

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-184746" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="OwvAVRNy1kLpOAKLhwYm2cueDlbVNRFaW6NRdm4XQfZp7boaPlKwMjM70zYyN+FGfUBRCw2dDh4F07LvOp7wNnUZ5iaScmemM1wV9i1nt7MraghQyBlyxyQKVxPPh+mCuPFbaU8PNllsO8Swf1xVgFGdx6h3DVm3rWauWGBB0w/JIgd06kPcVXodIVdoU7PQV2mhu+pPsX5PdDuoHTbqog==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.04.2016
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-184746" id="onLBC-184746">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7081"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-184746" id="onLS-184746">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-184748" id="-184748"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-184749" id="-184749">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA KODEKSI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-184751" id="-184751"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185036" id="onLBC-185036">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7081"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185036" id="-185036">I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185038" id="-185038">1-modda. Bojxona siyosati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185039" id="-185039">Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining tarkibiy qismi hisoblanuvchi yagona bojxona siyosati amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185040" id="-185040">Bojxona siyosatining asosiy maqsadlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida samarali bojxona nazoratini hamda tovar ayirboshlashni tartibga solishni taʼminlashdan, iqtisodiyotning rivojlanishini ragʻbatlantirishdan, ichki bozorni himoyalashdan iborat. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185042" id="-185042">2-modda. Bojxona ishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185044" id="-185044">Bojxona ishi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, boj toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi va shartlaridan hamda bojxona siyosatini amalga oshirishning boshqa vositalaridan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185045" id="-185045">Bojxona ishi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185046" id="-185046">3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185047" id="-185047">Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo boʻshligʻi bojxona hududini tashkil etadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185049" id="-185049">Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185050" id="-185050">Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalari va erkin omborlarning tegralari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185051" id="-185051">4-modda. Bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185052" id="-185052">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona ishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185053" id="-185053">Bojxona ishida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olayotgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan taqdirda, tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185054" id="-185054">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida bojxona haqidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185055" id="-185055">5-modda. Bojxona organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185056" id="-185056">Bojxona organlari bojxona ishi vazifalarini hal etish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda davlatning oʻzga organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185057" id="-185057">Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari bojxona organlari zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda koʻmaklashishlari, shu jumladan bu vazifalarni hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish orqali ularga koʻmaklashishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185059" id="-185059">Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolatlariga taalluqli ayrim harakatlar oʻz nazoratlari ostida davlatning boshqa organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishiga ruxsat berishga haqlidir. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185060" id="-185060">6-modda. Bojxona organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185062" id="-185062">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185064" id="-185064">Bayroq hamda farqlash belgisi toʻgʻrisidagi Nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185067" id="-185067">7-modda. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185069" id="-185069">Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-203849" id="-203849">1) tovarlar — har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan valyuta va valyuta boyliklari, elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari, ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-185078">4-bandida</a> qayd etilgan transport vositalaridan boshqa transport vositalari, intellektual mulk obyektlari; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-203857" id="-203857">(7-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59640">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185075" id="-185075">2) Oʻzbekiston tovarlari — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185077" id="-185077">3) chet el tovarlari — ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-185075">2-bandida </a>koʻrsatilmagan tovarlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185078" id="-185078">4) transport vositalari — yoʻlovchilar va tovarlarni tashish uchun foydalaniladigan vositalar, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185079" id="-185079">5) tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaxslar — tovarlar va transport vositalarining mulkdorlari, ularning sotib oluvchilari, egalari yoxud ular bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan harakatlarni oʻz nomidan amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq yetarli boʻlgan boshqacha tarzda ishtirok etuvchi shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185080" id="-185080">6) tashuvchi — tovarlarni amalda olib oʻtuvchi yoxud transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185081" id="-185081">7) deklarant — tovarlarni olib oʻtuvchi, tovarlar va transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi, koʻrsatuvchi va taqdim etuvchi shaxs yoki tovar olib oʻtuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185082" id="-185082">8) bojxona chegarasidan olib oʻtish — tovarlar yoki transport vositalarini har qanday usulda, shu jumladan xalqaro pochta joʻnatmalarini yuborish, quvur transportidan hamda elektr uzatish liniyalaridan foydalanish yoʻli bilan bojxona hududiga olib kirish yoki olib chiqish harakatlarini amalga oshirish. Shunday harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185084" id="-185084">tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan olib kirilganda — bojxona chegarasidan amalda oʻtish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185085" id="-185085">tovarlar yoki transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilganda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududiga olib chiqilganda — bojxona deklaratsiyasini taqdim etish yoki tovar yoxud transport vositalarini olib chiqish maqsadini amalga oshirishga bevosita qaratilgan oʻzga harakatni bajarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185086" id="-185086">9) bojxona nazorati — qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organlari amalga oshiradigan tadbirlar majmui;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185087" id="-185087">10) bojxona taʼminlovi — bojxona organlari plombalar, muhrlar bosish, raqamli, harfli va boshqa markalar, qiyoslash belgilari qoʻyish, shtamplar bosish yoʻli bilan amalga oshiradigan tovarlar va transport vositalarini, binolar va boshqa joylarni qiyoslash vositasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185090" id="-185090">11) bojxona rasmiylashtiruvi — tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida bojxona organlarining mansabdor shaxslari amalga oshiradigan operatsiyalar majmui;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185091" id="-185091">12) bojxona rejimi — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185092" id="-185092">13) chiqishga ruxsat berish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtgan tovarlar yoki transport vositalarini shaxsning toʻla ixtiyoriga berishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185093" id="-185093">14) shartli chiqarib yuborish — shaxsning belgilangan cheklashlar, talablar yoki shartlarga rioya qilish majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi bilan bogʻliq holda tovarlar va transport vositalarini chiqarib yuborish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185094" id="-185094">15) iqtisodiy siyosat choralari — tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek respublika iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solib turuvchi boshqa choralarni oʻz ichiga oladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185096" id="-185096">16) dastlabki qaror — tovarning tasnifi, uning boj qiymati, qaysi mamlakatda tayyorlanganligi, bojxona toʻlovlarining miqdoriga hamda bojxona ishiga oid boshqa masalalarga taalluqli boʻlgan bojxona organi chiqargan qaror. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2255141" id="-2255141"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2255142" id="-2255142">7<sup>1</sup>-modda. Tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi prinsipi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2255144" id="-2255144">Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2255174" id="-2255174">(7<sup>1</sup>-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250016">Qonuniga </a>asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185101" id="-185101">II BOʻLIM. TOVARLAR VA TRASPORT VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING BOJXONA ChEGARASIDAN OLIB OʻTISh</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185103" id="onLBC-185103">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7100"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.07.00.00 Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali valyuta, tovarlar va transport mahsulotlarini olib oʻtish]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185103" id="-185103">1-bob. ASOSIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185104" id="-185104">8-modda. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185105" id="-185105">Barcha shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishda teng huquqlarga egadirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185107" id="-185107">Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185108" id="-185108">9-modda. Tovarlar va transport vositalarini olib kirish va olib chiqishni taqiqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185110" id="-185110">Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, maʼnaviyat, inson hayoti va salomatligini saqlash, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, Oʻzbekiston Respublikasi hamda boshqa mamlakatlar xalqlarining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlarni isteʼmol qiluvchilarning manfaatlarini himoya qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185112" id="-185112">Bojxona chegarasi orqali olib oʻtish taqiqlangan tovarlar va transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida bu tovarlar va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilmagan boʻlsa, darhol Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketilishi yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytarilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185117" id="-185117">Tovarlar va transport vositalarini olib chiqib ketishni yoki qaytarishni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi oʻz hisobidan amalga oshiradi. Tovarlar va transport vositalari darhol olib chiqib ketilmagan yoki qaytarilmagan taqdirda ular bojxona organiga qarashli boʻlgan omborga vaqtincha saqlash rejimi ostida joylashtiriladi. Saqlash muddati uch sutka boʻladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185118" id="-185118">10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tovarlar va transport vositalarini olib oʻtishdagi cheklovlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185119" id="-185119">Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan olib oʻtishdagi cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining huquqni kamsituvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185120" id="-185120">Koʻrsatib oʻtilgan cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi qiladigan xarajatlar bojxona organlari tomonidan toʻlanmaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185121" id="-185121">11-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi va vaqti</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185125" id="-185125">Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi va vaqti bojxona organlari tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185126" id="-185126">12-modda. Transport vositalarini olib oʻtish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185129" id="-185129">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan, shu jumladan tovar sifatida olib oʻtiladigan transport vositalari bojxona organlari belgilaydigan joylarda toʻxtatiladi. Bu talab bajarilmagan taqdirda, bojxona organlari transport vositalarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda majburlab toʻxtatishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185130" id="-185130">Transport vositalarini toʻxtatib turish muddati va joyi bojxona organlari tomonidan tashuvchi bilan birgalikda aniqlanadi. Transport vositalarini toʻxtatib turish muddati bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid tarzda qisqartirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185131" id="-185131">Transport vositalarini toʻxtatib turish joylaridan joʻnatib yuborish bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185133" id="-185133">Transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtish joyi va vaqti tashuvchi tomonidan tegishli bojxona organi bilan kelishib olinadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185134" id="-185134">13-modda. Valyutani va valyuta boyliklarini olib oʻtish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185135" id="-185135">Oʻzbekiston Respublikasi valyutasini va valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185147" id="-185147">14-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarida olib oʻtish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185148" id="-185148">Jismoniy shaxslar notijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soddalashtirilgan, imtiyozli tartibda olib oʻtishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185149" id="-185149">Tovarlarning nimaga moʻljallanganligi ularning xususiyatlari va miqdoriga, tovarlarni olib oʻtish takrorlanib turishiga qarab, jismoniy shaxsning safari qanday vaziyatda kechayotganligini hisobga olib belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185150" id="-185150">15-modda. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar hamda transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162756" id="-2162756"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162759" id="-2162759">Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilib, bu imtiyozlar nima munosabat bilan berilgan boʻlsa, shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalaridan faqat shu maqsadda foydalanishga va ularni tasarruf etishga yoʻl qoʻyiladi. Boshqa maqsadda ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162761" id="-2162761">(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160767">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185153" id="-185153">2-bob. BOJXONA REJIMLARI</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185154" id="onLBC-185154">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7081"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185154" id="-185154">16-modda. Bojxona rejimlarining turlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185155" id="-185155">Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish ularning bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185156" id="-185156">Quyidagi turdagi bojxona rejimlari (bundan buyon matnda rejim) belgilanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185157" id="-185157">1) erkin muomalaga chiqarish (import);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185158" id="-185158">2) reimport;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185159" id="-185159">3) eksport;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185160" id="-185160">4) reeksport;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185161" id="-185161">5) tranzit;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185162" id="-185162">6) vaqtincha olib kirish (olib chiqish);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185163" id="-185163">7) vaqtincha saqlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185164" id="-185164">8) bojxona ombori;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185165" id="-185165">9) erkin bojxona zonasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185166" id="-185166">10) erkin ombor;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185167" id="-185167">11) boj olinmaydigan savdo doʻkoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185168" id="-185168">12) bojxona hududida qayta ishlash;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-203879" id="-203879">(16-modda ikkinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59641">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185170" id="-185170">14) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185171" id="-185171">15) yoʻq qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185172" id="-185172">16) davlat foydasiga voz kechish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185173" id="-185173">Shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalarining xususiyati, miqdori, qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgani yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan rejimni tanlashga yoki uni boshqasiga oʻzgartirishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-203894" id="-203894">Rejimlarning qoʻllanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-203903" id="-203903">(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59560">Qonuni</a> asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185174" id="onLBC-185174">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7084"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.01 Erkin muomalaga qoʻyib yuborish]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185174" id="-185174">17-modda. Erkin muomalaga chiqarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185175" id="-185175">Erkin muomalaga chiqarish shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar ularni ushbu hududdan olib chiqib ketish majburiyatisiz bu erda doimiy qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185176" id="-185176">Rejim import bojlarini, soliqlarni va boshqa boj toʻlovlarini toʻlashni, iqtisodiy siyosat choralariga hamda boshqa chora-tadbirlarga rioya etishni nazarda tutadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185177" id="onLBC-185177">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7085"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.02 Reimport]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185177" id="-185177">18-modda. Reimport</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185178" id="-185178">Reimport shunday rejimki, bunda eksport rejimida bojxona hududidan olib chiqilgan Oʻzbekiston tovarlari import bojlarini, soliqlarni toʻlamasdan, shuningdek ularga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-185179">ikkinchi qismida</a> belgilangan muddatlarda qayta olib kiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185179" id="-185179">Olib chiqilgan paytdan boshlab oʻn yil ichida bojxona hududiga qaytarib olib kirilgan, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar hamda qonun hujjatlarida belgilanadigan boshqa hollarni istisno etganda, olib chiqilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda turgan tovarlar reimport rejimiga joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185180" id="-185180">Tovarlarni eksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan eksport boji va soliqlar summasi, bu tovarlar olib chiqilgan paytdan boshlab uch yil ichida reimport rejimida qaytarib olib kirilgan taqdirda, bojxona organining taqdimnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185181" id="-185181">Tovarlar reimport qilinganda tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs tovarlarni olib chiqish chogʻida toʻlov tarzida yoki boshqa imtiyozlar tufayli olgan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185182" id="onLBC-185182">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7086"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.03 Eksport]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185182" id="-185182">19-modda. Eksport</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-203908" id="-203908">Eksport shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududidan tashqariga ularni ushbu hududga qaytarib olib kirish majburiyatisiz olib chiqiladi. Eksport rejimiga joylashtirilgan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu hududdan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda turishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-203923" id="-203923">(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59645">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185185" id="-185185">Tovarlarni eksport rejimida olib chiqish eksport boji va boshqa bojxona toʻlovlari toʻlangan, iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185186" id="-185186">Eksport rejimida olib chiqilayotganda tovarlar soliqlardan ozod etiladi yoxud toʻlangan soliqlar summasi qonun hujjatlariga muvofiq qaytarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185187" id="-185187">Tovarlar eksport rejimida chiqarilayotganda tovarlar bojxona hududidan tashqariga, tovarlar holatining tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kunda qanday boʻlsa, shunday holatda olib chiqilishi lozim.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185188" id="onLBC-185188">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7087"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.04 Reeksport]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185188" id="-185188">20-modda. Reeksport</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185189" id="-185189">Reeksport shunday rejimki, bunda chet el tovarlari bojxona hududidan olib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185190" id="-185190">Agar tovarlar bojxona organiga keyinchalik reeksport rejimida olib chiqib ketishga moʻljallangan tovar sifatidagina maʼlum qilingan boʻlsa, ular bojxona hududiga olib kirilayotganda import bojlari, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi. Amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda import bojlari, soliqlar, shuningdek ular yuzasidan foizlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185191" id="-185191">Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda eksport bojlari, soliqlar undirilmaydi, olib chiqish chogʻida amal qilib turgan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185192" id="-185192">Tovarlar reeksport rejimida olib chiqilayotganda toʻlangan import bojlari va soliqlar qaytarilishi va ayni bir paytda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185193" id="-185193">reeksport qilinayotgan tovarlar olib kirilgan paytda qanday boʻlsa, shunday holatda boʻlsa, tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185194" id="-185194">reeksport rejimida tovarlarni olib chiqish ular olib kirilgan paytdan boshlab ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185201" id="-185201">reeksport qilinayotgan tovarlardan daromad olish maqsadida foydalanilmagan boʻlsa.