

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-27999" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="IygTWMa2bFU4LRch1ahvIqaBAQg8REGOYHxvZud/j8SDTY6nh4ukEeckan9+6WPcD80+I56pjaS1WRUXDgvC7BSi+GAPuQuvgdm0LV00khF+O0JYmqSRF6Y5SbO6OR88bIW01n4UW+e6sHMH/HpsKBeJxlXU+sBP4AibRqNq/PbgQwrQadqtWk1ASs9JjNeZunJWW06FdyBTIWGifY2dZA==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2014
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-27999" id="onLBC-27999">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6542"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;</span></div><div id="LBC6544"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6558"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-27999" id="onLS-27999">[<b>TSZ:</b><div id="LS4112"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-28001" id="-28001">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-28002" id="-28002">BUDJET TIZIMI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-28004" id="-28004"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28005" id="-28005">I. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28006" id="-28006">1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28007" id="-28007">Ushbu Qonun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28008" id="-28008">Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va uni boshqarish asoslarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28009" id="-28009">Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) tuzish prinsiplari va uning tuzilmasini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28010" id="-28010">Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28011" id="-28011">Davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28012" id="-28012">Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28013" id="-28013">Davlat budjeti mablagʻlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28014" id="-28014">2-modda. Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28015" id="-28015">Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28016" id="-28016">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28017" id="-28017">3-modda. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28018" id="-28018">Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294115" id="-1294115">aylanma kassa mablagʻi meʼyori — moliya yilida respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlarining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdori;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294117" id="-1294117">(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283302">Qonuni</a> tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28020" id="-28020">budjet jarayoni — Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28021" id="-28021">budjet dotatsiyasi — oʻz daromadlari va budjetni tartibga soluvchi boshqa mablagʻlar yetishmagan taqdirda quyi budjetning xarajatlari bilan daromadlari oʻrtasidagi farqni qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28022" id="-28022">budjetdan mablagʻ ajratish — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Davlat budjetidan budjet tashkilotlariga hamda boshqa budjet mablagʻlari oluvchilarga ajratiladigan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28023" id="-28023">budjet profitsiti — muayyan davrda budjet daromadlarining budjet xarajatlaridan ortiq boʻlgan summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28024" id="-28024">budjet ssudasi — yuqori budjetdan quyi budjetga yoxud respublika budjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablagʻ;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28025" id="-28025">budjet subvensiyasi — qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori budjetdan quyi budjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28026" id="-28026">budjet soʻrovi — budjet tasnifi boʻyicha tushumlarni shakllantirish va budjetdan mablagʻ ajratish toʻgʻrisidagi soʻrov;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28027" id="-28027">budjet tashkiloti — zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish nazarda tutilgan va bu mablagʻ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, davlat tashkiloti;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28028" id="-28028">budjet taqchilligi — muayyan davrda budjet xarajatlarining budjet daromadlaridan ortiq boʻlgan summasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28029" id="-28029">budjet transferti — budjetdan yuridik yoki jismoniy shaxsga bevosita yoxud vakolatli organ orqali ajratiladigan qaytarilmaydigan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28030" id="-28030">Davlat budjeti — davlat pul mablagʻlarining (shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarining) markazlashtirilgan jamgʻarmasi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28031" id="-28031">davlat ichki qarzlari — davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28032" id="-28032">davlat maqsadli jamgʻarmalari — Davlat budjeti tarkibida jamlantiriladigan jamgʻarmalar boʻlib, ularning har biri uchun mablagʻlar manbalari, har bir manbadan mablagʻ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablagʻlardan foydalanilishi mumkin boʻlgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28033" id="-28033">davlat tashqi qarzi — davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28034" id="-28034">davlat tomonidan ichki mablagʻni jalb qilish — aktivlarni ichki manbalardan (rezident-yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28035" id="-28035">davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish — aktivlarni xorij manbalaridan (chet el davlatlaridan, norezident yuridik shaxslardan va xalqaro tashkilotlardan) jalb etish hamda buning natijasida Oʻzbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki qarz oluvchi rezidentlarning oʻz kreditlarini (qarzlarini) toʻlashiga kafil sifatidagi majburiyatlari yuzaga kelishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28036" id="-28036">davlat qarzi — davlat tomonidan ichki mablagʻni va xorijdan mablagʻ jalb qilish natijasida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining yigʻindisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28037" id="-28037">mahalliy budjet — Davlat budjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28038" id="-28038">moliya yili — birinchi yanvardan oʻttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha boʻlgan vaqtni oʻz ichiga oluvchi davr;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28039" id="-28039">respublika budjeti — Davlat budjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi boʻlib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28040" id="-28040">Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti — Davlat budjetining Qoraqalpogʻiston Respublikasi pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi boʻlib, budjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28041" id="-28041">II. BUDJET TIZIMINI BOShQARISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28042" id="-28042">4-modda. Budjet tizimi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28043" id="-28043">Budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablagʻlari oluvchilar yigʻindisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, budjet jarayonida ular oʻrtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablagʻlari oluvchilar oʻrtasida vujudga keladigan oʻzaro munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28044" id="-28044">Moliya yiliga moʻljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi — soʻmda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28045" id="-28045">5-modda. Budjet tizimining asosiy prinsiplari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28046" id="-28046">Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28047" id="-28047">budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28048" id="-28048">budjet tuzilishining Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28049" id="-28049">turli darajadagi budjetlarning oʻzaro bogʻliqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28050" id="-28050">Davlat budjeti balansliligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28051" id="-28051">davlat daromadlarini aniq manbalar boʻyicha va xarajatlarini yoʻnalishlari (moddalari) boʻyicha rejalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294118" id="-1294118">Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻlar doirasida va xarajatlar smetalarida koʻrsatilgan maqsadlarda amalga oshirish; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294119" id="-1294119">(5-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283303">Qonuni</a> tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28053" id="-28053">barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28054" id="onLBC-28054">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6055"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6106"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28054" id="-28054">6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28055" id="-28055">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28056" id="-28056">Davlat budjeti loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28057" id="-28057">Davlat budjetining ijrosini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28058" id="-28058">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat budjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28059" id="-28059">davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194635" id="-1194635">Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdigʻiga kiritadi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194640" id="-1194640">(6-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183615">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28061" id="-28061">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28062" id="onLBC-28062">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6076"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);</span></div><div id="LBC6113"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.02.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (shuningdek, 01.12.05.00ga qarang) / 02.02.02.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining vakolatlari;</span></div><div id="LBC6123"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28062" id="-28062">7-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28063" id="-28063">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28064" id="-28064">tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qiladi, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1426489" id="-1426489">qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar miqdorlarini belgilaydi, mahalliy soliqlar boʻyicha imtiyozlar beradi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1426492" id="-1426492">(7-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli <a href="/m/acts/-1420858?ONDATE=01.01.2009 01#-1421064">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28066" id="-28066">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28067" id="-28067">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28068" id="-28068">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar loyihalarini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari qabul qilishi uchun taqdim etadi hamda ularning ijrosi toʻgʻrisida hisobotlar tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28069" id="-28069">budjetga tushumlar toʻliq va oʻz vaqtida tushishi hamda budjet mablagʻlaridan belgilangan maqsadda foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28072" id="-28072">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28073" id="-28073">8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28074" id="-28074">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28075" id="-28075">Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28076" id="-28076">Davlat budjeti mablagʻlarining tushumi va sarfi tartibini belgilaydi hamda ular ustidan nazoratni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28077" id="-28077">respublika budjeti xarajatlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28078" id="-28078">budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini roʻyxatdan oʻtkazadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28079" id="-28079">budjet mablagʻlari oluvchilarning Davlat budjeti mablagʻlaridan foydalanishini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek umummajburiy tusdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28080" id="-28080">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28081" id="-28081">III. DAVLAT BUDJETI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28082" id="-28082">9-modda. Davlat budjeti tuzilmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28083" id="-28083">Davlat budjeti:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28086" id="-28086">respublika budjetini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28089" id="-28089">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28090" id="-28090">Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamgʻarmalari jamlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28091" id="-28091">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetini hamda respublikaga (Qoraqalpogʻiston) boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28092" id="-28092">Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga boʻysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28093" id="-28093">Tumanlarga boʻlinadigan shaharning budjeti shahar budjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28094" id="-28094">Tumanga boʻysunadigan shaharlari boʻlgan tumanning budjeti tuman budjetini va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlarini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28095" id="onLBC-28095">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6566"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.04.00 Budjet tasnifi]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28095" id="-28095">10-modda. Budjet tasnifi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28096" id="-28096">Budjet tasnifi Davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar daromadlari va xarajatlarini, shuningdek uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini guruhlashdan iboratdir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28097" id="-28097">Budjet tasnifi Davlat budjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish hamda ijro etish maqsadida budjet maʼlumotlarini tizimga solish uchun foydalaniladi va u budjet maʼlumotlari xalqaro tasnif tizimlarining aynan shunday maʼlumotlari bilan qiyoslanishini taʼminlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28098" id="-28098">Budjet tasnifi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28099" id="-28099">Davlat budjeti daromadlarining tasnifini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28101" id="-28101">Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan, tashkiliy va iqtisodiy tasnifini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28103" id="-28103">Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifini oʻz ichiga oladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28105" id="-28105">Davlat budjeti daromadlarining tasnifi qonun hujjatlariga muvofiq ularni turlari va manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28106" id="-28106">Davlat budjeti xarajatlarining vazifa jihatidan tasnifi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek boshqa budjet tashkilotlari tomonidan ijro etiladigan asosiy vazifalar boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28107" id="-28107">Davlat budjeti xarajatlarining tashkiliy tasnifi budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ularni bevosita oluvchilar oʻrtasida taqsimlanishini aks ettiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar va tadbirlar turlari boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28108" id="-28108">Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi toʻlovlarning iqtisodiy vazifasi va turlari boʻyicha xarajatlarni guruhlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28109" id="-28109">Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish manbalari tasnifi taqchillikni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalari boʻyicha guruhlashdan iborat boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28110" id="-28110">Budjet tasnifi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28111" id="onLBC-28111">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6545"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28111" id="-28111">11-modda. Davlat budjeti daromadlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28112" id="-28112">Davlat budjeti daromadlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28113" id="-28113">1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28114" id="-28114">2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28115" id="-28115">3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28116" id="-28116">4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28117" id="-28117">5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28118" id="-28118">6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28119" id="onLBC-28119">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6546"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28119" id="-28119">12-modda. Davlat budjeti xarajatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28120" id="-28120">Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28121" id="-28121">1) budjet mablagʻlari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28122" id="-28122">2) joriy budjet transfertlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28123" id="-28123">3) kapital xarajatlar shaklida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28124" id="-28124">asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28125" id="-28125">chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28126" id="-28126">davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28127" id="-28127">davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28128" id="-28128">4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28129" id="-28129">5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28130" id="-28130">6) davlat maqsadli jamgʻarmalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28131" id="-28131">7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28132" id="-28132">8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28133" id="-28133">13-modda. Budjetlar oʻrtasida taqsimlangan mablagʻlarni daromadlar va xarajatlar jumlasiga kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28134" id="-28134">Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar oʻrtasida qaysi budjetlardan yoʻnaltirilayotgan boʻlsa, ular uchun xarajat hisoblanadigan, ayni bir vaqtda qaysi budjetlarga borib tushayotgan boʻlsa, ular uchun daromad hisoblanadigan mablagʻlar quyidagi shaklda taqsimlanishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28135" id="-28135">budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari (tasdiqlangan miqdorlar doirasida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28136" id="-28136">budjet ssudalari va ularning qaytarilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28137" id="-28137">ushbu Qonunga va tegishli yil uchun qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiq amalga oshiriladigan boshqa oʻzaro hisob-kitoblar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28138" id="-28138">14-modda. Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28139" id="-28139">Davlat budjeti taqchilligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28140" id="-28140">davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻlarni jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28142" id="-28142">respublika budjeti mablagʻlarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28147" id="-28147">qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28149" id="onLBC-28149">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6545"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.02.00 Respublika budjeti daromadlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28149" id="-28149">15-modda. Respublika budjeti daromadlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28151" id="-28151">Respublika budjeti daromadlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28154" id="-28154">1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28157" id="-28157">2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar boʻyicha davlat moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28161" id="-28161">3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28164" id="-28164">4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28166" id="-28166">5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga berilgan toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28170" id="-28170">6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28174" id="onLBC-28174">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6546"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28174" id="-28174">16-modda. Respublika budjeti xarajatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28178" id="-28178">Respublika budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28182" id="-28182">1) respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻi oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28186" id="-28186">2) joriy budjet transfertlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28189" id="-28189">3) kapital xarajatlar shaklida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28192" id="-28192">asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28195" id="-28195">chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28197" id="-28197">davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28199" id="-28199">davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28201" id="-28201">4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28203" id="-28203">5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28205" id="-28205">6) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28208" id="-28208">7) davlat maqsadli jamgʻarmalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28210" id="-28210">8) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha toʻlovlar shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28213" id="-28213">9) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28216" id="-28216">17-modda. Respublika budjeti taqchilligini moliyalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28219" id="-28219">Respublika budjeti taqchilligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28222" id="-28222">davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻlarni jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28225" id="-28225">respublika budjeti mablagʻlarining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28228" id="-28228">qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28232" id="onLBC-28232">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6558"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28232" id="-28232">18-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28236" id="-28236">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28243" id="-28243">1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga yoʻnaltiriladigan mahalliy soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28248" id="-28248">2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga oʻtkaziladigan umumdavlat soliqlari, yigʻimlari, bojlari va boshqa majburiy toʻlovlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28252" id="-28252">3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki obyektlarini joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28258" id="-28258">4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi boʻyicha davlat mulkiga oʻtgan pul mablagʻlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28262" id="-28262">5) yuqori budjetlardan beriladigan budjet dotatsiyalari, budjet subvensiyalari va budjet ssudalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28269" id="-28269">6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28272" id="-28272">7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28276" id="onLBC-28276">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6558"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti.  