11.01.2006 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.01.2006 yildagi 4-son
Date of entry into force
11.01.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-son Farmonini amalga oshirish yuzasidan va ayniqsa qishloq joylardagi ish bilan band boʻlmagan aholini uyda mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish ishlarini bajarishga jalb etish uchun ish beruvchilarga real ragʻbatlar yaratish, kasanachilarning qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy va mehnat kafolatlarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilik toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun namunaviy mehnat shartnomasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-2007-yillarga va keyingi yillarga moʻljallangan aholini ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik va raqobatni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish hududiy dasturlarida kasanachilik mehnatini rivojlantirishga doir aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachilik mehnatini rivojlantirish negizida sanoat korxonalari va xizmatlar koʻrsatish oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha faoliyat muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar hamda tarmoq va hududiy darajalarda ular amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borsinlar. Yilning har choragida hududlar va umuman respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini chiqarishda koʻrib chiqish uchun mehnatning kasanachilik shakllari rivojlanishi toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tarmoqlar xoʻjalik boshqaruvi organlari tarmoqlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda murakkab texnologiyalar va katta energetika xarajatlarini talab etmaydigan tovarlarni, butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish uchun fuqarolarning kasanachilik mehnatidan keng foydalanish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni nazarda tutsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, kasanachilik bilan shugʻullanadigan shaxslar kommunal xizmatlarga aholi uchun qoʻllaniladigan tariflar boʻyicha, qonunchilikda belgilangan tartibda haq toʻlaydilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi kasanachilik mehnati bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda kasanachilik mehnatidan foydalanayotgan korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlari berilishini taʼminlasinlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻn kun muddatda har bir tumanda (shaharda) korxonalar bilan uyda mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar koʻrsatadigan fuqarolar oʻrtasida kooperatsiyani muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hokimlarning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari (komissiya raisi) hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshliqlari (komissiya raisining oʻrinbosari) boshchilik qiladigan ishchi komissiyalar tashkil etsinlar.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar ishchi komissiyalarning asosiy vazifalari hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi kasanachilik ish oʻrinlari, shu jumladan kasanachilik turlaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga yangi ish oʻrinlari barpo etish uchun mavjud zaxiralarni aniqlash va ishga solishda korxonalarga koʻmaklashish;
(6-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat korxonalari bilan kasanachilik oʻrtasidagi kooperatsiyani rivojlantirish, korxonalarning buyurtmalari boʻyicha uyda ishlaydigan fuqarolarni asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan taʼminlash uchun barqaror shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotni topshirish va uning uchun oʻz vaqtida haq toʻlash kafolatlari masalalarini tezkor hal etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanlar (shaharlar) hududida joylashgan korxonalar boʻyicha kasanachilikni rivojlantirish parametrlari bajarilishi monitoringini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchi korxonalar tomonidan kasanachilarning huquqlari buzilgan taqdirda ularga koʻrsatib oʻtilgan huquqlar himoya qilinishida koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda band boʻlmagan aholi sonini va malakasini aniqlash, shuningdek aholining koʻrsatib oʻtilgan toifasiga keyinchalik ularni ishga joylashtirishda koʻmaklashish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori asosida yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi davlat statistika hisoboti