

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" /><link rel="stylesheet" href="/css/iphone.css" />
    <style type="text/css">
        .contents-caption DIV {
            float: right;
        }

        .mobilnav TD {
            height: 32px;
        }

        .mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        #userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }

        #fancybox_div {
            display: none;
        }

        #divContextRasporka {
            width: 270px;
        }

        #tddivContext {
            background-color: White;
        }

        #backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }

        #header {
            background: #2263a9;
            border-top: 1px solid #1F61A7;
            height: 34px;
            text-align: center;
            width: 100%;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }

        .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
            display: none;
        }
    </style>
    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { window.scrollTo(0, 1); }, 100);
        }
        function scrolPageTop() {
            document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
        }
    </script>
</head>
<body class="details" style="margin: 0;">
    <form method="post" action="./-1393953" id="form1">
<div class="aspNetHidden">
<input type="hidden" name="__VIEWSTATE" id="__VIEWSTATE" value="E60lyTbvHt9TyfJfSlslYraq5XBDvuDHs5AV/V8rcObbpv5egHlHw9YCnJ1tnd8S2ZCS2VtF2sW9ytEe9gmgZvOWcyZQKroCQ3xTV+4/PfH2tSPAlKzXh5zBSYdYeXh3cq6d14T8aN4UEiI+LRYqWtPeP4y+UXhird5ncRmo9YJHTKDLlBYb7yzBQmeYz54RBQWXsTQ7oLbOrNaBe5N/yw==" />
</div>

<div class="aspNetHidden">

	<input type="hidden" name="__VIEWSTATEGENERATOR" id="__VIEWSTATEGENERATOR" value="5F4F4618" />
</div>
        <div id="header">
            <div style="float: left; left: 27px; position: absolute; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:history.back()">Орқага</a>
            </div>
            <a href="/m">
                <img src="/img/icons/logo_sm.png" border="0">
            </a>
            <div style="float: right; left: -30px; position: relative; top: 10px;">
                <a id="backButton" href="javascript:scrolPageTop()">Юқорига</a>
            </div>
        </div>
        <div id="page">
            
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2020
                            </div>
                        
                        
                        