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185203" id="onLBC-185203">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7088"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185203" id="-185203">21-modda. Tranzit</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185204" id="-185204">Tranzit shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining ikki bojxona organi oʻrtasida, shu jumladan chet davlat hududi orqali, boj, soliqlar undirilmasdan, shuningdek tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanmasdan bojxona nazorati ostida olib oʻtiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185205" id="-185205">Tovarlarni tranzit rejimida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtish bojxona organining ruxsati bilan istalgan yoʻllar va yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladi, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185206" id="onLBC-185206">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7089"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish)]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185206" id="-185206">22-modda. Vaqtincha olib kirish (olib chiqish)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185207" id="-185207">Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) shunday rejimki, bunda bojxona hududida yoki undan tashqarida tovarlardan bojdan, soliqlardan toʻla yoki qisman ozod etilgan holda va tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185208" id="-185208">Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlar oʻzgartirmasdan qaytarilishi lozim, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185210" id="-185210">Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni boj va soliqlar toʻlashdan toʻla yoki qisman ozod qilish qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185211" id="-185211">Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirishga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ularni qayta olib chiqish yoki qayta olib kirish majburiyati taqdim etilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan, tovarlarning aynanligi taʼminlangan taqdirda bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185212" id="-185212">Vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirilmaydigan tovarlarning roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185215" id="onLBC-185215">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7089"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.06 Vaqtincha olib kirish (chiqish)]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185215" id="-185215">23-modda. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin boʻlgan muddat </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185216" id="-185216">Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) rejimiga joylashtirish mumkin boʻlgan muddat bojxona organlari tomonidan bunday olib kirish (olib chiqish)ning maqsadlari va holatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi va uzaytiriladi, biroq tovarlar bunday rejimda turishining umumiy muddati ikki yildan oshmasligi kerak. Tovarlarning ayrim toifalari uchun qonun hujjatlariga muvofiq ancha uzoqroq muddatlar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185217" id="-185217">Tovar belgilangan muddat tugagunga qadar unga nisbatan vakolati boʻlgan shaxs tomonidan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoki u erga olib kirilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda tovar bojxona organi egalik qiladigan bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185220" id="-185220">Agar tovarlar halokat oqibatida yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirida yoʻq boʻlganligi yoki mutlaqo yoʻqolganligi, tabiiy eskirishi yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayishi tufayli yetishmasligi yoxud chet davlat organlari yoki mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga xilof xatti-harakatlari natijasida shaxsning egaligidan chiqib ketganligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlansa, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs bojxona organlari oldida javobgar boʻlmaydi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185221" id="onLBC-185221">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7090"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.07 Vaqtincha saqlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185221" id="-185221">24-modda. Vaqtincha saqlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185222" id="-185222">Vaqtincha saqlash shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab chiqarishga ruxsat berilgunga qadar tanlangan rejimga muvofiq bojxona omborida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan vaqtincha saqlanadi. Ushbu Kodeksga muvofiq vaqtincha saqlash rejimiga boshqa tovarlar va transport vositalari ham joylashtirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185223" id="-185223">Tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirishda qisqa deklaratsiya qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-203941" id="-203941">Tovarlarning vaqtincha saqlash rejimida turish muddati ikki oydan oshmasligi lozim, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-203949" id="-203949">(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son <a href="/m/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-76736">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185225" id="-185225">Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar roʻyxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185231" id="onLBC-185231">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7091"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185231" id="-185231">25-modda. Bojxona ombori</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185233" id="-185233">Bojxona ombori shunday rejimki, bunda olib kirilgan tovarlar saqlash davrida import boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida saqlanadi, eksport rejimida olib chiqishga moʻljallangan tovarlar esa bojxona nazorati ostida ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-185245">26-moddasida</a> nazarda tutilgan imtiyozlar berilgan holda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185235" id="-185235">Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit olib oʻtish man etilgan tovarlar hamda roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185236" id="-185236">Tovarlar bojxona ombori rejimida uch yil mobaynida turishi mumkin. Ushbu muddat tovarlarning ayrim toifalari va ayrim shaxslar uchun qonun hujjatlari bilan cheklanishi mumkin, lekin u bir yildan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185237" id="-185237">Belgilangan muddat tugagunga qadar tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxs tomonidan tovarni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish soʻralishi kerak. Bu talablarga rioya etilmagan taqdirda, tovar bojxona organiga qarashli bojxona omboriga vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185238" id="-185238">Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar roʻyxati va ularni amalga oshirish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185245" id="onLBC-185245">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7091"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.08 Bojxona ombori]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185245" id="-185245">26-modda. Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga koʻra olib chiqishga moʻljallangan tovarlarni bojdan, soliqlardan ozod qilish yoki toʻlangan summalarni qaytarish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185246" id="-185246">Agar tovarlarni amalda chetga olib chiqish vaqtida toʻlovlardan ozod qilish yoki toʻlangan summani qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan va eksport rejimiga koʻra olib chiqishga moʻljallangan tovarlar bojdan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud toʻlangan summalar qaytariladi. Bu tovarlar bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oydan kechikmay olib chiqilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185247" id="-185247">Tovarlar belgilangan muddatlarda amalda olib chiqilmagan taqdirda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185249" id="onLBC-185249">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7092"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.09 Erkin bojxona zonasi;</span></div><div id="LBC7093"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.10 Erkin ombor]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185249" id="-185249">27-modda. Erkin bojxona zonasi va erkin ombor </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185250" id="-185250">Erkin bojxona zonasi va erkin ombor shunday rejimlarki, bunda chet el tovarlari muayyan hududlar va joylarda boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan joylashtiriladi va ishlatiladi, Oʻzbekiston tovarlari esa eksport rejimiga muvofiq olib chiqishda qoʻllaniladigan shartlarga koʻra joylashtiriladi va ishlatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185253" id="-185253">Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185254" id="-185254">Tovarlar erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida cheklanmagan muddatlargacha turishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185255" id="-185255">Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi, ularning chakana savdosi bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185256" id="-185256">Ushbu Kodeksning va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmayotgan ayrim shaxslarga bojxona organlari tovarlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlab qoʻyishi hamda erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga moneliksiz kirib chiqishni rad etishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162765" id="-2162765">(27-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160769">Qonuniga </a>asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185259" id="onLBC-185259">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7092"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.09 Erkin bojxona zonasi;</span></div><div id="LBC7093"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.10 Erkin ombor]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185259" id="-185259">28-modda. Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtiriladigan tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185260" id="-185260">Erkin bojxona zonasi va erkin ombor rejimlarida turgan tovarlarni erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlariga joylashtirganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, boj, soliqlar hamda iqtisodiy siyosat choralari tovarlarning kelib chiqishiga qarab qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185261" id="-185261">Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda tovarga: olib chiqilayotganda eksport boji, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllanish maqsadlarida Oʻzbekiston tovari deb, boshqa maqsadlarda esa chet el tovari deb qaraladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185264" id="-185264">Erkin bojxona zonasi yoki erkin ombor rejimlariga joylashtirilayotgan va eksport rejimida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga moʻljallangan tovarlar, agar tovarlarni amalda olib chiqishda eksport boji va soliqlardan ozod qilish yoki toʻlangan summalarni qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa, eksport bojidan, soliqlardan ozod qilinadi yoxud toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarlarni amalda olib chiqish boj, soliqlar qaytarilgan yoki ulardan ozod qilingan kundan boshlab olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185265" id="-185265">Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovarlar erkin bojxona zonalari hududidan va erkin omborlardan bojxona hududiga qaytarilganda yoxud belgilangan muddatlarda ular amalda olib chiqib ketilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda boj, soliqlar, shuningdek ularning foizlari toʻlanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185266" id="onLBC-185266">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7094"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.11 Bojsiz savdoni amalga oshiruvchi doʻkon]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185266" id="-185266">29-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkoni </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185267" id="-185267">Boj olinmaydigan savdo doʻkoni shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari ushbu Kodeksga muvofiq belgilaydigan joylarida boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmasdan bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185268" id="-185268">Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga bojxona hududiga olib kirish hamda undan olib chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilish taqiqlangan tovarlar joylashtirilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185269" id="-185269">Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinishi cheklangan tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimida realizatsiya qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185270" id="-185270">Boj olinmaydigan savdo doʻkoni rejimiga joylashtirilgan tovarlar boj olinmaydigan maxsus savdo doʻkonlarida realizatsiya qilinadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204146" id="-204146"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204148" id="onLBC-204148">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204148" id="-204148">30-modda. Tovarlarni qayta ishlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204151" id="-204151">Tovarlarni qayta ishlashga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204171" id="-204171">tovarlarni bevosita qayta ishlash yoki ularga ishlov berish, shu tovarlarning va foydalanilayotgan boshqa tovarlarning yoʻqoladigan oʻziga xos xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204173" id="-204173">yangi tovarlarni tayyorlash, shu jumladan tovarlarni ularning asosiy xususiyatlarini qayta ishlash mahsulotlarida saqlab qolgan holda montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204176" id="-204176">tovarlarni taʼmirlash, shu jumladan ularni tiklash, yangilash va tartibga keltirish, ularning shikastlangan yoki eskirib qolgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, shuningdek nuqsonlarini bartaraf etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204178" id="-204178">tovarlarni qayta ishlashga yordam beradigan yoxud bunday ishni yengillashtiradigan boshqa tovarlardan toʻliq yoki qisman foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204181" id="-204181">Ayrim tovarlarga nisbatan qayta ishlash rejimidan foydalanishga doir cheklovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204184" id="-204184">(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59648">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204187" id="-204187"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204189" id="onLBC-204189">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204189" id="-204189">31-modda. Tovarlarni qayta ishlash shartlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204190" id="-204190">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204192" id="-204192">tovarlarni ularning qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash mumkin boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilanadigan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2520352" id="-2520352"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2520360" id="-2520360">ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun — qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslari vakolatli organ bilan kelishilgan boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2520385" id="-2520385">(31-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli <a href="/m/acts/-2517744?ONDATE=12.12.2014 00#-2517909">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2520389" id="-2520389"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2520392" id="-2520392">ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalar uchun — tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasi mavjud boʻlsa;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2520396" id="-2520396">(31-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli <a href="/m/acts/-2517744?ONDATE=12.12.2014 00#-2517909">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204200" id="-204200">alohida xususiyatga ega boʻlgan tovarlar roʻyxatiga kiritilgan tovar yoki qayta ishlash mahsulotini olib kirish va olib chiqish uchun vakolatli organning maxsus ruxsatnomasi boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204202" id="-204202">bojxona ishi haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashga doir boshqa talablar bajarilgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204204" id="-204204">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish yoki bunday ruxsatnoma berishni rad etish haqidagi qaror uni qabul qilish uchun barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida bojxona organi tomonidan qabul qilinib, ariza beruvchi bu haqda yozma ravishda xabardor etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204205" id="-204205">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish, agar ariza beruvchi tomonidan lozim darajada rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa yoki taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar boʻlsa, shuningdek ushbu Kodeks talablariga rioya etilmagan boshqa hollarda rad etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204206" id="-204206">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, bojxona organi bu haqda ariza beruvchini rad etish sabablarini hamda ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddatni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204207" id="-204207">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablarni ariza beruvchi bartaraf etgan boʻlsa, hujjatlarni takroriy koʻrib chiqish ariza va barcha zarur hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan oshmaydigan muddat ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204210" id="-204210">(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59655">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162769" id="-2162769"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162770" id="-2162770">Tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda tovarlarni qayta ishlash uchun ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha mazkur ruxsatnomani berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162774" id="-2162774">(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160771">Qonuniga </a>asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204222" id="-204222"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204225" id="onLBC-204225">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204225" id="-204225">32-modda. Bojxona hududida qayta ishlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204229" id="-204229">Bojxona xududida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga import bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kirilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari olib chiqiladi yoki ular oʻzga rejim ostida joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204232" id="-204232">Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida har qanday tovarlar joylashtirilishi mumkin, ana shunday rejim ostida joylashtirilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204234" id="-204234">Chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin. Mazkur tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga amalda olib chiqib ketilmagan holda eksport rejimi ostida joylashtirilib, keyinchalik bojxona hududida qayta ishlash rejimida deklaratsiyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204236" id="-204236">Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgan tovarlar va qayta ishlash mahsulotlari ularni olib chiqish paytida eksport bojlari va soliqlardan ozod qilinadi. Mazkur tovarlar va qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204240" id="-204240">Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilganda import bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun foydalanilgan tovarlarning qiymati hamda ularga nisbatan qoʻllanilgan toʻlovlar stavkalariga qarab toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204243" id="-204243">Qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204250" id="-204250">(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59666">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204262" id="-204262"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204266" id="onLBC-204266">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7096"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204266" id="-204266">33-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204271" id="-204271">Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash shunday rejimki, bunda tovarlar eksport bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanmagan holda qayta ishlash uchun olib chiqilib, keyinchalik qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish rejimida olib kiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204274" id="-204274">Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida erkin muomalada boʻlgan har qanday tovarlar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilishi mumkin, olib kirilishi (olib chiqilishi) qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204278" id="-204278">Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin emas:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204281" id="-204281">agar tovarlarni olib chiqish import bojlari va soliqlarning toʻlangan summalarini qaytarishni, import bojlari va soliqlardan ozod qilishni yoki olib chiqish chogʻida toʻlovlar olishni talab qilish uchun asos boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204285" id="-204285">import bojlari va soliqlardan ozod etishning amal qilib turgan vaqti mobaynida, agar uning amal qilishi tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda ularni qayta ishlash uchun olib chiqilgunga qadar foydalanilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204288" id="-204288">qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204290" id="-204290">Qayta ishlash mahsulotlarini chet el tovarlari bilan almashtirishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204291" id="-204291">Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida import bojlari va soliqlar qayta ishlash qiymatiga hamda qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan qoʻllaniladigan bojlar va soliqlar stavkalariga qarab toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204294" id="-204294">Qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarlar qaytarib olib kirilganda import bojlari va soliqlar toʻlanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204297" id="-204297">Qayta ishlash mahsulotlari, agar qayta ishlashdan maqsad olib chiqilgan tovarlarni qonun hujjatlari yoki shartnomaga binoan begʻaraz taʼmirlashdan iborat boʻlganligiga bojxona organi belgilangan tartibda ishonch hosil qilsa, import bojlari va soliqlardan ozod qilinadi, tovarlarni erkin muomalaga dastlabki chiqarishda nuqsoni mavjudligi hisobga olingan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204299" id="-204299">Tovarlarni qayta ishlash uchun olib chiqqan va tovarlarni qaytarmagan yoki qayta ishlash mahsulotlarini belgilangan muddatda olib kirmagan shaxs ushbu Kodeks 23-moddasining <a href="/m/acts/-184746#-185220">uchinchi qismida</a> nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻlmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204309" id="-204309">(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59673">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204325" id="-204325"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204328" id="onLBC-204328">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204328" id="-204328">34-modda. Tovarlarni qayta ishlash muddatlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204330" id="-204330">Tovarlarni qayta ishlash muddati bojxona organi tomonidan belgilanadi va bu muddat ikki yildan ortiq boʻlishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan qayta ishlashning bir muncha uzaytirilgan muddatlarini belgilashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204343" id="-204343">Tovarlarni qayta ishlash muddatini belgilashda tovarlarni qayta ishlash jarayoni qancha davom etishi va qayta ishlash mahsulotlarini tasarruf etish hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204345" id="-204345">Tovarlarni qayta ishlash muddati tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimi ostida joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovarlar alohida tovar turkumlari qilib olib kirilganda (olib chiqilganda) esa tovarlarning birinchi turkumi tegishli rejim ostida joylashtirilgan kundan eʼtiboran oʻta boshlaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204351" id="-204351">(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59695">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204357" id="-204357"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204358" id="onLBC-204358">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204358" id="-204358">35-modda. Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204359" id="-204359">Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona maqsadlari uchun qiyoslash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar haqidagi, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi texnologiyalar haqidagi mufassal maʼlumotlarni taqdim etish yoʻli bilan yoki qayta ishlash vaqtida bojxona nazoratini olib borish orqali amalga oshirilishi mumkin. Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslashga nisbatan qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204360" id="-204360">Tovarlarni qayta ishlash mahsulotlarida qiyoslash quyidagi hollarda talab etilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204361" id="-204361">qayta ishlash chogʻida ishlab chiqarishning uzluksiz turkumlariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204362" id="-204362">qayta ishlash chogʻida qayta ishlash amalga oshirilayotgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarning bojxona hududida xuddi shunday va (yoki) ayni bir xil qayta ishlash mahsuloti ishlab chiqarilishini istisno etuvchi noyob texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204363" id="-204363">Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlarini qiyoslash uchun bojxona organlari tovarlarning ishlab chiqarilgan joyi haqidagi sertifikatlardan, shuningdek mazkur tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga taalluqli boshqa hujjatlardan foydalanishlari mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204366" id="-204366">(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59701">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204375" id="-204375"></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204377" id="onLBC-204377">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204377" id="-204377">36-modda. Bojxona maqsadlarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204379" id="-204379">Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi muayyan miqdordagi tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻladigan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori yoki ularning foizdagi ifodasidir. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normasi qayta ishlash uchun ruxsatnoma berilayotganda qayta ishlash amalga oshiriladigan sharoitlarni hisobga olgan holda bojxona organlari tomonidan belgilanadi yoki ular bilan kelishib olinadi. Qayta ishlash mahsulotlarini tavsiflash, ularning sifati va miqdori qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari asosida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204381" id="-204381">Ekspert tashkilotlarining xulosalari asosida bojxona organlari qayta ishlash mahsulotlari chiqishining majburiy normalarini, agar bu bojxona maqsadlarida zarur boʻladigan boʻlsa yoki tovarlarni qayta ishlashni amalga oshirishga yordam beradigan boʻlsa, belgilashga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204382" id="-204382">Qayta ishlash mahsulotlarining chiqishi normalari qayta ishlash uchun beriladigan ruxsatnomada koʻrsatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204386" id="-204386">(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59714">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-204392" id="onLBC-204392">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7095"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.12 Bojxona hududida qayta ishlash;</span></div><div id="LBC7096"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.13 Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204392" id="-204392">36<sup>1</sup>-modda. Tovarlarni qayta ishlashni tugallash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204393" id="-204393">Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs tovarlarni qayta ishlashni ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-185508">34-moddasiga</a> muvofiq belgilangan muddat tugaydigan kundan kechiktirmasdan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204395" id="-204395">bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqqan holda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204397" id="-204397">bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalangan taqdirda — qayta ishlash mahsulotlarini, qayta ishlanmagan tovarlar qoldiqlari va tovarlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirgan holda tugallashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204399" id="-204399">Qayta ishlash olib kirilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish rejimida, olib chiqilgan tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni esa, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida eksport rejimida joylashtirish bilan tugallanishi ham mumkin. Tovarlarni qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxsning arizasiga binoan bojxona organi tovarlar, ularni qayta ishlash mahsulotlari va chiqindilarni bojxona hududida qayta ishlash rejimining yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimining amal qilishini tugallashga, agar buning uchun sabablar asosli deb topilgan boʻlsa hamda basharti ayni shu rejimlar talablariga rioya etiladigan boʻlsa, ruxsat berishi mumkin. Bunday holda qayta ishlash rejimlarining amal qilishi yangi rejimlarning amal qilishi muddatiga toʻxtatib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204402" id="-204402">Qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasi orqali bir necha turkum qilib olib oʻtishda qayta ishlash mahsulotlari miqdorining ruxsatnomada koʻrsatilganiga muvofiqligini tekshirib turish vaqti-vaqti bilan, ammo uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin. Agar ana shunday tekshirib koʻrish natijasida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs bojxona toʻlovlarini toʻlashi shart boʻlsa, bunda mazkur toʻlovlarning summasiga, basharti bu summalar ularni toʻlash zarurligi haqida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida toʻlanadigan boʻlsa, penya hisoblab chiqarilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204406" id="-204406">(36<sup>1</sup>-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59725">Qonuni</a> bilan kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185539" id="onLBC-185539">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7097"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.14 Yoʻq qilish]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185539" id="-185539">37-modda. Yoʻq qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185540" id="-185540">Yoʻq qilish shunday rejimki, bunda chet el tovarlari boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan ular foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185542" id="-185542">Tovarlarni yoʻq qilishga bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi. Ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185543" id="-185543">Tovarlarni yoʻq qilish manfaatdor shaxs tomonidan oʻz hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185544" id="-185544">Tovarlarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar bojxona nazorati ostida turgan chet el tovarlari sifatida tegishli rejimga joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185545" id="-185545">Yoʻq qilib tashlash uchun ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda tovarlar ularni olib kirgan shaxs hisobidan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketiladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185546" id="onLBC-185546">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7098"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.15 Davlat foydasiga rad qilish]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185546" id="-185546">38-modda. Davlat foydasiga voz kechish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185548" id="-185548">Davlat foydasiga voz kechish shunday rejimki, bunda shaxs tovarlarga nisbatan boj, soliqlar va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda ulardan davlat foydasiga voz kechadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185549" id="-185549">Tovarlarni davlat foydasiga voz kechish rejimiga joylashtirishga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona organining ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185551" id="-185551">Tovarlardan davlat foydasiga voz kechish davlatning xarajatlar qilishiga sabab boʻlmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-185553" id="onLBC-185553">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7103"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185553" id="-185553">III BOʻLIM. BOJXONA NAZORATI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185555" id="-185555">3-bob. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185557" id="-185557">39-modda. Bojxona nazorati shakllari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185559" id="-185559">Bojxona nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagi yoʻllar bilan oʻtkaziladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185560" id="-185560">bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185562" id="-185562">jismoniy va mansabdor shaxslarni ogʻzaki soʻrab-surishtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185563" id="-185563">bojxona koʻrigidan oʻtkazish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185564" id="-185564">tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona tomonidan qiyoslash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185566" id="-185566">tovarlar va transport vositalarini hisobga olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221167" id="-221167">hisobga olish va hisobot tizimini tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185568" id="-185568">bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyat amalga oshirilayotgan hududlar, binolar va boshqa joylarni tekshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185569" id="-185569">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221170" id="-221170">Bojxona nazorati oʻtkazilayotganida inson, hayvonot va oʻsimliklar hayoti va sogʻligi uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlar va transport vositalariga ziyon yetkazmaydigan texnikaviy va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185571" id="-185571">Bojxona nazoratini oʻtkazish qoidalari qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185573" id="-185573">40-modda. Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185575" id="-185575">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan hamda shartli chiqarib yuborilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim, ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-185638">49</a>, <a href="/m/acts/-184746#-185642">50</a>, <a href="/m/acts/-184746#-186845">117</a>—<a href="/m/acts/-184746#-186874">126-moddalarida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185578" id="-185578">Bojxona organlari erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda turgan tovarlar ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona nazoratini amalga oshirishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185579" id="-185579">Bojxona organlari bojxona hududidan bojxona organining ruxsatisiz chiqib ketgan transport vositalarini majburiy ravishda toʻxtatish, dengiz, daryo va havo kemalarini majburiy ravishda orqaga qaytarishga haqlidir, chet el kemalari va boshqa davlatlarning hududida turgan kemalar bundan mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185580" id="-185580">41-modda. Bojxona nazorati ostida boʻlish vaqti </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185581" id="-185581">Bojxona nazorati: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221174" id="-221174">bojxona hududiga olib kirishda — tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtgan paytdan eʼtiboran; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221176" id="-221176">bojxona hududidan tovarlar va transport vositalarini olib chiqishda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran boshlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185582" id="-185582">Bojxona nazorati, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlar va transport vositalari saqlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqishga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran yoxud ular bojxona chegarasini kesib oʻtgan paytdan eʼtiboran tugallanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185583" id="-185583">42-modda. Bojxona nazorati zonalari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185584" id="-185584">Bojxona nazorati zonalari bojxona chegaralari boʻylab, bojxona rasmiylashtiruvi joylarida, bojxona organlari joylashgan yerlarda va bojxona organlari tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185585" id="-185585">Bojxona nazorati zonalarini tuzish va belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185586" id="-185586">Bojxona nazorati zonalarida ishlab chiqarish, tijorat faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirishga, shuningdek ularning chegaralari orqali transport vositalari, tovarlar va shaxslarni olib oʻtishga bojxona organlarining ruxsati bilan va nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185587" id="-185587">43-modda. Bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185588" id="-185588">Bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi yoki nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar bu organlarga roʻyxati va taqdim etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadigan hujjatlar va maʼlumotlarni topshiradilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185590" id="-185590">Bojxona nazoratini amalga oshirish uchun bojxona organlari banklardan, boshqa moliya-kredit muassasalaridan va xoʻjalik yurituvchi subyektlardan eksport-import operatsiyalari hamda nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatning boshqa turlariga doir maʼlumotlarni olishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185592" id="-185592">Bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan hujjatlar shaxslar tomonidan kamida uch yil saqlanishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185593" id="-185593">44-modda. Bojxona koʻrigidan oʻtkazish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185596" id="-185596">Tovarlar va transport vositalarini bojxona koʻrigidan oʻtkazish tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yigʻimlar olish, shuningdek olib kirish, olib chiqish va tranzit qilish taqiqlangan tovarlar bojxona chegarasi orqali oʻtishining hamda bojxona hududi orqali tranzit tartibida oʻtishining oldini olish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185598" id="-185598">Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish paytida hozir boʻlishga haqlidir, bojxona organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tekshirish paytida hozir boʻlishlari va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga zarur yordam koʻrsatishlari shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185601" id="-185601">Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega shaxs boʻlmagan taqdirda, transport vositasini boshqaruvchi shaxs bojxona maqsadlari uchun vakolatli shaxs deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185603" id="-185603">Tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar yoʻqligida bojxona organlari quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirishga haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185605" id="-185605">ular tovarlar va transport vositalari taqdim etilganidan soʻng oʻn kun oʻtganidan keyin kelmagan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185607" id="-185607">davlat xavfsizligi, jamoat tartibiga, inson hayoti va sogʻligʻiga, hayvonot va oʻsimliklar, atrof tabiiy muhitga, Oʻzbekiston Respublikasining badiiy, tarixiy va arxeologik boyliklari saqlanishiga xavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan boshqa holatlarda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185608" id="-185608">tovarlar xalqaro pochta joʻnatmalari orqali yuborilgan boʻlsa; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221180" id="-221180">tovarlar va transport vositalari ular joylashtirilgan bojxona rejimini buzgan holda bojxona hududida qoldirilgan boʻlsa.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185609" id="-185609">45-modda. Shaxsni koʻzdan kechirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185610" id="-185610">Shaxsni koʻzdan kechirish bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan yoxud bojxona nazorati zonasida yoki xalqaro aloqa uchun ochiq aeroportning tranzit zonasida turgan jismoniy shaxs qonun hujjatlarini buzish obyektlari hisoblanuvchi tovarlarni oʻz yonida yashiryapti va koʻrsatmayapti deb hisoblashga asoslar boʻlgan taqdirda, bojxona organi mansabdor shaxsining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185612" id="-185612">46-modda. Tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan oʻtkazish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185615" id="-185615">Bojxona nazorati ostida boʻlgan hujjatlar, tovarlar, transport vositalari, binolar va boshqa joylarni bojxona qiyoslashidan oʻtkazish ularga plombalar, muhrlar qoʻyish, raqamli, harfiy va boshqa markalar bosish, qiyoslash belgilarini qoʻyish, shtamplar bosish, namunalar va nusxalar olish, tovarlar va transport vositalarini taʼriflash, ularning chizmalarini tayyorlash, masshtabli tasvirlar, fotosuratlar, illyustratsiyalar tayyorlash, tovarlarga ilova qilingan va boshqa hujjatlardan hamda oʻzga qiyoslash vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185633" id="-185633">Qiyoslash vositalari faqat bojxona organlari tomonidan yoki ularning ruxsati bilan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, tovarlar va transport vositalarining yoʻq boʻlib ketishi, ularga qayta tiklab boʻlmaydigan darajada putur yetkazilishi yoki ularning jiddiy buzilishi xavfi tugʻilgan hollar bundan mustasno. Qiyoslash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida bojxona organlariga darhol maʼlum qilinadi va bunday xavf mavjud boʻlganligini isbotlovchi dalillar taqdim etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185634" id="-185634">47-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini inventarizatsiyalash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185635" id="-185635">Bojxona organlari bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini, shuningdek boj toʻlovlari toʻlanmagan yoki boj toʻlovlari yuzasidan bojxona imtiyozlari berilgan tovarlarni inventarizatsiyadan oʻtkazishga haqlidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185636" id="-185636">48-modda. Nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni tekshirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185637" id="-185637">Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq shaxslarning nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatini tekshirishga haqlidir. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185638" id="-185638">49-modda. Bojxona nazoratini tanlab oʻtkazish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185639" id="-185639">Bojxona organlari bojxona nazoratini oʻtkazishda, qoida tariqasida, nazoratning qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash uchun yetarli boʻlgan shakllarini qoʻllaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185640" id="-185640">Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish shaxslar qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinishini bildirmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185641" id="-185641">Zarurat boʻlganda bojxona organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona nazoratining ushbu Kodeksda belgilangan barcha shakllaridan foydalanishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185642" id="-185642">50-modda. Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185643" id="-185643">Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1469451" id="-1469451"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1469452" id="-1469452">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, Senati aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtayotgan boʻlsalar, bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1469457" id="-1469457">(50-moddaning ikkinchi qismi  Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 10-apreldagi OʻRQ-209-sonli <a href="/m/acts/-1467322?ONDATE=11.04.2009 00#-1467436">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 15-son, 179-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185645" id="-185645">Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona tekshiruvidan ozod qilinadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2255183" id="-2255183"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2255189" id="-2255189">51-modda. Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2255191" id="-2255191">Bojxona organlari tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyin, agar qonun hujjatlari buzilganligi haqida taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2255193" id="-2255193">Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari tovarlar mavjudligini tekshirishga, ularni takroran bojxona tekshiruvidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy va keyingi tijorat operatsiyalariga daxldor hujjatlar va boshqa maʼlumotlarni tekshirishga haqli. Tekshirish deklarant turgan joyda, koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqasi boʻlgan yoki zarur hujjatlarga ega boʻlgan har qanday boshqa shaxs turgan joyda oʻtkazilishi mumkin. Huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2255194" id="-2255194">Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida, bojxona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash esa tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2255195" id="-2255195">Tovarlar chiqishiga ruxsat berilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir bitim boʻyicha koʻpi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2255196" id="-2255196">(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250019">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185649" id="-185649">52-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazoratini oʻtkazish uchun hududga va binolarga kira olishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185656" id="-185656">Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat guvohnomasi asosida bojxona nazoratidan oʻtkazilishi kerak boʻlgan tovarlar va transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan yoxud nazorat qilish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud va binolarga kira olish huquqiga ega, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185658" id="-185658">53-modda. Bojxona nazoratini oʻtkazishda yordam koʻrsatish uchun mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185659" id="-185659">Bojxona organlari bojxona nazoratini oʻtkazishda yordam koʻrsatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq mutaxassislar va ekspertlarni jalb etishi mumkin.