shakllariga korxonalar tomonidan korxonalarning kasanachilik mehnati bilan band boʻlgan xodimlari soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 11-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilik toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 5-yanvardagi PF–3706-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida kasanachilikni tashkil etish shartlarini, shu jumladan kasanachilar bilan mehnat shartnomalarini tuzish tartibini, ularga xom ashyo va materiallar berish, ular mehnatiga haq toʻlash va muhofaza qilish, kasanachilarni ijtimoiy sugʻurta qilish tartibini hamda kasanachilar mehnatidan foydalanayotgan ish beruvchilar uchun belgilangan soliq imtiyozlari qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish mexanizmini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlari uchun “kasanachilik” tushunchasi tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq jismoniy shaxs — kasanachining yashash joyi boʻyicha yoki unga yoki uning oila aʼzolariga tegishli boʻlgan boshqa binolarda ish beruvchining buyurtmalari boʻyicha tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish boʻyicha kasanachi tomonidan amalga oshirilayotgan ishni anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Kasanachi — 16 yoshdagi va undan katta yoshdagi jismoniy shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Basharti kasanachilik xususiyati kasanachi bilan toʻliq yakka tartibdagi moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi zarurligini taqozo etsa, 18 yoshga toʻlgan shaxslar kasanachilikni amalga oshirishga qoʻyiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ish beruvchi — kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachi uchun ishlab chiqarish binosini belgilaydigan, uni asbob-uskunalar, jihozlar, materiallar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va boshqa ishlab chiqarish vositalari bilan taʼminlaydigan, bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va unga haq toʻlaydigan yuridik shaxs.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Kasanachilikni tashkil etishga agar mehnat shartnomasiga muvofiq kasanachilikni bajarish uchun kasanachi oʻz yashash joyida zarur binolarga, shu jumladan turar joy binosiga, shuningdek ishni bajarish uchun amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi, yoxud malakaga oʻqitilishi sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilik amalga oshiriladigan turar joy binolarini noturar joy binolar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kasanachilik texnologiya jarayoni va boshqa shart-sharoitlar uy sharoitlarida butlovchi buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish imkonini beradigan sanoat tarmoqlari va xizmat koʻrsatish sohalarida korxonalar bilan korxonalarning buyurtmalari boʻyicha uyda mahsulotlar ishlab chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan fuqarolar oʻrtasidagi kooperatsiya asosida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qonunchilikda belgilangan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishga litsenziya olish talab qiladigan, shuningdek, uyda quvvatli, energiyani koʻp talab qiladigan va texnik asbob-uskunalardan, shuningdek, uy sharoitlarida nazorat qilib boʻlmaydigan maxsus texnika xavfsizligiga rioya etishni talab etadigan xavfli kimyoviy komponentlardan foydalanib kasanachiga ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) va mahsulotlar ishlab chiqarishga (xizmatlar koʻrsatishga) yoʻl qoʻyilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilik sharoitlarida foydalanish mumkin boʻlmagan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va mahsulotlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori asosida ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yongʻin xavfsizligining belgilangan qoidalariga, sanitariya va gigiyena normalariga, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek, kasanachilarning uy-joy-maishiy sharoitlari xususiyatlariga muvofiq kasanachilikning ayrim turlariga yongʻin va sanitariya inspeksiyasi, shuningdek, Davlat mehnat texnik inspeksiyasi organlarining ruxsati bilan yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Kasanachilar ishining aniq turlari ularning kasb malakasi, salomatligi hisobga olingan holda ish beruvchi tomonidan belgilanadi (ish xususiyati, foydalaniladigan asbob-uskunalar va jihozlar, xom ashyo, materiallarning xossalari, nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan TIEK tavsiyalari eʼtiborga olinadi).
