O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRINING
BUYRug‘I
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JISMONIY TARBIYA-SOG‘LOMLAShTIRISh VA SPORT INShOOTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 6-martda 1550-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 26-oktabrdagi 12-mh-sonli “O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1550-4, 11.11.2020-y.) asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
1. “O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida”gi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiritilsin.
3. Mazkur Nizom kuchga kiritilgach, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hay’atining 2003-yil 27-sentabrdagi 12/7-son “Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (2003-yil 28-noyabr, ro‘yxat raqami 1286) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Madaniyat va sport ishlari vaziri A. AZIZXO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 10-fevral,
84-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 10-son, 78-modda, 2007-y., 12-son, 113-modda; 2009-y., 39-son, 427-modda; 2012-y., 38-son, 442-modda)