Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.06.2016 29.04.1997 yildagi 219-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.04.1997 yildagi 219-son
Date of entry into force
29.04.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.06.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MXX-MXXB AVIATSIYA XAVFSIZLIGI BOʻLINMALARI TOMONIDAN QOʻLDA OLIB YuRILADIGAN YuKNI, BAGAJNI KOʻZDAN KEChIRISh VA YOʻLOVChILARNI, FUQARO KEMALARI EKIPAJI AʼZOLARINI, AEROPORTLAR XODIMLARI VA BOShQA MANSABDOR ShAXSLARNI ShAXSAN TEKShIRIB ChIQIShNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi koʻzdan kechiruvini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida aviatsiya xavfsizligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan “Qoʻlda olib yuriladigan yukni, ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 29-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
219-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 29-apreldagi
219-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB aviatsiya xavfsizligi boʻlinmalari tomonidan qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni, fuqaro havo kemalari ekipaji aʼzolarini, aeroportlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslarni shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YOʻRIQNOMA

1.1. Mazkur qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va fuqaro havo kemalari shaxsan tekshirib chiqishni amalga oshirish va aviatsiyada tashish taqiqlangan moddalar, yuklarni va buyumlarni olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma IKAO (dok.8973/3) normalariga, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 3-oktabrdagi 348-45-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻriqnoma havo kemalariga chiqishdan oldin ichki va xalqaro yoʻllardagi aeroportlarda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishning umumiy texnologik jarayonida tekshirib chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini tartibga soladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ushbu faoliyatning bosh tamoyillari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroportlarda istisnosiz barcha yoʻlovchilarni, ekipaj aʼzolarini, aeroportlarning xodimlarini va boshqa mansabdor shaxslarni tekshirib chiqishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilardan va boshqa toifadagi shaxslardan aviatsiyada tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlarni (qaytarib berish yoki qaytarib bermasdan) majburiy olib qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun buzuvchilarni maʼmuriy yoki jismoniy javobgarlikka tortishning qaytarib boʻlmasligini tekshirib chiqishda qonuniylikka qatʼiy rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Havo kemasi kimga qarashliligidan qatʼi nazar, ham ichki, ham xalqaro yoʻllarda avia xavfsizligi uchun qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va shaxsan tekshirib chiqish aeroportda parvozlarning xavfsizligini, yoʻlovchilar va ekipaj aʼzolarining hayoti va salomatligini saqlashni taʼminlash, fuqaro havo kemalarini boʻlishi mumkin boʻlgan egallab olishlarning va olib qochishlarning va jinoyatchi elementlar tomonidan fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga noqonuniy aralashuvning boshqa hodisalarining oldini olish, shuningdek, qurollar, oʻq-dorilar, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, yengil alanga oluvchi moddalarni va boshqa xavfli yuklarni noqonuniy tashishlarni bartaraf etish maqsadida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.3. Shaxsan tekshirib chiqish fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan qurilmalar yoki moddalarni topib olish uchun zarur boʻlgan doirada amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Shaxsan tekshirib chiqish shaxsan tekshirib chiqish xonasida tekshirilayotgan yoʻlovchi bilan faqat bir jinsli shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bir vaqtning oʻzida bir necha yoʻlovchini shaxsan tekshirib chiqishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Shaxsan tekshirib chiqish aviatsiya xavfsizligi boʻlinmasining kamida 2 xodimi tarkibida amalga oshiriladi. Shaxsiy tekshirib chiqishni yakka boshchilikda amalga oshirish qatiy taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Yurak faoliyatini yaxshilovchi apparatlari boʻlgan yoʻlovchilar texnik vositalar qoʻllanmasdan shaxsan tekshirib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Tibbiy punktdagi yoʻlovchilar va ularni kuzatuvchi shaxslar maxsus ajratilgan tezkor nazoratchi tomonidan tekshirib chiqiladi, bunday shaxslar bilan tekshirib chiqishni oʻtkazish uchun javobgarlik, shuningdek, tekshirib chiqilgandan soʻng ularning begona kishilar bilan aloqasini istisno qilish tibbiy punkt xodimiga yuklanadi, bu haqda ularga tilxat orqali eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.8. Yoʻlovchini shaxsan tekshirib chiqish buning uchun maxsus jihozlangan xonalarda majburiy tartibda quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniq qatnovni bajarayotgan yoki belgilangan yoʻnalishda ketayotgan havo kemasini egallab olishga tayyorgarlik koʻrilayotganligi toʻgʻrisida xabar kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchida tashish taqiqlangan oʻq otuvchi yoki sovuq qurol, portlatish qurilmalari, portlovchi va boshqa xil xavfli moddalar va buyumlar borligi haqida maʼlumotlar tushganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchining qoʻlda olib yuriladigan yukida ilovaga muvofiq tashish taqiqlangan oʻq otuvchi yoki sovuq qurol, portlatish qurilmalari, portlovchi va boshqa xil xavfli moddalar va buyumlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchining shubhali xulqi va xatti-harakatlari, uning qilishi mumkin boʻlgan jinoiy niyatlari yoki unda tashish taqiqlangan yoki shubha uygʻotuvchi buyumlar borligi haqida guvohlik beruvchi