10.03.2006 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2006 yildagi 42-son
Date of entry into force
10.03.2006
Hujjat 10.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA UZUMCHILIK SOHASIDA AGROSANOAT FIRMALARI TASHKIL ETISH VA ULARNING FAOLIYATINI YOʻLGA QOʻYISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish uchun zarur normativ bazani yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrofirmalar, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari hamda qayta ishlash korxonalari oʻrtasida tuziladigan shartnomalarning tavsiya etiladigan shakllarini ishlab chiqsinlar va joylarga yetkazsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 10-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42-son

Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 10-martdagi 42-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoniga muvofiq meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari (keyingi oʻrinlarda Agrofirma deb yuritiladi) tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agrofirma fermer xoʻjaliklari va aholi tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash hamda sotish asosiy faoliyati boʻlgan yuridik shaxs hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Agrofirmaning muassislari boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari va uzum, shuningdek boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barqaror xoʻjalik aloqalariga va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash korxonalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy investorlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirmalarda qatnashishi qonunda taqiqlanmagan boshqa shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Agrofirmani taʼsis etishda uning qatnashchilari oʻz mustaqilligini saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agrofirmalar uning qatnashchilari tomonidan ixtiyoriy tartibda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agrofirmalar tijorat tashkilotlari hisoblanadi va qonunda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Agrofirmalar ular Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirmalarni taʼsis etishda muassislar tegishli tashkiliy-huquqiy shakldagi subyektlarni tashkil etish uchun belgilangan qonun hujjatlari talablarini bajarishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Agrofirmalar tarkibida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, tashish, tayyorlash, ularning marketingini olib borish va boshqalar boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari Agrofirmalarning qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agrosanoat firmalarini shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirmalar fermer xoʻjaliklari tomonidan ixtiyoriy asosda tashkil etiladi, bunda muassislar tarkibiga, fermerlar bilan bir qatorda, barqaror xoʻjalik aloqalariga va ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyalariga ega boʻlgan, shuningdek yaqin atrofdagi hududda joylashgan meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari kirishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirmalar istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda, shu jumladan xorijiy investor bilan qoʻshma korxonalar shaklida tashkil etilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklarining Agrofirmalar tarkibiga kiruvchi qayta ishlaydigan va boshqa korxonalar bilan oʻzaro munosabatlari tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu shartnomalarda tomonlarning huquq va majburiyatlari tartibga solinadi, shu jumladan yetkazib beriladigan mahsulotning kamida 30 foizi avans bilan taʼminlanishi hamda keyinchalik mahsulotlarning kafolatli ravishda xarid qilinishi belgilab qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaliklari — Agrofirmalar taʼsischilari shartnomadagidan ortiqcha yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini oʻz xohishiga koʻra ichki bozorda sotadi va eksport qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Agrofirmalarning maqsadi va asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Agrofirma asosan qishloq joylarda, uning qatnashchilari saʼy-harakatlarini, ularning moddiy va moliyaviy resurslarini birlashtirish asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar Agrofirmalarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash hamda ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
marketing tadqiqotlari oʻtkazish, meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishning maqbul hajmlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqilona texnologiya va kooperatsiya aloqalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eksport potensialini koʻpaytirish va investitsiyalar jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholini ish bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Agrofirmaning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agrofirma quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish va amalga oshirish, shu jumladan meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni qayta ishlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilgan mahsulotlarni sotish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan budjet tashkilotlari bilan xoʻjalik shartnomalari tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotni sotib olish yuzasidan fermer va dehqon xoʻjaliklari bilan fyuchers kontraktlari tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetishtirilayotgan mahsulotga va bajarilayotgan ishlar (koʻrsatilayotgan xizmatlar)ga mustaqil narx belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan daromad (foyda)ni, shuningdek oʻziga xizmat koʻrsatuvchi banklarning hisob raqamlaridagi pul mablagʻlarini oʻz xohishiga koʻra belgilangan tartibda tasarruf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki, pul mablagʻlarini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takroriy ishlab chiqarishga yoʻnaltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilib sudga murojaat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agrofirma:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilgan shartnomalar shartlarini bajarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliqlar va majburiy toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlashga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agrofirma qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Agrofirmaning mol-mulki
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Agrofirmaning mol-mulki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassislar tomonidan uning ustav fondiga ulush shaklida qoʻshilgan mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni sotish, ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish)dan, shuningdek faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirishdan olingan daromad (foyda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatli qogʻozlardan olingan daromad;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz, xayriya va boshqa ehsonlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda sotib olingan texnologiya asbob-uskunalari, binolar, transport vositalari, pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlar, intellektual mulk obyektlari hamda boshqa mol-mulk;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jalb etilgan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Meva-sabzavot mahsulotlari va uzumni sotib olish va qayta ishlash Agrofirma tomonidan oʻz mablagʻlari va jalb etiladigan resurslar hisobiga amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Agrofirma tomonidan koʻrilgan zararlar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mol-mulk hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Mehnat bilan bogʻliq huquqiy munosabatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Agrofirma xodimlari ishga belgilangan tartibda mehnat shartnomasiga muvofiq qabul qilinadi. Vazifalar bajarilishini taʼminlash uchun shaxslar Agrofirma tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Xodimlar mehnatiga haq toʻlash tartibi va shakli qonun hujjatlariga muvofiq agrofirma tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Hisob va hisobot
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Agrofirma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika hisobotini va boshqa hisobotni yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Agrofirmaning moliyaviy, statistik va boshqa hisoboti davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Soliq solishga doir imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF–3709-son Farmoniga muvofiq yangidan tashkil etiladigan agrosanoat firmalari daromad (foyda) soligʻi, yer soligʻi, mulk soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (importga qoʻshilgan qiymat soligʻi bundan mustasno), yagona soliq toʻlovi toʻlashdan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 3 yil muddatga ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, koʻchatlar ekish hamda bogʻ va uzumzorlarni kengaytirish boʻyicha ishlab chiqarishni rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Agrofirmani qayta tashkil etish va tugatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Agrofirmani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 84-modda; 2009-y., 10-11-son, 115-modda, 15-son, 190-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)