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachilik mehnati qishloq joylarda ayollar uchun, shuningdek, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasida koʻrsatilgan fuqarolar toifalari uchun ustuvor tartibda tashkil etiladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kasanachilar tomonidan ishlarni bajarish kasanachi oilasining aʼzolari ishtirokida (yordamida) ish beruvchining roziligisiz amalga oshirilishi mumkin. Bunda kasanachi unga yordam beradigan oila aʼzolari tomonidan bajariladigan ishlar sifati uchun ish beruvchi oldida javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachiga yordam beradigan uning oila aʼzolariga mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etilmaydi, basharti ular bilan alohida mehnat shartnomasi tuzilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Kasanachi bilan mehnat shartnomasi tuzish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga ega boʻlgan kasanachilar ish bilan band boʻlgan aholi toifasiga kiritiladi va ularga elektron mehnat daftarchalari yuritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ish beruvchi korxona rahbari kasanachi bilan yozma shaklda mehnat shartnomasi tuzadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish joyi va kasanachining ish oʻrni joylashgan manzil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimning mehnat funksiyasi, yaʼni mutaxassislik, malaka, shuningdek, kasanachi bajarishi zarur boʻlgan ish turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish boshlanadigan kun, mehnat shartnomasining amal qilish muddati (muayyan muddatga yoki ayrim ishlarni bajarish davriga mehnat shartnomasi tuzishda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlash miqdori va muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachi tomonidan mehnat funksiyalari amalga oshirilishi uchun asbob-uskunalar, jihozlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlarni berish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xom ashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarni qabul qilish va topshirish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy javobgarlik shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatni muhofaza qilish va uning shart-sharoitlarining zarur qoidalariga rioya etish boʻyicha ish beruvchi va kasanachining majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taʼtillar berish, ijtimoiy sugʻurta, kasanachining pensiya taʼminoti shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun kasanachining oʻz asbob-uskunalari, jihozlari va inventaridan foydalanilgan taqdirda kasanachining xarajatlarini qoplash tartibi va shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish beruvchining buyurtmasini bajarish munosabati bilan foydalanilgan kasanachining energiya, suv, aloqa uchun xarajatlarini qoplash (kompensatsiya) tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachi mehnat funksiyalarini amalga oshirish uchun unga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarni taʼmirlash boʻyicha ish beruvchining majburiyatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachining aybi bilan materiallar, asbob-uskunalar, jihozlar buzilishi bilan bogʻliq, shuningdek mahsulot toʻliq yoki qisman yaroqsizligi uchun zararni ish beruvchiga qoplash shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachiga foydalanish uchun berilgan asbob-uskunalar, jihozlar, inventar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni xatlovdan oʻtkazish hamda ish beruvchi va nazorat organlari vakillarining kasanachilik mehnati amalga oshirayotgan joylarga kirishi shartlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachiga bogʻliq boʻlmagan holatlar (elektr energiyasi, suv, gaz va hokazolar yoʻqligi) munosabati bilan buyurtmani belgilangan muddatlarda bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda bu haqda ish beruvchini xabardor qilish boʻyicha kasanachining majburiyatlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat shartnomasida qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
(11-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bajarilayotgan ishning xususiyati va uni bajarish shart- sharoitlari hisobga olingan holda kasanachi bilan muddatli mehnat shartnomalari bilan bir qatorda ishlarni bajarish, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish haqidagi fuqarolik-huquqiy shartnomalar, shu jumladan pudrat shartnomasi asosida tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Kasanachini ishga qabul qilishda va u bilan mehnat shartnomasi tuzishda undan talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati Mehnat kodeksining 80-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Kasanachining elektron mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi amal qilishining butun davri uchun yuritiladi. Ilgari ishlamagan va mehnat daftarchisiga ega boʻlmagan kasanachi uchun elektron mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi elektron mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi tuzilishi va toʻxtatilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritishi shart. Kasanachi bilan mehnat shartnomasi toʻxtatilgan taqdirda, ish beruvchi elektron mehnat daftarchasiga ushbu maʼlumotlarni kiritishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kasanachi bilan mehnat shartnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97113-moddalariga muvofiq holatdan boshqacha tarzda toʻxtatilishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Korxonaning jamoa shartnomasi shartlari kasanachilarga tatbiq etiladi, basharti ushbu korxonada jamoa shartnomasi tuzilgan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Kasanachiga xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar berish tartibi, mahsulotlarni olib ketish hamda bajarilgan ishlar uchun hisob- kitob qilish kafolatlari
(III boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ish beruvchi kasanachiga mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun tegishli sifatga ega boʻlgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar taqdim etadi (beradi).
