Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining qarori, 08.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3833
Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.12.00 Korrupsiyaga qarshi kurashish]
[TSZ:
1.Moliya / Investitsiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 8-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3833]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 3-fevraldagi 44-son “Yirik investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni taʼminlovchi standartlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2026-yil 14-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-son

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H. TURAXUJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 26-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
04/11-05/01-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 24-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2026-yil 14-apreldagi 18-son hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 2026-yil 26-martdagi 04/11-05/01-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Yoʻriqnoma quyidagi yirik investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat budjeti yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat kafolatlari, imtiyozlar yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik investitsiya loyihasi (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi) — moliyaviy resurslar qiymati kamida 50,0 mln AQSH dollari ekvivalentida (shu jumladan, davlat investitsiyalari, xalqaro moliya institutlari kreditlari) jalb etilgan holda amalga oshiriladigan, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar, xizmatlar yoki boshqa infratuzilmani yaratish, kengaytirish yoki modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) — loyihani rejalashtirish, moliyalashtirish, tayyorlash, davlat xaridlarini amalga oshirish va ekspluatatsiya, monitoring qilish bosqichlarida korrupsiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar va xavflarni aniqlash hamda tahlil qilish, shuningdek, ularni bartaraf etish yoki kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning raqobat muhitiga taʼsirini baholash (bundan buyon matnda baholash deb yuritiladi) — loyihaning tegishli bozorlarda raqobatga taʼsirini baholash, raqobatni cheklash, ayrim ishtirokchilarga ustunlik berish yoki monopol holatni yuzaga keltirish xavflarini aniqlash, bartaraf etish, shuningdek barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng boʻlgan shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash jarayoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Yoʻriqnoma talablariga muvofiq ekspertizadan oʻtkazilmagan hamda baholanmagan loyihani tasdiqlashga yoki amalga oshirishning keyingi bosqichiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish hamda baholashning maqsad va vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish va baholashning maqsadi loyihaning shaffoflik, hisobdorlik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirish, korrupsiya xavflarini oldindan aniqlash va sogʻlom raqobat muhitini taʼminlashdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ekspertizaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani tayyorlash va amalga oshirish bosqichlarida korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridlarida shaffoflikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisob-kitoblar va loyiha qiymatining iqtisodiy asoslanganligini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning bozorda raqobatni cheklash ehtimolini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun teng boʻlgan shart-sharoitlarni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan taqdim etiladigan davlat yordamining (imtiyoz, preferensiya va boshqa turdagi qoʻllab-quvvatlash choralarining) raqobatga taʼsirini baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim ishtirokchilarga ustunlik berish yoki monopol holatni yuzaga keltirish (bozorda ustun mavqe yuzaga kelishi) xavfini bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga eksklyuziv (mutlaq) huquqlarning asossiz berilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Loyihani ekspertizadan oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Loyiha quyidagi bosqichlarda majburiy tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashabbusi bosqichida — konsepsiya, texnik-iqtisodiy asos, loyihani baholash hujjati yoki loyihani asoslovchi boshqa dastlabki hujjatlar ishlab chiqilayotganda, shuningdek moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi yoki shartnoma tuzilishi (davlat xususiy-sheriklik uchun) oldidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat xaridi bosqichida — loyiha boʻyicha yetkazib beruvchilar, pudratchilar, investorlar yoki hamkorlarni tanlash uchun raqobatbardosh tanlov jarayonlari oʻtkazilishi paytida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amalga oshirish bosqichida — loyiha shartlarida sezilarli oʻzgarishlar boʻlganda, qoʻshimcha shartnomalar tuzilganda, shartnomalarning ijrosini monitoring qilish paytida korrupsiya holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Loyiha ekspertizasi davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari (bundan buyon matnda ichki nazorat tuzilmalari deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Loyihani tayyorlayotgan davlat organi yoki tashkiloti (bundan buyon matnda loyiha tashabbuskori deb yuritiladi) loyihaga aloqador quyidagi hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish uchun ichki nazorat tuzilmasiga taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldindan toʻldirilgan mazkur Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yirik investitsiya loyihasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash boʻyicha cheklist (bundan buyon matnda korrupsiyaviy xavflar cheklisti deb yuritiladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha konsepsiyasi;

texnik-iqtisodiy asos;

loyihani baholash hujjati;

kelishuv loyihasi;

hamkorni tanlashga oid materiallar;

loyihaga aloqador boshqa mavjud hujjatlar va maʼlumotlar.

