08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-10
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining qarori, 08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2925-10
Date of entry into force
09.08.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2925-10]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 344-V va 26-son qarori (roʻyxat raqami 2925, 2017-yil 4-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 36-son, 968-modda) bilan tasdiqlangan Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2026-yil 16 aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
344-B-10-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi J. XATAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 15 aprel
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2026-yil 16-apreldagi 344-B-10-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2026-yil 15-apreldagi 17-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “lombard” degan soʻzdan keyin “, kafolatlar berish tashkiloti, faktoring tashkiloti” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
benefitsiar mulkdor — mijozga nisbatan pirovard nazoratni amalga oshiruvchi yoki unga bevosita yoxud bilvosita egalik qiluvchi jismoniy shaxs(lar), shuningdek nomidan operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn oltinchi xatboshidagi “oʻrganish” degan soʻz “tushunish” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“xodimlarni ishga qabul qilishda nomzodlarning lavozimga munosibligini baholashga qaratilgan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish boʻyicha riskka asoslangan tekshiruv tartib-taomillari;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn ikkinchi-oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn uchinchi-oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki raqamli identifikatsiya asosida amalga oshiriladi. Bunda nobank kredit tashkiloti jismoniy shaxs — mijoz identifikatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud ularning oʻrnini bosadigan boshqa hujjat) asosida amalga oshirilganda ushbu hujjatning asli yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va (yoki) “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali beriladigan elektron shakli bilan tanishib chiqishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli identifikatsiya asosida amalga oshirilganda Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3322, 2021-yil 30-sentabr) belgilangan choralarni koʻrishi lozim.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 50-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda maxsus jurnal nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida elektron shaklda yuritiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 61 va 62-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“61. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarning identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026 y., 10/26/2925-10/0474-son)