

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-3356821" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="bLIvXGt6p5x2qcbp+D3q2Jq5Ko8Qont+I6J7FkH7+yp5j0Yp5+LErFaJPZD73pX4ciaORlq2WJPP67skj+sERZ3JfTPZLgZ4OU+B0i9qippRVB/65zC6iFtofU0CB5JF4GXCkCKtVkZz5XOBpscniSa31s3hyA5mvQchICIyNLctP2G/0wHK/oHa2ObCgs4g4ZNFHjty++npkLELNtMilQ==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356821" id="onLBC-3356821">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7216"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-3356821" id="onLS-3356821">[<b>TSZ:</b><div id="LS3712"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-3356875" id="-3356875">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3356877" id="-3356877">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-3356879" id="-3356879">Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3356885" id="-3356885"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356887" id="-3356887">Mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilashga, shu jumladan, suv obyektlarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, toshqin va sel hodisalarida favqulodda holatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356890" id="-3356890">Shu bilan birga, qonunchilikda mavjud boʻshliqlar daryolar oʻzanlari va suvni muhofaza qilish zonalari, koʻllar, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash deb yuritiladi) ishlarini amalga oshirishda qum-shagʻal materiallarini ruxsatsiz qazib chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356895" id="-3356895">Oʻz navbatida, qum-shagʻal materiallarining ruxsatsiz qazib chiqarilishi aksariyat hollarda yer usti va yer osti suvlari kamayib ketishi, suvni muhofaza qilish zonalari botqoqlashishi va ifloslanishi, ularning qirgʻoqlari, sugʻorish tizimlari, transport va gidrotexnika infratuzilma obyektlarining buzilishiga, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356899" id="-3356899">Faqat 2017-yilda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish boʻyicha 228 ta holat, shu jumladan, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi yoki noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyasi mavjud boʻlmagan 176 ta subyekt tomonidan noqonuniy amalga oshirganlik holatlari aniqlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356902" id="-3356902">Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining noqonuniy amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik, atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish, shuningdek, transport va gidrotexnika infratuzilma obyektlarining xavfsiz ishlashini taʼminlash, ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356918" id="-3356918">1. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7797113" id="-7797113"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7797114" id="-7797114">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining sel, toshqin va yer koʻchkisi xavfi boʻlgan tumanlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi deb yuritiladi) hamda Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) qarorlariga asosan boshqa tashkilotlar tomonidan faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7797115" id="-7797115">(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli <a href="/m/acts/-7777239?ONDATE=21.10.2025 00#-7784150">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6779608" id="-6779608"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6779609" id="onLBC-6779609">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6110"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;</span></div><div id="LBC6117"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC7216"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6779609" id="-6779609">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish toʻgʻrisida Komissiya qarori Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining daryo oʻzanlarini oʻrganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha qoʻshma xulosalariga asosan qabul qilinadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6779610" id="-6779610">(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli <a href="/m/acts/-6764439?ONDATE=20.01.2024 00#-6768834">Farmoni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6779611" id="-6779611"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6779612" id="onLBC-6779612">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC7114"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.01.00.00 Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish boʻyicha umumiy masalalar / 11.01.07.00 Ekologik ekspertiza]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6779612" id="-6779612">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishga loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6779613" id="-6779613">(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli <a href="/m/acts/-6764439?ONDATE=20.01.2024 00#-6768834">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6290813" id="-6290813"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6290816" id="-6290816">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6290819" id="-6290819">(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-noyabrdagi PQ-426-son <a href="/m/acts/-6287736?ONDATE=21.11.2022 00#-6287977">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2022-y., 07/22/426/1026-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5404766" id="-5404766"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5404767" id="onLBC-5404767">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC18902"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.03 Ruxsat berish tartib-taomillari (shuningdek, 09.01.05.03ga qarang);</span></div><div id="LBC7191"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish;</span></div><div id="LBC7194"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.05.