

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-1726591" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="wWKfWoPGq/Nv0PFvg+1Cwb995vpxrt/G+lwK5zVw8HZTrgCle4sffS7rsE382mU1CempC4u8Hrau8UsaX+3XfKoSG4RyQud1hkiWi6iTAO+qjb3FWYO1xWrn+0n7TFNBldF8h/RLxSTN0PbK5at8rNJKmTdGgme0fEyNK6XZeJntZRLNd2EHi5+LV6XILJ9dFuKzexxc4KY/MYJPMKOvmA==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1726591" id="onLBC-1726591">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6451"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.07.00 Alohida toifadagi xodimlarni mehnatining muhofaza qilish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1726591" id="onLS-1726591">[<b>TSZ:</b><div id="LS3697"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]</span></div></div></div><div class="OFFICIAL_SOUR_TEXT"><label id="s9496"></label><div name="-1726625" id="-1726625"><a href="/files/1728164.pdf">PDF-faylidagi rasmiy manba</a></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1726626" id="-1726626">Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1726627" id="-1726627">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1726628" id="-1726628">TIBBIYOT TEXNIKASIDAN FOYDALANISH, MONTAJ QILISH, TEXNIK XIZMAT KOʻRSATISH VA TAʼMIRLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH <strong><a href="/m/acts/-323963#-7842052">QOIDALARINI</a></strong> TASDIQLASH HAQIDA</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-1726630" id="-1726630">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2177]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1726631" id="-1726631"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726633" id="-1726633">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son <a href="/m/acts/-323963">“Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”</a>gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son <a href="/m/acts/-1656642">“Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”</a>gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726634" id="-1726634">1. Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish <a href="/m/acts/-1726591#-1726642">qoidalari</a> ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726637" id="-1726637">2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1726638" id="-1726638">Vazir A. XAITOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1726639" id="-1726639">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1726640" id="-1726640">2010-yil 27-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1726641" id="-1726641">177-B-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1726642" id="-1726642"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-1726644" id="-1726644">Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 27-oktabrdagi 177-B-son <a href="/m/acts/-1726591">buyrugʻiga</a><br /> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-1726645" id="-1726645">Tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1726646" id="-1726646"><strong><a href="/m/acts/-323963#-7842052">QOIDALARI</a></strong></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1726647" id="-1726647"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010945" id="-8010945"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010946" id="-8010946">Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010947" id="-8010947">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi  kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994093">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726649" id="-1726649">I. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726650" id="-1726650">1. Mazkur Qoidalar tibbiyot texnikasidan foydalanish, montaj qilish, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726652" id="-1726652">2. Ushbu Qoidalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010948" id="-8010948"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010949" id="-8010949">3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010950" id="-8010950">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi  kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994095">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726654" id="-1726654">4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726655" id="-1726655">II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726657" id="-1726657">1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010951" id="-8010951"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010952" id="-8010952">5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010953" id="-8010953">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994097">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726659" id="-1726659">6. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726661" id="-1726661">7. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010954" id="-8010954"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010955" id="-8010955">8. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010956" id="-8010956">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994099">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726664" id="-1726664">2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726666" id="-1726666">9. Tashkilot xodimlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriqlar berilishi <a href="/m/acts/-3031427#-3031755">kerak</a>.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010957" id="-8010957"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010958" id="-8010958">10. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010959" id="-8010959">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994101">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010960" id="-8010960"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010961" id="-8010961">11. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010962" id="-8010962">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994101">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726669" id="-1726669">3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726671" id="-1726671">12. Tashkilotlar standartlashtirish normalari va qoidalari boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726673" id="-1726673">13. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726676" id="-1726676">14. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726677" id="-1726677">4-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726678" id="-1726678">15. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726679" id="-1726679">16. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726680" id="-1726680">ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini meʼyorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726681" id="-1726681">ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726683" id="-1726683">shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726685" id="-1726685">mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726687" id="-1726687">17. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726689" id="-1726689">18. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726691" id="-1726691">19. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726692" id="-1726692">20. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726693" id="-1726693">shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726697" id="-1726697">himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726698" id="-1726698">himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726699" id="-1726699">shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726701" id="-1726701">21. Xodimlar Sogʻliqni saqlash va tibbiyot ishlab chiqarishlari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning <a href="/m/acts/-1512626#-1512642">namunaviy meʼyorlariga</a> (roʻyxat raqami 1998, 2009-yil 25-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 391-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726703" id="-1726703">5-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726705" id="-1726705">22. Tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726707" id="-1726707">23. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishi va ishlarni bajarish usullarini oʻzlashtirib olishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726708" id="-1726708">24. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726709" id="-1726709">25. Tashkilot rahbariyati oʻta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga toʻla javobgardirlar.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726710" id="-1726710">6-§. Kasbiy tanlov</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726711" id="-1726711">26. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726712" id="-1726712">27. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726713" id="-1726713">28. Bosim ostida ishlovchi uskunalar va xavfi yuqori boʻlgan ishlarda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli guvohnomaga ega boʻlishi shart.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6706289" id="-6706289"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6706290" id="-6706290">29. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning <a href="/m/acts/-6533020#-6533976">roʻyxatiga</a> <a href="/m/acts/-6533020"> </a>muvofiq oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6706291" id="-6706291">(29-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli <a href="/m/acts/-6700003?ONDATE=20.12.2023 00#-6700942">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6706292" id="-6706292">(30-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli <a href="/m/acts/-6700003?ONDATE=20.12.2023 00#-6700944">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726717" id="-1726717">7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010963" id="-8010963"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010964" id="-8010964">31. Tashkilotda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010965" id="-8010965">(31-band Oʻzbekiston Respublikasi  kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994104">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010966" id="-8010966"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010967" id="-8010967">32. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi <a href="/m/acts/-3031427#-6033067">lozim</a>.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010968" id="-8010968">(32-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994104">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010969" id="-8010969"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010970" id="-8010970">33. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi <a href="/m/acts/-6257288#-6265744">shart</a>.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010971" id="-8010971">(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994104">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010972" id="-8010972"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010973" id="-8010973">34. Davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010974" id="-8010974">(34-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994104">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726725" id="-1726725">35. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726726" id="-1726726">8-§. Tashkilot maydonlariga boʻlgan xavfsizlik talablari </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010975" id="-8010975"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010976" id="-8010976">36. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010977" id="-8010977">(36-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994109">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726728" id="-1726728">37. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726729" id="-1726729">38. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726730" id="-1726730">39. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726731" id="-1726731">40. Tashkilot maydonidagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726732" id="-1726732">41. Yilning yoz vaqtida yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726733" id="-1726733">9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010978" id="-8010978"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010979" id="-8010979">42. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010980" id="-8010980">(42-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994110">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010981" id="-8010981"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010982" id="-8010982">43. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010983" id="-8010983">(43-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994111">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726738" id="-1726738">44. Nam xonalarda hamda issiq oʻtkazuvchi pollarda (betonli, gʻishtli, plitali va boshqalar) muntazam ishlashga moʻljallangan ish joylarida yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726740" id="-1726740">45. Pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726741" id="-1726741">46. Binoga transport vositalarini kirish joylari darvozalar va signal asbob-uskunalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726742" id="-1726742">47. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726743" id="-1726743">48. Transport vositalarini binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726744" id="-1726744">49. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 metrdan oshiq boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726745" id="-1726745">50. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726747" id="-1726747">51. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam boʻlmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va muddati koʻrsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726748" id="-1726748">52. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726750" id="-1726750">10-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010984" id="-8010984"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010985" id="-8010985">53. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010986" id="-8010986">(53-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994112">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726754" id="-1726754">54. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarini ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarning sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726755" id="-1726755">55. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak. Yorugʻ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726758" id="-1726758">56. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726759" id="-1726759">57. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726760" id="-1726760">58. Uchastka va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726761" id="-1726761">59. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726762" id="-1726762">11-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010987" id="-8010987"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010988" id="-8010988">60. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010989" id="-8010989">(60-band Oʻzbekiston Respublikasi  kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994113">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726764" id="-1726764">61. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 metr balandlikda bajarilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726781" id="-1726781">62. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan oʻtish yoʻlaklarining enini kamaytirmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726782" id="-1726782">63. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°C, oʻrtacha ogʻir ishda 17°C, ogʻir ishda 16°C dan past boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726783" id="-1726783">64. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°C dan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726784" id="-1726784">65. Isinish xonalarigacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 metrdan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 metrdan koʻp boʻlmasligi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1726785" id="-1726785"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7906006" id="-7906006"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7906123" id="-7906123">12-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7906178" id="-7906178">(12-paragrafining nomi   Oʻzbekiston Respublikasi  kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7897928?ONDATE=10.12.2025 00#-7899421">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7906189" id="-7906189"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7906190" id="-7906190">66. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7906191" id="-7906191">(66-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7897928?ONDATE=10.12.2025 00#-7899422">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726787" id="-1726787">67. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari yoʻq boʻlganda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726788" id="-1726788">68. Ichimlik suvining harorati 8°C dan 20°C gacha boʻlishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7906180" id="-7906180"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7906181" id="-7906181">69. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7906182" id="-7906182">(69-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7897928?ONDATE=10.12.2025 00#-7899422">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7906183" id="-7906183"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7906184" id="-7906184">70. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarini mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7906185" id="-7906185">(70-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7897928?ONDATE=10.12.2025 00#-7899422">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726791" id="-1726791">III. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726792" id="-1726792">1-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010990" id="-8010990"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010991" id="-8010991">71. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.033-81 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Yongʻin xavfsizligi. Atamalar va taʼriflar”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010992" id="-8010992">(71-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994114">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726794" id="-1726794">72. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726795" id="-1726795">73. Ishlab chiqarish binolari va xonalarining portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726796" id="-1726796">74. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726797" id="-1726797">75. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726798" id="-1726798">76. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726799" id="-1726799">77. Ishlab chiqarish binolari va xonalari uchun hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726800" id="-1726800">78. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinni oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726801" id="-1726801">79. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726802" id="-1726802">2-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-8010993" id="-8010993"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-8010994" id="-8010994">80. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-8010995" id="-8010995">(80-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 22-dekabrdagi 25-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7992755?ONDATE=14.01.2026 00#-7994115">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3754, 12.01.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726804" id="-1726804">81. Elektr tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726805" id="-1726805">82. Yoritish va quvvatli uskunalar va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726806" id="-1726806">83. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726807" id="-1726807">84. Yongʻin xavfi boʻlgan ishlab chiqarish va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq chang oʻtkazmaydigan holda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726808" id="-1726808">85. Elektr yoritqichlar binolarning yonuvchi konstruksiyalari va yonuvchi materiallari bilan tutashib turmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726809" id="-1726809">86. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726810" id="-1726810">87. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726811" id="-1726811">88. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr oʻtkazgichlar qoʻllanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726812" id="-1726812">89. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726813" id="-1726813">90. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726814" id="-1726814">91. Kabellar va elektr oʻtkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirilib turilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726815" id="-1726815">92. Elektr apparatlari va agregatlari nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726816" id="-1726816">93. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yoʻl qoʻyiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xoʻjaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726817" id="-1726817">94. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726818" id="-1726818">95. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726819" id="-1726819">3-§. Rentgen apparatidan foydalanishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726820" id="-1726820">96. Radiaktiv moddalar va boshqa ionli nurlanish manbaalari bilan ishlaganda xodimlarning nurlanish xavfsizligini taʼminlashda SanQvaM 0193-06 “Tibbiy rentgen tekshiruvlari oʻtkazish ishida sanitariya qoidalari”ga rioya qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726821" id="-1726821">97. Rentgen tekshiruvi oʻtkazayotganda xodim rentgen apparatini aniq ish vaqtini belgilay olishni, shuningdek rentgen tasviri kuchaytirgichlari va himoya vositalarini qoʻllay olishni bilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726822" id="-1726822">98. Rentgen apparatini rentgen kabinetdan tashqarida foydalanishda xodim yuqori kuchlanishni hisobga olgan holda, nurlanish manbaasidan kamida 2,5 metr uzoqda boʻlishi va nurlanishdan himoya vositalarini qoʻllagan holda ish bajarishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726824" id="-1726824">99. Rentgen kabineti xodimi homilador boʻlsa tezlik bilan ionli nurlanish taʼsiri boʻlmagan boshqa ishga oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726825" id="-1726825">4-§. Ultrabinafsha va ultratovush tarqatuvchi apparatlardan foydalanishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726826" id="-1726826">100. Santimetr va detsimetr toʻlqindagi apparatlarning toʻgʻri nurlanish maydonida xodimning boʻlishi man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726828" id="-1726828">101. Ultrabinafsha nurlari bilan ishlashda, xodim koʻzini nurlanishdan saqlash uchun yorugʻlik filtrli yopiq himoya koʻzoynaklaridan foydalanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726829" id="-1726829">102. Xodimga infraqizil nurlarining zararli taʼsiriga va boshqa yonayotgan lampaga uzoq vaqt qarashi man etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726830" id="-1726830">103. Ultratovush apparatlaridan foydalanishda xodim ish vaqtining 50 foizi ultratovushli ish jarayoniga toʻgʻri kelganida har 1,5 soat orasida 15 daqiqa tanaffus berilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726831" id="-1726831">104. Ultratovush hosil boʻladigan muhit bilan xodimning qoʻlini toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlishi man etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726832" id="-1726832">105. Ultratovush muolajalarini oʻtkazish jarayonida xodim paxta matoli qoʻlqop bilan ishlashi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726833" id="-1726833">106. Apparat ishlayotgan vaqtda xodim apparatning ishchi qismiga tegishi man etiladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726834" id="-1726834">5-§. Lazer qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726835" id="-1726835">107. Lazer qurilmalaridan foydalanish SanQvaM 5804-91 “Lazer qurilmalari va ulardan foydalanishda sanitariya qoidalari va meʼyorlari” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726836" id="-1726836">108. Tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan lazer qurilmalaridan xavfsiz foydalanish va nosozlikni bartaraf qilish uchun javobgar xodim tayinlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726837" id="-1726837">109. Lazer qurilmalaridan foydalanuvchi xodim lazer nurlari toʻlqinining uzunligini hisobga olgan holda GOST 12.4.013-85 talablariga muvofiq svetofilterli yopiq himoya koʻzoynaklaridan foydalanishi shart.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726839" id="-1726839">6-§. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726840" id="-1726840">110. Sterilizatsiya qilish jihozlaridan foydalanishga quyidagi hollarda ruxsat berilmaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726841" id="-1726841">himoyalovchi klapanlarda nuqson boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726842" id="-1726842">ekspluatatsiya boʻyicha yoʻriqnomaga rioya qilingan boʻlsa ham sterilizatorda belgilangan bosim meʼyoridan oshganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726843" id="-1726843">sterilizator elementlarida yoriq, doʻppayib turgan joylar, boltlar mahkamlangan joyida oqish boshlanganda, qistirmalarda yoriq paydo boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726844" id="-1726844">manometrlarda nuqson yuzaga kelganda yoki ularni tekshirish muddati oʻtib ketganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726845" id="-1726845">suyuqlik miqdori koʻrsatgichida nuqson paydo boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726847" id="-1726847">himoyalovchi blokirovkalangan qurilmalarda nuqson aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726848" id="-1726848">nazorat-oʻlchash asboblari va avtomatika vositalari yoʻq boʻlganda yoki ularda nuqson aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726849" id="-1726849">qismlar birikkan joyda kondensat oqimi paydo boʻlganda (texnologik bugʻ chiqarilayotganda);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726850" id="-1726850">mahkamlovchi detallar, qopqoqlarning nosozligi va but emasligida, sterilizator tashqi yuzasining temperaturasi koʻtarilganda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726851" id="-1726851">111. Sterilizatsiya xonasi havo tortadigan ventilyatsiya sistemasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Xonaning eshigi tashqariga ochiladigan boʻlishi zarur. Xonaning eshigi oynali boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726852" id="-1726852">112. Xonada faqat sterilizatorlar joylashgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726854" id="-1726854">113. Sterilizatorlar devordan 0,8 metr uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Shkaf koʻrinishidagi sterilizator uchun esa uning qopqogʻi ochiladigan tomonga 1,5 metr masofa belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726855" id="-1726855">114. Elektr sterilizatsiyalash xonasidagi pol tok oʻtkazmaydigan materialdan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726856" id="-1726856">115. Poli plitali xonalarda rezina dielektrik gilamchalar bilan qoplangan sharoitda elektrik sterilizatordan foydalanishga ruxsat beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726857" id="-1726857">116. Sterilizatsiya xonalarida yongʻinga qarshi ishlatiladigan vositalar va zarur boʻlganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun kerak boʻladigan tibbiyot qutichasi mavjud boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726858" id="-1726858">117. Rubilniklar va avtomatik oʻchirgichlar poldan 1,6 metr balandlikda, sterilizatordan 1 metrdan uzoq boʻlmagan joyda oʻrnatilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726859" id="-1726859">IV. Tibbiyot texnikasini montaj qilish, taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726860" id="-1726860">1-§. Tibbiyot texnikasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishning umumiy xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726863" id="-1726863">118. Tashkilotning taʼmirlash xizmati tibbiyot texnikalarining mehnat xavfsizligi standartlari tizimi, ularning pasportlari, texnik yoʻriqnomalari va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlarining talablariga mosligini taʼminlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726864" id="-1726864">119. Tibbiyot texnikalarini zarur texnik holatda saqlab turish uchun tashkilotda unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejali oldini olishga qaratilgan taʼmirlashni bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726865" id="-1726865">120. Ishlayotgan bino va xonalarda pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariluvchi taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726866" id="-1726866">121. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarining bajarilish tartibi va usullari bu ishlarga masʼul rahbar bilan kelishilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726867" id="-1726867">122. Tibbiyot texnikasini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda ish joyini tayyorlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726868" id="-1726868">tokning oʻchirilgan boʻlishi hamda uni ehtiyotsizlik tufayli yoki oʻz-oʻzidan ishlab ketishining oldini olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726869" id="-1726869">boshqarish tizimiga “Ulanmasin, odamlar ishlamoqda!” degan taqiqlovchi belgilarni osib qoʻyish va zarurat boʻlganida toʻsiqlar qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726870" id="-1726870">ish boshlash oldidan tok oʻtuvchi qismlarda kuchlanishning yoʻqligini tekshirib koʻrish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726871" id="-1726871">123. Nosoz yuk koʻtaruvchi mexanizm va moslamalarda, shuningdek texnik koʻrik va sinovdan oʻtkazish muddati tugagan mexanizmlardan foydalanish taqiqlanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7906186" id="-7906186"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7906187" id="-7906187">24. Taʼmirlash ishlarida bino ichida yuqori kuchlanishdagi elektr tibbiy apparaturasi bilan ishlarni amalga oshirishda yerga koʻmilgan predmetlar, jumladan, vodoprovod, isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimining metall quvurlari yogʻoch toʻsiq bilan (ish vaqtida tegib ketmaslik uchun) himoyalangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7906188" id="-7906188">(124-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli <a href="/m/acts/-7897928?ONDATE=10.12.2025 00#-7899422">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726873" id="-1726873">125. Taʼmirlash paytida ish joylarini, yoʻllarni, yoʻlaklarni va zinapoyalarni turli narsalar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726874" id="-1726874">126. Taʼmirlash ishlari balandlikda bajarilayotganda havoza va taxta toʻshamalarning oʻrnatilishi xavfsizlik talablariga javob berishi hamda xodimlar himoya kamarlaridan foydalanishlari shart. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726875" id="-1726875">127. Barcha taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan shaxslarning rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726881" id="-1726881">128. Taʼmirlash ishlari tugagach toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar va blokirovkalar oʻz joylariga oʻrnatilishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726882" id="-1726882">129. Tibbiyot texnikasini davriy koʻrikdan oʻtkazish ishlari tashkilotning taʼmirlash xizmati tomonidan muhandis-texnik xodimning rahbarligi ostida oʻtkazilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726884" id="-1726884">130. Tibbiyot texnikasini koʻrikdan oʻtkazish paytida nuqsonlar topilsa, ularning sababini aniqlash va bartaraf qilish uchun tegishli choralar koʻrilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726885" id="-1726885">2-§. Tibbiyot texnikasining montaj qilishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726887" id="-1726887">131. Montaj qilish va yuk koʻtaruvchi mexanizmlarni ishga yaroqliligini taʼminlash va yuklarni tashish ishlarining xavfsizligi uchun javobgarlik tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tegishli kasb malakasiga ega boʻlgan muhandis-texnik xodimlarga yuklatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726888" id="-1726888">132. Tibbiyot texnikasini montaj qilishda yuk koʻtaruvchi va montaj qiluvchi mexanizmlar va moslamalar bilan ishlash jarayonida ishtirok etadigan xodimlar xavfsizlik qoidalariga amal qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726889" id="-1726889">133. Yuk ortish va tushirish ishlari hamda yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (<a href="/m/acts/1004913">roʻyxat raqami 1582</a>, 2006-yil 13-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726890" id="-1726890">134. Tashkilotda ishlatiladigan barcha tibbiyot texnikalari, mexanizmlar va moslamalar bajarilayotgan ishning xususiyatiga mos va hamisha soz holda boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726892" id="-1726892">135. Yuqori kuchlanishda boʻlgan elektr tibbiyot texnikasini sozlashda xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagi tadbirlar bajarilishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726893" id="-1726893">kuchlanishda boʻlgan elektr toki oʻtgan qismlari sozlovchining roʻparasida yoki faqat bir yonbosh tomonida joylashtirilgan boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726895" id="-1726895">ishlash jarayonida apparaturani sozlovchi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726896" id="-1726896">tibbiyot texnikasini sozlovchi xodim yaxshi izolyatsiyalangan himoya vositalaridan va moslamadan foydalanishi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726899" id="-1726899">136. Tibbiyot texnikasini boshqarish ishlari boshlangunga qadar ishlash uchun quyidagi zarur boʻlgan asboblarning mavjudligini va himoya vositalarining yaroqliligini tekshirib koʻrishi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726901" id="-1726901">elektr kavsharlagichning korpusida qisqa tutashish yoʻqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726902" id="-1726902">izolyatsiyalangan dastalarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726904" id="-1726904">dielektrik qoʻlqoplardan foydalanishda uning yaroqliligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726906" id="-1726906">dielektrik rezina gilamchadagi shtamp boʻyicha yaroqlilik muddati va mexanik nuqsonlarning yoʻqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726908" id="-1726908">tok oʻtkazuvchi simlarda izolyatsiya nuqsonlarining yoʻqligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726909" id="-1726909">137. Tibbiyot texnikasini montaj qiluvchining yuqori kuchlanishda boʻlgan va izolyatsiyalanmagan elektr toki qismiga toʻsatdan tegib ketishini himoyalovchi, izolyatsiyalangan vositalardan va moslamalardan foydalanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726911" id="-1726911">138. Tibbiyot