                        
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <table style="width: 100%" border="0">
                <tr>
                    <td id="tddivAct" style="overflow: auto; vertical-align: top; padding: 0px !important;">
                        <div id="divAct" style="padding-top: 0px;">
                            <div id="mD" class="main-column document" style="margin: 0px; padding: 0px 2px 0px 2px; background: white;">
                                <div id="divBody">
                                    <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1393953" id="onLBC-1393953">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6101"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.23.00.00 Bayramlar. Xotira kunlari. Yubileylar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1393953" id="onLS-1393953">[<b>TSZ:</b><div id="LS3682"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1393955" id="-1393955">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1393956" id="-1393956">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1393957" id="-1393957">INSON HUQUQLARI UMUMJAHON DEKLARATSIYASI QABUL QILINGANLIGINING 60 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR DASTURI TOʻGʻRISIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1393959" id="-1393959"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393960" id="-1393960">2008-yilda xalqaro jamoatchilik inson huquq va erkinliklarini taʼminlash sohasidagi asosiy demokratik tamoyil va talablarni oʻzida mujassam etgan, bu sohada butun xalqaro huquq tizimini shakllantirishning siyosiy, huquqiy asosiga aylangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligini nishonlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393961" id="-1393961">Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin qoʻshilgan birinchi xalqaro-huquqiy hujjat boʻldi. Demokratik, huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yoʻlini tanlagan Oʻzbekiston inson huquqlari va manfaatlarini jamiyatni rivojlantirish va davlat qurilishining, butun ichki va tashqi siyosatining eng ustuvor yoʻnalishi etib belgiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393962" id="-1393962">Istiqlol yillarida mamlakatimiz inson huquqlari boʻyicha 60 ta asosiy hujjatga qoʻshildi, BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisiga aylandi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393963" id="-1393963">Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlaydigan milliy qonunchilik meʼyorlarida oʻz ifodasini topgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393964" id="-1393964">Bozor islohotlarini izchil amalga oshirish, yirik davlat ijtimoiy dasturlari, jumladan, “Sogʻlom avlod”, “Ona va bola”, “Sihat-salomatlik yili”, “Oila yili”, “Ijtimoiy himoya yili”, “Yoshlar yili” va boshqa dasturlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatda insonning, avvalo, bolalar, ayollar, yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy huquqlarini butun choralar bilan himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393965" id="-1393965">Fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari yaratilgan va ular amalda samarali joriy etilmoqda. Mamlakatda besh mingdan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Jamiyat va davlat qurilishi sohasida siyosiy partiyalarning roli sezilarli darajada oshdi. Mustaqil ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rivojlanib bormoqda. Ular aholining siyosiy, ijtimoiy faolligini oshirish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiya qilishning qudratli omili boʻlib xizmat qilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393966" id="-1393966">Sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining izchil amalga oshirilishi inson huquqlariga rioya etilishining muhim kafolatiga aylandi. Oʻzbekistonda jinoyatlarning tasniflanishi toʻla oʻzgartirildi. Bunda ogʻir jinoyatlar toifasiga kiruvchi jinoiy xatti-harakatlar roʻyxati sezilarli darajada qisqartirildi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393967" id="-1393967">Natijada 2007-yilda ozodlikdan mahrum qilish shaklidagi jazo qoʻllanilgan shaxslar soni 2000-yildagiga nisbatan 2 barobardan koʻproq qisqardi. Oʻzbekistonda har yuz ming aholiga 138 nafar mahbus toʻgʻri keladi, bu dunyoning eng rivojlangan davlatlaridagidan ancha kamdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393968" id="-1393968">Sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sudlar tomonidan fuqarolar huquqlari himoya qilinishi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari izchil joriy etilmoqda. Sudlar jinoiy, fuqarolik, xoʻjalik ishlari boʻyicha ixtisoslashtirildi, sud ishlarini apellatsion va kassatsion koʻrib chiqish institutlari, yarashuv instituti joriy qilindi. Prokuror va advokat huquqlarining tengligini taʼminlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393969" id="-1393969">Oʻzbekistonda 2008-yil yanvaridan oʻlim jazosining bekor qilinishi, hibsga olishga sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkazilishi inson huquqlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393970" id="-1393970">Mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligida inson huquqlari himoyasi boʻyicha maxsus tuzilgan boʻlinmalar kabi inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar tizimi yaratilgan va ular faol ishlamoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393971" id="-1393971">Inson huquqlari sohasida uzluksiz taʼlim va maʼrifiy ishlar tizimi shakllantirilgan. Huquq himoyasi mavzuida yigirmadan ziyod ixtisoslashtirilgan jurnal va gazetalar koʻp ming nusxada chop etilmoqda, barcha maktab, kollej va litseylarda, oliy taʼlim muassasalarida inson huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari oʻrganilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393972" id="-1393972">Oʻzbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini izchil va qatʼiy bajarib kelmoqda, bu masalalar boʻyicha BMTning tegishli konvensiyaviy organlariga doimiy ravishda oʻzining milliy hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmoqda. Ularning tavsiyalarini bajarishda davlat idoralari, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va bevosita fuqarolar ishtirok etmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393973" id="-1393973">BMT Bosh kotibining inson huquqlari kuni munosabati bilan yoʻllagan Bayonotnomasini qoʻllab-quvvatlab, shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy, qonunchilikka oid chora-tadbirlar tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393975" id="-1393975">1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturi 1-ilovaga<a href="/m/acts/-1393953#-1393977">*</a> muvofiq maʼqullansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393981" id="-1393981">Insoniyat taraqqiyotining eng ezgu maqsadlari va demokratik qadriyatlar timsoli boʻlgan gʻoyat muhim xalqaro huquqiy hujjat — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarda davlat tashkilotlari va muassasalari, jamoatchilik birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi eng muhim vazifa deb hisoblansin.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1393977" id="-1393977">* 1-ilova <a href="/m/acts/1393887#-1393930">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393982" id="-1393982">2. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Maxsus komissiya tarkibi 2-ilovaga<a href="/m/acts/-1393953#-1393984">* </a>muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393986" id="-1393986">Quyidagilar Maxsus komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393987" id="-1393987">davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393988" id="-1393988">Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan tadbirlar, mamlakatimizda inson manfaatlarini koʻzlagan holda uning huquq va erkinliklarini taʼminlash maqsadida demokratik sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish borasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393989" id="-1393989">Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston vakillarining faol ishtirok etishi borasida xalqaro tashkilotlar, avvalo, BMT muassasalari bilan yaqin hamkorlikni taʼminlash.</div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-1393984" id="-1393984">* 2-ilova <a href="/m/acts/1393887#-1393945">rus tilidagi </a>matnda berilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393990" id="-1393990">3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati, Vazirlar Mahkamasi 2008-2009-yillarda fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquq va erkinliklarini himoya qilishning meʼyoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish, shuningdek, ushbu sohada qabul qilingan qonun hujjatlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393992" id="-1393992">4. Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” kengashi huzuridagi Maʼnaviyat targʻibot markazi bilan birgalikda 2008-yil davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining asosiy qoidalarini, fuqarolarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha milliy qonunchiligimiz asoslarini ochib berishga bagʻishlangan risolalar, oʻquv qoʻllanmalari, ijtimoiy-siyosiy materiallar chop etilishi va aholi orasida keng tarqatilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393993" id="-1393993">5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan birgalikda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393994" id="-1393994">yetakchi mutaxassislar va olimlarni jalb etgan holda, taʼlim muassasalarida va yoshlar orasida inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni taʼminlash, shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yoshlarning yangi jamiyat barpo etishda faol ishtirok etishi uchun zarur ijtimoiy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sharoit yaratish, Vatanimiz xavfsizligi va farovonligini taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini chuqur oʻrganishga doir davra suhbatlari, seminarlar, maʼruzalarni tizimli asosda tashkil etsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393995" id="-1393995">2008-yil 10-dekabrda mamlakatimizdagi barcha maktablar, litseylar, kollejlar, oliy oʻquv yurtlarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan umummilliy dars oʻtkazsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393997" id="-1393997">6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablaridan kelib chiqqan holda, jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga inson huquqlarini himoya qilishda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishining milliy va xorijiy tajribasini oʻrganishni nazarda tutadigan maxsus oʻquv dasturlari kiritilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393998" id="-1393998">7. Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz bilan birgalikda uch oylik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha boʻlinmalar faoliyatini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilsin va uning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida takliflar kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1393999" id="-1393999">8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz va boshqa institutlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning samarali ishlashi uchun zarur boshqa shart-sharoit yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va 2008-yilda amalga oshirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1394000" id="-1394000">9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasining murojaatini eʼtiborga olib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda roʻyobga chiqarishda BMT saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlash uchun BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi maxsus jamgʻarmasiga Oʻzbekistonning ixtiyoriy badali sifatida yuz ming AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1394001" id="-1394001">10. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 60 yilligiga bagʻishlangan Tadbirlar dasturining amalga oshirilishini har tomonlama yoritish boʻyicha tematik koʻrsatuvlar hamda maqolalar tashkil etsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1394003" id="-1394003">11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1394004" id="-1394004">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1394005" id="-1394005">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1394006" id="-1394006">2008-yil 1-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1394007" id="-1394007">PF-3994-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-1393958" id="-1393958">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 253-modda)</div></div></div>
                                </div>
                            </div>
                        </div>
                    </td>
                </tr>
            </table>
        </div>
        <script language="javascript">
       