belgilarni MXX xodimlari va fuqaro aviatsiyasi xodimlari tomonidan shaxsiy kuzatish yoʻli bilan aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.9. Kemalarni egallab olish (olib qochish) maqsadida ushbu kemalar ekipajlari aʼzolariga va yoʻlovchilarga zoʻravonlik qilish vositalari sifatida foydalanilishi yoki favqulodda hodisaga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan qurilmalari yoki moddalari bor shaxslarning fuqaro kemalari bortiga kirib olishga urinishlarining oʻz vaqtida oldini olish va bartaraf etish tekshirib chiqishning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.10. Qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish chiptalar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, xalqaro qatnovlarga xizmat koʻrsatuvchi aeroportlarda esa yoʻlovchilar bojxona va chegara nazoratidan oʻtganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.11. Qoʻlda olib yuriladigan yuk va bagaj yoʻlovchida boʻlganda ularni tekshirib chiqish uning ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.12. Bagajni ochib koʻrish zaruriyati bilan bogʻliq holda bagajni yoʻlovchi yoʻqligida tekshirib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi MXX aviatsiya xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻining, uning oʻrinbosarlarining va tekshirib chiqish smenalarining boshliqlari, tashishni uyushtirish xizmatlarining boshliqlari va ushbu xizmatlar smenalari boshliqlarining sababi koʻrsatilgan yozma holdagi, chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan aeroportlarda esa chegara qoʻshinlari nazorat-tekshiruv punktlari boʻlimi boshliqlari va bojxona nazorati postlari boshliqlarining ham sababi koʻrsatilgan yozma holdagi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar boʻlmaganlarida tekshirib chiqishni amalga oshirish haqidagi qaror belgilangan tartibda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan hollarda bagajni tekshirib chiqish protokol tuzilgan holda, ikki guvoh ishtirokida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.13. “VIP” zallarida xizmat koʻrsatiladigan yoʻlovchilar va rasmiy delegatsiyalar aviatsiya xavfsizligi nazoratidan ushbu zallarning tekshirib chiqish punktlarida oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vena konvensiyasiga muvofiq diplomatik immunitetga ega boʻlgan yoʻlovchilar ham, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan ketayotgan diplomatik xodimlarga, shuningdek, ular boʻladigan davlatda - Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik agentlar, maʼmuriy-texnik xodim aʼzolari va ularning oila aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanmaydigan vakolatxonalarning xizmat koʻrsatuvchi xodimi aʼzolariga ham joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diplomatik pochtalar, konsullik valizlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ularga tenglashtirilgan xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning boshqa xil xat-xabarlari tekshirib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tekshirib chiqishni amalga oshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Tekshirib chiqish aeroportlarning maxsus jihozlangan nazorat zonalari (tekshirish punktlari)da amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish, qatnovlarga tijorat xizmati koʻrsatish vaqtining belgilangan normalari doirasida amalga oshirilishi kerak. Favqulodda hollarda barcha yoʻlovchilar majburiy tartibda aviatsiya xavfsizligi nazoratidan oʻtishlari uchun tekshirib chiqish vaqti uzaytirilishiga (barcha yoʻlovchilar chiqib olishlariga) ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.3. Shaxsiy tekshirib chiqishdan yoki qoʻlda olib yuriladigan yukni va bagajni koʻzdan kechirish uchun berishdan bosh tortgan yoʻlovchilar samolyotga chiqarilmaydilar. Ushbu yoʻlovchilarning shaxsini aniqlash va tekshirib chiqishdan bosh tortish sabablarini aniqlash uchun choralar koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.4. Parvozdagi havo kemasida tekshirib chiqish, yoʻlovchining roziligidan qatʼi nazar, zaruratga qarab havo kemasi komandirining qaroriga koʻra amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilar chiqarilib yoki yuklar ortilib boʻlingandan soʻng va yoʻlovchilarni yoki yuklarni tushirish maqsadida ushbu eshiklardan xohlangani ochilish paytiga qadar, ushbu kemaning barcha tashqi eshiklari yopilgan paytdan boshlab havo kemasi parvozda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar va yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalariga nisbatan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Tekshirib chiqish boʻyicha umumiy tashkiliy-texnik chora-tadbirlar quyidagilarni nazarda tutadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurollar, oʻq-dorilar, portlatish qurilmalari, portlovchi, zaharlovchi, yengil alanga oluvchi va boshqa xavfli moddalar va buyumlarning noqonuniy olib ketilayotganini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarni tekshirib chiqishni amalga oshirish qoidalarida nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida, tekshirib chiqishdan oʻtishning maqsadi va tartibi haqida, fuqaro havo kemalarida yoʻlovchilar tomonidan tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar toʻgʻrisida va ularni noqonuniy tashiganlik uchun javobgarlik haqida xabardor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirish va maxsus texnik vositalarni qoʻllagan holda yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqishda maxsus texnik vositalar (statsionar va qoʻl metall izlovchilar, rentgen televizion apparatlar va boshqa vositalar)ni jihozlash va ulardan samarali foydalanish, ularni soz holda saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqishdan oʻtgan va havo kemasiga chiqishga ruxsat etilgan yoʻlovchilarning tekshirib chiqishdan oʻtmagan yoʻlovchilar, kuzatib qoluvchilar, mazkur qatnov