texnikasi montaj qilinayotganda u shunday joylashtirilishi kerakki, bunda 100 V dan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan elektrolitik kondensatorlar apparat sozlovchining yuzi roʻparasida boʻlmasligi va qoʻshni ish joylariga qaratilmagan boʻlishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726913" id="-1726913">139. Tibbiyot texnikasidagi nosozliklarni aniqlashda nazorat-oʻlchash asboblarining barcha turdagi oʻchirish-yoqish ishlari (jihozlar tarkibiy qismlari rejimini oʻlchash) elektr kuchlanishdan toʻliq uzilgan holda amalga oshirish lozim. Kuchlanishda boʻlgan apparatlarni tekshirish va montaj qilish taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726914" id="-1726914">140. Yerga nisbatan shassisida kuchlanishga ega boʻlgan avtotransformatorli sxema orqali kuchlanish oladigan tibbiyot texnikasi, ajratuvchi transformator bilan tarmoqqa ulanishi va bunda har qaysi transformatorga faqat bitta tibbiyot texnikasi ulanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726916" id="-1726916">141. Tibbiyot texnikasini elektr manbaidan oʻchirmasdan turib, shuningdek apparat korpuslarini ochib qoʻygan holda elektr toki oʻtuvchi qismlarga tegish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726918" id="-1726918">142. Tibbiyot texnikasini sozlashda, texnik xizmat koʻrsatishda va boshqa ishlarda kuchlanish berilishidan oldin, uning metall korpuslari yerga sim orqali ulangan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726920" id="-1726920">143. Montaj jarayonida tibbiyot texnikasini rozetkaga vilkasiz, ochiq simlar yordamida ulash taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726922" id="-1726922">144. Tibbiyot texnikasini kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlarni amalga oshirishning iloji boʻlmagan hollarda (sozlash, rejimlarni oʻlchash, oʻchirib-yoqish uskunasida yaxshi kontakt boʻlmasligi, tokning yoʻqolib qolishini oʻlchash) kuchlanish ostida ishlashga ruxsat beriladi. Bunday hollarda xodim kuchlanish ostidagi qismga tegib ketishdan ehtiyot boʻlishi, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726924" id="-1726924">3-§. Rentgen apparatlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726925" id="-1726925">145. Rentgen nurlanishini markazlashtirish va uni optik markaz bilan mos tushirishda nurlanish miqdorini yetarli darajada kamaytirishning iloji boʻlmaganda, himoyalanish rentgen apparatini yoqib qoʻyish vaqtini qisqartirish hisobidan amalga oshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726926" id="-1726926">146. Rentgen tasvirini televideniye orqali kuchaytiruvchi asboblarni sozlash va tuzatishda texnologik usullarni qoʻllash lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726927" id="-1726927">147. Rentgen kabinetlaridan tashqarida (remont korxonasida, palatalarda) rentgen apparatlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda, shuningdek, rentgen nurlantiruvchi bilan ishlashda quyidagilarga amal qilish lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726928" id="-1726928">nurlantiruvchining tashqi teshigini eng kichik holatga keltirish yoki qoʻrgʻoshin berkitkich bilan yopib, polning chetiga va odamlar yoʻq tomonga yoʻnaltirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726929" id="-1726929">xodimning nurlantiruvchi manbadan bir muncha uzoqda boʻlishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726931" id="-1726931">individual himoya vositalaridan va harakatlantiruvchi himoya toʻsiqlaridan foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726933" id="-1726933">148. Organizmga qoʻrgʻoshin tushishining oldini olish uchun:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726935" id="-1726935">qoʻrgʻoshin qoʻshilgan rezinadan boʻlgan qoʻlqop tagidan yupqa paxta qoʻlqop kiyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726937" id="-1726937">qoʻrgʻoshin qoʻshilgan rezinadan boʻlgan shaxsiy himoya vositalari bilan bajariladigan ishlar tugagandan keyin qoʻlni issiq suvda sovunlab yoki himoyalovchi kukun bilan yuvish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726939" id="-1726939">149. Rentgen kabinetida ovqatlanish va chekish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726941" id="-1726941">150. Xodim ishlayotgan joy kerakli moslama va qurilmalar bilan toʻsilgan, oʻrab olingan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726943" id="-1726943">151. Ishlardagi tanaffuslarda va mexanizatsiyalashgan asbobni boshqa joyga koʻchirganda uni tok manbaidan oʻchirib qoʻyish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726944" id="-1726944">152. Ishlovchi dvigateli boʻlgan, mexanizatsiyalashgan asbobni nazoratsiz va elektr manbaiga ulangan holda qoldirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726945" id="-1726945">153. Rentgen apparatining alohida qismlarini oʻrnatish oldidan qurilmaning mustahkamligini va ular montaj qilinadigan konstruksiyalarning mustahkamligini tekshirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726946" id="-1726946">154. Oʻrnatilgan detallarni, apparat qismlarini va boshqa qurilmalarni yaxshi qotirmagan holda qoldirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726948" id="-1726948">155. Yigʻilgan konstruksiyalardagi teshiklarning moslashuvini barmoqlar bilan tekshirib koʻrish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726949" id="-1726949">156. Ish vaqti tugagandan keyin ish joyini tozalash, tartibga keltirish, apparatlarni elektr manbaidan oʻchirish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726950" id="-1726950">157. Taʼmirlash ishlarini bajarayotgan xodimlarning himoyalovchi vositalardan foydalanmasdan va elektr kuchlanishni oʻchirmasdan turib ishlashi taqiqlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726951" id="-1726951">158. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan bu ishlar uchun masʼul boʻlgan ish joyida elektromexaniklarni texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726952" id="-1726952">159. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan elektromexaniklar rentgen apparatidan foydalanish boʻyicha hujjatlar bilan tanishtirilishi va ish jarayonida belgilangan talablarni qatʼiy bajarish lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726955" id="-1726955">160. Rentgen apparatini tok manbaiga ulashni talab qiladigan yuqori voltli transformatorning birlamchi oʻramini tok bilan taʼminlaydigan simlar va yuqori volt zanjirda taʼmirlash ishlari bajarilayotganda, birlamchi oʻramning chiqish qismi uzilgan boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726956" id="-1726956">161. Taʼmirlash ishlarini boshlash oldidan zarur boʻlganda transformator yogʻining dielektrik mustahkamligini tekshirish, nuqsonlar paydo boʻlgan joylarni aniqlash va shu asosda texnika xavfsizligi boʻyicha tegishli choralar qoʻllash lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726957" id="-1726957">162. Rentgen apparati elementlarini kavsharlash, almashtirish va montaj qilishda, shuningdek, yuqori kuchlanishli kabellarni ulash va ajratishda rentgen apparati devor shiti yordamida tok