Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2023 30.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1528
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvning Qarori, 30.11.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1528
Date of entry into force
10.12.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2023
Hujjat 10.12.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLARNING BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 30-noyabrda 1528-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 7-martdagi 4/7-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3428, 20.04.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 7 va 51-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida Nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan soʻng kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.Q. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 10-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19/5-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 19/5-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida (keyinchalik matnda “banklar”) moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (keyinchalik matnda “MHXS”) muvofiq holda yuritish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom talablari bankning oʻz aksiyalariga, kredit hamda olinishi lozim boʻlgan mablagʻlar hisobvaraqlariga, shuningdek, qimmatbaho qogʻozlarning hosilalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy vosita (instrument)lar — bir xoʻjalik yurituvchi subyektda moliyaviy aktivning va boshqa bir xoʻjalik yurituvchi subyektda esa moliyaviy majburiyat yoki ulushli vositalarning paydo boʻlishiga olib keluvchi har qanday shartnoma.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktiv — naqd pul mablagʻlari, shartnomadan kelib chiqib, boshqa xoʻjalik subyektlaridan pul mablagʻlarini yoki moliyaviy aktivlarni olish va almashtirish huquqi hamda boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektning ulushli vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktiv (majburiyat) ning pul moddalari — tasarrufdagi (egalik huquqidagi) pul mablagʻlari, shuningdek, qayd qilingan yoki oʻrnatilgan miqdordagi pul mablagʻlari summasida olinishi yoki toʻlanishi lozim boʻlgan aktivlar va majburiyat. Barcha moliyaviy aktivlar ham pul moddalari boʻlavermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy majburiyat — pul mablagʻlarini va boshqa moliyaviy aktivlarni shartnomaviy majburiyat orqali boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlariga oʻtkazish yoki almashtirishni bildiradigan har qanday majburiyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushli vositalar — xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektiga boʻlgan majburiyatlarini chegirib tashlagandan keyingi qolgan aktivlar ulushini tasdiqlovchi har qanday shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haqqoniy (haqiqiy) qiymat — bu yaxshi xabardor boʻlgan va bunday operatsiyani amalga oshirishni xohlovchi tomonlar oʻrtasida umumiy shartlar asosida bitimni amalga oshirishdagi aktivni almashtirish yoki majburiyatni toʻlash mumkin boʻlgan summa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati — aktivning balans hisobotda dastlabki tan olingandagi baholangan summasi (yaʼni aktivning hisobvaraqdagi aks ettirilgan summasi, plyus/minus mukofot/diskont hisobvaragʻidagi aks ettirilgan summa, plyus aktivning sotib olish uchun ketgan xarajatlarning hisobvaraqdagi summasi, plyus har qanday sotib olingan olinishi lozim boʻlgan va alohida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobvaragʻida aks ettirilgan hisoblangan foizlar), minus toʻlangan asosiy qarz summasi, plyus/minus real foiz stavkasi metodini qoʻllash bilan mukofot/diskontlarning yigʻilgan amortizatsiya summasi, va minus sotib olish uchun ketgan xarajatlar amortizatsiyasi, va minus koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktivning balans qiymati — moliyaviy aktivning hisobvaragʻidagi qoldigʻi, plyus/minus mukofot/diskont hisobvaragʻidagi qoldigʻi, plyus aktivni sotib olishga ketgan xarajat boʻyicha aktiv hisobvaraqdagi qoldiq, plyus olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar hisobvaragʻidagi qoldiq, plyus/minus haqqoniy qiymatni korrektirovka qilish hisobvaragʻidagi qoldiq, minus koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Balans qiymati” — moliyaviy aktivning haqqoniy qiymatini qaytadan toʻgʻrilash (korrektirovka oʻtkazish) uchun joriy haqqoniy qiymati bilan taqqoslanadigan summa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mukofot — qarz qimmatli qogʻozi uchun toʻlangan (sotib olishdagi xarajatlarsiz) summaning, aktiv nominal qiymati bilan har qanday sotib olingan, olinishi lozim boʻlgan foizlarni qoʻshib hisoblaganda oshib ketgan summa. [Sotib olish bahosi – (nominal qiymat + sotib olingan, olinishi lozim boʻlgan foizlar)]. Mukofot debet qoldiqqa ega boʻlib, real foiz stavkasi metodini qoʻllash bilan amortizatsiya hisoblash vositasida foizli daromadni kamaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont — qarz qimmatli qogʻozining nominal qiymati bilan har qanday sotib olingan, olinishi lozim boʻlgan foizlarning qarz qimmatli qogʻozi uchun toʻlangan miqdordan (sotib olishdagi xarajatlar hisobisiz) oshgan summasi. [(Nominal qiymati + sotib olingan, olinishi lozim boʻlgan foizlar) – sotib olish bahosi]. Diskont kredit qoldiqqa ega boʻlib, real foiz stavkasi metodini qoʻllash bilan amortizatsiya hisoblash vositasida foizli daromadni koʻpaytiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olingan olinishi lozim boʻlgan foizlar — qarz qimmatli qogʻozlar boʻyicha har qanday hisoblangan, lekin toʻlanmagan foizlar. Ular qimmatli qogʻozni taqdim etuvchiga toʻlanishi lozim boʻlib va sotib olish sanasidan boshlab sotib oluvchiga oʻtadigan foizlardir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarali foiz stavka usuli — moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatlarning amortizatsion qiymatini hisob-kitob qilish va tegishli davr mobaynida hosil qilingan foizli daromadlar va xarajatlarning (shu jumladan, sotish uchun mavjud va soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatbaho qogʻozlar boʻyicha mukofot va diskont hamda sotib olish xarajatlarini amortizatsiya qilish) taqsimlash usuli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Samarali foiz stavkasi — moliyaviy aktivning foydali xizmat muddati davomida yoki qayerda maqbul boʻlsa, nisbatan qisqa davrda kelgusida kutilayotgan pul oqimlarini, uning sof balans qiymatiga ega boʻlish uchun aniq diskontlaydigan stavka.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tan olishni toʻxtatish — ilgari tan olingan moliyaviy aktivni bank balansidan hisobdan chiqarish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim sanasi — bank tomonidan aktivni sotib olish yoki sotish bilan bogʻliq majburiyat olingan sana.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitim sanasidagi hisob — aktivni u boʻyicha yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish vaqtiga emas, balki bitim sanasiga tan olish yoki tan olishni toʻxtatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatsiyalar boʻyicha xarajatlar — moliyaviy aktivning bevosita sotib olinishi (sotib olish xarajatlari) yoki hisobdan chiqarilishi (sotish xarajatlari) bilan bogʻliq boʻlgan oʻsib boruvchi sarf-xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar — moliyaviy aktivning balans qiymatini uning qaytariladigan (qoplanadigan) qiymatidan oshgan summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Moliyaviy aktivlarning birlamchi tan olinishi va baholanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Moliyaviy aktivlarning tasniflanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Moliyaviy aktivlar uch toifaga boʻlinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymati oʻzgarishi foyda va zararlarda aks ettiriluvchi savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar va bank balans hisobotida dastlabki tan olishda “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” deb tasniflangan moliyaviy aktivlarni oʻz ichiga oladi Binobarin, oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlarning 2 ta ichki turi mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktiv yaqin kelajakda bevosita sotish maqsadida olingan boʻlsa, yoki moliyaviy aktivlar portfeli tarkibiga kiritilgan boʻlib, bunda bank tomonidan bitta guruh singari boshqarilsa va yaqinda qisqa muddatli foyda koʻrishning haqiqiy belgilari kuzatilsa, u savdoga moʻljallangan aktivlar singari tasniflanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank biror-bir boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishda, ularning hisobini haqqoniy qiymati boʻyicha yuritish maqsadida boʻlib, haqqoniy qiymatini ishonchli aniqlash mumkin boʻlsa va haqqoniy qiymatidagi oʻzgarishini foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish maqsadida boʻlsa, bank ularni “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflashi mumkin. Bunda bankning ushbu qarori keyinchalik oʻzgarmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlari qayd qilingan yoki oʻrnatilgan miqdordagi toʻlovlar va qayd qilingan toʻlash muddatiga ega boʻlgan moliyaviy aktivlar boʻlib, bunda bank ularni soʻndirish muddatigacha saqlash maqsadi va imkoniyatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Banklar moliyaviy aktivlarni mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan toifalarda tasniflaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Banklar faqat soʻndirish muddatigacha saqlash maqsadi va imkoniyati mavjud boʻlsagina, qarz vositalarni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflashi lozim (1-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Banklar ulushli vositalarni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflamasligi lozim. Chunki, ulushli vositalar toʻlash muddatiga ega boʻlmaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Banklar joriy yoki oʻtgan ikki moliyaviy yil davomida katta miqdordagi soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarni qoplash muddati kelgunga qadar sotgan yoki qayta tasniflagan boʻlsa, ularga ushbu moliyaviy aktivlarni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflash taqiqlanadi. Ammo, quyidagi holatlar bundan mustasno:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) moliyaviy aktivning soʻndirish sanasiga qadar oz vaqt qolganda amalga oshirilsa. Chunki bozor foiz stavkasining oʻzgarishi mazkur moliyaviy aktivning qolgan soʻndirish muddatigacha boʻlgan davr davomida uning haqqoniy qiymatiga sezilarli taʼsir qilmagan boʻlishi mumkin (2-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) bank rejalashtirilgan toʻlovlar asosida dastlabki asosiy qarz summasini toʻla undirgandan keyin amalga oshirsa (2-ilova);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) bank tomonidan oldindan ogohlantirishlar boʻyicha bankka bogʻliq boʻlmagan va favqulodda xaraktyerga ega boʻlgan muhim hodisalar sababli hech qanday asosli harakat qila olmagan holda amalga oshirsa (3-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Banklar “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” yoki “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifalarda tasniflanmagan barcha moliyaviy aktivlarni “sotish uchun mavjud” qimmatli qogʻozlar toifasida tasniflashlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Banklar moliyaviy aktivni bir toifadan boshqa bir toifaga oʻtkazishda (misol uchun, “sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga) ushbu aktivni mazkur Nizomning VII boʻlimiga muvofiq yangi turdagi hisobvaraqda aks ettirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Moliyaviy aktivni tan olish vaqti va uning qiymatini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Bank moliyaviy vosita boʻyicha shartnoma shartlari tadbiq etiladigan tomonlardan biri boʻlgandagina moliyaviy aktiv bank tomonidan balans hisobotida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Banklar moliyaviy aktivni balans hisobotida bitim sanasi boʻyicha yuritiladigan hisobdan kelib chiqqan holda tan olishlari lozim. Moliyaviy aktiv ham, aktiv uchun toʻlov majburiyati ham bitim sanasi boʻyicha aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Banklar sotib olingan moliyaviy aktivni dastlabki tan olishda uning haqiqatdagi qiymatini aks ettirgan haqqoniy qiymati boʻyicha baholaydilar. Sotish uchun mavjud yoki soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar deb tasniflangan moliyaviy aktivlar boʻyicha ularni sotib olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar ham aktiv sifatida aks ettiriladi va qimmatli qogʻozning “amortizatsiya qiymati”ga kiritiladi. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” sifatida tasniflangan moliyaviy aktivlarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar bankning joriy xarajati sifatida tan olinib, foyda va zararlar hisobotida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Moliyaviy aktivni tan olishdagi buxgalteriya oʻtkazmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Banklar moliyaviy aktivlarni sotib olishda ularning tasnifiga muvofiq nominal qiymati tijorat banklarining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining mos balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Bunda, mukofot, diskont va boshqa har qanday sotib olingan hisoblangan foizlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq alohida hisobvaraqlarda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Banklar “oldi-sotdi” yoki “sotish uchun mavjud” qimmatli qogʻozlar sifatida tasniflangan ulushli qimmatli qogʻozlarni sotib olishda ularni haqiqiy qiymati boʻyicha mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq tegishli balans hisobvaraqda aks ettirishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. “Sotish uchun mavjud” yoki “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifalarda tasniflangan qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar 10889 — “Sotish uchun mavjud qarz qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar” yoki 15989 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar” balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar va barcha ulushli qimmatli qogʻozlarni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar 55110 — “Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha toʻlanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari” balans hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Moliyaviy aktivlarni sotib olishdagi diskont, mukofot va xarajatlar amortizatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Banklar barcha moliyaviy aktivlar boʻyicha mukofot yoki diskontlarni real foiz stavkasi usulini qoʻllagan holda amortizatsiyalaydi. Banklar, shuningdek, “sotish uchun mavjud” yoki “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasida tasniflangan qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olish xarajatlarini ham real foiz stavkasi usulini qoʻllagan holda amortizatsiyalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Diskontni amortizatsiyalash tegishli “Diskont” hisobvaraqlarni debetlash va “Foizli daromadlar” hisobvaraqlarini kreditlash yoʻli bilan mazkur Nizomning 6, 7 va 8-ilovalariga muvofiq aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mukofot va sotib olish xarajatlarini amortizatsiyalash tegishli “Foizli daromadlar” hisobvaraqlarini debetlash va “Mukofot” yoki “Qarz qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar” hisobvaraqlarini kreditlash yoʻli bilan mazkur Nizomning8-ilovasiga muvofiq aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Moliyaviy aktivlarni keyingi baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan aktivlarni keyingi baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Banklar “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlarni dastlabki tan olishdan keyin, ularning haqqoniy qiymati boʻyicha, banklarning mazkur aktivlar boʻyicha sotishda yoki hisobdan chiqarishda qilishi mumkin boʻlgan xarajatlarini chegirmagan holda baholaydilar. Toʻgʻrilashlar bevosita foyda va zararlar hisoboti orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Banklar haqqoniy qiymat oʻzgarishi natijasidagi toʻgʻrilash summalarini yo portfel yo har bir alohida qimmatli qogʻoz asosida hisoblash huquqiga ega. Ushbu ixtiyoriy usullar natijasidan toʻgʻrilashning bir xil boʻlgan yakuniy summasi kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Haqqoniy qiymat oʻzgarishi natijasidagi toʻgʻrilash summasining hisob-kitobi quyidagicha amalga oshiriladi: Haqqoniy qiymat – Balans qiymati = Toʻgʻrilash summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur formulani qoʻllashda hosil boʻladigan musbat farq haqqoniy qiymatning oʻsishini, manfiy farq esa haqqoniy qiymatning kamayishini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Haqqoniy qiymat oʻzgarishini toʻgʻrilash, hech boʻlmaganda har oy moliyaviy hisobotni tayyorlashdan oldin amalga oshiriladi. Haqqoniy qiymat oʻsishini aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Dt 10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi”‎‎