yoʻlovchilariga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlmagan aeroport xodimlari bilan aloqa qilishlariga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aeroport va aerovokzal hududida yoʻlovchilarning xatti-harakatlarini kuzatish, kutish (toʻplanish) zallarini, galereyalarni qurollar, oʻq-dorilar, portlash xavfi boʻlgan va yengil alangalanadigan moddalar va buyumlarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda tekshirib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Yoʻlovchilarni havo kemasiga chiqarishdan oldin qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va ularni shaxsan tekshirib chiqish uchun aerovokzallar binolarida yoki maxsus ajratilgan xonalar (pavilonlar)da yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazuvchi yopiq zonalar jihozlab qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat zonalari, joʻnatilayotgan yoʻlovchilar va qatnovlar soniga qarab, bir yoki bir necha tekshirib chiqish joylaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kirish joylari tepasiga “Yoʻlovchilarni maxsus nazoratdan oʻtkazish zonasi”, “Tekshirib chiqish joyi” degan koʻrsatkichlar osib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Tekshirib chiqish joyi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarni va ularning qoʻlda olib yuriladigan yukni nazorat qilish uchun tekshirib chiqish chogʻida qoʻllaniladigan texnik vositalar bilan jihozlangan xonalardan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatib oʻtilgan xonaning maydoni kamida 40 kv.m. boʻlishi kerak; yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish uchun xonalar (kabinalar)dan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarning perronga erkin chiqishlari va qaytib nazorat xonasiga kirishlarini istisno qiluvchi tekshirib chiqishdan oʻtgan yoʻlovchilar uchun kutish (toʻplanish) zallaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Aeroportlardagi nazorat zonalari va tekshirib chiqish joylari, shuningdek, tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalarning soni aerovokzallar(aeroport) qancha yoʻlovchi sigʻdira olishini hisobga olgan holda belgilangan normalar bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari) uchun tegishli hujjatlar talablariga javob beruvchi maydonlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari)da tekshirib chiqish guruhlari shaxsiy tarkibiga normal ish sharoitlarini taʼminlovchi temperatura rejimi va tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalar yilning har qanday vaqtida ishchi holatda saqlab turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Yoʻlovchilarni nazoratdan oʻtkazish zonalari (tekshirib chiqish joylari)ni toʻsish va ularga oʻtish (kirish va chiqish) joylari shunday jihozlanishi kerakki, bu yerda yashovchi va boshqa begona shaxslar tekshirib chiqishdan oʻtgan yoʻlovchilar bilan aloqada boʻla olmasinlar, shuningdek, tekshirib chiqish jarayonini kuzata olmasinlar va uni oʻrgana olmasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Yoʻlovchilarni nazorat qilish zonalari (tekshirib chiqish joylari) elektr soatlari, radio va telefon aloqalari bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Nazorat qilish zonalari xonalari sanitariya-gigiyena normalariga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.10. Nazorat qilish zonalari (tekshirib chiqish joylari)ga faqat aviachiptalarni va yoʻlovchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda qatnovni roʻyxatdan oʻtkazish uchun eʼlon qilingan yoʻlovchilar, yoʻlovchilarni kutish (toʻplanish) zonalaridan havo kemasiga yetkazib keluvchi xodimlar, texnik xizmat koʻrsatish guruhlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB va aviakorxonalarning rahbarlari qoʻyiladi. Nazorat qilish zonasi (tekshirib chiqish joylari)dan oʻtish va u yerda begona shaxslarning, shu jumladan, tekshirib chiqish ishi bilan bogʻliq boʻlmagan avia korxonalar ekipaji aʼzolarining va boshqa xodimlarning boʻlishi qatʼiy man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat qilish zonasi orqali begona kishilarning oʻtishini istisno qilish uchun javobgarlik tekshirib chiqish smenasining boshligʻi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.11. Tekshirib chiqish texnik vositalarning sozligini tekshirish, sozlash va tartibga keltirish aviakorxonalarning samolyotlarni elektrotexnik jihatdan taʼminlash bazalari boshliqlari va Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXB tezkor nazoratchilari smena boshligʻi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tekshirib chiqish guruhlari tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Tekshirib chiqish boʻlinmasi uchun ajratiladigan tezkor nazoratchilar soni har bir aniq aeroport uchun belgilanadi va yoʻlovchilarning prognoz qilinadigan oqimini, qatnovlar jadvalini, havo kemalari turlarini va yoʻlovchilardan tashqari boshqa shaxslarni tekshirish zarurligini hisobga olishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirib chiqish guruhi aeroportning ish sharoitlariga qarab smenalardan iborat boʻlishi mumkin. Smenalar tarkibi ishlab turgan tekshirib chiqish joylari soni bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Har bir tekshirib chiqish joyiga tekshirib chiqish boʻyicha tezkor nazoratchilarning zarur soni ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Tekshirib chiqish davrida tezkor nazoratchilarning navbatchi smenasi tekshirib chiqish texnologiyasi bilan belgilanadigan normativlarga muvofiq toʻliq butlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qatnovlar orasida tekshirib chiqishdan boʻsh vaqt boʻlgan taqdirda boʻlinma rahbarining qarori bilan tezkor nazoratchilar aerovokzallarda va aeroportlarning perronlarida yoʻlovchilar oqimi orasida xatti-harakatida shubhali belgilar mavjud boʻlgan shaxslarni aniqlash, umumiy foydalanish joylarida