23.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3734
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 23.12.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3734
Date of entry into force
24.12.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI

Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 23-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3734]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbеkistоn Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais A. RAFIQOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 5-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. KUDRATXODJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 21-noyabr

Fanlar akademiyasi prezidenti SH. AYUPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 21-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 20-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 18-noyabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 5-dekabrdagi 32-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur hujjat radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu hujjatda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar — atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va mazkur sohadagi faoliyatning xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlari (bundan buyon matnda maqbullik mezonlari deb yuritiladi) — radioaktiv chiqindilarni xavfsiz koʻmish maqsadida ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar majmuasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar — foydalanish uchun moʻljallanmagan, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni oʻz ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning loyiha va (yoki) foydalanish hujjatlarida radioaktiv chiqindilarning maqbullik mezonlariga muvofiqligi belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Atom energiyasidan foydalanish jarayonida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarni koʻmishga topshirish maqbullik mezonlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar chiqindilar bilan muomalada boʻlishda SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga rioya qilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻmish punkti radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq faoliyatni atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiga joylashtirish uchun maqbullik mezonlarini ishlab chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Radioaktiv chiqindilarni joylashtirish nazarda tutilgan har bir koʻmish punktida radioaktiv chiqindilar ushbu hujjatning 1 va 2-ilovalariga muvofiq qabul qilinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktining loyihasi hamda xavfsizlikni asoslash hisobotida radioaktiv chiqindilarni joylashtirish uchun maqbullik mezonlari va ruxsat etilgan koʻrsatkichlar belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiga joylashtirish uchun belgilanadigan maqbullik mezonlari radioaktiv chiqindilar joylashtiriladigan koʻmish punktining har bir inshooti boʻyicha, suyuq radioaktiv chiqindilar uchun esa koʻmish punktidan foydalanish gorizontiga koʻra alohida belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu hujjatning talablariga muvofiq kelmaydigan radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiga qabul qilish faqat koʻmish punktining xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotida ilmiy jihatdan asoslantirilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qattiq radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maqbullik mezonlarining A, B, D, E va F sinflariga mansub radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlariga oid koʻrsatkichlar ushbu hujjatning 3-ilovasi 1 — 6-jadvallarida keltirilgan qiymatlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Radioaktiv chiqindilar tarkibida mavjud radionuklidlarning solishtirma faolligi asosida ularning maqbullik mezonlariga muvofiq qaysi sinfga mansubligi aniqlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Radioaktiv chiqindilar sigʻimidagi radionuklidlarning solishtirma faolligi radioaktiv chiqindilar massasiga (konteyner yoki sigʻimlar toʻplami hamda uning tarkibiy qismlari massasini hisobga olmagan holda) nisbatini aniqlash orqali belgilanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar sigʻimining tashqi yuzasidagi va (yoki) belgilangan masofadagi doza quvvati, shuningdek sigʻim yuzasining radioaktiv ifloslanish darajasi ushbu hujjatning 3-ilovasida keltirilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagi xususiyatlarga ega boʻlgan radioaktiv chiqindilarni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻmishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
portlash xususiyatiga ega boʻlgan, shu jumladan qizdirilganda yoki zarba hamda ishqalanish taʼsiri natijasida portlash xavfi mavjud boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz-oʻzidan yonish xususiyatiga ega boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda yongʻin yoki portlash xavfi tugʻdiradigan (oʻz-oʻzidan va tez alangalanadigan yoki portlovchi gazlar ajratib chiqaradigan) moddalar mavjud boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar yoki aerozollar ajratib chiqaradigan moddalar mavjud boʻlgan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida infeksiyalovchi (patogen) materiallar mavjud boʻlgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu xususiyatdagi radioaktiv chiqindilar maxsus ishlovdan oʻtkazilib, xavfsiz holga keltirilgandan soʻng, koʻmish punktlariga joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Bitta sigʻimdagi, qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar oʻzaro, bir turdagi materiallar, konteyner materiallari hamda koʻmish punktining