XX‎

Kt 45609 — “Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda” yoki
‎Kt 45611 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda” (savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlardan tashqari) ‎‎

XX‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Haqqoniy qiymat kamayishini aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi (6-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 55610 — “Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zararlar” yoki
‎Dt 55614 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zararlar” (Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlardan tashqari)

XX‎

Kt 10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi”

XX‎‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. “Sotish uchun mavjud” toifasida tasniflangan aktivlarni keyingi baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Dastlabki tan olishdan keyin banklar “sotish uchun mavjud” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlarni haqqoniy qiymati boʻyicha baholaydilar. Bunda banklarning mazkur aktivlar boʻyicha sotishda yoki hisobdan chiqarishda qilishi mumkin boʻlgan xarajatlar haqqoniy qiymatdan chegirib tashlanmaydi. Toʻgʻrilashlar bevosita bankning foyda va zararlariga olib borilmasdan, balki uning kapital hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yuqoridagi bandda qoʻyilgan talablar istisno tariqasida bozor narxida kotirovka qilinmaydigan va haqqoniy qiymati ishonchli baholanmaydigan ulushli vositalarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Bunday aktivlar, agar ular “sotish uchun mavjud” moliyaviy aktivlar toifasida tasniflangan boʻlgan taqdirda ham, koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini chegirib tashlagandagi haqiqatdagi qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Agar, keyinchalik aktivning haqqoniy qiymatini baholash imkoniyati ishonchli boʻlgan taqdirda, banklar bunday aktivlarni haqqoniy qiymati boʻyicha hisobga olishlari lozim. Agar ulushli qimmatli qogʻoz haqqoniy qiymati boʻyicha hisobga olinib, keyinchalik haqqoniy qiymatini ishonchli baholash imkoniyati mavjud boʻlmay qolsa, u holda ushbu aktiv haqiqatdagi qiymati boʻyicha aks ettiriladi. Bunday holatda ushbu bandda bayon etilgan hisob uslubi qoʻllaniladi, faqat alohida kapital hisobvaragʻida aks ettiriladigan oʻzlashtirilmagan foyda va zararlar amortizatsiya qilinmaydi. Bunda ular kapital hisobvaragʻida mazkur aktiv sotilmaguncha saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Moliyaviy aktivlarning haqqoniy qiymati oʻzgarishi bilan bogʻliq toʻgʻrilash summalari portfel yoki har bir alohida qimmatli qogʻoz asosida aniqlanadi. Mazkur usullar natijasidan toʻgʻrilashning bir xil boʻlgan yakuniy summasi kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Haqqoniy qiymat oʻzgarishidan kelib chiqib, toʻgʻrilash summasini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haqqoniy qiymat – Balans qiymati = Toʻgʻrilash summasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur formulani qoʻllashda hosil boʻladigan musbat farq haqqoniy qiymatning oʻsishini, manfiy farq esa haqqoniy qiymatning kamayishini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Haqqoniy qiymat oʻsishini aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi”

XX

Kt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymatini oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda va zararlar (aktiv-passiv)”

XX

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Haqqoniy qiymat kamayishini aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi (7-ilova):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymatini oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda va zararlar (aktiv-passiv)”

XX

Kt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi”‎‎

XX‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasida tasniflangan aktivlarni keyingi baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlar moliyaviy hisobotda koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini chegirgan holdagi amortizatsiya qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Bunday aktivlar boʻyicha haqqoniy qiymatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq toʻgʻrilash (korrektirovka)lar amalga oshirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Xorijiy valyutada ifodalangan moliyaviy aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Xorijiy valyutada ifodalangan “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” yoki “sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlar” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivlar boʻyicha banklar dastlab xorijiy valyuta asosida haqqoniy qiymatining toʻgʻrilash summasini aniqlab olishlari lozim. Keyin esa valyutalarni ayirboshlashning Markaziy bank kursi boʻyicha ochiq valyuta pozitsiyasini qayta baholash yoʻli bilan kurs farqi hisobidan olingan har qanday foyda va zararlar aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VI. Moliyaviy aktivlarni tan olishni toʻxtatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Moliyaviy aktivlarni tan olishni toʻxtatish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Bank moliyaviy aktivni tan olishni quyidagi hollarda toʻxtatadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) mazkur aktivdan kelib tushadigan pul oqimini olish yuzasidan tuzilgan shartnomada belgilangan huquq muddati oʻtib ketganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) bank moliyaviy aktivni berganda va ushbu holat tan olishni toʻxtatishni talab qiluvchi holatga toʻgʻri kelganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Bank moliyaviy aktivni berishda mazkur aktivni boshqarish bilan bogʻliq boʻlgan xavf-xatar va mukofotlar darajasini baholay bilishi lozim (9-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bank moliyaviy aktivni boshqarish bilan bogʻliq barcha xavf-xatar va mukofotlarni beradigan boʻlsa, u holda u mazkur aktivni hisobdan chiqarishi va uni berishda paydo boʻladigan va saqlangan har qanday huquq (yoki majburiyatlar)ni alohida aktiv (majburiyat) sifatida tan olishi lozim (10-ilova).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Bank moliyaviy aktivni boshqarish bilan bogʻliq barcha xavf-xatar va mukofotlarni oʻzida saqlab qoladigan boʻlsa, u holda u moliyaviy aktivni hisobdan chiqarmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Banklar tan olishni toʻxtatish talablariga javob bermaydigan operatsiyalar davridagi har qanday tushumlarni majburiyat sifatida 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar” hisobvaragʻida aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Moliyaviy aktivlarni sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivni sotish yoki hisobdan chiqarishdagi foyda yoki zararlar summasi quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdagi tushum – Balans qiymati = Foyda (zarar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash summasi moliyaviy aktivni sotishdan oldin aks ettirilgan boʻlsa, u holda yuqoridagi formula foyda yoki zararlar nolga tengligini koʻrsatadi. Biroq, bunda kunlik asosda haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash talab etilmaydi. Agar sotish natijasida foyda yoki zararlar paydo boʻlsa, u holda mazkur foyda yoki zararlar haqqoniy qiymatni toʻgʻrilashdan kelib chiqqan foyda va zararlar aks ettiriladigan hisobvaraqlarda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, bank “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan davlat obligatsiyalarini sotayotganda foyda quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdan kelib tushgan tushum ‎ 885‎
Minus: Balans qiymati:‎
10705 — “Davlat obligatsiyalari”‎ 1.000‎
10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont
‎ (kontr — aktiv)”‎
(100)‎
10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy
‎qiymatining oʻzgarishi”‎
(20)‎
10799 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlaridan koʻrilishi
‎mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”‎
0‎
16305 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha
‎ hisoblangan foizlar (kuponlar boʻyicha)”‎
3‎
Balans qiymati = ‎ 883‎
Sotishdan olingan foyda‎ 2‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydani aks ettirish boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasi esa quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Pul mablagʻlarining mos hisobvaragʻi‎‎ 885‎
Dt 10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha diskont (kontr — aktiv)” 100‎
‎‎Dt 10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqqoniy qiymatining oʻzgarishi”‎‎ 20‎

‎‎Kt 10705 — “Davlat obligatsiyalari”

1.000‎

‎‎Kt 16305 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha hisoblangan foizlar”

3‎

‎‎Kt 45609 — “Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda” yoki
‎Kt 45611 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda (savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlardan tashqari)”



