25.06.2026 yildagi VII-25-74-5-73-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining qarori, 25.06.2026 yildagi VII-25-74-5-73-K/26-son
Date of entry into force
26.09.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yilda Navbahor tumani boʻyicha “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “Alkogol mahsulotlari”ni realizatsiya qilish uchun yigʻimlarning cheklangan stavkalarini oshirish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1105-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-387-sonli qarori, tuman iqtisodiyot va moliya bo`limining 2026-yil 18-iyundagi 01-12-230/20-01-38/578-sonli xati, xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 17-iyundagi DKQ 03-01/62-26-sonli qarori “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi “Mahalliy budjetlar va budjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, budjet intizomini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi 387-sonli qarori ijro uchun, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Jumaboyevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Navbahor tumani hududida 2026-yil uchun tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimlar stavkalari ilovaga muvofiq ma'qullanganligi inobatga olinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M. Jumaboyev, tuman Iqtisodiyot va moliya boʻlimi (N. Xotamov), tuman soliq inspeksiyasi (Sh. Berdiyev) bilan birgalikda mazkur qaror oʻz vaqtida va samarali bajarilishini ta'minlash choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman hokimligi axborot xizmati (E. Bobonazarov) hamda “Navbahor tongi” gazetasi tahririyati (U. Ochilov)ga sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qaror ijrosini ta'minlash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (M. Jumaboyev)ga, bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (A. Qaraboyev) zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtib kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash raisi T. ABDIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 25-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII-25-74-5-73-K/26-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.