qoldirilgan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, portlovchi va zaharlovchi moddalarni, shuningdek, egasiz bagaj va qoʻlda olib yuriladigan yuklarni aniqlash ishlarini olib boradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Tekshirib chiqish boʻlinmasining tezkor nazoratchilari xizmat vazifalarini maxsus kiyim-boshda bajaradilar va koʻkrak belgisini yoki “tarxetka” yorligini taqib yuradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlinmasi tezkor nazoratchilarining huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Tekshirib chiqish boʻlinmalarining tezkor nazoratchilari quyidagi huquqlarga ega boʻladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilardan havo transportida tashish qoidalarini soʻzsiz bajarishni talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish, yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirish jarayonida aviatashishlarda taqiqlangan moddalar va buyumlarni yoʻlovchilardan olib qoʻyish, nusxasi aviayoʻlovchining qoʻliga beriladigan olib qoʻyish bayonnomasi tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqish texnologiyasini takomillashtirish va koʻzdan kechirishda qoʻllaniladigan texnik vositalardan foydalanish masalasida tekshirib chiqish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining tekshirib chiqish boʻlinmalari tezkor nazoratchilari quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Yoʻriqnomaning qoʻlda olib yuriladigan yukni, bagajni koʻzdan kechirish va fuqaro havo kemalari yoʻlovchilarini shaxsan tekshirib chiqish talablarini, Oʻzbekiston Respublikasining parvozlarning xavfsizligini taʼminlashga, yoʻlovchilarning hamda havo kemalari ekipajlari aʼzolarining hayoti va sogʻligini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlarini qatʼiy bilish va bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqish chogʻida qoʻllaniladigan texnik vositalarning asosiy tavsiflarini va ulardan foydalanish qoidalarini bilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqish jarayonida yoʻlovchilarda va ularning qoʻlda olib yuriladigan yuklaridagi fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni aniqlash boʻyicha operatsiyani ustalik bilan amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchilarga nisbatan eʼtiborli va xushmuomala boʻlish hamda ularning qadr-qimmatini pastga uruvchi harakatlarga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga ularda mavjud boʻlishi ehtimol tutilgan fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni koʻrsatishni taklif etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirib chiqish bahonasi sababi bilan qatnovlarning asossiz toʻxtatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
havo transportida tashish qoidalari buzilishining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish, qoidani buzganlarga nisbatan materiallarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va maʼmuriy taʼsir chorasi koʻrish uchun aviakorxona rahbarlariga, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan esa materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi MXX-MXXBga va ichki ishlar organlariga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻlda olib yuriladigan yukni tekshirib chiqishga taqdim etishdan va shaxsan tekshirishdan bosh tortgan yoʻlovchilarni parvozlarga qoʻymaslik, ularning shaxslarini va tekshirishdan bosh tortish sabablarini aniqlash chora-tadbirlarini koʻrish, zarurat boʻlganda bunday shaxslarni ichki ishlar organlariga topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sergak boʻlish, tekshirib chiqishdan oʻtmagan yoʻlovchilarning va begona shaxslarning, shu jumladan, aviakorxonaning mazkur qatnovga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xodimlarining nazorat (tekshirish joyi) zonasi orqali aerodromga chiqishlari (oʻtishlari)ga yoʻl qoʻymaslik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Havo kemasi bortiga yoʻlovchilar tomonidan parvozlarning xavfsizligi uchun xavf tugʻdiruvchi xavfli moddalar va buyumlar olib oʻtilishi natijasida xizmat majburiyatlarining vijdonan bajarilmaganligi uchun operativ nazoratchilar intizomiy tartibda javob beradilar, xizmat mavqeini suisteʼmol qilganligi va bunda sovuqqonlik qilganligi uchun esa Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Fuqaro aviatsiyasi yoʻlovchilari uchun maxsus axborot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Barcha aeroportlar, aerovokzallar va agentliklarda yoʻlovchilarni qoʻlda olib yuriladigan yuk va bagajni tashishda ularga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida xabardor qiladilar. Buning uchun koʻrinadigan joylarda chiroqli tablolar oʻrnatiladi, plakatlar osib qoʻyiladi, eslatmalar tarqatiladi, ichki radiotranslyatsiya tarmogʻi orqali matnlar oʻqib eshittiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tekshirib chiqishni amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.1. Aeroportlarning nazorat zonalarida (tekshirish joylarida) qoʻlda olib yuriladigan yukni, topshirilmagan bagajni koʻzdan kechirish va yoʻlovchilarni shaxsan tekshirib chiqish, asosan, maxsus texnik vositalarni qoʻllagan holda, quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻlovchi chipta roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng nazorat zonasi (tekshirish joyi)ga yuboriladi, bu yerda aviachipta yoʻlovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari bilan solishtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yoʻlovchi tekshirish joyiga yoʻl oladi, bu yerda unga unda mavjud boʻlgan fuqaro havo kemasida tashish taqiqlangan metall buyumlar va moddalar, shuningdek, begona shaxslarning olib oʻtish uchun unga bergan buyumlari (posilkalar, tugunlar, paketlar va shunga oʻxshashlar)ni koʻrsatish taklif etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish binosiga yoʻlovchilarni qoʻyish tekshirib chiqishda qoʻllaniladigan