Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013 21.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1548
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.02.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1548
Date of entry into force
03.03.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.11.2013
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-fevralda 1548-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2013-yil 14-oktabrdagi 273-V-5, 97-sonli “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1548-5, 19.11.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-sonli “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ilova qilinayotgan “Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagi qarorlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining “Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom” (yangi tahriri)ni (2001-yil 3-oktabr, ro‘yxat raqami 1074 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-yil, 19-son) tasdiqlash to‘g‘risidagi 2001-yil 14-sentabrdagi 203-V, 108-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi to‘g‘risida nizom”(yangi tahrirda)ga o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi (2003-yil 25-sentabr, ro‘yxat raqami 1074-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 17-18-son) 2003-yil 12-sentabrdagi 203-V-1, 108-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi (2004-yil 7-aprel, ro‘yxat raqami 1074-2 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 175-modda) 2004-yil 24-yanvardagi 203-V-2, 24-sonli qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamg‘armalarining kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga o‘zgartirishni tasdiqlash to‘g‘risidagi (2004-yil 13-dekabr, ro‘yxat raqami 1074-3 — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 50-son, 503-modda) 2004-yil 29-noyabrdagi 203-V-3, 128-sonli qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
273-V-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi va
Moliya vazirligi tomonidan
2005-yil 31-dekabrdagi 273-V,
111-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida
(nizomning nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-sonli “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2003-yil 23-dekabrdagi PF-3367-sonli “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlarini budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda Mikrokreditbankning kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrofirma — band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ishlab chiqarish tarmoqlarida yigirma kishidan; xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida o‘n kishidan; ulgurji va chakana hamda savdo umumiy ovqatlanish tarmoqlarida besh kishidan oshmaydigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik korxona — band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yengil va oziq-ovqat sanoatida, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatida yuz kishidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalarida ellik kishidan; fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida yigirma besh kishidan oshmaydigan korxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon xo‘jaligi — oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan, yuridik shaxsni tashkil etgan va tashkil etmagan holda faoliyat yuritadigan oilaviy mayda tovar xo‘jaligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fermer xo‘jaligi — yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamg‘armalar — Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi hamda sobiq “Biznes Fond”ga qarashli kredit liniyalarini AT “Mikrokreditbank”ga qaytarilishi natijasida shakllanadigan AT “Mikrokreditbank” (quyida — Mikrokreditbank) imtiyozli kredit resurslari.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2009-yil 21-noyabrdagi 33/2 va 112-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-4, 30.12.2009-y.) tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 585-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
budjetdan tashqari jamg‘arma kredit liniyasi — budjetdan tashqari jamg‘armalar hamda Mikrokreditbank tomonidan kichik biznes subyektlarini maqsadli asosda kreditlash uchun tijorat banklariga, ularning balansida uning summasini aks ettirgan holda, ajratiladigan mablag‘lar.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi o‘zgargan taqdirda budjetdan tashqari jamg‘armalar, shu jumladan, Mikrokreditbankning kredit liniyasi uchun hisoblanadigan foiz miqdori hamda kichik biznes subyektlariga berilgan mikrokreditlar va lizing xizmati uchun hisoblanadigan foiz stavkalari ham mos ravishda o‘zgaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur talab budjetdan tashqari jamg‘armalar, shu jumladan Mikrokreditbank bilan tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan kredit liniyasi ochish to‘g‘risidagi kredit shartnomasida, shuningdek, tijorat banki va kichik biznes subyektlari o‘rtasida ushbu kredit liniyasi hisobidan kredit berish hamda lizing kompaniyalari va kichik biznes subyektlari o‘rtasida tuziladigan lizing shartnomasida belgilab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin emas:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tamaki va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo-vositachi korxonalar aylanma mablag‘larini shakllantirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo obyektlarini qurishni moliyalashga, aholiga har xil o‘yinlar ko‘rinishidagi xizmatlarni ko‘rsatish va ular uchun uskunalar sotib olishga, qimor o‘yinlarini tashkil etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, shu jumladan, xizmat avtomobillari ta’minotiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idora uchun mebel sotib olishga, uyali telefon, peyjer sotib olishga, aloqa xizmatlari uchun to‘lovga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlarga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berish va qaytarilishining shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablag‘larini Mikrokreditbankga qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslari hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar faqat yangidan ochilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan 6 oydan oshmagan davr mobaynida kredit olish uchun tegishli xizmat ko‘rsatuvchi bankga buyurtma bergan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag‘larni shakllantirishga, investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, asbob-uskunalar sotib olish uchun beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu mikrokreditlarni olishda xodimlarining 50 foizidan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etgan kichik biznes subyektlari ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar ustav kapitali shakllangandan keyin tashkil etilishlari munosabati bilan ularga ushbu mikrokreditlar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari va mikrofirmalarga eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha miqdorda hamda kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklariga eng kam oylik ish haqining 300 baravarigacha bo‘lgan miqdorda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kreditlar qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish uchun berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ushbu kreditlar berilgan kundan boshlab hisoblanadi va 12 oy muddat o‘tgach undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur mikrokreditlar uchun hisoblangan foizlar dastlabki 12 oy davomida tijorat banklari daromad (foyda) solig‘i hisoblash bazasiga kiritilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mikrokreditbank kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan Mikrokreditbankning o‘z mijozlariga dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga berilgan kreditlar uchun hisoblangan foizlar bankning ixtiyorida qoldiriladi va uning balansida o‘rnatilgan tartibda aks ettiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Kichik biznes subyektlari tomonidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berishni so‘rab ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga mazkur Nizomning 60-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Aksiyadorlik-tijorat Mikrokreditbankning kredit liniyalari hisobidan lizing kompaniyalariga lizingni amalga oshirish uchun kredit liniyalari ochish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tijorat banklari tomonidan sobiq “Biznes-Fond”ga tegishli kredit liniyalari mablag‘larini Mikrokreditbankga qaytarilishi natijasida shakllanadigan imtiyozli kredit resurslarining bir qismi kichik biznes subyektlariga imtiyozli lizing xizmatlari ko‘rsatish maqsadlarida foydalanish uchun lizing kompaniyalariga kredit liniyalarini ochishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan kichik biznes subyektlariga imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatiladi. Bunda lizing foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi, uning ½ qismi Mikrokreditbank marjasini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Lizing kompaniyalari Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlariga faqat sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi muqobil mashina-traktor parklariga texnika va uskunalarni lizing asosida yetkazib berish uchun imtiyozli lizing xizmati ko‘rsatishda foydalanishlari mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizidan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etuvchi kichik biznes subyektlari lizing xizmatini olishda ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kredit liniyalarini ochish uchun Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari, imtiyozli foiz stavkasi miqdori, lizing kompaniyasi marjasi, Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasidagi o‘zaro majburiyatlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mikrokreditbank bir yoki bir nechta lizing kompaniyasi bilan kredit liniyasini ochish to‘g‘risida shartnoma tuzish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyasi o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida quyidagi shartlar belgilanishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyasi summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan kredit liniyasi hisobiga lizing operatsiyalarini amalga oshirishga mablag‘lar ajratishning choraklar va viloyatlar bo‘yicha taqsimoti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lizing kompaniyasi marjasi chegirib tashlangan holdagi imtiyozli foiz stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyasi mablag‘larini lizing kompaniyasi tomonidan maqsadli ishlatilishi ustidan monitoringni amalga oshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Mikrokreditbank tomonidan lizing kompaniyalariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larining hisobi kredit liniyasi muddatiga mos ravishda ochiladigan 15401 — “Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga beriladigan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘ida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mikrokreditbank tomonidan lizing kompaniyalariga kichik biznes subyektlariga lizing xizmati ko‘rsatish maqsadida ochilgan kredit liniyalaridagi mablag‘lar hisobi lizing kompaniyalarining balansida qonunchilikda belgilangan tartibda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Lizing xizmati ko‘rsatish uchun ochilgan kredit liniyalari mablag‘lari uchun foizlar to‘lovi kredit liniyasiga mablag‘lar o‘tkazib berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi va uning to‘lovi har oyda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Lizing kompaniyalari Mikrokreditbank kredit liniyasi mablag‘larining kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda ishlatilmagan qismiga kredit shartnomasi shartlariga muvofiq Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida foiz to‘laydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning 13-bandida ko‘rsatilgan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlar uchun lizing xizmati ko‘rsatilishi kredit liniyasi mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish deb baholanadi va u Mikrokreditbank va lizing kompaniyasi o‘rtasidagi kredit liniyasi ochish shartnomasida belgilangan choralarni ko‘rish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mikrokreditbank bilan lizing kompaniyalari o‘rtasida keyingi kredit liniyalari ochilganda yangi kredit liniyalarining summalari ko‘rsatilgan holda qo‘shimcha kredit shartnomasi rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin lizing kompaniyasi Mikrokreditbankga kredit liniyasi mablag‘larini, to‘lanmagan foizlar qoldig‘ini qo‘shib hisoblagan holda, lizing oluvchi tomonidan lizing to‘lovlarini haqiqatda qaytarilishidan qat’i nazar, kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Lizing kompaniyalari Mikrokreditbank kredit liniyalarini o‘zlashtirishning ahvoli to‘g‘risida har chorakda Mikrokreditbankga, lizing xizmati ko‘rsatilgan kichik biznes subyektlari ro‘yxatini ilova qilgan holda, axborot taqdim etadilar. Ushbu axborotlar