Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013 21.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1548
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1548
Date of entry into force
03.03.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013
Hujjat 03.03.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-fevralda 1548-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 273-V-5, 97-sonli “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1548-5, 19.11.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-sonli “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagi qarorlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining “Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom” (yangi tahriri)ni (2001-yil 3-oktabr, roʻyxat raqami 1074 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 19-son) tasdiqlash toʻgʻrisidagi 2001-yil 14-sentabrdagi 203-V, 108-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizom”(yangi tahrirda)ga oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi (2003-yil 25-sentabr, roʻyxat raqami 1074-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) 2003-yil 12-sentabrdagi 203-V-1, 108-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va oʻrta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga qoʻshimcha va oʻzgartirishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi (2004-yil 7-aprel, roʻyxat raqami 1074-2 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 14-son, 175-modda) 2004-yil 24-yanvardagi 203-V-2, 24-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamgʻarmalarining kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirishni tasdiqlash toʻgʻrisidagi (2004-yil 13-dekabr, roʻyxat raqami 1074-3 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 50-son, 503-modda) 2004-yil 29-noyabrdagi 203-V-3, 128-sonli qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi va
Moliya vazirligi tomonidan
2005-yil 31-dekabrdagi 273-V,
111-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamgʻarmalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-sonli “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda Tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirma — band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni ishlab chiqarish tarmoqlarida yigirma kishidan; xizmatlar koʻrsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida oʻn kishidan; ulgurji va chakana hamda savdo umumiy ovqatlanish tarmoqlarida besh kishidan oshmaydigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik korxona — band boʻlgan xodimlarining oʻrtacha yillik soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil va oziq-ovqat sanoatida, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yogʻochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida yuz kishidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilgʻi-energetika va kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida ellik kishidan; fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, transport, aloqa, xizmat koʻrsatish sohalari (sugʻurta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida yigirma besh kishidan oshmaydigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xoʻjaligi — oila aʼzolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshligʻiga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xoʻjaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xoʻjaligi — yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan, ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamgʻarmalar — Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda sobiq “Biznes Fond”ga qarashli kredit liniyalarini AT “Tadbirkorbank”ga qaytarilishi natijasida shakllanadigan AT “Tadbirkorbank” (quyida — Tadbirkorbank) imtiyozli kredit resurslari;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamgʻarma kredit liniyasi — budjetdan tashqari jamgʻarmalar hamda Tadbirkorbank tomonidan kichik biznes subyektlarini maqsadli asosda kreditlash uchun tijorat banklariga, ularning balansida uning summasini aks ettirgan holda, ajratiladigan mablagʻlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi oʻzgargan taqdirda budjetdan tashqari jamgʻarmalar, shu jumladan, Tadbirkorbankning kredit liniyasi uchun hisoblanadigan foiz miqdori hamda kichik biznes subyektlariga berilgan mikrokreditlar va lizing xizmati uchun hisoblanadigan foiz stavkalari ham mos ravishda oʻzgaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur talab budjetdan tashqari jamgʻarmalar, shu jumladan Tadbirkorbank bilan tijorat banklari oʻrtasida tuziladigan kredit liniyasi ochish toʻgʻrisidagi kredit shartnomasida, shuningdek, tijorat banki va kichik biznes subyektlari oʻrtasida ushbu kredit liniyasi hisobidan kredit berish hamda lizing kompaniyalari va kichik biznes subyektlari oʻrtasida tuziladigan lizing shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo-vositachi korxonalar aylanma mablagʻlarini shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo obyektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil oʻyinlar koʻrinishidagi xizmatlarni koʻrsatish va ular uchun uskunalar sotib olishga, qimor oʻyinlarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, shu jumladan, xizmat avtomobillari taʼminotiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idora uchun mebel sotib olishga, uyali telefon, peyjer sotib olishga, aloqa xizmatlari uchun toʻlovga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarga dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berish va qaytarilishining shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablagʻlarini Tadbirkorbankga qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslari hamda Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi bankga buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablagʻlarni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mikrokreditlarni olishda xodimlarining 50 foizidan ortigʻini nogironlar, shu jumladan Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari tashkil etgan kichik biznes subyektlari ustuvorlikka ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qoʻshma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha boʻlgan miqdorda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar boʻyicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat oʻtgach undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) soligʻi hisoblash bazasiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tadbirkorbank kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan Tadbirkorbankning oʻz mijozlariga dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar uchun hisoblangan foizlar bankning ixtiyorida qoldiriladi va uning balansida oʻrnatilgan tartibda aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kichik biznes subyektlari tomonidan dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berishni soʻrab ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarga mazkur Nizomning 60-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Aksiyadorlik-tijorat Tadbirkorbankning kredit liniyalari hisobidan lizing kompaniyalariga lizingni amalga oshirish uchun kredit liniyalari ochish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tijorat banklari tomonidan sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablagʻlarini Tadbirkorbankga qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslarining bir qismi kichik biznes subyektlariga imtiyozli lizing xizmatlari koʻrsatish maqsadlarida foydalanish uchun lizing kompaniyalariga kredit liniyalarini ochishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan kichik biznes subyektlariga imtiyozli lizing xizmati koʻrsatiladi. Bunda lizing foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi, uning ½ qismi Tadbirkorbank marjasini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlariga faqat sanoat, qurilish, qishloq xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi sohasiga xizmat koʻrsatuvchi muqobil mashina-traktor parklariga texnika va uskunalarni lizing asosida yetkazib berish uchun imtiyozli lizing xizmati koʻrsatishda foydalanishlari mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizidan ortigʻini nogironlar, shu jumladan, Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari tashkil etuvchi kichik biznes subyektlari lizing xizmatini olishda ustuvorlikka ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kredit liniyalarini ochish uchun Tadbirkorbank bilan lizing kompaniyasi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari, imtiyozli foiz stavkasi miqdori, lizing kompaniyasi marjasi, Tadbirkorbank bilan lizing kompaniyasi oʻrtasidagi oʻzaro majburiyatlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tadbirkorbank bir yoki bir nechta lizing kompaniyasi bilan kredit liniyasini ochish toʻgʻrisida shartnoma tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tadbirkorbank bilan lizing kompaniyasi oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyasi summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan kredit liniyasi hisobiga lizing operatsiyalarini amalga oshirishga mablagʻlar ajratishning choraklar va viloyatlar boʻyicha taqsimoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing kompaniyasi marjasi chegirib tashlangan holdagi imtiyozli foiz stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyasi mablagʻlarini lizing kompaniyasi tomonidan maqsadli ishlatilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tadbirkorbank tomonidan lizing kompaniyalariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablagʻlarining hisobi kredit liniyasi muddatiga mos ravishda ochiladigan 15401 — “Bank boʻlmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tadbirkorbank tomonidan lizing kompaniyalariga kichik biznes subyektlariga lizing xizmati koʻrsatish maqsadida ochilgan kredit liniyalaridagi mablagʻlar hisobi lizing kompaniyalarining balansida qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Lizing xizmati koʻrsatish uchun ochilgan kredit liniyalari mablagʻlari uchun foizlar toʻlovi kredit liniyasiga mablagʻlar oʻtkazib berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va uning toʻlovi har oyda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyasi mablagʻlarining kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida foiz toʻlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun lizing xizmati koʻrsatilishi kredit liniyasi mablagʻlaridan maqsadsiz foydalanish deb baholanadi va u Tadbirkorbank va lizing kompaniyasi oʻrtasidagi kredit liniyasi