boshqa xavfsizlik toʻsiqlari bilan kimyoviy va fizik jihatdan mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Radioaktiv chiqindilar tarkibidagi materiallarning korroziyalanishi, radiolizi, biokimyoviy parchalanishi, shuningdek boshqa radiokimyoviy, kimyoviy va biologik jarayonlar natijasida hosil boʻladigan gazlar yonuvchan va portlovchi aralashmalar paydo boʻlishiga, radioaktiv chiqindi sigʻimining deformatsiyalanishiga va yaxlitligining buzilishiga yoʻl qoʻymasligi hamda radionuklidlarning atrof-muhitga chiqarilishi SanQvaM 0193-06 “Radiatsiya xavfsizligi normalari (RXN-2006)” va “Radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy sanitariya qoidalari (RXTASQ-2006)”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Radioaktiv chiqindilar tarkibidagi organik chiriydigan, parchalanadigan yoki biologik faol moddalarning miqdori SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Radioaktiv chiqindilar sigʻimida kimyoviy zaharli moddalar mavjud boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimidagi erkin suyuqlik miqdori ushbu hujjatning 3-ilovasi 1 — 3-jadvallarida belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Radioaktiv chiqindilar sigʻimining radioaktiv tarkibidan ajralib chiqadigan energiya natijasida, sigʻimning mexanik mustahkamligi, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlarining pasayishiga olib kelmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqbullik mezonlarining A va B sinflariga mansub radioaktiv chiqindi sigʻimlarida ajraladigan energiya qiymati mazkur hujjatning 3-ilovasi 1 va 2-jadvallarida belgilangan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur hujjatdagi maqbullik mezonlarining A, B va D sinflarga mansub radioaktiv chiqindilar joylangan sigʻimlarning geometrik shakli oʻzgarmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Radioaktiv chiqindilarni bir xillashtirishsiz yoki qadoqlanmagan holda koʻmishga faqat ular E sinfidagi qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar uchun belgilangan maqbullik mezonlariga muvofiq boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tabiiy radionuklidlar miqdori yuqori boʻlgan mineral yoki organik xomashyoni qazib olish va qayta ishlash jarayonida hosil boʻlgan F sinfiga mansub radioaktiv chiqindilarni uran rudalarini qazib olish va qayta ishlash mahsulotlarini koʻmishga moʻljallangan koʻmish punktlarida, shuningdek qattiq radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun moʻljallangan koʻmish punktlarida, agar ular ushbu hujjatda belgilangan maqbullik mezonlariga muvofiq boʻlganda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishlatib boʻlingan yopiq ionlashtiruvchi nurlanish manbalari maqbullik mezonlari asosida radioaktiv chiqindilar sigʻimi tarkibida koʻmilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tarkibida ishlatib boʻlingan yopiq ionlashtiruvchi nurlanish manbalari boʻlgan chiqindilar sigʻimlari, koʻmishga moʻljallangan radioaktiv chiqindilar va konteynerlarga qoʻyiladigan talablar mazkur hujjatning 3-ilovasi 1-jadvalida belgilangan qiymatlarga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishlatib boʻlgan yopiq ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan ajraladigan energiya sigʻimning mexanik mustahkamligiga, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlariga zarar yetkazmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun sigʻimlarga va konteynerlarga (sigʻimlar toʻplamiga) qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Radioaktiv chiqindilarni sigʻimlarga joylashtirish jarayonida xodimlar, aholi va atrof-muhitning radiatsiyaviy xavfsizligi SanQvaM 0193-06 “Radiatsiya xavfsizligi normalari (RXN-2006) va Radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy sanitar qoidalari (RXTASQ-2006)”ga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimlari koʻmish joyida buzilishlar yuz berganda (avariyalar bundan mustasno), yuzaga kelishi mumkin boʻlgan taʼsirlar va yuklamalarga (sinib ketmasligi, yorilib ochilib ketmasligi, radioaktiv chiqindini tashqi muhitga chiqarmasligi va boshqalar, himoya va izolyatsiya vazifasini saqlab qolishi) bardosh berishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Radioaktiv chiqindilar sigʻimlari oʻz-oʻzidan alangalanmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Radioaktiv chiqindilar sigʻimlarini transport-texnologik sxemasidagi shtabellarga (qatlamlab, ustma-ust) joylashtirish imkoni taʼminlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Radioaktiv chiqindilar sigʻimining mexanik mustahkamligi, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlari koʻmish jarayonida xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlmaganda, bunday sigʻim qoʻshimcha himoya taʼminlaydigan konteynerga (sigʻimlar toʻplamiga) joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindi sigʻimlari mexanik mustahkam, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlariga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimlari radiatsiyaga chidamli boʻlishi hamda ushbu hujjatda belgilangan nurlanishning yutilgan dozasi sigʻimning mexanik mustahkamligi, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlariga taʼsir qilmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimlari biologik taʼsirlarga chidamli boʻlishi, shuningdek chirish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi bakteriyalar, zamburugʻlar, mikroorganizmlar va boshqa zararli biologik omillar taʼsirida sigʻimning mexanik mustahkamligiga, himoya va izolyatsiya xususiyatlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimlarga joylashtirilgan paytdan boshlab koʻmish joyi toʻliq yopilgunga qadar sigʻimlarning mexanik mustahkamligi, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlari saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Tarkibida yadroviy xavfli boʻlinuvchi radionuklidlar mavjud boʻlgan radioaktiv chiqindilar sigʻimlari atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Radioaktiv chiqindilar sigʻimlarining massa va oʻlcham xususiyatlari (geometrik oʻlchamlari, massasi, hajmi va konstruksiyasi) hamda yuk koʻtarish mexanizmlarining imkoniyatlari koʻmish punkti inshootlarining joylashuv yechimlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun moʻljallangan sigʻimlarni tayyorlashda qoʻllaniladigan konteynerlar (sigʻimlar toʻplami) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Maqbullik mezonlarining A, B va D sinflariga mansub radioaktiv chiqindilar sigʻimlarini tayyorlash uchun moʻljallangan konteynerlar (sigʻimlar toʻplamlari) konstruksiyasi koʻmish jarayonida sigʻimlarni bevosita yoki masofadan turib boshqarish imkonini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Gaz ajratib chiqarishi xususiyatga ega boʻlgan radioaktiv chiqindilarni joylashtirish uchun moʻljallangan konteynerlar (sigʻimlar toʻplamlari) konstruksiyasi radioaktiv chiqindilar sigʻimidan gazsimon moddalarning chiqishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun moʻljallangan har bir sigʻim tamgʻalangan yoki QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tamgʻada (tamgʻalash yozuvida) radioaktiv chiqindini aniqlash va koʻmishga topshirish uchun zarur boʻlgan quyidagi asosiy maʼlumotlar keltirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radiatsiyaviy xavf belgisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindilar sigʻimining ishlab chiqaruvchi (yoki yetkazib beruvchi) korxona belgisi koʻrsatilgan individual raqam (identifikatsiya kodi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindining maqbullik mezoniga muvofiq sinfi (A, B, D, E yoki F);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sigʻim sirtidagi doza quvvati va umumiy faolligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
radioaktiv chiqindining sigʻimga joylashtirilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sigʻimning netto va brutto massasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Radioaktiv chiqindilar sigʻimining tamgʻalangan yozuvi aniq va tushunarli boʻlishi, koʻz bilan (vizual) tarzda oson oʻqilishi uchun qulay boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Tamgʻa iqlim sharoitlari taʼsiriga chidamli boʻlishi, sigʻim bilan tashqi taʼsirlar natijasida yaroqsiz holga kelib qolmasligi, oson yechib olinmasligi va radioaktiv chiqindilar sigʻim joylashtirilgan koʻmish katakchasi (yacheyka) yopilguniga qadar axborot mazmunini saqlab qolishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Suyuq radioaktiv chiqindilarning maqbullik mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Maqbullik mezonlarining G sinfiga mansub radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun zarur boʻlgan sifat va miqdoriy koʻrsatkichlari ushbu hujjatning 3-ilovasi 7-jadvalida keltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Suyuq radioaktiv chiqindilarni chuqur koʻmish punktiga yuborishda radioaktiv chiqindilardagi radionuklidlarning faolligi loyiha hujjatlarida belgilangan ruxsat etilgan qiymatlardan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Koʻmiladigan suyuq radioaktiv chiqindilarda yadroviy xavfli boʻlinuvchi radionuklidlar boʻlmasligi hamda suyuq radioaktiv chiqindilarni qabul qilish, joylashtirish va uzoq muddat davomida yutuvchi qatlamlar boʻylab joylashtirilishi, oʻz-oʻzidan boʻlinishi (zanjirli reaksiyasi) yuzaga kelmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Koʻmishga yuborilayotgan suyuq radioaktiv chiqindilar yutuvchi suvli gorizontlar (qatlam-kollektor) va unga yaqin jinslar bilan mos boʻlishi, bunda ularning oʻzaro taʼsiri quyidagilarning sodir boʻlishiga olib kelmasligi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
choʻkma hosil boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatlam-kollektor gʻovaklarining mayda zarrachalar bilan toʻlib qolishiga (kolmatatsiyaga);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuchli gaz hosil boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qatlam-kollektor jinslarining kuchli ishqorlanishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha issiqlik ajralib, qatlam-kollektorning loyihada koʻrsatilgan darajadan yuqori qizib ketishiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Suyuq radioaktiv chiqindilarning tarkibiy qismlari chuqur koʻmish punktidagi xavfsizlik toʻsiqlarini tashkil etuvchi materiallar bilan oʻzaro taʼsirlashganida ularning mexanik mustahkamligi, himoya va izolyatsiyalash xususiyatlari loyihaga asosan aniqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Radioaktiv chiqindilar sigʻimlariga rasmiylashtiriladigan pasport
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Koʻmishga topshirilayotgan radioaktiv chiqindilar (sigʻimlarda qadoqlangan holda, qattiq yoki suyuq koʻrinishda) koʻmish uchun belgilangan maqbullik mezonlariga muvofiq boʻlishi hamda ushbu muvofiqlik radioaktiv chiqindilar sigʻimlariga rasmiylashtiriladigan pasportda aks ettirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun har bir sigʻimga alohida mazkur hujjatning 4 va 5-ilovalariga muvofiq radioaktiv chiqindilar sigʻimlariga rasmiylashtiriladigan pasport ishlab chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Radioaktiv chiqindilar sigʻimiga rasmiylashtiriladigan pasport sigʻimning asosiy tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va mazkur sigʻimning maqbullik mezonlariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mazkur hujjatning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablariga
1-ILOVA