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar buyurtmalari boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish uchun kasanachilarga asbob-uskunalar, jihozlar va inventar qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18, 19-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ish beruvchi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlar (xizmatlar)ni bajarishi uchun zarur boʻlgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni kasanachiga berishi hamda yetkazib berishni taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Kasanachi mehnat shartnomasiga muvofiq ishlarni bajarish uchun xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlarni mustaqil ravishda sotib olishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 11-avgustdagi 181-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 33-son, 318-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Buyurtmaga muvofiq bajarilgan mahsulotlarni ish beruvchi tomonidan qabul qilib olish, qoidaga koʻra, kasanachining ishlarni bajargan joyida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qabul qilib olish vaqtida mahsulotlarni topshirish — qabul qilib olish dalolatnomasi tuziladi, unda ishlab chiqarilgan mahsulot (buyumlar, xizmatlar)ning miqdori, ish beruvchi tomonidan buyumlar (mahsulotlar, xizmatlar)ning sifat standartlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq sifati koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachi tomonidan ish beruvchi talab qiladigan standartlarga muvofiq mahsulotlarni topshirish-qabul qilib olish dalolatnomasi qabul qilingandan keyin, mahsulotlarning keyinchalik sotilishidan qatʼi nazar, ular uchun ish beruvchi tomonidan haq toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kasanachilar tomonidan buyurtmachi korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyasiga toʻliq rioya qilingan taqdirda, kasanachilik sharoitlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni va koʻrsatilgan xizmatlarni qoʻshimcha ravishda sertifikatlash va standartlashtirish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatining belgilangan standartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik, ular sanoat korxonalariga qaytarilgan taqdirda — kasanachilarga yuklanadi, oxirgi isteʼmolchilarga sotilgan taqdirda esa — sanoat korxonasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Kasanachining mehnatiga haq toʻlash shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kasanachilar ishiga, qoidaga koʻra, ishbay haq toʻlanadi. Haq toʻlash amalda bajarilgan ishlar uchun yoki sifati boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarilgani uchun amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Unumdorlik normalari va ishbay narxlar tomonlarning kelishuviga koʻra, tegishli ishlar uchun mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilangan normal ish vaqti hisobidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishbay haq toʻlanadigan aniq ish uchun kasanachining ish haqi miqdori ish beruvchining oʻz ishlab chiqarishida band boʻlgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash shartlari singari boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Kasanachining ish haqi, basharti kasanachi mehnat normalarini va mehnat majburiyatlarini bajarsa, qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmasligi kerak va biron-bir eng yuqori miqdor bilan cheklanmaydi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kasanachining mehnatiga haq yo har bir tugallangan ish topshirigʻi, ishlar hajmi topshirilganda yoxud mehnat qonunchiligida belgilangan muntazam vaqt oraligʻida toʻlanishi kerak. Mehnat shartnomasida kasanachi mehnatiga avans tarzida haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Agar kasanachi oʻz mehnatini amalga oshiradigan joyda ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan boʻlsa kasanachi mehnatiga haq toʻlash ushbu koeffitsiyentni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Kasanachi ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlaydi, uning bajargan barcha ishi uchun bir hissa miqdorda haq toʻlanadi va unga ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik, dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik, shuningdek tungi vaqtda ishlaganlik uchun mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Kasanachining ishlab chiqarish topshirigʻini oʻz uyida yoki oʻziga tegishli boshqa xonalarda bajarish bilan bogʻliq xarajatlari qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ish beruvchi kasanachiga yuklangan ish topshiriqlari roʻyxatini yuritishi kerak, roʻyxatda quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish topshirigʻini bajarish uchun ajratilgan vaqt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga haq toʻlash stavkalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paydo boʻlgan chiqimlar, agar kasanachi tomonidan bunday chiqimlar amalga oshirilgan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi qonunchilikka muvofiq daromadlardan soliq organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratmalar;
(32-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlanishi kerak boʻlgan umumiy haq va toʻlangan haq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Kasanachining ish vaqti, dam olish va taʼtil muddati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Kasanachi ishlab chiqarish topshirigʻi hajmidan hamda mehnat shartnomasida belgilangan boshqa shartlardan kelib chiqqan holda oʻzi uchun ish vaqti muddatini, ish jadvali va tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ish beruvchi kasanachi uchun ishlab chiqarish topshirigʻini belgilashda ishlarning ayrim turlarini bajarish uchun vaqt normativlarini hisobga olishi kerak, bunda butun ishlar kompleksini bajarish uchun ish vaqtining umumiy muddati Mehnat kodeksining 116-moddasida belgilangan normal yoki qisqartirilgan ish vaqti muddatidan oshmasligi kerak, agar bu mehnat shartnomasida koʻrsatilgan yoxud qonunchilikda belgilangan boʻlsa (18 yoshga toʻlmagan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun).