ochish shartnomasida belgilangan choralarni koʻrish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Tadbirkorbank bilan lizing kompaniyalari oʻrtasida keyingi kredit liniyalari ochilganda yangi kredit liniyalarining summalari koʻrsatilgan holda qoʻshimcha kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin lizing kompaniyasi Tadbirkorbankga kredit liniyasi mablagʻlarini, toʻlanmagan foizlar qoldigʻini qoʻshib hisoblagan holda, lizing oluvchi tomonidan lizing toʻlovlarini haqiqatda qaytarilishidan qatʼi nazar, kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Lizing kompaniyalari Tadbirkorbank kredit liniyalarini oʻzlashtirishning ahvoli toʻgʻrisida har chorakda Tadbirkorbankga, lizing xizmati koʻrsatilgan kichik biznes subyektlari roʻyxatini ilova qilgan holda, axborot taqdim etadilar. Ushbu axborotlar maʼlumotlari boʻyicha har chorakda lizing kompaniyasi bilan Tadbirkorbank oʻrtasida mablagʻlarni ishlatishni solishtirish dalolatnomalari tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi kredit liniyalari hisobidan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oilaviy tadbirkorlik jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati boʻlib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan umumiy mol-mulk negizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinning va ularga koʻmaklashadigan oila aʼzolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oilaviy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda er-xotindan qaysisining nomiga roʻyxatga olingan boʻlsa, u oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ishni olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatiga olish vaqtida beriladigan guvohnomada yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi koʻrsatiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat roʻyxatiga olinganligi haqidagi Guvohnomada tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik shaklida yuritilishi toʻgʻrisida yozuv boʻlmagan hollarda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshligʻi roʻyxatga oluvchi organga ushbu guvohnomaning “Izohlar” grafasiga bu haqda belgi qoʻyish uchun murojaat qilishi mumkin. Ushbu belgini qoʻyish ariza asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mikrokredit olish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega boʻladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam taʼminlangan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida nogironlar, shu jumladan, Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar bilan ogʻrigan shaxslar boʻlgan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band boʻlmagan aʼzolari mavjud oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan oilalarga kiritish fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan oilalarni koʻzdan kechirish natijalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va mikrokredit olish uchun tijorat bankiga taqdim qilish uchun belgilangan tartibda maʼlumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar tijorat banklari tomonidan Bandlik jamgʻarmasi kredit liniyasi hisobidan beriladi. Tijorat banklarida kredit liniyasi ochish uchun bank va Bandlik jamgʻarmasi oʻrtasida Bosh kelishuv tuziladi, unda oʻzaro majburiyatlar va ochilayotgan kredit liniyasiga xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining kreditlanayotgan loyihalariga talablar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bandlik jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish, kredit resurslaridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash va toʻlash, kredit resurslarini qaytarish va ularning oʻzaro javobgarliklari ushbu Nizomning VI-VII-boʻlimlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Bandlik jamgʻarmasi tomonidan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun ajratilgan kredit resurslari Bandlik jamgʻarmasi kredit resurslari umumiy miqdorining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha boʻlgan miqdorini tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mikrokreditlarni qaytarish, 6 oylik imtiyozli davrni koʻzda tutgan holda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshligʻi va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Asosiy qarzni qaytarish va hisoblangan foizlarni toʻlash kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularga xizmat koʻrsatuvchi banklarga mikrokreditlar berishni soʻrab mazkur Nizomning 59-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kredit liniyalari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan kichik biznes subyektlariga berilishi mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizi va undan ortigʻini nogironlar, shu jumladan, Koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari tashkil etgan kichik biznes subyektlari, ushbu kredit liniyalari hisobidan mikrokredit olishda ustuvorlikka ega boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar kichik biznes subyektlariga ularning namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini moliyalashga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklariga 5000 AQSh dollari ekvivalentidan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga 10000 AQSh dollari ekvivalentidan koʻp boʻlgan miqdorda kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash bank marjasi qoʻshib hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan qatʼiy foizlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Budjetdan tashqari jamgʻarmalarning kredit liniyalari hisobidan beriladigan ushbu mikrokreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarning yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon va fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita ishlab chiqarish sohasi, yaʼni mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, turizm sohasini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan berilayotgan ushbu mikrokreditlar boʻyicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi oʻrnatilgan imtiyozli foiz stavkalari miqdorining oshishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari tomonidan mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar, imtiyozli davr belgilangan mikrokreditlarni istisno qilgan holda, ushbu kredit liniyalari ochilgan kundan boshlab hisoblanadi va undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli davr oʻrnatilib berilgan mikrokreditlar boʻyicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va imtiyozli davr tugaganidan keyin undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Dehqon va fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar, qoida tariqasida, 2 yildan kam boʻlmagan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish va ular boʻyicha imtiyozli davr belgilash shartlari budjetdan tashqari jamgʻarmalarning oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan nizomlarida belgilab qoʻyilgan qoidalardan kelib chiqqan holda, tijorat banki va budjetdan tashqari jamgʻarma oʻrtasida tuziladigan Bosh kelishuvda belgilab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Kichik biznes subyektlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan oʻz ishlab chiqarishini kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar berishni soʻrab, ularning tashkiliy huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, mazkur Nizomning 59 va 60-bandlarida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Kredit liniyasini ochish uchun budjetdan tashqari jamgʻarma, shu jumladan, Tadbirkorbank va Bosh bank oʻrtasida Bosh kelishuv tuziladi. Bosh kelishuvda budjetdan tashqari jamgʻarma va Bosh bank oʻrtasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat koʻrsatishning asosiy shartlari boʻyicha oʻzaro majburiyatlar, investitsiya loyihalarga boʻlgan asosiy talablar, investitsiya loyihalarning oʻz-oʻzini qoplash muddatlari bilan bogʻliq holda kreditlash muddatlari, imtiyozli davr berish shartlari, imtiyozli foiz stavkasi, bank marjasi, banklarning viloyat va tuman boʻlimlari tomonidan kreditlar berish borasida oʻrnatiladigan limit (chegara) lar va boshqa shartlar belgilab olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar bir yoki bir necha tijorat banklari bilan kredit liniyasini ochish toʻgʻrisida Bosh kelishuvlarni tuzishlari mumkin. Shuningdek, tijorat banklari ham bir necha budjetdan tashqari jamgʻarmalar bilan shunday kelishuvlarni tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar faqat Fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolariga hamda dehqon xoʻjaliklariga, boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan kreditlar esa barcha kichik biznes subyektlariga maʼlum muddatlilik, qaytarishlik va toʻlovlilik tamoyillari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Budjetdan tashqari jamgʻarma va bosh tijorat banki oʻrtasida Bosh kelishuv imzolanganidan keyin, ular oʻrtasida kredit liniyasi ochish toʻgʻrisida kredit shartnomasi tuziladi. Shuningdek, kredit liniyalari ochish uchun kredit shartnomalari tijorat banklarining viloyat boʻlimlari, agar ularga Bosh bank tomonidan ushbu vakolat berilgan boʻlsa, va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning viloyat boʻlinmalari oʻrtasida ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bosh bank bilan tuziladigan kredit liniyasi ochish toʻgʻrisidagi kredit shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yillik kredit liniyasining, unda dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar uchun ajratilgan qismini alohida koʻrsatgan holda hamda choraklar va viloyatlar boʻyicha boʻlingan holdagi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank marjasi chegirilgan imtiyozli foiz stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyalari mablagʻlari yoʻnaltiriladigan maqsadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Budjetdan tashqari jamgʻarma tomonidan tijorat bankiga kredit berish toʻgʻrisidagi kredit shartnomasida ushbu mablagʻlar bank tomonidan kichik biznes subyektlari investitsiya loyihalarini moliyalash (oilaviy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirish yoki boshqa) maqsadlariga kredit berishda kredit resurslari sifatida ishlatilishi alohida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin budjetdan tashqari jamgʻarma har oyning 15-sanasidan kechiktirmay kredit liniyasi summasini tijorat bankining vakillik hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlar 22005 — “Budjetdan tashqari jamgʻarmalardan olingan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Banklar ochilgan kredit liniyasi summasiga Bosh