Qattiq radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktiga joylashtirish uchun ularning maqbullik mezonlariga oid meʼyorlashtiriladigan koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NOMENKLATURASI

1.

Qattiq radioaktiv chiqindilar sigʻimining radioaktiv tarkibiga doir tavsiflar:

radioaktiv chiqindilarning turi va ularning agregat holati;

radiatsiyaviy tavsiflar;

radionuklid tarkibi, solishtirma va umumiy solishtirma faolliklar:

uzoq yashovchi radionuklidlar;

transuran radionuklidlar;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar (transuranlardan tashqari);

beta/gamma-nurlanuvchi radionuklidlar;

tritiy;

radioaktiv chiqindilarni sigʻimining umumiy faolligi;

yadroviy xavfli boʻlinuvchi nuklidlar miqdori va (yoki) konsentratsiyasi;

fizik-kimyoviy xossalari:

morfologik (kimyoviy) tarkibi;

korrozion faol moddalar miqdori;

kompleks hosil qiluvchi moddalarning tarkibi;

kimyoviy zaharli moddalarning mavjudligi;

infeksiyalovchi (patogen) moddalar miqdori;

organik chiriyotgan, biologik faol va parchalanuvchi moddalar miqdori;

yengil alangalanuvchi, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar miqdori;

oksidlovchi moddalar miqdori;

reaksiya jarayoni;

yonuvchanlik;

portlash xususiyati;

erkin suyuqlik, shu jumladan organik suyuqlik miqdori;

energiya ajralishi;

gaz hosil boʻlishi.

2.

Radioaktiv chiqindilar shaklining xususiyatlari:

mexanik mustahkamlik;

fizik xossalari, shu jumladan bir jinsliligi, gʻovakligi, zichligi, gaz va suv oʻtkazuvchanligi;

ishqorlanishga chidamlilik;

radiatsiyaviy, termik va biologik turgʻunlik.

3.

