu toʻgʻrisida isteʼmolchiga rad etishning sababini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qilish. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1016809" id="-1016809">(141-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-fevraldagi 32-sonli <strong><a href="/m/acts/-973565?ONDATE=24.02.2006 00#-1010200">qarori</a></strong> asosida oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 8-son, 55-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484407" id="-484407">142. Energiya taʼminoti tashkiloti quyidagi hollarda elektr energiya yetkazib berishni toʻxtatish huquqiga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484410" id="-484410">elektr energiyasi elektr isteʼmolining shartnomadagi miqdoridan ortiqcha sarflanganda yoki elektr isteʼmolining belgilangan rejimi buzilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484411" id="-484411">elektr energiyasidan elektr isteʼmoli shartnomasisiz foydalanilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484412" id="-484412">“Oʻzstandart” agentligi idoralari tomonidan tekshirilgan isteʼmol qilinayotgan elektr energiyasini hisobga olish priborlari boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484414" id="-484414">belgilangan miqdorda oldindan toʻlov toʻlanmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484415" id="-484415">uskunalar energiya taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganda yoki quvvat shartnomada belgilangan miqdordan oshirib yuborilganda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484416" id="-484416">uskunalar hisobga olish priborlaridan tashqari ulanganda yoki elektr energiyani hisobga olish sxemasi buzilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1016887" id="-1016887">foydalanilgan elektr energiyasi uchun haq belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda. Elektr energiyasini uzib qoʻyish texnogen va avariya oqibatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan oʻta xavfli va uzluksiz texnologik jarayonli sanoat korxonalarining muddati oʻtgan qarzdorligi paydo boʻlgan hollarda, toʻlamaganlik uchun elektr energiyasi uzatishni cheklash energiya taʼminotining texnologik va avariya broni miqdorigacha, toʻliq uzib qoʻyish esa — faqat sud qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1016888" id="-1016888">(142-modda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24-fevral 2006-yil 32-sonli <a href="/m/acts/-973565?ONDATE=24.02.2006 00#-1010202">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 8-son, 55-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484418" id="-484418">energiya taʼminoti tashkilotining vakili hisobga olish priborlariga koʻrish uchun qoʻyilmaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484419" id="-484419">143. Energiya taʼminoti tashkiloti: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484420" id="-484420">isteʼmolchi elektr isteʼmolining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr isteʼmoli yoki quvvatning shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yoʻl qoʻygan, energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilangan elektr isteʼmolini cheklash jadvalini bajarmagan sutkalarda past sifatli elektr energiya yetkazib berilganligi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484421" id="-484421">zaxira manbaini avtomatik ulash (ZMAU), avtomatik qayta ulash (AQU) va avtomatik davrtezlikli oʻchirish (ADOʻ)larning ishlash vaqtida elektr energiyani yetkazib berishdagi tanaffuslar uchun isteʼmolchi oldida moddiy javobgar boʻlmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484422" id="-484422">144. Energiya taʼminoti tashkiloti va elektr energiyasi isteʼmolchilarining shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun moddiy javobgarligi qonun hujjatlari va shartnomada belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-484423" id="-484423">XV. Reaktiv quvvat va energiya kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi boʻyicha tarifdan chegirmalar va tarifga ustamalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484424" id="-484424">145. Reaktiv energiya (quvvat) oʻrnini toʻldirish uchun chegirmalar (ustamalar) bir hisob nuqtasi boʻyicha oʻrtacha oylik elektr energiyasi isteʼmoli 30 ming kVtChs dan ortiq boʻlgan sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar, elektrlashtirilgan (elektr energiyasi bilan yuradigan) temir yoʻl va shahar transporti, qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga nisbatan tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484426" id="-484426">146. Reaktiv quvvat va energiya oʻrnini toʻldirish uchun chegirmalar (ustamalar) reaktiv quvvat va energiyani hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari asosida belgilanadi hamda 1 kVAR eng katta yuklama uchun toʻlov va (yoki) isteʼmol qilingan 1 kVAR reaktiv energiya uchun toʻlov tarzida undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484429" id="-484429">147. Ustamalar energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi taʼminlanadigan elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida abonent shartnomaviy miqdordan ortiqcha reaktiv quvvat va energiya isteʼmol qilganda va energotizimning kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilinganda qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484430" id="-484430">148. Isteʼmolchi tomonidan elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmogʻida reaktiv energiya hosil qilinganda va elektr tarmoqning kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan reaktiv energiya isteʼmol qilinganda, agar isteʼmolchi bunday ish rejimida ishlashi zarurati shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, energiya tizimi tomonidan tarifdan chegirmalar taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484432" id="-484432">149. Elektr tarmogʻining katta va kichik yuklamali soatlari — bu sutkaning abonent tomonidan reaktiv quvvatning isteʼmol qilinishi tufayli energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻida elektr energiyasining qoʻshimcha ravishda yoʻqotilishga olib keladigan davrlaridir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484434" id="-484434">Energiya taʼminoti tashkiloti elektr tarmogʻining katta va kichik yuklamali soatlarini isteʼmolchining va u foydalanadigan tarmoqning reaktiv yuklamasi jadvallari asosida har qaysi isteʼmolchi uchun yakka tartibda belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484435" id="-484435">Har sutkadagi katta va kichik yuklamali soatlar yigʻindisi 24 soatga teng, shu jumladan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484437" id="-484437">katta yuklamali soatlar — soat 07.00 minutdan soat 23.00 daqiqagacha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484438" id="-484438">kichik yuklamali soatlar — soat 23.00 minutdan soat 07.00 daqiqagacha.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484439" id="-484439">150. Reaktiv quvvat va energiya isteʼmoli hamda hosil qilinishi hisobga olish avtomatik tizimlari yoki toʻxtatgichli hisobga olish priborlari yordamida qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484440" id="-484440">Elektr tarmoqning katta va kichik yuklamali davrlarida kontakt soatlar orqali ishga tushiriladigan toʻxtatgichsiz hisobga olish priborlari ishlatilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-484441" id="-484441">Elektrlashtirilgan temir yoʻl va shahar transportini harakatlantirish uchun kuch beradigan podstansiyalar bitta toʻxtatgichsiz hisoblagich bilan jihozlanadi va hisob-kitoblar reaktiv energiya isteʼmoli yoki hosil qilinishi yigʻindisi uchun tarifga belgilangan ustamalarga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485035" id="-485035">151. Isteʼmolchining amaldagi reaktiv quvvati ustidan nazorat elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida 30 daqiqali eng katta reaktiv yuklamani qayd etadigan elektr hisoblagich yoki boshqa hisobga olish priborlari boʻyicha amalga oshirilishi kerak. Reaktiv quvvatning eng katta miqdorini energiya tizimining eng katta yuklamali soatlarida qayd etishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485038" id="-485038">Taʼminlovchi liniyalar bir nechta boʻlsa hisobga olinadigan reaktiv quvvat sifatida, maxsus uskuna — jamlagich bilan aniqlanadigan 30 daqiqalik jami reaktiv energiyasining eng katta miqdori qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485040" id="-485040">Jamlagich boʻlmasa, jami yuklamaning eng katta qiymati har bir taʼminlovchi liniya boʻyicha elektr hisoblagichning koʻrsatuvchi elementlari vositasida qayd etilgan eng katta miqdorlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485042" id="-485042">Energiya tizimi tomonidan isteʼmolchini elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida reaktiv energiyani hosil qilish va (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida reaktiv energiyadan majburiy isteʼmol qilish zarurati aniqlansa, energiyani hisobga olish usuli energiya taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida kelishiladi hamda shartnomada aks ettiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485045" id="-485045">152. Sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485047" id="-485047">elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan 1 oyda isteʼmol qilinadigan reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485048" id="-485048">elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmogʻidan isteʼmol qilinadigan 30 daqiqalik reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485052" id="-485052">reaktiv energiyaning elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida va (yoki) reaktiv energiyani shu soatlarda 1 oy ichidagi isteʼmolining texnikaviy chegaralari. Bu chegaralardan oshib ketganda energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyaning hisob nuqtasida quvvatning elektr energiyadan foydalanish shartnomasida elektr tarmoqning eng katta yuklamali soatlari uchun belgilangan darajasidan pasayib ketishi uchun javob bermaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485057" id="-485057">elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida energiya tizimiga bir oyda hosil qilingan va (yoki) uning kichik yuklamali soatlarida majburiy isteʼmol qilingan reaktiv energiyaning chegaraviy qiymatlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485065" id="-485065">Elektr tarmogʻining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya va quvvatning iqtisodiy qiymati, aynan shu soatlarda reaktiv quvvat va (yoki) reaktiv energiya isteʼmolining bir oydagi texnik chegaralari energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan energiya tizimining har qaysi toʻplami boʻyicha tizim hisob-kitobidagi abonentlarni taʼminlaydigan taqsimlash tarmoqlari rejimlarining hisob-kitobiga asosan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485072" id="-485072">Yuqorida qayd etilgan hisob-kitob mavjud boʻlmaganda toʻlov faqat haqiqiy isteʼmol qilingan reaktiv energiya uchun, qoʻshilgan qiymat soligʻisiz, aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 5 foiziga teng narx boʻyicha undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485076" id="-485076">153. Elektrlashtirilgan temir yoʻl transportining harakatlantiruvchi podstansiyalari va metropolitenning podstansiyalari tomonidan elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida reaktiv energiya isteʼmol qilishning bir oydagi iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485080" id="-485080">Temir yoʻl transportining oʻzgarmas va oʻzgaruvchan tokli harakatlantiruvchi podstansiyalari tomonidan reaktiv energiya isteʼmol va hosil qilinishining iqtisodiy qiymati va texnik chegarasi kontakt tarmoqda ulangan harakatlantiruvchi podstansiyalar uchun yigʻindi tarzida koʻrsatiladi, ularning energiya isteʼmoli uchun hisob-kitoblari bitta energiya taʼminoti tashkiloti bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485086" id="-485086">154. Agar reaktiv energiya va quvvatning isteʼmol va hosil qilinishi avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlari yoki eng katta yuklamani qayd etuvchi hisobga olish priborlari bilan yozib boriladigan boʻlsa, 1 oydagi reaktiv energiya isteʼmol va hosil qilishning hamda elektr tarmoqning katta yuklamali soatlarida reaktiv quvvatning iqtisodiy qiymati va texnik chegaralari shartnomada yil choraklari boʻyicha yoki har oyda qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485092" id="-485092">155. Agar elektr energiyasini hisobga olish nuqtasi isteʼmolchiga tegishli boʻlgan transformatorning past kuchlanishli tomonida boʻlsa, isteʼmolchi transformatordagi reaktiv quvvat va energiya yoʻqotilishi uchun shartnomada belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485100" id="-485100">XVI. Elektr energiyasi sifati uchun elektr energiyasi tarifidan chegirmalar va unga ustamalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485107" id="-485107">156. Elektr energiyasi sifati uchun tarifdan chegirmalar (unga ustamalar) amaldagi tariflar boʻyicha belgilanadi. Elektr energiyasi sifati uchun tariflarga ustamalar jarima sanksiyasi hisoblanmaydi va shartnomaga muvofiq undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485115" id="-485115">157. Elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarda qoʻllanadigan elektr energiyasining sifat koʻrsatkichlari (ESK) roʻyxati energiya tizimi va isteʼmolchining birgalikdagi takliflari asosida belgilanadi, boshqa