Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
4.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
3.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
4.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug'i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3545-1]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 29-iyuldagi 17-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3545, 2024-yil 6-avgust) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 10/24/3545/0590-son) bilan tasdiqlangan Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarigailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. TASHKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 18-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 18-maydagi 19-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Texnik hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisi mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻyiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik hujjatlarning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda texnik hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Muqaddimada texnik hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari, shuningdek qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 21-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik hujjatda quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkitalik raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 22-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar texnik hujjatda boblar boʻlmasa, boʻlim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar texnik hujjatda band boʻlmasa, kichik band va xatboshi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 41-banddagi “standartlar” hamda “standartlar va boshqa hujjatlar” degan soʻzlar tegishli ravishda “shaharsozlik normalari va qoidalari” hamda “shaharsozlik normalari va qoidalari hamda boshqa hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Texnik hujjat loyihasi qonunchilikka muvofiq boʻlsa, shuningdek unda huquqiy normalar mavjud boʻlmasa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno), yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi va xulosa tayyorlanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“texnik hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilgan boʻlsa, uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatiladi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagi mazmundagi 601 va 602-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“601. Vazirlik va idoralar tomonidan texnik hujjatlarning loyihalari Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun joylashtirilishi mumkin, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar loyihalari mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish texnik hujjat qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjat loyihasini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish muddati loyihani ishlab chiquvchi vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
602. Texnik hujjat loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni hisobga olish loyihani qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq maromiga yetkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda loyihani ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“64. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun texnik hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu texnik hujjat qabul qilingan kunning oʻzida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi (bundan davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar mustasno)”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 71-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“g) hujjatda huquqiy normalar qoʻllanilgan boʻlsa (bundan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayoni mustasno);”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“72. Yagona elektron tizim orqali taqdim etilgan texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijasida unda texnik koʻrinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining oʻzgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda mazkur xatoliklar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yagona elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda texnik hujjatda aniqlangan texnik koʻrinishdagi, shu jumladan mazmun oʻzgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda bartaraf etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xatoliklar bartaraf etilgan texnik hujjat uni qabul qilgan vazirlik yoki idora birinchi rahbarining roziligini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati ushbu hujjat vazirlik yoki idoraning birinchi rahbariga rozilik olish uchun yuborilgan kundan rozilik olingan kunga qadar toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hisobga olish rad etilgan texnik hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirlik va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi imzolangan vaqtdan texnik hujjatda uning bekor qilinganligi haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobga olish rad etilgan texnik hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasini eʼtiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va hisobga olish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Qoidalarning 71-bandi “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobga olish rad etilganda, vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu texnik hujjatni hisobga olish uchun takroran taqdim etishga majburdirlar.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“75. Texnik hujjatni hisobga olish yagona elektron tizim orqali texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qogʻoz shaklida tasdiqlanadigan texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi xulosa asosida hisobga olish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli maʼlumot kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatlar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatni hisobga olish toʻgʻrisidagi belgi (texnik hujjatni oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan texnik hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi texnik hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va idoralar hisobga olingan texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. 6-bob quyidagi mazmundagi paragraf bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11-§. Texnik hujjatlar amal qilishining toʻxtatib turilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
861. Texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Bunda texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan holda, qanday hodisa yuz berishi lozimligi aniq koʻrsatilishi hamda ushbu hodisa barchaga maʼlum boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash tegishli texnik hujjat bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan muddatga toʻxtatilgan texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish muddati tugagandan soʻng avtomatik ravishda qayta tiklangan hisoblanadi. Bunda amal qilishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi texnik hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan texnik hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi tegishli texnik hujjat bilan qayta tiklanadi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. 1-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0016-21-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2017-yil 14-fevralda tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablar” (0348-17-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi
(elektron raqamli imzo)
Х. Хххххххх
Toshkent sh.,
2026-yil 9-yanvar,
92-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2026-yil 9-yanvardagi 92-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0016-21-son SanQvaN)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish, yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi hamda ovqatdan zaharlanishlarning oldini olish choralarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur sanitariya qoidalari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
…
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Taomnomalarga kiritilgan taomlarning maxsus ishlab chiqilgan texnologik xaritalari boʻlishi shart. Ushbu texnologik xaritalarda taomlarning tarkibiy qismlari, energetik qiymati, oqsil, yogʻ va uglevodlarning miqdori hamda tayyorlangan taomning hajmi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baʼzi mahsulotlar boʻlmaganda ular boshqa mahsulotlar bilan almashtiriladi. Bunda mazkur sanitariya qoidalarining ilovasiga muvofiq mahsulotlarni almashtirish jadvalidan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yagona mavsumiy taomnoma asosida faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oziq-ovqat taʼminotida keskin uzilishlar yuzaga kelgan hollarda taomnomadagi taom boshqa bir taom bilan almashtirilishi lozim. Bunda almashtiriluvchi taomning tarkibi va energetik qiymati toʻliq hisob-kitob qilingan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Taomni toʻgʻri tayyorlash va tayyor taomning hajmi normaga muvofiq kelishi uchun mazkur sanitariya qoidalarining 5-ilovasiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining dastlabki va issiqlik ishlovini berishda ogʻirlik yoʻqotish miqdori jadvalidan foydalanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
…
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlishiga muvofiq ovqatlanishni tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (guruhlarda) boʻladigan vaqti quyidagicha boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar 3-4 soat boʻladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar 9 — 10,5 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalar kecha-yu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz va sifatli ovqatlanishining tashkil etilishiga oid sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarni almashtirilishi jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahsulot nomi
Ogʻirligi (g)
Almashtiriladigan mahsulot
Ogʻirligi (g)
1-navli bugʻdoy unidan yopilgan oq non
100
1-navli bugʻdoy uni
75
1-kategoriyali mol goʻshti
100
Quyon goʻshti
98
1-toifa tovuq va kurka goʻshti
110
Tozalangan baliq
125
Tvorog
120
Tuxum
145
Yogʻi olinmagan sut
100
Germetik oʻramdagi quruq sut
12
Quyultirilgan shakarli sut
38
Tvorog
17
Yogʻli qatiq
103
Pishloq
12,5
1-kategoriyali mol goʻshti
15
Tovuq goʻshti
22
Tozalangan baliq
20
Parranda tuxumi
(1 dona)
Tvorog
31
Mol goʻshti
72
Tozalangan baliq
30
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.05.2026-y., 10/26/3545-1/0500-son)