27.12.2005 yildagi PQ-245-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori , 27.12.2005 yildagi PQ-245-son
Date of entry into force
27.12.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlar haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mustaqil teleradio kanallarini isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2005-yil 8-noyabrdagi PF–3678-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (bundan buyon matnda — O‘zbekiston MTRK)ni qayta tashkil etish va zamon talablariga javob beradigan teleradioeshittirish (ko‘rsatuv)larni yaratishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston MTRK, teleradiokanallar ijodiy-ishlab chiqarish jamoalari, “O‘zbektelefilm” davlat unitar korxonasi (DUP) va kompaniya korxonalarining ularning tashkiliy tarkibi va xodimlar soni haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston MTRK xodimlar sonini optimallashtirish natijasida tejab qolinadigan 791,3 million so‘m miqdordagi budjet mablag‘lari O‘zbekiston MTRK ijodiy va ishlab chiqarish xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash uchun yo‘naltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar sonini optimallashtirish teleradiokanallarga ajratiladigan budjet mablag‘lari hajmining kamayishiga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.

2. “O’zbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali, “Respublika teleradiomarkazi”, “O’zbektelefilm” davlat unitar korxonalarining xamda O‘zbekiston MTRKning tashkiliy tarkibi 1—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1-6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston MTRK O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRK hududiy bo‘linmalarining xodimlar sonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining raisiga, zarur hollarda, tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy tuzilmasiga O‘zbekiston MTRK tizimining umumiy shtat birligi doirasida o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 8-apreldagi PF-4532-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 15-son, 198-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Yoshlar” teleradiokanali AJning tashkiliy tarkibi 7-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar” teleradiokanali aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasi quyidagi tartibda taqsimlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi — 50 %;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ulushi — 50 %.
(3-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoniga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston MTRKning teleradiodasturlar tayyorlash uchun zarur texnika vositalari, idora jihozlari, intellektual mulk obyektlari va boshqa mulklari amaldagi tartib bo‘yicha qayta baholash amalga oshirilgandan so‘ng “Yoshlar” teleradiokanali YAJning ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi sifatida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasini isloh qilish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar Dasturi, shuningdek, O‘zbekiston MTRKni isloh qilish bo‘yicha ishchi guruhi tarkibi 8-9-ilovalarga* binoan tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 8–9-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi guruh 2006-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston MTRKni qayta tashkil etish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni yakunlash va mustaqil teleradiokanallar hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalarning faoliyat ko‘rsata boshlashini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari va hududiy bo‘linmalarining analog formatdagi televizion ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari bir kecha-kunduzlik o‘rtacha hajmi, davlat budjeti mablag‘lari hisobiga telefilmlar ishlab chiqarish yillik hajmi 10-ilovaga* .