‎2‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. “Sotish uchun mavjud” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivni sotishdan yoki hisobdan chiqarishdan koʻrilgan foyda yoki zararlar quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdan kelib tushgan tushum – “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqqoniy qiymatining oʻzgarishi” sifatida aks ettirilgan summani chegirgan holdagi balans qiymati = Foyda (zarar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, bank “sotishga moʻljallangan” toifada tasniflangan davlat xazina veksellarini sotayotganida foyda quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdan kelib tushgan tushum‎ 1.150‎
Minus: Haqqoniy qiymatni toʻgʻrilashdagi summani chegirib tashlagandagi
‎ Balans qiymati‎
10801 — “Davlat xazina veksellari”‎ 1.000‎
10889 — “Sotish uchun mavjud qarz qimmatli qogʻozlarini xarid qilish boʻyicha
‎ xarajatlar”‎
10‎
10893 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar
‎boʻyicha mukofot”‎
100‎
10899 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar
‎ boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi”‎
0‎
16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar
‎boʻyicha hisoblangan foizlar (kuponlar boʻyicha)”‎
0‎
Haqiqiy qiymatni toʻgʻrilashdagi summani chegirib tashlagandagi Balans
‎qiymati = ‎
1.110‎
Sotishdan olingan foyda‎ 40‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydani aks ettirishning buxgalteriya oʻtkazmasi quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Pul mablagʻlarining mos hisobvaragʻi‎‎

1.150‎

Kt 10801 — “Davlat xazina veksellari”‎‎‎‎ 1.000‎
Kt 10889 — “Sotish uchun mavjud qarz qimmatli qogʻozlarini xarid qilish boʻyicha xarajatlar”‎‎ 10‎
Kt 10893 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha mukofot”‎‎ 100 ‎
Kt 45803 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”‎‎‎‎ 40 ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Bank, shuningdek, ilgari haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash boʻyicha aks ettirilgan va alohida kapital hisobvaragʻida hisobga olingan summani bekor qilish boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasini amalga oshirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, agar toʻgʻrilash summasi haqqoniy qiymatning jami 200 soʻmga oʻsishiga olib kelgan boʻlsa, u holda quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshirilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”‎‎

200 ‎

Kt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi”‎‎

200‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflangan moliyaviy aktivlarning sotilishi yoki hisobdan chiqarilishi natijasidagi foyda yoki zararlar quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvdagi tushum – Amortizatsiyalangan qiymat = Foyda (zarar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Masalan, bank “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifada tasniflangan davlat xazina veksellarini sotayotganda foydani hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdan olingan tushum‎

1.020‎
Minus: Amortizatsiyalangan qiymat‎
15901 — “Davlat xazina veksellari”‎ 1.000‎
15991 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha
‎diskont”‎
(20)‎
15989 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarini
‎xarid qilish boʻyicha xarajatlar”‎
10‎
15999 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga
‎qilingan investitsiyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni
‎qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”‎
16311 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga
‎qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar (kuponlar boʻyicha)”‎
0‎‎
Amortizatsiyalangan qiymat = ‎ 990‎
Sotishdan olingan foyda‎ 30‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydani aks ettirishning buxgalteriya oʻtkazmasi esa quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Pul mablagʻlarining mos hisobvaragʻi‎‎ 1.020‎
‎‎Dt 15991 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)” 20‎

‎‎Kt 15901 — “Davlat xazina veksellari”

1.000‎

‎‎Kt 15989 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarini xarid qilish boʻyicha xarajatlar”

10‎

‎‎Kt 45805 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda”

30‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VII. Moliyaviy aktivlarni qayta tasniflash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Moliyaviy aktivlarni “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasiga yoki toifasidan oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Moliyaviy aktiv bank tasarrufida boʻlar ekan, banklarga uni “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasiga yoki shu toifadan boshqa toifaga oʻtkazish taqiqlanadi, faqat dastlabki tasnifi notoʻgʻri tasniflangan holat bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Agar bank keyinroq “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan aktivlarning notoʻgʻri tasniflanganligini aniqlasa, u holda keyingi har qanday qayta tasniflashlar xatoni toʻgʻrilash singari hisobga olinadi. Mazkur holat ilgari chiqarilgan moliyaviy hisobotni qayta hisoblab chiqishni taqozo etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Agar bank moliyaviy aktivni “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflasada, lekin 12 oy uni davomida sotmasa va agar ushbu aktiv “qaram xoʻjalik jamiyatlariga, qoʻshma korxonalarga va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar” singari yuritilishi lozim boʻlganlar toifasiga toʻgʻri kelsa, u holda bank ushbu moliyaviy aktivni “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasidan mos investitsiya hisobvaragʻiga oʻtkazadi. Mazkur holat ham, xatoni toʻgʻrilash singari hisobga olinadi va ilgarigi moliyaviy hisobotni qayta hisoblab chiqishni taqozo etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Moliyaviy aktivlarni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasidan “sotish uchun mavjud” toifasiga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Agar bank oʻzining ishonch va imkoniyatlari oʻzgarishi natijasida moliyaviy aktivni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifa sifatida tasniflashni taqozo etmasa, u holda bank uni “sotish uchun mavjud” toifasiga oʻtkazadi va uni haqqoniy qiymatiga tenglashguncha qayta baholaydi. Qayta baholashdagi haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash alohida 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” kapital hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Agar soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlarning katta miqdorda sotilishi yoki qayta tasniflanishi 7-bandda koʻrsatilgan shartlardan birortasiga ham javob bermasa, u holda barcha qolgan soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlar “sotish uchun mavjud” toifaga oʻtkaziladi va haqqoniy qiymatiga tenglashguncha qayta baholanadi. Qayta baholashdagi haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash alohida 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqqoniy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” kapital hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlarning katta miqdordagi sotilishi yoki qayta tasniflanishi 10-bandda koʻrsatilgan birorta ham shartga javob bermaydigan har bir holatda, keyinchalik 24 oy ichida sotib olinadigan barcha qimmatli qogʻozlar “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” yoki “sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlar” toifasida tasniflanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Moliyaviy aktivlarni “sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Banklar oʻz maqsadi va imkoniyatlari oʻzgarishi natijasida yoki 10-bandda qayd etilgan oʻtgan ikkita moliyaviy yillarda oʻtkazilgan soʻndirish muddati qayd etilgan moliyaviy aktivlarini “sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkazishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Moliyaviy aktivni “sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkazishda ushbu aktivning haqqoniy qiymati shu qayta tasniflash sanasiga uning amortizatsiyalangan qiymati boʻlib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. “Sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkazilgan moliyaviy aktivlar boʻyicha oldin kapitalda tan olingan har qanday oʻzlashtirilmagan (haqqoniy qiymati oʻzgarishi natijasida vujudga kelgan) foyda yoki zararlar quyidagi tartibda hisobga olinishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar samarali foiz stavkasi uslubini qoʻllagan holda mazkur qimmatli qogʻozlarning qolgan foydali xizmat muddati davomida amortizatsiyalanib boriladi hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) yangi amortizatsiyalangan qiymat bilan soʻndirilishi lozim boʻlgan summa oʻrtasidagi har qanday farq ham 12-ilovaga muvofiq ravishda, samarali foiz stavkasi uslubini qoʻllagan holda qolgan foydali xizmat muddati davomida amortizatsiyalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasiga oʻtkazilgan moliyaviy aktivlar keyinchalik qadrsizlanadigan boʻlsa, u holda ilgari toʻgʻridan toʻgʻri kapitalda tan olingan har qanday foyda yoki zararlar mazkur Nizomning VIII-boʻlimiga muvofiq foyda va zararlar hisobotida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VIII. Moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 1. Moliyaviy aktivlar qadrsizlanishining umumiy belgilari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Banklar har bir hisobot sanasiga moliyaviy aktivning yoki moliyaviy aktivlar guruhining qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar bor-yoʻqligini baholashi va koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholashga yoki koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini oshirishga zarurat bor-yoʻqligini aniqlashtirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Foiz stavkasining oʻzgarib turishi qarz qimmatli qogʻozlarining haqqoniy qiymatiga taʼsir qiladi. Biroq, foiz miqdorining oʻzgarib turishi bilan bogʻliq haqqoniy qiymatning oʻzgarishi qadrsizlanishga olib kelmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Banklar mazkur boʻlimda belgilangan talablar, shuningdek, Aktivlar sifat darajasini tasniflash, tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish tartibi toʻgʻrisida Nizomga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 632) va 13-ilovaga muvofiq, moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi boʻyicha qoidalaridan foydalangan holda moliyaviy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar summasini baholaydilar. Banklar koʻrsatilgan tartib asosida aniqlangan katta miqdordagi zararga teng boʻlgan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararni baholashni aks ettiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 2. Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Amortizatsiya qiymati boʻyicha aks ettirilgan soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalarning qadrsizlanishi toʻgʻrisida obyektiv dalillar mavjud boʻlsa, u holda ushbu zarar mazkur aktivning balans qiymati bilan aktiv boʻyicha kutilayotgan pul oqimining joriy qiymati (hali qilinmagan kelajakdagi zararlarni chegirib tashlagan holda) oʻrtasidagi farq sifatida baholanadi. Mazkur joriy qiymat ushbu aktiv boʻyicha dastlabki real foiz stavkasi (yaʼni dastlabki tan olishda hisoblangan real foiz stavkasi)ga teng boʻlgan diskont stavkasini qoʻllash yoʻli bilan hisoblab chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish boʻyicha quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 56826 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarga
‎qilingan investitsiyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”‎

XX‎

Kt 15999 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga
‎qilingan investitsiyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash
‎z‎axirasi (kontr-aktiv)”‎

XX‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 3. Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. “Sotish uchun mavjud” toifasida tasniflangan moliyaviy aktivning qadrsizlanishi toʻgʻrisida obyektiv dalillar mavjud boʻlganda, u holda haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash bilan bogʻliq boʻlgan va ilgari toʻgʻridan toʻgʻri kapitalda aks ettirilgan ixtiyoriy kumulyativ zarar hisobdan chiqariladi va foyda va zararlar hisobotida aks ettiriladi. Bunda quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haqiqiy qiymatni toʻgʻrilash summasini bekor qilish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar
‎haqiqiy qiymatining oʻzgarishi”

XX

Kt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning
‎haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan
‎oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”

XX

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etish uchun:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 56808 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan
‎investitsiyalar ‎‎boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”

XX

Kt 10899 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan
‎investitsiyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash
‎zaxirasi (kontr-aktiv)”

XX

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Kapitaldan hisobdan chiqariladigan va foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda tan olinadigan kumulyativ zarar summasi aktivning balans qiymati (ixtiyoriy haqiqiy qiymatni toʻgʻrilash summasini chegirib tashlagan holda) bilan joriy haqqoniy qiymati oʻrtasidagi farq summaga tengdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Agar koʻrilishi mumkin boʻlgan zarar summasi ilgari kapitalda tan olingan haqiqiy qiymatning salbiy (manfiy) toʻgʻrilash summasidan oshib ketadigan boʻlsa, u holda banklar qoʻshimcha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash summasini quyidagicha aks ettiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 56808 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar
‎boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”‎‎

XX‎

Kt 10899 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”‎‎

XX‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
§ 4. Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanishi boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan qimmatli qogʻozlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasi kamdan-kam hollardagina tashkil etiladi. Albatta bunda moliyaviy aktivning qadrsizlanishi toʻgʻrisidagi obyektiv dalillar borgan sayin aniqlashib borishi, shu bilan birga, ushbu qimmatli qogʻozning joriy haqqoniy qiymati mazkur qadrsizlanishni aks ettirmagan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” toifasida tasniflangan qimmatli qogʻozlar boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash zaxirasini tashkil etishda quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 56806 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni baholash”‎‎