ma’lumotlari bo‘yicha har chorakda lizing kompaniyasi bilan Mikrokreditbank o‘rtasida mablag‘larni ishlatishni solishtirish dalolatnomalari tuziladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Oilaviy tadbirkorlik jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyati bo‘lib, er-xotin tomonidan ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan umumiy mol-mulk negizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinning va ularga ko‘maklashadigan oila a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Oilaviy tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda er-xotindan qaysisining nomiga ro‘yxatga olingan bo‘lsa, u oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ishni olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatiga olish vaqtida beriladigan guvohnomada yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatiga olinganligi haqidagi Guvohnomada tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik shaklida yuritilishi to‘g‘risida yozuv bo‘lmagan hollarda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshlig‘i ro‘yxatga oluvchi organga ushbu guvohnomaning “Izohlar” grafasiga bu haqda belgi qo‘yish uchun murojaat qilishi mumkin. Ushbu belgini qo‘yish ariza asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Mikrokredit olish uchun aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kam ta’minlangan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida nogironlar, shu jumladan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan shaxslar bo‘lgan oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a’zolari mavjud oilalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boquvchisini yo‘qotgan oilalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh oilalar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-noyabrdagi 273-V-3, 108-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan (ro‘yxat raqami 1548-3, 05.01.2009-y.) — O‘R QHT, 2009-y., 1-2-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini mazkur Nizomning 28-bandida ko‘rsatilgan oilalarga kiritish fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan oilalarni ko‘zdan kechirish natijalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi va mikrokredit olish uchun tijorat bankiga taqdim qilish uchun belgilangan tartibda ma’lumotnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditlar tijorat banklari tomonidan Bandlik jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan beriladi. Tijorat banklarida kredit liniyasi ochish uchun bank va Bandlik jamg‘armasi o‘rtasida Bosh kelishuv tuziladi, unda o‘zaro majburiyatlar va ochilayotgan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari, oilaviy tadbirkorlik subyektlarining kreditlanayotgan loyihalariga talablar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Bandlik jamg‘armasi tomonidan tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish, kredit resurslaridan foydalanganlik uchun foizlar hisoblash va to‘lash, kredit resurslarini qaytarish va ularning o‘zaro javobgarliklari ushbu Nizomning VI-VII-bo‘limlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Bandlik jamg‘armasi tomonidan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash uchun ajratilgan kredit resurslari Bandlik jamg‘armasi kredit resurslari umumiy miqdorining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Oilaviy tadbirkorlik subyektlariga beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlardan foydalanganlik uchun foiz miqdori Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/4 qismini tashkil etadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Mikrokreditlarni qaytarish, 6 oylik imtiyozli davrni ko‘zda tutgan holda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshlig‘i va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Asosiy qarzni qaytarish va hisoblangan foizlarni to‘lash kredit shartnomasiga ilova qilingan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga mikrokreditlar berishni so‘rab mazkur Nizomning 59-bandida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Tijorat banklari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Budjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan kichik biznes subyektlari, qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga berilishi mumkin. Bunda xodimlarining 50 foizi va undan ortig‘ini nogironlar, shu jumladan, Ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari tashkil etgan kichik biznes subyektlari, ushbu kredit liniyalari hisobidan mikrokredit olishda ustuvorlikka ega bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar kichik biznes subyektlariga ularning namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan investitsiya loyihalariga hamda tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini moliyalashga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ajratilayotgan kredit mablag‘lari xizmat ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yo‘naltiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga eng kam ish haqining 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun kichik biznes subyektlarini mikrokreditlash bank marjasi qo‘shib hisoblanadigan imtiyozli foiz stavkasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu mikrokreditlarga doir imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasiga nisbatan qat’iy foizlarda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Budjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari hisobidan beriladigan ushbu mikrokreditlar uchun imtiyozli foiz stavkasi kreditlanayotgan investitsiya loyihalarning yo‘nalishidan kelib chiqqan holda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish, chorvachilik, parrandachilikni rivojlantirish uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 1/3 qismi miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bevosita ishlab chiqarish sohasi, ya’ni mahsulotlar ishlab chiqarish, xomashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash, hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil etish, binokorlik materiallari ishlab chiqarish va qurilish maqsadlari uchun mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 40 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun, jumladan, aholiga maishiy, tibbiy, sayyohlik-ekskursiya va mehmonxona xizmati ko‘rsatish, avtomobillar va boshqa texnika ta’miri bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, transport xizmati ko‘rsatishni rivojlantirish uchun Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 45 foizi miqdorigacha.
