18.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2257-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 18.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2257-7
Date of entry into force
20.08.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2257-7]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyundagi PF-6252-son “Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2011-yil 8-avgustdagi 01/19-18/04 va 27-son qarori (roʻyxat raqami 2257, 2011-yil 24-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 357-modda) bilan tasdiqlangan Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori S. MURODOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 10 aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01/11-2-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining boshligʻi J. XATAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 9 aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 10-apreldagi 01/11-2-son, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 9-apreldagi 14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur Qoidalar rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratini tashkil etish maqsadida rieltorlik tashkilotlarda ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun rahbar yoki uning oʻrinbosari darajasida masʼul shaxs (bundan buyon matnda masʼul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rahbar oʻrinbosari darajasidagi masʼul shaxs bevosita rahbarga hisobdor hamda oʻz harakatlarini amalga oshirishda tashkilotning boshqa boʻlinmalaridan mustaqil hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masʼul shaxs Oʻzbekiston Respublikasining rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni hamda xalqaro standartlarni bilishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“41. Har bir rieltorlik tashkiloti qonunchilikka hamda ushbu Qoidalarga asosan quyidagilarni oʻz ichiga olgan ichki qoidalarni ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amalga kiritishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsga qoʻyiladigan talablar, uning maqsadi va vazifalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsning rieltorlik tashkilotining boshqa xodimlaridan mustaqilligini taʼminlash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsning rahbariyat bilan, shu jumladan xorijdagi filial va vakolatxonalar (agar boʻlsa) bilan oʻzaro munosabatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsning funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur axborotni olish huquqi, shuningdek rieltorlik tashkiloti, shu jumladan chet eldagi filiallar va vakolatxonalar (agar boʻlsa) xodimlarining bunday axborotni taqdim etish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish majburiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsning qonunchilik va ichki hujjatlar talablari buzilishlarini oʻrganish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxsning malakasini oshirib borish boʻyicha talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi soʻrovlarni va mijozlarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni toʻxtatib turish haqidagi talabnomasini oʻz vaqtida bajarish boʻyicha choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
masʼul shaxs tomonidan maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinetni yuritish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning benefitsiar mulkdorlarini identifikatsiyalash tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shubhali operatsiyalarni aniqlash hamda shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi xabarlarni tayyorlash va ularni maxsus vakolatli davlat organiga yuborish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishining oldini olishga qaratilgan choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari hamda yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan mijozlarning hisobini yuritish va monitoring qilish hamda bunday mijozlar operatsiyalarini monitoring qilish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar rieltorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagi mazmundagi 43 va 44-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“43. Rieltorlik tashkilotlarining nazorati ostida yoki ahamiyatli taʼsiri doirasida bitta yoki bir nechta pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar boʻlgan taqdirda, ichki qoidalar ushbu tashkilotlar tomonidan guruhiy yondashuv asosida ishlab chiqilishi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni boshqarish va mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni almashish qoidalari va tartib-taomillari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komplayens nazoratni, auditni va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish funksiyalarini guruh darajasida taʼminlash, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadlari uchun zarur boʻlgan hollarda filiallardan va shuʼba korxonalardan ularning mijozlari, moliyaviy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning olinishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxfiylik va maʼlumotlardan foydalanishni yetarli darajada himoya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Quyidagi shaxslar rieltorlik tashkilotining rahbari, taʼsischisi, benefitsiar mulkdori boʻlishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda doimiy yashovchi, vaqtincha turgan yoki roʻyxatdan oʻtgan shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiy jinoyatlar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Rieltorlik tashkilotlari har yili 10-yanvarga qadar pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tayinlangan masʼul shaxs haqida va ushbu Qoidalar talablariga rioya etilishi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“111. Rieltorlik tashkilotlari mijozlarga koʻchmas mulkni sotish va (yoki) sotib olish bilan bogʻliq toʻlovlarni bank kartalari va (yoki) elektron toʻlov tizimlaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida axborot beradi, shuningdek, boshqa hisob-kitob shakllaridan foydalanish bilan bogʻliq xavflar haqida ogohlantiradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 143-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rieltorlik tashkiloti mijoz bilan ish munosabatlariga kirishish toʻgʻrisidagi qarorni oʻz tavakkalchiliklaridan kelib chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi hamda foydalanuvchini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqli.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 171-banddagi “ilovasida” degan soʻz “2-ilovasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagi mazmundagi 205 va 206-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“205. Chet el rieltorlik tashkilotlarining alohida boʻlinmalari (agar mavjud boʻlganda) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim, mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari talablaridan farq qilgan taqdirda, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlarni qoʻllashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari oʻzlarining xorijdagi alohida boʻlinmalaridan mazkur ajratilgan boʻlinmalar joylashgan mamlakat qonunchilik hujjatlaridagi taqiqlar tufayli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatlar toʻgʻrisida Agentlikka va maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari oʻzlarining chet eldagi alohida boʻlinmalari agarda ular joylashgan mamlakatning qonunchilik hujjatlarida rieltorlik tashkilotining ichki qoidalariga nisbatan yengilroq ichki nazorat choralari belgilangan boʻlsa, ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda rieltorlik tashkilotining ichki qoidalariga rioya qilishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
206. Agentlik yiliga kamida bir marta, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik oʻzgargan taqdirda, rieltorlik tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini oʻrganadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 21-band quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ichki qoidalar bilan shubhali operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda Agentlik tomonidan ishlab chiqiladigan va tavsiyaviy xarakterga ega boʻlgan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi mazmundagi 293-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“293. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishni va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishni amalga oshirish tavakkalchiligi rieltorlik tashkilotlar tomonidan yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 2-ilova bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkiloti masʼul xodimi va ichki qoidalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR

__________________________________________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(rieltorlik tashkiloti nomi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami

2.

Masʼul shaxs etib tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq sanasi va raqami

3.

Sudlanganligi yoki sudlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumot

4.

Rieltorlik tashkiloti tomonidan oʻtgan yil uchun koʻrsatilgan xizmatlar summasi toʻgʻrisida maʼlumot

5.

Rieltorlik tashkiloti tomonidan oʻtgan yil uchun koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha tuzilgan shartnomalar soni toʻgʻrisida maʼlumot

6.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni taʼminlash boʻyicha rieltorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hujjat nomi va sanasi

7.

Rieltorlik tashkilotining masʼul shaxsi va xodimlarining doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan oʻtkazilishini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumot

8.

Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni

9.

Rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish rad etilgan mijozlar soni (rad etish sababi)

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mijoz va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼLUMOTLAR
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Toʻliq, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi

2.

Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan maʼlumotlar (sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi)

3.

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

4.

Joylashgan joyi (pochta manzili, filiallar va vakolatxonalar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar)

5.

Mijoz va benefitsiar mulkdorni amaliy ish munosabatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

6.

Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar (faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati)

7.

Mijoz vakili shaxsining identifikatsiyasi (pasport, ID-karta yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar asosida) hamda vakolatlarini tekshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

8.

Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari, benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash (shaxsini va yashash joyini aniqlash, yuqori mansabdor shaxs, uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs ekanligi toʻgʻrisida belgi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

9.

Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

10.

Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

11.

Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa)

12.

Ichki qoidalar bilan aniqlangan boshqa maʼlumotlar

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026 y., 10/26/2257-7/0499-son)