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mehnat taʼtili muddatini hisoblash va har yilgi asosiy taʼtilga chiqish huquqini beradigan mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun, dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, mehnat shartnomasida koʻrsatilgan ishlar hajmini bajarish uchun zarur boʻlgan normativ vaqt qabul qilinadi. Bunda kasanachining ishlab chiqarish topshirigʻi hajmi bir oy hisobiga ushbu Nizomning 34-bandida koʻrsatilgandan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Kasanachining har yilgi mehnat taʼtili muddati, agar kasanachi qonunchilikka muvofiq koʻproq davom etadigan har yilgi asosiy taʼtilga chiqish huquqiga ega boʻlmasa, 21 kalendar kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taʼtillar berish vaqti va navbati kasanachi bilan kelishuv boʻyicha ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan jadvalda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Kasanachilarni ijtimoiy sugʻurta qilish va ijtimoiy muhofaza qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Kasanachi majburiy tartibda davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurta qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ish beruvchi va kasanachi davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurta badallarini qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda toʻlaydilar.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Kasanachining ishlagan vaqti pensiyalar va ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar miqdorlarini tayinlash uchun mehnat stajiga qoʻshiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Kasanachiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalarni toʻlash, belgilangan tartibga muvofiq ish beruvchining ishlab chiqarish xonalarida ishlaydigan xodimlar singari amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Kasanachilik mehnati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning pensiya taʼminotiga boʻlgan huquqi ular pensiya yoshiga yetganda yoki “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Kasanachining jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida qatnashishi majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachining jamgʻarilib boriladigan shaxsiy pensiya hisob raqamini ochish va unga badallar toʻlash ish beruvchi tomonidan “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Kasanachiga pensiyalar yashash joyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan toʻlanadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Kasanachining mehnat xavfsizligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ish beruvchi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachiga mumkin boʻlgan barcha xavf-xatarlar toʻgʻrisida va kasanachi oʻzi olgan ish topshiriqlari munosabati bilan koʻrilishi kerak boʻlgan ehtiyotkorlik choralari toʻgʻrisida yoʻriqnomalar berish, zarur boʻlgan taqdirda uni tegishli ravishda oʻqitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachiga beriladigan mashinalar, jihozlar yoki boshqa asbob-uskunalarning texnik xavfsizligini taʼminlash, ularda tegishli himoya moslamalari mavjudligini va ularning soz holatda boʻlishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasanachini yakka tartibdagi himoyalanishning barcha zarur vositalari bilan tekin taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Kasanachi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha belgilangan barcha koʻrsatmalarni bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz xavfsizligini ehtiyotlash va oʻzining harakatlari yoki ishdagi kamchiliklari natijasida shikastlanishi mumkin boʻlgan boshqa shaxslarning sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha oqilona choralar koʻrish, shu jumladan materiallar, mashinalar, jihozlar va oʻz tasarrufiga berilgan boshqa asbob-uskunalardan toʻgʻri foydalanish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Kasanachi, agar u ishni oʻz xavfsizligi yoki salomatligi uchun muqarrar va jiddiy xavf tugʻdiradi deb hisoblashi uchun asosli sabablarga ega boʻlsa, ishlarni bajarishdan voz kechishi hamda roʻy bergan holatlar toʻgʻrisida ish beruvchini xabardor qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu holatlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlangan taqdirda uyda ishlashni davom ettirish ahvolni tuzatish uchun zarur choralar koʻrilmagungacha vaqtinchalik toʻxtatib turilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Kasanachilar mehnatidan foydalanadigan ish beruvchilarga beriladigan imtiyozlar va ularning qoʻllanishini soliq organlari tomonidan nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Ish beruvchining buyurtmasi yuzasidan tuzilgan shartnoma boʻyicha ishlarni bajarish uchun kasanachiga tekin foydalanish uchun korxona tomonidan berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlar foydalanish davrida mulk soligʻi toʻlovidan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ushbu imtiyozni qoʻllanish ustidan nazoratni amalga oshirish uchun korxona (ish beruvchi) soliq organlariga hisobotlar taqdim etishda kasanachiga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarlarning qoldiq qiymatini, ularning roʻyxatini koʻrsatishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tovarlar ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun kasanachilarga buyurtmalar bergan korxonalar kasanachilar mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasidan yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlashdan 2006-yil 1-fevraldan boshlab besh yilga ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, ish beruvchi qonunchilikda belgilangan tartibda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish hajmidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalarni amalga oshiradi.