10. Taqdim etilgan hujjatlar ichki nazorat tuzilmasining masʼul xodimi tomonidan qabul qilinib, ularning toʻliqligi va ekspertizadan oʻtkazish uchun yaroqliligi ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat tuzilmasi ekspertizani oʻtkazish uchun zarur boʻlgan, mavjud qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan va (yoki) ekspertizadan oʻtkazish uchun yaroqsiz deb topilgan taqdirda ichki nazorat tuzilmasi aniqlangan kamchiliklar roʻyxatini koʻrsatgan holda ularni loyiha tashabbuskoriga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq va ekspertizadan oʻtkazish uchun yaroqli deb topilgan kunning oʻzida idoraviy nazorat jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha idoraviy nazorat jurnalida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida ekspertizadan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ekspertiza taqdim etilgan hujjatlarni mazmunan oʻrganish va alohida korrupsiyaviy xavflar cheklistini toʻldirish orqali quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) tashkil etish va oʻtkazish jarayonining oshkoraligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan rejalashtirish va ijrochilarni tanlash jarayonining oshkoraligi quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salohiyatli ishtirokchilar uchun loyiha boʻyicha barcha zarur maʼlumotlar (predmet, qiymat, moliyalashtirish manbalari, tanlash mezonlari, muddatlar va boshqalar) toʻliq eʼlon qilinganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
takliflarni taqdim etish uchun yetarli muddatning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul qilingan qarorlar tegishli bayonnoma yoki xulosalar bilan rasmiylashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchilarning savollari va murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investorni (yetkazib beruvchi, pudratchi, hamkor) tanlash mezonlari va loyiha natijalarini baholash koʻrsatkichlari oldindan aniq belgilanganligi hamda barcha ishtirokchilarga bir xil tartibda qoʻllanganligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meʼyorlarning aniqligi va xolisligi quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolibni tanlash mezonlari va baholash koʻrsatkichlarining oldindan belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolibni tanlash va qaror qabul qilish bosqichlarining tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gʻolibni tanlash natijalarining har bir mezon boʻyicha asoslantirilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
baholash mezonlarining barcha ishtirokchilarga nisbatan bir xil tartibda qoʻllanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza jarayonida loyihani tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etuvchi shaxslarning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi, ularning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoki taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolar, tashkilotlar, jamiyat yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud emasligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfaatlar toʻqnashuvi mavjud emasligi quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar tomonidan ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiya taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslarning loyihada ishtirok etuvchi investor (yetkazib beruvchi, pudratchi, hamkor) bilan mulkiy, moliyaviy yoki boshqaruvga oid manfaatdorligi mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarda manfaatdor shaxslarning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etmasligi taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish boʻyicha belgilangan ichki tartiblarga rioya etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha yoki unga bogʻliq qarorlarda davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga ortiqcha yoki noaniq vakolatlar berilmaganligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorlar qabul qilishda mansabdor shaxslarning asossiz ravishda oʻz ixtiyoriga koʻra harakat qilish imkoniyati cheklangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskretsion vakolatlar mavjud emasligi quyidagilar orqali baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilishning shartlari, asoslari va tartib-taomillari aniq va tushunarli tarzda belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga noaniq yoki cheklanmagan vakolatlar berishga olib keluvchi qoidalarning mavjud emasligi (shartnomaning muhim shartlarini belgilangan tartib-taomillardan tashqari oʻzgartirish imkoniyati berilmaganligi, zaxira mablagʻlarini yakka tartibda tasarruf etish huquqi nazarda tutilmaganligi va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari yoki mansabdor shaxslarga ularning vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklatilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihada ishtirokchilar uchun belgilangan cheklovlar va toʻsiqlar maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi hamda ortiqcha maʼmuriy yoki moliyaviy yuklamalarga olib kelmasligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Cheklovlar va toʻsiqlar mavjud emasligi quyidagilar orqali baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklovlar va toʻsiqlarning loyiha maqsadidan kelib chiqqan holda asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziyalash, ruxsatnoma berish va xabardor qilish tartib-taomillarining qonunchilik talablariga muvofiq belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
noaniq yoki asossiz talablarning nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada belgilangan maqsad va vazifalar bilan bogʻliq boʻlmagan tashkiliy, moliyaviy yoki maʼmuriy talablarning nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muayyan doiradagi ishtirokchilarga ustunlik beruvchi talablarning belgilanmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihada jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini asossiz cheklashga olib keluvchi yoki muayyan ishtirokchining manfaatini koʻzlab belgilangan talablar mavjud boʻlmasligi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihada uni amalga oshirish ustidan tashqi nazorat mexanizmlari hamda loyihani amalga oshirish natijalari boʻyicha hisobot berish tartiblari mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat va hisobot mexanizmlari mavjudligi quyidagilar orqali baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha amalga oshirilishi ustidan tashqi nazorat shakllarining (audit, monitoring, jamoatchilik nazorati) nazarda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish jarayonini monitoring qilish tartibining belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida ommaviy hisobot taqdim etish tartibining belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha hujjatlarida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taʼsirchan javobgarlik choralarining mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Javobgarlik choralari mavjudligi quyidagilar orqali baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaviy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda shartnomani bekor qilish, jarima sanksiyalarini qoʻllash, pudratchini chetlatish va boshqa choralarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha ishtirokchilarining korrupsiyaga qarshi qoidalarga rioya etish majburiyatining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro tajribaga, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti standartlariga muvofiq loyiha ishtirokchilaridan korrupsiyaga qarshi ichki qoidalar, komplayens dasturlari yoki odob-axloq siyosatining mavjudligi toʻgʻrisida axborot taqdim etish talabining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihada korrupsiyaviy xavflarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan boshqa omillarning mavjudligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa korrupsiyaviy xavflar quyidagilar orqali baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy masalalardagi boʻshliqlarning mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq va majburiyatlarning aniq va tushunarli tarzda belgilanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoidalarni turlicha talqin qilish imkoniyatining mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilish yoki amalga oshirish tartib-taomillarining toʻliq belgilanmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Korrupsiyaviy xavflar cheklistini toʻldirish ushbu cheklistda belgilangan har bir savolga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savolda nazarda tutilgan talablar taʼminlangan taqdirda “Ha” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi.