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish huquqining vujudga kelishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5404767" id="-5404767">daryolar oʻzanlari va qirgʻoqboʻyi mintaqalarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish (qum-shagʻal materiallarini qazib olish bundan mustasno) tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy taʼsirga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomaga qatʼiy muvofiq ravishda amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5404768" id="-5404768">(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli <a href="/m/acts/-5383715?ONDATE=22.04.2021 00#-5388369">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6779615" id="-6779615"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6779616" id="onLBC-6779616">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7198"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.09.00 Yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish  va ularni muhofaza qilish boʻyicha talablar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6779616" id="-6779616">noruda foydali qazilmalar konini ishlab chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan yer qaʼridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlovchi ishlab chiqish tizimi boʻyicha amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6779617" id="-6779617">(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli <a href="/m/acts/-6764439?ONDATE=20.01.2024 00#-6768838">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6779619" id="-6779619"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6779620" id="onLBC-6779620">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6235"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;</span></div><div id="LBC7191"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.04.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish. Foydalanish turlari / 11.04.04.02 Foydali qazilmalarni kavlab olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6779620" id="-6779620">daryolar oʻzanlarida qum-shagʻal materiallarini qazib olish faqat ularni tozalash jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6779622" id="-6779622">(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli <a href="/m/acts/-6764439?ONDATE=20.01.2024 00#-6768839">Farmoni</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7797116" id="-7797116"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7797117" id="-7797117">FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va boshqa tashkilotlar noruda foydali qazilmalar qayta ishlangan va sotilgan hollarda yer qaʼridan foydalanganlik uchun belgilangan tartibda soliq toʻlaydi. Bunda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish noruda foydali qazilmalarni sotishdan olingan daromadlar miqdoriga kamaytiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7797118" id="-7797118">(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF-185-sonli <a href="/m/acts/-7777239?ONDATE=21.10.2025 00#-7784182">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356949" id="-3356949">2. Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish boʻyicha doimiy faoliyat koʻrsatuvchi Idoralararo guruhlar (keyingi oʻrinlarda idoralararo guruhlar deb yuritiladi) tashkil etilsin hamda ularning namunaviy tarkibi <a href="/m/acts/-3356821#-3361651">ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356954" id="-3356954">Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6779627" id="-6779627"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6779628" id="-6779628">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar idoralararo guruhlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining qoʻshma qarori bilan, tuman va shahar idoralararo guruhlari esa, suv obyektlarining joylashuvini inobatga olgan holda, ularning hududiy boʻlinmalari qoʻshma qarori bilan tashkil etiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6779629" id="-6779629">(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli <a href="/m/acts/-6764439?ONDATE=20.01.2024 00#-6768841">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356959" id="onLBC-3356959">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7635"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356959" id="-3356959">idoralararo guruhlarning faoliyati ustidan rahbarlik prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356963" id="-3356963">3. Quyidagilar Idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5404771" id="-5404771"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-5404773" id="onLBC-5404773">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6110"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi;</span></div><div id="LBC7216"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.10.00 Suv va suv obyektlarini muhofaza qilish. Suvlarning zararli taʼsirining oldini olish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5404773" id="-5404773">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini Komissiya qarorlariga, loyiha hujjatlariga, noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalarda nazarda tutilgan shartlarga, shuningdek, qonun hujjatlarining boshqa talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5404776" id="-5404776">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-sonli <a href="/m/acts/-5383715?ONDATE=22.04.2021 00#-5388371">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356969" id="-3356969">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish yuzasidan tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356972" id="onLBC-3356972">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7203"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.14.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik;</span></div><div id="LBC7220"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.14.00 Suvga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356972" id="-3356972">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishida aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356974" id="-3356974">ushbu sohadagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida profilaktika tadbirlarini tashkil qilishda va oʻtkazishda ishtirok etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356976" id="-3356976">oʻtkazilgan tadbirlar va aniqlangan huquqbuzarliklar haqidagi axborotlarni, shuningdek, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflarni muntazam ravishda Komissiyaga kiritish.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3356979" id="-3356979"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6947803" id="-6947803"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6947804" id="-6947804">4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining ushbu qaror talablariga muvofiq amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6947805" id="-6947805">(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli <a href="/m/acts/-6937310?ONDATE=25.05.2024 01#-6941943">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356980" id="-3356980">Bunda ushbu nazorat jarayonida oʻtkaziladigan tekshirishlar Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilmagan holda amalga oshirilishi belgilansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356983" id="-3356983">5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi davlat organlari tomonidan ushbu qarorning <a href="/m/acts/-3356821#-3356979">4-bandida </a>koʻrsatilgan nazorat funksiyalarining lozim darajada bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356986" id="onLBC-3356986">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;</span></div><div id="LBC6117"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC6118"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356986" id="-3356986">6. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda FVV ixtisoslashtirilgan otryadlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5676119" id="-5676119">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli <a href="/m/acts/-5671210?ONDATE=08.10.2021 00#-5671984">Farmoniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6947806" id="-6947806"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6947807" id="-6947807">8. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlariga ishlab chiqarishni tashkil etish uchun suv obyektlari tashqarisida noruda foydali qazilmalarning muqobil xomashyo manbalarini aniqlashga koʻmaklashsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6947809" id="-6947809">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli <a href="/m/acts/-6937310?ONDATE=25.05.2024 01#-6941945">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356993" id="onLBC-3356993">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC6118"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;</span></div><div id="LBC7635"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356993" id="-3356993">9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3356998" id="onLBC-3356998">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3356998" id="-3356998">daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilishgacha javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3357000" id="onLBC-3357000">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357000" id="-3357000">Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini;</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-3357002" id="onLBC-3357002">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357002" id="-3357002">qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357005" id="-3357005">10. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda qabul qilingan idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-3357008" id="-3357008">11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-3357011" id="-3357011">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3357013" id="-3357013">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-3357015" id="-3357015">2017-yil 25-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-3357018" id="-3357018">PQ-3286-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3361651" id="-3361651"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-3361652" id="-3361652">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-sentabrdagi PQ-3286-son <a href="/m/acts/-3356821">qaroriga</a> <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3361653" id="-3361653">Daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish boʻyicha idoralararo guruhning </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3361654" id="-3361654"><strong>namunaviy tarkibi</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3787334" id="-3787334"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6947810" id="-6947810"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6947811" id="-6947811"><table border="0" cellpadding="0" cellspacing="0" style="height: 666.6px;" width="100%">
	<tbody>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center"><a name="-3787336"></a>1.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Hududiy prokuraturaning masʼul xodimi, guruh rahbari</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 76.8px;">
			<td style="height: 76.8px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">2.</p>
			</td>
			<td style="height: 76.8px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi, guruh rahbari oʻrinbosari</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">3.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qoʻshinlari hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">4.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Hududiy ichki ishlar organining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">5.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">6.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Hokimlikning masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">7.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 76.8px;">
			<td style="height: 76.8px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">8.</p>
			</td>
			<td style="height: 76.8px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">9.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 54.4px;">
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">10.</p>
			</td>
			<td style="height: 54.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 55.4px;">
			<td style="height: 55.4px;" valign="top" width="6%">
			<p align="center">11.</p>
			</td>
			<td style="height: 55.4px;" valign="top" width="93%">
			<p>Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hududiy boʻlinmasining masʼul xodimi</p>
			</td>
		</tr>
		<tr>
			<td>
			<p align="center"></p>
			</td>
			<td>
			<p></p>
			</td>
		</tr>
		<tr style="height: 22.4px;">
			<td style="height: 22.4px;" valign="top" width="6%"></td>
			<td style="height: 22.4px;" valign="top" width="93%"></td>
		</tr>
	</tbody>
</table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6947812" id="-6947812">Izoh: zarurat boʻlganda, idoralararo guruh tarkibiga boshqa mutaxassislar, shu jumladan, boshqa organlar va tashkilotlarning mutaxassislari ham kiritilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6947813" id="-6947813">(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli <a href="/m/acts/-6937310?ONDATE=25.05.2024 01#-6941946">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357020" id="-3357020"></div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-3357023" id="-3357023">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-3357025" id="-3357025"><strong>SHARH</strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357027" id="-3357027"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-3357030" id="-3357030"><p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Keyingi vaqtlarda daryolar oʻzanlari, koʻllar, suvni muhofaza qilish zonalari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obyektlarini tozalash, shuningdek, ularning qirgʻoqlarini mustahkamlash (keyingi oʻrinlarda daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash deb yuritiladi) ishlarini oʻtkazish koʻrinishida amalga oshiriladigan qum-shagʻal materiallarini nazoratsiz qazib olish holatlari koʻpaydi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Ushbu faoliyat daryo tublarining yuvilib ketishiga, qirgʻoqlarning oʻpirilishiga sabab boʻladi, bu, oʻz navbatida, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi hamda fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mulkiga, shuningdek, atrof tabiiy muhitga zarar yetishi uchun shart-sharoit yaratmoqda.