kelishuvda belgilab qoʻyilgan bank marjasi chegirilgan holdagi imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foizlar hisoblaydi. Mazkur hisoblangan foizlar alohida hisobvaraqda jamlanadi va kredit shartnomasida kelishib olingan muddatlarda budjetdan tashqari jamgʻarmaning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Keyingi kredit liniyalarini ochish uchun budjetdan tashqari jamgʻarma va tijorat banki oʻrtasida kredit shartnomasiga yangi kredit liniyalari summasi koʻrsatilgan qoʻshimcha kelishuv imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin Bosh bank budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlarini ularni qarzdorlar tomonidan amalda qaytarilishidan qatʼiy nazar, hisoblangan foizlarini qoʻshgan holda, budjetdan tashqari jamgʻarmaning bank hisobvaragʻiga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan kredit liniyasi ochish uchun berilgan mablagʻlar, agar u mazkur kredit boʻyicha kafil sifatida ishtirok etgan boʻlsa, bank qarzdorlar tomonidan ushbu kreditning qaytarilmagan qismiga teng miqdorini chegirib tashlagan holda, mazkur mablagʻlarni uning bank hisobvaragʻiga qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Budjetdan tashqari jamgʻarma uning kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan mikrokreditlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish maqsadida tijorat bankining oʻzida kredit yigʻma jildlarini oʻrganish hamda tijorat bankining vakili bilan birgalikda, joylarga chiqqan holda tekshirish huquqiga ega. Ushbu tekshirishlar natijasida berilgan kreditlardan maqsadli foydalanilmayotganligi aniqlangan holda, budjetdan tashqari jamgʻarma tijorat bankidan kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarishini talab qilishga haqli. Tijorat banki budjetdan tashqari jamgʻarmaning ushbu talabini bank va budjetdan tashqari jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida bajarishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Tijorat banklari budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalarini oʻzlashtirish holati toʻgʻrisida har chorakda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga va har oyda Markaziy bankga, ushbu kreditlarni olgan kichik biznes subyektlari reyestrini ilova qilgan holda, hisobot taqdim etadilar. Ushbu hisobotlardagi maʼlumotlar asosida har chorakda bank va budjetdan tashqari jamgʻarma oʻrtasida mablagʻlarning ishlatilishi haqida oʻzaro solishtiruv dalolatnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kredit berish toʻgʻrisidagi kichik biznes subyektlarining buyurtmalarini tijorat banklari tomonidan koʻrib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Kichik biznes subyektlari budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kredit olish uchun oʻzlariga xizmat koʻrsatuvchi bankga murojaat qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar olish haqidagi buyurtmada budjetdan tashqari jamgʻarma nomi va soʻralayotgan kredit summasi koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari tomonidan mikrokreditlar olish uchun bankga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit olish uchun kredit buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimi tahlili majburiy tarzda koʻrsatilgan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditning qaytarilish taʼminoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan mikrokreditlar olish uchun bankga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit olish uchun kredit buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimi tahlili majburiy tarzda koʻrsatilgan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi hisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzi haqidagi maʼlumotnoma (2a-shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), dehqon xoʻjaliklari ushbu hisobotlarni taqdim etmaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditning qaytarilish taʼminoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan taʼminotga ega boʻlishi kerak. Qarz oluvchi bankga quyidagi taʼminot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk yoki qimmatli qogʻozlar garovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank yoki sugʻurta tashkiloti kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxsning kafilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sugʻurta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sugʻurta qilingani toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit boʻyicha garov predmeti boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻinlari kengashining kafilligi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokredit boʻyicha taʼminot boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mahalla, qishloq, ovul fuqarolar yigʻinlari kengashi kafillik shartnomasiga muvofiq, qarz oluvchining majburiyatlari boʻyicha oʻz mulki bilan javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Banklar oʻzlari bilan doimiy aloqaga ega boʻlgan, bank hisobvaragʻida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obroʻ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, mazkur Nizomning 60-bandida koʻrsatilgan taʼminotni talab qilmay, blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga egadirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Kafillik