(39-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) tahririda —O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2008-yil 21-noyabrdagi 273-V-3, 108-sonli qarori bilan chiqarilgan (ro‘yxat raqami 1548-3-son, 05.01.2009-y.) — O‘R QHT, 2009-y., 1-2-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan berilayotgan ushbu mikrokreditlar bo‘yicha bank marjasi imtiyozli foiz stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi o‘rnatilgan imtiyozli foiz stavkalari miqdorining oshishiga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarori bilan belgilangan tumanlardagi loyihalarni moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan beriladigan mikrokreditlar Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida ajratiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2009-yil 21-noyabrdagi 33/2 va 112-sonli (ro‘yxat raqami 1548-4, 30.12.2009-y.) qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 585-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari tomonidan mikrokreditdan foydalanganlik uchun foizlar, imtiyozli davr belgilangan mikrokreditlarni istisno qilgan holda, ushbu kredit liniyalari ochilgan kundan boshlab hisoblanadi va undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtiyozli davr o‘rnatilib berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va imtiyozli davr tugaganidan keyin undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Dehqon va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga beriladigan mikrokreditlar, qoida tariqasida, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan beriladigan boshqa barcha mikrokreditlar 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlarning qaytarish muddatini uzaytirishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish va ular bo‘yicha imtiyozli davr belgilash shartlari budjetdan tashqari jamg‘armalarning o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan nizomlarida belgilab qo‘yilgan qoidalardan kelib chiqqan holda, tijorat banki va budjetdan tashqari jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh kelishuvda belgilab olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Kichik biznes subyektlari tomonidan budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan o‘z ishlab chiqarishini kengaytirish va faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mikrokreditlar berishni so‘rab, ularning tashkiliy huquqiy shaklidan kelib chiqqan holda, mazkur Nizomning 59 va 60-bandlarida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan tijorat banklarida kredit liniyalarini ochish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Kredit liniyasini ochish uchun budjetdan tashqari jamg‘arma, shu jumladan, Mikrokreditbank va Bosh bank o‘rtasida Bosh kelishuv tuziladi. Bosh kelishuvda budjetdan tashqari jamg‘arma va Bosh bank o‘rtasida ochiladigan kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy shartlari bo‘yicha o‘zaro majburiyatlar, investitsiya loyihalarga bo‘lgan asosiy talablar, investitsiya loyihalarning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari bilan bog‘liq holda kreditlash muddatlari, imtiyozli davr berish shartlari, imtiyozli foiz stavkasi, bank marjasi, banklarning viloyat va tuman bo‘limlari tomonidan kreditlar berish borasida o‘rnatiladigan limit (chegara) lar va boshqa shartlar belgilab olinadi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi bilan bosh bank o‘rtasida tuziladigan bosh kelishuv Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda ushbu jamg‘arma tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtiruvchi Kengashi qarori bilan belgilangan tumanlardagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2009-yil 21-noyabrdagi 33/2 va 112-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1548-4,30.12.2009-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 585-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Budjetdan tashqari jamg‘armalar bir yoki bir necha tijorat banklari bilan kredit liniyasini ochish to‘g‘risida Bosh kelishuvlarni tuzishlari mumkin. Shuningdek, tijorat banklari ham bir necha budjetdan tashqari jamg‘armalar bilan shunday kelishuvlarni tuzishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar faqat Fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolariga hamda dehqon xo‘jaliklariga, boshqa budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan ochilgan kredit liniyalari hisobidan kreditlar esa barcha kichik biznes subyektlariga ma’lum muddatlilik, qaytarishlik va to‘lovlilik tamoyillari asosida beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Budjetdan tashqari jamg‘arma va bosh tijorat banki o‘rtasida Bosh kelishuv imzolanganidan keyin, ular o‘rtasida kredit liniyasi ochish to‘g‘risida kredit shartnomasi tuziladi. Shuningdek, kredit liniyalari ochish uchun kredit shartnomalari tijorat banklarining viloyat bo‘limlari, agar ularga Bosh bank tomonidan ushbu vakolat berilgan bo‘lsa, va budjetdan tashqari jamg‘armalarning viloyat bo‘linmalari o‘rtasida ham tuzilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Bosh bank bilan tuziladigan kredit liniyasi ochish to‘g‘risidagi kredit shartnomasiga quyidagi shartlar kiritilgan bo‘lishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir yillik kredit liniyasining, unda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar uchun ajratilgan qismini alohida ko‘rsatgan holda hamda choraklar va viloyatlar bo‘yicha bo‘lingan holdagi miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank marjasi chegirilgan imtiyozli foiz stavkasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit liniyalari mablag‘lari yo‘naltiriladigan maqsadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Budjetdan tashqari jamg‘arma tomonidan tijorat bankiga kredit berish to‘g‘risidagi kredit shartnomasida ushbu mablag‘lar bank tomonidan kichik biznes subyektlari investitsiya loyihalarini moliyalash (oilaviy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish, dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirish yoki boshqa) maqsadlariga kredit berishda kredit resurslari sifatida ishlatilishi alohida qayd etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Kredit shartnomasi imzolanganidan keyin budjetdan tashqari jamg‘arma har oyning 15-sanasidan kechiktirmay kredit liniyasi summasini tijorat bankining vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan kreditlar 22005 — “Budjetdan tashqari jamg‘armalardan olingan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Banklar ochilgan kredit liniyasi summasiga Bosh kelishuvda belgilab qo‘yilgan bank marjasi chegirilgan holdagi imtiyozli foiz stavkasi miqdorida foizlar hisoblaydi. Mazkur hisoblangan foizlar alohida hisobvaraqda jamlanadi va kredit shartnomasida kelishib olingan muddatlarda budjetdan tashqari jamg‘armaning bank hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Keyingi kredit liniyalarini ochish uchun budjetdan tashqari jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida kredit shartnomasiga yangi kredit liniyalari summasi ko‘rsatilgan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Kredit liniyasining amal qilish muddati tugaganidan keyin Bosh bank budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘larini ularni qarzdorlar tomonidan amalda qaytarilishidan qat’iy nazar, hisoblangan foizlarini qo‘shgan holda, budjetdan tashqari jamg‘armaning bank hisobvarag‘iga qaytarishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kredit liniyasi ochish uchun berilgan mablag‘lar, agar u mazkur kredit bo‘yicha kafil sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, bank qarzdorlar tomonidan ushbu kreditning qaytarilmagan qismiga teng miqdorini chegirib tashlagan holda, mazkur mablag‘larni uning bank hisobvarag‘iga qaytarib berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Budjetdan tashqari jamg‘arma uning kredit liniyalari hisobidan kichik biznes subyektlariga berilgan mikrokreditlardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish maqsadida tijorat bankining o‘zida kredit yig‘ma jildlarini o‘rganish hamda tijorat bankining vakili bilan birgalikda, joylarga chiqqan holda tekshirish huquqiga ega. Ushbu tekshirishlar natijasida berilgan kreditlardan maqsadli foydalanilmayotganligi aniqlangan holda, budjetdan tashqari jamg‘arma tijorat bankidan kredit liniyasining maqsadsiz ishlatilgan qismini muddatidan oldin qaytarishini talab qilishga haqli. Tijorat banki budjetdan tashqari jamg‘armaning ushbu talabini bank va budjetdan tashqari jamg‘arma o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida bajarishga majburdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Tijorat banklari budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalarini o‘zlashtirish holati to‘g‘risida har chorakda budjetdan tashqari jamg‘armalarga va har oyda Markaziy bankga, ushbu kreditlarni olgan kichik biznes subyektlari reyestrini ilova qilgan holda, hisobot taqdim etadilar. Ushbu hisobotlardagi ma’lumotlar asosida har chorakda bank va budjetdan tashqari jamg‘arma o‘rtasida mablag‘larning ishlatilishi haqida o‘zaro solishtiruv dalolatnomasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kredit berish to‘g‘risidagi kichik biznes subyektlarining buyurtmalarini tijorat banklari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Kichik biznes subyektlari budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kredit olish uchun o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankga murojaat qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan kreditlar olish haqidagi buyurtmada budjetdan tashqari jamg‘arma nomi va so‘ralayotgan kredit summasi ko‘rsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari tomonidan mikrokreditlar olish uchun bankga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit olish uchun kredit buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimi tahlili majburiy tarzda ko‘rsatilgan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditning qaytarilish ta’minoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan mikrokreditlar olish uchun bankga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokredit olish uchun kredit buyurtmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pul oqimi tahlili majburiy tarzda ko‘rsatilgan biznes-reja;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi hisobot sanasiga Davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) idorasi tomonidan tasdiqlangan buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzi haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl), shuningdek, 90 kundan ortiq muddatdagi qarzdorlikni solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalari haqida hisobot (2-shakl), dehqon xo‘jaliklari ushbu hisobotlarni taqdim etmaydilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikrokreditning qaytarilish ta’minoti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Olingan mikrokreditni qaytarmaslik xatarining oldini olish maqsadida qarz oluvchi tez va erkin sotilish talablariga javob beradigan ta’minotga ega bo‘lishi kerak. Qarz oluvchi bankga quyidagi ta’minot turlarining birini yoki bir nechtasini taqdim etishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi shaxsning kafilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xatarini sug‘urta qilingani to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kredit hisobiga sotib olingan mulk, uning qiymatining 80 foizi miqdorida mazkur kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(61-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqaga ega bo‘lgan, bank hisobvarag‘ida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, mazkur Nizomning 60-bandida ko‘rsatilgan ta’minotni talab qilmay, blankli (ishonchli) mikrokredit berish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Kafillik bank foydasiga kafil va qarz oluvchi o‘rtasida tuziladigan yozma shakldagi 3 (uch) nusxada kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaning oxirgi betida kafil va qarzdor imzolaridan keyin, bank tomonidan mazkur kafillik qabul qilinganligi to‘g‘risida bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan va dumaloq muhr qo‘yilgan yozuv kiritiladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz oluvchi olingan mikrokreditni va unga hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda to‘lamagan taqdirda bank O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga ko‘ra ushbu mikrokreditni kafilning bank hisobvarag‘idan kafillik shartnomasida belgilangan tartibda undirib olish huquqiga ega
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Kredit shartnomasi tuzilganidan so‘ng kredit bo‘limi xodimi, muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisobvarag‘ini ochish to‘g‘risida bank buxgalteriyasiga ko‘rsatma beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Mikrokredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab qarz oluvchiga kredit varaqchasi ochiladi va uning yordamida kredit ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Kichik biznes subyektlarining Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kredit liniyalari hisobidan kredit olish to‘g‘risidagi kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishda, kreditni qaytarishning ta’minoti sifatida, Markaziy bankning normativ huquqiy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa ta’minot shakllari bilan bir qatorda, mazkur jamg‘arma kafilligi ham qabul qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Kredit so‘rab, mazkur Nizomning 59 va 60-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda, berilgan kredit buyurtmasi bankga kelib tushgan kundan boshlab, ushbu arizani bank tomonidan ko‘rib chiqib, rozilik bildirishi yoki yozma ravishda asoslantirilgan rad javobini berish muddati quyidagicha belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarining hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklari, mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo‘jaliklarining dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga mikrokreditlar berish borasidagi kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish muddati 5 ish kunidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa mikrokreditlarni berish to‘g‘risidagi kredit buyurtmalarni ko‘rib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Tijorat banki filiali kredit qo‘mitasining qarori uzil-kesil bo‘lib budjetdan tashqari jamg‘arma kredit liniyasi hisobidan kreditlar berishni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan kichik biznes subyektlarini ularga murojaat qilishini talab qilishi, shuningdek, tijorat banklaridan mazkur kreditlarni ajratishga doir qarorlar va shu masala bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni talab qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Tijorat banki kredit qo‘mitasi tomonidan kichik biznes subyektining investitsiya loyihasi ma’qullanganidan keyin budjetdan tashqari jamg‘armaning kredit liniyasida mablag‘ mavjud bo‘lmasa, bank bo‘limi shu kunning o‘zida Bosh bankga yoki ushbu bankning viloyat bo‘limiga mazkur