tomonning roziligi talab qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485121" id="-485121">158. Agar isteʼmolchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushi yoʻl qoʻyiladigan darajadan oshsa, u holda sanksiyaning muayyan miqdori tarifga ustama, aks holda — tarifdan chegirma hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485126" id="-485126">159. Har qaysi ESK boʻyicha chegirmalar (ustamalar) miqdori koʻrib chiqilayotgan ESKning hisob-kitob davridagi nisbiy jami chiqish davomiyligi koʻrsatkichlariga (T1 va T2) qarab yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan tegishlicha normal va eng katta qiymatlari uchun hisoblanadi. T1 va T2 qiymatlari oʻlchash vaqti davomida aniqlanadi, oʻlchash vaqtining davomiyligi har bir ESK boʻyicha shartnomada belgilanadi, lekin u 1 ish sutkasidan kam boʻlmasligi kerak. Avtomatlashtirilgan oʻlchash vositalari mavjud boʻlganda T1 va T2 qiymatlari uzluksiz ravishda oʻlchanishi lozim. Davriy oʻlchashlar amalga oshirilganda oʻlchash natijalari tatbiq etiladigan hisoblash oʻtkaziladigan vaqt oraligʻi energiya taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha (lekin bir chorakdan kam emas) belgilanadi va shartnomada qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485133" id="-485133">160. Isteʼmolchining shartnomada qayd etilgan har qaysi ESK boʻyicha elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushlari qiymati epizodik oʻlchashlar asosida belgilanadi va oʻlchash bayonnomasiga yoziladi. Haqiqiy ulushlarning ushbu qiymatlaridan tomonlardan biri ularni qayta koʻrib chiqish masalasini qoʻygunga qadar foydalaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485138" id="-485138">161. ESKni oʻlchash energiya taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi tomonidan birgalikda, shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi. Shartnomada oʻlchashlar davriyligi toʻgʻrisida koʻrsatmalar boʻlmaganda, shuningdek isteʼmolchining yoki energiya tizimining ish sharoitlari keskin oʻzgarganda oʻlchashlar istalgan tomonlardan birining tashabbusiga koʻra oʻtkazilishi mumkin. Boshqa tomon oʻlchashlarni oʻtkazishning aniq sanasini 3 kun muddatda kelishib olishi kerak. Oʻlchashlar tashabbus koʻrsatgan tomonning murojaatidan keyin 10 kun muddatda bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485142" id="-485142">162. Kuchlanishdagi tafovutlar nosinusoidallik koeffitsiyentlari va kuchlanishdagi oʻzgarishlar energiya taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha yo fazalardan bittasida, yoxud barcha fazalarda oʻlchanadi. Barcha fazalarda oʻlchashda T1 va T2 oʻrtacha miqdor sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485144" id="-485144">163. Isteʼmolchining elektr energiyasi sifati yomonlashuvidagi haqiqiy ulushini aniqlash tartibi elektr energiyasidan foydalanish shartnomasida koʻrsatiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485148" id="-485148">XVII. Elektr energiyasi berishni cheklash yoki toʻxtatish shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485152" id="-485152">164. Elektr energiyasi isteʼmolchiga uning bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485155" id="-485155">Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash, shuningdek isteʼmolchilar yuklamalari jadvallarini tartibga solish tadbirlarini amalga oshirish “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485158" id="-485158">Isteʼmolchilarning elektr energiyasi isteʼmol qilishini cheklash abonent bilan kelishilgan cheklashlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485161" id="-485161">165. Energiya tizimida quvvat va energiya tanqisligi paydo boʻlganda quvvat va isteʼmol boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485162" id="-485162">166. Quvvat va elektr isteʼmoli boʻyicha cheklash va uzib qoʻyish jadvallari isteʼmolchilar tomonidan energiya taʼminoti tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda joylardagi shahar va viloyatlar hokimliklari rahbarlari bilan kelishiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485166" id="-485166">167. Elektr energiyasini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari energiya tizimida elektr energiya va quvvat tanqisligi hollarida elektr stansiyalari va elektr tarmoq uskunalarining yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan sharoitlarda ishlashining oldini olish, energiya tizimining barqaror parallel ishlashini taʼminlash, avariyalar yuzaga kelishining oldini olish hamda isteʼmolchilarning tartibsiz uzib qoʻyilishini bartaraf etish uchun tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485169" id="-485169">168. Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan isteʼmolchilar bilan birgalikda, tashkilotning texnologik va avariya bronini belgilash dalolatnomasi asosida tuziladi hamda ularni bajarish ushbu jadvallarga kiritilgan barcha isteʼmolchilar uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485171" id="-485171">169. Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari joriy yilning 1-oktabridan keyingi yilning 1-oktabrigacha boʻlgan davr uchun tuziladi va isteʼmolchilarga maʼlum qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485174" id="-485174">170. Quyidagi turdagi jadvallar tuziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485178" id="-485178">energiya tizimida yoqilgʻi yoki gidroresurslar yetishmaganda elektr energiya (kVtChs da) isteʼmolini cheklash jadvali. Jadvalda elektr energiya isteʼmolini texnologik brongacha, keyinchalik esa avariya bronigacha (cheklashga mansub boʻlmagan obyektlardan tashqari), isteʼmolni 5 ta teng navbatga boʻlgan holda qisqartirilishi koʻzda tutilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485181" id="-485181">energiya tizimida quvvat yetishmaganda quvvat (kVt da) isteʼmolini cheklash jadvali. Jadvalda energiya tizimining ertalabki va kechki eng katta yuklamalari oʻtishi soatlarida isteʼmol qilinadigan quvvatni, uni 5 ta teng navbatga boʻlgan holda avariya bronigacha kamaytirilishi koʻzda tutilishi lozim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485183" id="-485183">quvvatni cheklash va uzib qoʻyish jadvallarini kiritish uchun vaqt boʻlmaganda yuzaga kelgan quvvat yetishmasligi oqibatida avariya paydo boʻlishi xavfida qoʻllaniladigan elektr energiyaning uzib qoʻyish jadvali. Jadvalda, uzib qoʻyilishi mumkin boʻlmagan obyektlardan tashqari, energiya tizimi isteʼmolchilari isteʼmol qiladigan quvvatni, 5 ta teng navbatga boʻlgan holda toʻliq uzib qoʻyish koʻzda tutilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485184" id="-485184">Bundan tashqari, energiya tizimi elektr energiyasi uzatish liniyasidan energiya oladigan isteʼmolchilarni uzib qoʻyishning maxsus jadvalini ishlab chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485185" id="-485185">Elektr energiyani uzib qoʻyish jadvaliga va maxsus jadvalga asosan avtomatik qurilmalarga, teleboshqarishga yoki doimiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va ishonchli telefon aloqasiga ega boʻlgan podstansiyalar kiritilishi lozim. Isteʼmolchilar elektr energiyani isteʼmol qilishda elektr taʼminotining avariya bronigacha cheklab qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485186" id="-485186">171. Cheklash va uzib qoʻyish jadvallarini amalga kiritish tartibi quyidagicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485187" id="-485187">elektr energiyasi va quvvat isteʼmolini cheklash va uzib qoʻyish jadvallari “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining farmoyishi bilan amalga kiritiladi. Dispetcherlik boshqaruvining barcha darajalarida elektr energiyasi isteʼmolini cheklashni joriy etish yuzasidan farmoyishlar operativ daftarga cheklashning miqdori, boshlanish va tamom boʻlish vaqti yozilgan holda beriladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485189" id="-485189">energiya taʼminoti tashkiloti isteʼmolchilarga keyingi sutkalarda elektr energiyasi isteʼmolini cheklash jadvallarining amalga kiritilishi toʻgʻrisida joriy sutkaning soat 14.00 dan kechikmay, cheklashning miqdorini, boshlanish va tamom boʻlish vaqtini koʻrsatgan holda maʼlum qiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485193" id="-485193">Elektr energiyasi isteʼmolini cheklash jadvallarini shoshilinch ravishda joriy etish zarur boʻlganda, bu haqdagi bildirishnoma, sutkaning vaqtidan qatʼi nazar, cheklashning amal qilishi boshlanishidan 1 soat oldin isteʼmolchilarga yetkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485196" id="-485196">Uzib qoʻyish jadvallari isteʼmolchilar tomonidan energiya taʼminoti tashkilotidan uzib qoʻyish jadvallari joriy etilishi toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingandan keyin darhol joriy etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485198" id="-485198">Elektr energiyasi isteʼmolini uzoq davrga kamaytirish zarur boʻlganda quvvatni uzib qoʻyish jadvaliga teng boʻlgan elektr energiyasi va quvvati isteʼmolini cheklash jadvali amalga kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485201" id="-485201">Cheklash va uzib qoʻyish jadvaliga kiritilgan tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan uzluksiz texnologik ishlab chiqarishga ega boʻlgan tashkilotlar (cheklash va uzib qoʻyishga tegishli boʻlmagan obyektlardan tashqari) rahbarlari cheklash va uzib qoʻyish jadvallarining energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan muddatda soʻzsiz bajarilishini tashkil etishlari shart, aks holda ular uzib qoʻyish va cheklash jadvallarini bajarilmaganligi va energiya markazlaridan majburiy uzib qoʻyish oqibatlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485203" id="-485203">Energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasi va quvvatini cheklash jadvallarini amalga kiritish toʻgʻrisidagi farmoyish isteʼmolchilar tomonidan bajarilmaganda, ogohlantirishdan keyin, isteʼmolchilarga elektr energiyasi va quvvati isteʼmolini belgilangan darajada kamayishini taʼminlaydigan miqdorda elektr energiyasi berishni majburiy ravishda cheklaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485205" id="-485205">XVIII. Blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485207" id="-485207">172. Energiya tizimining elektr tarmogʻiga bevosita yoki abonentlar tarmogʻi orqali ulangan sanoat va idora isteʼmolchilarining elektr stansiyalari blok-stansiyalar hisoblanadi. Ular oʻzaro kelishilgan qarorlar boʻyicha ishlashi kerak va energiya tizimining yagona operativ-dispetcherlik boshqaruviga boʻysunishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485209" id="-485209">Blok-stansiyalar boʻyicha elektr energiyasini ishlab chiqarish yillik rejalari va blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimiga elektr energiyasi berish yillik rejalari energiya taʼminoti tashkiloti va blok-stansiya shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485210" id="-485210">Blok-stansiyalar tomonidan energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga elektr energiyasi berilishi shartnomaga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485212" id="-485212">173. Energiya taʼminoti tashkilotining dispetcherlik xizmati shartnomada kelishilgan oylik rejaga muvofiq blok-stansiyaga har bir sutka uchun yuklama va energiya tizimi tarmogʻiga elektr energiyasi berish jadvalini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485215" id="-485215">Blok-stansiya tomonidan yuklama dispetcherlik jadvali bilan belgilangan miqdordan kamaytirilsa, energiya taʼminoti tashkiloti blok-stansiyaga ega boʻlgan sanoat korxonasi boʻyicha, blok-stansiya tomonidan yuklama kamaytirilgan miqdorda quvvatga cheklashlar kiritish huquqiga ega, blok-stansiya yuklamasining kamayishiga fors-major vaziyatlari sabab boʻlgan holatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485216" id="-485216">174. Energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga beriladigan, shuningdek energiya taʼminoti tashkilotidan isteʼmol qilinadigan aktiv va reaktiv elektr energiyasi va quvvatni hisobga olish blok-stansiya oʻrnatgan, teskari aylanishi tormozlangan hisoblagichlar bilan amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485217" id="-485217">Elektr hisoblagichlarning maʼlumotlari energiya taʼminoti tashkilotiga foydalanish uchun beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485218" id="-485218">Blok-stansiyaga tegishli boʻlgan energiya miqdorini oshiruvchi transformatorlarda elektr energiyasining yoʻqotilishi elektr energiyasini tuman tarmogʻiga berishda ham, elektr energiyasini energiya taʼminoti tashkilotidan olishda ham blok-stansiya hisobiga tegishli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485220" id="-485220">175. Blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi elektr energiyasini energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga berganda va elektr energiyani energiya taʼminoti tashkilotidan olganda energiya taʼminoti tashkiloti va mazkur isteʼmolchi oʻrtasidagi hisob-kitoblar hisob-kitob davridagi elektr energiyasining saldo miqdori uchun amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485223" id="-485223">176. Isteʼmolchi tomonidan oʻz blok stansiyasidan energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya taʼminoti tashkilotidan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq boʻlsa, elektr energiyasining saldo miqdori uchun haq energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan hisob-kitob tarifi boʻyicha toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485225" id="-485225">Blok-stansiyalar tomonidan energiya tizimlari tarmogʻiga beriladigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485227" id="-485227">Agar blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi tomonidan energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori, u energiya taʼminoti tashkilotidan olgan energiyadan kam boʻlsa, u holda isteʼmolchi elektr energiyasining saldo miqdori uchun haqni isteʼmolchilarning u mansub boʻlgan guruhi uchun belgilangan tarif boʻyicha toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485229" id="-485229">177. Blok-stansiya tomonidan energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485233" id="-485233">178. Tuman tarmogʻiga elektr energiyasining blok-stansiya aybi bilan toʻliq berilmagan miqdori kelishilgan shartnomadagi miqdor va tarmoqqa haqiqiy berilgan elektr energiyasi miqdori oʻrtasidagi farq boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485235" id="-485235">179. Blok-stansiya fors-major holatlari (yongʻinlar, suv taqchilligi, suv toshqinlari, elektr tarmoqlarida momaqaldiroqdan himoyalovchi vositalar mavjud boʻlgandagi momaqaldiroq, yaxmalak, boʻron, qor boʻroni, qor koʻchkilari va shu kabilar) tufayli elektr energiyasi berishdagi uzilishlar uchun javob bermaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485237" id="-485237">180. Agar energiya taʼminoti tashkiloti tarmogʻiga berilgan elektr energiyasi miqdori energiya taʼminoti tashkilotidan olingan elektr energiyasi miqdoridan ortiq boʻlsa, blok-stansiyaga ega boʻlgan isteʼmolchi energiyani isteʼmolchiga toʻgʻridan toʻgʻrishartnoma boʻyicha berish huquqiga ega boʻladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-485240" id="-485240"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-485242" id="-485242">Vazirlar Mahkamasining<br />2005-yil 27-yanvardagi 32-son <a href="/m/acts/-437002#-483102">qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-485245" id="onLBC-485245">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6782"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.04.00 Isitish;</span></div><div id="LBC9451"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.05.00 Issiqlik energiyasi bilan taʼminlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-485245" id="onLS-485245">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;</span></div><div id="LS4601"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Energetika]</span></div></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-485245" id="-485245">Issiqlik energiyasidan foydalanish <br />QOIDALARI </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-485249" id="-485249"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485253" id="-485253">I. Asosiy tushunchalar va atamalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485259" id="-485259">1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar va atamalardan foydalanilgan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485264" id="-485264">issiqlik energiyasini qabul qiluvchi — issiqlik energiyasini qabul qilib olish va undan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma yoki uskuna;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485296" id="-485296">issiqlik taʼminoti tashkiloti — issiqlik energiyasini shartnoma boʻyicha sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485298" id="-485298">issiqlik taʼminoti tashkilotining abonenti — issiqlik taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasiga ega boʻlgan isteʼmolchi, uning issiqlik energiyasidan foydalanish huquqi issiqlik taʼminoti tashkilotining isteʼmolchi yoki uning yuqori tashkiloti bilan shartnomasida kelishilgan boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485299" id="-485299">issiqlik taʼminoti tashkilotining subabonenti — issiqlik taʼminoti tashkilotining roziligi bilan abonentning issiqlik tarmoqlariga bevosita ulangan va abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish yuzasidan shartnomaga ega boʻlgan isteʼmolchi. Energiya subabonentga berilganda abonent issiqlik taʼminoti tashkiloti oldida Issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha javobgar hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485302" id="-485302">issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasi — issiqlik tarmogʻining issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan abonent oʻrtasidagi boʻlinish nuqtasi, u issiqlik tarmogʻining balans boʻyicha mansublik chegarasi bilan aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485305" id="-485305">hisobga olish nuqtasi — issiqlik bilan taʼminlash sxemasidagi nuqta, unda oʻlchash pribori (hisoblagich, hisobga olish tizimi va shu kabilar) yordamida yoki boshqacha usulda issiqlik energiyasi sarfi miqdori aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485307" id="-485307">hisobga olishni nazorat qilish pribori — nazorat qilish uchun foydalaniladigan hisobga olish pribori, uning koʻrsatkichlari asosida tarmoqning mazkur nuqtasidagi issiqlik energiyasi sarfi aniqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485314" id="-485314">issiqlik energiyasini hisobga olish pribori — Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari hamda Yoqilgʻi va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanish qoidalariga muvofiq oʻrnatiladigan hisobga olish priborlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485317" id="-485317">hisob-kitob davri — issiqlik energiyasining isteʼmol sarfi (hajmi) aniqlanishi, isteʼmol qilingan issiqlik energiyasi uchun isteʼmolchi va issiqlik taʼminoti tashkiloti oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilinishi kerak boʻlgan vaqt davri (oy). Tomonlar bilan kelishilgan hisob-kitob davri shartnomada koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485320" id="-485320">oraliq hisob-kitob — hisob-kitob davri mobaynida isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent tomonidan qisman haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485325" id="-485325">yakuniy hisob-kitob — hisob-kitob davri tugagach isteʼmol qilingan energiya va quvvat uchun toʻlovchi abonent bilan hisob-kitob qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485329" id="-485329">toʻlov hujjati — toʻlov talabnomasi, uning asosida issiqlik taʼminoti tashkilotining hisob-kitob raqamiga pul mablagʻlari oʻtkaziladi, shuningdek u boʻyicha toʻlov naqd pul bilan amalga oshiriladigan bildirishnoma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485334" id="-485334">ulgurji isteʼmolchi — qayta sotuvchi — issiqlik taʼminoti tashkiloti abonenti sifatida chiquvchi, balansida oʻzining issiqlik tarmogʻi boʻlgan va issiqlik taʼminoti tashkilotidan va elektr stansiyalaridan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni shartnoma boʻyicha turli isteʼmolchilarga qaytadan sotuvchi xoʻjalik hisobidagi ixtisoslashgan tashkilot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485336" id="-485336">issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdori — tegishli hisob-kitob davrida abonent tomonidan isteʼmol qilinadigan energiyaning energiya taʼminoti tashkiloti bilan abonent oʻrtasidagi shartnomada belgilangan miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485337" id="-485337">issiqlik bilan taʼminlashdagi tanaffus (uzib qoʻyish) — isteʼmolchiga issiqlik energiyasi berishni toʻxtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki isteʼmol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning oʻzida bir nechta liniyalar boʻyicha energiya oluvchi isteʼmolchilar uchun bitta yoki bir nechta issiqlik taʼminoti liniyalarining uzib qoʻyilishi tufayli sodir boʻladigan tanaffuslar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485341" id="-485341">cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarning qoʻllanishi oqibatida muayyan oraliq vaqt davomida, shuningdek issiqlik taʼminoti tashkilotining issiqlik tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo boʻlgan avariya rejimlari vaqtida isteʼmolchiga issiqlik energiyasi berish miqdorining kamayishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485344" id="-485344">yetarli miqdorda berilmagan issiqlik energiyasi (kam berish) — issiqlik taʼminotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qoʻyish va cheklash vaqtida isteʼmolchi toʻliq olmagan issiqlik energiyasi miqdori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485348" id="-485348">issiqlik energiyasi sifati — issiqlik tarmogʻining taqsimlanish chegarasida energiya koʻrsatkichlarining standartlashtirish boʻyicha qonun hujjatlarida yoki issiqlik taʼminoti shartnomasida belgilangan talablarga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485352" id="-485352">issiqlik taʼminotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur boʻlgan issiqlik quvvati yoki energiya sarfi (hajmi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485356" id="-485356">issiqlik taʼminotining avariya broni — mulkchilikning barcha shakllaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning uskunalarni saqlash, odamlar hayoti xavfsizligini taʼminlash uchun qisman yoki toʻliq toʻxtatishida avariya va qoʻriqlash yoritgichlarini saqlash, shamollatish, suv haydash, suv taʼminoti, isitish, yongʻin xavfsizligi vositalari uchun zarur boʻlgan eng kam issiqlik quvvati yoki energiya sarfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485360" id="-485360">rejali uzib qoʻyish — issiqlik taʼminoti tashkilotining energiya qurilmalarini rejali — ehtiyotan taʼmirlash jadvali boʻyicha taʼmirlash yoki profilaktika qilish davrida abonentlar bilan oldindan kelishilgan va ularni (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda isteʼmolchiga energiya berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatishi, agar shartnomada boshqacha holat nazarda tutilmagan boʻlsa. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485363" id="-485363">II. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485375" id="-485375">2. Mazkur Qoidalar<a href="/m/acts/-10231"> “Energiyadan oqilona foydalanish toʻgʻrisida”</a>, <a href="/m/acts/-18942">“Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”</a>,<a href="/m/acts/-79391"> “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi </a>Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik<a href="/m/acts/-111189"> kodeksiga </a>muvofiq ishlab chiqilgan va issiqlik taʼminoti tashkilotlarining issiqlik energiyasi isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarini belgilaydi hamda ham issiqlik taʼminoti tashkilotlari, ham issiqlik energiyasi isteʼmolchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485379" id="-485379">Mazkur Qoidalarning amal qilishi aholiga maishiy maqsadlar uchun issiqlik energiyasi berish bilan bogʻliq oʻzaro munosabatlarga tatbiq etilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485383" id="-485383">3. Sanoat mahsuloti turi sifatida issiqlik energiyasi berish issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan issiqlik qurilmalari issiqlik taʼminoti tashkilotining tarmoqlariga bevosita ulangan isteʼmolchi (abonent) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Namunaviy shartnomalar shakllari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda belgilangan tartibda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi) tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485386" id="-485386">Subabonentlar abonent bilan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun shartnomani, abonent tomonidan issiqlik taʼminoti tashkilotining roziligi olingandan keyin tuzadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485388" id="-485388">Abonent va issiqlik taʼminoti tashkiloti oʻrtasidagi shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485391" id="-485391">shartnoma mavzusi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485393" id="-485393">isteʼmol qilishning belgilangan rejimlariga rioya qilish va issiqlik energiyasi sifati koʻrsatkichlarini kelishib olish majburiyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485395" id="-485395">issiqlik tarmoqlari va issiqlik uskunalarining balans boʻyicha mansublik chegaralari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485397" id="-485397">issiqlik energiyasiga haq toʻlash boʻyicha isteʼmolchilarning tarif guruhlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485400" id="-485400">abonentning tarmogʻiga ulangan subabonentlar (isteʼmolchining nomi, bir soatdagi eng yuqori yuklama, issiqlik isteʼmoli, oylar boʻyicha qaytariladigan kondensat (tonna va foizlarda) miqdori, hisobga olish priborlari, tariflar va boshqa maʼlumotlar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485404" id="-485404">isteʼmolchining tasarrufidagi issiqlik tarmoqlari va issiqlik energiya uskunalaridan, hisobga olish priborlaridan foydalanishning xavfsizligini va sozligini hamda issiqlik taʼminotining ishonchliligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485407" id="-485407">alohida shartlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485409" id="-485409">ahdlashuvchi tomonlarning javobgarligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485412" id="-485412">nizolarni hal etish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485416" id="-485416">tomonlarning rekvizitlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1435878" id="-1435878">Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat koʻrsatilishi kerak boʻlgan isteʼmolchilarga issiqlik