texnik vositalar oldida yoʻlovchilarning toʻplanib qolishlarini istisno etuvchi tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchida yoki uning qoʻlda olib yuriladigan yukida fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar aniqlangan taqdirda tegishli bayonnoma tuzilgan holda ular olib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Musodara qilingan moddalar va buyumlarning xavflilik darajasiga qarab yoʻlovchini parvozga qoʻyish yoki uni ichki ishlar organlariga topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday yoʻlovchi parvozga qoʻyilgan taqdirda, uning bagajini tekshirib chiqish zarurligi toʻgʻrisidagi masala hal etiladi. Kechiktirib boʻlmaydigan hollarda bagajni tekshirish Yoʻriqnomaning 1.12-bandi talablariga rioya etilgan holda, yoʻlovchi yoʻqligida amalga oshirilishi mumkin va u bayonnoma tuzib rasmiylashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchiga qoʻlda olib yuriladigan yuk qaytariladi, aviachiptaga tekshirish amalga oshirilganligi haqida belgi qoʻyiladi, shundan soʻng yoʻlovchi uchishni kutish (toʻplanish) zonasiga yoʻl oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgi (shtamp bosish, komposter qilish va boshqalar) aviachiptaning old tomonida va koreshokda roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami yoniga yoki uchish taloniga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻlda olib yuriladigan yukni va yoʻlovchining qoʻlidagi boshqa buyumlarni tekshirib chiqish (nogabarit buyumlar va ustki kiyimdan tashqari) rentgen-televizion introskop yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogabarit buyumlar, yoʻlovchining qoʻlidagi ustki kiyim va ichida nima borligini introskop ekranining tasviri boʻyicha aniqlash mumkin boʻlmagan qoʻlda olib yuriladigan yuk qoʻlda tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tekshirib chiqish chogʻida portlatuvchi qurilmalar, oʻq otar va sovuq qurollarni hamda tashish taqiqlangan boshqa moddalar va buyumlarni havo kemasiga olib oʻtishda foydalanilishi mumkin boʻlgan termos, radiopriyomnik, magnitofon, musiqa asbobi, hisoblash mashinasi, katta hajmli oʻyinchoqlar, soyabonlar, hassa, kitoblar va boshqalarga alohida eʼtibor beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.2. Texnik vositalar yordamida tekshirib chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻlovchiga uning kiyimidagi metall buyumlar (portsigar, kalitlar, folgali pachkadagi sigaretlar, koʻp miqdordagi tangalar va boshqalar)ni maxsus idishga qoʻyish va statsionar metall izlovchi ramkasidan oʻtish taklif etiladi. Agar bunda yoʻlovchining kiyimida metall buyumlar borligi toʻgʻrisida signal berilsa, ular qayerdaligini aniqlash uchun qoʻl metall izlovchi qoʻllaniladi, bunday asbob boʻlmagan taqdirda yoʻlovchi shaxsan tekshirib chiqiladi. Tashqi tomoni chiqib turgan, biroq qaraganda yoʻlovchining kiyimida koʻrinmaydigan hamda metall izlovchi nazariga tushmaydigan buyumlar navbatchining talabi bilan tekshirish uchun koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.3. Havo kemasi trapida yoʻlovchilar (shu jumladan, tranzit bilan uchuvchi yoʻlovchilar)ning tekshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisida aviachiptalarda belgi bor - yoʻqligini uchish boʻyicha navbatchilar va tezkor nazoratchi amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.4. Havo kemasini egallab olishga tayyorgarlik koʻrilayotganligi yoki fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga gʻayriqonuniy aralashishning boshqa harakati haqida xabar olingan taqdirda aviakorxonalar, MXX organlari rahbarlari tekshirib chiqish guruhlarini kuchaytiradilar hamda yoʻlovchilarni tekshirib chiqishni oʻz shaxsiy nazoratlari ostiga oladilar, shuningdek, favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksi koʻrilishini taʼminlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.5. Kutish (toʻplanish) zonasidan havo kemasiga chiqishgacha boʻlgan yoʻlda yoʻlovchilarni nazorat qilish tezkor nazoratchilarning kuchi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tekshirib chiqishni amalga oshirish muddatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.1. Tekshirib chiqish jarayoni uchib ketayotgan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vaqtidan oshib ketmasligi hamda bajarilayotgan qatnovlar jadvaliga taʼsir koʻrsatmasligi kerak. Tekshirib chiqish vaqtining belgilangan normalarini, shu jumladan, tranzit va kechikib uchayotgan qatnovlarni, uning sifatini pasaytirish hisobiga qisqartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8.2. Texnik vositalar bilan jihozlangan tekshirib chiqish joyining oʻtkazish qobiliyati uning texnik maʼlumotlariga koʻra belgilanadi. Tekshirib chiqish aviayoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bir vaqtda boshlanadi va oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kuzatib ketilayotgan maxsus yuklarni, maxsus pochtani, soqchilar olib ketayotgan shaxslarni, maxsus topshiriqlarni bajarayotgan harbiy xizmatchilarni, oʻqchi-sportchilarni, ovchilarni va geologlarni tekshirib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.1. Fuqaro havo kemalarida tashilayotgan maxsus yuklar, maxsus pochta va rasmiy xat-xabarlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralarining ularni kuzatib borayotgan qurolli xodimlari, shuningdek, feldyeger va maxsus aloqaning ularni kuzatib borayotgan xodimlari, konsullik valizlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida, xorijiy muassasalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik maqomga ega boʻlgan yoʻlovchilar kuzatib borayotgan boshqa rasmiy xat-xabarlari tekshirib chiqilmaydi va ushlab qolinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Qurollangan xodimlar tomonidan kuzatib borilayotgan havo kemasi bortidagi maxsus yuklar va pochtani roʻyxatdan oʻtkazish, keltirish, joylashtirish hamda sport