Konteynerning (sigʻimlar toʻplamlari) xususiyatlari:

mexanik mustahkamlik;

konstruksiyaviy materiallarning kimyoviy va fizik xossalari:

kimyoviy tarkibi;

gʻovaklik, zichlik, gaz va suv oʻtkazuvchanlik;

kimyoviy turgʻunlik;

muhit taʼsirida korroziyaga chidamlilik;

radiatsiyaga turgʻunlik;

issiqlik yuklamalari va termik sikllarga bardoshlilik, shuningdek haroratga turgʻunlik.

himoya xususiyatlari (biologik himoyani taʼminlash);

izolyatsiyalovchi xususiyatlar (germetiklik, alohida radionuklidlar boʻyicha diffuziyaviy oʻtkazuvchanlik);

izolyatsiyalash xususiyatlar (germetiklik, alohida radionuklidlar boʻyicha diffuziyaviy oʻtkazuvchanlik);

yongʻinga turgʻunlik;

massa-hajm oʻlchov parametrlari;

konstruksiya;

yoʻl qoʻyiladigan shikastlanishlar (sinish, darz ketish, ezilishlarning yoʻl qoʻyiladigan oʻlchamlari).

4.

Radioaktiv chiqindilarni sigʻimlarga qadoqlash xususiyatlari:

mexanik mustahkamlik;

izolyatsiyalash xususiyatlar (germetiklik, radionuklidlarning chiqish tezligi);

radiatsiyaga turgʻunlik;

issiqlik yuklamalari va termik sikllarga bardoshlilik;

yongʻinga turgʻunlik;

radiatsiyaviy tavsiflar:

yuzada va maʼlum masofada doza quvvati;

tashqi sirtning yuza ifloslanishi.

massa-hajm parametrlari;

yoʻl qoʻyiladigan shikastlanishlar (sinish, darz ketish, ezilishlarning yoʻl qoʻyiladigan oʻlchamlari)

tamgʻalash yoki QR kod (matrik shtrixli kod) orqali maʼlumotlarni saqlash.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablariga
2-ILOVA

Suyuq radioaktiv chiqindilarni chuqur koʻmish punktiga joylashtirish uchun ularning maqbullik mezonlariga oid meʼyorlashtiriladigan koʻrsatkichlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NOMENKLATURASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

suyuq radioaktiv chiqindilarning turi va hosil boʻlish manbayi

radiatsiyaviy tavsiflar

radionuklid tarkibi, solishtirma va umumiy solishtirma faolliklar:

uzoq yashovchi radionuklidlar;

transuran radionuklidlar;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar (transuranlardan tashqari);

beta/gamma-nurlanuvchi radionuklidlar;

tritiy;

radioaktiv chiqindilarni sigʻimining umumiy faolligi;

yadroviy xavfli boʻlinuvchi nuklidlar miqdori va (yoki) konsentratsiyasi;

fizik-kimyoviy xossalari:

kimyoviy tarkibi;

umumiy tuz miqdori;

korrozion faol (agressiv) moddalar (shu jumladan natriy, temir, fosfatlar, xloridlar, nitratlar, sulfatlar, oksalatlar, organik kislotalar tuzlari, yogʻ kislotalari, moylar) miqdori;

choʻkindi va gaz hosil boʻlishiga olib keladigan moddalar miqdori;

vodorod koʻrsatkichining qiymati (pH);

umumiy ishqoriylik;

umumiy qattiqlik;

mayda dispersli muallaq qattiq zarrachalar miqdori.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablariga
3-ILOVA

Radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining A sinfiga mansub radioaktiv chiqindilar

1-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Radioaktiv chiqindi tarkibga qoʻyiladigan talablar

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar, aerozollar va bugʻsimon modda(chang)larning ajralib chiqishi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Radioaktiv chiqindilarning sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar

Sigʻimlaridagi radionuklidlarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Sigʻim tashqi yuzasining fiksatsiyalanmagan sirt ifloslanishi:

beta-nurlanuvchi radionuklidlar;

104 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar

2 x 102 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan

Sigʻimining mexanik mustahkamligi:

tashqi taʼsirlarga mustahkamligi

10 MPa dan kam boʻlmagan

Sigʻimlarining izolyatsiyalash xususiyatini saqlash

1000 yildan kam boʻlmagan

Sigʻimining issiqlikka bardoshliligi

450 °C gacha haroratda struktura mustahkamligini va izolyatsiya xususiyatlarini saqlab qolishi kerak