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston MTRK Raisiga teleradiokanallarning bir kecha-kunduzlik o‘rtacha eshittirishlari (ko‘rsatuvlari) hajmiga mazkur qarorda tasdiqlangan parametrlar doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston MTRK respublika Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali AJ faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash va ko‘rsatadigan xizmatlari uchun tarif — baholarni shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar” teleradiokanali” AJ huzuridagi “Bolajon” va “Navo” telekanallari, shuningdek O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi boshqa teleradiokanallar va hududiy bo‘linmalar faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan budjetdan tashqari daromadlar hisobidan amalga oshiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
teleradiokanallar va “O’zbektelefilm” mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi konkret (muayyan) teleko‘rsatuv, radioeshittirish va filmlarni tayyorlash uchun ijodiy xodimlarni muddatli shartnomalar bo‘yicha jalb etishga yo‘naltiriladigan xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston MTRK tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar uchun sotib olinadigan, shuningdek hukumat qarorlariga muvofiq olingan asosiy vositalarning amortizatsiya to‘lovlari (xarajatlari) davlat unitar korxonalari ko‘rsatgan xizmat uchun tariflar tarkibiga kiritilmaydi.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston MTRK va “O’zbekiston” teleradiokanali, “Sport” teleradiokanali, “Toshkent” teleradiokanali davlat unitar korxonalari va “Yoshlar” teleradiokanali AJning teleradioko‘rsatuv va eshittirishlarning yuqori sifatini ta’minlagan, yangi, yuksak badiiy-g‘oyaviy teleradiodasturlar va filmlar tayyorlash, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarda zamonaviy axborot, kompyuter va mediojarayonlarni joriy qilishni ta’minlagan ijodiy jamoalar, studiyalar va alohida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ular huzurida rag‘batlantirish jamg‘armalarini tashkil etish haqidagi takliflari ma’qullansin.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamg‘armalar quyidagi manbalardan shakllanishi belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tejab qolingan budjet mablag‘lari, shu jumladan, xodimlar sonini optimallashtirish evaziga erishilgan mablag‘;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama faoliyati, pullik xizmat ko‘rsatish, shartnomalar bo‘yicha bajarilgan ishlardan tushgan daromadning 25% gacha bo‘lgan qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Teleradiokanallarning rag‘batlantirish jamg‘armasi haqidagi umumiy nizom 11-ilovaga* binoan tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston MTRK:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddat ichida Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston MTRKning ishlab turgan tarkiblarida mavjud texnika va ishlab chiqarish quvvatlarini inventarizatsiya qilishni yakunlasin. Shakllanayotgan teleradiotarkiblarning eshittirish va ko‘rsatuvlari hajmi hamda ularning oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda “Respublika teleradiomarkazi” bilan teleradiokanallar o‘rtasidagi topshirish dalolatnomalari (hujjatlari) va ajratish balanslarini tayyorlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddat ichida mamlakat badiiy teleradiomahsulotlari (televizion, hujjatli, multiplikatsion filmlar va boshqalar) hajmi bosqichma-bosqich oshib borishi nazarda tutilgan holda, aholining bilim va madaniy saviyasini ko‘tarish, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolish, fuqarolar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, yoshlarni va o‘sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadlariga yo‘naltirilgan “Milliy serial” ijodiy-ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi tashkil etilayotgan teleradiokanallar va tarkiblarni yuqori malakali ijodiy-ishlab chiqarish xodimlari bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Davlat mulki qo‘mitasi O‘zbekiston MTRK bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YAJning ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish, ta’sis majlisini o‘tkazish, uning nizomini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddat ichida “Yoshlar” teleradiokanali YAJning aktivlarni baholash va ta’sis hujjatlarini, shuningdek, keyin chiqariladigan aksiyalar asosida ustav jamg‘armasini shakllantirishni ta’minlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoshlar” teleradiokanali AJ aksiyalarni chiqarish loyihasini ro‘yxatdan o‘tkazganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetiga to‘lovlardan ozod qilinsin.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikki oy muddat ichida vazirlik tarkibida O‘zbekiston MTRKdan o‘tkaziladigan badiiy jamoalar Ijodiy birlashmasini tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat va sport ishlari vazirligida tashkil etilayotgan Ijodiy birlashma bilan O‘zbekiston MTRK o‘rtasidagi hamkorlikning uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturini ishlab chiqishni ta’minlasin, uning asosida Ijodiy birlashma badiiy jamoalarining O‘zbekiston MTRK teleradiokanallari ko‘rsatuvlari va eshittirishlarida qatnashuvi haqida shartnomalar tuzsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahri hokimliklari ikki oy muddat ichida amaldagi tartib bo‘yicha O‘zbekiston MTRKdan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligiga o‘tkaziladigan badiiy jamoalarni joylashtirish uchun binolar ajratib, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 27-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-245-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 387-modda; 2009-y., 14-son, 156-modda; 2013-y., 15-son, 198-modda; 2014-y., 3-son, 33-modda, 29-son, 356-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda, 37-son, 982-modda)