manbaidan uzilgan boʻlishi lozim. Rentgen apparati tok manbaidan uzilgandan keyin “Yoqilmasin. Odamlar ishlayapti” degan yozuv osib qoʻyilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726958" id="-1726958">163. Yuqori voltli (kuchlanishli) kabellarning uchlari devordan, odamlardan va metall predmetlardan eng kamida 1 metr uzoqlikka osib qoʻyilishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726960" id="-1726960">164. Tarmoq kuchlanishi uzilgandan soʻng maxsus yuqori voltli razryadsizlantiruvchi yordamida hajmiy zaryadni zaryadsizlantirish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726961" id="-1726961">165. Rentgen nur tarqatuvchisi ochilganda yuqori kuchlanishli kabellar yuqori kuchlanishli transformatordan ajratib qoʻyilishi kerak. Rentgen trubkalarining anod toklarini tuzatishda millikulonometrlardan foydalanish lozim. Nurlanish miqdorini kamaytirish uchun chiqish teshiklari qoʻrgʻoshin yopqichlar bilan yopilgan boʻlishi zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726962" id="-1726962">166. Rentgen televizion qurilmalarni taʼmirlashda nurlanish darajasini minimumgacha qisqartirish mumkin boʻlgan ish usullaridan foydalanish zarur. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726964" id="-1726964">167. Agar rentgen apparatining biron bir agregati oʻchirilgan boʻlsa, ushbu oʻchirilgan joylar izolyatsiya qilinishi va bu haqda tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726967" id="-1726967">4-§. Rentgen apparatini montaj qilishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726970" id="-1726970">168. Rentgen apparatini montaj qilish ishlarini qurilish va sanitariya normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan, qurilish, taʼmirlash va elektromontaj ishlari yakunlangan xonada amalga oshirishga ruxsat etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726971" id="-1726971">169. Montaj ishlarini boshlash oldidan xodim quyidagilarni:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726972" id="-1726972">rentgen apparatining butlanganligini tekshirib koʻrishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726973" id="-1726973">montaj qilinishi lozim boʻlgan rentgen apparatining texnik hujjatlari bilan tanishishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726974" id="-1726974">kabinet loyihasiga muvofiq rentgen apparatini oʻrnatish joyini belgilashi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726975" id="-1726975">asboblarning sozligiga yana bir bor ishonch hosil qilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726976" id="-1726976">170. Xodim rentgen apparatini montaj qilishda uning montaj va foydalanish boʻyicha hujjatlarda koʻrsatilgan talablarini bajarishi hamda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726977" id="-1726977">5-§. Fizioterapevtik apparatlarni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726978" id="-1726978">171. Fizioterpevtik apparatlarni foydalanishga topshirishda va unga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagilardan saqlanishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726979" id="-1726979">elektr tokidan shikastlanishdan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726980" id="-1726980">ultrayuqori va juda yuqori nurlanish elektr magnit maydonlarining taʼsiridan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726981" id="-1726981">ultrabinafsha va infraqizil nurlarning taʼsiridan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726982" id="-1726982">172. Simobli-kvarsli gorelkalar, bakteritsidli nurlovchilar bilan ishlaganda xodim koʻz yon tomoni devorli himoya qiluvchi gardishli maxsus koʻzoynaklardan foydalanishi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726983" id="-1726983">173. GOST 12.1.006-84 talablariga muvofiq elektromagnit maydonining kuchlanish (EMMK) diapazoni 60 kGs — 300 MGs boʻlganda ish joylarida va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda quyidagi yoʻl qoʻyiladigan miqdordan oshmasligi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726984" id="-1726984">elektr maydoni boʻyicha, V/m.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726985" id="-1726985">60 kGs dan 3 MGs gacha chastotalar uchun — 50 V/m;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726986" id="-1726986">3 MGs dan 30 MGs gacha chastotalar uchun — 20 V/m;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726987" id="-1726987">30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun —10 V/m;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726988" id="-1726988">50 MGs dan 300 MGs gacha chastotalar uchun — 5 V/m;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726989" id="-1726989">magnit maydoni boʻyicha, A/m.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726990" id="-1726990">60 kGs dan 1,5 MGs gacha chastotalar uchun — 5 A/m; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726991" id="-1726991">30 MGs dan 50 MGs gacha chastotalar uchun — 0,3 A/m. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726992" id="-1726992">300 M Nz — 300 GGs chastotali diapazonlardagi ish joylarida va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar boʻlishi mumkin boʻlgan joylarda EMMK energiya oqimining yoʻl qoʻyiladigan zichligi, nurlanish maydonlarida boʻlish vaqtida organizmga energiya taʼsirining yoʻl qoʻyiladigan miqdoridan kelib chiqqan holda oʻrnatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726993" id="-1726993">174. Xodim tanasining ochiq joylarini ultrabinafsha nurlaridan himoyalash uchun apparatning reflektori undagi qopqoq bilan yopilgan boʻlishi, ular mavjud boʻlmagan holatda esa mustahkam materialdan tikilgan mato bilan yopilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726994" id="-1726994">175. Xodim koʻzlarini infraqizil nurlar bilan nurlanishdan saqlashi uchun, u yoniq turgan lampaga uzoq vaqt qaramasligi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1726995" id="-1726995">6-§. Laboratoriya jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726996" id="-1726996">176. Laboratoriya jihozini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda jihozdan foydalanish va uni taʼmirlashga oid normativ texnik hujjatlar talablariga va yoʻriqnomalarga amal qilish zarur.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726997" id="-1726997">177. Sentrifugalarni taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda quyidagilarga amal qilish lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726998" id="-1726998">mexanizmlarni yigʻish va taʼmirlashda harakatlanuvchi qismlarda, silindrlarda har xil boltlar, gaykalar va boshqa asboblarni unutib qoldirmaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1726999" id="-1726999">oʻnqir-choʻnqirlari, yoriqlari va boshqa nuqsonlari mavjud shkivlardan foydalanmaslikka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727000" id="-1727000">sentrifugani barcha zarur detallarini yaxshilab mahkamlangandan keyin ishga tushirishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727001" id="-1727001">sentrifugani stakanlar va probirkalar bilan toʻldirishda juft teng muvozanatda boʻlish qoidasiga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727002" id="-1727002">sentrifugani elektr manbaiga ulashdan oldin qopqogʻining korpusga mustahkam qotirilganligini tekshirib koʻrishga;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727003" id="-1727003">sentrifugani elektr manbaiga ulash reostat yordamida ohista amalga oshirilishi, oʻchirishda rotor toʻliq toʻxtaguncha kutib turishga. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727005" id="-1727005">178. Mikrotomlar, separatorlar va maydalagichlar bilan ishlashda harakatlanayotgan pichoqning tagiga qoʻlning va boshqa predmetlarning tushib qolishidan ehtiyot boʻlish kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727006" id="-1727006">179. Ultrayuqori va juda yuqori nurlanish termostatlarni taʼmirlashda va ularga texnik xizmat koʻrsatishda, unga tez alangalanuvchi jismlar, kislota va ishqorni qoʻyish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727007" id="-1727007">180. Elektr plitalar, mufel pechlar va boshqa isitish asboblari asbest yoki issiq izolyatsiyalangan materialga oʻrnatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727010" id="-1727010">181. Termostatlar va distillyatorlarga dastlab suv quymasdan turib ularni ishga tushirish taqiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727011" id="-1727011">182. Jihozlarni taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish oldidan, ularning yuza qismi dezinfeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727012" id="-1727012">183. Laboratoriya jihozlarini koʻzdan kechirish va taʼmirlashdan oldin tibbiyot xodimlari ogohlantirilishi va tok taʼminoti uzilishi lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1727013" id="-1727013">7-§. Sterilizatsiya qilish jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727014" id="-1727014">184. Sterilizatsiya qilish jihozlarini taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish jarayonida quyidagilar taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727015" id="-1727015">qopqoqlar yaxshi mahkamlanmagan holatda sterilizatorga bugʻ berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727016" id="-1727016">sterilizatsiya kamerasida tashqaridagi harorat va bosimdan ortiq miqdorda bosim hamda harorat mavjud boʻlganda sterilizator qopqogʻini ochish yoki uning mahkamligini bir oz boʻshatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727017" id="-1727017">bugʻ hosil qiluvchi mexanizm bochkasida suv miqdori yetarlicha boʻlmaganda sterilizatorni ishga tushirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727018" id="-1727018">sterilizator ishlayotgan vaqtda bugʻ hosil qiluvchi mexanizm bochkasiga suv quyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727019" id="-1727019">qopqoqlarni ochiq qoldirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727020" id="-1727020">sterilizator ishlayotgan vaqtda uning himoyalovchi klapanlarini toʻgʻrilash hamda uning boshqa elementlarini taʼmirlash. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727021" id="-1727021">185. Elektromexanik quyidagilarni tekshirib koʻrishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727023" id="-1727023">manometrlarni va shlanglarni belgilangan muddatlarda texnik tekshiruvdan oʻtkazilganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727024" id="-1727024">sterilizatorlar pasportida va texnik xizmat koʻrsatish jurnalida tegishli maʼlumotlarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727025" id="-1727025">sterilizatorlarda ruxsat berilgan ishchi bosimi va uning texnik koʻrikdan oʻtish (ichki koʻrik va gidravlik sinov) muddati koʻrsatilgan yozuvlarning mavjudligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727026" id="-1727026">sterilizatsiya xonasida mehnatni muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomaning mavjudligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727027" id="-1727027">186. Sterilizatorni taʼmirlash ishlaridan keyin, sinovdan oʻtkazish lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727028" id="-1727028">187. Sinov natijasidan kelib chiqqan holda sterilizatorni ishlatishga ruxsat berish yoki taqiqlash lozim.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1727029" id="-1727029">V. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727030" id="-1727030">188. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5636908" id="-5636908"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5636909" id="-5636909">189. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda <a href="/m/acts/-97664#-5451089">javobgarlikka</a> tortiladilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5636910" id="-5636910">(189-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli <a href="/m/acts/-5535529?ONDATE=28.07.2021 00#-5545161">buyrugʻi</a> (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-1727032" id="-1727032">VI. Yakuniy qoida</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1727033" id="-1727033">190. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “Toshkenttibtexnika” OAJ “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan. </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727034" id="-1727034">Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727035" id="-1727035"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727036" id="-1727036">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727037" id="-1727037">Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727038" id="-1727038"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727039" id="-1727039">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727040" id="-1727040">“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727041" id="-1727041"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727042" id="-1727042">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727043" id="-1727043">“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727044" id="-1727044"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727045" id="-1727045">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727046" id="-1727046">“Toshkenttibtexnika”OAJ Boshqaruvi raisi U. MAMATQULOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727047" id="-1727047"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727048" id="-1727048">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727050" id="-1727050">“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori A. ABDUVALIYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727051" id="-1727051"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727052" id="-1727052">2010-yil 26-oktabr</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1727053" id="-1727053">Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727054" id="-1727054"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1727055" id="-1727055">2010-yil 15-dekabr</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1726629" id="-1726629">(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 1-2-son, 12-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son; 14.01.2026-y., 10/26/3754/0042-son)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