XX‎

Kt 10799 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlaridan koʻrilishi mumkin boʻlgan
‎zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”‎‎

XX‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktivlarni soʻndirish muddatigacha saqlash maqsadi va imkoniyati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maqsad
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda bank soʻndirish muddati belgilangan moliyaviy aktivlarni soʻndirish muddatigacha saqlash boʻyicha qatʼiy maqsadi yoʻq deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) bank mazkur moliyaviy aktivga faqat noaniq vaqt mobaynidagina egalik qilish maqsadida boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) bank mazkur aktivni likvidli mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqib, bozor foiz stavkasining yoki xavf-xatarlarning oʻzgarishlariga javoban yoki alternativ investitsiyalarning manfaatli imkoniyatlari yoki daromadlilik darajasining oʻzgarishlarga, yoki moliyalashtirish shartlari yoki manbalaridagi oʻzgarishlarga, yoki valyuta xavf-xataridagi oʻzgarishlarga javoban (yuzaga kelgan vaziyat oldindan ogohlantirishlar boʻyicha bankka bogʻliq boʻlmagan va favqulodda xaraktyerga ega boʻlgan muhim hodisalar sababli hech qanday asosli harakat qila olmagan holatlardan tashqari — 3-ilova) sotishga tayyor boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
emitent moliyaviy aktivni amortizatsiya qiymatidan sezilarli darajada past boʻlgan qiymatda soʻndirish huquqiga ega boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imkoniyat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank soʻndirish muddati belgilangan moliyaviy aktivlarni soʻndirish muddatigacha ushlab turish imkoniyati yoʻq deb hisoblanadi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) bank mazkur investitsiyaga jalb etilgan mablagʻlarni ularni soʻndirish muddatigacha ushlab turish uchun zarur boʻlgan moliyaviy mablagʻlarga ega boʻlmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) bankning faoliyati qonuniy yoki boshqa cheklashlar ostidaligi uning mazkur moliyaviy aktivlarga nisbatan soʻndirish muddatigacha egalik qilish maqsadini buzishi mumkin boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddatiga saqlanadigan qimmatli qogʻozlarni “soʻndirish sanasiga oz muddat qolganda” va “asosiy qarzdorlikning qariyib barchasi undirib olingan”da sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank biror moliyaviy aktivni faqatgina uni soʻndirish muddatigacha ushlab turish uchun qatʼiy maqsad va imkoniyati boʻlgandagina “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” aktiv sifatida tasniflashi mumkin. Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan aktivlarni soʻndirish muddatigacha sotib yuborilishi “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” deb tasniflangan boshqa barcha qolgan aktivlarni soʻndirish muddatigacha saqlanishiga shubha tugʻilishiga olib keladi. Shu sababli, qolgan boshqa soʻndirish muddatigacha saqlanadigan moliyaviy aktivlarning barchasini “sotish uchun mavjud boʻlgan” deb tasniflanadigan aktivlar toifasiga oʻtkazilishi lozim. Bu qoidani qoʻllash soʻndirish muddatigacha saqlanadigan aktivlarni sotish boʻyicha quyidagi ikki holda istisno qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) soʻndirish muddatiga oz qolganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) asosiy qarzning qariyib barchasi undirib olingandan keyin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur istisno, qarzning asosiy qismi undirib olingan yoki mazkur aktivni soʻndirish muddati yaqin boʻlgan xolatlar uchun tegishlidir, chunki bu uning xaqqoniy qiymatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydi va bank uchun moliyaviy aktivlarni ushlab turish yoki bozordagi foiz stavkalarini oʻzgarishiga javoban sotib yuborishining farqi yoʻq boʻlib qoladi. Oʻz navbatida, bunday holatlarda sotish yuzaga keladigan sof foyda yoki zararga taʼsir koʻrsatmaydi, va soʻndirish muddatigacha boʻlgan davr mobaynida narxning hech qanday oʻzgarishi kutilmaydi. Quyida, mazkur istisnolarni qoʻllash boʻyicha asosiy amal qilinadigan tamoyillar keltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddatiga oz qolganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur istisno foiz stavkalari boʻyicha xavf-xatar mazkur qimmatli qogʻoz narxini shakllantirish omili sifatida tan olinmaydigan darajada boʻlgan holatlar uchun qoʻllaniladi. Buni quyidagi misolda koʻrishimiz mumkin, agar bank moliyaviy aktivni soʻndirish muddatiga 3 oydan kam qolgan muddatda sotsa, qoida boʻyicha bu holat mazkur istisnoga mos tushadi. Bu shu narsadan kelib chiqadiki, soʻndirish muddati 3 oydan kam boʻlgan aktivga oʻrnatilgan foiz stavkasi bilan bozor stavkasi oʻrtasida paydo boʻladigan farqning haqqoniy qiymatga boʻladigan taʼsiri, qoida boʻyicha soʻndirish muddati 1 yil va undan ortiq boʻlgan aktivlarga nisbatan kam boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barcha qarz summasini undirish:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur istisno muhimlilik (suщestvennosti) tushunchasiga asoslanilgan. Agar bank aktivni, u boʻyicha rejalashtirilgan toʻlovlari yoki oldindan toʻlovlari bilan bevosita 90% yoki undan koʻp boʻlgan asosiy qarz summasi undirilgandan keyin sotadigan boʻlsa, u holda qoida boʻyicha bu holat mazkur isnistnoga mos tushadi. Bunday sotish muhim hisoblanmaydi va shu bilan birga bankni qolgan barcha “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” aktivlarini soʻndirish muddatigacha egalik qilish ishonchini shubha ostida qoldirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bank tomonidan soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” qimmatli qogʻozlarni oldindan ogohlantirishlar boʻyicha bankka bogʻliq boʻlmagan va favqulodda xaraktyerga ega boʻlgan muhim hodisalar sababli hech qanday asosli harakat qila olmagan holda sotish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bank tomonidan soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” qimmatli qogʻozlarni oldindan ogohlantirishlar boʻyicha bankka bogʻliq boʻlmagan va favqulodda xaraktyerga ega boʻlgan muhim hodisalar sababli hech qanday asosli harakat qila olmagan holda sotish, bank tassarufidagi soʻndirish muddatigacha saqlanadigan boshqa barcha qimmatli qogʻozlarni soʻndirish muddatigacha saqlash ishonchini shubha ostiga solmaydi. Bunday sotishga quyidagi holatlar misol boʻla oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) emitent kredit qobiliyatining sezilarli darajada yomonlashuvi. Misol uchun, tashqi vakolatli agentliklar tomonidan baholanadigan kredit reytingining pasayishi natijasida roʻy beradigan sotish, agar reyting darajasi pasayishi vaqtida emitent kredit reytingining dastlabki tan olishdagi koʻrsatgichlari bilan taqqoslab uning kredit qobiliyati sezilarli darajada yomonlashuvini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa, bankda boshqa soʻndirish muddatigacha saqlanadigan investitsiyalarni ushlab turishga boʻlgan maqsadini shubha ostida qoldirmaydi. Mos ravishda, agar bank tashqi taʼsirlarni baholashda ichki reytingdan foydalansa, mazkur ichki reytingdagi koʻrsatkichlardagi oʻzgarishlar kredit qobiliyati sezilarli darajada yomonlashuvi kuzatilgan emitentlarni aniqlashda qoʻl kelishi mumkin, faqat shu shart bilanki, bankning ushbu uslubi ichki reyting baholashishini va mazkur baholashdagi oʻzgarishlarni olishda emitentlarning kredit qobiliyatiga nisbatan izchil, ishonchli va obyektiv xulosalarni qilishga imkon bersagina. Agar moliyaviy aktivning qadrsizlanishi toʻgʻrisida tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa, unda kredit qobiliyatining yomonlashuvi koʻpchilik hollarda muhim (suщestvenniy) omillar deb qaralsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlarning bir qismini soliqdan ozod qilishni bekor qilish yoki sezilarni darajada qisqartirish bilan bogʻliq soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar (soliq qonunchiligidagi foizli daromadga nisbatan qoʻllaniladigan soliq stavkasini oʻzgartirish bilan bogʻliq oʻzgarishlardan tashqari) roʻy bersa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) banklar (xoʻjalik subyektlari) ning yirik birlashishi yoki yirik hisobdan chiqarish (masalan, koʻpgina filiallarini sotish) da bankning mavjud foiz va kredit xatarlari siyosati boʻyicha egallagan mavqeyini qoʻllab-quvvatlash maqsadida soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha investitsiyalarni sotish va berishga olib kelsa (agar, banklarning yirik birlashishi yoki yirik hisobdan chiqarish hodisalari bank nazoratida boʻlgan taqdirda ham bankning mavjud kredit xatarlari va kredit xatarlari boʻyicha siyosati boʻyicha egallagan mavqeyini qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan investitsiya portfelidagi oʻzgarishlar oldindan koʻra bilish emas, balki oqibat sifatida qabul qilinishi lozim);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) qonunchilik hujjatlarida investitsiyalarga berilgan ruxsat yoki uning alohida turlarining maksimal darajasiga oʻrnatilgan talablarni sezilarli oʻzgarishi natijasida investitsiya portfellaridan soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarni sotishga olib kelsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) barcha banklarga nisbatan ularning kapitaliga qoʻyiladigan meʼyoriy talablarning sezilarli darajada oʻsishi banklarning soʻndirish muddatigacha saqlanadigan investitsiyalar hajmini ularni sotish yoʻli bilan qisqartirishga olib keladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) xavf-xatarni hisobga olgan holdagi regulyativ kapitalni hisob-kitob qilishda foydalaniladigan, soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha xavf-xatarni baholashdagi sezilarli oʻsish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-fevralda bank nominal qiymati 1.000.000 soʻm boʻlgan davlat obligatsiyasini sotib oldi. Ushbu obligatsiya 1-yanvarda chiqarilgan boʻlib, soʻndirish muddati 31-dekabrda keladi. Foizlar har chorakda (obligatsiya egasiga) yillik 14% hisobida toʻlab boriladi. Bank uchun xarid narxi 911.890 soʻmni tashkil etadi. Xarid narxiga 11.890 soʻm (1.000.000 x 14% x 31/365) miqdoridagi sotib olingan olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar qoʻshilgan. Mazkur xarid bilan bogʻliq operatsiya boʻyicha xarajatlar 10.000 soʻmga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyida, moliyaviy aktivlarning uch toifasi boʻyicha yuqoridagi shartlar asosida obligatsiyani sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmalari va diskontni hisoblash amallari keltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont = 1.000.000 – (911.890 – 11.890) = 100.000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10705 — “Davlat obligatsiyalari”

1.000.000

‎‎Dt 16305 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha hisoblangan foizlar”

11.890‎

‎‎Kt 10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha diskont
‎(kontr-aktiv)”

100.000‎

‎‎Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi

911.890‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilishdagi xarajatlar quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 55110 — “Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha
‎ toʻlanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari”‎‎