Mahalliy budjet]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28276" id="-28276">19-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28279" id="-28279">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablagʻlar ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28282" id="-28282">1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining joriy xarajatlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28285" id="-28285">2) joriy budjet transfertlari shaklida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28288" id="-28288">3) kapital xarajatlar shaklida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28290" id="-28290">asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28293" id="-28293">davlat ehtiyojlari uchun yerga boʻlgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28295" id="-28295">4) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28298" id="onLBC-28298">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6562"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.01 Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashuvchi Davlat jamgʻarmasi (shuningdek, 05.01.08.00, 06.03.03.00 larga qarang);</span></div><div id="LBC6563"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.02 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi  (shuningdek, 06.03.02.00 ga qarang);</span></div><div id="LBC6564"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28298" id="-28298">20-modda. Davlat maqsadli jamgʻarmalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28302" id="-28302">Davlat maqsadli jamgʻarmalariga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-940957" id="-940957">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-940960" id="-940960">(20-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-maydagi OʻRQ-2-son <a href="/m/acts/-598066?ONDATE=24.05.2005 00#-605776">Qonuni</a> tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-944413" id="-944413">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining maxsus hisobvaragʻi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-944415" id="-944415">(20-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrdagi OʻRQ-14-son <a href="/m/acts/-941866?ONDATE=20.12.2005 00#-943519">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 374-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28311" id="-28311">Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1677919" id="-1677919"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1677920" id="-1677920">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1677921" id="-1677921">(20-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-254-sonli <a href="/m/acts/-1677151?ONDATE=10.09.2010 00#-1677204">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28319" id="-28319">Davlat maqsadli jamgʻarmalarini tuzish, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28324" id="-28324">IV. BUDJETLAR OʻRTASIDAGI OʻZARO MUNOSABATLAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28325" id="-28325">21-modda. Davlat budjeti mablagʻlarini budjetlar oʻrtasida qayta taqsimlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28326" id="-28326">Davlat budjeti mablagʻlari turli darajadagi budjetlar oʻrtasida quyidagi yoʻllar bilan qayta taqsimlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28327" id="-28327">yuqori budjetlardan quyi budjetlarga budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28330" id="-28330">budjet ijrosi jarayonida paydo boʻlgan oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha mablagʻlarni yuqori budjetdan quyi budjetga, shuningdek quyi budjetdan yuqori budjetga yoʻnaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28331" id="-28331">budjet ssudalari ajratish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28335" id="-28335">Respublika budjetidan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga qabul qilingan Davlat budjeti doirasida ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28337" id="-28337">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari tumanlar va shaharlar budjetlariga tegishli qabul qilingan budjetlar doirasida ajratiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28339" id="-28339">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetida va mahalliy budjetlarda daromadlar va xarajatlar oʻrtasida paydo boʻladigan vaqtinchalik uzilish aylanma kassa mablagʻi meʼyori hisobiga, yuqori budjetlardan beriladigan budjet ssudalari, foydalanilmagan budjet mablagʻlari qoldiqlari hisobiga qoplanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28340" id="-28340">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetida, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarida nazarda tutilgan ayrim xarajatlarni maqsadli moliyalashtirish uchun quyi budjetlar hisobiga kiritiladigan daromadlarni respublika budjetiga oʻtkazishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28341" id="-28341">22-modda. Xarajatlarni respublika budjetidan moliyalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28342" id="-28342">Respublika budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28366" id="-28366">1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlari boʻyicha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28368" id="-28368">2) ijtimoiy taʼminot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28369" id="-28369">3) mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28372" id="-28372">4) sudlar va prokuratura organlari faoliyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28375" id="-28375">5) davlat zaxirasi va safarbarlik zaxirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28378" id="-28378">6) davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28381" id="-28381">7) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28383" id="-28383">8) iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga boʻysunadigan budjet tashkilotlarini saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28386" id="-28386">9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28388" id="-28388">10) yer tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28391" id="-28391">11) qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28394" id="-28394">12) gidrometeorologiya, doʻlga qarshi kurash chora-tadbirlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28395" id="-28395">13) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28400" id="-28400">23-modda. Xarajatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28403" id="-28403">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagilarga moʻljallangan xarajatlar moliyalashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28405" id="-28405">1) fan, taʼlim, madaniyat, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari boʻyicha);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28407" id="-28407">2) ijtimoiy taʼminot;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28410" id="-28410">3) aholini ijtimoiy himoya qilish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28412" id="-28412">4) Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28414" id="-28414">5) iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjet tashkilotlarini saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28417" id="-28417">6) qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28420" id="-28420">7) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28425" id="-28425">24-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga va mahalliy budjetlarga belgilanadigan cheklovlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28428" id="-28428">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar balansli daromadlar va xarajatlarga ega boʻlishi kerak. Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar taqchilligiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28431" id="-28431">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni qabul qilish va ijro etishda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28433" id="-28433">1) qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan manbalar hisobiga jamgʻarmalar tashkil etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28435" id="-28435">2) mablagʻ jalb qilishni amalga oshirishga (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28438" id="-28438">3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablagʻdan ortiqroq mablagʻ sarflashga (ushbu <a href="/m/acts/-27999#-28665">Qonunda</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28441" id="-28441">4) budjet mablagʻlari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va kafilliklar berishga;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1253915" id="-1253915"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1253916" id="-1253916">5) yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalari berishga yoʻl qoʻyilmaydi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga taʼmirlash-tiklash ishlari uchun budjet ssudalarini berish hollari bundan mustasno.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1253917" id="-1253917">(24-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-113-sonli <a href="/m/acts/-1252791?ONDATE=22.09.2007 00#-1252911">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 39-son, 399-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28446" id="onLBC-28446">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6555"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.10.00 Budjet jarayoni]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28446" id="-28446">V. DAVLAT BUDJETINI TAYYORLASh, KOʻRIB ChIQISh VA QABUL QILISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28448" id="-28448">25-modda. Budjet soʻrovi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28450" id="-28450">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28451" id="-28451">tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamgʻarmalari loyihalarini tayyorlash uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlarga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28454" id="-28454">budjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olishga buyurtmalar tuzish uchun — respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet soʻrovi yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28460" id="-28460">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, ushbu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28461" id="-28461">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari ushbu moddaning <a href="/m/acts/-27999?ONDATE=01.01.2001 00#-28460">ikkinchi qismida</a> koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28462" id="-28462">tegishli budjetlar loyihalarini tayyorlashi uchun — tuman va shahar hokimlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28463" id="-28463">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan budjet mablagʻlari olishga buyurtmalar tuzish uchun — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilarga budjet soʻrovlari yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28464" id="-28464">Viloyatga boʻysunadigan shaharlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hamda shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlarning hokimlari budjet soʻrovi olinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tegishli budjetlar loyihalarini tuzish, bu loyihalarni tayyorlash tartibini va muddatlarini belgilash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28465" id="-28465">Tuman va shahar hokimliklarining moliya organlari ushbu moddaning <a href="/m/acts/-27999#-28464">toʻrtinchi qismida</a> koʻrsatilgan qarorlar qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida tumanlar va shaharlarning budjetlaridan budjet mablagʻlari olish uchun asoslangan buyurtmalar tuzish uchun — shu tuman va shahar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilarga budjet soʻrovlari yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28466" id="-28466">Budjetdan ajratiladigan mablagʻlar olish uchun beriladigan buyurtma shakli va uni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28467" id="-28467">26-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28468" id="-28468">Kelgusi moliya yiliga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar olishga buyurtmalar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28469" id="-28469">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyunidan kechiktirmay tegishli moliya organlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28470" id="-28470">respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar tomonidan — joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28471" id="-28471">Kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar loyihalari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28472" id="-28472">tumanlar va shaharlar hokimliklari moliya organlari tomonidan — mahalliy hokimiyat vakillik organlari belgilagan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning yigirma beshinchi iyunidan kechiktirmay yuqori moliya organlariga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28473" id="-28473">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda, biroq joriy yilning birinchi iyulidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194648" id="-1194648">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning oʻn beshinchi sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194653" id="-1194653">(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183616">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28475" id="-28475">27-modda. Davlat budjeti loyihasini tayyorlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28476" id="-28476">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablagʻlari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28477" id="-28477">Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28478" id="-28478">1) budjet tasnifiga muvofiq aks ettiriladigan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28479" id="-28479">2) umumdavlat soliqlaridan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlariga ajratmalar normativlari, shuningdek mazkur budjetlarning daromadlari, shu jumladan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari hamda xarajatlari miqdorlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28480" id="-28480">3) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyori miqdorlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28481" id="-28481">4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari zaxira jamgʻarmalarining nazarda tutilmagan xarajatlarni qoplashga tegishli budjet mablagʻlari yoʻnaltirilishi mumkin boʻlgan doiradagi miqdorlarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28482" id="-28482">5) Davlat budjeti taqchilligining eng yuqori miqdori va uni moliyalashtirish manbalarini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28483" id="-28483">6) davlat ichki va tashqi qarzlarining, davlat tomonidan beriladigan kreditlar hamda kafolatli jamgʻarmaning eng yuqori miqdorlarini oʻz ichiga oladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194660" id="-1194660">Kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilishni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri amalga oshiradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194662" id="-1194662">(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183619">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28485" id="-28485">28-modda. Budjetnoma</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194668" id="-1194668">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni oʻz ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194675" id="-1194675">(28-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183620">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28486" id="-28486"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28487" id="-28487">1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻtgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194678" id="-1194678">2) oʻtgan yilgi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194680" id="-1194680">(28-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183622">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28489" id="-28489">3) kelgusi yilga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos boʻlgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194689" id="-1194689">4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlari loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194692" id="-1194692">(28-modda birinchi qismining 4-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183623">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28491" id="-28491">5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yoʻnalishlariga sharhlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28492" id="-28492">6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular boʻyicha xarajatlar holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1194698" id="-1194698">7) kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1194700" id="-1194700">(28-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183626">Qonuni </a>tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28494" id="-28494">Budjetnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning oʻn beshinchi oktyabridan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritiladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28495" id="-28495">29-modda. Davlat budjetining qabul qilinishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28496" id="-28496">Davlat budjeti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28497" id="-28497">Davlat budjetiga muvofiq:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28498" id="-28498">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28499" id="-28499">Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28500" id="-28500">shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman boʻysunuvidagi shaharlar budjetlari — belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28501" id="-28501">30-modda. Davlat budjetining budjet mablagʻlari oluvchilarga yetkazilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28502" id="-28502">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28503" id="-28503">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari eʼtiboriga Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari daromadlari va xarajatlari miqdorini, shuningdek kelgusi moliya yili uchun ularga respublika budjetidan ajratiladigan budjet dotatsiyalari va budjet subvensiyalari miqdorini va budjetga oid boshqa koʻrsatkichlarni — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin uch kunlik muddat ichida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28504" id="-28504">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi eʼtiboriga Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangan miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28505" id="-28505">respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar eʼtiboriga ular uchun belgilangan daromadlar va xarajatlar miqdorini — Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin oʻn kunlik muddat ichida yetkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28506" id="-28506">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik muddat ichida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28507" id="-28507">davlat soliq xizmatining tegishli mahalliy organlari eʼtiboriga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar daromadlarining tasdiqlangan miqdorini;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28508" id="-28508">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar eʼtiboriga ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar miqdorlarini yetkazadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28509" id="onLBC-28509">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6556"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;</span></div><div id="LBC6557"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28509" id="-28509">VI. DAVLAT BUDJETINING IJROSI VA UNING IJRO ETILIShINI NAZORAT QILISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28510" id="-28510">31-modda. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28511" id="-28511">Davlat budjeti daromadlari ushbu Qonunga, soliq, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28512" id="-28512">Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning oʻttiz birinchi dekabrigacha Davlat budjetiga toʻlanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga oʻtkazilishi kerak. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1294120" id="-1294120">32-modda. Davlat budjeti mablagʻlarini sarflash</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1294121" id="-1294121"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294122" id="-1294122">Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294123" id="-1294123">respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi yoki uning hududiy boʻlinmalari tomonidan; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294124" id="-1294124">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining hududiy boʻlinmalari tomonidan toʻlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294125" id="-1294125">Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294126" id="-1294126">Respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona gʻazna hisobvaragʻidagi budjet mablagʻlari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablagʻi meʼyorini shakllantirishga yoʻnaltiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294127" id="-1294127">Respublika budjeti budjet mablagʻlari qoldiqlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294128" id="-1294128">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablagʻlari qoldiqlarining aylanma kassa mablagʻi meʼyorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga koʻra qoʻshimcha xarajatlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294129" id="-1294129">Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi, kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294130" id="-1294130">(32-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283305">Qonuni</a> tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28641" id="-28641">33-modda. Qabul qilingan Davlat budjeti boʻlmagan taqdirda budjetni ijro etish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28642" id="-28642">Agar kelgusi moliya yili uchun Davlat budjeti yil boshlangunga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, u holda Davlat budjeti qabul qilingunga qadar boʻlgan davrda davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294131" id="-1294131">boshlangan moliya yilidagi xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning uchdan bir qismidan ortiq boʻlmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294132" id="-1294132">(33-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283315">Qonuni </a>tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294134" id="-1294134">budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy boʻlingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294135" id="-1294135">(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283317">Qonuni</a> asosida uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28644" id="-28644">avvalgi moliya yilida qilinmagan budjet xarajatlari amalga oshirilmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28645" id="-28645">avvalgi moliya yilida amalda boʻlgan soliq solish va majburiy toʻlovlar toʻlash tartibi Davlat budjeti qabul qilingunga qadar oʻz kuchini yoʻqotmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28646" id="-28646">Davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan taqdirda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili mobaynida qabul qilingan Davlat budjetiga muvofiqlashtirilishi kerak.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28647" id="-28647">34-modda. Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga oʻzgartirishlar kiritish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28648" id="-28648">Budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga moliya yili mobaynida oʻzgartirishlar kiritish bir budjet mablagʻlari oluvchisi uchun budjet mablagʻlarining kamaytirilishi boshqa budjet mablagʻlari oluvchisi uchun budjet mablagʻlarining tegishli ravishda koʻpaytirilishini nazarda tutgan tartibda: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28649" id="-28649">1) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmining oʻn foiziga qadari:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28650" id="-28650">Davlat budjetida koʻrsatib oʻtilgan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28651" id="-28651">respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28652" id="-28652">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28653" id="-28653">2) tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hajmining oʻn foizidan ortigʻi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28654" id="-28654">Davlat budjetida koʻrsatib oʻtilgan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28655" id="-28655">respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28656" id="-28656">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar uchun — tegishli moliya organlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28657" id="-28657">Budjet mablagʻlari oluvchining soʻroviga binoan moliya yili uchun unga nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar ayrim moddalar boʻyicha (kapital qoʻyilmalar moddalari bundan mustasno) boshqa moddalar boʻyicha budjetdan ajratiladigan mablagʻlari teng miqdorda kamaytirilgan va mazkur budjet mablagʻlari oluvchi uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablagʻlarning umumiy hajmi saqlab qolingan holda dastlabki hajmining oʻn besh foiziga qadar koʻpaytirilishi mumkin. Budjetdan ajratilgan mablagʻlarga mazkur oʻzgartirishlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28658" id="-28658">1) respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28659" id="-28659">2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan ajratiladigan budjet mablagʻlariga — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli moliya organlari tomonidan kiritiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28660" id="-28660">35-modda. Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28661" id="-28661">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari, agar muayyan harakatlari budjet taqchilligining qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib ketishiga olib keladigan boʻlsa, Davlat budjeti daromadlarini qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biron-bir harakat qilishga haqli emaslar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28662" id="-28662">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti hamda mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida ayrim turlar boʻyicha budjet daromadlarini qisqartirishga olib keluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar unda boshqa turlar boʻyicha daromadlarni koʻpaytirish va (yoki) budjet xarajatlari tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak boʻlgan moddalar nazarda tutilgan boʻlsagina, qabul qilinishi va amalga kiritilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28663" id="-28663">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli budjet xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari koʻpayishiga olib keluvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilingan taqdirda hosil boʻladigan ortiqcha mablagʻlar mazkur qaror qabul qilingan darajadagi budjetga mablagʻlarni qayta taqsimlash uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28664" id="-28664">Agar Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida Davlat budjetidan olingan budjet mablagʻlarini koʻpaytirish (kamaytirish) toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tomonidan tegishli darajadagi budjetlar hajmiga oʻzgartirishlar kiritiladi. Xarajatlarni koʻpaytirish yoki ularni qisqartirish budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Budjetlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28665" id="-28665">Soliq va budjet toʻlovlari intizomini mustahkamlash yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga tasdiqlangan koʻrsatkichlardan tashqari tushgan qoʻshimcha daromadlar aylanma kassa mablagʻi meʼyori tasdiqlanganidan kam boʻlmagan miqdorda saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan budjetdagidan tashqari xarajatlarga yoʻnaltirilishi mumkin. Mazkur masalaga doir qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimlar tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28666" id="-28666">36-modda. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28667" id="-28667">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi budjetlarning qonun hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlar doirasida bajarilishi uchun javobgardir. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28668" id="-28668">Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat budjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining xarajatlarini alohida moddalar boʻyicha qisqartirish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taklif kiritadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28669" id="-28669">Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni toʻgʻrilash maqsadida moliya yili mobaynida ularga tegishli budjetlardan budjet ssudalari ajratilishi mumkin. Budjet ssudalarini berishning eng kech muddati va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28670" id="-28670">Turli darajadagi budjetlarning daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni moliya yili mobaynida aylanma kassa mablagʻi meʼyori hisobiga uni moliya yili oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, budjet mablagʻlarining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli qogʻozlarini chiqarish hisobiga qoplash mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1294136" id="-1294136">37-modda. Davlat budjetining kassa ijrosi</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1294137" id="-1294137"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294138" id="-1294138">Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat budjetining kassa ijrosini taʼminlaydi. Banklar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirigʻiga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294139" id="-1294139">Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlari ularning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida yoki uning hududiy boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablagʻlar qoldiqlari doirasida toʻlov topshiriqnomalari boʻyicha amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294140" id="-1294140">(37-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283320">Qonuni</a> tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28679" id="-28679">38-modda. Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28683" id="-28683">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari Davlat budjeti ijrosi nazorat qilinishini amalga oshirish chogʻida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28685" id="-28685">turli darajadagi budjetlar ijrosi yakunlarini koʻrib chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28688" id="-28688">turli darajadagi budjetlarga mablagʻlar tushumi toʻgʻrisida soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlardan axborotlar oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294142" id="-1294142">budjet mablagʻlari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazadi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294143" id="-1294143">(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283324">Qonuni</a> asosida toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294144" id="-1294144">tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat koʻrsatuvchining) bevosita hisobvaragʻiga budjet mablagʻlarini oluvchilar nomidan toʻlovlarni amalga oshiradi; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294177" id="-1294177">(38-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283327">Qonuni </a>tahririda — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28695" id="-28695">qonun hujjatlariga muvofiq banklardan budjet mablagʻlari harakati toʻgʻrisida maʼlumotlar oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28697" id="-28697">budjet mablagʻlari oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyatini oʻz vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan oʻtkazadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28701" id="-28701">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida Davlat budjeti ijrosining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini koʻrib chiqadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28704" id="-28704">39-modda. Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28707" id="-28707">Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan hisobot davrida foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28709" id="-28709">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablagʻlardan hisobot davrida foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1294179" id="-1294179">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1294180" id="-1294180">(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrdagi OʻRQ-130-sonli <a href="/m/acts/-1283241?ONDATE=18.12.2007 00#-1283330">Qonuni</a> asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — 2007-y., 50-51-son, 509-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28713" id="-28713">Tumanlarning, shuningdek respublika (Qoraqalpogʻiston), viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning moliya organlari shahar, tuman budjetining hisobot davridagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli hokimliklarga hamda yuqori moliya organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28718" id="-28718">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya organlari tegishli budjetlarning hisobot davridagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28720" id="-28720">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqib maʼqullanganidan keyin bu hisobotlarni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28723" id="-28723">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotni har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28726" id="-28726">Davlat soliq xizmatining joylardagi soliq organlari soliqlar, yigʻimlar, bojlar va boshqa majburiy toʻlovlarning Davlat budjetiga hisobot davridagi tushumlari toʻgʻrisidagi hisobotni har oyda tegishli moliya organlariga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28728" id="-28728">Davlat maqsadli jamgʻarmalarini taqsimlovchi organlar hisobot davrida davlat maqsadli jamgʻarmalariga mablagʻlar tushumi va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1272043" id="-1272043"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1272044" id="-1272044">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1272046" id="-1272046">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash oʻtkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1272048" id="-1272048">Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning oʻninchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1272049" id="-1272049">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning oʻn beshinchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1272050" id="-1272050">(39-moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-apreldagi OʻRQ-95-son <a href="/m/acts/-1183557?ONDATE=28.04.2007 00#-1183628">Qonuniga </a>muvofiq toʻqqizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar bilan almashtirildi — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda) <br /><br /></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28734" id="-28734">Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28737" id="-28737">Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-28741" id="-28741">VII. YAKUNLOVChI QOIDALAR</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-28744" id="onLBC-28744">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6553"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-28744" id="onLS-28744">[<b>TSZ:</b><div id="LS3774"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Xorijdan mablagʻ jalb qilish]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28744" id="-28744">40-modda. Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28747" id="-28747">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kelgusi moliya yili uchun Davlat budjetini qabul qilayotganda davlat ichki va tashqi qarzining eng yuqori miqdorlarini tasdiqlaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28749" id="-28749">Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishga hamda davlat qarzi koʻpayishiga olib keladigan boshqa harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28752" id="-28752">Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilish: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28755" id="-28755">1) iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28758" id="-28758">2) Davlat budjeti daromadlari bilan xarajatlari oʻrtasida tushumlar vaqtga koʻra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik ichki tafovutni toʻgʻrilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28760" id="-28760">3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28763" id="-28763">4) budjet taqchilligini moliyalashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28767" id="-28767">5) tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28771" id="-28771">Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilishda qarz majburiyatlarining quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28775" id="-28775">1) qisqa muddatli (bir yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan), oʻrtacha muddatli (bir yildan besh yilgacha boʻlgan davrga chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga chiqariladigan) davlat qimmatli qogʻozlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28778" id="-28778">2) kreditlar (qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28795" id="-28795">3) Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28798" id="-28798">4) budjet daromadlari bilan xarajatlari oʻrtasidagi vaqtinchalik tafovutni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28801" id="-28801">5) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28807" id="-28807">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat tomonidan amalga oshirilgan barcha mablagʻ jalb qilishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga axborot taqdim etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28822" id="-28822">Davlat tomonidan mablagʻ jalb qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ davlat qarziga xizmat koʻrsatuvchi va davlat tomonidan mablagʻ jalb qilish boʻyicha hisob-kitoblarning oʻz vaqtida va toʻgʻri yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi agent vazifasini bajarishlari yuzasidan banklar, moliya tashkilotlari bilan shartnomalar tuzishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28828" id="-28828">41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28833" id="-28833">Rezident-yuridik shaxslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, shuningdek kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28834" id="-28834">42-modda. Kafolat jamgʻarmasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28835" id="-28835">Davlat qarzi boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishga hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablagʻ jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib chiquvchi toʻlovlarni amalga oshirish uchun mablagʻlarni jamlashga shart-sharoit yaratish maqsadida respublika budjeti tarkibida kafolat jamgʻarmasi tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28836" id="-28836">Kafolat jamgʻarmasini tashkil etish va undan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-28837" id="-28837">43-modda. Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-28839" id="-28839">Budjet tizimi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-28843" id="-28843">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-28845" id="-28845">Toshkent shahri,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-28848" id="-28848">2000-yil 14-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-28850" id="-28850">158-II-son</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-28003" id="-28003">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 51-son, 374-modda; 52-son, 385-modda; 2007-y., 17-18-son, 173-modda; 39-son, 399-modda; 50-51-son, 509-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