energiyasi sotishda shartnomada ushbu isteʼmolchilarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlashning eng kam darajasi ham nazarda tutilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1435887" id="-1435887">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 4-fevraldagi 33-sonli <a href="/m/acts/-1434611?ONDATE=04.02.2009 00#-1434640">qaroriga</a> asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 6-son, 53-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485420" id="-485420">4. Issiqlik energiyasiga tarif oʻzgargan taqdirda, sanasidan qatʼi nazar, shartnoma oʻz kuchida qoladi va isteʼmolchi olingan issiqlik energiyasi uchun yangi tarif joriy etilgan kundan boshlab yangi tarif boʻyicha haq toʻlashga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485422" id="-485422">5. Tomonlar shartnoma tuzish, uni oʻzgartirish, bekor qilish yoki uzaytirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga va mazkur Qoidalarga amal qiladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485425" id="-485425">6. Abonent oʻz issiqlik tarmoqlariga boshqa subabonentlarni, faqat issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishgan holda ulashi hamda issiqlik energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan ular bilan shartnoma tuzishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485430" id="-485430">7. Korxonalar va tashkilotlar uchun bugʻ va issiq suv sifatida issiqlik energiyasi berishning bir soatdagi eng koʻp miqdori elektr stansiyalari (bugʻ qozonxonalari)ning texnik imkoniyatlariga, bugʻ va issiqlik quvurlarining oʻtkazish quvvatiga qarab issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda shartnomada qayd etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485434" id="-485434">Isteʼmolchi tomonidan isteʼmol qilinayotgan issiqlik energiyasining shartnomada koʻrsatilgan miqdorini koʻpaytirishga faqat isteʼmolchi tomonidan texnik shartlar bajarilgandan va uning iltimosiga koʻra shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilgandan keyin issiqlik taʼminoti tashkiloti ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485438" id="-485438">8. Yangi issiqlik qurilmalarini foydalanishga topshirish va yangi subabonentlarni ulash, issiqlik qurilmasidan foydalanish “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgandan keyin issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485441" id="-485441">9. Issiqlik energiyasini qayta sotuvchi yoki oʻz tarmoqlari orqali beruvchi tashkilotlar (ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar, abonentlar) keyingi yillarda issiqlik energiyasining oʻrtacha isteʼmoli tahlili asosida aniqlanadigan oʻz issiqlik tarmoqlariga ulangan boshqa obyektlarning issiqlik energiyasi isteʼmolini hisobga olgan holda issiqlik energiyasining umumiy (yigʻma) miqdori yuzasidan issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan shartnoma tuzadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485445" id="-485445">10. Issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan issiqlik energiyasini qayta sotuvchi tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari mazkur Qoidalar va ular oʻrtasida issiqlik energiyasi berish yuzasidan tuzilgan shartnoma bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485449" id="-485449">11. Issiqlik taʼminoti tashkiloti abonentga issiqlik energiyasini ulangan tarmoq orqali issiqlik energiyasi taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda va tomonlar oʻzaro kelishgan issiqlik energiyasi sifati va rejimiga rioya qilgan holda berishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485454" id="-485454">Isteʼmolchida “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan issiqlik energiyasidan nooqilona foydalanish (imzolangan dalolatnomaga muvofiq), issiqlik energiyasini tejash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini bajarmaslik holatlari aniqlanganda, issiqlik taʼminoti tashkiloti ushbu holatlardan kelib chiqib, issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdorini kamaytirish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485458" id="-485458">12. Issiqlik taʼminoti tashkiloti tizimidagi avariyalarning oldini olish va ularni bartaraf etish yoki odamlarning xavfsizligini taʼminlash ishlari bilan bogʻliq kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrish zarur boʻlganda va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun haq toʻlanmaganda, isteʼmolchi bilan kelishmasdan va uni ogohlantirmasdan, biroq uni darhol xabardor qilgan holda issiqlik energiyasi berishda tanaffusga yoki cheklashga yoʻl qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485462" id="-485462">13. Isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari ustidan davlat nazorati va tekshiruv qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485466" id="-485466">14. Issiqlik energiyasi isrof qilib sarflanganligi va isteʼmolchining avariya xavfi tugʻdiradigan yoki odamlarning hayotiga xavf soladigan issiqlik qurilmalarining qoniqarsiz texnik holati uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi issiqlik energiyasi berishni toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485471" id="-485471">15. Maxsus qoidalar boʻyicha foydalaniladigan issiqlik qurilmalari ustidan energetika nazorati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485475" id="-485475">16. Davlat energetika nazoratining amalga oshirilishi abonentlarni foydalanilayotgan issiqlik tarmoqlari, priborlar va uskunalarning zarur texnik holati va xavfsizligi taʼminlanishi, issiqlik energiyasi isteʼmolining belgilangan rejimiga rioya qilinishi uchun javobgarlikdan, shuningdek energiyadan foydalanishda paydo boʻladigan avariyalar, yongʻinlar, issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining nosozliklari va boshqa qoida buzishlar toʻgʻrisida issiqlik taʼminoti tashkilotini darhol xabardor qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485477" id="-485477">17. Issiqlik tarmoqlari, pribor va uskunalarning texnik holatiga va ulardan foydalanishga nisbatan qoʻyiladigan talablar, shuningdek ularga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485490" id="-485490">18. Mazkur Qoidalar buzilganligi uchun javobgarlik “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-18942">Qonuniga,</a> Fuqarolik <a href="/m/acts/-111189">kodeksiga </a>hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485493" id="-485493">III. Isteʼmolchilarning issiqlik energiyasi qurilmalari ulanishiga qoʻyiladigan texnik shartlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485498" id="-485498">19. Yangi quvvatlarni ulashga, ishlab turgan obyektlarda shartnomadagi miqdorlarga nisbatan isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasini koʻpaytirishga ruxsatnomaga ega boʻlgan barcha issiqlik energiyasi isteʼmolchilari, isteʼmolchilarning issiqlik qurilmalari ulangan issiqlik taʼminoti tashkilotidan issiqlik energiyasidan foydalanish uchun texnik shartlarni olishga majburdirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485503" id="-485503">20. Issiqlik taʼminoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga yangi isteʼmolchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlari va shu kabilarni) ulashga texnik shartlar buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan loyihalanayotgan obyektni tavsiflovchi qisqa shakldagi maʼlumotlar: uni loyihalash va qurish muddati, oʻrnashgan joyi (kartografiya materiali), issiqlikni isteʼmol qilish turlari (texnologiya ehtiyojlari, isitish, ventilatsiya, issiq suv taʼminoti va boshqalar) boʻyicha yuklamalarning tavsifi va issiqlik bilan taʼminlashning ishonchliligi boʻyicha talablar koʻrsatilgan buyurtmanomasiga koʻra issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan beriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485507" id="-485507">21. Issiqlik taʼminoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan buyurtmanomani olgandan keyin ikki hafta muddatda, ularni turli maydonchalarda joylashtirish uchun texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari yoki qurilishni, kengaytirishni yoki qayta tiklashni asoslash boʻyicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar qilinayotgan yangi quriladigan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarini issiqlik bilan taʼminlashning dastlabki shartlarini beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485510" id="-485510">Yangi tashkilotlarni, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni yoki isteʼmolchining tashqi issiqlik bilan taʼminlash sxemasini oʻzgartirishni talab qiluvchi kengaytiriladigan va qayta tiklanadigan ishlab turgan obyektlarni issiqlik bilan taʼminlash boʻyicha moʻljallanayotgan loyiha yechimlarini kelishib olish issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan qurilish maydonini tanlash paytida amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485514" id="-485514">22. Issiqlik tarmoqlariga isteʼmolchilarni (tashkilotlar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki ayrim ishlab chiqarishlarni) ulashga texnik shartlarni issiqlik taʼminoti tashkiloti buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki uning topshirigʻiga koʻra bosh loyihalovchi tashkilotdan obyektni tavsiflovchi quyidagi qisqa shakldagi maʼlumotlar koʻrsatilgan buyurtmanomani olgandan keyin bir oy muddatda beradi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485519" id="-485519">a) issiqlik bilan taʼminlash manbai va uning ishonchliligi, asosiy va rezerv ulanish yoki elektr stansiyalari va issiqlik markazlari kollektorlariga ulanish nuqtalari, beriladigan issiqlik energiyasi miqdorini tartibga solish usuli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485524" id="-485524">b) boshqa isteʼmolchining yuklamalarini hisobga olgan holda asosiy va rezerv ulanish nuqtalarida issiqlik beruvchi va gidravlik rejim parametrlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485527" id="-485527">v) boshqa isteʼmolchilarning yuklamalarini kelgusida ulash imkoniyatini hisobga olgan holda asosiy isteʼmolchining yuklamasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485531" id="-485531">g) yangi obyekt paydo boʻlishi munosabati bilan issiqlik manbaida mavjud tarmoqlarning oʻtkazish qobiliyatini va isitish qurilmalari ish unumini oshirish boʻyicha asoslangan talablar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485536" id="-485536">d) qaytariladigan ishlab chiqarish kondensatini chiqarib olish miqdori, sifati va rejimi, kondensatni yigʻish va qaytarish sxemasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485540" id="-485540">e) tashkilotlarning ikkilamchi energiya resurslaridan foydalanishga doir tavsiyalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485543" id="-485543">j) ishonchlilik talablari hisobga olingan holda rezerv issiqlik taʼminoti manbalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485546" id="-485546">z) hisob-kitob hisobi nazorat-oʻlchov priborlarini hisobga olish va oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485549" id="-485549">i) quvurlar yotqizishga va kanallar va kameralarni, zapor va tartibga soluvchi armaturani oʻrnatishga, quvurlarni izolatsiya qilishga, korroziyaga qarshi himoyaga, issiqlik punktlarini jihozlashga qoʻyiladigan talablar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485552" id="-485552">k) isitish-ventilatsiya va texnologik yuklama hamda issiq suv taʼminoti yuklamasini ulashning issiqlik sxemasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485555" id="-485555">l) harorat jadvali va tarmoqdagi suv sarfi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485558" id="-485558">m) qurilayotgan yoki qayta tiklanayotgan issiqlik tarmoqlarining balans va foydalanish boʻyicha mansubligi hamda issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegaralari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485562" id="-485562">n) texnik shartlarning amal qilish muddati.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1487667" id="-1487667">Tadbirkorlik subyektlarini issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar tadbirkorlik subyektlarining yoxud tuman (shahar) arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ning buyurtmasiga koʻra uch kunda ortiq boʻlmagan muddatda, dastlabki shartlar berilmasdan beriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1487669" id="-1487669">(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 10-iyundagi 158-sonli <a href="/m/acts/-1487265?ONDATE=10.06.2009 00#-1487335">qaroriga </a>asosan oʻn beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 24-son, 272-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485566" id="-485566">Buyurtmachi tashkilot (quruvchi) yoki bosh loyihalash tashkiloti texnik shartlar talablariga rozi boʻlmagan taqdirda kelishmovchiliklar manfaatdor tomonlar bilan birgalikda, texnik shartlarni bergan tashkilotning texnik kengashida koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485569" id="-485569">23. Isteʼmol qilinadigan issiqlik energiyasi miqdorini yoki issiqlik manbai parametrlarini oʻzgartirishni talab qilayotgan isteʼmolchining issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarini qayta tiklash yoki kengaytirishda isteʼmolchi issiqlik taʼminoti tashkilotidan ularni issiqlik taʼminoti tashkilotining issiqlik tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni ham olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485574" id="-485574">24. Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilarning yoki issiqlik taʼminoti tashkiloti abonentlarining (asosiy isteʼmolchilar) tarmogʻidan taʼminlanadigan isteʼmolchilar texnik shartlarni asosiy isteʼmolchilardan oladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485578" id="-485578">Subabonentga texnik shartlar berilgunga qadar ulgurji isteʼmolchi — qayta sotuvchi yoki abonent ularni issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485581" id="-485581">Texnik shartlarning bir nusxasi issiqlik taʼminoti tashkilotiga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485584" id="-485584">25. Issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarni bajarish isteʼmolchi — buyurtmachilar va issiqlik taʼminoti loyihasini ishlab chiqish zimmasiga topshirilgan loyihalash tashkilotlari uchun majburiydir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485587" id="-485587">Amal qilish muddati tamom boʻlgan va boshqa muddatga uzaytirilmagan texnik shartlar haqiqiy emas deb hisoblanadi. Isteʼmolchi yangi texnik shartlarni va yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarga ulanishga ruxsatnomani mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485590" id="-485590">Obyektning maqsadi, vazifasi oʻzgargan taqdirda isteʼmolchiga berilgan texnik shartlar bekor qilinadi, shundan keyin isteʼmolchi yangi texnik shartlar olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485593" id="-485593">26. Texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan korxonalar, binolar, inshootlar, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari issiqlik taʼminoti loyihalari (ishchi loyihalar) korxona, bino, inshoot, ularning navbatlari yoki alohida ishlab chiqarishlari kompleks loyihasi tasdiqlangunga qadar issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485597" id="-485597">Loyihaga muvofiq ishlab chiqilgan ishchi chizmalar qurilish ishlari boshlangunga qadar issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485601" id="-485601">Koʻrib chiqilgan loyiha hujjatlarida texnik shartlar va amaldagi normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqish aniqlangan hollarda isteʼmolchiga obyektni issiqlik taʼminoti tashkiloti tarmoqlariga ulash uchun ruxsat berishning rad etilishini asoslab beradigan xat yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485608" id="-485608">Ulgurji isteʼmolchi-qayta sotuvchining yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni olgan subabonent unga obyektning isteʼmolchi-qayta sotuvchi yoki abonentning issiqlik tarmoqlariga ulanishi uchun ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485610" id="-485610">27. Isteʼmolchilarning yuklamalarini ulash bilan bogʻliq issiqlikdan foydalanuvchi yangi qurilmalarini va issiqlik tarmoqlarini qurish, ishlab turganlarini kengaytirish va qayta tiklash isteʼmolchilarning kuchlari va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485612" id="-485612">IV. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalari va issiqlik tarmoqlari ishlatilishiga ruxsat berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485614" id="-485614">28. Isteʼmolchilarning issiqlikdan foydalanuvchi barcha yangidan ulanadigan va qayta tiklanadigan tizimlari mazkur Qoidalarga va belgilangan tartibda issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishilgan loyiha hujjatlariga muvofiq bajarilishi hamda amaldagi texnik foydalanish qoidalarining talablarini qoniqtirishi, shuningdek texnik va qabul qilish hujjatlariga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485616" id="-485616">29. Isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti tizimlari ishga tushirilishi uchun tegishli tayyorgarlik koʻrgan xodimlar mavjud boʻlib, issiqlik xoʻjaligi uchun masʼul boʻlgan shaxs tayinlanganda hamda xavfsizlik texnikasi va yongʻinni oʻchirish boʻyicha himoya vositalari bilan butlangan taqdirda ruxsat berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485618" id="-485618">30. Isteʼmolchi issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarni oʻrnatish tashkilotidan mazkur Qoidalarga muvofiq dalolatnoma boʻyicha qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485619" id="-485619">Shundan keyin isteʼmolchi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga, qurilish normalari va qoidalariga muvofiq loyiha, texnik, qabul qilish-topshirish va foydalanish hujjatlarini, shuningdek issiqlik isteʼmoli tizimini vaqtinchalik yoki doimiy foydalanishga ruxsat berilishi uchun koʻrikdan oʻtkazishga taqdim qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485621" id="-485621">Isteʼmolchining buyurtmanomasi boʻyicha ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish uchun issiqlik taʼminoti tashkiloti issiqlik isteʼmoli tizimini ariza berilgan muddatga vaqtinchalik shartnoma boʻyicha ishga tushiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485623" id="-485623">Isteʼmolchilarning issiqlik isteʼmoli qayta tiklangan tizimlari foydalanishga berilishidan oldin koʻrib chiqish uchun “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakolatli vakiliga taqdim etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485625" id="-485625">31. Isteʼmolchilarning issiqlik isteʼmoli tizimlarida oʻrnatishda nuqsonlar, issiqlik taʼminoti tashkiloti va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan loyihaning berilgan texnik shartlaridan, shu jumladan mazkur Qoidalar va boshqa normativ hujjatlar talablaridan chetga chiqishlar aniqlangan taqdirda, shuningdek issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga xizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan xodimlar mavjud boʻlmaganda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ulardan foydalanishga ruxsat berish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485627" id="-485627">32. Issiqlik taʼminoti tizimidan doimiy ravishda foydalanish uchun isteʼmolchiga ruxsatnoma issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan, tizim ikki hafta sinab koʻrilib, bunda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilgach, issiqlik qurilmasi tizimi “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining vakili tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilgach, issiqlik energiyasini berishga shartnoma tuzilgach va isteʼmolchi ijro hujjatlarini taqdim etganidan keyin beriladi. Texnik koʻrik va issiqlik qurilmalarini ishlatilishiga ruxsat berish issiqlik taʼminoti tashkiloti zimmasiga foydalanish vaqtida uning normal ishlashi uchun javobgarlikni yuklamaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485630" id="-485630">V. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485632" id="-485632">33. Issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarini oʻrnatish va ulardan foydalanish, shuningdek issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan berilgan texnik shartlarga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485634" id="-485634">34. Barcha issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining issiqlik isteʼmoli tizimlari issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur hisobga olish priborlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485637" id="-485637">Issiqlik energiyasini hisobga olish Yoqilgʻi va energiyani ishlab chiqarish, taqsimlash va isteʼmol qilishda hisobga olishni tashkil etish tartibiga muvofiq tashkil etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485639" id="-485639">Usullarni, oʻlchash vositalarini tanlash va ulardan foydalanish tartibi va qoidalari Yoqilgʻi va energiyani hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ulardan foydalanishni tashkil etish qoidalarida belgilangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485642" id="-485642">35. Issiqlik taʼminoti tashkilotining hamda abonentning, ulgurji isteʼmolchi-qayta sotuvchining issiqlik tarmoqlariga issiqlik energiyasiga hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan issiqlik isteʼmoli tizimlarini ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485645" id="-485645">36. Issiqlik taʼminoti tashkilotining obyektlarda oʻrnatiladigan issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari “Oʻzstandart” agentligida attestatsiyadan oʻtkazilgandan keyin isteʼmolchi tomonidan sotib olinadi va oʻrnatiladi hamda issiqlik taʼminoti tashkilotining balansiga va xizmat koʻrsatishiga bepul oʻtkaziladi. Bunda ushbu priborlarni vaqti-vaqti bilan tekshirish va taʼmirlashni issiqlik taʼminoti tashkiloti oʻz hisobidan tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485648" id="-485648">Isteʼmolchida oʻrnatilgan va uning balansida turgan hisobga olish priborlari isteʼmolchilarning oʻzlari tomonidan foydalaniladi va taʼmirlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485650" id="-485650">Issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish uchun hisobga olish priborlarini boshqa joyga oʻrnatish va boʻshatib olish faqat issiqlik taʼminoti tashkiloti hisobidan va uning xodimi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485653" id="-485653">Hisobga olish priborlari buzilganligi yoki ularning koʻrsatkichlari toʻgʻriligi yuzasidan shubha tugʻilgan taqdirda isteʼmolchi yoki issiqlik taʼminoti tashkiloti uzib qoʻyish vaqtini va uzib qoʻyish paytida issiqlik energiyasining barcha koʻrsatkichlarini qayd etgan holda bu haqda tegishli ravishda issiqlik taʼminoti tashkilotiga yoki isteʼmolchiga darhol maʼlum qilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485657" id="-485657">Bunda, issiqlikni hisobga olish priborlarini taʼmirlash davri mobaynida issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan oxirgi uch sutka uchun oʻrtacha sutkalik sarf boʻyicha, biroq priborlar toʻxtashidan oldingi 15 sutkadan ortiq boʻlmagan vaqt uchun, priborlar 15 sutkadan ortiq ishlamay qolgan taqdirda esa — shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485660" id="-485660">Isteʼmolchi hisobga olish priborlarini taʼmirlash tugashiga qadar isteʼmol qilishni toʻxtatib turishga haqlidir. Bunda isteʼmolchi bu haqda darhol issiqlik taʼminoti tashkilotini xabardor qilishi va berkitish armaturasini birgalikda plombalashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485663" id="-485663">Isteʼmolchi issiqlik taʼminoti tashkilotini priborning buzilganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida ogohlantirmagan taqdirda priborlar ishlamay turgan vaqt uchun issiqlik energiyasiga hisob-kitoblar shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485667" id="-485667">Issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan hisob-kitob qilish uchun xizmat qilmaydigan hisobga olish priborlaridan isteʼmolchining oʻzi foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485670" id="-485670">Isteʼmolchilar tomonidan oʻlchash diafragmalarini oʻrnatish vaqtida issiqlik taʼminoti tashkilotining vakili ishtirok etishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485671" id="-485671">37. Issiqlik energiyasi berishni hisobga olish issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegarasida amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485673" id="-485673">Hisobga olish priborlari boʻlinish chegarasida oʻrnatilmagan taqdirda issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar boʻlinish chegarasidan hisobga olish priborlari oʻrnatiladigan joygacha boʻlgan uchastkadagi yoʻqotilishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yoʻqotilishlarning hisob-kitobi yoki issiqlik yoʻqotilishining sinovini issiqlik taʼminoti tashkiloti isteʼmolchi bilan birgalikda amalga oshiradi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485675" id="-485675">VI. Isteʼmolchilar tomonidan issiqlikdan foydalanish tizimlarining ishlatilishi va rejimning asosiy shartlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485678" id="-485678">38. Issiqlik isteʼmoli tizimlari holati va ularga xizmat koʻrsatish uchun isteʼmolchi bilan issiqlik taʼminoti tashkiloti oʻrtasidagi javobgarlik chegaralari ularning balans boʻyicha mansubliligiga qarab belgilanadi va shartnomaga ilova qilinadigan issiqlik tarmoqlarining balans boʻyicha mansubligini chegaralash va foydalanish uchun tomonlarning javobgarligi dalolatnomasida qayd etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485680" id="-485680">39. Issiqlik taʼminoti tashkilotiga tegishli boʻlgan issiqlik quvurlarida isteʼmolchiga tegishli boʻlgan qurilmalar yoki uskunalar boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485682" id="-485682">Bitta kamerada (quduqda), issiqlik quvurida, estakadada har xil tashkilotlar xizmat koʻrsatadigan uskunalar boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485684" id="-485684">Ishlab turgan uskunalarda har xil tashkilotlarga tegishli boʻlgan qurilmalar mavjud boʻlsa, barcha uskunalar tashkilotlardan birining balansiga va xizmat koʻrsatilishiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485686" id="-485686">40. Yakka holdagi isteʼmolchiga keladigan issiqlik quvurlari, issiqlik punktlari, isteʼmolchi issiqlik isteʼmolining ichki tizimlari isteʼmolchining balansida boʻladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485689" id="-485689">VII. Issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485692" id="-485692">41. Isteʼmolchilar quyidagilarga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485693" id="-485693"><a href="/m/acts/-107115">“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”</a>, <a href="/m/acts/-55561">“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi </a>Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga hamda Issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar va issiqlik tarmoqlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga, shuningdek mazkur Qoidalarga qatʼiy rioya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485694" id="-485694">foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun shartnomada qayd etilgan muddatlarda haq toʻlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485695" id="-485695">issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishmasdan issiqlik energiyasi isteʼmolining shartnomaviy miqdorini oshirmaslikka va tuzilgan shartnomaga muvofiq issiqlik isteʼmoli rejimiga rioya qilishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485696" id="-485696">issiqlik isteʼmoli rejimiga nisbatan issiqlik taʼminoti tashkilotining tezkor koʻrsatmalarini bajarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485697" id="-485697">kondensat va tarmoq suvini shartnomada belgilangan miqdorda, sifatda va tegishli haroratda qaytarishga, shartnomada koʻzda tutilmagan suv oqib ketishi va suv olinishiga yoʻl qoʻymaslikka, shuningdek orqaga qaytadigan quvurda harorat jadvaliga nisbatan suv harorati oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485698" id="-485698">issiqlikni isteʼmol qiluvchi uskunalar, issiqlik quvurlari, issiqlikni hisobga olish priborlari, quvurlar izolatsiyasi va issiqlikdan foydalanuvchi asbob-uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485699" id="-485699">issiqlik quvurlari, issiqlik isteʼmol qiluvchi uskunalar, zapor va tartibga soluvchi armaturaning rejali-oldini oluvchi taʼmirlanishi va sinovini oʻz vaqtida oʻtkazishga, taʼmirlash hajmi, muddatlari va jadvalini issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan kelishishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485700" id="-485700">hisob-kitob hisobga olish priborlari, pastga tushiruvchi kranlar, toraytib turuvchi qurilmalar va armaturani issiqlik taʼminoti tashkilotining vakili bilan birgalikda plombalashga, oʻrnatilgan plombalarning saqlanishini taʼminlashga majburdir. Plombalarni olish issiqlik taʼminoti tashkilotining ruxsati bilan amalga oshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485701" id="-485701">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektori tomonidan berilgan koʻrsatmalarni hisobga olgan holda issiqlikdan foydalanishni yaxshilashga, kondensat qaytarilishini koʻpaytirishga, uning sifatini oshirish, ikkilamchi energetika resurslaridan foydalanishga, orqaga qaytadigan tarmoq suvi haroratini pasaytirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485702" id="-485702">korxona boʻyicha umumiy va alohida issiqlik qurilmalari boʻyicha bugʻ-kondensat balanslari tuzishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485703" id="-485703">issiqlik taʼminoti tashkilotining vakillarini issiqlikni hisobga olish asboblariga, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi inspektorlarini issiqlikdan foydalanuvchi uskunalarga oʻz xodimlari hamrohligida sutkaning istalgan vaqtida toʻsiqsiz qoʻyishni taʼminlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485704" id="-485704">barcha issiqlik tarmoqlari va issiqlikni isteʼmol qiluvchi qurilmalarning ijro chizmalari va pasportiga, shuningdek ishlab chiqarish yoʻriqnomalariga ega boʻlishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485705" id="-485705">issiqlik isteʼmoli tizimlariga tayyorgarlik koʻrgan xodimlarning xizmat qilishini taʼminlashga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485707" id="-485707">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi vakillarining koʻrsatmalarini belgilangan muddatlarda bajarishga majburdir.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485711" id="-485711">VIII. Issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485712" id="-485712">42. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485713" id="-485713">issiqlik taʼminoti tashkilotidan issiqlik energiyasi shartnomaga muvofiq uzluksiz berilishini talab qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485716" id="-485716">issiqlik berish rejimini nazorat qilish va bugʻ berish boʻyicha issiqlik parametrlari (harorat, bosim) shartnomaviy miqdorlarning (+/-) 5 foizidan ortiq chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, issiq suv berish boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485718" id="-485718">issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha — (+/-) 3 foizga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485721" id="-485721">issiqlik beruvchi quvurda suvning bosimi boʻyicha — (+/-) 5 foizga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485723" id="-485723">orqaga qaytadigan quvurda suvning bosimi boʻyicha — (+/-) 20 kPaga pasayib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485726" id="-485726">issiqlik taʼminoti tashkilotining roziligi bilan ruxsat berilgan quvvat doirasida issiqlik energiyasining boshqa isteʼmolchilarini oʻzining issiqlik tarmoqlariga ulash yoki ular orqali tranzit bilan oʻtkazib yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485734" id="-485734">texnologik maqsadlardagi bugʻning shartnomaviy parametrlari issiqlik taʼminoti tashkilotining aybi bilan pasayganda isteʼmolchi bu haqda issiqlik taʼminoti tashkilotiga oldindan xabar bergan holda issiqlik energiyasi isteʼmolini toʻxtatishga haqlidir. Ushbu holda issiqlik taʼminoti tashkiloti mazkur Qoidalarning <a href="/m/acts/-437002#-485737">43-bandiga </a>muvofiq isteʼmolchi oldida javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485737" id="-485737">43. Issiqlik bilan taʼminlashda issiqlik taʼminoti tashkilotining aybi bilan tanaffuslar yuz bergan taqdirda, issiqlik taʼminoti tashkiloti berilmagan issiqlik energiyasi uchun moddiy zararni isteʼmolchiga qoplaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485742" id="-485742">Isteʼmolchini issiqlik bilan taʼminlashda kontraktda nazarda tutilmagan tanaffuslar texnologik uskunalarning buzilishiga yoki koʻplab yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarishga olib kelgan taqdirda issiqlik taʼminoti tashkiloti zararni isteʼmolchiga sud tartibida qoplaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485745" id="-485745">IX. Issiqlik taʼminoti tashkilotining huquqlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485747" id="-485747">44. Issiqlik taʼminoti tashkiloti isteʼmolchini ogohlantirib quyidagi hollarda unga issiqlik energiyasi berishni toʻliq yoki qisman toʻxtatish huquqiga egadir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485749" id="-485749">issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatida belgilangan muddatlarda haq toʻlanmaganda (isteʼmolchi issiqlik energiyasi berish toʻxtatilishidan bir oy oldin ogohlantirilgan taqdirda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485751" id="-485751">abonent, subabonentlar, yangi issiqlik yuklamalari, sexlar va qurilmalar yoki ularning alohida qismlari issiqlik tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanganda, shuningdek boshqa tashkilotlar subabonentlari issiqlik tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485752" id="-485752">issiqlik isteʼmoli tizimlari “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining inspektori ishtirokisiz foydalanishga topshirilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485754" id="-485754">issiqlik isteʼmoli tizimlari hisobga olish priborlari oʻrnatilgunga qadar ulanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485756" id="-485756">maksimal soatli yuklamalar shartnomasi bilan kelishilgan issiqlik isteʼmolining belgilangan shartnomaviy miqdorlari issiqlik taʼminoti tashkilotining roziligisiz oshirilganda yoki orqaga qaytadigan tarmoqdagi suv harorati shartnomaga muvofiq eng koʻp yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajadan oshirilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485761" id="-485761">issiqlik energiyasini isrofgarchilik bilan isteʼmol qilishga, uni talon-toroj qilishga, tarmoqdagi suvning oqizilishi va ifloslanishiga yoʻl qoʻyilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485765" id="-485765">issiqlik isteʼmoli tizimlari avariya xavfini tugʻdiradigan yoki xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning hayotiga xavf soladigan darajada qoniqarsiz holatda boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485768" id="-485768">shartnomada nazarda tutilgan kondensat 50 foizdan kam miqdorda qaytarilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485769" id="-485769">issiqlik isteʼmoli tizimlariga xizmat koʻrsatish uchun tayyorgarlik koʻrgan xodim boʻlmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485771" id="-485771">issiqlik taʼminoti tashkiloti vakillari issiqlik isteʼmoli tizimlariga yoki issiqlik energiyasini hisobga olish priborlariga qoʻyilmaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485775" id="-485775">45. Uskunalarni taʼmirlash boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishda va yangi isteʼmolchilarni ulashda zaxira taʼminlash manbai mavjud boʻlmasa, issiqlik taʼminoti tashkiloti abonentlarni uzib qoʻyish huquqiga egadir. Isteʼmolchini issiqlik energiyasi berish toʻxtatilishi toʻgʻrisida ogohlantirish issiqlik energiyasi berishda tanaffusning aniq sanasini (kunlar va soatlarni) kelishish uchun 10 kun oldin amalga oshiriladi. Agar ogohlantirish olingandan keyin 5 kun muddatda isteʼmolchi issiqlik berishdagi tanaffus vaqtini kelishmasa, issiqlik taʼminoti tashkiloti ushbu vaqtni mustaqil belgilash huquqiga egadir. Issiqlik energiyasi berishdagi tanaffus, imkoni boricha, bu haqda uzib qoʻyishdan kamida 24 soat oldin isteʼmolchini ogohlantirgan holda uning ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485779" id="-485779">46. Avariyaning oldini olish yoki bartaraf etish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrish uchun issiqlik taʼminoti tashkiloti shuningdek, keyinchalik uzib qoʻyish sabablarini maʼlum qilgan holda, abonentning issiqlik isteʼmoli tizimini uzib qoʻyish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485783" id="-485783">47. Issiqlik energiyasi isteʼmolini cheklash vaqti, uning yetkazib berilmagan hajmi issiqlik tarmoqlarining boʻlinishi chegarasida hisobga olish priborlari hamda issiqlik energiyasini beruvchi issiqlik taʼminoti tashkilotining dispetcherlik xizmati operativ daftarida cheklashning boshlanishi va tamom boʻlishi qayd etilgan amaldagi yozuvlar boʻyicha aniqlanadi hamda ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485787" id="-485787">Issiqlik taʼminoti tashkilotining aybi bilan isteʼmolchining texnologik ehtiyojlariga issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmasligi, cheklash kunidan oldingi oxirgi 3 sutkada issiqlik energiyasining oʻrtacha sutkalik isteʼmoli bilan issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmagan sutkadagi haqiqiy isteʼmol qilish oʻrtasidagi tafovut sifatida hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485791" id="-485791">48. Issiqlik taʼminoti tashkiloti quyidagi holatlar oqibatida issiqlik manbai parametrlari pasayganligi va issiqlik energiyasi toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun isteʼmolchilar oldida moddiy javobgar boʻlmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485795" id="-485795">a) tabiiy hodisalar: momaqaldiroq, boʻron, suv toshqini, zilzila, ushbu joyda isitishni loyihalashtirish uchun 48 soatdan ortiq vaqt mobaynida hisoblab chiqilgan haroratdan 3 (gradus) S ga va undan ortiq past boʻlgan haroratda havoning uzoq vaqt sovib ketishi, boshlangʻich suv sifatining yomonlashishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485799" id="-485799">b) isteʼmolchi xodimlarining notoʻgʻri xatti-harakatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485801" id="-485801">v) mazkur Qoidalarning<a href="/m/acts/-437002?ONDATE=27.01.2005 00#-485747"> 44-bandida </a>nazarda tutilgan issiqlik energiyasi berishni cheklash yoki toʻxtatish shartlariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmolning shartnomaviy miqdorlari oshirilishiga yoʻl qoʻyadigan yoki uning uchun belgilangan issiqlik isteʼmoli rejimlariga rioya qilmagan va foydalanilgan issiqlik energiyasi uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlikka ega boʻlgan sutkalar mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi berilganligi uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485812" id="-485812">g) isteʼmolchi issiqlik tarmoqlariga ulangan paytdan boshlab 6 oy mobaynida past parametrli issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi yoki vaqtinchalik foydalanishda boʻlgan elektr stansiyasi yoki issiqlik tarmoqlaridan issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi uchun.