10.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

10.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont = 1.000.000 – (911.890 – 11.890) = 100.000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmasi (xarid qilishdagi xarajatlar ham hisobga olingan holda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10805 — “Davlat obligatsiyalari”‎‎ 1.000.000‎
Dt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”‎‎ 11.890‎
Dt 10889 — “Sotish uchun mavjud qarz qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar”‎‎ 10.000‎

Kt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”‎‎

100.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎‎

921.890‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont = 1.000.000 – (911.890 – 11.890) = 100.000
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmasi (xarid qilishdagi xarajatlar ham hisobga olingan holda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 15905 — “Davlat obligatsiyalari”‎‎

1.000.000‎

Dt 16311 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”‎‎

11.890 ‎

Dt 15989 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar”‎‎

10.000 ‎

Kt 15991 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont”‎‎

100.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

921.890‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushli qimmatli qogʻozlarni sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank, “A” aksiyadorlik jamiyatining har bir aksiyasi uchun 10.000 soʻmdan 100 ta aksiyalarini sotib olayapti. Ushbu operatsiya boʻyicha xarajatlar 20.000 soʻmni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyida, moliyaviy aktivlarning har bir toifasi boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari alohida keltirilgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Dt 10719 — “Korxonalarning ulushli qimmatli qogʻozlari”‎‎

1.000.000 ‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

1.000.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatsiya boʻyicha xarajatlarni aks ettirish oʻtkazmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Dt 55110 — “Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha toʻlanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari”

20.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

20.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olishdagi buxgalteriya oʻtkazmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10821 — “Korxonalarning ulushli qimmatli qogʻozlari”‎‎

1.000.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

1.000.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Operatsiya boʻyicha xarajatlarni aks ettirish oʻtkazmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 55110 — “Qimmatli qogʻozlar oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha toʻlanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari”‎‎

20.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

20.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ulushli qimmatli qogʻozlar “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasida tasniflanishi mumkin emas, chunki ularning oʻrnatilgan soʻndirish muddati yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdoga moʻljallangan qarz qimmatli qogʻozlarning hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) 2003-yil 1-dekabrda bank nominal qiymati 100.000.000 boʻlgan 12 oylik davlat xazina veksellarini 93.000.000 ga sotib oldi. Soʻndirish muddati 2004-yil 30-noyabr. Mazkur qimmatli qogʻozlar keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olingan boʻlib, shuning uchun ular “savdoga moʻljallangan” turkumda tasniflanadi. Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarning hisobi 10700 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” hisobvaraqlar guruhida aks ettiriladi. (Qimmatli qogʻozlar qanchalik savdoga moʻljallangan boʻlishiga qaramasdan, ularni sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar 55110 — “Qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi operatsiyalari boʻyicha toʻlanadigan xizmat va vositachilik xarajatlari” hisobvaragʻiga olib boriladi, va shuning uchun, mazkur misolda koʻrib oʻtilmaydi). Sotib olish amaliyoti quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10701 — “Davlat xazina veksellari”(*)‎‎‎‎

100.000.000‎

Kt 10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha diskont” ‎‎

7.000.000‎

Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

93.000.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(*) Tahliliy (analitik) hisobda bank mazkur xazina veksellarini savdoga moʻljallanmagan boshqa xazina veksellaridan farqlash uchun ularni bank “savdoga moʻljallangan” turkumda tasniflaydi, chunki bank savdoga moʻljallanmagan xazina veksellarini ham hisob yuritishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” turkumida tasniflashga qaror qilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) 2003-yil 31-dekabrda bank qimmatli qogʻozlarni haqqoniy qiymati boʻyicha qayta baholadi. 2003-yil 31-dekabr holatiga ushbu xazina veksellarining haqqoniy qiymati 92.500.000 soʻmni tashkil qilgan. Qayta baholashdagi toʻgʻrilash summasini aniqlab olish uchun, haqqoniy qiymatni qoldiq qiymat bilan taqqoslash zarur, agar kerak boʻlsa:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) dastlab balans qiymati hisobot davriga real foiz stavkasi uslubini qoʻllash orqali diskontni amortizatsiyalab qayta hisoblanishi lozim. ( VSD boʻyicha Excel funksiyasini qoʻllash orqali diskontni amortizatsiyalash grafigiga qarang). Diskontni amortizatsiyalash boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmasi quyidagicha amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha diskont”‎‎

564.127‎

Kt 40601 — “Davlat xazina veksellari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

564.127‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Endi talab qilinadigan toʻgʻrilash summasini aniqlash uchun balans qiymatini haqqoniy qiymatiga tenglashtirish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 31-dekabr holatiga qimmatli qogʻozlarning balans qiymati 93.564.127 soʻmni tashkil etgan. (100.000.000 – 6.435.873 = 93.564.127).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Buning natijasida zarar quyidagini tashkil etgan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92.500.000 – 93.564.127 = (1.064.127)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Dt 55610 — “Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida koʻrilgan zararlar”

1.064.127‎

Kt 10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi”‎‎

1.064.127‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9) 2004-yil 1-yanvarda bank ushbu xazina veksellarini 92.600.000 soʻmga sotdi. Sotish amaliyoti quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎ 92.600.000‎
Dt 10795 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari haqiqiy qiymatining oʻzgarishi”‎‎ 1.064.127‎
Dt 10791 — “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari boʻyicha diskont”‎‎

6.435.873‎

Kt 10701 — “Davlat xazina veksellari”‎‎

100.000.000‎

Kt 45609 — “Savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi natijasida olingan foyda”‎‎

100.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur misol alohida qimmatli qogʻozga nisbatan hisob yuritishni aks ettiradi. Agar bank tasarrufida savdoga moʻljallangan qimmatli qogʻozlarning bir butun portfeli mavjud boʻlsa, odatda har bir alohida qimmatli qogʻozning sotuvidan keyin haqqoniy qiymatni toʻgʻrilash hisobvaragʻidagi qoldiqni toʻgʻrilash qabul qilinmagan. Buning oʻrniga, portfelni hisobga olishda haqiqiy qiymatni toʻgʻrilash uslubi oʻzgaradi va bunda butun bir portfel haqqoniy qiymatigacha toʻgʻrilanadi. Ushbu usullarning ixtiyoriy birini qoʻllashdan qatʼi nazar, daromad va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotga taʼsir bir xil boʻladi va oʻzida tan olishni toʻxtatishdan koʻrilgan sof daromad(zarar)ning yakuniy summasi bilan hisobot davri davomidagi haqiqiy qiymatning toʻgʻrilash summasining yigʻindisini aks ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xazina Veksellari — Excel jadvalini qoʻllagan holda real FOIZ Excel jadvalini qoʻllash orqali Davlat xazina veksellarining STAVKASINING hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarish tartibi: Excel da “VSD” formulasini qoʻllang. Bu formula oʻzgaruvchan daromadlilik miqdorini (darajasini) bildiradi (masalan pul oqimlari boʻyicha). Ushbu formulani topish uchun Excelning asosiy menyusiga kirib, “Qoʻyish(Vstavka)”, “Vazifa (Funksiya)”..., “Moliyaviy (Finansovie)”, “VSD”lar bosiladi. Mazkur formula pul oqimlarining diapozonini soʻraydi (S2:S14 katakchalar). Formula real foiz stavkasi boʻyicha zaruriy qidiruv jarayon(sikl)lari sonini chegaralab qoʻyish uchun “Taxmin (Predpolojeniye)”ni soʻraydi. Odatda “Taxmin (Predpolojeniye)” maydoniga 1% ni kiritish yetarli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A‎

B‎

C‎

D‎

1‎

Sana‎

Pul oqimlari‎

Izoh‎

2 01.12.x3‎ -93.000.000‎ Dastlabki pulning chiqib ketishi manfiy kattalikda
‎kiritilgan‎
3‎ 31.12.x3‎ Katakchani boʻsh holda qoldirmang, “nol”ni kiritish kerak‎
4‎ 31.01.x4‎ 0‎
5‎ 28.02.x4‎ 0‎
6‎ 31.03.x4‎ 0‎
7‎ 30.04.x4‎ 0‎
8‎ 31.05.x4‎ 0‎
9‎ 30.06.x4‎ 0‎
10‎ 31.07.x4‎ 0‎
11� 31.08.x4‎ 0‎
12‎ 30.09.x4‎ 0‎
13‎ 31.10.x4‎ 0‎
14‎ 30.11.x4‎ 100.000.000‎ Muddati kelganda soʻndirish‎
15‎
16‎ 0,6065881%‎‎ Oylik real foiz miqdori‎
17‎ =VSD(C2:C14,1%)‎
18‎
19‎ ‎‎‏Ahamiyat bering: Oʻrnatilgan yillik foiz stavkasi miqdori 14% ga nisbatan yillik real foiz
‎stavkasining miqdori 7,279% (0,6065881 x 12) ni tashkil etadi. Real foiz stavkasi miqdori
‎pulning vaqtinchalik qiymati oʻzgarishi hisobiga past. Soʻndirish muddati kelmaguncha, hech
‎qanday foizlar kelib tushmaydi. Soʻndirish muddati qanchalik uzoq boʻlsa, real foiz stavkasi
‎miqdori shunchalik past boʻladi.
20‎
21‎
22‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat Xazina veksellari diskontining amortizatsiyalanish grafigi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Real foiz stavkasi hisob-kitobidan soʻng diskontning amortazatsiyalanish jadvalini tayyorlash mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sana‎ Nominal‎

Diskontning amortizatsiyalanishi (*)‎

Qolgan diskont‎

Sof balans
‎ qiymati‎

01.12.x3 – Sotib olish ‎ 100.000.000‎ 7.000.000‎ 93.000.000‎
31.12.x3‎ 100.000.000‎ 564.127‎ 6.435.873‎ 93.564.127‎
31.01.x4‎ 100.000.000‎ 567.549‎ 5.868.324‎ 94.131.676‎
28.02.x4‎ 100.000.000‎ 570.992‎ 5.297.332‎ 94.702.668‎
31.03.x4‎ 100.000.000‎ 574.455‎ 4.722.877‎ 95.277.123‎
30.04.x4‎ 100.000.000‎ 577.940‎ 4.144.937‎ 95.855.063‎
31.05.x4‎ 100.000.000‎ 581.445‎ 3.563.492‎ 96.436.508‎
30.06.x4‎ 100.000.000‎ 584.972‎ 2.978.520‎ 97.021.480‎
31.07.x4‎ 100.000.000‎ 588.521‎ 2.389.999‎ 97.610.001‎
31.08.x4‎ 100.000.000‎ 592.091‎ 1.797.908‎ 98.202.092‎
30.09.x4‎ 100.000.000‎ 595.682‎ 1.202.226‎ 98.797.774‎
31.10.x4‎ 100.000.000‎ 599.296‎ 602.930‎ 99.397.070‎
30.11.x4‎ 100.000.000‎ 602.930‎ 0‎ 100.000.000‎
30.11.x4 – Soʻndirish‎ 0 0‎
Itogo‎ 7.000.000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(*) Diskontning amortizatsiyalanishi = Sof balans qiymati (oldingi qator) x Oylik real foiz miqdori (0,6065881%)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizli kuponlar bilan sotish uchun mavjud obligatsiyalar hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-martda bank nominal qiymati 1.000.000 soʻm va yillik foiz darajasi 12% boʻlgan 2003-yil 1-yanvarda chiqarilgan OʻzRMB obligatsiyalarini foizli kuponlari bilan sotib oldi. Foizlar obligatsiya egasiga har chorakda toʻlanadi. Sotib olish vaqtida bu obligatsiyalar boʻyicha 2 oyga foizlar hisoblangan [1.000.000 x 12% x (59 kun / 365) = 19.397]. Sotib olish paytida toʻlangan jami summa 979.397 (1.000.000 nominal plyus 19.397 sotib olingan 2 oyga hisoblangan foizlar minus 40.000 joriy bozor foiz miqdorini aks ettirish uchun diskont). Soʻndirish muddati 31-dekabr 2003-yil. Bank ushbu obligatsiyalarni soʻndirish muddatigacha saqlab turishni rejalashtirgan, lekin agar katta daromad keltiruvchi boshqa moliyaviy vositalarga mablagʻ qoʻyish imkoniyati paydo boʻlsa, ularni sotishi mumkin, shuning uchun bank ushbu obligatsiyalarni “sotish uchun mavjud” toifasida tasniflaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(Mazkur misolda, xarid qilish xarajatlari nazarda tutilmagan. Xarid qilish xarajatlarini amortizatsiya qilish tartibini koʻrish uchun 8-ilovaga qarang).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotib olish quyidagicha hisobga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10809 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari”‎‎