Sigʻimining radiatsiyaga bardoshliligi

Quyidagicha doza bilan nurlantirilganda mustahkamlikning kamida 20 foizi saqlanishi:

108 Gr beta/gamma nurlanish uchun

1019 alfa-parchalanish/sm3

Sigʻimdan issiqlik ajralishi

2 kVt/m3 dan koʻp boʻlmagan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining B sinfiga mansub radioaktiv chiqindilar

2-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Radioaktiv tarkibga qoʻyiladigan talablar

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Radioaktiv tarkib massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar, aerozollar va bugʻsimon modda(chang)larning ajralib chiqishi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Kompleks hosil qiluvchi moddalar miqdori

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Erkin suyuqlik miqdori

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 3 foizdan oshmasligi kerak

Radioaktiv chiqindilarni sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar

Joylashtirilgan radioaktiv chiqindilarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Sigʻim tashqi yuzasining fiksatsiyalanmagan sirt ifloslanishi:

beta-nurlanuvchi radionuklidlar;

1 x 104 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar

2 x 102 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan

Sigʻimining mexanik mustahkamligi

tashqi taʼsirlarga mustahkamligi

10 MPa dan kam boʻlmagan

Sigʻimlarining izolyatsiyalash xususiyatini saqlash

1000 yildan kam boʻlmagan

Sigʻimining radiatsiyaga bardoshliligi

106 Gr gacha boʻlgan dozada nurlantirilganda mustahkamlikning kamida 20 foizi saqlanishi kerak.

Sigʻimdan issiqlik ajralishi

100 kVt/m3 dan koʻp boʻlmagan

Sigʻimining issiqlik sikllarga bardoshliligi

Muzlatish va eritishning 30 siklidan keyin mustahkamlik va izolyatsiyalash xususiyatlarini saqlab qolish (-40.. + 40 °C)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining D sinfiga mansub radioaktiv chiqindilar

3-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Radioaktiv chiqindi tarkibga qoʻyiladigan talablar

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Radioaktiv tarkib massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar, aerozollar va bugʻsimon modda(chang)larning ajralib chiqishi

Ruxsat etilmaydi

Kimyoviy zaharli moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Kompleks hosil qiluvchi moddalar miqdori

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Erkin suyuqlik miqdori

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 3 foizdan oshmasligi kerak

Radioaktiv chiqindilarni sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar

Joylashtirilgan radioaktiv chiqindilarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Sigʻim yuzasidagi doza quvvati

10 mZv/soatdan oshmasligi kerak

Sigʻim tashqi yuzasining fiksatsiyalanmagan sirt ifloslanishi:

beta-nurlanuvchi radionuklidlar;

2 x 103 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar;

2 x 101 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

transuran radionuklidlar

2 x 101 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan

Sigʻimining mexanik mustahkamligi

A turdagi radioaktiv materiallar sigʻimlari uchun tashishda xavfsizlikni tartibga soluvchi qoidalarda belgilangan talablardan past boʻlmagan;

tashqi taʼsirlarga mustahkamligi

5 MPa dan kam boʻlmagan

Sigʻimlarining izolyatsiyalash xususiyatini saqlash

100 yildan kam boʻlmagan

Radionuklidlarning sigʻimdan chiqish tezligi (yil davomida radioaktiv chiqindilar sigʻimidan chiqqan faollik ulushi)

10-2/yildan koʻp boʻlmagan tritiy uchun;

10-3/yildan koʻp boʻlmagan beta/gamma-nurlanuvchi radionuklidlar uchun, tritiydan tashqari;

10-4/yildan koʻp boʻlmagan alfa-nurlanuvchi radionuklidlar uchun

Sigʻimining radiatsiyaga bardoshliligi

106 Gr gacha boʻlgan dozada nurlantirilganda mustahkamlikning kamida 20 foizi saqlanishi kerak.

Sigʻimining issiqlik sikllarga bardoshliligi

Muzlatish va eritishning 30 siklidan keyin mustahkamlik va izolyatsiyalash xususiyatlarini saqlab qolish (-40.. + 40 °C)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining E sinfiga mansub sigʻimlarda qadoqlangan radioaktiv chiqindilar

4-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Radioaktiv chiqindi tarkibga qoʻyiladigan talablar