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485817" id="-485817">X. Issiqlik taʼminoti tashkilotining majburiyatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485820" id="-485820">49. Issiqlik taʼminoti tashkiloti quyidagilarga majbur:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485823" id="-485823">shartnomaga muvofiq isteʼmolchiga issiqlik energiyasi uzluksiz berilishini taʼminlash, issiqlik manbai kollektorlaridan berilayotgan issiqlik manbalari parametrlarining (bugʻ va issiq suv) shartnomaga muvofiqligini taʼminlash, ularning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485826" id="-485826">bugʻ boʻyicha (bosim va harorat) — (+/-) 5 foizga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485830" id="-485830">issiqlik beruvchi quvurda suv harorati boʻyicha — (+/-) 3 foizga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485832" id="-485832">suv bosimi boʻyicha:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485834" id="-485834">issiqlik beruvchi quvurda — (+/-) 5 foizga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485836" id="-485836">orqaga qaytadigan quvurda — (+/-) 20 kPa chetga chiqishiga yoʻl qoʻymaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485839" id="-485839">issiqlik toʻliq yetkazib berilmaganligi toʻgʻrisida isteʼmolchilarning yozma arizalarini isteʼmolchilardan ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda koʻrib chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485842" id="-485842">issiqlik taʼminoti tashkilotining aybi bilan texnologik maqsadlardagi toʻliq yetkazib berilmagan energiya qiymatini qoplash. Toʻliq yetkazib berilmagan energiya hajmi isteʼmolchining vakili ishtirokida issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan aniqlanadi va dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485845" id="-485845">50. Issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilangan limit isteʼmolchilar tomonidan oshirib yuborilganligi, issiqlik qurilmalariga oʻzboshimchalik bilan ulanish, mavjud quvvatlarning oshirilishi yoki koʻpaytirilishi holatlari aniqlanganda va bu hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari bilan tasdiqlanganda hujjatlar “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasiga beriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485848" id="-485848">XI. Issiqlik energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485851" id="-485851">51. Issiqlikdan foydalanish xususiyatiga koʻra isteʼmolchilar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485854" id="-485854">a) sanoat isteʼmolchilari va ularga tenglashtirilgan isteʼmolchilar hamda keyingi guruhlarda koʻrsatilmagan isteʼmolchilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485856" id="-485856">b) ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar — oʻz balansida issiqlik tarmoqlariga ega boʻlgan, ulardan foydalanuvchi, issiqlik taʼminoti tashkilotidan issiqlik energiyasini ulgurji xarid qiluvchi va uni har xil isteʼmolchilarga qayta sotuvchi xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485859" id="-485859">v) issiqxona xoʻjaliklari — issiqxonalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shugʻullanuvchi isteʼmolchilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485862" id="-485862">52. Berilgan issiqlik energiyasi uchun isteʼmolchilar bilan hisob-kitoblar amaldagi tasdiqlangan tariflarga muvofiq issiqlik energiyasini hisobga olish priborlarining koʻrsatkichlari asosida amalga oshiriladi. Hisobga olish priborlariga ega boʻlmagan abonentlarga beriladigan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik taʼminoti tashkilotining hisobga olish priborlari boʻyicha shartnomaviy yuklamalarga muvofiq issiqlikning umumiy miqdorini abonentlar oʻrtasida taqsimlash asosida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485864" id="-485864">53. Amaldagi tariflar turar joylardan foydalanuvchi (aholi) tashkilotlar bilan hisob-kitob qilishga tatbiq etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485867" id="-485867">54. Issiqlik energiyasi berish yuzasidan issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalarda issiqlik manbaining har bir turi va parametri boʻyicha bir soatdagi maksimal yuklama hamda issiqlik energiyasini isteʼmolchiga oylik, choraklik va yillik berish miqdori belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485868" id="-485868">55. Isteʼmolchi (abonent)ning issiqlik tarmoqlaridagi issiqlik energiyasi yoʻqotilishi, ular va subabonentlar oʻrtasida ularning issiqlik energiyasi isteʼmol qilish ulushiga va issiqlik tarmogʻi uzunligiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485871" id="-485871">56. Isteʼmolchiga berilgan issiqlik energiyasi miqdori issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari boʻlinishi chegarasida hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485874" id="-485874">Issiqlik taʼminoti tashkiloti va isteʼmolchi tarmoqlarining boʻlinish chegarasigacha issiqlik energiyasini yetkazib berish boʻyicha barcha xarajatlar va uning yoʻqotilishi tariflarda hisobga olingan boʻlib tariflardan ortiqcha qoʻshimcha haq toʻlashga yoʻl qoʻyilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485876" id="-485876">Tarmoqlarning boʻlinish chegarasidan keyin issiqlik energiyasining barcha xarajatlari va yoʻqotilishi isteʼmolchining hisobiga kiritiladi. Agar bugʻ va issiq suv isteʼmolchining issiqlik tarmoqlari orqali berilsa, issiqlik energiyasi miqdori elektr stansiyasi kollektorida (tuman bugʻ qozonxonasi) hisobga olish priborlari boʻyicha aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485879" id="-485879">57. Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob priborlari koʻrsatkichlaridagi nuqsonlar yoki issiqlik energiyasi sarfini hisoblab chiqishda yoʻl qoʻyilgan xatolar aniqlangan taqdirda isteʼmolchi bir hafta muddatda bu haqda issiqlik taʼminoti tashkilotiga ariza berishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485881" id="-485881">Issiqlik taʼminoti tashkiloti 10 kun muddatda (isteʼmolchining arizasi berilgan kundan boshlab) hisobga olish priborini yoki u boʻyicha amalga oshirilgan hisoblab chiqishlarning toʻgʻriligini tekshirishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485882" id="-485882">58. Hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarining notoʻgʻriligi tasdiqlangan taqdirda issiqlik taʼminoti tashkiloti oxirgi hisob-kitob davridagi issiqlik energiyasi sarfini tegishli ravishda qayta hisob-kitob qilishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485883" id="-485883">Qayta hisob-kitob, joriy hisob-kitob davrida issiqlik energiyasi isteʼmoli hisobga olingan holda, navbatdagi toʻlov hujjatini yozishda oxirgi davr uchun hisob-kitoblar boʻyicha tuzatilgan yoki yangidan oʻrnatilgan priborlarning koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485884" id="-485884">59. Agar hisobga olish priborlari koʻrsatkichlaridagi chetga chiqishlar “Oʻzstandart” agentligi tomonidan belgilangan normalardan ortiq boʻlmasa, ular yoʻl qoʻyilishi mumkin deb hisoblanadi va qayta hisob-kitob qilishga olib kelmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485885" id="-485885">60. Hisobga olish priborlarini tekshirish toʻgʻrisida arizaning berilishi isteʼmolchini u isteʼmol qilgan elektr energiyasi toʻlovini belgilangan muddatda toʻlashdan ozod qilmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485886" id="-485886">61. Hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari isteʼmolchi tomonidan maʼlum qilinmagan taqdirda hisob-kitob belgilangan shartnomaviy yuklama boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485887" id="-485887">62. Asosiy isteʼmolchilar qayta sotiladigan issiqlik energiyasi uchun ham issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan, ham subabonentlar bilan isteʼmolchilarning subabonentlar tegishli boʻlgan guruhlari uchun belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qiladi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485890" id="-485890">XII. Isteʼmolchilarga beriladigan bugʻ holidagi issiqlik energiyasi miqdorini belgilash va hisob-kitob qilish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485892" id="-485892">63. Isteʼmolchiga berilayotgan bugʻ holidagi issiqlik energiyasining miqdori bugʻ miqdorini shartnomada kelishilgan bugʻning belgilangan koʻrsatkichlarida uning tarkibidagi issiqlik miqdoriga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485894" id="-485894">Bunda suv taʼminoti manbaidagi boshlangʻich suvda mavjud boʻlgan issiqlik miqdori hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485896" id="-485896">64. Isteʼmolchi tomonidan kondensat bilan qaytarilayotgan issiqlik energiyasi miqdori kondensat miqdorini, boshlangʻich suvdagi issiqlikni hisobga olgan holda, kondensatning issiqlik sigʻimi va haroratiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485898" id="-485898">65. Qaytarilgan kondensat uchun isteʼmolchiga toʻlov miqdori shartnoma bilan belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485901" id="-485901">XIII. Isteʼmolchilarga beriladigan issiq suv holidagi issiqlik energiyasi miqdorini aniqlash va hisob-kitob qilish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485902" id="-485902">66. Isteʼmolchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasining miqdori suv miqdorini uning issiqlik sigʻimiga, beriluvchi va orqaga qaytuvchi tarmoq suvlarining harorati oʻrtasidagi tafovutiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485904" id="-485904">Ochiq suv olish tizimida isteʼmolchiga issiq suv holida beriladigan issiqlik energiyasi miqdori suv miqdorini uning issiqlik sigʻimi hamda issiq (berilayotgan) va boshlangʻich suvlarning harorati oʻrtasidagi tafovutga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi, boshlangʻich suv harorati uchun oʻrtacha oylik harorat olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485905" id="-485905">67. Issiq suv holidagi issiqlik energiyasidan foydalanishda isteʼmolchi orqaga qaytadigan tarmoqdagi suvni shartnomaga ilova qilinadigan harorat jadvali boʻyicha uning qiymatidan ortiq boʻlmagan harorat bilan qaytarishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485907" id="-485907">Isteʼmolchining issiqlik tarmogʻi uchun issiqlik beradigan tarmoq suvining harorati issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485908" id="-485908">Issiqlik berishni tartibga solish kun va tunning tashqi harorati oʻrtasidagi farq 8 (gradus) S va undan ortiq boʻlsa, sutkada ikki marta va ushbu farq 8 (gradus) S dan kam boʻlsa — bir sutkada bir marta amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485910" id="-485910">Tartibga solishda maishiy maqsadlarda va jamoat binolarini isitish tizimida foydalaniladigan suvning haroratini tungi vaqtda pasaytirish imkoniyati, shuningdek ishdan tashqari vaqtlarda uni sanoat korxonalariga berishni qisqartirish nazarda tutilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485912" id="-485912">68. Orqaga qaytadigan tarmoq suvining oʻrtacha sutkalik harorati jadvaldagiga qaraganda 3 (gradus) S dan ortiq miqdorda isteʼmolchi tomonidan oshirilgan taqdirda issiqlik taʼminoti tashkiloti tarmoqdagi suvning oʻrtacha sutkalik harorati (+/-) 3 (gradus) S dan ortiq chetga chiqmasligiga rioya qilish sharti bilan issiqlik energiyasini isteʼmolchiga berishni pasaytirishga yoki toʻliq toʻxtatishga, yoxud berilgan issiqlik energiyasi uchun issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan isteʼmolchi uchun hisoblab chiqilgan va shartnomaga ilova qilingan jadvalda nazarda tutilgan harorat pasayishi boʻyicha hisob-kitob qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485914" id="-485914">69. Isteʼmolchilarga beriladigan 40—45 (gradus) S haroratli issiq suv holidagi issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish 50 foizli chegirma bilan issiq suv uchun tarif boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485916" id="-485916">70. Quyidagi hollarda tarmoq suvidagi issiqlik yoʻqotilishi uchun isteʼmolchilar tomonidan shartnomaviy narxlar boʻyicha haq toʻlanadi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485918" id="-485918">issiqlik tarmoqlarini gidravlik va haroratli sinash oʻtkazilishi bilan bogʻliq yoʻqotishning oʻrnini toʻldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485920" id="-485920">isteʼmolchi tarmogʻini uning buyurtmanomasi boʻyicha toʻldirish, avariyali vaziyatlar ham shu jumlaga kiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485921" id="-485921">isteʼmolchidan qaytariladigan past sifatli (tarkibida temir, mexanik aralashmalar va boshqalar mavjud boʻlgan) orqaga qaytadigan tarmoq suvini sizdirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485923" id="-485923">Issiqlik taʼminoti tashkilotining aybi bilan yuz bergan tarmoq suvidagi issiqlik yoʻqotilishiga isteʼmolchi tomonidan haq toʻlanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485925" id="-485925">XIV. Isteʼmolchilar tomonidan qaytariladigan kondensat miqdorini aniqlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485931" id="-485931">71. Isitish, shamollatish va issiq suv taʼminoti uchun bugʻ holidagi issiqlik energiyasidan foydalanilganda isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tashkilotiga kondensatning kamida 95 foizini, texnologik maqsadlar uchun bugʻdan foydalanilganda esa — shartnomada kelishilgan miqdorda va sifat bilan qaytarishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485933" id="-485933">Kondensatning isteʼmol qilinadigan bugʻ miqdoriga nisbatan foizlarda qaytarish normasini va uning sifatini tomonlar shartnoma tuzish vaqtida belgilaydilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485935" id="-485935">Isteʼmolchi issiqlik manbaiga qaytarishi shart boʻlgan kondensat miqdori issiqlik isteʼmoli tizimlarining loyiha maʼlumotlariga, korxonaning bugʻ-kondensat balansiga muvofiq va kondensatni qaytarish boʻyicha erishilgan natijalar hamda mavjud zaxiralarni hisobga olgan holda belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485937" id="-485937">Issiqlik taʼminoti tashkiloti isteʼmolchiga korxonada texnik