1.000.000‎

‎‎Dt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”
‎‎

19.397‎

‎‎Kt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”‎

40.000‎

‎‎Kt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi

979.397‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskontni amortizatsiyalash, foizlarni hisoblash va olinishi boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 31-mart
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont real foiz stavkasi metodini qoʻllash orqali amortizatsiyalanadi, shartnoma boʻyicha olinishi lozim boʻlgan foizlar har oyda hisoblab boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskontni amortizatsiyalash quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi (ilova qilinayotgan amortizatsiyalash grafigiga va hisoblashga qarang):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”‎‎

3.739‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

3.739‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha olinishi lozim boʻlgan foizlarni hisoblash 2003-yilning 31-martida quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”

10.192‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

10.192‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-aprel.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha hisoblangan foizli toʻlovlarning kelib tushishi (19.397 sotib olingan olinishi lozim boʻlgan foizlar plyus 10.192-mart oyi uchun hisoblangan foizlar):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt — Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi‎‎

29.589‎

Kt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”‎‎

29.589‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 30-aprel.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont amortizatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”

3.846 ‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

3.846‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha foizlarni hisoblash:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”‎‎

9.862‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

9.862‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qimmatli qogʻozlarni haqiqiy qiymatigacha qayta baholashdagi toʻgʻrilashlarning buxgalteriya oʻtkazmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank oʻz rahbariyati uchun tuziladigan ishonchli hisobotlarni tayyorlash uchun sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarni har oyda qayta baholashni amalga oshiradi. Qayta baholash, haqqoniy qiymatning oʻzgarishi roʻy bergan oyda tegishli ravishda balans hisobotda hisobga olinishi uchun har oyning oxirida oʻtkaziladi. 2003-yilning 31-martida Markaziy bank obligatsiyasining haqiqiy qiymati 992.000 soʻm, balans qiymati (hisoblangan foizlarni bilan birga) esa 963.739 soʻm (tablitsa ilova qilinadi) edi. Qayta baholashdagi toʻgʻrilashni aks ettirish boʻyicha quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 31-mart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” ‎‎

28.261‎

Kt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” ‎‎

28.261‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 30-aprel balans qiymati (hisoblangan foizlar bilan birga) 1.005.708 (977.447 ilovadagi tablitsadan + 28.261 haqiqiy qiymatni toʻgʻrilash summasi) soʻmni, haqiqiy qiymati esa 995.057 (ahamiyat bering, haqiqiy qiymat oʻziga bitta oy uchun hisoblangan foizlarni qoʻshib hisoblayapti, chunki agar obligatsiya sotib yuborilganida ushbu foizlar obligatsiya egasiga oʻtib ketgan boʻlar edi). Obligatsiyalar haqiqiy qiymatining kamayishi quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 30-aprel.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Dt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)”

10.651‎

Kt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi”‎‎

10.651‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obligatsiyalarning sotilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 17-may bank obligatsiyalarni u boʻyicha hisoblangan foizlarni qoʻshgan holda 990.000 soʻmga sotdi. Oldin diskontni amortizatsiyalash va qoʻshimcha ravishda sotish vaqtigacha mazkur obligatsiyalar boʻyicha foizlarni hisoblash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 17-may.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont amortizatsiyasi (17/31 x 3.711):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr -aktiv)” ‎‎

2.035‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar” ‎‎

2.035‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizlarni hisoblash (17/31 x 10.192):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar”‎‎

5.589‎

Kt 40709 — “OʻzRMBining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizli daromadlar”‎‎

5.589‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obligatsiyalarni sotish quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Tegishli pul mablagʻlari hisobvaragʻi (a)‎‎ 1.005.451‎
Dt 10891 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha diskont (kontr –aktiv” (b)‎‎ 30.380‎
Dt 30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” (v)‎‎ 17.610‎
‎‎Kt 10809 — “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qogʻozlari” 1.000.000‎
‎‎Kt 16307 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha hisoblangan foizlar” (g) 15.451‎
‎‎Kt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” (v) 17.610‎
‎‎Kt 45803 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda” 20.380‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Sotuvdagi tushum = 990.000 + 15.451 (sotilgan hisoblangan foizlar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Diskont qoldigʻi = 30-aprelga (32.415) amortizatsiya boʻyichatablitsadagi summa minus may oyining 17 kuni uchun hisoblangan amortizatsiya (2.035).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(c) Haqiqiy qiymat kumulyativi 28.261 (31-martda aks ettirilgan)ga oshganligini va 10.651 (30-aprelda aks ettirilgan)ga kamayganligini koʻrsatadi= 17.610 toʻgʻrilashning sof musbat qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) Olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar = 9.862 (aprel) + 5.589 (may) = 15.451.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi markaziy bankining obligatsiyalarini Excel jadvalini qoʻllagan holda real foiz stavksining hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarish tartibi: Excel da “VSD” formulasini qoʻllang. Bu formula oʻzgaruvchan daromadlilik miqdorini (darajasini) bildiradi (masalan pul oqimlari boʻyicha). Ushbu formulani topish uchun Excelning asosiy menyusiga kirib, “Qoʻyish (Vstavka)”, “Vazifa (Funksiya)”..., “Moliyaviy (Finansovie)”, “VSD”lar bosiladi. Mazkur formula pul oqimlarining diapozonini soʻraydi (S2:S12 katakchalar). Formula real foiz stavkasi boʻyicha zaruriy qidiruv jarayon(sikl)lari sonini chegaralab qoʻyish uchun “Taxmin(Predpolojeniye)”ni soʻraydi. Odatda “Taxmin (Predpolojeniye)” maydoniga 1% ni kiritish yetarli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A‎

B‎

C‎

D‎

1‎

Sana‎

Pul oqimi ‎

Tushuntirish ‎

2‎ 01.03.x3‎ -979.397‎ Dastlabki pulning chiqib ketishi manfiy kattalikda
‎ kiritilgan ‎
3‎ 31.03.x3‎ 29.589‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
4‎ 30.04.x3‎ 0‎ Katakchani boʻsh holda qoldirmang, “nol”ni kiritish kerak ‎
5‎ 31.05.x3‎ 0‎
6‎ 30.06.x3‎ 29.917‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
7‎ 31.07.x3‎ 0‎
8‎ 31.08.x3‎ 0‎
9‎ 30.09.x3‎ 30.247‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
10‎ 31.10.x3‎ 0‎
11‎ 31.10.x3‎ 0‎
12‎ 31.12.x3‎ 1.030.247‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar va muddati kelgandagi
‎soʻndirish toʻlovlari ‎
13‎
14‎ 1,422357%‎ Yillik real foiz miqdori ‎
15‎ =VSD(C2:C12, 1%)‎
16‎

‎‎Ahamiyat bering: Oʻrnatilgan yillik foiz miqdori 12% ga nisbatan yillik real foiz miqdori 7,068%
‎ (1,422357 x 12) ni tashkil etadi. Real foiz miqdori obligatsiya diskont bilan xarid qilinishi
‎hisobiga yuqori qiymatga ega..

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZRMBining obligatsiyalari diskontini amortizatsiyalash jadvali
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Real foiz stavkasi hisob-kitobidan keyin amortizatsiya boʻyicha jadvalni tayyorlash mumkin. “Sof qoldiq qiymat” ustuni oʻzida hisoblangan foizlarni hisoblagan holda aks ettiradi, chunki foizlar obligatsiya egasiga toʻlanadi. Shu sababli, haqiqiy qiymatni toʻgʻrilash maqsadida olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlar qiymatini hisobga olish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(Summalar yaxlitlangan holda keltirilgan)‎‎

