28.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3457-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining buyrugʻi, 28.10.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3457-2
Date of entry into force
29.10.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3457-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-avgustdagi 433-son “Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish buyurtmanomalarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 5-avgustdagi 22-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3457, 2023-yil 21-sentabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2023-y., 10/23/3457/0724-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir I. MAXKAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 28 sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-son

Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2026-yil 28-sentabrdagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 6-band va 242-bandning birinchi xatboshisidagi “buyurtmalari” degan soʻz “buyurtmanomalari” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bobning nomidagi “buyurtmalarni qabul qilish” degan soʻzlar “buyurtmanomalarni rasmiylashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish boʻyicha buyurtmanomalar yuk joʻnatuvchilar tomonidan mazkur Qoidalarning 3 va 4-ilovalariga muvofiq yuk tashishga buyurtmanoma hamda dekadalik buyurtmanoma shaklida rasmiylashtiriladi. Bunda yuk joʻnatuvchilar buyurtmanomalarni rasmiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (bundan buyon matnda YIDXP deb yuritiladi) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“8. Yuk joʻnatuvchilar temir yoʻl orqali ichki qatnovlarda yuk tashish amalga oshirilishi moʻljallanayotgan oy (bundan buyon matnda prognoz oyi deb yuritiladi) boshlanishidan kamida 14 kun oldin buyurtmanomalarni rasmiylashtiradi.”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “Buyurtmalar” degan soʻz “Buyurtmanomalar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “Buyurtmaning” degan soʻz “Buyurtmanomaning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Davlat xizmatlari markaziga yuk joʻnatuvchi oʻzi kelib murojaat qilganda soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan yuk joʻnatuvchi nomidan, YIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilinganda esa yuk joʻnatuvchi tomonidan mustaqil ravishda toʻldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng yuk joʻnatuvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va uni elektron raqamli imzo, Mobil-ID yoki identifikatsiya qilish vositalari orqali tasdiqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk joʻnatuvchi YIDXP orqali murojaat qilganda soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk joʻnatuvchi vagon operatori bilan tuzilgan amaldagi shartnoma nusxasini elektron shaklda ilova qiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“10. Temir yoʻl transporti (tashuvchi) soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun berilgan muddatni hisobga olmagan holda, uni koʻrib chiqadi hamda buyurtmanomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlab, Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etganda) yoki yuk joʻnatuvchiga YIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) yuboradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Temir yoʻl transporti (tashuvchi) yuk tashish uchun buyurtmanomalarni quyidagi hollarda rad etish huquqiga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Temir yoʻl ustaviga muvofiq muayyan yoʻnalishlarda yuk ortishga taʼqiq joriy etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagonning mansubligi notoʻgʻri koʻrsatilgan boʻlsa (xususiy yoki ijaraga olingan yoki temir yoʻl inventar vagoni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vagon operatori (“Temiryoʻlkargo” AJ, “Oʻztemiryoʻlkonteyner” AJ, “Yoʻlreftrans” AJ va boshqalar) bilan shartnoma tuzilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yukni tashish qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqiqlangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nostandart, katta oʻlchamli yoki ogʻir vaznli yuklarni joylashtirish va mahkamlash sxemasi vakolatli organ bilan kelishilmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuk tashish buyurtmanomasida koʻzda tutilgan yuk hajmi yoki boshqa koʻrsatkichlar temir yoʻl uchastkasining oʻtkazuvchanlik qobiliyati yoki temir yoʻl stansiyalarining yuklarga ishlov berish quvvatidan ortiq boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashishni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan harakatdagi temir yoʻl tarkibi yoki konteynerlar mavjud boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
temir yoʻl transporti xizmatlari uchun yuk joʻnatuvchining qarzdorligi mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik imkoniyatlar mavjud boʻlmasa (yuk qabul qiluvchi shoxobcha yoʻllarining bandligi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuk tashish uchun buyurtmanoma rad etilgan taqdirda, temir yoʻl transporti (tashuvchi) shu vaqtning oʻzida rad etish sabablarini koʻrsatgan holda buyurtmanomani rasmiylashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni yuk joʻnatuvchiga elektron shaklda yuboradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“12. Soʻrovnomada yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, temir yoʻl transporti (tashuvchi) yuk joʻnatuvchiga ularni besh ish kuni ichida bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabar beradi. Kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmaganda, davlat xizmatini koʻrsatish rad etiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 13-banddagi “buyurtmalari” degan soʻz “buyurtmanomalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Yuklarni prognozdan ortiq ortish (boʻsh xususiy (shaxsiy), ijaradagi vagonlar va konteynerlarni joʻnatish) uchun yuk joʻnatuvchi ortish kunidan kamida besh kun oldin mazkur Qoidalarning 7-bandiga asosan qoʻshimcha buyurtmanomani rasmiylashtiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“21. Rejadan ortiq yuk ortish imkoni boʻlmagan taqdirda, buyurtmanomani rasmiylashtirishni rad etish ushbu Qoidalarning 11-bandiga asosan amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. 30-bandning ikkinchi xatboshisi va 32-banddagi “buyurtmada” degan soʻz “buyurtmanomada” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 44-bandning 1-kichik bandidagi “buyurtmasining” degan soʻz “buyurtmanomasining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2026 y., 10/26/3457-2/1080-son)