bank-benefitsiar va kafil oʻrtasida tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Kredit shartnomasi tuzilganidan soʻng kredit boʻlimi xodimi, muddati va foiz stavkasini koʻrsatgan holda, ssuda hisobvaragʻini ochish toʻgʻrisida bank buxgalteriyasiga koʻrsatma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Mikrokredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Kichik biznes subyektlarining Dehqon va fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi kredit liniyalari hisobidan kredit olish toʻgʻrisidagi kredit buyurtmalarini koʻrib chiqishda, kreditni qaytarishning taʼminoti sifatida, Markaziy bankning normativ huquqiy hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa taʼminot shakllari bilan bir qatorda, mazkur jamgʻarma kafilligi ham qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Kredit soʻrab, mazkur Nizomning 59 va 60-bandlarida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda, berilgan kredit buyurtmasi bankga kelib tushgan kundan boshlab, ushbu arizani bank tomonidan koʻrib chiqib, rozilik bildirishi yoki yozma ravishda asoslantirilgan rad javobini berish muddati quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan dehqon xoʻjaliklarining hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xoʻjaliklarining dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berish borasidagi kredit buyurtmasini koʻrib chiqish muddati 5 ish kunidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mikrokreditlarni berish toʻgʻrisidagi kredit buyurtmalarni koʻrib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Tijorat banki filiali kredit qoʻmitasining qarori uzil-kesil boʻlib budjetdan tashqari jamgʻarma kredit liniyasi hisobidan kreditlar berishni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjetdan tashqari jamgʻarmalar tomonidan kichik biznes subyektlarini ularga murojaat qilishini talab qilishi, shuningdek, tijorat banklaridan mazkur kreditlarni ajratishga doir qarorlar va shu masala bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni talab qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Tijorat banki kredit qoʻmitasi tomonidan kichik biznes subyektining investitsiya loyihasi maʼqullanganidan keyin budjetdan tashqari jamgʻarmaning kredit liniyasida mablagʻ mavjud boʻlmasa, bank boʻlimi shu kunning oʻzida Bosh bankga yoki ushbu bankning viloyat boʻlimiga mazkur kredit liniyasi boʻyicha qoʻshimcha mablagʻlar ajratish haqidagi buyurtmani yoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boʻlimining buyurtmasi asosida Bosh bank yoki uning viloyat boʻlimi buyurtma olingan kunning ertasidan kechiktirmay tegishli budjetdan tashqari jamgʻarma kredit liniyasi hisobidan talab qilinayotgan summani ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar budjetdan tashqari jamgʻarmaning Bosh tijorat bankida ochilgan kredit liniyasida mablagʻlar mavjud boʻlmasa, Bosh bank shu kunning oʻzidayoq bu haqda bank boʻlimiga xabar beradi va bir vaqtning oʻzida, budjetdan tashqari jamgʻarmaga qoʻshimcha mablagʻlar ajratish haqidagi talabnomani joʻnatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Tijorat banki filiali budjetdan tashqari jamgʻarmaning kredit liniyasida mablagʻlar vaqtinchalik mavjud emasligi haqidagi xabarni olganidan keyin, ushbu xabar olingan kunning ertasidan kechiktirmay, qarz oluvchini bu haqda xabardor qiladi. Ayni vaqtda, bank filialining kredit qoʻmitasi tomonidan investitsiya loyihalari maʼqullangan barcha qarz oluvchilarning nomi, ularning kredit buyurtmalarini bank filiali kredit qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan sanasidan kelib chiqqan holda, kalendar navbati asosida kiritilgan roʻyxat tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boʻlimi tomonidan kredit olish uchun navbatda turganlar roʻyxati har bir budjetdan tashqari jamgʻarma boʻyicha alohida tuziladi va operatsiyalar zali (front ofis)ning koʻrinadigan joyiga barchaning tanishishi uchun osib qoʻyiladi. Ushbu roʻyxatning bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan nusxalari tijorat bankining viloyat boʻlimiga va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga nazorat olib borish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamgʻarmaning kredit liniyasiga mablagʻ kelib tushganidan keyin, shu kredit liniyasi hisobidan kreditlar berish qatʼiy ravishda tuzilgan roʻyxat asosida, mazkur kredit liniyasi hisobidan kreditlar olish uchun berilgan arizalarning sanasiga muvofiq, kalendar navbati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Qarzdorlar investitsiya loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanganligiga, taqdim etilayotgan maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga, loyihalarni amalga oshirish parametrlari texnik-iqtisodiy asoslanishlariga muvofiq va biznes-rejadan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi borasida amaldagi qonunchilikda belgilangan tarzda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Mikrokreditlarni berish, hisobini yuritish va ulardan foydalanish monitoringini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Mikrokreditlar mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan banklar tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokreditlar alohida ssuda hisobvaragʻini