24.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3301-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 24.08.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3301-2
Date of entry into force
27.09.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026 yil 24 avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3301-2]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 30-apreldagi 8/1-son qarori (roʻyxat raqami 3301, 2021-yil 7-may) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y.,10/21/3301/0451-son) bilan tasdiqlangan Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 14 avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19/17-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 14-avgustdagi 19/17-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq valyuta pozitsiyasini yuritish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar ochiq valyuta pozitsiyalari limitlarini, ularni hisoblash hamda banklar, shu jumladan islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklar (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan ochiq valyuta pozitsiyalari limitlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishning oʻziga xos jihatlarini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“hisob-kitoblarni amalga oshirish usuli va shaklidan qatʼi nazar chet el valyutasidagi va bazaviy aktivi qimmatbaho metall boʻlgan hosilaviy (derivativ) moliyaviy vositalari (fyuchers, forvard, svop, opsionlar va boshqalar) bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish natijasida chet el valyutasida hamda qimmatbaho metall boʻyicha yuzaga keluvchi talab va majburiyatlar. Bunda svop bitimlari boʻyicha ochiq valyuta pozitsiyasini hisoblashda mazkur bitimlarni amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan chet el valyutasidagi talab va majburiyatlar oʻrtasidagi farq, shu jumladan svop bitimi boʻyicha hisoblangan va olinishi lozim boʻlgan daromadlar yoki hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan xarajatlar ochiq valyuta pozitsiyasining oʻzgarishiga taʼsir qiladi;”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2026 y., 10/26/3301-2/0872-son)