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185663" id="-185663">4-bob. TOVARLARNI BOJXONA NAZORATI OSTIDA SAQLASh VA REALIZATSIYA QILISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185665" id="-185665">54-modda. Bojxona omborlari va erkin omborlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185668" id="-185668">Bojxona omborlari va erkin omborlar — tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan va jihozlangan binolar yoki boshqa joylardir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida shart-sharoitlarda saqlanishi talab etiladigan tovarlar faqat maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204409" id="-204409">Bojxona ombori Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoxud bojxona organi tomonidan taʼsis etiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204413" id="-204413">(54-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59736">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204416" id="-204416">Erkin ombor Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi tomonidan taʼsis etiladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204422" id="-204422">(54-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59736">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185677" id="-185677">Bojxona omborlari saqlash sharoitlariga koʻra tovarlarni vaqtincha saqlash va (yoki) bojxona ombori rejimlarida saqlash uchun moʻljallangan boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185678" id="-185678">Bojxona omborlari foydalanish mumkinligi jihatidan har qanday shaxslar foydalanishi uchun ochiq boʻlishi hamda muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalari foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185679" id="-185679">Bojxona omborlari va erkin omborlarni ochish tartibi hamda ularga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185692" id="-185692">55-modda. Bojxona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʻkoni egalarining majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185694" id="-185694">Bojxona omborlari va erkin omborlarning egalari quyidagilarga majburdirlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185696" id="-185696">1) omborlarni bojxona nazoratini taʼminlash maqsadida jihozlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185704" id="-185704">2) tovarlarning asralishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185705" id="-185705">3) saqlashga qoʻyilgan tovarlar va transport vositalarini olish imkoniyatini istisno etish, bojxona nazorati bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185707" id="-185707">4) bojxona nazorati amalga oshirilishiga toʻsqinlik qilmaslik;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185708" id="-185708">5) hisob-kitob ishlarini yuritish hamda saqlab turilgan tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185709" id="-185709">6) litsenziya shartlariga rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-206467" id="-206467">7) bojxona organlarining qonuniy talablarini bajarish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ado etish. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185710" id="-185710">Boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi ushbu modda birinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-185705">3</a>, <a href="/m/acts/-184746#-185709">6</a>, <a href="/m/acts/-184746#-206467">7-bandlarida</a> nazarda tutilgan talablarga rioya etishi, shuningdek kelayotgan va sotilayotgan tovarlar hisobini yuritishi, bu tovarlar toʻgʻrisida bojxona organlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisobotlar taqdim etishi shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185711" id="-185711">56-modda. Bojxona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185713" id="-185713">Bojxona omborlari va erkin omborlar egalarining omborga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida quriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185714" id="-185714">Bojxona omborlarining egalari boʻlgan bojxona organlarining bojxona omborlariga tovarlar va transport vositalarini joylashtiruvchi shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185716" id="-185716">57-modda. Bojxona ombori yoki erkin omborda turgan tovarlar bilan qilinadigan operatsiyalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185718" id="-185718">Vaqtincha saqlash rejimiga joylashtirilgan tovarlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185720" id="-185720">ombor egasi tomonidan, tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan boshqa shaxs va ularning vakillari tomonidan koʻzdan kechirilishi va oʻlchab chiqilishi mumkin. Bojxona organining ruxsati bilan tekshirish va qiyoslash uchun tovarlardan namunalar hamda nusxalar olinishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185721" id="-185721">ularning oʻzgarmas holatda saqlanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilishi, shu jumladan shikastlangan oʻrovi tuzatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185723" id="-185723">Bojxona ombori rejimiga joylashtirilgan tovarlar ustida ularning asralishini taʼminlash, bojxona organining ruxsati bilan sotishga va tashishga tayyorlash boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin. Operatsiyalarning roʻyxati hamda ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185725" id="-185725">Erkin omborga joylashtirilgan tovarlar bilan ishlab chiqarish va tijorat operatsiyalarini ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshirishga yoʻl qoʻyiladi, ularni chakana sotish bundan mustasno. Ushbu tovarlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim taqiq va cheklovlar belgilab qoʻyilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185726" id="-185726">Bojxona organlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlarining qoidalariga rioya etmagan ayrim shaxslarga tovarlar bilan operatsiyalar oʻtkazishni taqiqlab qoʻyishlari va ularning tovarlardan foydalanishini rad etishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185730" id="-185730">58-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185732" id="-185732">Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egalari omborda saqlanayotgan va doʻkonda realizatsiya qilinayotgan tovarlar hamda transport vositalarining boj toʻlovlari toʻlanishi uchun javobgar boʻladilar, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185735" id="-185735">Agar bojxona ombori egasi bilan tovarlar va transport vositalarini vaqtincha saqlash rejimiga joylashtiruvchi shaxs oʻrtasidagi shartnomada ushbu shaxsning boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarligi nazarda tutilgan boʻlsa, ular solidar javobgar boʻladilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185736" id="-185736">Bojxona organining roziligi bilan boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgarlik tovarlarni bojxona ombori rejimida saqlash uchun joylashtirgan shaxs zimmasiga yuklanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185737" id="-185737">Agar bojxona organi bojxona omborining egasi boʻlsa, tovarlar va transport vositalarini shu omborga joylashtirgan shaxs boj toʻlovlarini toʻlash uchun javobgar boʻladi, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda — ularning mulkdori yoki egasi hisoblanuvchi shaxs javobgar boʻladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221195" id="-221195">Agar erkin omborga joylashtirilgan tovarlardan boj toʻlovlari undirilsa, toʻlovlar toʻlanishi uchun ularni omborga joylashtirgan shaxs javobgar boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185739" id="-185739">59-modda. Bojxona ombori va erkin omborni, boj olinmaydigan savdo doʻkonini tugatish hamda ularga doir litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185793" id="-185793">Bojxona ombori va erkin ombor, shuningdek boj olinmaydigan savdo doʻkoni quyidagi hollarda tugatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185794" id="-185794">egalarining xohishiga koʻra;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185797" id="-185797">litsenziyalarning amal qilish muddati oʻtganida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204581" id="-204581">litsenziyalar bekor qilinganida yoki ularning amal qilishi tugatilganida; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204594" id="-204594">(59-modda birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son <a href="/m/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-81334">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185799" id="-185799">qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185800" id="-185800">Tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bojxona omborida yoki erkin omborda yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkonida turgan tovarlarni saqlash vaqtincha saqlash rejimiga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185801" id="-185801">Litsenziya bekor qilinganida tovarlar bojxona ombori yoki erkin ombor yoxud boj olinmaydigan savdo doʻkoniga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran qayta bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan miqdorda tovarlarning tugatilayotgan omborda yoki magazinda turgan butun davri uchun bojxona yigʻimlari undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204605" id="-204605">Litsenziya chaqirib olinganida litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tovarlar qayta bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim, ularning egalaridan esa, saqlab turganlik evaziga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan bojxona yigʻimlari undirila boshlaydi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204613" id="-204613">(59-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son <a href="/m/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-81359">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185803" id="-185803">Bojxona ombori va erkin ombor, boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilganda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoniga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda tovarlarni saqlashga joylashtirishga hamda ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday hollarda tovarlarni bojxona ombori va erkin ombordan, shuningdek boj olinmaydigan savdo doʻkonidan chiqarish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185804" id="-185804">Erkin omborga berilgan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda chet el tovarlarini omborga joylashtirish boj, soliqlar toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilgan holda amalga oshiriladi, boj, soliqlardan ozod qilish yoxud ularni qaytarish esa Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185805" id="-185805">Tugatilayotgan bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkonida boʻlgan tovarlar va transport vositalari vaqtincha saqlash rejimida turishining umumiy muddati uni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran ikki oydan, erkin omborda esa — olti oydan oshmasligi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185806" id="-185806">5-bob. TOVARLAR VA TRANSPORT VOSITALARINI BOJXONA NAZORATI OSTIDA TAShISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185808" id="-185808">60-modda. Tovarlar va transport vositalarini tashish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185809" id="-185809">Bojxona nazorati ostida turgan, shu jumladan bojxona hududi orqali tranzit rejimida olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalari yuk joʻnatuvchi bojxona organidan yuk kelib tushuvchi bojxona organiga ushbu tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan yuk tashuvchining javobgarligi ostida tashilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185812" id="-185812">Yuk kelib tushuvchi bojxona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlar va transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185813" id="-185813">61-modda. Tashuvchining huquqlari va majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185814" id="-185814">Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlar va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185815" id="-185815">bojxona va transport hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185817" id="-185817">bojxona tomonidan transport vositasiga va tovarlar joylangan oʻrov-idishlarga qoʻyilgan taʼminlov choralari tashilayotgan tovarlarga ana shu taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185820" id="-185820">Tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185823" id="-185823">ularni joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan manzilga, yoʻnalishda va muddatda, tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlaridagi kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, ularning oʻrov-idishlari yoki holatini oʻzgartirmasdan, eltib berishdan boshqa maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185825" id="-185825">tovarlar, transport vositalari va ularga oid hujjatlarni yuk kelib tushadigan bojxona organida koʻrsatishi, bu organ mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa — tovarlar va transport vositalarini amalda taqdim etishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185827" id="-185827">bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185831" id="-185831">Yuk eltib beriladigan joyiga yetib kelganidan keyin tashuvchi bojxona organining ruxsatisiz tovarlar va transport vositasini toʻxtash joyida qarovsiz qoldirish, toʻxtash joyini oʻzgartirish, yoʻlovchilarni tushirish,tovarlar bilan biron-bir ortish-tushirish va oʻrash-joylash operatsiyalarini oʻtkazish, qiyoslash vositalarini oʻzgartirish, olib tashlash yoki yoʻq qilish huquqiga ega emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185833" id="-185833">Agar tashuvchi, yoʻlovchilarning va transport vositasi ekipajining hayoti hamda sogʻligʻi chinakam xavf ostida qolganligini, tovarlar va transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmaydigan tarzda qoʻldan ketishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-185820">ikkinchi</a> va <a href="/m/acts/-184746#-185831">uchinchi</a> qismlaridagi talablarni buzganlik uchun javobgarlik yuzaga kelmaydi. Koʻrsatilgan talablar buzilishiga sabab boʻlgan holatlar toʻgʻrisida tashuvchi darhol bojxona organini xabardor qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204620" id="-204620">Agar tashuvchi yoxud uning transport vositasi ushbu Kodeksning talablariga rioya etilishini kafolatlay olmasa, bojxona organi transport vositasi faqat tegishlicha jihozlangan yoki bojxona kuzatuviga olingan yoxud bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi garov summalari kiritilgan yoki tovarlar bojxona tashuvchisi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashilgan taqdirdagina tovarlarning bojxona nazorati ostida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyishga haqli. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204629" id="-204629">(61-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59737">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185846" id="-185846">Ayrim toifadagi tovarlarni tashuvchilar uchun qonun hujjatlarida boshqacha talablar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185861" id="-185861">62-modda. Tashuvchining javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185862" id="-185862">Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar va transport vositalarining but saqlanishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185863" id="-185863">Tovarlar bojxona organining ruxsatisiz berib yuborilgan, yoʻqotilgan yoki yuk kelib tushadigan bojxona organiga eltib berilmagan taqdirda, tashuvchi, tegishli ravishda erkin muomalaga yoki eksportga chiqarish rejimlarida toʻlanishi lozim boʻlgan boj toʻlovlarini toʻlashi shart, tovarlar halokat yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq boʻlgan yoxud qaytarib boʻlmaydigan tarzda qoʻldan ketgan, yoxud kamomad tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitida kamayish tufayli yuzaga kelgan yoxud organlar yoki mansabdor shaxslarning qonunga xilof xatti-harakatlari natijasida egalikdan chiqib ketgan hollar bundan mustasno. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida roʻy bergan bunday hollar Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185864" id="-185864">63-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan taqdirda koʻriladigan chora-tadbirlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185865" id="-185865">Falokat yuz bergan yoki yengib boʻlmas kuch taʼsir etgan taqdirda tashilayotgan tovarlar transport vositasidan tushirilishi mumkin. Bu holda tashuvchi tovarlarning but saqlanishini taʼminlash va ulardan biron-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi, ishning holatlarini, tovarlar va transport vositalarining qayerda ekanligini eng yaqin bojxona organiga darhol xabar qilishi, tovarlarning eng yaqin bojxona organiga tashib keltirilishini yoki bojxona organining mansabdor shaxslari tovarlar turgan joyga olib kelinishini taʼminlashi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185866" id="-185866">Bojxona organi bunday hollarda bojxona nazoratini taʼminlash uchun koʻriladigan chora-tadbirlarni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185867" id="-185867">Ushbu moddada nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchining qilgan xarajatlari bojxona organi tomonidan qoplanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-185888" id="-185888">Ushbu modda qoidalari ushbu Kodeks 84-moddasining <a href="/m/acts/-184746#-186668">uchinchi qismida</a> koʻrsatilgan dengiz, daryo yoki havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida noiloj toʻxtash yoki qoʻnishga majbur boʻlgan hollarda ham qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-185889" id="-185889">64-modda. Bojxona tashuvchisi </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204649" id="-204649"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204652" id="-204652">Bojxona tashuvchisi tovarlar tashishni bojxona kuzatuvini qoʻllamagan va bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi garov summalarini kiritmagan holda bojxona nazorati ostida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204654" id="-204654">Bojxona tashuvchisi ushbu Kodeks asosida tashuvchiga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya etishi, shuningdek:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204656" id="-204656">bojxona tashuvchisini roʻyxatga olgan bojxona organining faoliyat zonasidagi bojxona rasmiylashtiruvi joyiga juda boʻlmaganda bitta transport vositasi 24 soat ichida yetib kelishini taʼminlay oladigan zarur miqdordagi maxsus jihozlangan transport vositalariga ega boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204657" id="-204657">ushbu Kodeks 62-moddasining <a href="/m/acts/-184746#-185863">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162777" id="-2162777"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162778" id="-2162778">bojxona nazorati ostida tashishlarning hisobini yuritishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162780" id="-2162780">(64-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160783">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204660" id="-204660">Bojxona tashuvchisining tovarlarni joʻnatuvchi bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204661" id="-204661">Yuridik shaxslarning bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204677" id="-204677">(64-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59738">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-185893" id="-185893">6-bob. AMALGA OShIRILIShINI NAZORAT QILISh BOJXONA ORGANLARIGA YuKLATILGAN FAOLIYAT TURLARI BILAN ShUGʻULLANISh HUQUQINI BERUVChI RUXSATNOMALAR</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-204701" id="-204701"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-204705" id="-204705">65-modda. Bojxona organining litsenziyasi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115226" id="-1115226">Bojxona organi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun besh yil muddatga litsenziya beradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115227" id="-1115227">(65-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi OʻRQ-28-sonli <a href="/m/acts/-973890?ONDATE=05.04.2006 00#-1080908">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204709" id="-204709">Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204712" id="-204712">Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun berilgan litsenziya bojxona organi yoki sud tomonidan bekor qilinishi, uning amal qilishi esa toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204714" id="-204714">Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni, erkin omborni taʼsis etish uchun litsenziya berish, uni qayta rasmiylashtirish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204723" id="-204723">(65-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59748">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1748003" id="-1748003">(66-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59782">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1748122" id="-1748122">(67-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59782">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1748191" id="-1748191">(68-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59782">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1115234" id="-1115234"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1115235" id="-1115235">69-modda. Litsenziyani bekor qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115236" id="-1115236">Agar litsenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki litsenziya toʻliq boʻlmagan yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilgan boʻlib, ular litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan boʻlsa, litsenziya sud tomonidan, boshqa hollarda esa bojxona organi qarori asosida bekor qilinadi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115237" id="-1115237">Bojxona organining litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115240" id="-1115240">(69-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067928">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1115241" id="-1115241"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1115242" id="-1115242">70-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115243" id="-1115243">Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115244" id="-1115244">litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115245" id="-1115245">yuridik shaxs tugatilganda u tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda esa, qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115246" id="-1115246">yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115247" id="-1115247">yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115248" id="-1115248">litsenziat litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115249" id="-1115249">litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki bojxona organi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115251" id="-1115251">bojxona organining litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining gʻayriqonuniyligi aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115252" id="-1115252">litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115253" id="-1115253">Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, bojxona organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115254" id="-1115254">Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115255" id="-1115255">Litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115256" id="-1115256">Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115257" id="-1115257">Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziya amal qilishining tugatilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, bojxona organi litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115260" id="-1115260">(70-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067931">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1115311" id="-1115311"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1115313" id="-1115313">71-modda. Litseziyaning amal qilishini toʻxtatib turish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115314" id="-1115314">Litsenziyaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1138995" id="-1138995">litsenziat litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1138996" id="-1138996">bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115317" id="-1115317">Litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turish sud qaroriga, litsenziyaning amal qilishini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollarida esa, bojxona organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115318" id="-1115318">Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115319" id="-1115319">Bojxona organi yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan koʻp boʻlishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115320" id="-1115320">Litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomani olgan kundan eʼtiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida oʻn kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115325" id="-1115325">(71-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067949">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186150" id="-186150">72-modda. Qaytadan litsenziya berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-204837" id="-204837">Litsenziya berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza litsenziyani bekor qilish yoki litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan keyin buning uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda koʻrib chiqilishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-204838" id="-204838">(72-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son <a href="/m/acts/-43183?ONDATE=20.01.2001 00#-81526">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186153" id="-186153">73-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-221280" id="-221280"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221282" id="-221282">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati besh yilga beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221283" id="-221283">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati bojxona organi tomonidan bekor qilinishi yoki uning amal qilishi toʻxtatib turilishi yoxud tugatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221284" id="-221284">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati, agar bunday attestat belgilangan tartibni buzgan holda berilgan boʻlsa yoki attestat uni berish toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishida muhim ahamiyat kasb etgan, biroq toʻliq boʻlmagan yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar asosida berilgan boʻlsa, bekor qilinadi. Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka attestati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221285" id="-221285">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi bojxona organi tomonidan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221288" id="-221288">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga nisbatan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda olti oygacha boʻlgan muddatga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221289" id="-221289">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻz majburiyatlarini insof bilan bajarganligiga shubha qilish uchun yetarli asoslar boʻlgan taqdirda ikki oygacha boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221290" id="-221290">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda ham toʻxtatib turiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221292" id="-221292">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis sifatida foydalanish uchun u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221293" id="-221293">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan bojxona brokeri tomonidan bojxona brokeri sifatida faoliyat yuritish shartlariga rioya etilmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221297" id="-221297">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bilan mehnat shartnomasi tuzgan yuridik shaxs tugatilgan yoki qayta tashkil etilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221298" id="-221298">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgan taqdirda malaka attestatining amal qilishini toʻxtatib turgan bojxona organi mazkur holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiq olingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida attestatning amal qilishini tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221299" id="-221299">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221302" id="-221302">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻzining malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221303" id="-221303">bojxona organi tomonidan belgilangan muddat ichida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilmaganda;</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2257065" id="-2257065"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2257066" id="-2257066">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-187422">164</a>, <a href="/m/acts/-184746#-187622">167</a> va <a href="/m/acts/-184746#-187626">168-moddalarida</a> javobgarlik belgilangan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzganda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257067" id="-2257067">(73-moddaning yettinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250025">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2257068" id="-2257068"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2257069" id="-2257069">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/m/acts/-111453#-314035">182</a>, <a href="/m/acts/-111453#-1422378">184</a> va <a href="/m/acts/-111453#-267143">246-moddalarida </a>nazarda tutilgan qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikka tortilganda;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257070" id="-2257070">(73-moddaning yettinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250027">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221309" id="-221309">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishi muddati tugaganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221311" id="-221311">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bunday attestatning amal qilishi tugatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221313" id="-221313">Sudning qaroriga binoan ham bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilinishi yoki uning amal qilishi tugatilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221314" id="-221314">Malaka attestati berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza malaka attestati bekor qilingan, uning amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, buning uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda yoki sud belgilagan muddat oʻtganidan keyin koʻrib chiqilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221316" id="-221316">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berish, attestatni bekor qilish, uning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish tartibi, shuningdek bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassislarga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-221319" id="-221319">(73-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59785">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1748505" id="-1748505">(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59859">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186598" id="onLBC-186598">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186598" id="-186598">IV BOʻLIM. BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186599" id="-186599">7-bob. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186601" id="-186601">75-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186603" id="-186603">Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi faoliyat koʻrsatadigan zonadagi shu maqsad uchun ajratilgan, tovarlarni joʻnatuvchi yoki oluvchi yoxud ularning tarkibiy boʻlinmasi joylashgan yerlarda bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186604" id="-186604">Manfaatdor shaxsning yozma iltimosnomasiga binoan uning hisobidan va bojxona organining roziligi bilan bojxona rasmiylashtiruvi boshqa joylarda va bojxona organining ish vaqtidan tashqari vaqtda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186607" id="-186607">Bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarini, uskunalar hamda aloqa vositalarini bepul berib qoʻyadilar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2114435" id="-2114435"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2114438" id="-2114438">76-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi muddati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2114440" id="-2114440">Tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan hamda barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va transport vositalari nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2114445" id="-2114445">(76-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-345-sonli <a href="/m/acts/-2111255?ONDATE=04.01.2013 00#-2111372">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186612" id="-186612">77-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida vakolatli shaxslarning hozir boʻlishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186613" id="-186613">Bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishtirok etishga haqlidir, bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga binoan esa, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida hozir boʻlishlari va rasmiylashtirishni amalga oshirishda ularga zarur yordam koʻrsatishlari shart.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186615" id="-186615">78-modda. Tovarlar va transport vositalari bilan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan operatsiyalarni oʻtkazish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186616" id="-186616">Bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtuvchi shaxs, tashuvchi, ombor egasi yoki tovarlar va transport vositalariga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan boshqa shaxs bojxona organining talabiga binoan bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni transportda tashish, tortishni yoki ularning miqdorini boshqacha tarzda aniqlashni, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan oʻrovlarni tuzatish, oʻrovlarni ochish, tovarlar va transport vositalarini oʻrash yoki qayta oʻrashni, shuningdek bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin boʻlgan binolar, idishlar va boshqa joylarni ochishni oʻz hisobidan amalga oshirishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186619" id="-186619">Agar tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan boʻlsa, ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-186616">birinchi qismida</a> koʻrsatilgan operatsiyalar bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186622" id="-186622">79-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish uchun namunalar va nusxalar olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186624" id="-186624">Bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish uchun bojxona organlari, ularning ruxsati bilan esa tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar va davlat nazoratini amalga oshiruvchi boshqa organlar bojxona nazorati ostida turgan tovarlardan ularni tekshirish (ekspertiza qilish) uchun namunalar va nusxalar olishga haqlidirlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186626" id="-186626">Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar namunalar va nusxalar olish vaqtida hozir boʻladilar va bojxona organlarining mansabdor shaxslariga yordam koʻrsatadilar, shuningdek namunalar va nusxalarni tekshirish natijalari bilan tanishadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186629" id="-186629">Tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxsning tashabbusi bilan bojxona organlari tomonidan tovarlardan namunalar va nusxalar olish, shuningdek namunalar va nusxalarni tekshirish natijasida yuzaga kelgan xarajatlarni ana shu shaxs toʻlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186632" id="-186632">Namunalar va nusxalar olish tartibi, ularni tekshirish va tasarruf etish muddatlari, shuningdek tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186635" id="-186635">80-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi va davlatning boshqa organlari nazorati </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186636" id="-186636">Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi veterinariya, fitosanitariya, ekologiya nazorati va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat nazoratining boshqa turlari amalga oshirilganidan keyin tugaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186637" id="-186637">81-modda. Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186638" id="-186638">Tabiiy ofatlar, falokatlar, halokatlar yuz berganda zarur boʻladigan tovarlarni, tirik hayvonlar, tez buziladigan tovarlar, radioaktiv materiallar, ommaviy axborot uchun zarur xabarlar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining oliy organlari nomiga yuborilayotgan tovarlarni, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarni va boshqa shunga oʻxshash tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda ularning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda va birinchi oʻrinda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186640" id="-186640">Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarga olib kirilayotgan, shuningdek ularning hududidan olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186641" id="-186641">Bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibini qoʻllanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186642" id="-186642">82-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186645" id="-186645">Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalaridan foydalanishga hamda ularni tasarruf etishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186646" id="-186646">8-bob. DASTLABKI OPERATSIYALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186647" id="-186647">83-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boshlanishidan oldingi harakatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186648" id="-186648">Bojxona rasmiylashtiruvi boshlangunga va tovarlar hamda transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgunga qadar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda dastlabki operatsiyalar oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186649" id="-186649">84-modda. Bojxona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186666" id="-186666">Bojxona hududiga tovarlar va transport vositalarini olib kirishda, shu jumladan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududidan tovarlar va transport vositalarini olib kirishda tashuvchi bojxona chegarasini kesib oʻtish toʻgʻrisida bojxona organini xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186667" id="-186667">Tovarlar va transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaxs bu tovarlar va transport vositalarini olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi xabarnomani qayd etadi va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar hamda transport vositalari keltirilishi lozim boʻlgan vaqt va joyni tayin qiladi. Agar tovarlarni olib oʻtuvchi shaxs ushbu xabarni yetkazmasa, bu vazifa tashuvchi zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186668" id="-186668">Ushbu moddaning talablari Oʻzbekiston Respublikasining hududida joylashgan port yoki aeroportda toʻxtamay bojxona hududini kesib oʻtadigan dengiz, daryo va havo kemalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186671" id="-186671">85-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularga tegishli hujjatlarni bojxona organi belgilaydigan joyga keltirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186672" id="-186672"><a href="/m/acts/-184746#-186649">84-moddada </a>nazarda tutilgan xabarnoma berilganidan keyin tashuvchi ushbu Kodeksning talablariga rioya etgan holda tovarlar, transport vositalari va ularga tegishli hujjatlarni bojxona organi belgilagan joyga yetkazib keltirishi va kelganidan keyin shu joyda turishi shart. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186673" id="-186673">86-modda. Etib kelganlik toʻgʻrisida xabar berish hamda tovarlar va transport vositalarini yetkazib keltirilgan joyda koʻrsatish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186674" id="-186674">Tovarlar va transport vositalari yetkazib keltirilgan joyda bojxona organiga koʻrsatiladi, ularga tegishli hujjatlar esa, topshiriladi. Koʻrsatish tovarlar va transport vositalari keltirilganidan keyin kechi bilan 30 minut ichida, tovarlar va transport vositalari bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda yetkazib keltirilgan taqdirda, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin koʻpi bilan 30 minut ichida ular keltirilganligi haqida xabar qilishdan iboratdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186675" id="-186675">Bojxona organining talabiga binoan koʻrsatilgan tovarlar va transport vositalari amalda ana shu organga taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186676" id="-186676">Tovarlar koʻrsatilganidan keyin tovarlarga nisbatan vakolatlarga ega boʻlgan shaxslar tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida bojxona organining ruxsati bilan ulardan namunalar va nusxalar olishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186677" id="-186677">Tayin qilingan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlar va transport vositalari bojxona nazorati zonasida joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186678" id="-186678">Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida vujudga kelgan xarajatlar tashuvchining oʻz hisobiga yoziladi va bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186679" id="-186679">87-modda. Qisqa deklaratsiya </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186680" id="-186680">Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar qisqa deklaratsiya qoʻllanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186681" id="-186681">Bojxona organining ruxsati bilan qisqa deklaratsiya sifatida transport, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlardan, shu jumladan xalqaro tashishlarni amalga oshirish chogʻida qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlardan foydalanilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186682" id="-186682">Qisqa deklaratsiya tashuvchi tomonidan tovarlar va transport vositalarini koʻrsatish bilan bir vaqtda yoki bojxona organining ruxsati bilan tovarlar va transport vositalari koʻrsatilganidan keyin yigirma toʻrt soat ichida topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186684" id="-186684">Agar tovarlar koʻrsatilgan muddat ichida muayyan bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa deklaratsiya topshirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186685" id="-186685">Tashuvchi tomonidan qisqa deklaratsiya topshirish vakolati berilgan shaxs boʻlmasa, kapitan, haydovchi yoki transport vositasini boshqaruvchi boshqa shaxs bojxona organlari uchun shunday shaxs deb hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186686" id="-186686">Tashuvchining vakili qisqa deklaratsiyani rasmiylashtirishda bojxona organlariga yordam koʻrsatishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186687" id="-186687">Qisqa deklaratsiyaning shakli va unda koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxati va uni berish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186688" id="-186688">88-modda. Dastlabki operatsiyalar paytida bojxona organlari oldidagi javobgarlik</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186689" id="-186689">Olib kirilgan tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar ular uchun, shu jumladan boj toʻlovlari toʻlanishi uchun bojxona organlari oldida tashuvchi javobgar boʻladi, ushbu Kodeks 84-moddasining <a href="/m/acts/-184746#-186667">ikkinchi qismida </a>nazarda tutilgan hol bundan mustasno. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186690" id="-186690">9-bob. DEKLARATSIYALASh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186692" id="-186692">89-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186693" id="-186693">Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan yoki bojxona rejimi oʻzgartirilayotgan tovarlar va transport vositalari, shuningdek boshqa tovarlar va transport vositalari uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda bojxona organiga deklaratsiya topshirilishi lozim.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186694" id="-186694">90-modda. Deklaratsiyalash shakllari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162781" id="-2162781"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162782" id="-2162782">Deklaratsiyalash tovarlar va transport vositalari toʻgʻrisidagi, ular joylashtiriladigan bojxona rejimlari haqidagi aniq maʼlumotlarni, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda (yozma, ogʻzaki, elektron) bayon etish orqali amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162784" id="-2162784">(90-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160784">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186696" id="-186696">Deklaratsiyalashning shakli va tartibi, shuningdek bojxona deklaratsiyasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186698" id="-186698">91-modda. Deklaratsiyalash joyi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186699" id="-186699">Tovarlar uchun bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilayotgan bojxona organiga deklaratsiya topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186700" id="-186700">Tovarlar tashiydigan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186701" id="-186701">Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilar tashiyotgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtish vaqtida deklaratsiyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186702" id="-186702">Dengiz, daryo va havo kemalari oʻzi yetib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidagi port yoki aeroportda yoxud oʻzi joʻnab ketgan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidagi port yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186703" id="-186703">92-modda. Bojxona deklaratsiyasini topshirish muddatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186704" id="-186704">Bojxona deklaratsiyasi bojxona organlari tomonidan belgilangan muddatlarda topshiriladi. Bu muddatlar tovarlar va transport vositalari koʻrsatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan oshmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186705" id="-186705">Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlardagi tovarlarni qoʻl yuki va bagaj holida bojxona chegarasidan olib oʻtishda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni koʻrsatish bilan bir vaqtda topshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186707" id="-186707">Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib oʻtganidan keyin koʻpi bilan uch soat, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtishiga koʻpi bilan uch soat qolganida deklaratsiyalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186709" id="-186709">Ushbu moddada koʻrsatilgan muddatlar bojxona organlari belgilaydigan tartibda va shartlarda uzaytirilishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186711" id="-186711">93-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186713" id="-186713">Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186715" id="-186715">Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186717" id="-186717">94-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186721" id="-186721">Bojxona deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda bojxona organiga boshqa zarur hujjatlar ham topshiriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasi va taqdim etilgan hujjatlarda bayon etilgan maʼlumotlarni tekshirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186722" id="-186722">Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilashga haqli.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162785" id="-2162785"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162786" id="-2162786">Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162789" id="-2162789">(94-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160785">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186724" id="-186724">95-modda. Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, toʻldirish va qaytarib olish </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162800" id="-2162800"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162801" id="-2162801">Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar deklarant tomonidan oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162802" id="-2162802">(95-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160786">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186727" id="-186727">Oʻzgartirish, toʻldirish yoki qaytarib olish faqatgina:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186728" id="-186728">bojxona deklaratsiyasini tekshirish boshlanguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186729" id="-186729">tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirish boshlanguniga qadar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186730" id="-186730">koʻrsatilgan maʼlumotlarning notoʻgʻri ekanligi bojxona organi tomonidan aniqlanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186731" id="-186731">Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki toʻldirish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186732" id="-186732">Bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz tashabbusi bilan, shaxsning topshirigʻi yoki iltimosiga binoan yozma bojxona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirishga haqli emas, bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish hollari, shuningdek agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli maʼlumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz koʻrinishda mavjud boʻlsa, kodli maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirish bundan mustasno.