delegatsiyalari (komandalar)ni, soqchilarni, qurol-yarogʻ, oʻq-dorilarni tashish, shuningdek, qurollangan xodimlarni va soqchilar kuzatuvidagi shaxslarni samolyotga chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va aviakompaniya tomonidan chiqarilgan koʻrsatmalar va yoʻriqnomalar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus yuklar va pochta joʻnatmalari orasida fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan buyumlar va moddalar boʻlmasligi kerak. Ushbu qoidalarni buzganlik uchun yukni joʻnatuvchi belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.2. Maxsus yuk va pochtani kuzatib borayotgan xodimlardan, maxsus topshiriqni bajarayotgan harbiy xizmatchilardan xizmat safari guvohnomasi (yozma koʻrsatma) bor boʻlgan taqdirda qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va maxsus vositalar (gazli ballonchalar, qoʻlkishanlar va boshqalar) tekshirib chiqish paytida parvoz davomida olib qoʻyiladi va mazkur Yoʻriqnomaning 9.4-bandiga muvofiq tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soqchilar kuzatuvi ostidagi shaxslarni kuzatib borayotgan soqchilar (harbiy naryad)ning shaxsiy tarkibidan qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va maxsus vositalar tekshirib chiqish paytida olib qoʻyilmaydi, bu haqda havo kemasi komandiri xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus yuklarni, maxsus pochtani va rasmiy xat-xabarlarni respublika ichki va davlatlararo (Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo bitimlariga muvofiq) yoʻnalishlar boʻyicha kuzatib borayotgan feldyegerlik xizmati zobitlari va maxsus aloqa xodimlaridan tabel qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar tekshirib chiqish paytida va parvoz davomida olib qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.3. Soqchilar (harbiy naryad) shaxsiy tarkibi, qurol saqlash va olib yurish huquqiga ega boʻlgan, biroq maxsus yuklarni, maxsus pochtani yoki soqchilar kuzatuvi ostidagi shaxslarni kuzatib borish bilan bogʻliq boʻlmagan ayrim shaxslar umumiy asoslarda tekshirishdan oʻtadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.4. Mazkur Yoʻriqnomaning 9.3-bandida koʻrsatilgan soqchilar (harbiy naryad) shaxsiy tarkibining, oʻqchi sport delegatsiyalari (komandalari) aʼzolarining qurol-yarogʻi tekshirilmaydi va bagaj boʻlinmalarida oʻralgan va tamgʻalangan holda tashiladi, ajratib qoʻyilgan bagaj boʻlinmalariga ega boʻlmagan havo kemalarida esa havo kemasi komandiri tomonidan belgilangan joylarda tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro aviatsiyasi va boshqa idoralar boʻlimlari shaxsiy tarkibining xizmat vazifalarini bajarishi uchun moʻljallangan oʻqotar qurollar shu tartibda tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.5. Mazkur Yoʻriqnomaning 9.3-bandida koʻrsatilgan alohida shaxslardan sportchi-merganlar va qurollarni saqlash va olib yurish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslar (geologlar, ovchilar va boshqalar)dan qurollar, oʻq-dorilar, ov pichoqlari va raketniklar tashish uchun tekshirib chiqish guruhlarining tezkor nazoratchilari tomonidan qabul qilinadi hamda uchish davrida ekipajga topshiriladi. Oʻqotar qurollar oʻqsizlantirilgan boʻlishi, oʻqlangan magazinlar esa alohida saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashishga qabul qilingan buyumlar uch nusxadagi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi yoki tekshirib chiqish kartasiga yoʻlovchining familiyasi, qurolning turi yoki koʻrinishi va qurollanganligi koʻrsatilgan holda yozib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Birinchi nusxasi qurolni qabul qilgan ekipaj aʼzosining imzosi bilan tashishni tashkil etuvchi xizmatning ilova etuvchi vedomostiga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkinchi nusxasi uchib kelish aeroportida qurolni unga qaytarish toʻgʻrisida yoʻlovchining imzosi bilan uchish hujjatlariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uchinchi nusxasi uchish aeroportida yoʻlovchiga beriladi. Blankalar boʻlmagan taqdirda tashishga qabul qilingan qurol toʻgʻrisida, istisno tariqasida, bort jurnaliga yoki tekshirib chiqish kartasiga yozib qoʻyishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.6. Joʻnash aeroportlarida sud va tergov organlarining buyurtmanomalari boʻyicha sudlanganlar, hibsga olinganlarni ularni mehnat-axloq tuzatish muassasalari orasida tashishda havo kemalariga chiqarish yoʻlovchilarni umumiy chiqarishgacha amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatilgan kontingent buyumlarini shaxsan tekshirib chiqish, oldindan, ushbu qatnov yoʻlovchilarini tekshirib chiqish amalga oshirilgunga qadar oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9.7. Qoʻlda olib yuriladigan yuk sifatida tashiladigan maishiy maqsaddagi radio elektron apparatlar, kinofotoapparatlar va durbinlar umumiy asoslarda tekshirib chiqiladi. Xizmat safariga yoʻl olgan nashriyotlar, radio va televideniya fotomuxbirlariga kinofotoapparatlarni uchish vaqtida ulardan foydalanish huquqisiz oʻzlari bilan olib yurishga rusxat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kinofotoapparatlar texnik vositalar qoʻllanmasdan tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ekipaj aʼzolarini tekshirib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10.1 Ekipaj aʼzolarini tekshirib chiqish mazkur Yoʻriqnomaga asosan umumiy asoslarda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fuqaro havo kemalarida yoʻlovchilarning tashishlari taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yoʻlovchilar va ekipaj ustidan zoʻravonlik yoki qoʻrqitish vositasi boʻlishi mumkin boʻlgan buyumlarni havo kemasi bortiga olib kirish taqiqlanadi, havo kemasi bortiga odamlarning zaharlanishi va dimiqtirishi yoki bortda yongʻin chiqishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan moddalarni olib kirish