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Radioaktiv tarkib massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar, aerozollar va bugʻsimon modda(chang)larning ajralib chiqishi

Ruxsat etilmaydi

Kimyoviy zaharli moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Kompleks hosil qiluvchi moddalar miqdori

Radioaktiv tarkibli sigʻim massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Radioaktiv chiqindilarni sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar

Sigʻimlaridagi radionuklidlarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Sigʻim yuzasidagi doza quvvati

2 mZv/soatdan oshmasligi kerak

Sigʻim tashqi yuzasining fiksatsiyalanmagan sirt ifloslanishi:

beta-nurlanuvchi radionuklidlar;

2 x 103 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

alfa-nurlanuvchi radionuklidlar;

2 x 101 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan;

transuran radionuklidlar

2 x 101 zarracha/(sm2 x min) dan koʻp boʻlmagan

Sigʻimlarining izolyatsiyalash xususiyatini saqlash

Koʻmishga joylashtirishdan oldin

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining E sinfiga mansub sigʻimlarda qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar

5-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Radioaktiv tarkib massasining 1 foizdan oshmasligi kerak

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Suv, havo yoki boshqa moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda zaharli gazlar, aerozollar va bugʻsimon modda(chang)larning ajralib chiqishi

Ruxsat etilmaydi

Yonuvchanlik

Yonmaydigan va qiyin yonadigan radioaktiv chiqindilarga ruxsat etiladi

Kimyoviy zaharli moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Radionuklidlarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Radioaktiv chiqindilar yuzasidagi doza quvvati

2 mZv/soatdan oshmasligi kerak

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Tarkibida tabiiy radionuklidlar miqdori yuqori boʻlgan uran rudalari, mineral va organik xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda hosil boʻlgan maqbullik mezonlari F sinfga mansub sigʻimlarda qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar

6-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Kimyoviy zaharli moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Yonuvchanlik

Yonmaydigan va qiyin yonadigan radioaktiv chiqindilarga ruxsat etiladi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Radionuklidlarning solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Radioaktiv chiqindilar yuzasidagi doza quvvati

2 mZv/soatdan oshmasligi kerak

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Maqbullik mezonlarining G sinfiga mansub suyuq radioaktiv chiqindilar

7-jadval

Meʼyorlanadigan koʻrsatkich

Qiymat (talab)

Portlash xususiyatiga ega boʻlish

Ruxsat etilmaydi

Tarkibida oson alangalanuvchi va oʻz-oʻzidan alangalanuvchi moddalar mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Suv bilan reaksiyaga kirishib, oʻz-oʻzidan alangalanuvchi yoki yonuvchi gazlar ajralib chiqadigan moddalar tarkibi

Ruxsat etilmaydi

Infeksiyalovchi (patogen) moddalarning mavjudligi

Ruxsat etilmaydi

Suyuq radioaktiv chiqindilar solishtirma faolligi

Radioaktiv chiqindilarning ushbu sinfi uchun atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarga muvofiq boʻlishi kerak

Umumiy tarkibdagi tuzlar

450 g/dm3 dan koʻp boʻlmagan

Organik kislotalar tuzlarining tarkibi

150 g/dm3 dan koʻp boʻlmagan

Nitratlar, sulfatlar va natriy xloridlar tarkibi

350 g/dm3 dan koʻp boʻlmagan

Nitratlar, sulfatlar va natriy xloridlar tarkibi

0,1 g/dm3 dan koʻp boʻlmagan

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablariga
4-ILOVA

NAMUNA

Qattiq radioaktiv chiqindilar sigʻimi uchun

PASPORT №___

Nomlanishi ___________________________

(radioaktiv chiqindi sigʻim turi, qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar)

__________________ _________________ _________________

__________ (texnik shartlar raqami) ____________________ (radioaktiv chiqindi nomi va sinfi) ____

Radioaktiv chiqindilar sigʻimining individual raqami

_____________________________________________

(identifikatsiya kodi)

Radioaktiv chiqindilar sigʻimining egasi

_____________________________________________

Radioaktiv chiqindilar sigʻimining tayyorlagan tashkilot

Sertifikatning amal qilish muddati

20___ yil ______________ dan 20___ yil ____________ gacha.