(49-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 307-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi tomonidan kasanachilar mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasining alohida hisobi yuritiladi va yagona ijtimoiy toʻlov hisob-kitoblari bilan birga davlat soliq xizmatiga tegishli maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Kasanachilar faoliyatini nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar faqat qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladigan buyurtmachi-korxonani tekshirish vaqtida oʻtkazilishi mumkin.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IX. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Ish beruvchi va kasanachi oʻrtasidagi mehnat nizolarini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Kasanachilik mehnatini tartibga soluvchi qoidalarga rioya qilinishini taʼminlash vazifasi zimmasiga yuklangan mansabdor shaxslar mulkdor va kasanachining roziligi bilan uyning kasanachilik ishlari amalga oshirilayotgan qismiga yoki boshqa xususiy xonaga kirishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uyda ishlarni bajarish tartibining jiddiy yoki bir necha marta buzilishi qayd etilgan taqdirda mansabdor shaxslar ishlarni toʻxtatish boʻyicha choralar koʻrishi, shu jumladan, bu toʻgʻrida ish beruvchini xabardor qilgan holda, uyga ish berishni taqiqlashi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 11-yanvardagi 4-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchining buyurtmasi boʻyicha kasanachi tomonidan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun NAMUNAVIY MEHNAT SHARTNOMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_________ shahar (tuman, qishloq) 20__ y. “_____________”
________________________________________________________________ korxonasi
(nomi)
nomidan ish koʻruvchi __________________________________________ asosida faoliyat
(ustav, nizom)
koʻrsatuvchi, keyingi oʻrinlarda “Ish beruvchi” deb yuritiladigan _____________________________________________________ bir tomondan va keyingi
(lavozimi, F.I.O.)
oʻrinlarda “Kasanachi” deb yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)

ikkinchi tomondan ushbu shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mehnat shartnomasi predmeti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.1. Ushbu shartnomada belgilangan shartlarda oldindan belgilangan toʻlov uchun tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) yuzasidan ish beruvchi uchun quyidagi ishlarni uyda bajarish: ________________________________________________ ___________________________________________________________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.2. Kasanachi __________________________________________________________________
sifatida ishga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(belgilanmagan muddatga, besh yildan koʻp boʻlmagan
‎‎___________________________________________________________________

muayyan muddatga, maʼlum bir ishni bajarish vaqtiga)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.4. Kasanachining ish joyi: ________________________
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.5. Kasanachi 20__ y. “___” _________ dan ishga tushishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.6. Mehnatga haq toʻlash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Kasanachiga mehnat haqi Ish beruvchining buyurtmasini bajarish jadvaliga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotlar (koʻrsatilgan xizmatlar) hajmiga bogʻliq holda ishbay tarzda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish beruvchi buyurtmasini bajarish jadvali Kasanachi bilan kelishgan holda belgilanadi va ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Ish beruvchi huquqlari va moliyaviy imkoniyatlari doirasida quyidagi qoʻshimcha ish haqlarini belgilaydi (ustama, mukofot, ragʻbatlantirish va boshqa toʻlovlar):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________

(qoʻshimcha ish haqi, ustama, mukofot va boshqa toʻlovlar nomi va miqdori)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.7. Kasanachi mehnatiga haq toʻlash kasanachi tomonidan mehnat normalari va mehnat majburiyatlari bajarilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan past boʻlishi mumkin emas va biron-bir eng yuqori ish haqi miqdori bilan chegaralanmaydi.