ham taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Xavfli moddalar va buyumlar roʻyxati:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha turdagi oʻqotar va sovuq qurollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— toʻpponchalar, revolverlar, miltiqlar, karabinlar va boshqa sovuq qurollar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— shashkalar, shamshirlar, katta xanjarlar, egri qilichlar, dudamalar, qilichlar, qilichsimon nayzalar, shtiklar, xanjarlar, kortiklar, stiletlar, harbiy, desant, fin pichoqlari, otiladigan lezviyali, kulfli yopiladigan katta xanjarlar va boshqalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) portlovchi moddalar va ulardan yasalgan narsalar, portlash vositalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— har qanday oʻramda va har qanday miqdordagi har xil ov poroxlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ov kapsula (piston)lari va detonator-kapsulalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— pirotexnika vositalari: signal va yoritish raketalari, shamolning yoʻnalishini aniqlash shashkalari, tutun hosil qiluvchi patronlar, portlatish gugurtlari, bengal mushaklari, temir yoʻl petardalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— dinamit, trotil, ammonal, kuchli portlovchi moddalar va boshqa portlovchi moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) siqilgan va suyultirilgan gazlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— maishiy foydalanish uchun gazlar (butan-propan) va boshqa gazlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yengil alangalanuvchi suyuqliklar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— atseton,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— benzin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— neft mahsulotlari namunalari,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— metanol,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— metalatsetat (metil efiri).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tormoz suyuqligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— serouglerod,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— efirlar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— boshqa barcha yengil alangalanuvchi quyuqliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yonuvchi qattiq moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv taʼsirida issiqlik va issiq gazlar ajratuvchi moddalar, bunda oʻz-oʻzidan yonish va yongʻin vujudga kelishi mumkin: kaliy. natriy, metall kalsiy va ularning qotishmalari, fosforitli kalsiy va boshqalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— yonuvchi kattir; moddalar toifasiga kiruvchi oq, sariq va qizil fosfor va boshqa moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— organik peroksidlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— donalangan yoki parchalangan, quruq yoki nam, tarkibida 25 dan kam suv yoki erituvchi boʻlgan kolloid nitrotsellyulozasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tarkibida 30 dan kam erituvchi yoki suv boʻlgan quruq yoki nam nitrotsellyuloza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) zaharli yoki zaharlovchi moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— har qanday idishga solingan, suyuq yoki qattiq holdagi har qanday zaharli, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharlovchi moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— brutsin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— nikotin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— strixnin,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tetragidrofurfuril spirti,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— antifriz,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— etilenglikol,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— simob,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— tsianid kislotaning barcha tuzlari va tsianit preparatlari,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— siklon, tsianplav, margimush angidrid va boshqa kuchli taʼsir qiluvchi zaharli yoki zaharlovchi moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) achishtiruvchi va korroziyalantiruvchi moddalar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— kuchli va noorganik kislotalar: xlorid, sulfat, azot va boshqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
— ftorist-vodorodli ( shishani oʻyish kuchiga ega boʻlgan) kislota va boshqa kuchli kislotalar va korroziyalantiruvchi moddalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) yuqorida nomlari keltirilgan moddalar va buyumlar belgilari ostiga tushadigan, ularni tashish xavfsizligi shubha uygʻotuvchi hamda kuydirish, portlatish uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan yoki havo kemalari yoʻlovchilari va ekipaj aʼzolari hayotiga xavf soluvchi boshqa barcha moddalar va yuklar, buyumlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilar va ekipajga hujum qilish quroli sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan buyumlar (boltalar, muz kesuvchi asboblar, suv osti ovi uchun qurollar, oʻtkirlangan metall uchli troslar, xavfli ustaralar, baʼzi kasbga oid asboblar va hokazo) faqat yukxonada tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoʻlovchilarning An-2, L-410, AN-24 va boshqa ajratilgan yuk boʻlimlariga ega boʻlmagan samolyotlarning yukxonalarida tashiladigan yuklariga faqat bort yoʻl boshlovchisining ruxsati bilan va nazorati ostida oʻtish mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Fuqaro havo kemalarida ehtiyot choralari bilan tekshirib chiqishda olib qoʻyilmaydigan quyidagi moddalar va maishiy maqsaddagi buyumlarni qoʻlda olib yuriladigan yukda tashishga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Sirka (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan 0,5 litr); 40 va undan yuqori darajali quvvatdagi spirt-aroq mahsulotlari (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan zavodda idishga solingan bir litr).