Savolda nazarda tutilgan talablar taʼminlanmagan taqdirda “Yoʻq” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi hamda “Izoh (asoslash)” ustunining tegishli qatorida korrupsiyaviy xavfni keltirib chiqaruvchi omillar qisqacha asoslantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savol loyihaga taalluqli boʻlmagan taqdirda “Tegishli emas” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi hamda “Izoh (asoslash)” ustunining tegishli qatorida savol loyihaga taalluqli emasligining sabablari koʻrsatiladi.

15. Loyihaning korrupsiyaviy xavf darajasi ekspertiza natijasiga koʻra toʻldirilgan korrupsiyaviy xavflar cheklisti asosida yuqori, oʻrtacha va past xavf toifalariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavf darajasi quyidagicha tasniflanadi:

yuqori xavf — 10 ta va undan ortiq korrupsiyaviy omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha xavf — 5 — 9 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past xavf — 1 — 4 ta korrupsiyaviy omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaviy xavf aniqlanmagan — korrupsiyaviy omil mavjud boʻlmagan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan xavf toifasi korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasida aks ettiriladi va loyihaning korrupsiyaviy xavf darajasini belgilash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ekspertiza natijalariga koʻra ichki nazorat tuzilmasi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-ilovasida nazarda tutilgan Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasining namunaviy shakliga muvofiq korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasi tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasi ekspertiza jarayonida oʻtkazilgan tahlil natijalariga asoslanadi hamda loyihada aniqlangan korrupsiyaviy xavflar, ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar va loyihaning maqbulligi boʻyicha yakuniy xulosani oʻz ichiga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihadagi korrupsiyaviy xavf darajasining umumlashtirilgan bahosi — aniqlangan korrupsiyaviy omillar asosida loyihaning past, oʻrtacha yoki yuqori xavf darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan korrupsiyaviy xavflar va qonun buzilishi holatlari roʻyxati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar — chora-tadbirlar rejasi, loyiha hujjatlariga kiritilishi lozim boʻlgan oʻzgartishlar, qoʻshimcha tartib-taomillar, nazorat mexanizmlari yoki preventiv choralar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori xavfli loyihalar uchun alohida choralar — loyihani amalga oshirish jarayoniga mustaqil kuzatuvchi (monitor) jalb etish, korrupsiyaga qarshi auditlar oʻtkazish yoki doimiy monitoring tashkil etish boʻyicha takliflar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tavsiyalarni bajarish muddatlari va masʼul shaxslar — tavsiyalarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan tashkilotlar yoki shaxslar hamda ularni bajarish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning maqbulligi boʻyicha yakuniy xulosa — aniqlangan korrupsiyaviy xavflar bartaraf etilgan taqdirda loyihani amalga oshirish mumkinligi yoki xavflar bartaraf etilmagan taqdirda loyihani qayta ishlash yoxud loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Loyihaning xavf darajasi yuqori boʻlgan taqdirda loyihaning maqbulligi boʻyicha salbiy xulosa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning xavf darajasi past yoki oʻrtacha boʻlgan taqdirda korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar asosida loyihaning maqbulligi boʻyicha ijobiy xulosa beriladi. Bunda ichki nazorat tuzilmasi korrupsiyaviy omilning jiddiyligi hamda kelgusida tavsiyalar ijrosi ustidan nazorat qilish imkoniyatidan kelib chiqib, loyihaning maqbulligi boʻyicha salbiy xulosa berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalariga koʻra aniqlangan korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida ichki nazorat tuzilmasi tomonidan tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyalar oʻtkazilgan tahlil natijalariga asoslangan holda ishlab chiqilib, aniq va amalga oshirilishi mumkin boʻlgan shaklda bayon qilinishi hamda ularni bajarish uchun masʼul ijrochilar va muddatlar koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyalar quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha hujjatlariga korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlash mezonlarini aniqlash, noaniq yoki asossiz (subyektiv) talablarni chiqarib tashlash yoki asoslash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan holatlarni bartaraf etish, shu jumladan manfaatdor shaxslarni qaror qabul qilish jarayonidan chetlatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani muhokama qilishda mustaqil ekspertlar yoki jamoatchilik ishtirokini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish boʻyicha shartnomalarga korrupsiyaga qarshi talablarni kiritish, shu jumladan korrupsiya holatlari aniqlangan taqdirda shartnomani bekor qilish huquqini nazarda tutish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish jarayoni ustidan qoʻshimcha nazorat mexanizmlarini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasi korrupsiyaviy xavflar cheklisti hamda loyihaga aloqador boshqa hujjatlar bilan birgalikda loyiha tashabbuskoriga hamda loyiha boʻyicha qaror qabul qiluvchi vakolatli davlat organi yoki tashkilotiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Loyihani baholash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Loyihaning raqobat muhitiga taʼsiri korrupsiyaga qarshi ekspertiza bilan bir vaqtda yoki undan soʻng baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Baholash davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari va (yoki) monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilgan davlat organlari va tashkilotlarida monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Loyiha tashabbuskori loyihaga aloqador quyidagi hujjatlarni baholash uchun ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodimga taqdim etadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha konsepsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnik-iqtisodiy asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani baholash hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelishuv loyihasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hamkorni tanlashga oid materiallar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaga aloqador boshqa mavjud hujjatlar va maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Taqdim etilgan hujjatlar ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim tomonidan qabul qilinib, ularning toʻliqligi va baholash uchun yaroqliligi ikki ish kuni ichida tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim baholash uchun zarur boʻlgan, mavjud qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarning taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan va (yoki) baholash uchun yaroqsiz deb topilgan taqdirda ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim aniqlangan kamchiliklar roʻyxati koʻrsatilgan holda ularni loyiha tashabbuskoriga qaytaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Taqdim etilgan hujjatlar toʻliq va baholash uchun yaroqli deb topilgan kunning oʻzida idoraviy nazorat jurnalida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha idoraviy nazorat jurnalida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning murakkabligi va materiallar hajmidan kelib chiqib, baholashning umumiy muddati asoslantirilgan holda yigirma ish kunigacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Taqdim etilgan hujjatlar va materiallar roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng baholashni amalga oshirish uchun ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim tomonidan mutaxassislar tayinlanadi yoki kollegial tarzda koʻrib chiqish uchun komissiya shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha murakkab yoki koʻp tarmoqli boʻlgan taqdirda baholashni amalga oshirish uchun sohaviy mutaxassislar, zarur hollarda vakolatli organlarning vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Baholash taqdim etilgan hujjatlarni mazmunan oʻrganish va mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Yirik investitsiya loyihasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boʻyicha cheklistni (bundan buyon matnda baholash cheklisti deb yuritiladi) toʻldirish orqali quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirishga taʼsir koʻrsatadigan tegishli bozor yoki faoliyat sohasi, bozordagi asosiy va salohiyatli ishtirokchilar, ularning ulushlari hamda raqobat muhitiga taʼsiri tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bozor va ishtirokchilar quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning tegishli bozorlarga (faoliyat sohalariga) taʼsiri aniqlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish davomida tovar yoki xizmatlar bozoridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning soni yoki doirasi cheklanmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihaning yetkazib beruvchilar (pudratchilar, taʼminotchilar) soniga taʼsiri baholanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼminotchilar soni qisqargan taqdirda uning texnologik yoki iqtisodiy jihatdan asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha doirasida xususiy sherik yoki investorga davlat yordamini berish nazarda tutilgan holatlarda bozorga kirish shartlari hamda maxsus huquqlar raqobat muhitiga taʼsiri nuqtayi nazaridan tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish shartlari va maxsus huquqlar quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada ayrim ishtirokchilarga eksklyuziv huquqlar yoki imtiyozlar berish nazarda tutilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksklyuziv huquqlar yoki imtiyozlarning (shartlarning) asoslanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksklyuziv huquqlar yoki imtiyozlarning amal qilish muddati va qayta koʻrib chiqish mexanizmining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihada nazarda tutilgan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarining (subsidiyalar, minimal daromad kafolati, mahsulotni xarid qilib olish va boshqalar) raqobat muhitiga taʼsiri hamda ularning asoslanganligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlatning aralashuvi quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining raqobat muhitiga salbiy taʼsiri, shu jumladan raqobatchi subyektlarning oʻzaro raqobatlashishga boʻlgan qiziqishini pasaytirish ehtimolining mavjud yoki mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining ochiqligi va shaffofligi taʼminlanganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining vaqtinchaligi hamda boshqa ishtirokchilar uchun teng shart-sharoitlarni buzmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning shartlari raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat qonunchiligiga muvofiqlik quyidagilar asosida baholanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga zid boʻlgan shartlar nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatni cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan shartlar mavjud boʻlgan taqdirda ularning Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan kelishilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishtirokchilar faoliyatini cheklashga olib keluvchi shartlar nazarda tutilmaganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Baholash cheklistini toʻldirish ushbu cheklistda belgilangan har bir savolga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savolda nazarda tutilgan talablar taʼminlangan taqdirda “Ha” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savolda nazarda tutilgan talablar taʼminlanmagan taqdirda “Yoʻq” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi hamda “Izoh (asoslash)” ustunining tegishli qatorida raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillar asoslantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savol loyihaga taalluqli boʻlmagan taqdirda “Tegishli