ochish va ushbu hisobvaraqdan qarzdorning toʻlov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda toʻlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklariga 5000 AQSh dollari ekvivalenti miqdorida beriladigan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda dastlabki (boshlangʻich) sarmoyani shakllantirishga ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga berishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan dehqon xoʻjaliklari va fermer xoʻjaliklariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va rivojlantirish uchun 10000 AQSh dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutada ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, koʻchat, urugʻlik va em-xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi. Bunda sanoat yoʻli bilan qayta ishlash asosida tayyorlangan chorva ozuqalarini sotib olish uchun mikrokredit hisobidan naqd pul berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pul bilan berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning naqd pulda berilgan qismiga hisoblangan foizlar toʻlovi majburiy ravishda faqat naqd pulda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokreditlar bank balansida 15000 – “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Alohida ssuda hisobvaraqlari boʻyicha tegishli bank xodimining koʻrsatmasiga koʻra berilgan mikrokreditlarga muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular toʻla qaytarilgunga qadar 91905 – “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizing boʻyicha majburiyatlari” nomli koʻzda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻida kreditni qaytarish uchun mablagʻlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur kredit muddati oʻtgan ssudalar hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, ular boʻyicha muddatli majburiyatnomalar toʻlovi esa, 2-son kartoteka orqali kalendar navbatida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Tadbirkorbank tomonidan tijorat banklariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablagʻlarning hisobi Tadbirkorbankda 14500 — “Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan Tadbirkorbank kredit liniyalaridagi mablagʻlar hisobini 22006 — “Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvaragʻida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tijorat banklari Tadbirkorbank kredit liniyalarini oʻzlashtirishning ahvoli toʻgʻrisida har chorakda Tadbirkorbankga, ushbu kreditlarni olgan kichik biznes subyektlari roʻyxatini ilova qilgan holda, axborot taqdim etadilar. Ushbu axborotlar maʼlumotlari boʻyicha har chorakda tijorat banki bilan Tadbirkorbank oʻrtasida mablagʻlarni ishlatishni solishtirish dalolatnomalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tijorat banki kredit liniyalaridagi mablagʻlarning kichik biznes subyektlarini kredit shartnomasida belgilab olingan shartlar asosida kreditlash uchun ishlatilmay qolgan qismiga budjetdan tashqari jamgʻarmalarga va Tadbirkorbankga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda foiz toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring oʻrnatadilar. Doimiy monitoring qarzdorning investitsiya loyihasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirilishiga har tomonlama koʻmaklashishga qaratilgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Monitoring jarayonida mijozning xoʻjalik-moliyaviy faoliyati, uning tomonidan tuzilgan shartnoma (buyurtma)lar asosida mahsulot yetkazib berish majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yoʻqotishlar, muomala xarajatlari, foyda, oʻzining mavjud aylanma mablagʻlari dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati, aylanma mablagʻlarning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarzdorning kreditga qobiliyatliligining doimiy monitoringini amalga oshiradi va uni qarzdor uchun ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankga berilgan garovning holati va berilgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilayotganligi joyiga chiqib tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan holda, bank qarzdorni bundan keyin kreditlashni rad etishga, qarzdordan kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olishga va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga va muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Qarzdor tomonidan olingan kredit boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismi asosida, mustaqil ravishda sudga murojaat qilmasdan, garov mulkini tasarruf qilish huquqiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Qarzdor kredit boʻyicha qarzi va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasi shartlari asosida toʻlashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan holda, bank ushbu mikrokreditni qonun hujjatlarida belgilangan tartib undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Qarz oluvchining taʼminoti mikrokredit boʻyicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo va sanoat palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi fermer xoʻjaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi v.b. N. QOSIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 60-modda; 31-32-son, 326-modda; 2007-y., 45-son, 461-modda; 2009-y., 1-2-son, 8-modda, 52-son, 585-modda)