Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
TIBBIYOT MUASSASALARINI MODDIY RAGʻBATLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARINI TASARRUF ETISH UCHUN TIBBIYOT MUASSASALARIDAGI MAXSUS KOMISSIYALAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1536]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 23-dekabrdagi 28-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3733, 23.12.2025-y.) asosan 2026-yil 25-martdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Tibbiyot muassasalarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalaridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisida nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
06-3/440-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
11/5132-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
109-son
“TASDIQLAYMAN”
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/440 11/5132, 109-son qarori
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligining 2005-yil 31-dekabrdagi 06-3/440 11/5132, 109-son qarori
Tibbiyot mussasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari xuzuridagi maxsus komissiyalar toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 51-son, 380-modda) muvofiq tibbiy tashkilotlarning moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiyalarining ish faoliyati tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Tibbiy tashkilotlarning moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish boʻyicha maxsus komissiya (bundan buyon matnda “Komissiya” deb yuritiladi) yuridik shahs maqomiga ega har bir budjet tibbiy muassasada tashkil etiladi.
2. Qarorlar qabul qilinishda xolislik, oshkoralik va shaffoflik komissiya ishining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
II. Komissiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
3. Komissiyaning asosiy vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takkomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi” qarorini Komissiya tashkil etilgan tibbiy muassasada bajarish yuzasidan ishlarni tashkil etish;
Qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish Jamgʻarmasi (bundan buyon matnda “Jamgʻarma” deb yuritiladi) mablagʻlarini tasarruf etish.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Komissiyaning quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tibbiyot xodimlarining ishga vijdonan munosabati va koʻrsatayotgan tibbiy yordamini yuqori sifati uchun ustamalar belgilash va ragʻbatlantirish maqsadida tibbiyot xodimlarining davolash-profilatika jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushini qonunchilik hujjatlari bilan oʻrnatilgan tibbiy xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini asosida aniqlash;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Jamgʻarma hisobidan alohida tibbiyot hodimlarini bazaviy tarif stavkalariga aniq miqdordagi xar oylik ustama belgilash yoʻli bilan moddiy mukofotlash; ushbu ustamalar miqdorini qayta koʻrib chiqish va ularni bekor qilish masalalarini koʻrib chiqish;
tibbiyot xodimlariga ustamlar belgilashda va boshqa turdagi moddiy ragʻbatlantirishda asoslanganlik va obyektivlikni taminlash;
Jamgʻarma hisobidan tibbiyot mussasasining xodimlariga moddiy yordam toʻlashning va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarini aniq turlari va miqdorlarini aniqlash;
ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar va ustama miqdorini obyektiv ravishda belgilash, tibbiyot xodimlarini davolash — profilaktika jarayoniga qoʻshgan shaxsiy ulushini, ishga vijdonan munosabati va koʻrsatayotgan tibbiy yordam sifatini baholash uchun xar bir tibbiyot xodimi faoliyati natijalari monitoringini tashkil etish va uni olib borish;
Jamgʻarma mablagʻlarini tibbiyot muassasining moddiy texnik bazasini rivojlantirish, moderinizatsiya qilish va tibbiyot mussasini tamirlash ishlariga sarf qilish masalalarini hal qilish;
Komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan Tibbiyot mussasasi kollektivining davolash kengashida maʼlumot berish.
III. Komissiya tarkibi
5. Kamida besh kishidan iborat Komissiya tarkibi tibbiyot muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan (qishloq vrachlik punktlari va qishloq uchastka kasalxonalari uchun — kamida uch kishidan iborat) tasdiqlanadi va quyidagi vakillardan shakillantiriladi:
tibbiyot muassasasi rahbari — Komissiya raisi;
rahbarning davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari — Komissiyaning kotibi;
tibbiyot mussasasi kasaba uyushmasi tashkiloti raisi;
bosh tibbiyot hamshirasi;
tibbiyot mussasasi davolash kengashining qarori bilan vakolatlangan bir nafardan kam boʻlmagan tibbiyot xodimi;
Qishloq vrachlik punktlari va Qishloq uchastka kasalxonasi uchun:
tibbiyot mussasasi rahbari — Komissiya raisi;
bosh tibbiyot xamshirasi (feldsher) — Komissiyaning kotibi;
jamoada obroʻ va hurmatga sazovor bir nafardan kam boʻlmagan tibbiyot xodimi.