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-186733" id="-186733"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162804" id="-2162804"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2162805" id="-2162805">96-modda. Muvaqqat va toʻliq boʻlmagan bojxona deklaratsiyasi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162806" id="-2162806">(96-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160788">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186734" id="-186734">Agar deklarant alohida sabablar tufayli batafsil bojxona deklaratsiyasini taqdim eta olmasa, bojxona organi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda muvaqqat yoki toʻliq boʻlmagan bojxona deklaratsiyasini taqdim etish uchun ruxsat berishga haqli, bunda muvaqqat yoki toʻliq boʻlmagan bojxona deklaratsiyasida bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan asosiy maʼlumotlar bayon etilishi va yetishmayotgan maʼlumotlar bojxona organi belgilaydigan muddatlarda taqdim etilishi shart qilib qoʻyiladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162808" id="-2162808"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-2162809" id="-2162809">96<sup>1</sup>-modda. Dastlabki deklaratsiyalash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162810" id="-2162810">Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning xohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162811" id="-2162811">Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanilishi kerak boʻlsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi va, zarurat boʻlganda, bojxona organi tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin koʻchirma nusxalarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni hujjatlarning aslidagi maʼlumotlar bilan taqqoslaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162812" id="-2162812">Tovarlar bojxona hududiga yetib kelguniga qadar ularni tekshirish tugatilganidan va hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin, dastlabki bojxona deklaratsiyasidan bojxona operatsiyalari tovarlariga qoʻllash uchun zarur boʻlgan yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiya bojxona rasmiylashtiruvi uchun barcha zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olmagan va (yoki) hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan hollar mustasno. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162813" id="-2162813">Dastlabki bojxona deklaratsiyasi, agar ushbu deklaratsiyada koʻrsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona organiga deklaratsiya qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162814" id="-2162814">(96<sup>1</sup>-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160790">Qonuniga </a>asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186735" id="-186735">97-modda. Davriy bojxona deklaratsiyasi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186736" id="-186736">Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir xil tovarlar va transport vositalari muntazam ravishda olib oʻtilsa, bojxona organi muayyan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar va transport vositalariga bitta bojxona deklaratsiyasi berilishiga ruxsat etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186737" id="-186737">Davriy bojxona deklaratsiyasini topshirish hollari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186738" id="-186738">98-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186739" id="-186739">Bojxona organlari tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashning soddalashtirilgan tartibini belgilab qoʻyishga haqli.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186740" id="-186740">99-modda. Deklarant</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186741" id="-186741">Tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaxs yoki bojxona brokeri deklarant boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186743" id="-186743">Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxsi deklarant boʻlishi mumkin, jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarida tovarlar olib oʻtish hollari va bojxona organlari belgilaydigan boshqa hollar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186744" id="-186744">Deklarant, u bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtuvchi shaxs yoki bojxona brokeri boʻlishidan qatʼi nazar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha vazifalarni bajaradi va toʻliq javobgar boʻladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186746" id="-186746">100-modda. Deklarantning huquqlari va majburiyatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186747" id="-186747">Deklarant bojxona deklaratsiyasini topshirgunga qadar bojxona nazorati ostida tovarlar va transport vositalarini koʻzdan kechirishga, bojxona organining ruxsati bilan namunalar va nusxalar olishga haqli. Agar tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasida hisobga olingan boʻlsa, namunalar va nusxalar olinganida ular haqida alohida bojxona deklaratsiyasi taqdim etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186748" id="-186748">Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash chogʻida deklarant:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186749" id="-186749">ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibga muvofiq tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalashga va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini topshirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186751" id="-186751">bojxona organining talabiga binoan deklaratsiyalanayotgan tovarlar va transport vositalarini koʻrsatishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186752" id="-186752">bojxona organiga bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186753" id="-186753">bojxona toʻlovlarini toʻlashga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-221606" id="-221606">bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda yordam berishga majburdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186755" id="-186755">Qonun hujjatlarida deklarantning boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186756" id="-186756">101-modda. Bojxona brokeri </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-205033" id="-205033"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205034" id="-205034">Bojxona brokeri oʻzini vakil qilgan shaxs hisobidan va uning topshirigʻiga binoan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni oʻz nomidan oʻtkazuvchi hamda bojxona ishi sohasida boshqa vositachilik vazifalarini bajaruvchi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205035" id="-205035">Bojxona brokeri bilan uni vakil qilgan shaxsning oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205038" id="-205038">Bojxona brokerining bojxona organlari oldidagi huquqlari va majburiyatlari uni vakil qilgan shaxs bilan tuzilgan shartnomada cheklab qoʻyilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205040" id="-205040">Yuridik shaxs bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205042" id="-205042">xodimlar shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga ega boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205045" id="-205045">ushbu Kodeks 100-moddasi ikkinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-186753">beshinchi xatboshisida </a>nazarda tutilgan hollarda fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash haqida shartnoma tuzishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205050" id="-205050">Yuridik shaxslarning bojxona brokeri sifatidagi faoliyati ustidan nazorat olib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205051" id="-205051">(101-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59865">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186762" id="-186762">102-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205052" id="-205052">Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis bojxona organi tomonidan berilgan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — deklarant bilan mehnat shartnomasi tuzgan va shu deklarant nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha harakatlarni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxsidir. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205053" id="-205053">(102-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59886">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186764" id="-186764">Deklarant bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlari oldidagi majburiyatlarini cheklab qoʻyishi mumkin emas.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-186765" id="onLS-186765">[<b>TSZ:</b><div id="LS3747"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186765" id="-186765">V BOʻLIM. BOJXONA TOʻLOVLARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186766" id="-186766">10-bob. ASOSIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186767" id="-186767">103-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186768" id="-186768">Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186769" id="-186769">boj;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186770" id="-186770">qoʻshilgan qiymat soligʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186772" id="-186772">aksiz soligʻi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205320" id="-205320">bojxona hududida qayta ishlash rejimidan va bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash rejimidan foydalanish bilan bogʻliq ruxsatnomalarni berganlik uchun yigʻimlar; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205327" id="-205327">(103-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59890">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205341" id="-205341">bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik, bunday attestatni qayta rasmiylashtirganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yigʻimlar; </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205345" id="-205345">(103-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59890">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186776" id="-186776">bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186777" id="-186777">tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186778" id="-186778">tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yigʻimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186779" id="-186779">dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186780" id="-186780">Qonun hujjatlarida boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186781" id="onLBC-186781">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7052"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.02.00 Bojxona bojlari. Boj tarifi]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186781" id="-186781">104-modda. Boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186782" id="-186782">Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186784" id="-186784">Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari toʻlangan boj, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi lozim.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186785" id="onLBC-186785">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7078"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari]</span></div></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186785" id="-186785">105-modda. Bojxona yigʻimlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186786" id="-186786">Quyidagi harakatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan miqdorlarda bojxona yigʻimlari undiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186787" id="-186787">tovarlar va transport vositalarini, shu jumladan kuzatuvchisiz bagajda, xalqaro pochta joʻnatmalari va yuklarda olib oʻtilayotgan notijorat maqsadlaridagi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186788" id="-186788">tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186789" id="-186789">tovarlar va transport vositalarini bojxona organlari egaligidagi bojxona omborlari va vaqtincha saqlash omborlarida saqlaganlik uchun;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186791" id="-186791">tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186792" id="onLBC-186792">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7079"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.08.00 Soliqlar va bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186792" id="-186792">11-bob. BOJXONA TOʻLOVLARINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186793" id="-186793">106-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asoslar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186794" id="-186794">Tovarlar va transport vositalarining qonun hujjatlarida belgilanadigan bojxona qiymati bojni, aksiz soligʻini va tegishli boj yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun asos boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186795" id="-186795">Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos boʻlib, unga toʻlanishi lozim boʻlgan boj, aksizga tortiladigan tovar boʻyicha esa, aksiz soligʻining summasi ham qoʻshiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186796" id="-186796">107-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186797" id="-186797">Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan toʻlanadi. Har qanday manfaatdor shaxs, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlovchining oʻrniga bojxona toʻlovlarini toʻlashga haqli. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186798" id="-186798">108-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186799" id="-186799">Bojxona toʻlovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilingunga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi. Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib oʻtilayotganda bojxona toʻlovlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186800" id="-186800">Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatining oʻtishi bojxona deklaratsiyasini topshirish muddati tugaganidan keyingi kundan boshlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186801" id="-186801">109-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186802" id="-186802">Bojxona toʻlovlari bojxona organiga, xalqaro pochta joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan esa, — aloqa korxonalariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda toʻlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186803" id="-186803">Bojxona toʻlovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1336988" id="-1336988">(109-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 7-apreldagi OʻRQ-142-sonli <a href="/m/acts/-1334325?ONDATE=08.04.2008 00#-1334346">Qonuniga </a>muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 85-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186805" id="-186805">110-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186806" id="-186806">Toʻlovchiga bojxona organining qaroriga asosan toʻlovlarni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati, bojxona toʻlovlarining toʻlanishi ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-186810">111-moddasida</a> nazarda tutilgan tartibda taʼminlangan taqdirda, berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186807" id="-186807">Bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab ikki oydan oshmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186808" id="-186808">Kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda foizlar undiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205384" id="-205384">Ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsuloti ishlab chiqarish maqsadida foydalaniladigan import qilinayotgan moddiy-texnika resurslari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha uni toʻlashni foiz undirilmagan holda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205391" id="-205391">(110-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son <a href="/m/acts/-44853?ONDATE=28.09.1999 00#-65088">Qonuniga</a> asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205406" id="-205406">Moddiy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomidagi dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun import qilayotgan uskunalar, xomashyo va moddiy resurslar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlari bundan mustasno) foiz undirilmagan holda toʻqson kunlik muddatga kechiktirish imkoniyati beriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205419" id="-205419">(110-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son <a href="/m/acts/-64083?ONDATE=20.01.2002 00#-75276">Qonuniga</a> asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186809" id="-186809">Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilmaydi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186810" id="-186810">111-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186811" id="-186811">Bojxona toʻlovlarini toʻlash tovarlar va transport vositalarini garovga qoʻyish, uchinchi shaxsning kafolati yoxud tegishli summalarni bojxona organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish yoʻli bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162815" id="-2162815"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162816" id="-2162816">Garovga qoʻyuvchi garov shartnomasiga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162817" id="-2162817">(111-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160797">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162818" id="-2162818"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162819" id="-2162819">Garovga qoʻyilgan tovarlar va transport vositalari, agar garov shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, garovga qoʻyuvchining egaligida qoladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162820" id="-2162820">(111-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160799">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186814" id="-186814">Garovni rasmiylashtirish va undiruvni garov narsasiga qaratish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186815" id="-186815">Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlovchi omil sifatida bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan boshqa moliya-kredit muassasasining kafolatidan foydalanish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186816" id="-186816">Tovarlar erkin muomala yoki eksport uchun bojxonaning chiqarish rejimlariga muvofiq chiqariladigan hollarda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi bojxona organining depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Summalar depozit hisobvaragʻida saqlangan vaqt uchun foizlar qoʻshilmaydi. Tegishli summalarni depozit hisobvaragʻiga oʻtkazish va ularni qaytarish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186817" id="-186817">112-modda. Bojxona toʻlovlarini undirish va javobgarlik choralari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186818" id="-186818">Ushbu Kodeksga muvofiq toʻlanmagan bojxona toʻlovlari bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda undiriladi, tovarlarni notijorat maqsadlarida olib oʻtadigan jismoniy shaxslardan undiriladigan toʻlovlar bundan mustasno boʻlib, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2256692" id="-2256692"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2256695" id="-2256695">Bojxona toʻlovlarini qoʻshib hisoblash tovarlar chiqishiga ruxsat berilgan paytdan eʼtiboran bir yil mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Bunda yuridik shaxslar bojxona organiga xabarnoma yuborib, tekshiruvlar natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalar summalarini toʻlashni undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2256706" id="-2256706">(112-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250029">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2256713" id="-2256713"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2256717" id="-2256717">Qarzdorlik vaqti uchun oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun boqimanda summasining 0,033 foizi miqdorida soʻzsiz tartibda penya undiriladi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha toʻlangan summalarga teng boʻlgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik subyektining bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik summasidan koʻp boʻlishi mumkin emas</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2256721" id="-2256721">(112-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250031">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186821" id="-186821">Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlangan yoki toʻlovchida pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda undiruv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186822" id="-186822">113-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162821" id="-2162821"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162822" id="-2162822">Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari bunday toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida toʻlovchining talabnomasi boʻyicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilishi yoxud boʻlgʻusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162823" id="-2162823">(113-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160801">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162825" id="-2162825"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162826" id="-2162826">Bojxona rejimlariga muvofiq qaytarilishi kerak boʻlgan bojxona toʻlovlari bojxona rejimlari bilan belgilangan muddatlarda qaytarilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162827" id="-2162827">(113-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160803">Qonuniga </a>asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186824" id="-186824">Bojxona toʻlovlari qaytarilganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186825" id="-186825">VI BOʻLIM. DASTLABKI QARORLAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186826" id="-186826">114-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186827" id="-186827">Bojxona organlari tovarlarning tasnifi, ularning bojxona qiymati va qaysi mamlakatda tayyorlangani, bojxona toʻlovlari miqdori va bojxona ishining boshqa masalalari yuzasidan dastlabki tarzda qaror qabul qilishi mumkin. Dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun uni soʻrayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq undiriladi. Dastlabki qarorni qabul qilish tartibi va shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186828" id="-186828">Dastlabki qaror bojxona organlari uchun majburiy boʻlib, qabul qilingan paytdan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186829" id="-186829">115-modda. Dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186830" id="-186830">Dastlabki qarorning qabul qilinishidan manfaatdor boʻlgan shaxs bojxona organlariga yozma soʻrov yuboradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186831" id="-186831">Soʻrovda dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar boʻlishi kerak. Soʻrovga tovarlarning namunalari va nusxalari, ularning tavsifi, fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, tijorat hujjatlari va boshqa hujjatlar, soʻralayotgan dastlabki qaror xususiyatiga qarab boshqa har qanday zarur maʼlumotlar ilova qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186832" id="-186832">Agar dastlabki qarorni qabul qilishning iloji boʻlmasa, soʻrov rad etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186833" id="-186833">116-modda. Dastlabki qarorni bekor qilish, oʻzgartirish yoki chaqirib olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186834" id="-186834">Bojxona organlari oʻzlari qabul qilgan dastlabki qarorni bekor qilishi, oʻzgartirishi yoki chaqirib olishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186836" id="-186836">Agar dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan chala yoki notoʻgʻri axborot asosida qabul qilingan boʻlsa, shuningdek dastlabki qarorga daxldor boʻlgan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritilgan taqdirda, dastlabki qaror bekor qilinadi yoki oʻzgartiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186838" id="-186838">Dastlabki qarorning shartlariga rioya etilmagan taqdirda u chaqirib olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186840" id="-186840">Dastlabki qarorni bekor qilish, chaqirib olish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186842" id="-186842">Dastlabki qaror bekor qilingan, chaqirib olingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda uni qabul qilganlik uchun olingan haq qaytarilmaydi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186843" id="onLBC-186843">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7057"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186843" id="-186843">VII BOʻLIM. ChET ELLIK ShAXSLARNING AYRIM TOIFALARI UChUN BOJ IMTIYOZLARI</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186844" id="-186844">12-bob. ChET DAVLATLARNING VAKOLATXONALARI VA ULARNING XODIMLARI UChUN BOJ IMTIYOZLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186845" id="-186845">117-modda. Chet davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186847" id="-186847">Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatiya vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186849" id="-186849">118-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agenti uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186851" id="-186851">Diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agentlari (diplomatiya jamoasining boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolari oʻzlarining shaxsiy foydalanishiga moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilib Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186853" id="-186853">Koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy yuki unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirish va olib chiqish qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarda taqiqlangan yoxud karantin va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilishga yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan ozod qilinmaydi. Bunday tekshiruv faqat diplomatiya agenti yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186855" id="-186855">119-modda. Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186857" id="-186857">Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasalar yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasalar, roʻzgʻorni bir qadar butlab olishga kerakli tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun olinadigan toʻlovlar bundan mustasno. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186858" id="-186858">120-modda. Diplomatiya agentlariga beriladigan boj imtiyozlarini chet davlat diplomatiya vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186859" id="-186859">Chet davlat diplomatiya vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-186849">118-moddasiga </a>muvofiq diplomatiya agentlariga beriladigan bojxona imtiyozlari har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, tatbiq etilishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186860" id="-186860">121-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning jamoa aʼzolari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186861" id="-186861">Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatiya vakolatxonalari va diplomatiya vakolatxonalarining diplomatiya agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186862" id="-186862">Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilari, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus bitim asosida va ular bilan munosabatlardagi hamjihatlik prinsipidan kelib chiqib, chet davlat diplomatiya vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlar va xizmat koʻrsatuvchi jamoa aʼzolariga) beriladigan boj imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186863" id="-186863">122-modda. Chet davlatlarning diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186864" id="-186864">Diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplaridan iborat yuk donalari yaqqol koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlib, ushbu yuk donalarining xususiyatini aks ettirmogʻi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186865" id="-186865">Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan diplomatiya pochtasi va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning <a href="/m/acts/-184746#-186866">uchinchi qismida</a> koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslaridan konsullik pochta qopini ochishni bojxona organi talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186866" id="-186866">Diplomatiya pochtasida faqat diplomatiya hujjatlari va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi lozim. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186867" id="-186867">13-bob. ChET ELLIK BOShQA ShAXSLAR UChUN BOJ IMTIYOZLARI</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186868" id="-186868">123-modda. Chet davlatlarning diplomatiya va konsullik kuryerlari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186869" id="-186869">Chet davlatlarning diplomatiya va konsullik kuryerlari oʻzlarining shaxsiy foydalanishlari uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va boj toʻlovlaridan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishlari va undan olib chiqishlari mumkin, saqlaganlik uchun, belgilangan joylardan tashqarida va bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun toʻlovlar bundan mustasno. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186870" id="-186870">124 modda. Chet davlatlar vakillari va delegatsiyalarining aʼzolari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186871" id="-186871">Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining xodimlariga chet davlat diplomatiya vakolatxonasining diplomatiya agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar koʻrsatilgan shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186872" id="-186872">125-modda. Bojxona hududi orqali tranzit boʻlib oʻtadigan diplomatiya agentlari, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186873" id="-186873">Chet davlatning diplomatiya agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-186870">124-moddasida</a> koʻrsatilgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tranzit boʻlib oʻtayotganda chet davlatlar diplomatiya vakolatxonalarining diplomatiya agentlari uchun nazarda tutilgan boj imtiyozlari beriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186874" id="-186874">126-modda. Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlat vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun boj imtiyozlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186875" id="-186875">Xalqaro, hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun boj imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186876" id="-186876">VIII BOʻLIM. NAZORAT OSTIDA TOVAR YETKAZIB BERISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186878" id="-186878">127-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186880" id="-186880">Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar xalqaro gʻayriqonuniy muomalada boʻlishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatlarning bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning oʻz nazoratlari ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bojxona hududidan olib chiqilishiga yoki bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186882" id="-186882">Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulini jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga yoki kontrabanda hisoblanuvchi qonunga xilof xatti-harakatlarning vositasi boʻlgan ashyolarga nisbatan ham qoʻllash mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186883" id="-186883">Nazorat ostida tovar yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186886" id="-186886">Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qabul qilingan qarordan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini xabardor qiladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186887" id="-186887">128-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilganda musodara qilingan pul mablagʻlari va mol-mulkni tasarruf etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186889" id="-186889">Oʻzbekiston Respublikasi va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli idoralari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-186892" id="onLBC-186892">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7105"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186892" id="-186892">IX BOʻLIM. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-186894" id="-186894">14-bob. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186895" id="-186895">129-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186896" id="-186896">Ushbu Kodeksda va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan bojxona qoidalariga aybli gʻayrihuquqiy rioya etmaslik bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi deb hisoblanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186897" id="-186897">130-modda. Fuqarolar va mansabdor shaxslarning javobgarligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186898" id="-186898">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan fuqarolar va mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgar boʻladilar, ularning qilmishlarida jinoyat alomatlari boʻlgan taqdirda esa, jinoiy javobgar boʻladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205432" id="-205432">(130-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59896">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186900" id="-186900">131-modda. Yuridik shaxslarning javobgarligi </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2257030" id="-2257030"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2257031" id="-2257031">Yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-187370">161 — 169-moddalarida </a>nazarda tutilgan qonunbuzarliklar uchun ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-186904">132-moddasida </a>nazarda tutilgan jarimalar (iqtisodiy jazo choralari) va boshqa jazolar qoʻllaniladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257032" id="-2257032">(131-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250032">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186902" id="-186902">Yuridik shaxslarni javobgarlikka tortish ularning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini ular bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-186903" id="-186903">Yuridik shaxsning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarini kontrabanda uchun hamda bojxona ishi sohasida boshqa jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish yuridik shaxsni bojxonaga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod etmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116711" id="-1116711">Tadbirkorlik subyekti bojxona toʻlovlarini toʻlamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini materiallar sudga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya toʻlagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti unga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qoʻllanilishidan ozod qilinadi</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1116723" id="-1116723">(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067962">Qonuni</a> asosida toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-186904" id="-186904">132-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun beriladigan jazo turlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187228" id="-187228">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun quyidagi jazolar beriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187229" id="-187229">1) jarima;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1749144" id="-1749144">(132-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59899">Qonuniga</a> muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187232" id="-187232">3) bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishini sodir etish quroli yoki bevosita ashyosi hisoblangan tovarlar va transport vositalarini musodara qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205440" id="-205440">Ushbu modda birinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-187229">1-bandida </a>nazarda tutilgan jazo asosiy jazo sifatida qoʻllaniladi, ushbu modda birinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-187232">3-bandida </a>nazarda tutilgan jazo esa ham asosiy, ham qoʻshimcha jazo sifatida qoʻllanilishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205444" id="-205444">(132-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59903">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187234" id="-187234">Tovarlar va transport vositalarining qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladigan jarima miqdorini aniqlash chogʻida, bunday qiymat deb ularning huquqbuzarlik aniqlangan kundagi erkin (bozor) narxi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187235" id="-187235">Yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxs bojxona haqidagi qonun hujjatlarini bir necha bor buzgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida jarima solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1131125" id="-1131125">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi toʻlanmagan bojxona toʻlovlarini va qoʻllanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1131130" id="-1131130">(132-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067966">Qonuni</a> asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187236" id="-187236">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berilishi javobgarlikka tortilayotgan shaxslarni boj toʻlovlarini toʻlash va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa talablarni bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187237" id="-187237">133-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berish muddatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205446" id="-205446">Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-187229">1-bandida</a> nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilganligi aniqlangan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay, lekin qonunbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran uch yildan kechiktirmay, davlat budjetiga boj toʻlovlari toʻlanmaganligi bilan bogʻliq ishlar boʻyicha esa besh yildan kechiktirmay qoʻllanilishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205449" id="-205449">(133-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59907">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187239" id="-187239">Ushbu Kodeks 132-moddasi birinchi qismining <a href="/m/acts/-184746#-187232">3-bandida</a> nazarda tutilgan jazo bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan yoki buzilganligi aniqlangan vaqtdan qatʼi nazar va u asosiy yoki qoʻshimcha jazo boʻlishidan qatʼi nazar berilaveradi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187240" id="-187240">15-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZIShNING AYRIM TURLARI UChUN YuRIDIK ShAXSLARNING VA YuRIDIK ShAXS TAShKIL ETMASDAN TADBIRKORLIK FAOLIYATI BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN ShAXSLARNING JAVOBGARLIGI</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115383" id="-1115383">(134 — 136-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257035" id="-2257035">(137-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115388" id="-1115388">(138-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257037" id="-2257037">(139-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115413" id="-1115413">(140 — 143-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257039" id="-2257039">(144 — 146-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115444" id="-1115444">(147—150-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257041" id="-2257041">(151 — 154-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115455" id="-1115455">(155-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257042" id="-2257042">(156-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257048" id="-2257048">(157-158-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257050" id="-2257050">(159-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115457" id="-1115457">(160-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187370" id="-187370">161-modda. Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab olib oʻtish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187371" id="-187371"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187372" id="-187372">Tovarlar va transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, yaʼni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib oʻtish, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa —</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187373" id="-187373">tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187374" id="-187374">162-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187407" id="-187407"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187409" id="-187409">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, yaʼni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga oʻxshash qilib qoʻyish, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187410" id="-187410">tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1116774" id="-1116774"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1116778" id="-1116778">163-modda. Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116780" id="-1116780"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116782" id="-1116782">Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-187422">164</a> va <a href="/m/acts/-184746#-187622">167-moddalarida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116785" id="-1116785">tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yuz foizidan ikki yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1116788" id="-1116788">(163-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067998">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1115549" id="-1115549"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1115550" id="-1115550">164-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1139126" id="-1139126"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2257059" id="-2257059"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2257061" id="-2257061">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni notoʻgʻri deklaratsiyalash, yaʼni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun kerakli boʻlgan belgilangan yozma, ogʻzaki yoki boshqa shakldagi toʻgʻri maʼlumotlarni bermaslik yoxud notoʻgʻri maʼlumotlar berish, ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-187370">161—163</a> va <a href="/m/acts/-184746#-187622">167-moddalarida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari boʻlmasa, —</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257062" id="-2257062">(164-moddaning birinchi qismi dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250034">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1139127" id="-1139127">tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115553" id="-1115553"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1139128" id="-1139128">Notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, bu maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona toʻlovlari miqdori toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga taʼsir etmasa, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1139129" id="-1139129">eng kam ish haqining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115555" id="-1115555">(164-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067999">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187444" id="-187444">165-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187445" id="-187445"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187451" id="-187451">Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab oʻtib yoxud bojxona nazoratidan yashirib, yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yoʻli bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki notoʻgʻri deklaratsiyalangan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-205909" id="-205909">tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-205914" id="-205914">(165-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-59639">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187462" id="-187462">166-modda. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish tartibini buzish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187463" id="-187463"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-2162828" id="-2162828"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-2162829" id="-2162829">Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab boʻlganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-185150">15-moddasida </a>nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2162830" id="-2162830">(166-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli <a href="/m/acts/-2159832?ONDATE=01.05.2013 00#-2160805">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115558" id="-1115558">litsenziyani chaqirib olib yoki chaqirib olmay, boj imtiyozlari berilishi munosabati bilan toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115559" id="-1115559">(166-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068011">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187622" id="-187622">167-modda. Bojxona toʻlovlaridan gʻayriqonuniy ozod qilishga yoki ularni kamaytirishga qaratilgan xatti-harakatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187623" id="-187623"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115583" id="-1115583">Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona toʻlovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos boʻladigan notoʻgʻri maʼlumotlarni koʻrsatish, ushbu Kodeksning <a href="/m/acts/-184746#-187413">163-moddasida</a> nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa — </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115589" id="-1115589">(167-moddaning dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068015">Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115593" id="-1115593">toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115596" id="-1115596">(167-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068016">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187626" id="-187626">168-modda. Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlar va boshqa haqlarni olishga qaratilgan xatti-harakatlar yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187627" id="-187627"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187628" id="-187628">Toʻlangan bojxona toʻlovlarini qaytarib olish, toʻlovlarni va boshqa haqlarni olish huquqini beradigan notoʻgʻri maʼlumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud toʻliq hajmda qaytarmaslik, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115560" id="-1115560">talab qilingan, olingan yoki qaytarilmagan bojxona toʻlovlari, toʻlovlar va boshqa haqlar summasining ellik foizidan yuz ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115562" id="-1115562">(168-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068011">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187630" id="-187630">169-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlarini buzish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187631" id="-187631"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187632" id="-187632">Bojxona toʻlovlarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik, agar jinoyat alomatlari yoʻq boʻlsa, — </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115628" id="-1115628">toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasining yigirma foizidan ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115629" id="-1115629">(169 -moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli<a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068017"> Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115467" id="-1115467">(170-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1067972">Qonuniga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257051" id="-2257051">(171-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-2257052" id="-2257052">(172-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi OʻRQ-355-sonli <a href="/m/acts/-2248652?ONDATE=08.10.2013 00#-2250033">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-187669" id="onLBC-187669">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7105"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187669" id="-187669">X BOʻLIM. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI YURITISh</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187672" id="-187672">16-bob. UMUMIY QOIDALAR</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187674" id="-187674">173-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish tartibi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187676" id="-187676">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq, Kodeksda tartibga solinmagan hollarda esa maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187680" id="-187680">174-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish joyi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187684" id="-187684">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni bojxona organining mansabdor shaxsi huquqbuzarlik aniqlangan joyda yoki yuqori bojxona organining ruxsati bilan — huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yuritadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187687" id="-187687">175. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish muddatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187689" id="-187689">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish u boshlangan kundan eʼtiboran bir oy muddatdan kechikmay tugallanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187691" id="-187691">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish muddati zarur hollarda bojxona organining boshligʻi tomonidan yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga nisbatan toʻrt oygacha uzaytirilishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187693" id="-187693">176-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish materiallarini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187695" id="-187695">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish materiallarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar ish koʻrib chiqilgunga qadar oshkor qilinmaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187698" id="-187698">177-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bayonnomalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187699" id="-187699">Bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilganligi fakti boʻyicha hamda zarur harakatlarni sodir etish paytida bojxona organining mansabdor shaxsi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaklda bayonnomalar tuzadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187702" id="-187702">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bayonnomalarga toʻplangan dalillar qoʻshib qoʻyiladi. Bojxona organining mansabdor shaxsi ish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uzil-kesil hal etilgunga qadar dalillarning saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi shart. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187705" id="-187705">17-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShNING YuRITILIShINI TAʼMINLASh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187707" id="-187707">178-modda. Tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlarni olib qoʻyish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187709" id="-187709">Bojxona nazorati, koʻzdan kechiruvi paytida topilgan huquqbuzarlik quroli yoki bevosita buyumi boʻlgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xolislar hozirligida olib qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187710" id="-187710">Olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari, hujjatlar va boshqa buyumlar ish koʻrib chiqilgunga qadar bojxona organlari belgilagan joylarda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187712" id="-187712">Bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda jarima hamda tovarlar va transport vositalarining qiymati undirilishini taʼminlash uchun huquqbuzardan, agar u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmasa va yuridik shaxsdan — agar u Oʻzbekiston Respublikasi hududida filial yoki vakolatxonaga ega boʻlmasa, tovarlar va transport vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi va valyuta boyliklari olib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187713" id="-187713">Tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolarni olib qoʻyishning imkoni boʻlmagan taqdirda ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish taqiqlanadi, ularning saqlanishi esa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taʼminlanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187721" id="-187721">179-modda. Olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1681977" id="-1681977"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1681978" id="-1681978">Bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni baholash baholovchi tashkilot, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ayrim hollarda esa bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bozor qiymati boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1681979" id="-1681979">(179-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli <a href="/m/acts/-1680067?ONDATE=18.09.2010 00#-1680109">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187723" id="-187723">Pul, obligatsiyalar, cheklar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187724" id="-187724">180-modda. Bojxona tekshiruvi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187725" id="-187725">Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jarayonida dalillarni aniqlash va ularni qayd etish, ishga ahamiyati boʻlgan boshqa holatlarni aniqlash uchun joyni, hududlarni, binolarni, transport vositalarini, ashyolarni va hujjatlarni bojxona tekshiruvidan oʻtkazishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187726" id="-187726">Bojxona tomonidan koʻzdan kechirish hududi, binosi, transport vositasi, ashyolari va hujjatlari koʻzdan kechirilayotgan shaxs (uning vakili), kamida ikki xolis, zarur hollarda esa — mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187727" id="-187727">Bojxona tomonidan koʻzdan kechirishni oʻtkazishda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187728" id="-187728">181-modda. Ekspertiza</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187730" id="-187730">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish paytida bojxona organi mansabdor shaxsining qarori bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertiza tayinlanishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187732" id="-187732">182-modda. Ekspertiza oʻtkazish uchun namunalar va nusxalar olish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187734" id="-187734">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi qaror asosida va xolislar oldida, zarur hollarda esa mutaxassislar ishtirokida tovarlar va boshqa buyumlardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan namuna va nusxalarni, shuningdek imzoning, yozuvning nusxalarini olishga haqli. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187736" id="-187736">183-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187738" id="-187738">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, xolislar ishtirok etishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187741" id="-187741">184-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda shaxslarning ishtirok etishini istisno qiluvchi holatlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187743" id="-187743">Agar ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsalar, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis esa ishni yuritishda ishtirok etishi mumkin emas. Bu holda bojxona organining mansabdor shaxsi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis oʻzini oʻzi rad etishi shart, javobgarlikka tortilayotgan shaxs, uning vakili yoki advokat esa bu shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rad qilishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187745" id="-187745">Ekspert, mutaxassis, tarjimonning oʻz kasbiga noloyiqligi ayon boʻlib qolsa ham, ular rad qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187747" id="-187747">Rad qilish toʻgʻrisida ariza berish ishni yuritishni toʻxtatib qoʻymaydi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187749" id="-187749">185-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187751" id="-187751">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar quyidagilardan iborat boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187753" id="-187753">guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislarga toʻlanadigan summalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187754" id="-187754">tekshiruv va inventarizatsiya oʻtkazish munosabati bilan sarflangan summalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187755" id="-187755">dalillarni saqlash, tashish (joʻnatish) va tekshirish uchun sarflangan summalar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187756" id="-187756">ishni yuritish va koʻrish munosabati bilan bojxona organi qilgan boshqa xarajatlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187757" id="-187757">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqimlar jazo berish toʻgʻrisidagi qaror kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs zimmasiga yuklanadi. Agar bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bir nechta shaxsga jazo berilgan boʻlsa, ishni koʻrayotgan bojxona organining mansabdor shaxsi ularning har biri zimmasiga yuklanadigan chiqimlar miqdorini aniqlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-206047" id="-206047">Mol-mulkni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-206051" id="-206051">(185-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-60033">Qonuni</a> asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187758" id="-187758">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish toʻxtatilgan taqdirda, yuzaga kelgan chiqimlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187759" id="-187759">18-bob. BOJXONA XAQIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI KOʻRIB ChIQISh</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187760" id="-187760">186-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarning koʻrishga taalluqliligi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187761" id="-187761">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlar:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1115637" id="-1115637">agar jazo chorasi sifatida jarima, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tovarlarni musodara qilish chorasi qoʻllanilsa, bojxona organi tomonidan koʻriladi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlaganligi hollari bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tovarlarni musodara qilish chorasini qoʻllash sud tartibida amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1115643" id="-1115643">(186-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli <a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068020">Qonuni</a> tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187763" id="-187763">agar asosiy yoki qoʻshimcha jazo chorasi tariqasida tovarlarni va transport vositalarini musodara qilish nazarda tutilsa, tegishli bojxona organi joylashgan erdagi sud tomonidan koʻriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187764" id="-187764">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish va bojxona organlari nomidan jazolarni qoʻllashga bojxona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187765" id="-187765">Yuqori turuvchi bojxona organi bojxona organlariga taalluqli har qanday ishni oʻzi koʻrish uchun qabul qilib olishga yoki uni istalgan quyi bojxona organlariga topshirishga haqlidir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187766" id="-187766">187-modda. Javobgarlikka tortilayotgan shaxsning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishtirok etishi </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187767" id="-187767">Bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsni ishni koʻrish joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187768" id="-187768">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish, qoida tariqasida, javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokida koʻriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187769" id="-187769">Javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishni koʻrish joyi va vaqti toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabardor qilingani haqida maʼlumotlar mavjud boʻlgan yoxud ish koʻrilayotgan vaqtda shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan hollarda va agar undan ishni kechiktirib turish toʻgʻrisida iltimosnoma tushmagan boʻlsa, ish javobgarlikka tortilayotgan shaxs ishtirokisiz koʻrilishi mumkin. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187770" id="-187770">188-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bojxona organining qarori </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187771" id="-187771">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqib, bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187772" id="-187772">jarima solish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187773" id="-187773">ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187774" id="-187774">jinoyat ishini qoʻzgʻatish va surishtiruv oʻtkazish toʻgʻrisida; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187775" id="-187775">huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallarni tegishliligiga koʻra yuborish toʻgʻrisida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187776" id="-187776">ishni qoʻshimcha ravishda yuritish uchun qaytarish toʻgʻrisida. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187777" id="-187777">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qarorda quyidagilar boʻlishi kerak: qaror chiqargan bojxona organining nomi (mansabdor shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi); ish koʻriladigan sana va joy; ishi koʻrilayotgan shaxsga doir maʼlumotlar; ishni koʻrish vaqtida aniqlangan holatlar bayoni; ushbu Kodeksning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddasi; ish boʻyicha qabul qilingan qaror; qaror ustidan shikoyat qilish muddatlari va tartibiga doir maʼlumotlar. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187785" id="-187785">19-bob. BOJXONA ORGANINING QARORI USTIDAN ShIKOYAT QILISh (PROTEST KELTIRISh) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187786" id="-187786">189-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187787" id="-187787">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan shikoyat qaror kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaxs tomonidan, uning vakili yoki advokat tomonidan yuqori turuvchi bojxona organiga (mansabdor shaxsga) yoki bojxona organi joylashgan erdagi sudga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda berilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187788" id="-187788">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror chiqargan bojxona organi orqali berilgan shikoyat uch sutka ichida tegishlicha yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187789" id="-187789">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha bojxona organi mansabdor shaxsining qarori ustidan qonun hujjatlariga muvofiq nazorat tartibida prokuror protest keltirishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187790" id="-187790">Belgilangan muddatda shikoyat berish yoki protest keltirish jazoni qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shikoyat yoki protest koʻrib chiqilgunga qadar toʻxtatib qoʻyadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187791" id="-187791">190-modda. Bojxona organining hal qiluv qarori </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187792" id="-187792">Bojxona organi bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qaror ustidan berilgan shikoyatni yoki prokurorning protestini koʻrish vaqtida quyidagi hal qiluv qarorlaridan birini qabul qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187793" id="-187793">qarorni oʻzgarishsiz qoldiradi, shikoyat yoki protestni esa qanoatlantirmaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187794" id="-187794">qarorni bekor qiladi va ishni yangidan koʻrish uchun yuboradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187795" id="-187795">qarorni bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187796" id="-187796">bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo chorasini kuchaytirmagan holda uni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan doirada oʻzgartiradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187797" id="-187797">Bojxona organining hal qiluv qarori qaror shaklida rasmiylashtiriladi. Qaror nusxasi uch kun ichida ustidan qaror chiqarilgan shaxsga yuboriladi. Protestni koʻrish natijalari toʻgʻrisida qonunda belgilangan muddatda prokurorga maʼlum qilinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187798" id="-187798">191-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirish asoslari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187799" id="-187799">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilish yoki oʻzgartirishga quyidagilar asos boʻladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187800" id="-187800">uning toʻliq koʻrilmaganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187801" id="-187801">qarorda bayon etilgan xulosalar ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187802" id="-187802">jazoni qoʻllanishning qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartibi uzilganligi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187803" id="-187803">192-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilib, ish yuritishni tugatish oqibatlari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187804" id="-187804">Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha chiqarilgan qarorni bekor qilib, ish yuritishning tugatilishi undirilgan pul summalarining, olib qoʻyilgan va musodara qilingan ashyolarning qaytarilishiga, shuningdek avval qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlar bekor qilinishiga olib keladi. Buyumni qaytarishning imkoni boʻlmagan taqdirda, uning qiymati qoplanadi. Etkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-187805" id="onLBC-187805">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7105"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-187805" id="-187805">XI BOʻLIM. JAZOLAR BERISh TOʻGʻRISIDAGI QARORLARNI IJRO ETISh </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187806" id="-187806">193-modda. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jazo berish toʻgʻrisidagi qarorni ijroga qaratish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187807" id="-187807">Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir hamda agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, u chiqarilgan paytdan eʼtiboran ijro etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187808" id="-187808">Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan taqdirda, qaror, shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganidan keyin ijro etilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187809" id="-187809">Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror uni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun ushbu Kodeksda belgilangan muddat oʻtganidan keyin majburiy ijro ettirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187810" id="-187810">Jazo berish toʻgʻrisida qaror chiqargan bojxona organi uni mustaqil ravishda yoxud moliya organi, banklar yoki boshqa kredit muassasalariga qarorni ijroga qaratish toʻgʻrisida xabarnoma yuborish orqali yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy tarzda ijroga qaratadi. Jazo berish toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha undirish toʻliq amalga oshirilgach, u ijro etilgani haqida belgi qoʻyilib, bojxona organiga qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187811" id="-187811">Agar yuridik shaxslarga va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarga jazo berish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kunidan eʼtiboran bir yil ichida ijroga qaratilmagan boʻlsa, u ijro etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187814" id="-187814">Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi munosabati bilan qarorning ijrosi toʻxtatib turilgan taqdirda, muddatning oʻtishi ular koʻrib chiqilguniga qadar toʻxtatib turiladi. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1116837" id="-1116837"></div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-1116841" id="-1116841">194-modda. Jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116843" id="-1116843">Jarima bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs tomonidan unga qaror topshirilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kun ichida, qaror ustidan shikoyat berilgan yoki protest keltirilgan taqdirda esa — shikoyat yoki protest qanoatlantirmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar qilingan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kun ichida toʻlanishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116844" id="-1116844">Agar jarima Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs yoxud Oʻzbekiston Respublikasi hududida filiali yoki vakolatxonasi boʻlmagan yuridik shaxs tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlanmasa, u ushbu Kodeks 178-moddasining <a href="/m/acts/-184746#-187712">uchinchi qismiga </a>muvofiq ana shu jazoni taʼminlash uchun olib qoʻyilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlarni sotishdan olingan summalardan undiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1116845" id="-1116845">Shaxsning jarima toʻlash uchun yetarli pul mablagʻlari boʻlmasa, bu summani undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-1116848" id="-1116848">(194-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli<a href="/m/acts/-1067372?ONDATE=11.10.2006 00#-1068022"> Qonuni </a>tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda) </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187819" id="-187819">195-modda. Musodara qilish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-206149" id="-206149">Musodara qilish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan tovarlar, transport vositalari va boshqa buyumlar qaror ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilinadi. Musodara qilish buyumning bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxs mulki yoki mulki emasligidan, shuningdek bu shaxsning turgan joyi aniqlangan yoki aniqlanmaganidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-206155" id="-206155">(195-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son <a href="/m/acts/-55080?ONDATE=19.02.2003 00#-74591">Qonuni</a> tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187821" id="-187821">Tovarlar va transport vositalarini musodara qilishning imkoni boʻlmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzgan shaxslardan undirib olinadi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-206142" id="-206142">(196-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son <a href="/m/acts/-46959?ONDATE=24.06.2003 00#-60048">Qonuni</a> asosida oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187825" id="-187825">197-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan shaxslarga jazo berish toʻgʻrisidagi qarorni ijro etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187826" id="-187826">Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega boʻlmagan shaxslarga jazo berish toʻgʻrisidagi qarorlarning ijrosi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. </div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-187827" id="-187827">198-modda. Tovarlar va transport vositalarini davlat mulkiga aylantirish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-187828" id="-187828">Ushbu Kodeksga muvofiq musodara qilingan tovarlar, transport vositalari va boshqa ashyolar, shuningdek shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarlar va transport vositalari davlat mulkiga aylantiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishi yoki yoʻq qilinishi lozim. </div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-184750" id="-184750">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2006-y., 14-son, 110-modda, 41-son, 405-modda; 2008-y., 14-15-son, 85-modda; 2009-y., 15-son, 179-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda, 18-son, 233-modda, 41-son, 543-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