(1.7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kasanachiga mehnatiga haq toʻlash naqd pul shaklida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.8. Kasanachi davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurta qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tomonlarning majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1. Kasanachi quyidagilarga majbur:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.1. Ishlarning quyidagi turlarini bajarish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________
‎‎_____________________________________________________________________________
_____________________________________________________________________________‎‎

(ishning asosiy tavsifi va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar koʻrsatiladi)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.2. Ushbu shartnomaning 2.1.1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarishga vijdonan munosabatda boʻlish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.3. Ish beruvchi tomonidan oʻziga berilgan mol-mulk (asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar)ning saqlanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.4. Ish beruvchi tomonidan talab qilinadigan sifat standartlariga asosan mahsulotlarni Ish beruvchiga topshirishga jadvalga muvofiq oʻz vaqtida tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablar bilan (elektr energiyasi, suv, gaz va hokazolar boʻlmaganda) buyurtmani bajarish va mahsulotlarni topshirish imkoniyati boʻlmaganda, bu toʻgʻrida muddati kelgunga qadar ___ kundan kechikmasdan Ish beruvchini xabardor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.5. Materiallar, asbob-uskunalar, jihozlar buzilishi, shuningdek belgilangan normativlar doirasida hamda tegishli dalolatnomaga asosan toʻliq yoki qisman yaroqsiz boʻlgan mahsulotlar bilan bogʻliq zararni Ish beruvchiga qoplash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.6. Mehnat shartnomasi boʻyicha ishlarni bajarish uchun isteʼmol qilinadigan kommunal xizmatlar haqini qatʼiy ravishda oʻlchov asboblari koʻrsatkichlari boʻyicha aholi uchun qoʻllaniladigan tariflarga muvofiq toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.7. Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.8. Mehnat tashkil qilingan xonaga xatlov oʻtkazish davrida ish beruvchining va ish beruvchini hujjatli tekshirish oʻtkazilayotganda soliq xizmati organlarining vakillari kirishiga ruxsat berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.9. Ish beruvchining unga berilgan texnologiyasining maxfiyligiga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.10. Boshqa ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini imzolash uchun Ish beruvchining yozma roziligini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.1.11. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2. Ish beruvchi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.1. Ushbu mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq Kasanachiga ish (buyurtma) berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.2. Kasanachini topshirish dalolatnomasiga muvofiq Buyurtmani bajarish uchun zarur boʻlgan texnik jihatdan xavfsiz asbob-uskunalar, jihozlar, inventar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.3. Belgilangan jadvalga asosan buyurtmani bajarish uchun Kasanachini tegishli sifatdagi xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar bilan oʻz vaqtida taʼminlash va ularni yetkazib berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.4. Kasanachi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar jadvalga muvofiq olib ketilishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.5. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) boʻyicha Kasanachining mehnat haqini oʻz vaqtida toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.6. Kasanachining buyurtmanomasi boʻyicha buyurtmani bajarish uchun unga berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventarni taʼmirlash, shuningdek zarur ehtiyot qismlar bilan taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.7. Ish beruvchining buyurtmasini bajarish uchun Kasanachining asbob-uskunalari, jihozlari va inventaridan foydalanilgan taqdirda, ijara shartnomasiga muvofiq (ijara toʻlovi Ish beruvchi tomonidan naqd pul bilan amalga oshiriladi) uning xarajatlarini qoplash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.8. Ish beruvchining buyurtmasini bajarish bilan bogʻliq foydalanilgan energiya, suv, aloqa uchun Kasanachining xarajatlarini qoplash (kompensatsiya qilish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.9. Kasanachiga mehnat xavfsizligi qoidalari va berilgan asbob-uskunalar, jihozlar va inventardan foydalanish toʻgʻrisida yoʻriqnomalar berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buyurtma boʻyicha ishlarni bajarishda zarur boʻlgan shaxsiy himoyalanish vositalari bilan Kasanachini bepul taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.10. Kasanachining mehnat daftarchasiga belgilangan tartibda yozuvlarni qayd etish, uni saqlash va ishdan boʻshatilgan kunda Kasanachiga berish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.11. Mehnat shartnomasi amal qilish davrida Kasanachining ijtimoiy sugʻurtasini amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.12. Kasanachining jamgʻarib boriladigan shaxsiy pensiya hisob raqamini ochish va unga badallarni oʻz vaqtida toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.13. Kasanachiga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha (vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi hollarida, homiladorlik va tugʻish boʻyicha, bola tugʻilganda va dafn etish uchun) nafaqalarni toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2.2.14. Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.1. Kasanachi ish vaqtini oʻz xohishiga koʻra taqsimlaydi, u bajargan barcha ishlarga bir hissa miqdorda haq toʻlanadi va unga ish vaqtidan tashqari ishlaganlik, dam olish va bayram kunlarida, shuningdek tungi vaqtda ishlaganlik uchun mehnatga haq toʻlash shartlari qoʻllanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.2. Kasanachiga ish haqi saqlangan holda ___ kundan iborat taʼtil beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.3. Kasanachiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qoʻshimcha taʼtil beriladi.