imkoniyat mavjud boʻlganda kondensat qaytarishni koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni bajarishni tavsiya etishga, ularni bajarishning isteʼmolchi bilan kelishilgan muddatini belgilashga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485939" id="-485939">Belgilangan muddat tugagach, taklif etilgan tadbirlarni hisobga olgan va amaldagi shartnomaga tegishli oʻzgartirishlar kiritgan holda isteʼmolchiga kondensatni qaytarish normasi koʻpaytiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485942" id="-485942">72. Isteʼmolchi tomonidan qaytariladigan kondensat shartnomada kelishilgan miqdorga va sifatga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485943" id="-485943">Isteʼmolchi tomonidan qaytariladigan kondensat miqdori va sifati elektr stansiyasida (bugʻqozonxonasida) aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485944" id="-485944">Kondensat tozalagichga ega boʻlmagan yoki kondensatni ishlatiladigan suv normalarigacha tozalashni taʼminlamaydigan kondensat tozalagichga ega boʻlgan ishlab turgan elektr stansiyalarida (bugʻqozonxonalarida) bugʻ qozonlarini taʼminlash uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensatining sifati shunday boʻlishi kerakki, toki uning boshqa tashkil qiluvchilari bilan aralashmasi Elektr stansiyalari va tarmoqlaridan texnik foydalanish qoidalariga binoan mazkur bugʻ qozonlari uchun taʼminlovchi suv meʼyorlariga muvofiq boʻlsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485945" id="-485945">Kondensat tozalagich bilan jihozlangan va butun kondensatni taʼminlovchi suv meʼyorlarigacha tozalashni taʼminlaydigan ishlab turgan elektr stansiyalaridagi (bugʻqozonxonalaridagi) bugʻ qozonlarini taʼminlash uchun yoki yangidan loyihalashtirilayotgan elektr stansiyalari uchun foydalaniladigan ishlab chiqarish kondensati miqdori Issiqlik elektr stansiyalarini va issiqlik tarmoqlarini texnologik loyihalash meʼyorlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485946" id="-485946">73. Qaytarilgan kondensat miqdori uchun issiqlik taʼminoti tashkiloti abonentga toʻlovni shartnomada koʻrsatilgan issiqlik qiymati boʻyicha (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olgan holda) toʻlaydi. Ushbu summa issiqlik energiyasi uchun haq toʻlashda abonent hisobiga qoʻshiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485947" id="-485947">74. Elektr stansiyasiga sifati shartnomadagi shartlarga muvofiq boʻlmagan kondensat topshirilganda issiqlik taʼminoti tashkiloti qaytarilgan kondensat miqdoriga tuzatuvchi koeffitsiyent joriy etadi: kondensatdan bugʻlatgichlar, bugʻni qayta ishlovchilar yoki issiqlik tarmogʻini qoʻshimcha taʼminlash uchun foydalanilganda — 0,8, kondensat qoʻshimcha tozalash uchun qabul qilinganda esa — 0,5 koeffitsiyenti qoʻllanadi. Iflos kondensatdan texnik jihatdan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlmaganda ushbu kondensat drenajga oqiziladi, bu holda isteʼmolchi kondensatni topshirmagan deb hisoblanadi. Qaytarilgan kondensatdagi issiqlik energiyasi miqdori ham issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan hisobga olingan kondensat miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485948" id="-485948">Qaytarilayotgan kondensatning issiqlik-texnik parametrlari (miqdori, harorati, ifloslilik darajasi) issiqlik bilan taʼminlash manbaida kondensatni kimyoviy tekshirish natijalari hamda hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari boʻyicha aniqlanadi va ikki tomonlama dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485951" id="-485951">Kondensat ortiq darajada iflos boʻlgan taqdirda uni elektr stansiyalarida (bugʻqozonxonalarida) yoki isteʼmolchida tozalashning maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy hisoblar asosida aniqlanadi. Bunda barcha hollarda kondensatni qoʻshimcha tozalash isteʼmolchi hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485953" id="-485953">Qaytarilgan, ammo sifatiga koʻra shartnoma shartlarini qondirmaydigan va elektr stansiyasida foydalanilmagan kondensat qaytarilmagan kondensatga tenglashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485956" id="-485956">75. Bugʻ kam sarflanadigan va kondensatni tozalash qimmatga tushadigan hollarda ayrim isteʼmolchilar issiqlik taʼminoti tashkiloti tomonidan kondensatni qaytarishdan ozod qilinishi mumkin, uning uchun texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar taqdim etilishi va kondensatdan oʻz ehtiyojlari uchun toʻliq foydalanilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485958" id="-485958">Isteʼmolchining yaqin atrofida issiqlik taʼminoti tashkilotining suv bilan ishlaydigan issiqlik tarmoqlari oʻtgan taqdirda, isteʼmolchi isitish, shamollatish va issiq suv bilan taʼminlash yuklamasini, agar bunga korxonaning ishlab chiqarish sikli imkon bersa, bugʻdan issiq suvga oʻtkazishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485959" id="-485959">76. Qaytariladigan kondensat miqdorini belgilash yuzasidan issiqlik taʼminoti tashkiloti bilan isteʼmolchi oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda texnik ekspertiza oʻtkaziladi. Texnik ekspertiza isteʼmolchi tomonidan ikkala tomon vakillaridan, manfaatdor boʻlmagan tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda, isteʼmolchi bilan issiqlik taʼminoti tashkiloti oʻrtasidagi kelishmovchiliklar bayonnomasi rasmiylashtirilgandan keyin 2 oydan kechiktirmay tashkil etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485960" id="-485960">Agar texnik ekspertiza oʻtkazilgandan keyin tomonlar kelishuvga erishmasalar, u holda kondensatning miqdori va sifati boʻyicha yakuniy qaror “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-485963" id="-485963">XV. Issiqlik energiyasi uchun toʻlov hujjatlarini taqdim etish va toʻlash tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485964" id="-485964">77. Sanoat isteʼmolchilari, ulgurji isteʼmolchilar — qayta sotuvchilar va boshqa isteʼmolchilar, hisob-kitob oyi tugaganidan soʻng 30 kun mobaynida yakuniy hisob-kitobni amalga oshirgan holda, yetkazib beriladigan issiqlik energiyasining bir oydagi isteʼmoli hajmining kamida 30% miqdori uchun oldindan haq toʻlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485966" id="-485966">78. Toʻlov hujjatida xato yoki pribor koʻrsatkichlarida noaniqliklar topilganda abonent bu toʻgʻrida issiqlik taʼminoti tashkilotini xabardor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485969" id="-485969">Toʻlov hujjatidagi xatolar, hisobga olish priborlarini tekshirish haqida arizaning berilishi abonentni toʻlov hujjati boʻyicha belgilangan muddatda haq toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485974" id="-485974">Issiqlik taʼminoti tashkiloti abonent tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 10 sutkadan kechiktirmay hisob-kitobni, agar zarur boʻlsa hisobga olish priborlarini ham tekshirib koʻrishi va tekshirish natijasini (toʻlov hujjatidagi xatoliklar yoki hisobga olish priborlaridagi notoʻgʻri koʻrsatkichlar toʻgʻrisida) isteʼmolchiga xabar qilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485975" id="-485975">Issiqlik energiyasini hisobga olishda xatoliklar aniqlangan taqdirda issiqlik taʼminoti tashkiloti oxirgi hisob-kitob davri uchun qayta hisob-kitob qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485977" id="-485977">79. Sanoat isteʼmolchilariga, ulgurji isteʼmolchilarga, qayta sotuvchilarga va boshqa abonentlarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblar issiqlik taʼminoti tashkilotining toʻlov hujjatlari (toʻlov talabnomasi va schyot-faktura) boʻyicha, taqdim etilishiga qarab akseptsiz tartibda amalga oshiriladi. Isteʼmolchining hisob-kitob raqamida mablagʻlarni akseptsiz hisobdan chiqarish bank tomonidan, toʻlov hujjati tushgandan keyingi kundan kechikmay amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-485980" id="-485980">80. Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgani uchun penya undirish huquqidan qatʼi nazar, issiqlik taʼminoti tashkilotida ogohlantirishdan keyin toʻlamaganlik uchun qarzni toʻlamagungacha abonentga issiqlik energiyasi berishni toʻxtatish huquqi saqlanib qoladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-485985" id="-485985"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-485988" id="-485988">Vazirlar Mahkamasining<br />2005-yil 27-yanvardagi 32-son <a href="/m/acts/-437002#-483102">qaroriga<br /></a>3-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-485992" id="-485992">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-486005" id="-486005"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486007" id="-486007">1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-maydagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 5-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi <a href="/m/acts/-312500#-701701">nizomda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486009" id="-486009">a) 7-bandda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486014" id="-486014">ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486018" id="-486018">quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486021" id="-486021">“yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun mablagʻlar toʻliq tushishini taʼminlash”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486026" id="-486026">b) 8-bandda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486034" id="-486034">8.1-kichik banddagi va 8.4-kichik bandning uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486038" id="-486038">quyidagi mazmundagi 8.4-1-kichik band qoʻshilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486042" id="-486042">“8.4-1. Toʻlovlarning toʻliqligini taʼminlash uchun muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni yigʻadi va yuridik shaxslar tomonidan isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun mablagʻlar toʻliq tushishini nazorat qiladi”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486045" id="-486045">2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qarori 3-bandining <a href="/m/acts/-245675?ONDATE=05.08.2003 00#-413819">ikkinchi xatboshidagi </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda) “60 kun” soʻzlari “hisob-kitob oyi tugagandan keyin 30 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486047" id="-486047">3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Moddiy-texnika resurslari strategik turlarini sotishning maxsus tartibi toʻgʻrisidagi nizomning<a href="/m/acts/-212507?ONDATE=05.02.2004 00#-212598"> II boʻlimida</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486050" id="-486050"><a href="/m/acts/-212507?ONDATE=05.02.2004 00#-212601">12-banddagi </a>“oʻtgan davrda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun 60 kun mobaynida toʻliq hisob-kitob qilish sharti bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486052" id="-486052"><a href="/m/acts/-212507?ONDATE=05.02.2004 00#-212606">17-band</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486055" id="-486055">“17. Isteʼmolchining taklifiga koʻra shartnomaga joriy oy tugashidan 10 kundan kech boʻlmagan muddatda oʻzgartirish kiritilishi, elektr energiyasining tegishli hajmi uchun oldindan haq toʻlangan taqdirda, elektr energiyasini kam olish yoki ortiqcha olish hisoblanmaydi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486207" id="-486207"><a href="/m/acts/-212507?ONDATE=05.02.2004 00#-212608">19-bandga</a> “haqini toʻlamaganlik uchun” soʻzlaridan keyin “alohida xavfli va uzluksiz texnologiya jarayoniga ega boʻlgan” soʻzlari qoʻshilsin. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-486211" id="-486211"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-486216" id="-486216">Vazirlar Mahkamasining <br />2005-yil 27-yanvardagi 32-son <a href="/m/acts/-437002#-483102">qaroriga </a><br />4-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-486219" id="-486219">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-486222" id="-486222"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486223" id="-486223">1. Vazirlar Mahkamasining “Foydalanilayotgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 74-modda) 2-bandi hamda ushbu qarorga 1-ilova. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486224" id="-486224">2. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyundagi 271-son<a href="/m/acts/-244910"> qarori </a>(Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 46-modda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486225" id="-486225">3. Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish intizomini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 5-avgustdagi 341-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 69-modda) ilovaning <a href="/m/acts/-245675?ONDATE=05.08.2003 00#-413907">1-bandi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-486226" id="-486226">4. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat agentligini Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2004-yil 1-martdagi 96-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 3-son, 18-modda) 5-ilova II boʻlimining <a href="/m/acts/-639966?ONDATE=01.03.2004 00#-640068">5-bandi</a>.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-483109" id="-483109">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2006-y., 8-son, 55-modda, 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2009-y., 6-son, 53-modda, 24-son, 272-modda)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