Sana‎

Nominal
‎qiymat‎

Olinishi lozim boʻlgan
‎hisoblangan
‎foizlar
‎ hisobvaragʻidagi
‎ qoldiq‎

..... dan olingan yillik
‎foizli daromad‎‎

Diskont
‎qoldigʻi‎

Sof
‎ balans
‎qiymat
‎ (v) ‎

(a)‎

Kuponlar
‎ boʻyicha
‎ hisoblangan‎

Diskont
‎Amort-
‎tsiyasi (b)‎

1.03.x3 – xarid qilingan‎ 1.000.000‎ 19.397‎ 40.000‎ 979.397‎
31.03.x3‎ 1.000.000‎ 0‎ 10.192‎ 3.739‎ 36.261‎ 963.739‎
30.04.x3‎ 1.000.000‎ 9.862‎ 9.862‎ 3.846‎ 32.415‎ 977.447‎
31.05.x3‎ 1.000.000‎ 20.054‎ 10.192‎ 3.711‎ 28.704‎ 991.350‎
30.06.x3‎ 1.000.000‎ 0‎ 9.863‎ 4.238‎ 24.466‎ 975.534‎
31.07.x3‎ 1.000.000‎ 10.192‎ 10.192‎ 3.684‎ 20.782‎ 989.410‎
31.08.x3‎ 1.000.000‎ 20.384‎ 10.192‎ 3.881‎ 16.901‎ 1.003.483‎
30.09.x3‎ 1.000.000‎ 0‎ 9.863‎ 4.410‎ 12.491‎ 987.509‎
31.10.x3‎ 1.000.000‎ 10.192‎ 10.192‎ 3.854‎ 8.637‎ 1.001.555‎
30.11.x3‎ 1.000.000‎ 20.055‎ 9.863‎ 4.383‎ 4.254‎ 1.015.801‎
31.12.x3‎ 1.000.000‎ 0‎ 10.192‎ 4.254‎ 0‎ 1.000.000‎
31.12.x3 soʻndirilgan ‎ 0‎ 0‎ 0‎
Jami‎ 100.603‎ 40.000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10) Kuponlar boʻyicha foizlar har chorakning oxirgi kuniga kelib tushishi taxmin qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11) Diskont amortizatsiyasi = Sof balans qiymati (oldingi qator) x Oylik real foiz stavkasi (1,4223570%) minus kuponlar boʻyicha oʻsha oyga hisoblangan foizlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12) Sof balans qiymati oʻz ichiga olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizlarni ham oladi, lekin haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida ilgari qilinishi mumkin boʻlgan toʻgʻrilash summalarini aks ettirmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar amortizatsiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2003-yil 1-yanvar kuni bank 12 oy muddatga, 2003-yil 30-iyun kuni soʻndirish muddati bilan davlat obligatsiyalarini sotib oladi (soʻndirishgacha 6 oy qolganda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Nominal summasi 1.000.000‎
+ Xarid qilishdagi xarajatlar ‎‎ 18.000‎
‎‎– Diskont (50.000)‎
‎‎= 968.000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Obligatsiyalar boʻyicha yillik 12 foizli toʻlovlar har oy oxirida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foizli daromad real foiz miqdori usulida hisoblanishi lozim. Diskont amortizatsiyasi foizli daromadni oshiradi, xarid qilishdagi xarajatlar amortizatsiyasi esa foizli daromadni kamaytiradi. Mazkur misoldagi hisob-kitoblar “sotishga moʻljallagan” yoki “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifalarda tasniflangan obligatsiyalar uchun oʻrinli. “Oldi-sotdi qimmatli qogʻozlari” turkumida tasniflangan obligatsiyalarni xarid qilishdagi xarajatlar darhol bank xarajatiga olib boriladi. Exceldan foydalangan holda real foiz miqdorini hisob-kitobi ilovadagi jadvalda koʻrsatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga diskont amortizatsiyasi va xarid qilishdagi xarajatlar jadvallari ilova qilingan. Xarid qilishdagi xarajatlar amortizatsiyasi buxgalteriya hisobini yengillantirish uchun toʻgʻri chiziqli uslubda koʻrsatilgan. Mohiyati boʻyicha ushbu uslub samarali foiz miqdoridan foydalangan holda hisoblangan umumiy sof amortizatsiyani hisobga oladi va buxgalteriya hisobini yengillashtirish uchun uni ikkita summaga boʻladi, va bu summalar obligatsiyalarni soʻndirish muddati yetib kelgan vaqtda diskont va xarid qilishdagi xarajatlar summalari toʻliq miqdorda amortizatsiyalanib boʻlinadi. Mazkur holat real foiz stavkasi uslubining ishonchliligini shubha ostida qoldirmaydi, chunki umumiy oylik foizli daromadlar obligatsiyalar sof balans qiymatining real foiz stavkasiga koʻpaytirilganligiga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol uchun, yanvar oyi uchun umumiy foizli daromadlar quyidagilardan iborat (summani ilova qilingan amortizatsiya grafigidan qarang):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha foizlar‎‎‎‎ 10.192‎
Minus xarid qilishdagi xarajatlar amortizatsiyasi ‎‎ (3.000)‎
Plyus diskont amortizatsiyasi ‎‎ 7.854‎
Yanvar oyi uchun jami foizli daromadlar = ‎‎ 15.046‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida keltirilgan umumiy foizli daromad summasi ham quyidagicha hisoblanishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎Oy boshiga balans qiymati 968.000‎
x Oylik real foiz stavkasi ‎‎ x 1.5543787%‎
Real foiz stavkasi uslubini qoʻllagan holda yanvar oyi uchun hisoblangan foizli daromadlar ‎‎ 15.046 ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar obligatsiyalar “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifasida tasniflangan deb taxmin qilinsa, u holda yanvar oyi uchun foizli daromad quyidagi buxgalteriya oʻtkazmasi orqali aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Diskont amortizatsiyasi quyidagicha aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 15991 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”‎‎

7.854‎

Kt 44805 — “Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar” ‎‎

7.854

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilish xarajatlari amortizatsiyasini aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 44805 — “Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar” ‎‎

3.000‎

Kt 15989 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qogʻozlarni xarid qilish boʻyicha xarajatlar” ‎‎

3.000‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shartnoma boʻyicha foizlarni (foizlar oy oxirida olinadi deb faraz qilinsin) aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt Bankning vakillik yoki mijozning depozit hisobvaragʻi ‎‎

10.192‎

Kt 44805 — “Davlat obligatsiyalariga qilingan investitsiyalar boʻyicha foizli daromadlar” ‎‎

10.192 ‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Excel jadvalini qoʻllagan holda davlat obligatsiyalari boʻyicha real foiz stavkasining hisob-kitobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajarish tartibi: Excel da “VSD” formulasini qoʻllang. Bu formula oʻzgaruvchan daromadlilik miqdorini (darajasini) bildiradi (masalan pul oqimlari boʻyicha). Ushbu formulani topish uchun Excelning asosiy menyusiga kirib, “Qoʻyish (Vstavka)”, “Vazifa (Funksiya)”..., “Moliyaviy (Finansovie)”, “VSD”lar bosiladi. Mazkur formula pul oqimlarining diapozonini soʻraydi (S2:S18 katakchalar). Formula real foiz stavkasi boʻyicha zaruriy qidiruv jarayon(sikl)lari sonini chegaralab qoʻyish uchun “Taxmin (Predpolojeniye)”ni soʻraydi. Odatda “Taxmin (Predpolojeniye)” maydoniga 1% ni kiritish yetarli hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

A‎

B‎

C‎

D‎

1‎

Sana‎

Pul
‎oqimlari ‎

Tushuntirish‎

2‎ 01.01.x3‎ -968.000‎ Dastlabki pulning chiqib ketishi manfiy kattalikda
‎kiritilgan (a) ‎
3‎ 31.01.x3‎ 10.192‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
4‎ 28.02.x3‎ 9.205‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
5‎ 31.03.x3‎ 10.192‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
6‎ 30.04.x3‎ 9.863‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
7‎ 31.05.x3‎ 10.192‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar ‎
8‎ 30.06.x3‎ 1.009.863‎ Foizlar boʻyicha olingan toʻlovlar va muddatiga kelgandagi
‎soʻndirishlar‎
9‎
10‎ 1,5543787%‎ Oylik real foiz miqdori (b) ‎
11‎ =VSD(C2:C8, 1%)‎
12‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Dastlabki pul oqimi = 1.000.000 soʻm nominal summada, 50.000 soʻm diskontni chegirgan holda, plyus
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrnatilgan yillik 12% stavkaga nisbatan yillik real foiz miqdori 18.653% (1.554787x12) ni tashkil qiladi. Obligatsiyalar qanchalik sof diskont (50.000 – 18.000 = 32.000 sof diskont) bilan sotib olingan boʻlmasin, real foiz miqdori oʻrnatilgan foiz miqdoriga nisbatan yuqori. (Agar VSD hisoblashi xarid qilishdagi xarajatlar hisobisiz amalga oshirilganda edi, u holda yillik real foiz miqdori 22.57% ni tashkil qilgan boʻlar edi.)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat obligatsiyalarining amortizatsiya grafigi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎
‎‎(Summalar yaxlitlangan holda keltirilgan)

‎Sana

Oylik foizli daromad [Manfiy summa (debet foizli daromad hisobvaragʻi) qavs ichida koʻrsatilgan] ‎‎