emas” ustunining tegishli qatoriga tasdiq belgisi (“✓”) qoʻyiladi hamda “Izoh (asoslash)” ustunining tegishli qatorida savol loyihaga taalluqli emasligining sabablari koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada ishtirokchilar doirasi asossiz cheklanmaganligi hamda loyiha muayyan bir ijrochiga moʻljallab ishlab chiqilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada bozorga kirish toʻsiqlari mavjud emasligi, shu jumladan ishtirokchilarga nisbatan haddan tashqari talablar belgilanmaganligi, qonunchilikda nazarda tutilmagan litsenziya yoki sertifikatlash shartlari joriy etilmaganligi hamda boshqa asossiz cheklovlar nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tender (tanlov) jarayonining shaffof va ochiq tashkil etilganligi, kamsituvchi talablar belgilanmaganligi hamda oʻzaro kelishuv xavfini keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar mavjud emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada nazarda tutilgan davlat tomonidan koʻrsatiladigan qoʻllab-quvvatlash choralarining (subsidiyalar, minimal daromad kafolati, mahsulotni xarid qilib olish va boshqalar) zarurligi va asoslanganligi, davlatning moliyaviy majburiyatlari oshkora aks ettirilganligi hamda xususiy sherikka berilayotgan imtiyozlarning davlat manfaatlariga mosligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirishning yakuniy isteʼmolchilarga koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼsiri, shu jumladan raqobatning cheklanishi natijasida sifat yomonlashishi, tanlov imkoniyatlari kamayishi yoki narxlar oshishi ehtimoli mavjudligi hamda bunday xatarlarni kamaytirish mexanizmlari nazarda tutilmaganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihada xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlar bilan tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan raqobatni taʼminlashga oid talablar inobatga olinganligi hamda ularga rioya etilishi taʼminlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Loyihaning raqobat muhitiga taʼsiri boʻyicha xavf darajasi baholash natijasiga koʻra toʻldirilgan baholash cheklisti asosida yuqori, oʻrtacha va past xavf toifalariga ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavf darajasi quyidagicha tasniflanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori xavf — 4 ta va undan ortiq raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻrtacha xavf — 2-3 ta raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
past xavf — 1 ta raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omil aniqlangan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavf aniqlanmagan — raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omil mavjud boʻlmagan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan xavf toifasi baholash xulosasida aks ettiriladi va loyihaning raqobat muhitiga taʼsiri boʻyicha xavfi darajasini belgilash uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Baholash natijalari boʻyicha ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 4-ilovasida nazarda tutilgan Yirik investitsiya loyihasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash natijasi boʻyicha xulosaning namunaviy shakliga muvofiq xulosa tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xulosada quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
cheklovlarning qonuniyligi va maqbulligi boʻyicha baholash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobatni taʼminlash boʻyicha aniq tavsiyalar (lotlarga ajratish, ochiq tanlov oʻtkazish, eksklyuziv huquq berishni rad etish yoki muddatini qisqartirish, uchinchi shaxslar uchun kirishni taʼminlash, qoʻshimcha tenderlar va boshqalar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihani amalga oshirish imkoniyati boʻyicha yakuniy xulosa va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Loyihaning xavf darajasi yuqori boʻlgan taqdirda loyihani amalga oshirish imkoniyati boʻyicha salbiy xulosa beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihaning xavf darajasi past yoki oʻrtacha boʻlgan taqdirda raqobatni taʼminlash yuzasidan tavsiyalar asosida loyihani amalga oshirish imkoniyati boʻyicha ijobiy xulosa beriladi. Bunda ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omilning jiddiyligi hamda kelgusida tavsiyalar ijrosi ustidan nazorat qilish imkoniyatidan kelib chiqib, loyiha boʻyicha salbiy xulosa berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Xulosa baholash cheklisti bilan birgalikda va loyiha tashabbuskori, loyiha boʻyicha qaror qabul qiluvchi vakolatli organ hamda zarur hollarda vakolatli organlarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Loyiha tashabbuskori xulosada keltirilgan tavsiyalarni loyihani maʼqullash, moliyalashtirishni tasdiqlash yoki shartnoma tuzishdan oldin bajarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tavsiyalarning ijrosi ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Agar baholash jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzish alomatlari aniqlansa, tegishli materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ekspertiza va baholash natijalarini koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Korrupsiyaga qarshi ekspertiza hamda raqobat muhitiga taʼsirni baholash natijalarini kelishilgan holda taʼminlash maqsadida mazkur Yoʻriqnomaning 3 va 4-boblari doirasida masʼul xodimlar oʻzaro maʼlumot almashadi, zaruratga koʻra qoʻshma muhokama oʻtkazadi va umumiy tavsiyalar yoki qoʻshma xulosa tayyorlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ekspertiza va baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan xulosalar (qoʻshma xulosa) (bundan buyon matnda ekspertiza va baholash xulosalari deb yuritiladi) va cheklistlar loyihani maʼqullash yoki moliyalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolati berilgan davlat organlari va tashkilotlari (bundan buyon matnda vakolatli davlat organlari va tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan kollegial tartibda oʻtkaziladigan yigʻilishlarda majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza va baholash xulosalari vakolatli davlat organlari va tashkilotlariga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekspertiza va baholash xulosalari koʻrib chiqilmasdan turib loyihani maʼqullash, moliyalashtirishni tasdiqlash yoki kelishuv tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Vakolatli davlat organlari va tashkilotlari ekspertiza va baholash xulosalarini loyiha boʻyicha qaror qabul qilish vakolatiga ega boʻlgan komissiyalar yoki boshqa kollegial organlar yigʻilishlarida koʻrib chiqilishi uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha boʻyicha qaror ekspertiza va baholash xulosalarida koʻrsatilgan yakuniy xulosa va tavsiyalarni hisobga olgan holda qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ekspertiza va baholash xulosalarida loyihani amalga oshirishdan oldin bajarilishi zarur boʻlgan shartlar yoki loyiha ijrosi davomida rioya etilishi lozim boʻlgan cheklovlar koʻrsatilgan boʻlsa, ular loyiha boʻyicha qabul qilinadigan qarorga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ekspertiza yoki baholash natijalari boʻyicha salbiy xulosa berilgan boʻlsa, ekspertiza va baholash xulosalarida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasdan loyihani maʼqullashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ekspertiza va baholash xulosalarida koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin loyiha qayta ekspertizadan va (yoki) qayta baholashdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Vakolatli davlat organlari va tashkilotlari qaror qabul qilishda ekspertiza va baholash xulosalarida keltirilgan tavsiyalar qanday inobatga olinganini qarorning asoslovchi qismida yoki yigʻilish bayonnomasida aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ayrim tavsiyalar qabul qilinmagan boʻlsa, ularni rad etish sabablari yozma ravishda asoslab beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlaridan kelib chiqadigan majburiy talablarni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ekspertiza va baholash xulosalari loyiha materiallariga ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihani amalga oshirish boʻyicha qabul qilinadigan qarorlar va boshqa hujjatlarda oʻtkazilgan ekspertiza va baholash natijalari hamda ular asosida koʻrilgan choralar haqida maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ekspertiza va baholash xulosalari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan vakolatli organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy xavflar hamda raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan loyiha tashabbuskorining rahbari tomonidan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Loyihani amalga oshirish jarayonida yoki qoʻshimcha oʻrganishlar natijasida yangi korrupsiya xavflari yoki raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar aniqlangan taqdirda vakolatli organlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertiza yoki baholashni loyihaning bosqichidan qatʼi nazar navbatdan tashqari tartibda qayta oʻtkazishni talab qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha majburiy koʻrsatmalar berishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jiddiy qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda loyihani amalga oshirishni yoki moliyalashtirishni toʻxtatish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartnomasini bekor qilish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha subyektlar vakolatli organlar bilan hamkorlik qilishi, zarur maʼlumotlarni taqdim etishi, oʻrganishlarga koʻmaklashishi va berilgan koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHEKLIST

T/r
Mezonlar
Savollar
Ha
Yoʻq
Tegishli emas
Izoh (asoslash)
1.
Tashkil etish va oʻtkazish jarayonining oshkoraligi
Loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlar toʻliq eʼlon qilinganmi?
2.
Takliflarni taqdim etish uchun yetarli muddat mavjudmi?
3.
Qarorlar bayonnoma yoki xulosalar bilan rasmiylashtirilganmi?
4.
Murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi belgilanganmi?
5.
Meʼyorlarning aniqligi va xolisligi
Tanlov mezonlari va baholash koʻrsatkichlari oldindan belgilanganmi?
6.
Gʻolibni tanlash va qaror qabul qilish bosqichlari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganmi?
7.
Gʻolibni tanlash natijalari har bir mezon boʻyicha asoslanganmi?
8.
Baholash mezonlari barcha ishtirokchilarga bir xil qoʻllanganmi?
9.
Manfaatlar toʻqnashuvimavjud emasligi
Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyasi taqdim etilganmi?
10.
Qaror qabul qiluvchilarda manfaatdorlik mavjud emasmi
11.
Manfaatlar toʻqnashuvi holatida manfaatdor shaxslar qaror qabul qilishdan chetlatilganmi?
12.
Manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va bartaraf etish tartibiga rioya qilinganmi?
13.
Diskretsion vakolatlar mavjud emasligi
Qaror qabul qilish shartlari, asoslari va tartibi aniq belgilanganmi?
14.
Noaniq yoki cheklanmagan vakolatlar mavjud emasmi?
15.
Vakolat doirasiga kirmaydigan vazifalar yuklash holatlari mavjud emasmi?
16.
Cheklovlar va toʻsiqlar mavjud emasligi
Talablar loyiha maqsadidan kelib chiqqan holda asoslanganmi?
17.
Litsenziyalash, ruxsatnoma berish va xabardor qilish tartiblari qonunchilikka muvofiq belgilanganmi?
18.
Noaniq yoki asossiz talablar mavjud emasmi?
19.
Loyiha maqsadiga aloqador boʻlmagan tashkiliy, moliyaviy yoki maʼmuriy talablar mavjud emasmi?
20.
Muayyan ishtirokchiga afzallik beruvchi talablar mavjud emasmi?
21.
Nazorat va hisobot
Tashqi nazorat mexanizmlari nazarda tutilganmi?
22.
Monitoring tartibi belgilanganmi?
23.
Ommaviy hisobot taqdim etish tartibi belgilanganmi?
24.
Javobgarlik choralari
Korrupsiya holatlari uchun javobgarlik choralari mavjudmi?
25.
Korrupsiyaga qarshi qoidalarga rioya qilish majburiyati belgilanganmi?
26.
Komplayens dasturlari yoki odob-axloq siyosati boʻyicha talablar mavjudmi?
27.
Boshqa omillar
Huquqiy masalalarda boʻshliqlar mavjud emasmi?
28.
Huquq va majburiyatlar aniq belgilanganmi?
29.
Qoidalarni turlicha talqin qilish imkoniyati mavjud emasmi?
30.
Tartib-taomillar toʻliq belgilanganmi?
