

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-367663" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="FIp0ktLLegrCCd+x8HMRhPi2TzDKTjPb8iLPCmmELlo7m9JcrIXhLTbDt1c7uipL0VnOxE1Y+7dqNIMPtVxd/80V60AdDU8tpYQoraHTxVzV8fJMflOSV/+gNA3EkJi2/8uKRzY+WZpA5DE+Nw9+ApruaFtq0Hei9cc6E+GfFtvkGK1nhXH39mCOYug7dCvHuQR/jFz2GbslLSEZWK4T3Q==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.03.1997
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-367663" id="onLBC-367663">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6935"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC7339"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-367663" id="onLS-367663">[<b>TSZ:</b><div id="LS3703"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat;</span></div><div id="LS3740"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-367672" id="-367672">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-367673" id="-367673">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-367675" id="-367675">OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING NIZOMI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-367678" id="-367678"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367680" id="-367680">Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367682" id="-367682">1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Umumiy yigʻilishida qabul qilingan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining <a href="/m/acts/-367663#-367693">Nizomi </a>ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367684" id="-367684">2. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi Akademiyaning barcha tuzilmalarida Nizom talablarini bajarishga doir zarur tashkiliy chora-tadbirlarni bir oy muddatda amalga oshirsin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-367686" id="-367686">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-367687" id="-367687">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-367689" id="-367689">1996-yil 16-yanvar,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-367691" id="-367691">26-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-367693" id="-367693"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-367697" id="-367697">Vazirlar Mahkamasining 1996-yil <br />16-yanvardagi 26-son <a href="/m/acts/-367663#-367672">qaroriga </a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-367700" id="-367700">Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-367701" id="-367701">NIZOMI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-367702" id="-367702"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367703" id="-367703">I. UMUMIY QOIDALAR VA OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING ASOSIY VAZIFALARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367704" id="-367704">1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi agrar fanlar sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni va Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmuini ilm-fan bilan taʼminlashni amalga oshiruvchi, oʻz-oʻzini boshqaruvchi ilmiy tashkilot hisoblanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367705" id="-367705">U Akademiyaning haqiqiy muxbir, faxriy va xorijiy aʼzolarini, shuningdek, uning muassasalarida ishlovchi ilmiy xodimlar va mutaxassislarni birlashtiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367707" id="-367707">Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi budjet va shartnoma mablagʻlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367709" id="-367709">2. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/m/acts/-20596">Konstitutsiyasiga</a>, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367712" id="-367712">Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi agrosanoat majmui oliy oʻquv yurtlari, vazirliklari va idoralari bilan yaqin aloqada ish olib boradi, ular bilan agrar ilm-fan sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi, qishloq xoʻjaligidagi fundamental va eng muhim amaliy tadqiqotlar mavzularini muvofiqlashtirib boradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367714" id="-367714">3. Quyidagilar Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367716" id="-367716">agrosanoat majmui sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni butun choralar bilan rivojlantirishni taʼminlash, yer-suv, meliorativ-texnika va mehnat resurslaridan, meva-sabzavot, chorvachilik va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan oqilona hamda samarali foydalanish maqsadida agrosanoat majmui vazirliklari, idoralari va korxonalari bilan birgalikda fan yutuqlarini xalq xoʻjaligiga jadal joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367717" id="-367717">sugʻoriladigan va lalmi yerlar unumdorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining ularning biologik imkoniyatidan eng koʻp foydalanishni, yer va suv resurslari samaradorligini oshirishni taʼminlaydigan resurslarni tejovchi texnologiyalarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367719" id="-367719">gʻoʻza, beda, makkajoʻxori, don, dukkakli don, meva, uzum, sabzavot, kartoshka va boshqa ekinlar, chorvachilik va ipakchilik seleksiyasi va urugʻchiligi sohasidagi tadqiqotlarni butun choralar bilan kengaytirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367721" id="-367721">oʻrmon xoʻjaligi, ihota oʻrmonchiligi va oʻrmon melioratsiyasi sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish va kengaytirish, togʻ, choʻl, sugʻoriladigan va lalmi hududlarning hamda yaylovlarning mahsuldorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367722" id="-367722">oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va uygʻunlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirish, kam zaharli gerbitsidlar, pestitsidlar va defoliantlarni, oʻstirish regulyatorlarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz boʻlgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367724" id="-367724">yuqori unumli, ishonchli, metall va energiya kam sarflanadigan qishloq xoʻjaligi mashinalarining yangi turlarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367725" id="-367725">veterinariya tibbiyotining nazariy asoslarini ishlab chiqish, davolash, kasallikning oldini olish tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367727" id="-367727">ishlab chiqarish tuzilmasini, bozor xoʻjalik mexanizmini, agrosanoat majmuini kooperatsiyalash va integratsiyalashning samarali shakllarini, ijaraning progressiv shakllarini, qishloqni ijtimoiy rivojlantirish masalalarini takomillashtirishning nazariy va amaliy muammolarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367729" id="-367729">xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni tashkil etish, jahon fani va amaliyoti yutuqlarini oʻrganish hamda umumlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367730" id="-367730">yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367732" id="-367732">tasarrufidagi ilmiy tashkilotlar ilmiy xodimlarining xorijiy ilmiy muassasalarda tajriba oʻrganishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367734" id="-367734">Akademiya aʼzolarining va institutlarning ilmiy ishlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367736" id="-367736">4. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi oʻziga yuklatilgan vazifalarni kompleks hal etish uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367737" id="-367737">ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va boshqa yordamchi tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367738" id="-367738">oʻz muassasalari kuchi bilan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini ishlab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367740" id="-367740">eng muhim dolzarb ilmiy muammolar boʻyicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, kengashlar, simpoziumlar tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367742" id="-367742">fundamental va amaliy tadqiqotlarning eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar, uyushmalar va boshqa birlashmalar tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367744" id="-367744">respublika agrosanoat majmuining ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367745" id="-367745">yirik ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va loyihalar ekspertizasini, oʻz vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularning muhokamasini oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367747" id="-367747">ilmiy tadqiqotlarni zarur axborotlar bilan taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367749" id="-367749">belgilangan tartibda xoʻjalik shartnomalari va boshqa budjetdan tashqari manbalar boʻyicha daromadlar hisobiga ishlab chiqarishni, ilm-fanni, texnikani va moliyaviy zaxirani rivojlantirish markazlashtirilgan fondlarini tashkil qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367750" id="-367750">5. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot taqdim etadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367752" id="-367752">II. OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING TARKIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367754" id="-367754">6. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi ilmiy-tarmoq va hududiy tamoyillar boʻyicha tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367757" id="-367757">7. Akademiya tarkibiga tarmoq boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston mintaqaviy boʻlimi, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari (IIB) va ilmiy-tadqiqot institutlari (ITI), konstruktorlik byurolari, tajriba zavodlari, xoʻjaliklar, kutubxona va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi boʻlinmalar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367758" id="-367758">8. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tasarrufida boʻlgan asosiy fondlar va boshqa mol-mulklar uning begonalashtirish huquqisiz mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367760" id="-367760">9. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va muassasalari huzurida belgilangan tartibda firmalar, kichik va qoʻshma korxonalar, xoʻjalik jamiyatlari, shirkatlar hamda mulkchilikning turli shakllaridagi tashkilot va korxonalarni birlashtiruvchi uyushmalar tashkil etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367761" id="-367761">10. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi, Qoraqalpogʻiston boʻlimi, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari hamda ularga tenglashtirilgan tashkilotlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367763" id="-367763">Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ilmiy hamda ilmiy-yordamchi tashkilotlar va xoʻjalik muassasalari roʻyxati Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367765" id="-367765">Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va uning muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari shuningdek, milliy va chet el valyutasida shu jumladan xorijiy mamlakatlarda bank schyotlari ochishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367768" id="-367768">III. OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING UMUMIY YIGʻILIShI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367770" id="-367770">11. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari, muxbir aʼzolari hamda ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari va mustaqil ilmiy tadqiqot institutlari direktorlaridan iborat boʻladigan Umumiy yigʻilish Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining yuqori organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367771" id="-367771">12. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Umumiy yigʻilishi aʼzolari agar ushbu Nizomda boshqacha tartibda nazarda tutilmagan boʻlsa, Umumiy yigʻilishda koʻrib chiqiladigan barcha masalalarni hal etishda teng huquqlarga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367772" id="-367772">13. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Umumiy yigʻilishi ilm-fanni rivojlantirish va akademiyaning oʻz faoliyati eng muhim masalalarni koʻrib chiqish uchun uning Prezidiumi tomonidan har yili kamida bir marta chaqiriladi. Yigʻilishni chaqirishning navbatdagi sanasini Prezidium belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367774" id="-367774">14. Umumiy yigʻilish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367776" id="-367776">ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hamda ularga tegishli kompleks dasturlarni muhokama qiladi va ular boʻyicha zarur qarorlar qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367777" id="-367777">fanlar boʻlimlari faoliyati yoʻnalishlarni hamda tarkiblarini shakllantiradi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367779" id="-367779">Akademiyaning haqiqiy aʼzolarini, muxbir aʼzolarini, shuningdek, faxriy va xorijiy aʼzolarini saylaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367781" id="-367781">Akademiya Nizomini qabul qiladi, unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritadi hamda tasdiqlash uchun uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367783" id="-367783">Akademiya tuzilmasini hamda ilmiy tadqiqot institutlarining, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining namunaviy nizomini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367784" id="-367784">Akademiya Prezidiumining maʼruzalari va hisobotlarini, shuningdek, Akademiya ilmiy-tadqiqotlarining qisqa muddatli va uzoq muddatli mavzuli rejalarini muhokama qiladi va tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367786" id="-367786">belgilangan tartibda atoqli olimlar nomidagi mukofotlar va medallarni taʼsis etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi hamda mukofotlar va medallar toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ularni fan sohasidagi yutuqlar va kashfiyotlar uchun yetakchi olimlarga, ijodiy jamoalarga beradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367788" id="-367788">yangi ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367790" id="-367790">ushbu Nizom asosida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidentini saylaydi va uni egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, Prezidium aʼzolarini aʼzolikdan chiqaradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367791" id="-367791">zarurat boʻlganda Akademiya faoliyatiga taalluqli boshqa masalalarni ham hal