            //function tryResize() {
            //    try {
            //        document.getElementById("divAct").style.width = (screen.width - 15) + "px";
            //    }
            //    catch (err) {
            //        alert(err);
            //    }
            //}
            //tryResize();
        </script>
    </form>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>

<style type="text/css">
    #divCont {
        border: 1px solid red;
        padding: 0;
    }

    div#header {
        position: fixed;
        top: 0;
        width: 100%;
        z-index: 10;
    }

    /*#revision_act {
        background-color: white;
        color: red;
        float: left;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        height: 5px;
        margin-left: 0;
        opacity: 0.7;
        padding-bottom: 15px;
        position: fixed;
        text-align: center;
        top: 87px;
        width: 150px;
    }*/

    /*#obsolute_act {
        color: red;
        background-color: white;
        opacity: 0.7;
        position: fixed;
        width: 250px;
        text-align: center;
        height: 46px;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        top: 75px;
        padding-top: 10px;
    }*/

    .act_warning { /*mobilega kerakmi*/
        -webkit-animation: color-change 1s infinite;
        -moz-animation: color-change 1s infinite;
        -o-animation: color-change 1s infinite;
        -ms-animation: color-change 1s infinite;
        animation: color-change 1s infinite;
    }
</style>


<style type="text/css">
    TABLE#theTableID {
        display: none;
    }
</style>