kredit liniyasi bo‘yicha qo‘shimcha mablag‘lar ajratish haqidagi buyurtmani yo‘llaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank bo‘limining buyurtmasi asosida Bosh bank yoki uning viloyat bo‘limi buyurtma olingan kunning ertasidan kechiktirmay tegishli budjetdan tashqari jamg‘arma kredit liniyasi hisobidan talab qilinayotgan summani ajratadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar budjetdan tashqari jamg‘armaning Bosh tijorat bankida ochilgan kredit liniyasida mablag‘lar mavjud bo‘lmasa, Bosh bank shu kunning o‘zidayoq bu haqda bank bo‘limiga xabar beradi va bir vaqtning o‘zida, budjetdan tashqari jamg‘armaga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish haqidagi talabnomani jo‘natadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Tijorat banki filiali budjetdan tashqari jamg‘armaning kredit liniyasida mablag‘lar vaqtinchalik mavjud emasligi haqidagi xabarni olganidan keyin, ushbu xabar olingan kunning ertasidan kechiktirmay, qarz oluvchini bu haqda xabardor qiladi. Ayni vaqtda, bank filialining kredit qo‘mitasi tomonidan investitsiya loyihalari ma’qullangan barcha qarz oluvchilarning nomi, ularning kredit buyurtmalarini bank filiali kredit qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan sanasidan kelib chiqqan holda, kalendar navbati asosida kiritilgan ro‘yxat tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank bo‘limi tomonidan kredit olish uchun navbatda turganlar ro‘yxati har bir budjetdan tashqari jamg‘arma bo‘yicha alohida tuziladi va operatsiyalar zali (front ofis)ning ko‘rinadigan joyiga barchaning tanishishi uchun osib qo‘yiladi. Ushbu ro‘yxatning bank filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolangan nusxalari tijorat bankining viloyat bo‘limiga va Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga nazorat olib borish uchun taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Budjetdan tashqari jamg‘armaning kredit liniyasiga mablag‘ kelib tushganidan keyin, shu kredit liniyasi hisobidan kreditlar berish qat’iy ravishda tuzilgan ro‘yxat asosida, mazkur kredit liniyasi hisobidan kreditlar olish uchun berilgan arizalarning sanasiga muvofiq, kalendar navbati bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Qarzdorlar investitsiya loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanganligiga, taqdim etilayotgan ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligiga, loyihalarni amalga oshirish parametrlari texnik-iqtisodiy asoslanishlariga muvofiq va biznes-rejadan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi borasida amaldagi qonunchilikda belgilangan tarzda javobgar bo‘ladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Mikrokreditlarni berish, hisobini yuritish va ulardan foydalanish monitoringini amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Mikrokreditlar mijozning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i ochilgan banklar tomonidan beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mikrokreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish va ushbu hisobvaraqdan qarzdorning to‘lov topshiriqnomalari asosida tovar-moddiy boyliklar uchun naqd pulsiz shaklda to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga eng kam ish haqining 200 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda beriladigan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga berishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari va fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va rivojlantirish uchun eng kam ish haqining 1000 baravari miqdorigacha milliy valyutada ajratilgan mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko‘chat, urug‘lik va em-xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruxsat etiladi. Bunda sanoat yo‘li bilan qayta ishlash asosida tayyorlangan chorva ozuqalarini sotib olish uchun mikrokredit hisobidan naqd pul berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(72-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2007-yil 12-oktabrdagi 273-V-2, 94-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-2, 08.11.2007-y.) tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 45-son, 461-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik biznesning boshqa subyektlariga mikrokreditlar naqd pulsiz shaklda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Naqd pul bilan berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning naqd pulda berilgan qismiga hisoblangan foizlar to‘lovi majburiy ravishda faqat naqd pulda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berilgan mikrokreditlar bank balansida 15000 – “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvarag‘ida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha tegishli bank xodimining ko‘rsatmasiga ko‘ra berilgan mikrokreditlarga muddatli majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular to‘la qaytarilgunga qadar 91905 – “Qarzdorlarning uzoq muddatli kreditlar va lizing bo‘yicha majburiyatlari” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Mikrokreditlarni