03.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3296-4
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 03.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3296-4
Date of entry into force
05.02.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BUYRUGʻI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 3-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3296-4]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (roʻyxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 13-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
296-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 6-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 30-sentabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 1-bandning oʻn birinchi xatboshisidagi “toʻliq BYDni” degan soʻzlar “DBD raqami qayd etilgan tranzit deklaratsiyasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b) ikkinchi bosqichda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga toʻliq BYD taqdim etiladi va bojxona organlarida rasmiylashtiriladi, bundan tovarlar uchun ilgari DBD taqdim etilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar uchun ilgari DBD taqdim etilgan hollarda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan DBDning roʻyxat raqami tranzit deklaratsiyasida koʻrsatiladi va hujjatlar bojxona organi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarning DBYUD va TBBYUDlari rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va undirilgan yigʻim keyingi bosqichda toʻliq BYD taqdim etilganida takroran undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DBYUD va TBBYUDlarni bojxona organlariga taqdim etish orqali tovarlarni deklaratsiyalashda toʻlangan bojxona toʻlovlari toʻliq BYD rasmiylashtirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar uchun DBD taqdim etilgan hollarda toʻlangan bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazish lozim darajada toʻldirilgan DBD rasmiylashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlar (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, muvofiqlik sertifikati, ekologik sertifikat va boshqalar) talab etiladigan hollarda, bundan mazkur hujjatlar mavjud boʻlgan hollar mustasno;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“DBDdagi tovar bir transport hujjati boʻyicha bir transport vositasida bitta joʻnatuvchining manzilidan bitta qabul qiluvchining manziliga yuborilayotgan boʻlmasa;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“DBDning 1-grafasi birinchi boʻlmasida “IM” belgisi, uchinchi boʻlmasida “PR” belgisi koʻrsatiladi hamda 18, 26, 30-grafalari va “С” grafasining 2 raqami ostidagi satri toʻldirilmaydi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“7. DBD bojxona organi tomonidan roʻyxatga olinadi hamda DBD va unga ilova qilingan hujjatlar tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tekshiruv davomida DBD va unga ilova qilingan hujjatlarda xato va (yoki) kamchiliklar aniqlansa, DBDga Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xato va (yoki) kamchiliklar aniqlanmagan hollarda DBDning tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 248-moddasida belgilangan muddat doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi tomonidan DBD va unga ilova qilingan hujjatlar tekshiruvi yakunlanganligi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi YAAT deb yuritiladi) orqali maʼlum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. DBDda koʻrsatilgan tovarlar bojxona organiga DBD qabul qilingan kundan (DBDning 7-grafasida koʻrsatilgan sanadan) eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida taqdim etilmagan taqdirda DBD berilmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu DBD Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda bu haqida Bojxona qoʻmitasi YAAT orqali deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarning taqdim etilganligini tasdiqlash bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 9 — 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“9. Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs DBDda koʻrsatilgan tovarlar bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini yoki dastlabki axborotni taqdim etishda DBD raqamini koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan DBD raqami Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3382, 2022-yil 31-avgust) belgilangan tartibda “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimining “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismidagi 10-maydonda BYDni toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali 805 tartib raqami ostida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. DBDda koʻrsatilgan tovarlar tranzit deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazgan chegara bojxona postiga yetib kelgandan soʻng, tashuvchi tomonidan ushbu tovarlar va unga tegishli kuzatuv hujjatlari hamda tranzit deklaratsiyasining roʻyxat raqami bojxona organiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona organi tovarlar chegara bojxona posti hududiga yetib kelgandan soʻng, DBD bilan birga taqdim etilgan tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tashuvchi tomonidan taqdim etilgan asl hamda elektron hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bojxona organi tomonidan DBDga ilova qilingan tovarning kuzatuv hujjatlari raqami, sanasi, shakli, undagi maʼlumotlar, shu jumladan joʻnatuvchi va qabul qiluvchining rekvizitlari, tovarning nomi, miqdori (soni, vazni, boshqa qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), qiymati, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlarida oʻzaro tafovut aniqlansa, DBD taqdim etilmagan deb hisoblanadi, bundan tovarlarni qayta yuklash jarayonida transport hujjatlari oʻzgarganligi natijasida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha tovar qayta yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holatlar mustasno.