IV. Komissiya ishini tashkil qilish
6. Komissiya majlisi komissiya raisining farmoyishiga koʻra chaqiriladi va kamida har chorakda bir marotaba oʻtkaziladi.
Zarur hollarda Komissiya raisining farmoyishiga yoki Komissiyaning ikki va undan ortiq azolarining taklifiga koʻra navbatdan tashqari majlislar ham oʻtkazilishi mumkin.
7. Komissiya majlisida uni azolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etsa, u vakolatli xisoblanadi. Komissiyaning qarorlari majlisda qatnashayotgan komissiya azolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya azolarining ovozlari teng boʻlib qolgan taqdirda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
8. Komissiya azosini mukofotlash yoki ustama belgilash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotgan taqdirda, komissiyaning mazkur azosi ovoz berishda qatnashmaydi, ushbu haqda Komissiya majlisining bayonnomasida maxsus yozuv qayd etiladi.
9. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Komissiya raisi va majlisda hozir boʻlgan komissiya azolari tomonidan imzolanadi va mussasa muxri bilan tasdiqlanadi.
10. Komissiya oʻz bayonnomalarini ikki nusxada rasmiylashtiradi. Qarorning bir nusxasi muassasa rahbarida, ikkinchi nusxasi yuqori turuvchi sogʻliqni saqlash boshqarmasiga taqdim etiladi.
11. Komissiya raisi quyidagilarni taʼminlaydi:
Komissiya faoliyatida xolislikni va oshkoralikni;
Komissiyaga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni toʻliq ijrosini;
Jamgʻarma mablagʻlarini taqsimlashda Komissiya tomonidan amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini.
12. Komissiya kotibi:
komissiya yigʻilishini oʻtkazish uchun tibbiyot muassasining tarkibiy boʻlinmalari raxbarlaridan kerakli hujjatlar va materiallarni oladi;
komissiya majlisini oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni tayyorlaydi va majlisdan kamida uch kun oldin Komissiya raisi va uning azolariga taqdim etadi;
komissiya yigʻilishida bayonnomalarini rasmiylashtirishni yuritilishini va saqlanishini taminlaydi;
Komissiya raisining topshirigʻiga koʻra tibbiyot xodimlarining professional faoliyatining natijalari monitoringini tashkil etadi va olib boradi.
13. Sogʻliqni saqlash boshqaruv organlarining tibbiy muassasalar huzuridagi Komissiyalar faoliyatiga va Jamgʻarma mablagʻlari xisobidan tibbiyot xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga ustamalar belgilash boʻyicha qabul qilingan qarorlarga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
V. Komissiyaga taqdim qilinadigan hujjatlar
14. Har bir tibbiyot xodimiga ustamalar belgilash maqsadida nomzodlar roʻyxatiga kiritish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
xodimning malaka darajasi va staji koʻrsatilgan malumotnoma;
amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan baholash mezonlariga asosan tibbiyot xodimi faoliyatini oʻrnatilgan tavsiflovchi analitik malumotnoma.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ustamalar miqdorini oʻzgartirish va bekor qilish masalalarini koʻrib chiqilishi uchun ham yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar Komissiyaga taqdim qilinadi.
15. Alohida tibbiyot xodimlarining bir martalik ragʻbatlantirish tibbiyot mussasasi rahbariyati tomonidan berilgan muassasa rivojlanishiga qoʻshgan shaxsiy xissasi va faoliyatining yuqori koʻrsatgichlariga erishganligi toʻgʻrisidagi malumotnoma asosida amalga oshiriladi.
16. Tibbiyot muassasalarining xodimlariga moddiy yordam istisno tariqsida ularning yozma murojaatlari yoki ushbu tashkilotning tegishli kasaaba uyushmasining tavsiyasi orqali koʻrsatiladi (yaqin qarindoshlarining vafoti, ogʻir tan jaroxati, kasalliklar, tabiiy ofat asorati va boshqalar).
17. Jamgʻarma mablagʻlarini tibbiyot mussasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirish, moderinizatsiya qilish va taʼmirlashga sarflash uchun Komissiyaga zarur boʻlgan uskunalar yoki ehtiyot qismlar roʻyxati, ularning narxi va taʼmir boʻyicha defekt aktlari, ish hajmi koʻrsatilgan holda taqdim qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 3-son, 14-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)