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Yirik investitsiya loyihasi boʻyicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza xulosasining namunaviy shakli
1. Umumiy maʼlumotlar
Loyiha nomi:
Loyiha tashabbuskori (tashkilot):
Qisqacha tavsifi: (maqsadi, koʻlami, investitsiyalar hajmi, amalga oshirish muddati)
Loyiha boʻyicha masʼul shaxslar: (F.I.O., lavozimi)
Ekspertiza oʻtkazilgan sana:
Ekspert guruhi tarkibi: (F.I.O., lavozimi, tashkiloti)
Ekspertiza oʻtkazish asosi:
(masalan, normativ-huquqiy hujjat yoki buyruqqa havola)
2. Ekspertiza tartibi haqida maʼlumotlar
Taqdim etilgan hujjatlar:
(tahlil qilingan barcha hujjatlar roʻyxati, shu jumladan texnik-iqtisodiy asos, loyiha kelishuvi, tender hujjatlari va boshqalar)
Ekspertiza metodologiyasi
(masalan, ekspertiza Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining uslubiy tavsiyalari, yirik investitsiya loyihasida korrupsiyaviy xavflarni aniqlash boʻyicha cheklist, hujjatlarni tahlil qilish va tashabbuskor vakillari bilan suhbatlar va boshqalar orqali amalga oshirildi)
3. Xavf toifasi
Yakuniy xavf darajasi: □ Past □ Oʻrtacha □ Yuqori
Qisqacha asoslash:
(masalan, loyihada 15 ta korrupsiyaviy omil aniqlanganligi sababli ushbu loyihaning xavf darajasi yuqori)
4. Aniqlangan korrupsiyaviy omillar
T/r
Omil (xavf) tavsifi
Qayerda aniqlangan
Omil (xavf) sababi
4.1
Ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyasi taqdim etilmagan
Loyihaga aloqador hujjatlar
Manfaatlar toʻqnashuvi xavfi
4.2
Loyiha boʻyicha barcha zarur maʼlumotlar toʻliq eʼlon qilinmagan
Tender hujjatlari
Ochiqlik va sogʻlom raqobatning taʼminlanmasligi xavfi
4.3
Monitoring tartibi belgilanmagan
Loyiha kelishuvi
Nazorat tizimi yoʻq, vakolatni suiisteʼmol qilish xavfi
5. Qonun buzilishi holatlari
Mazkur maydon qonunchilik hujjatlari yoki majburiy huquqiy normalar buzilgan hollarda toʻldiriladi.
(masalan, baholash xizmatlari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha asossiz xarid qilingan boʻlib, ushbu holat Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 71-moddasiga zid)
6. Korrupsiyaviy xavflarni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar
T/r
Muammo
Tavsiya etilgan chora
Masʼul organ
(tuzilma, shaxs)
Ijro muddati
6.1
Tanlov oʻtkazilmagan
Davlat xaridlari portalida ochiq tender eʼlon qilish
Investitsiya boshqarmasi
2030-yil 1-yanvar qadar
6.2
Xarid komissiyasi aʼzosida manfaatlar toʻqnashuvi mavjud
Manfaatlar toʻqnashuvini bartaraf etish choralarini koʻrish
Loyiha ishchi guruhi rahbari
Darhol
6.3
Shartnomada korrupsiyaga qarshi band yoʻq
Kelishuv loyihasiga korrupsiyaga qarshi band kiritish
Yuridik boʻlim
Imzolangunga qadar
7. Tavsiyalar ijrosi ustidan nazorati
(Masalan, tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi zimmasiga yuklanadi. Tavsiyalarni bajarish holati boʻyicha maʼlumotlar tashkilot rahbariga hamda zarurat tugʻilganda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yuboriladi)
8. Loyihaning maqbulligi boʻyicha xulosa
□ Ijobiy xulosa:
Tavsiyalar bajarilgan taqdirda loyihani amalga oshirish mumkin.
□ Salbiy xulosa:
Yuqori darajadagi korrupsiyaviy xavflar mavjudligi hamda yetarli preventiv choralar nazarda tutilmaganligi sababli loyiha hozirgi bosqichda amalga oshirilishi tavsiya etilmaydi.
9. Imzolar
Ekspert guruhi rahbari:
F.I.O. ___________________________ Imzo _____________ Sana ________
Ekspert guruhi aʼzolari:
1. F.I.O. _________________________ Imzo _____________ Sana ________
2. F.I.O. _________________________ Imzo _____________ Sana ________
3. ...
Tasdiqlandi:
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari:
F.I.O. ___________________________ Imzo _____________ Sana ________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHEKLIST
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Mezonlar
Savollar
Ha
Yoʻq
Tegishli emas
Izoh (asoslash)
1.
Bozor va ishtirokchilar
Loyihaning tegishli bozorlarga taʼsiri aniqlanganmi?
2.
Ishtirokchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni yoki doirasi cheklanmaganmi?
3.
Taʼminotchilar (pudratchilar) soniga taʼsiri baholanganmi?
4.
Taʼminotchilar soni qisqargan taqdirda ushbu qisqarish asoslanganmi?
5.
Kirish shartlari va maxsus huquqlar
Ishtirokchilarga eksklyuziv huquqlar yoki imtiyozlar berish nazarda tutilmaganmi?
6.
Eksklyuziv huquqlar yoki imtiyozlar asoslanganmi?
7.
Eksklyuziv huquqlarning amal qilish muddati va qayta koʻrib chiqish tartibi belgilanganmi?
8.
Davlatning aralashuvi
Davlat qoʻllab-quvvatlashi oʻzaro raqobatlashishga qiziqishni pasaytirmaydimi?
9.
Davlat qoʻllab-quvvatlash choralari ochiq va shaffof belgilanganmi?
10.