Konteynerning (sigʻimlar toʻplamlarining) xizmat qilish muddati

______________________________________________

Sigʻimining ishlab chiqarilgan sanasi

____________________ 20___ y.

Radioaktiv chiqindi sigʻimini koʻmishga topshirish sanasi

20___ yil _________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindi sigʻimining umumiy tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1-jadval

Radioaktiv chiqindi sigʻimi tarkibi

Radioaktiv chiqindi sigʻimining oʻlchamlari,

mm

Massa,

Kg

(hajm, kub m)

Yuza masofasidagi doza quvvati,

mZv/soat, m

Fiksatsiyalanmagan ifloslanish darajasi,

zarracha/(daq x sm2)

Issiqlik ajralishi,

Vt/m3,

Vt/sigʻim

Radioaktiv chiqindilarni joylashtirish usuli

Birlamchi sigʻimlarning soni va xususiyatlari

Matritsa materialining mavjudligi va koʻrinishi

Radioaktiv chiqindi bilan toʻldirilgan sana

Diametri

Balandligi

Uzunligi

Kengligi

Radioaktiv chiqindi sigʻimi

Sigʻimdagi radioaktiv chiqindi

Turi va raqami

Miqdori,

dona

Hajmi,

m3

Massa, radioaktiv chiqindi bilan,

kg

0,1

1

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindi sigʻimidagi radioaktiv tarkibning tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2-jadval

Radioaktiv chiqindilar sigʻimining individual raqami

Radioaktiv chiqindi sinfi va kodi

Radioaktiv chiqindining fizik-kimyoviy shakli, matritsa materialining turi

Radioaktiv chiqindilarning morfologik (kimyoviy) tarkibi

Yonuvchanlik

Radionuklid tarkibi

Solishtirma faollik,

kBk/kg

Umumiy solishtirma faollik,

kBk/kg

Umumiy faollik,

Bk

Yadroviy xavfli boʻlinuvchan nuklidlar miqdori,

kBk/kg yoki mg/kg

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Radioaktiv chiqindini topshirish uchun masʼul

_____________

______________ ___________________

(F.I.O.)

(tashkilotning vakolatli shaxsi imzosi)

Radioaktiv chiqindini qabul qilish uchun masʼul

_____________

______________ ___________________

(F.I.O.)

(tashkilotning vakolatli shaxsi imzosi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Radioaktiv chiqindilarni koʻmish boʻyicha maqbullik mezonlari va talablariga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

NAMUNA

Suyuq radioaktiv chiqindilar uchun

PASPORT №___

Nomlanishi ___________________________

(radioaktiv chiqindi sigʻim turi, qadoqlanmagan radioaktiv chiqindilar)

__________________ ______________ _________________

________ (texnik shartlar raqami) ________________ (radioaktiv chiqindi nomi va sinfi) __

Radioaktiv chiqindilar sigʻimining individual raqami

_____________________________________________

(identifikatsiya kodi)

Suyuq radioaktiv chiqindilar egasi

_____________________________________________

Suyuq radioaktiv chiqindilarni topshiruvchi tashkilot

Suyuq radioaktiv chiqindi koʻmishga topshirish sanasi

20___ yil _________________

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyuq radioaktiv chiqindilarning umumiy tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1-jadval

Hajmi (kub. m)

Suyuq radioaktiv chiqindi manbasi

Suyuq radioaktiv chiqindi sinfi

Suyuq radioaktiv chiqindi kodi

1

2

3

4

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suyuq radioaktiv chiqindining radioaktiv tarkibning tavsifi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2-jadval

Asosiy fizik-kimyoviy tavsiflar

Kimyoviy tarkibi

Solishtirma faollik,

kBk/kg

Umumiy solishtirma faollik,

kBk/kg

Umumiy faollik,

kBk

Yadroviy xavfli boʻlinuvchi nuklidlar miqdori,

kBk/l yoki mg/l

1

2

3

4

5

6

Radioaktiv chiqindini topshirish uchun masʼul

_____________

______________ ___________________

(F.I.O.)

(tashkilotning vakolatli shaxsi imzosi)

Radioaktiv chiqindini qabul qilish uchun masʼul

_____________

______________ ___________________

(F.I.O.)

(tashkilotning vakolatli shaxsi imzosi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2025 y., 10/25/3734/1203-son)