Bunday holatlarda DBD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda tovarlarni deklaratsiyalash BYD rasmiylashtiruvi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Chegara bojxona posti tomonidan tovarlar boʻyicha bojxona nazorati amalga oshirilganidan soʻng, DBD rasmiylashtiriladi va tovarlar erkin muomalaga chiqariladi, bundan mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona organi tomonidan DBDning 18, 26, 29 va “С” grafalariga tranzit deklaratsiyasi asosida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bojxona hududiga kirib kelishda DBD taqdim etilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda chegara bojxona posti tomonidan chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfni boshqarish tizimi tomonidan xavf darajasi yuqori koʻrsatkich (“qizil” yoʻlak) bilan tasniflangan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DBD rasmiylashtirilgan tovarlarga bojxona toʻlovlari toʻliq toʻlanmagan yoki toʻlanishi taʼminlanmagan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarning tijorat va transport hujjatlaridagi maʼlumotlarda oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar tovarlarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan toʻgʻri kelmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
transport vositasining yuk boʻlmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqni muhofaza qilish yoki boshqa davlat nazorat organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan olingan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozimligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlganda.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 14 — 19-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. 2-bobning 4-paragrafi nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4-§. Tovarlarni manzil (tashqi iqtisodiy faoliyat) bojxona postlarida erkin muomalaga chiqarish shartlari”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 20 — 22-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. Quyidagi hollarda tovarlar DBDda koʻrsatilgan TIF bojxona postiga tranzit deklaratsiyasi asosida yoʻnaltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegara bojxona posti hududida tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazishning imkoni boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DBDda xato va kamchiliklar aniqlanib, unga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelganda, bundan mazkur Nizomning 11-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlar chegara bojxona posti orqali avtotransportda olib kirilmagan hollarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DBDni bekor qilish yoki qaytarib olish zarurati yuzaga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli shaxsning arizasiga koʻra.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Tovarlar DBDda koʻrsatilgan TIF bojxona postiga yetib kelgandan soʻng, tashuvchi yoxud boshqa manfaatdor shaxs tomonidan ushbu tovarlar va ularga tegishli kuzatuv hujjatlari bojxona organiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar yetib kelganligi bu toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga va Bojxona qoʻmitasi YAATda tegishli belgilarni qoʻyish orqali tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bojxona organi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda DBDdagi tovarlarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni keyin taqdim etilgan asl hamda elektron hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda taqdim qilingan hujjatlar (shu jumladan, elektron koʻrinishdagi) bilan asl hujjatlardagi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa yoki DBDda kerakli maʼlumotlar yetishmasa, bojxona organi tomonidan deklaratsiyalovchi shaxsning ushbu masaladagi murojaatini koʻrib chiqish natijalari yoki bojxona organining talablari asosida DBDga tegishli oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, bojxona organi tomonidan DBDga ilova qilingan tovarning kuzatuv hujjatlari raqami, sanasi, shakli, undagi maʼlumotlar, shu jumladan joʻnatuvchi va qabul qiluvchining rekvizitlari, tovarning nomi, miqdori (soni, vazni, boshqa qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), qiymati, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlarida oʻzaro tafovut aniqlansa, DBD taqdim etilmagan deb hisoblanadi, bundan tovarlarni qayta yuklash jarayonida transport hujjatlari oʻzgarganligi natijasida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha tovar qayta yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday holatlarda DBD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda tovarlarni deklaratsiyalash BYD rasmiylashtiruvi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagi mazmundagi 221 va 222-bandlar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“221. DBDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
222. Bojxona organi tomonidan tovarlar boʻyicha bojxona nazoratining belgilangan tartib-taomillari amalga oshirilganidan soʻng, DBD rasmiylashtirilib, tovarlar erkin muomalaga chiqariladi, bundan mazkur Nizomning 22-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025 y., № 10/25/3296-4/1006)