etish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367793" id="-367793">15. Navbatdan tashqari Umumiy yigʻilish Akademiya boʻlimlarining aʼzolarining yoki Akademiya ilmiy tadqiqot tashkilotlarining ular tomonidan taklif etilgan kun tartibini muhokama qilish uchun kamida uchdan bir qismining taklifiga koʻra chaqirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367795" id="-367795">16. Umumiy yigʻilishda Akademiya Prezidiumi taklif etgan shaxslar qatnashishlari va kun tartibi boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367797" id="-367797">17. Umumiy yigʻilish Prezidiumining ayrim aʼzolarining muddatidan oldin ozod qilishi va boʻshab qolgan oʻrinlarga yangi aʼzolar saylashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367798" id="-367798">18. Umumiy yigʻilish Akademiyani tarqatib yuborish yoki uning oʻrniga boshqa birlashma tuzish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif bilan kirish huquqiga egadir. Ushbu masala boʻyicha qaror qabul qilish uchun Akademiya Umumiy yigʻilish aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismining ovozini olish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367800" id="-367800">19. Yigʻilishda Akademiya Umumiy yigʻilish aʼzolari roʻyxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda qarorni qabul qilish uchun qatnashchilarning koʻpchiligi ovoz berganda agar Nizomda va saylovlar toʻgʻrisidagi Nizomda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Umumiy yigʻilish toʻla huquqli boʻladi, uning qarorlari esa qabul qilingan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367802" id="-367802">20. Chet elda xizmat safarida boʻlgan, salomatligining ahvoli yoki boshqa biron-bir sabab tufayli qatnashmayotganlarni Umumiy yigʻilish aʼzolari ovoz berayotganda Akademiya Prezidiumi maxsus qaror bilan hisobdan chiqarish huquqiga egadir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367803" id="-367803">Barcha shaxsiy masalalar, agar ushbu Nizomda boshqacha tartibda nazarda tutilmagan boʻlsa Umumiy yigʻilish tomonidan yopiq ovoz berish yoʻli bilan hal etiladi. Qishloq xoʻjaligi fanlari Akademiyasi Prezidiumi yashirin ovoz berish tadbirini oʻtkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367805" id="-367805">21. Umumiy yigʻilish qarorlarini bajarish Akademiyaning barcha tashkilotlari aʼzolari va xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367808" id="-367808">IV. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING HAQIQIY AʼZOLARI (AKADEMIKLARI), MUXBIR AʼZOLARI, FAXRIY VA XORIJIY AʼZOLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367826" id="-367826">22. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari Akademiyasining shaxsiy tarkibiga haqiqiy aʼzolar (akademiklar), muxbir aʼzolar, faxriy va xorijiy aʼzolar kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367827" id="-367827">23. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari, muxbir aʼzolari faxriy va xorijiy aʼzolari umrbod saylanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367830" id="-367830">24. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari ilm-fanni birinchi darajali ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan ilmiy ishlar bilan boyitgan, ilmiy maktab yaratgan, ilmiy yutuqlari jahon darajasiga javob beradigan, yoshi 65 dan oshmagan muxbir aʼzolardan va fan doktorlaridan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367832" id="-367832">Qoraqalpogʻiston boʻlimining haqiqiy aʼzolari (akademiklari) va muxbir aʼzolari ushbu mintaqalarda doimiy yashovchi va Akademiyaning mintaqaviy muassasalarida ishlovchi olimlardan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367834" id="-367834">Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari yoki muxbir aʼzolari 70 yoshga toʻlganda, Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolarini yoki muxbir aʼzolarini saylash uchun qoʻshimcha oʻrinlar ochiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367835" id="-367835">Akademiyaning koʻrsatib oʻtilgan yoshga toʻlgan haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari Akademiya aʼzolarining barcha huquqlari va vakolatlarini toʻliq saqlab qoladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367837" id="-367837">25. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi etib Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi jahon va mamlakat ilm-fani oldida eʼtirof qilingan xizmatlari uchun saylanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367839" id="-367839">26. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining xorijiy aʼzosi ilmiy yutuqlari jahon va mamlakat ilm-fani va Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi rivojiga taʼsir koʻrsatgan xorijiy fuqarolardan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367840" id="-367840">27. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi aʼzolari fanlar yoʻnalishlari boʻyicha fanlarning tegishli boʻlimlariga birlashadilar. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzosi va muxbir aʼzosi ovoz berishda qatnashgan boʻlim aʼzolari uchdan ikki qismining roziligi bilan boshqa boʻlimga oʻtishlari mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367842" id="-367842">Fanlar boʻlimlaridan birida turuvchi akademiyaning haqiqiy aʼzosi va muxbir aʼzosi boshqa boʻlim koʻpchilik aʼzolarining roziligi bilan uning ishida qatnashishi mumkin. Bunda ular mazkur boʻlim aʼzolarining barcha huquqlaridan foydalanadilar, Akademiyaning haqiqiy aʼzolarini va muxbir aʼzolarini saylash huquqi bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367844" id="-367844">Akademiyaning Qoraqalpogʻiston boʻlimining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari ayni bir vaqtda oʻz mutaxassisliklari boʻyicha Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining tegishli boʻlimlari tarkibiga kiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367846" id="-367846">28. Akademiyaga saylovlar ushbu Nizom hamda Prezidium tomonidan tasdiqlangan saylovlar toʻgʻrisidagi Nizom asosida oʻtkaziladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367848" id="-367848">V. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASI HAQIQIY AʼZOLARI VA MUXBIR AʼZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367857" id="-367857">29. Akademiyaning haqiqiy aʼzosi ilmiy tadqiqotlarda shaxsan ishtirok etadi, tadqiqotlarning yangi yoʻnalishlarini shakllantiradi va fanning oʻzi saylangan sohasining yuksak darajada rivojlanishi uchun shaxsan javob beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367859" id="-367859">Akademiyaning muxbir aʼzosi oʻzining shaxsiy ilmiy tadqiqotlari va yirik ilmiy-texnikaviy muammolar yechimlari natijalari boʻyicha muhim asarlari bilan fanni boyitadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367861" id="-367861">Akademiyaning haqiqiy va muxbir aʼzolari ilmiy kadrlar tayyorlash ishlarida va ilmiy maktablarni shakllantirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367863" id="-367863">Akademiyaning haqiqiy va muxbir aʼzolari Akademiya Prezidiumiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367864" id="-367864">ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda shaxsan erishgan yutuqlarini, ilmiy asarlarini oʻz ichiga olgan ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi yillik hisobotni taqdim etadilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367866" id="-367866">Akademiyaning haqiqiy va muxbir aʼzolari Akademiya Prezidiumi, Akademiya Prezidenti, tegishli boʻlimlarining topshiriqlarini bajaradi, Akademiyaning Umumiy yigʻilishi va tegishli boʻlimning umumiy yigʻilish ishida qatnashadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367882" id="-367882">30. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir aʼzolari: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367884" id="-367884">Akademiya muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367886" id="-367886">Akademiyaning ilmiy muassasalarida tanlovdan oʻtmasdan ilmiy lavozimlarni egallash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367887" id="-367887">oʻzining ilmiy asrlarini nashr etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367888" id="-367888">Akademiya Prezidiumi, Akademiya Umumiy yigʻilishi, boʻlim umumiy yigʻilishini koʻrib chiqishi uchun ilmiy va ilmiy tashkiliy masalalarni kiritish va ularning muhokamasida ishtirok etish huquqiga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367889" id="-367889">Akademiyaning haqiqiy va muxbir aʼzolari akademiklik unvoni uchun har oyda belgilangan gonorar oladilar va belgilangan huquq va imtiyozlardan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367890" id="-367890">Akademiyaning faxriy va xorijiy aʼzolari Akademiyaning haqiqiy aʼzolariga tegishli barcha huquqlardan foydalanadilar. Akademiyaning rahbariyatiga saylanish, akademiya aʼzolarini saylashda ovoz berish akademiklik unvoni uchun gonorar olish bundan mustasnodir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367891" id="-367891">Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi aʼzolari Oʻzbekiston fuqaroligini boshqa mamlakat fuqaroligiga almashtirgan taqdirda akademiyaning xorijiy aʼzolari tarkibiga oʻtishlari mumkin. Bunday hollarda ovoz berishning belgilangan qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367894" id="-367894">VI. OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLAR AKADEMIYASINING HAQIQIY, MUXBIR, FAXRIY VA XORIJIY AʼZOLARINI SAYLASh TARTIBI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367896" id="-367896">31. Akademiyaning haqiqiy aʼzolari (akademiklar)ni muxbir, faxriy va xorijiy aʼzolarini saylash har ikki yilda bir marta oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367897" id="-367897">32. Akademiyaning boʻsh oʻrinlarini va yangi aʼzolar saylash uchun yangidan ochiladigan oʻrinlarni Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi tavsiyasiga binoan ilm-fan sohalari va mutaxassisliklarning turli yoʻnalishlari ehtiyojlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367898" id="-367898">Prezidiumning Akademiyaning haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari saylovlari oʻtkazilishi haqidagi xabari saylovlar oʻtkazilishidan kamida ikki oy oldin respublika matbuotida eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367899" id="-367899">33. Akademiyaning faxriy va xorijiy aʼzolari boʻlimlarining tavsiyasi va Prezidiumning taqdimnomasiga binoan Akademiyaning Umumiy yigʻilishida ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367900" id="-367900">34. Eʼlonda koʻrsatilgan ixtisosliklar boʻyicha haqiqiy muxbir aʼzolikka nomzodlar koʻrsatish huquqi Akademiya aʼzolari, ilmiy kengashlar, ilmiy muassasalar, oliy oʻquv yurtlariga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367901" id="-367901">35. Ilmiy muassasalar, oliy oʻquv yurtlari tomonidan nomzodlar koʻrsatish ilmiy va ilmiy-texnika kengashlari majlislarida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Ovoz berishda qatnashgan kishilarning kamida 50 foiz ovozini olganlar nomzodlikka koʻrsatilgan hisoblanadi. Ovoz berishda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367902" id="-367902">Akademiyaning haqiqiy va muxbir aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatgan muassasalar nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyatini tavsiflovchi barcha hujjatlarni 20 kun muddatda Akademiya Prezidiumining Ilmiy kadrlar boshqarmasiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi. Nomzodlar koʻrsatish uchun belgilangan muddat tugagandan keyin nomzodlar haqidagi hujjatlar koʻrib chiqish uchun 10 kun ichida tegishli fanlar boʻlimlariga topshirilishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367903" id="-367903">Fanlar boʻlimlarida nomzodlarning hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi, ularning ilmiy faoliyati yoʻnalishlari eʼlon qilingan ixtisosliklarga mos yoki mos emasligi aniqlanadi va saylovda ishtirok etishga ruxsat berilgan nomzodlarning roʻyxati respublika matbuotida saylovdan kamida 20 kun oldin eʼlon qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367904" id="-367904">Matbuotda eʼlon qilingan nomzodlarning ilmiy va ilmiy-tashkilotchilik faoliyati haqidagi materiallar Fanlar akademiyasi Prezidiumi tomonidan Umumiy yigʻilishning aʼzolari oʻrtasida tarqatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367906" id="-367906">36. Fanlar boʻlimlarining umumiy yigʻilishlarida mutaxassislar ishtirokida nomzodlarning ilmiy maʼruzalari tinglanadi va muhokama qilinadi va soʻngra ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan Akademiyaning Umumiy yigʻilishida saylash uchun nomzodlar tanlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367907" id="-367907">Nomzodlarni haqiqiy va muxbir aʼzolikka tanlashda haqiqiy va muxbir aʼzolar, ushbu fan boʻlimi mustaqil institutlarning direktorlari hal qiluvchi ovoz huquqiga egadirlar. Bunda ushbu boʻlim hisobidagi haqiqiy va muxbir aʼzolarning, institutlar direktorlarining kamida uchdan ikki qismi yigʻilishida qatnashgan taqdirda boʻlim yigʻilishi ovoz berishni oʻtkazish vakolatiga ega boʻladi. 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Akademiyaning Umumiy yigʻilishida saylash uchun tavsiya etilgan hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367908" id="-367908">37. Haqiqiy va muxbir aʼzolikka saylovlar Akademiyaning Umumiy yigʻilishida yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Haqiqiy va muxbir aʼzolarni saylashda, Umumiy yigʻilishning barcha aʼzolarini saylashda Umumiy yigʻilishning barcha aʼzolari hal qiluvchi ovoz berish huquqiga ega boʻladilar. Akademiya Umumiy yigʻilishi roʻyxatidagi aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi ovoz berishda qatnashishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367910" id="-367910">38. Ovoz berishda qatnashgan Umumiy yigʻilish aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi ovozini olgan nomzodlar saylangan hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367911" id="-367911">39. Agar dastlabki saylovda nomzodlardan birortasi ham saylanish uchun yetarli miqdorda ovoz ololmasa, Umumiy yigʻilish uch marta qayta saylov oʻtkazish huquqiga egadir. Keyingi saylovlarga ovoz berishda qatnashganlarning kamida uchdan bir qismi yoki undan koʻp qismi qoʻllab-quvvatlagan nomzodlar qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367912" id="-367912">Ovoz berishning uchinchi martasiga ikkinchi martasida eng koʻp ovoz olgan nomzod qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367913" id="-367913">40. Saylovlarni oʻtkazish uchun Akademiya Umumiy yigʻilishi tomonidan sanoq komissiyasi saylanadi. Sanoq komissiyasi saylov yakunlari boʻyicha bayon tayyorlaydi. Sanoq komissiyasining bayoni Umumiy yigʻilish tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367915" id="-367915">41. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi tarkibiga saylangan yangi aʼzolar roʻyxati matbuotda eʼlon qilinadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367917" id="-367917">VII. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING PREZIDIUMI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367918" id="-367918">42. Akademiya Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taklifiga binoan, ochiq ovoz berish natijasida Umumiy yigʻilish aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan Akademiya aʼzolari orasidan saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367920" id="-367920">43. Umumiy yigʻilish sessiyalari oʻrtasidagi davrda Akademiya faoliyatiga Prezidium rahbarlik qiladi. Prezidium aʼzolari soni Umumiy yigʻilish tomonidan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Prezidenti bajarayotgan vazifasiga koʻra Prezidium tarkibiga kiradi. Prezidiumning qolgan aʼzolari Umumiy yigʻilishi tomonidan Akademiyaning haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolari orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367922" id="-367922">44. Prezidium aʼzolari saylovi Akademiya Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida oʻtkaziladi. Prezidium har 5 yilda bir marta saylanadi. Zarurat boʻlganda Akademiya Prezidiumi aʼzolarining bir qismini tasdiqlangan Nizomga muvofiq rotatsiya qilish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367923" id="-367923">45. Akademiya Prezidenti Prezidium aʼzolari etib saylangan haqiqiy aʼzolar va muxbir aʼzolar orasidan Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidentlarini va bosh ilmiy kotibini tayinlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367924" id="-367924">46. Fanlar boʻlimlari, Qoraqalpogʻiston boʻlimi raislari Akademiya Prezidenti tomonidan Prezidiumning saylangan aʼzolari orasidan tayinlanadi. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, bosh ilmiy kotibi va Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi raisining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367925" id="-367925">47. Akademiya Prezidiumi oʻz faoliyatida Akademiya Umumiy yigʻilishida hisobot beradi, unga Umumiy yigʻilishlar oʻrtasidagi davrda qilingan ishlar haqida axborot beradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367927" id="-367927">48. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367929" id="-367929">fanlar boʻlimlari tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining roʻyxatini tasdiqlaydi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367930" id="-367930">Akademiyaning tegishli boʻlimlari orqali ilmiy tadqiqot muassasalarining faoliyatiga rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367932" id="-367932">Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi va boshqa organlari bilan birgalikda fan va taraqqiyotining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367934" id="-367934">fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maʼruzalar va axborotlarni eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367935" id="-367935">davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlarning ilmiy darajasini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi; <br />agrar fanning eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy kengashlar, qoʻmita va komissiyalarni tasdiqlaydi va ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367936" id="-367936">Akademiya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun ilmiy-tadqiqot va ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalarni belgilangan tartibda tashkil etadi hamda bu muassasalar va korxonalar haqidagi Nizomlarni yoki ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek, tashkil etilayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yoʻnalishi va ixtisoslashuvini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367938" id="-367938">Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishini chaqiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367940" id="-367940">Akademiya aʼzolari saylovini belgilaydi va tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367941" id="-367941">ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar oʻtkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367943" id="-367943">Akademiyaning fan va texnika taraqqiyoti yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati haqidagi yillik hisobotlarni tasdiqlash uchun Umumiy yigʻilishga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367944" id="-367944">Akademiya tizimida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ish rejalarini muhokama etadi va unga rahbarlik qiladi; <br />fan-texnika faoliyatida bozor munosabatlari mexanizmlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367945" id="-367945">Akademiya boʻlimlari va ilmiy muassasalarga fan uchun ajratiladigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi haqida boʻlimlar va muassasalarning hisobotlarini eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367947" id="-367947">Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, jamoat tashkilotlari va jamgʻarmalari bilan birgalikdagi ishlarni va hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367948" id="-367948">Akademiyaning xalqaro aloqalarini rejalashtiradi; uning xorijiy mamlakatlar akademiyalari va ilmiy muassasalari bilan ilmiy va iqtisodiy aloqalarni oʻrnatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367949" id="-367949">yirik fundamental va amaliy tadqiqotlarni hayotga joriy etish uchun xalqaro va xorijiy muassasalar bilan birgalikda qoʻshma korxonalar, ilmiy markazlar va boshqa tuzilmalar tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367950" id="-367950">fanlar boʻlimlari tavsiyasiga binoan ilmiy muassasalardagi ilmiy kengashlar tarkibini tasdiqlaydilar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367952" id="-367952">dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini tasdiqlash uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga taklif kiritadi va ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining kengashlar faoliyati haqidagi hisobotlarini eshitadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367954" id="-367954">ilmiy-tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amalda foydalanishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367955" id="-367955">Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining barcha muassasalari va mansabdor shaxslar tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishni nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367957" id="-367957">Nizomga binoan kadrlar masalalarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367958" id="-367958">Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi mukofotlarini berish uchun Umumiy yigʻilishga nomzodlarni tavsiya etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367960" id="-367960">49. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidiumi oʻz aʼzolarining uchdan ikki qismi yigʻilishida ishtirok etgan taqdirdagina qarorlar qabul qilish huquqiga ega boʻladi. Qarorlar ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Prezident Prezidium qaroridan norozi boʻlgan hollar bundan mustasnodir. Qayta muhokama qilishda Prezidium aʼzolarining uchdan ikki qismi ovoz bergan qarorlar qabul qilingan hisoblanadi. Shuningdek, Prezidiumning istalgan qarori yashirin ovoz berish yoʻli bilan ham qabul qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367962" id="-367962">Prezidium qarori Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Prezidenti va bosh ilmiy kotib tomonidan imzolanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367963" id="-367963">50. Akademiyaning xoʻjalik-ishlab chiqarish tashkilotlariga, shu jumladan kapital qurilishga rahbarlikni Prezidentning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367964" id="-367964">Prezidentning umumiy masalalar boʻyicha oʻrinbosarining huquq va burchlari Akademiya Prezidiumi tasdiqlagan Nizom bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367965" id="-367965">51. Prezident, vitse-prezidentlar va bosh ilmiy kotib, shuningdek Akademiya Prezidiumining boshqa aʼzolari surunkasiga koʻpi bilan ikki muddatga saylanishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367966" id="-367966">52. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidenti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367967" id="-367967">Akademiyaga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va kundalik masalalarni hal etadi, Akademiyadagi ishlarning ahvoli uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hamda Fanlar akademiyasining Umumiy yigʻilishi oldida shaxsan javob beradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367969" id="-367969">davlat yuqori organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlar oldida Akademiya nomidan ish koʻradi va uning manfaatlarini himoya qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367970" id="-367970">Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidiumi va uning apparati ishini tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367972" id="-367972">qishloq xoʻjaligi, texnikaviy va ijtimoiy fanlar boʻyicha eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367974" id="-367974">Akademiyaning nashr rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367975" id="-367975">ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishiga rahbarlik qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367976" id="-367976">dolzarb ilmiy, ilmiy-texnikaviy muammolarni, shuningdek tashkiliy masalalarni hal etish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy hamda muvaqqat ilmiy va maslahatchi jamoalarini tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367977" id="-367977">fan boʻlimlari tavsiyasi boʻyicha institutlar, ilmiy ishlab-chiqarish birlashmalari direktorlarini va ularning fan boʻyicha oʻrinbosarlarini kontrakt asosida lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367978" id="-367978">Akademiya moliya resurslarining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi va ularning toʻgʻri sarflanishini nazorat qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367979" id="-367979">53. Akademiya Prezidiumi, ilmiy-tadqiqot va xoʻjalik muassasalarining faoliyati bilan bogʻliq kundalik masalalarni hal qilish, shuningdek Prezidiumda koʻrib chiqiladigan masalalarni tayyorlash uchun Akademiya Prezidenti, vitse-prezidentlari va bosh ilmiy kotibidan iborat tarkibda prezidium byurosi tashkil etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-367980" id="-367980">VIII. AKADEMIYANING FAN BOʻLIMLARI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367981" id="-367981">54. Fan boʻlimlari bir yoki bir necha fan tarmoqlari olimlarini birlashtiruvchi Akademiyaning ilmiy va ilmiy tashkiliy boʻlinmasi hisoblanadi. Boʻlim oʻz tarkibiga kiruvchi institutlar va boshqa ilmiy muassasalarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367982" id="-367982">Akademiyaning fan boʻlimlari respublikada fanning tegishli sohasi boʻyicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlantirilishiga va muvofiqlashtirilishiga, xalqaro aloqalarning kengaytirilishiga koʻmaklashadi, fan-texnika taraqqiyotini va respublika agrosanoat majmuini rivojlantirishni tezlashtirishga oid takliflarni umumlashtiradi hamda ularni Akademiya Prezidiumiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367983" id="-367983">55. Akademiyaning boʻlimi tarkibiga kiruvchi haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining hamda Akademiya ilmiy institutlari direktorlarining umumiy yigʻilishi shu fan boʻlimining yuqori organi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367984" id="-367984">Boʻlimlarning umumiy yigʻilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367985" id="-367985">fan yoʻnalishlarida muhim ilmiy natijalarga erishishga hamda ularni amaliyotga joriy qilishga koʻmaklashadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367986" id="-367986">Akademiyaning ilmiy muassasalaridagi ilmiy ishlar hamda ilmiy kadrlar tayyorlash haqidagi hisobotlarni eshitadi va tahlil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367987" id="-367987">tarmoq institutlari va ilmiy muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam koʻrsatadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367988" id="-367988">fanning tegishli tarmoqlari boʻyicha ilmiy muammolarni va ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilish uchun ilmiy sessiyalar, konferensiyalar va kengashlar chaqiradi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367989" id="-367989">yashirin ovoz berish yoʻli bilan Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir aʼzoligiga nomzodlarni, shuningdek faxriy va xorijiy aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367990" id="-367990">ilmiy tadqiqotlarni rejalashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367991" id="-367991">oʻz vakolatlari doirasida boshqa masalalarni ham koʻrib chiqadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367992" id="-367992">56. Umumiy yigʻilishlar oʻrtasidagi davrda boʻlimlarning ishlariga boʻlimning byurosi va uning raisi rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367993" id="-367993">Boʻlimlarning byuro aʼzolari boʻlim umumiy yigʻilishi tomonidan boʻlim aʼzolari va shu boʻlim ilmiy tadqiqot institutlari direktorlari orasidan ochiq ovoz berish yoʻli bilan besh yil muddatga saylanadilar. Ovoz berishda qatnashgan Akademiyaning haqiqiy muxbir aʼzolari va shu boʻlimga qarashli ilmiy tadqiqot institutlari direktorlarining yarmidan koʻprogʻi ovoz berganda nomzodlar saylangan hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367994" id="-367994">Boʻlimlarning rahbarlarini saylashda rahbariyatining yangilanib turish va uzviyligi prinsipiga rioya qilinadi. Boʻlimlarning raislarini Akademiya Prezidiumi tasdiqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367995" id="-367995">57. Boʻlimlarning ilmiy kotiblari Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining Prezidenti tomonidan tayinlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367996" id="-367996">58. Boʻlimlarning byurosi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367997" id="-367997">boʻlimlarning umumiy yigʻilishlarini chaqiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367998" id="-367998">boʻlimlarning vakolatlari doirasiga kiruvchi ilmiy va ilmiy-tashkiliy masalalarni umumiy yigʻilishida koʻrib chiqishni tashkil etadi, uning qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-367999" id="-367999">ilmiy tadqiqot institutlari direktorlarining hisobotlarini koʻrib chiqadi, institutlar faoliyati natijalariga baho beradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368000" id="-368000">ilmiy muassasalarning ish yoʻnalishlarini oʻzgartirish haqidagi masalalarni koʻrib chiqadi va shu masalalar yuzasidan Akademiya Prezidiumiga tegishli takliflar kiritadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368001" id="-368001">ilmiy tadqiqot ishlari dasturlarini va ularning bajarilishi haqidagi hisobotlarni, shuningdek Akademiyaning shu boʻlimga qarashli haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining hisobotlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368002" id="-368002">dissertatsiyalar himoyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar faoliyatiga koʻmaklashadi va uni nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368003" id="-368003">boʻlimlar tarkibiga kiruvchi ilmiy jamiyatlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368004" id="-368004">eng muhim muammolar boʻyicha ilmiy kengashlar ishni va ular faoliyati natijalarini muhokama qilishni uyushtiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368005" id="-368005">xorijiy ilmiy markazlarda muddatli tajriba oʻrganish maqsadida nomzodlar tanlashni amalga oshiradi va boʻlim ixtisosiga kiruvchi mutaxassisliklar boʻyicha ilmiy kadrlar tayyorlash ishini nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368006" id="-368006">Akademiyaning ilmiy tadqiqot institutlari hamda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fundamental va amaliy tadqiqotlar dasturlarini shakllantiradi, ushbu dasturlarning ilmiy darajasini belgilovchi ekspert komissiyalarini tuzadi va keyinchalik ularni koʻrib chiqish uchun Akademiya Prezidiumiga taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368007" id="-368007">59. Boʻlimlarning byurolari boʻlimlar umumiy yigʻilishiga va Akademiya Prezidiumiga boʻysunadi va har yili boʻlimlar umumiy yigʻilishiga oʻz ishi haqida hisobot berib turadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-368008" id="-368008">IX. OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING QORAQALPOGʻISTON BOʻLIMI</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368009" id="-368009">60. Qoraqalpogʻiston boʻlimi oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston boʻlimi nizomiga muvofiq amalga oshiradi va bevosita Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Prezidentiga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368010" id="-368010">Boʻlim muassasalariga ilmiy-uslubiy rahbarlikni uning Prezidiumi amalga oshiradi. Uning tarkibiga rais, rais oʻrinbosari, bosh ilmiy kotib va Prezidium aʼzolari kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368011" id="-368011">61. Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisining oʻrinbosari va bosh ilmiy kotib Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisining tavsiyasiga binoan Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi tomonidan 5 yil muddatga tasdiqlanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368012" id="-368012">Qoraqalpogʻiston boʻlimi oʻz boʻlimi boʻyicha ajratiladigan haqiqiy aʼzolar va muxbir aʼzolarning boʻsh oʻrinlariga nomzodlarni muhokama qiladi va sohalar boʻyicha saylash uchun oʻz tavsiyasini Akademiyaning tegishli fan boʻlimlariga beradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368013" id="-368013">Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumini saylashda uning tarkibini muntazam ravishda yangilab turish va rahbarlikning davomiyligi prinsipiga rioya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368014" id="-368014">Qoraqalpogʻiston boʻlimining Prezidiumi Akademiyaning Umumiy yigʻilishi qarorlarining bajarilishini taʼminlaydi va boʻlimlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368015" id="-368015">Qoraqalpogʻiston boʻlimining Prezidiumi yuridik shaxs hisoblanadi va boʻlimlarning barcha moliyaviy masalalarini hal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368016" id="-368016">Qoraqalpogʻiston boʻlimining Prezidiumi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Prezidiumiga boʻysunadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368017" id="-368017">62. Qoraqalpogʻiston boʻlimining Nizomi Akademiyaning Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368018" id="-368018">63. Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumining raisi egallab turgan lavozimiga koʻra Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining vitse-prezidenti hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-368019" id="-368019">X. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI AKADEMIYASINING ILMIY-TADQIQOT MUASSASALARI (INSTITUTLARI, ILMIY-IShLAB ChIQARISh BIRLAShMALARI, KONSTRUKTORLIK BYuROLARI)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368020" id="-368020">64. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy tadqiqot muassasalarida (institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolarida) jamlangandir. Institut va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi faoliyati yoʻnalishiga muvofiq Akademiya boʻlimlari tarkibiga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368021" id="-368021">Institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi oʻz faoliyatini Akademiya boʻlimining ilmiy-uslubiy rahbarligida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368022" id="-368022">65. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarining bosh direktorlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari Akademiya Prezidenti tomonidan 65 yoshdan oshmagan yirik olimlar, odatda fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368023" id="-368023">Institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi direktori oʻzi rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasaning muvaffaqiyatli faoliyati uchun shaxsan javobgardir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368024" id="-368024">66. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot boʻlinmasi (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlimi, sektori, laboratoriyasi) mudiri institut ilmiy kengashida tanlovdan oʻtgan, odatda, fan doktorlaridan kontrakt asosida direktor tomonidan tayinlanadi. Fan nomzodi laboratoriya mudiri lavozimiga koʻpi bilan ikki muddatga tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368025" id="-368025">67. Ilmiy-tadqiqot instituti, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi huzurida belgilangan tartibda zavodlar, konstruktorlik, texnologik va loyiha byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xoʻjaliklar, zavodlar, ustaxonalar, sexlar, shuningdek, kooperativlar, kichik korxonalar, qoʻshma korxonalar tashkil qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368026" id="-368026">68. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, konstruktorlik byurolari) ushbu Nizomga hamda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi Umumiy yigʻilishida tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining Namunaviy nizomiga muvofiq ish yuritadilar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-368027" id="-368027">XI. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLAR AKADEMIYASI FAOLIYATINING IQTISODIY ASOSLARI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368028" id="-368028">69. Akademiya faoliyatining iqtisodiy asosini ularning mulkchilik shakllarini oʻzgartirmagan holda egalik qilish va foydalanish uchun oʻziga davlat tomonidan berilgan asosiy fondlar va boshqa mol-mulklar tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368029" id="-368029">Akademiya oʻz faoliyatini oʻziga mulk sifatida va foydalanish uchun berilgan fondlar va boshqa davlat mol-mulklariga tayanib, davlat topshiriqlari asosida va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida amalga oshiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368030" id="-368030">70. Akademiyani mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy manbai Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetining mablagʻi hisoblanadi. Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar FTDQ tomonidan tasdiqlangan davlat dasturlari doirasida fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yoʻllanadi. Ilmiy tadqiqotlar davlat fondlaridan, jamoat va xususiy jamgʻarmalardan olinadigan mablagʻlar, shuningdek, manfaatdor buyurtmachilar bilan tuziladigan shartnomalar, bitimlar va kontraktlardan olinadigan mablagʻlar mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalari hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368031" id="-368031">71. Ilmiy-tadqiqot, xoʻjalik, tashqi iqtisodiy faoliyatdan, tashkilotlar va ayrim shaxslar badallaridan tushadigan mablagʻlar, shu jumladan, xalqaro tashkilotlarning xayriya badallari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa yoʻllar bilan olingan mablagʻlar Akademiyaning mulki hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368032" id="-368032">72. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari kundalik va boshqa ishlarini bajarishda Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi tasarrufidagi asosiy va oborot fondlaridan foydalanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368033" id="-368033">73. Akademiyaning mol-mulki va mablagʻlarini uning muassasalari va tashkilotlari oʻrtasida taqsimlash va ulardan foydalanish qoidalari amaldagi qonunchilik va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi Nizomiga koʻra Akademiya Prezidiumi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368034" id="-368034">74. Akademiya va uning tashkilotlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda, kadrlarni tayyorlash va moddiy-texnika hamda ijtimoiy bazasini rivojlantirishda ilmiy tadqiqot institutlari va davlat budjetidagi boshqa tashkilotlar xoʻjalik faoliyatlarini oʻz nizomlariga muvofiq yuritadilar va bu faoliyatdan olingan daromadlarni tasarruf qilish huquqiga ega boʻladilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368035" id="-368035">75. Akademiyaning xoʻjalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari oʻz xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatlarini shu faoliyatdan olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368036" id="-368036">76. Akademiya Prezidiumi, tashkilotlari va muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar hisobiga birlashmalarning taʼsischisi boʻlish huquqiga egadirlar. Ular shunday faoliyatdan, ilmiy ishlanmalar natijalaridan, shuningdek, kichik seriyadagi priborlarni, koʻp ilm talab qiladigan asbob-uskunalarni, materiallarni, ilmiy-texnika va reklama-tijorat xizmatlarini ichki va tashqi bozorda sotishdan olinadigan foydaga egalik qilish va tasarruf etish subyektlari hisoblanadilar. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368037" id="-368037">77. Davlat budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalari Akademiya olimlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining mualliflik huquqini himoya qilish normalariga rioya etgan holda davlatga topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368038" id="-368038">78. Akademiyaning ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tashkilotlarning ilmiy xodimlari va mutaxassislari shu tashkilotlarda yaratilgan intellektual mulkka nisbatan mualliflik huquqiga ega boʻlgan subyektlar hisoblanadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368039" id="-368039">Akademiyaning muassasalari, tashkilotlari va boshqa boʻlinmalari shu muassasalar xodimlari bilan amaldagi qonunchilik asosida shartnomalar tuzish yoʻli bilan intellektual mulkka va uning obyektlariga (ilmiy tadqiqot ishlari natijalari), ekspremental-konstruktorlik ishlanmalari, kashfiyotlar, sanoat namunalari, seleksiya-urugʻchilik yutuqlari va boshqalarga egalik qilish huquqiga ega boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368040" id="-368040">79. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi oʻz mablagʻlari (budjetdan tashqari) va oʻz muassasalarining xoʻjalik hamda tadbirkorlik faoliyatlaridan olinadigan daromadning bir qismi, shuningdek, jalb qilingan boshqa mablagʻlar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya fondlarni (ilmiy-texnika va ijtimoiy rivojlantirish, olimlarni, innovatsiyalarni ijtimoiy himoyalash va boshqa fondlar) tashkil etish mumkin. Bunday fondlarni tashkil etish va ularning mablagʻlarini sarflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Akademiya tomonidan ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-368041" id="-368041">XII. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLAR AKADEMIYASINING ALOHIDA HUQUQLARI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368042" id="-368042">80. Akademiya olimlarining qoʻlyozmalari va arxivlarini, shuningdek, oʻz muassasalarining fan uchun ahamiyatli boʻlgan arxiv va boshqa materiallarini saqlash huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368043" id="-368043">81. Akademiya boshqa mamlakatlarning ilmiy muassasalari, oliy oʻquv yurtlari, kutubxonalari, muzeylari, nashriyotlari va muassasalari bilan matbaa nashrlarni ayirboshlash huquqiga egadir. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-368044" id="-368044">XIII. QIShLOQ XOʻJALIGI FANLAR AKADEMIYASI NIZOMINING AMALDA BOʻLIShI VA UNI OʻZGARTIRISh TARTIBI </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368045" id="-368045">82. Akademiyaning Nizomi Akademiya Umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining Nizomi tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-368046" id="-368046">83. Nizomni oʻzgartirish Umumiy yigʻilishning koʻpchilik ovozi bilan — Akademiya Umumiy yigʻilishi aʼzolari roʻyxatidagi tarkibning kamida uchdan ikki qismi ovozi bilan qabul qilingan qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-367677" id="-367677">(Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati qarorlari toʻplami, 1996-y., 1-son, 2-modda)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