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Faqat 2017-yilning oʻtgan davrida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish boʻyicha 228 ta holat aniqlangan. Ushbu holatlar boʻyicha prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Yuzaga kelgan vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni koʻrish, shuningdek, mazkur sohada huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mazkur qaror bilan daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish nazarda tutilgan.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Bundan tashqari, transport va gidrotexnika infratuzilmasi obyektlarining xavfsiz ishlashini taʼminlash sohasida aniq vazifalar belgilandi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Xususan, daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlari faqatgina toshqin suvlari va sel oqimlarini oʻtkazib yuborishning imkoniyatsizligi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mazkur ishlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida sel, toshqin va yer koʻchkisi xavfi boʻlgan tumanlarda qirgʻoqni mustahkamlash, himoya qilish va tiklash ishlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan muhandislik-texnik otryadlari tashkil etiladi. Ushbu faoliyat bilan boshqa tashkilotlar ham shugʻullanishi mumkin.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Bunday ishlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi PQ-585-son <a href="/m/acts/-1132314">qarori</a> bilan tashkil etilgan Toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash, qor koʻchish va yer koʻchki hodisalari xavfini kamaytirish boʻyicha Hukumat komissiyasining qarori asos hisoblanadi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Bunda Komissiya tomonidan shunday qaror Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining daryolar oʻzanlarini oʻrganish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini xavf-xatarsiz oʻtkazib yuborish imkoniyatlarini baholash natijalari boʻyicha qoʻshma xulosalariga asosan qabul qilinadi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishga loyiha hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishi shart.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini moliyalashtirish budjet mablagʻlari, markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi mablagʻlari hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Noruda foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish, uning ekologiyaga salbiy taʼsirini bartaraf etish maqsadida daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlashda amalga oshiriladigan mazkur faoliyat litsenziyalanishi shart.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Daryolar oʻzanlarida noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun litsenziya Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Komissiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-maydagi PQ-1524-son <a href="/m/acts/-1811274">qarori</a> bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan zaxiralar mavjudligi va suv rejimiga salbiy taʼsirga yoʻl qoʻymaslik sharti bilan beriladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Noruda foydali qazilmalar konini ishlab chiqish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan yer qaʼridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni taʼminlovchi ishlab chiqish tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Mazkur sohadagi qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish maqsadida viloyat, tuman va shaharlar darajasida tarkibiga 12 ta vazirlik, idora va tashkilotlarning, shu jumladan, davlat chegaralarini himoya qilish, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, qishloq va suv xoʻjaligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlarining vakillari kiritilgan doimiy faoliyat koʻrsatuvchi idoralararo guruhlar tashkil etiladi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Ushbu guruhlar respublikada mavjud umumiy uzunligi 12,7 ming kilometrni tashkil etuvchi 437 ta daryo va boshqa suv obyektlari hududlari boʻyicha oʻz faoliyatini olib boradi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Idoralararo guruhlar faoliyatiga rahbarlik prokuratura organlariga yuklanadi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Idoralararo guruhlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">– daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining holatini loyiha hujjatlari, litsenziya shartlari va qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganish;</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">– daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini noqonuniy amalga oshirish holatlarini aniqlash va oldini olish, shuningdek, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish;</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">– ushbu sohadagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalari boʻyicha profilaktika tadbirlarini oʻtkazish.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Bundan tashqari, davlat rahbari tomonidan daryolar oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilishgacha boʻlgan javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.</span></p>
<p style="TEXT-INDENT: 23.8pt; LINE-HEIGHT: 130%"><span style="FONT-WEIGHT: normal">Ushbu qarorning roʻyobga chiqarilishi, shak-shubhasiz, daryo va suv havzalarining oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirishni, noruda foydali qazilmalarni qazib olishni tartibga solish, shuningdek, qum-shagʻal materiallarini noqonuniy qazib olishning atrof-muhitga salbiyni taʼsirini bartaraf etish imkonini beradi.</span></p></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-3357230" id="-3357230">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2017-y., 07/17/3286/0015-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 13.11.2019-y., 07/19/4518/4020-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 22.04.2021-y., 07/21/5083/0371-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 21.11.2022-y., 07/22/426/1026-son; 20.01.2024-y., 06/24/14/0052-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 21.10.2025-y., 06/25/185/0956-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