(3.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3.4. Taʼtilni pul kompensatsiyasi bilan almashtirishga ruxsat etilmaydi, berilgan taʼtildan foydalanmagan Kasanachini ishdan boʻshatish hollari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tomonlarning javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.1. Kasanachi ushbu shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar buzilgan, shuningdek moddiy zarar yetkazgan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq intizomiy, moddiy va boshqa javobgar boʻladi.
(4.1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.2. Agar buyurtma berilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda uzilishlar Kasanachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra (elektr energiyasining oʻchirilishi, gazning yoʻqligi yoki past bosimligi va hokazolar) sodir boʻlgan boʻlsa (bu toʻgʻrida Kasanachi buyurtma berilgan mahsulotlarni topshirish muddatlari kelgunga qadar agar buning imkoni boʻlmasa — mumkin qadar qisqa muddatda Ish beruvchini xabardor qilishga majbur) Kasanachiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4.3. Shartnomada belgilangan muddatlar va hajmlarda xom ashyo, materiallarni yetkazib berish, tayyor mahsulotlarni olib ketishda uzilishlar boʻlgan hollarda, bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilinmaganda, shuningdek ushbu shartnoma bajarilmasligining boshqa barcha hollarida Ish beruvchi amaldagi qonunchilikka asosan moddiy va boshqacha tarzda javobgar boʻladi.
(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mehnat shartnomasini toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1. Ushbu mehnat shartnomasini toʻxtatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1.1. Tomonlarning kelishuvi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1.2. Mazkur shartnomaning 1.1-bandida koʻrsatilgan ishlarning bajarib boʻlinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1.3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra mehnat shartnomasining Kasanachining tashabbusi bilan bekor qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.1.4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra mehnat shartnomasining Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5.2. Mehnat shartnomasining toʻxtatilishi tomonlarni shartnoma bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Alohida shartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.1. Ushbu mehnat shartnomasi shartlari tomonlar uchun majburiy yuridik kuchga ega. Mazkur mehnat shartnomasiga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar ikki tomonlama yozma kelishuv bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.2. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarda tomonlar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilikka amal qiladi.
(6.2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.3. Mehnat shartnomasini bajarish chogʻida tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(6.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6.4. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzildi, uning bir nusxasi Ish beruvchida, ikkinchi nusxasi Kasanachida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tomonlarning imzolari: ‎
Ish beruvchi: ‎
‎‎____________________________________________(______________________)
Yuridik manzili:‎‎___________________________________________________
Kasanachi: ‎
‎‎____________________________________________(_____________________)
‎‎Pasport seriyasi ____________ № _________, ___________________________
‎‎__________________________________________________________ berilgan

(kim tomonidan, qachon)‎

Yashash joyi manzili _________________________________________________
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 2-son, 9-modda; 2008-y., 33-son, 318-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda, 23-son, 182-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son; 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 25.07.2023-y., 09/23/307/0519-son)