Davlat qoʻllab-quvvatlashi boshqa ishtirokchilar uchun teng shart-sharoitlarni buzmaydimi?
11.
Bogʻliq bozorlarga taʼsir
Bogʻliq bozorlarda raqobatni cheklash xavfi mavjud emasmi?
12.
Bogʻliq bozorlarda ustun mavqe vujudga kelish xavfi mavjud emasmi?
13.
Raqobatni taʼminlash choralari nazarda tutilganmi?
14.
Raqobat qonunchiligiga muvofiqlik
Raqobat qonunchiligiga zid keluvchi shartlar nazarda tutilmaganmi?
15.
Raqobatni cheklashga olib keluvchi shartlar mavjudmi, kelishilganmi?
16.
Raqobatchilar faoliyatini cheklovchi shartlar nazarda tutilmaganmi?
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNA
Yirik investitsiya loyihasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash natijasi boʻyicha xulosaning namunaviy shakli
1. Umumiy maʼlumotlar
Loyiha nomi:
Loyiha tashabbuskori (tashkilot):
Qisqacha tavsif: (maqsadlari, amalga oshirish sohasi, investitsiya hajmi, muddati)
Loyiha boʻyicha masʼul shaxslar: (F.I.O., lavozimi)
Baholash oʻtkazilgan sana:
Ekspert guruhi tarkibi: (F.I.O., lavozimi, tashkiloti)
Baholash oʻtkazish asosi:
(masalan, normativ-huquqiy hujjat yoki buyruqqa havola)
2. Baholash tartibi haqida maʼlumotlar
Taqdim etilgan materiallar:
(tahlil qilingan barcha hujjatlar roʻyxati: tender hujjatlari, loyiha kelishuvi, smeta, texnik-iqtisodiy asos va boshqalar)
Qoʻllanilgan metodologiya:
(masalan, investitsiya loyihalarini baholash boʻyicha uslubiy tavsiyalar, Yirik investitsiya loyihasining raqobat muhitiga taʼsirini baholash boʻyicha cheklist, bozor tuzilmasi va sohaviy maʼlumotlarni tahlil qilish va boshqalar orqali oʻtkazildi)
3. Xavf toifasi
Yakuniy xavf darajasi: □ Past □ Oʻrtacha □ Yuqori
Qisqacha asoslash:
(masalan, loyihada 4 ta raqobatni cheklashi mumkin boʻlgan omil aniqlanganligi sababli ushbu loyihaning xavf darajasi yuqori)
4. Raqobat uchun xatarlar
T/r
Omil (xavf) tavsifi
Qayerda aniqlangan
Omil (xavf) sababi
4.1
Shartlarni qayta koʻrib chiqish imkoniyatisiz 25 yilga eksklyuziv huquqlar taqdim etilgan
Loyiha kelishuvi
Yangi ishtirokchilar uchun bozorga kirish cheklangan, raqobatni cheklash xavfi
4.2
Davlat kafolatlari faqat bir ishtirokchiga beriladi
“Qoʻllab-quvvatlash choralari” boʻlimi
Raqobat muhiti buziladi, bozorda teng boʻlmagan sharoit yuzaga keladi
4.3
Qonunchilikda nazarda tutilmagan ayni bir sertifikatga ega ishlab chiqaruvchilar qatnashishi mumkin
Tender hujjatlari
Bozorda sunʼiy ravishda raqobat cheklanadi
5. Raqobatni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar
T/r
Muammo
Tavsiya etilgan chora
Masʼul organ
(tuzilma, shaxs)
Ijro muddati
5.1
Eksklyuziv huquqlarni qayta koʻrib chiqish mexanizmi yoʻq
Kelishuvni uzaytirishda majburiy tender shartini kiritish
Yuridik boʻlim
Loyiha tasdiqlanishiga qadar
5.2
Davlat kafolatlari asossiz ravishda faqat bir ishtirokchiga berilgan
Boshqa ehtimoliy hamkorlar uchun simmetrik shartlarni koʻrib chiqish
Loyiha buyurtmachisi
30 kun ichida
5.3
Raqobatni cheklovchi talablar mavjud
Tender hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, kengroq ishtirokni taʼminlash
Davlat xaridlari boʻlimi
Tanlov jarayoni boshlangunga qadar
6. Tavsiyalar ijrosi ustidan nazorat
(masalan, tavsiyalarning bajarilishi ustidan nazorat loyiha tashabbuskorining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi va (yoki) masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi)
7. Amalga oshirish imkoniyati boʻyicha xulosa
□ Ijobiy xulosa (shartlar bilan):
Loyiha boʻyicha tavsiya etilgan choralar amalga oshirilgan taqdirda raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
□ Salbiy xulosa:
Loyiha raqobat muhitini buzish xavfini yuzaga keltiradi, mavjud cheklovlar bartaraf etilganidan soʻng amalga oshirilishi mumkin.
8. Imzolar
Ekspert guruhi rahbari:
F.I.O. ___________________________ Imzo _____________ Sana ___________
Ekspert guruhi aʼzolari:
1. F.I.O. _________________________ Imzo _____________ Sana ___________
2. F.I.O. _________________________ Imzo _____________ Sana ___________
3. ...
Tasdiqlandi:
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi rahbari va (yoki) monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha masʼul xodim:
F.I.O. ___________________________ Imzo _____________ Sana ___________
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2026 y., 10/26/3833/0475-son)