qaytarish muddati kelgan vaqtda qarzdorning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida kreditni qaytarish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mazkur kredit muddati o‘tgan ssudalar hisobvarag‘iga o‘tkaziladi, ular bo‘yicha muddatli majburiyatnomalar to‘lovi esa, 2-son kartoteka orqali kalendar navbatida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Mikrokreditbank tomonidan tijorat banklariga kredit liniyasi ochish uchun taqdim etilgan mablag‘larning hisobi Mikrokreditbankda 14500 — “Boshqa banklarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘ida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklari tomonidan Mikrokreditbank kredit liniyalaridagi mablag‘lar hisobini 22006 — “Boshqa banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar” balans hisobvarag‘ida yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tijorat banklari Mikrokreditbank kredit liniyalarini o‘zlashtirishning ahvoli to‘g‘risida har chorakda Mikrokreditbankga, ushbu kreditlarni olgan kichik biznes subyektlari ro‘yxatini ilova qilgan holda, axborot taqdim etadilar. Ushbu axborotlar ma’lumotlari bo‘yicha har chorakda tijorat banki bilan Mikrokreditbank o‘rtasida mablag‘larni ishlatishni solishtirish dalolatnomalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Tijorat banki kredit liniyalaridagi mablag‘larning kichik biznes subyektlarini kredit shartnomasida belgilab olingan shartlar asosida kreditlash uchun ishlatilmay qolgan qismiga budjetdan tashqari jamg‘armalarga va Mikrokreditbankga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda foiz to‘laydi.
(76—78-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Moliya vazirligining 2006-yil 16-iyuldagi 273-V-1, 67-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1548-1, 08.08.2006-y.) tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 326-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring o‘rnatadilar. Doimiy monitoring qarzdorning investitsiya loyihasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirilishiga har tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tomonidan tuzilgan shartnoma (buyurtma)lar asosida mahsulot yetkazib berish majburiyatlarining bajarilayotganligi, ishlab chiqarish hajmi, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala xarajatlari, foyda, o‘zining mavjud aylanma mablag‘lari dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxirasi holati, aylanma mablag‘larning aylanishi tahlil qilinadi. Bank qarzdorning kreditga qobiliyatliligining doimiy monitoringini amalga oshiradi va uni qarzdor uchun ochilgan maxsus jildda tizimlashtirib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankga berilgan garovning holati va berilgan kreditdan maqsadli va samarali foydalanilayotganligi joyiga chiqib tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Berilgan kreditlardan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan holda, bank qarzdorni bundan keyin kreditlashni rad etishga, qarzdordan kredit summasini muddatidan oldin qaytarib olishga va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida jarima belgilashga va muddatidan oldin undirib olishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Qarzdor tomonidan olingan kredit bo‘yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foizlar kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismi asosida, mustaqil ravishda sudga murojaat qilmasdan, garov mulkini tasarruf qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Qarzdor kredit bo‘yicha qarzi va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasi shartlari asosida to‘lashdan yoki garov shartnomasi shartlari asosida garov mulkini bank tasarrufiga berishdan bosh tortgan holda, bank ushbu mikrokreditni qonun hujjatlarida belgilangan tartib undiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Qarz oluvchining ta’minoti mikrokredit bo‘yicha asosiy qarzdorlik va unga hisoblangan foizlarni qaytarishga yetmagan taqdirda, bank, mazkur qarzni qaytarishni qarz oluvchining likvidli mol-mulki, shu jumladan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari, transport vositalari, kompyuter hamda korxona va tashkilotlarning boshqa likvidli aktivlari hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 4-dekabrdagi 422-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklarni kreditlari bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida qaytarilmagan taqdirda undiruvni qarzdorlarning likvidli mol-mulkiga qaratish Tartibi”ga muvofiq amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo va sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi G. SAIDOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi raisi v.b. N. QOSIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi raisi S. QOBILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 31-dekabr,
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 8-son, 60-modda; 31-32-son, 326-modda; 2007-y., 45-son, 461-modda; 2009-y., 1-2-son, 8-modda, 52-son, 585-modda)