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aerozol idishlardagi tirnoq uchun laklar va soch uchun suyuqliklar, shuningdek, spirt-lak asosiga ega boʻlgan havoni xushboʻylantiruvchi suyuqliklar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida sanalgan barcha suyuqliklar buzilmagan standart idishlarda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Yoʻlovchilar havo kemasi bortida suyuqlik boʻlgan idishning qopqogʻini chiqarish yoki ochish qatʼiy man etilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Xizmat maqsadlarida spirt tashuvchi shaxslarga uni zich yopilgan holda va plomba raqami koʻrsatilgan korxona (tashkilot) maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanadigan plombalangan metall idishlarda tashish ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Gazli yondirgichlar va yondirgichlar uchun gaz ballonchalari (bir yoʻlovchiga koʻpi bilan 2 balloncha).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.5. Buklama (fiksatorsiz) yoʻl pichoqlari va qalamtaroshlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.6. Tibbiy termometrlar (daraja oʻlchovchi) (bir yoʻlovchiga bittadan ortiq emas).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.7. Standart gʻiloflardagi simob tonometrlari (bir yoʻlovchiga bittadan ortiq emas).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.8. Joʻnatuvchining plombasi ostida maxsus zich; yopilgan konteynerlarga joylangan simob barometrlari va manometrlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.9. Xavfli moddalar va buyumlarni tashish qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar, bu aviabilet, qoʻlda olib yuriladigan yukni va bagajni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtidan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tashish taqiqlangan moddalar va buyumlarni olib qoʻyish tartibi, saqlash, sotish yoki yoʻq qilish muddatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Yoʻlovchida yoki qoʻlda olib yuriladigan yukda (bagajda) tekshirib chiqish chogʻida havo transportida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar topilsa, ular olib qoʻyiladi. Olib qoʻyilgan har bir holat dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnomani rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun tekshirib chiqish guruhning rahbari javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Erkin sotuvda boʻlgan, biroq fuqaro havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va buyumlar (gazli ballonlar, yonib ketish xavfi boʻlgan laklar, boʻyoqlar, buyumlar va h. k.) kuzatuvchilarga beriladi yoki dalolatnoma boʻyicha saqlashga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olib qoʻyilgan moddalar va buyumlarni saqlash uchun aeroportlarda (shahar aerovokzallarida) maxsus binolar yoki temir shkaflar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar koʻrsatilgan moddalar va buyumlar ikki oy mobaynida ularning egalari yoki ular topshirigʻiga binoan boshqa shaxslar tomonidan (shartlashuvga koʻra) talab qilib olinmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi MXX xoʻjalik xizmatlariga dalolatnoma boʻyicha texnik maqsadlarda foydalanish uchun beriladi yoki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Tekshirib chiqish chogʻida tayyorlash, olib yurish yoki saqlash uchun jinoiy yoki maʼmuriy javobgarlik koʻzda tutilgan moddalar va buyumlar (portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, oʻqotar qirqma qurollar, narkotik, zaharli, zaharlovchi moddalar va h. k.) topilgan yoʻlovchi qatnovdan olinadi va materiallar (dalolatnoma va olib qoʻyilgan moddalar va buyumlar) bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi MXX yoki ichki ishlar organlariga uni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.4. Tekshirib chiqish chogʻida yoʻlovchilardan olib qoʻyilgan portlovchi moddalar, ulardan yasalgan turli buyumlar, portlatish vositalari, oʻq otar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi paketlar, signal va yoritish raketalari, zaharli, zaharlovchi, radioaktiv va narkotik moddalar va shu kabilar Oʻzbekiston Respublikasi MXX Moddiy-texnika va xoʻjalik taʼminoti bosh boshqarmasiga topshiriladi. Portlash xavfi boʻlgan, zaharli, zaharlovchi va radoaktiv moddalarga nisbatan qatʼiy ehtiyotkorlikka rioya etilishi lozim, ulardan yasalgan buyumlarni mustaqil boʻlaklarga ajratish yoki zararsizlantirish qatʼiy man etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi MXX organi rahbari (navbatchi) yoʻlovchilardan yuqorida sanab oʻtilgan xavfli moddalar yoki buyumlar olib qoʻyilgan hollarda zudlik bilan tegishli mutaxassisni chaqiradi, u ularni saqlash mumkinligi, yoʻqotish zarurligi yoki boshqa tashkilotlarga yuborilishi toʻgʻrisida xulosa beradi. Portlatuvchi qurilmalar aviakorxona tomonidan maxsus ajratilgan xavfsiz zonada saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.5. Xalqaro qatnovlarning yoʻlovchilarini tekshirib chiqishda topilgan ekipaj va yoʻlovchilar ustidan zoʻravonlik va qoʻrqitish vositasi sifatida fondalanilishi mumkin boʻlgan, biroq xalqaro havo yoʻllari va bojxona organlari qoidalari bilan tashishga ruxsat etilgan moddalar va buyumlar tashishga qabul qilinadi va moʻljallangan aeroportga borilgach, ularni egalariga topshirish uchun ekipajga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.6. Havo kemalari tomonidan samolyotga chiqish vaqtida kelmagan yoʻlovchilarning bagajlari va qoʻlda olib yuriladigan yukini tashish qatʼiy man etiladi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda aviakorxonalarning mansabdor shaxslari yoʻlovchilarning uchib ketish va ularning havo kemasiga chiqishini rasmiylashtirishning namunaviy texnologiyasiga amal qiladilar.