Sof diskont qoldigʻi (d) ‎

Qoldiq qiymat (e) ‎

Xarid qilishdagi xarajatlar amortizatsiyasi (a) ‎

Diskont amortizatsiyasi (b) ‎

Shartnoma boʻyicha olingan foizlar (v) ‎

Umumiy aks ettirilgan oylik foizli daromadlar (g) ‎

1.01.x3 – sotib olish‎ (3.000)‎ 32.000‎ 968.000‎
31.01.x3‎ (3.000)‎ 7.854‎ 10.192‎ 15.046‎ 27.146‎ 972.854‎
28.02.x3‎ (3.000)‎ 8.917‎ 9.205‎ 15.122‎ 21.229‎ 978.771‎
31.03.x3‎ (3.000)‎ 8.022‎ 10.192‎ 15.214‎ 16.207‎ 983.793‎
30.04.x3‎ (3.000)‎ 8.429 9.863 15.292 10.778 989.222
31.05.x3‎ (3.000)‎ 8.184‎ 10.192‎ 15.376‎ 5.594‎ 994.406‎
30.06.x3‎ (3.000)‎ 8.594‎ 9.863‎ 15.457‎ 0‎ 1.000.000‎
30.06.x3 soʻndirish ‎ (3.000)‎ 0‎ 0‎
Jami‎ (18.000)‎ 50.000‎ 59.507‎ 91.507‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Oddiylik uchun xarid qilish xarajatlari toʻgʻri chiziqli metodda amortizatsiyalanadi. Umumiy oylik daromad real foiz stavkasi metodidan foydalangan holda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) Diskont amortizatsiyasi (oldingi qatordagi sof balans qiymati x oylik real foiz miqdori) plyus 3.000 soʻm kabi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) Shartnoma boʻyicha foizli toʻlovlar har oyning oxirgi kunida olinishi taxmin qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) Jami = (a) + (b) + (v)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7) Sof diskont = oldingi qoldiq + (a) – (b). Eʼtibor bering, “sof diskont” 15991 (diskont) va 15989 (xarid qilish xarajatlari) hisobvaraqlaridagi qoldiq summalarni aks ettiradi. Moliyaviy hisobot uchun ushbu ikkita hisobvaraq ham qanchalik sotib olishdagi xarajat qilingan pul mablagʻlari bilan qimmatli qogʻozning nominal summasi oʻrtasidagi farqni aks ettirishmasin, sof qiymatni aks ettiraolmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8) Balans qiymati = 1.000.000 soʻm nominal summa – (d). Mazkur balans qiymat qoldiqlarni ayirgandagi qiymatga teng:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15905 (nominal summa) hisobvaraq boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
+ 15989 (xarid qilish xarajatlari)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
– 15991 (diskont)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan aktivlar ustidan nazorat oʻrnatish va egalik qilish bilan bogʻliq xavf-xatar va mukofotlarni berishni baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavf-xatar va mukofotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavf-xatar va mukofotlar berilganligini, berilgan aktivlar boʻyicha sof pul oqimi summasi va vaqt taqsimotidagi oʻzgarishini hisobga olgan holda aktivlarni berishgacha va bergandan keyingi bankning tashqi omillar boʻyicha tortilgan xatarini solishtirish yoʻli bilan baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ushbu aktivni berish natijasida, ushbu moliyaviy aktiv boʻyicha kelajakdagi sof pul oqimlarining joriy qiymatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq xavf-xatar boʻyicha bank tortilgan xatar oʻzgarmasa, u holda bank moliyaviy aktivga egalik qilish bilan bogʻliq barcha xavf-xatar va mukofotlarni oʻzida saqlab qolgan deb hisoblanadi (masalan, bank moliyaviy aktivni yagona imkoniyatli shart bilan yaʼni qayta sotib olishdagi belgilangan qiymati yoki xarid bahosiga kreditor daromadi qoʻshgan holda sotib olish sharti bilan sotdi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bankning bunday moliyaviy aktiv bilan bogʻliq kelajakdagi sof pul oqimlarining joriy qiymatdagi umumiy yakuniy oʻzgarishlariga nisbatan bunday xavf-xatar oʻzgarishlari unchalik muhim boʻlmasa, u holda bank moliyaviy aktivga egalik qilish bilan bogʻliq barcha xavf-xatar va mukofotlarni bergan hisoblanadi (masalan, bank moliyaviy aktivni yagona imkoniyatli shart bilan yaʼni qayta sotib olishdagi haqiqiy qiymati boʻyicha sotib olish sharti bilan sotdi, yoki bank kelishuv boʻyicha ruxsat beruvchi, masalan, mazkur Nizomning36-bandidagi shartga javob beruvchi ssudada qisman ishtirok etganda, yirik moliyaviy aktiv boʻyicha barcha pul oqimlaridagi barcha mutanosib ulushlarini toʻliq berib yuborsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻpincha maʼlum boʻladiki, bank tomonidan moliyaviy aktivga ega qilish bilan bogʻliq barcha xavf-xatar va mukofotlar berilgan yoki saqlab qolingan, u holda hisoblashlarni amalga oshirish zarurati boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa holatlarda, aktivni berishgacha va bergandan keyingi kelajakdagi sof pul oqimlarining joriy qiymatidagi bankning xavf-xatarlar oʻzgarishi boʻyicha tasdigʻini taqqoslash va hisoblashni amalga oshirish zarur. Hisoblash va taqqoslashlar diskont stavkasi sifatida joriy bozor foiz stavkasini qoʻllagan holda oʻtkaziladi. Sof pul oqimlaridagi barcha asosli boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar, muhim jihatdagi katta ehtimoliy natijalar bilan koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Berilgan aktivlar ustidan bankning oʻz nazoratini saqlab qolishi, oluvchining ushbu aktivni sotish imkoniyati bilan bogʻliq. Agar oluvchida ushbu aktivni butunlay qandaydir boshqa bir mustaqil uchinchi tomonga sotishning real imkoniyati bor boʻlsa, va u buni bir tomonlama va ushbu aktivni berishga nisbatan qoʻshimcha cheklashlarsiz amalga oshirishi mumkin boʻlsa, bunda bank uchun ushbu aktiv ustidan nazorat qilish vakolati qolmaydi. Qolgan barcha holatlarda bank oʻzida nazoratni saqlab qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi aktiv yoki majburiyat paydo boʻlishiga olib keladigan, moliyaviy aktivlarni berish boʻyicha asosiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Agar bank moliyaviy aktivni butunlay hisobdan chiqarishni va toʻlov (mukofot) uchun ushbu aktivga xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻzida huquqni saqlab qolishni talab qiluvchi kategoriya talablari ostida beradigan boʻlsa, u holda bank xizmat koʻrsatish boʻyicha mazkur shartnomaga nisbatan yoxud xizmat koʻrsatish boʻyicha aktivni yoxud xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatni tan oladi. Agar olinishi lozim boʻlgan mukofot xizmat koʻrsatish boʻyicha bankka yetarli darajadagi kompensatsiyani qila olmasa, u holda bu shartnomaviy majburiyatga nisbatan xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyat haqiqiy qiymati boʻyicha tan olinadi. Agar olinishi lozim boʻlgan mukofot xizmat koʻrsatish boʻyicha bankka yetarli darajadagi kompensatsiyani qila olsa, u holda bu shartnomaviy huquq boʻyicha aktiv summasi quyidagi 3-bandga muvofiq sotib olingan moliyaviy aktivning qoldiq qiymatidagi taqsimlangan ulushi asosida aniqlanadigan summaga teng boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Agar aktivni berish natijasida moliyaviy aktivni toʻliq hisobdan chiqarish roʻy bersa, u holda buning natijasida bank yangi moliyaviy aktiv, moliyaviy majburiyat qabul qilib oladi yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni oladi, lekin bank ularni haqiqiy qiymatlari boʻyicha tan oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Agar beriladigan aktiv qandaydir yirik moliyaviy aktivning bir qismi boʻlsa va beriladigan mazkur qismga nisbatan uning butunlay toʻliq hisobdan chiqarilishi talab etilsa, u holda yirik aktivning oldingi balans qiymati tan olinishi davom ettiriladigan va hisobdan chiqariladigan qismlari oʻrtasida har bir qism boʻyicha berish sanasiga, haqiqiy qiymatidan nisbatan kelib chiqqan holda (quyidagi keltirilgan misolga qarang) oʻzaro taqsimlanadi. Oʻrtadagi farq, yaʼni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) hisobdan chiqariluvchi qismining balans qiymati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) quyidagi kattaliklar summalari oʻrtasidagi farq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hisobdan chiqarilgan qismi boʻyicha olingan toʻlov (vozmeщeniya) (shu bilan birga, ixtiyoriy qabul qilingan yangi aktiv, qabul qilingan ixtiyoriy yangi majburiyat chegirib tashlangan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hisobdan chiqariluvchi qismga taalluqli boʻlgan va bevosita toʻgʻridan toʻgʻri kapitalda tan olingan ixtiyoriy yigʻilgan (kumulyativ) foyda yoki zararlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foyda va zararlar hisobotida tan olinadi. Kapitalda tan olingan yigʻilgan (kumulyativ) foyda yoki zararlar summalari tan olinishi davom ettiriladigan va hisobdan chiqariladigan qismlar oʻrtasida har bir qismning haqiqiy qiymatidan nisbatan kelib chiqqan holda (quyidagi keltirilgan misolga qarang) oʻzaro taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misol
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank “A” sotib olish sanasiga bozor foiz stavkasiga teng boʻlgan 11% daromad keltiruvchi obligatsiyalarni foizli kuponlar bilan birga sotib oladi. Keyinchalik bank ushbu obligatsiyalar boʻyicha umumiy asosiy qarz summasini uchinchi tomonga sotadi. Sotish toʻgʻrisidagi kelishuv shartiga muvofiq, uchinchi tomon 6% daromadlilik bilan obligatsiyalarning 80% sotib oladi, bunda bank uchinchi tomonga 6% daromadni olishi toʻgʻrisida kafolat (garantiya) beradi. Bank oʻzida obligatsiyalarning qolgan 20%ini va uchinchi tomonga sotilgan obligatsiyalar boʻyicha qoʻshimcha 5% daromadni saqlab qoladi. “A” bankning ushbu obligatsiyalardagi qolgan ulushi uchinchi tomonga sotilgan 80% ulushli obligatsiyalar bilan bogʻliq zararlarni qoplash uchun garov taʼminoti boʻlib hisoblanadi. Mazkur operatsiya tan olishni toʻxtatish kriteriyasiga javob beradi va “A” bank mazkur operatsiyani sotishga moʻljallangan singari hisobga oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savol: Bank qanchalik moliyaviy aktivning bir qismini bergan va aktivning boshqa qismini oʻzida qoldirgan, mazkur aktivning balans qiymati qoldirilgan va sotilgan qismlari oʻrtasida har bir qismning sotish sanasidagi haqiqiy qiymatidan nisbatan kelib chiqqan holda oʻzaro taqsimlanishi lozim. Foyda yoki zararlar sotilgan qismdan olinadigan tushumga asoslangan holda tan olinishi lozim. Bunday holda bank qanday qilib ushbu aktivning balans qiymatini taqsimlashi lozim?
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur misolda obligatsiyalarning sotilgan qismining haqiqiy qiymati uchinchi tomon hisobidan toʻlangan boʻlib, obligatsiyalarning 80% tashkil etadi. Bankdagi obligatsiyalarning qolgan qismi uchun bozorda talab yoʻq, shu bilan birga bank ularni ilgari sotmagan. Shuningdek, sotilishi lozim boʻlgan obligatsiyalar boʻyicha mos analogik tipdagi bozor kotirovkalari mavjud emas. Oʻz navbatida, ushbu obligatsiyalarning haqiqiy qiymatini baholashni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yoʻq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yechim: Bank “A” koʻrib chiqiladigan obligatsiyalar boʻyicha kelgusi pul oqimlarini shartnoma boʻyicha ularga taalluqli toʻlovlardan kelib chiqib baholaydi va mazkur koʻzda tutilgan pul oqimlaridan muddatli soʻndirish va koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar summalarini chegirib tashlaydi. Keyin esa bu pul oqimlarini koʻzda tutilgan xavf-xatarlar boʻyicha mos toʻgʻrilashlarni hisobga olgan holda baholangan bozor foiz stavkasi boʻyicha diskontlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Faraz qilaylik, mazkur uslubda ulushli qoldiqning haqiqiy qiymati asosiy summaning 25% teng boʻlsin. U holda sotilgan komponentga tegishli summa quyidagicha hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80% / (80% + 25%) = 76,19% (bu hisobdan chiqariluvchi aktiv summasini hosil qiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotishdan tushgan tushum quyidagi tartibda hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asosiy summaning 80% – asosiy summaning 76,19% = asosiy summaning 3,81%
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
11-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bankda nazorati va egalik qilishdagi ishtirok ulushi qoladigan moliyaviy aktivlarni berish (peredacha)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank umuman olganda uzatilgan aktivlar boʻyicha egalik qilishdagi barcha xavf-xatar va mukofotlarni bermasa va oʻzida saqlab qolmasa, va uzatilgan aktivlar ustidan oʻzida nazoratni saqlab qolsa, u holda bank ushbu aktivni unga egalik qilishdagi oʻz ulushi miqdorida tan olishni davom ettiradi. Bankning uzatilgan aktivlar boʻyicha oʻz ulushi bankning uzatilgan aktiv qiymatining oʻzgarishi xavf-xatarini tasdiqlash darajasiga bogʻliq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Misollar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) Agar bankning egalik qilishdagi oʻz ulushi berilgan aktivlar boʻyicha kafolat (garantiya) shaklida boʻlsa, u holda bankning egalik qilishdagi ishtirokli ulushi darajasi quyidagi ikkita kattalikning kichik qiymatga ega boʻlganligiga teng: (a) aktiv summasi yoki (v) bankdan qoplashni talab qiluvchi olgan maksimal kafolat (garantiya ) summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) Agar bankning egalik qilishdagi oʻz ulushi uzatilgan aktiv boʻyicha yozma shaklda yoki sotib olingan opsion (yoki shunga oʻxshash va boshqacha) shaklida boʻlsa, u holda bankning berilgan aktiv boʻyicha egalik qilishdagi ishtirokli ulushi darajasi bank qaytib sotib olishi mumkin boʻlgan berilgan aktiv summasiga teng boʻladi. Baʼzida, haqiqiy qiymati boʻyicha baholanuvchi aktivni sotish boʻyicha yozma opsion holatida, bankning egalik qilishdagi ishtirokli ulushi darajasi quyidagi ikkita kattaliklarning kichik qiymatga ega boʻlganligi bilan chegaralanadi: berilgan aktivning haqiqiy qiymati yoki foydalanilgan opsion narxi bilan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) Agar bankning egalik qilishdagi ishtirokli ulushi pul koʻrinishida soʻndirish yoki berilgan aktiv boʻyicha mos shart bilan opsion shaklida qabul qilinsa, u holda bankning egalik qilishdagi ulushli darajasi yuqorida oʻrnatilgan naqd pulsiz shaklda qoplashdagi opsion yoʻli singari baholanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bogʻliq majburiyatlarning tan olinishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bank aktivni oʻzining egalik qilishdagi ishtirokli ulushi doirasida tan olishni davom ettirsa, u holda bank u bilan bogʻliq majburiyatni ham tan oladi. Berilgan aktiv va u bilan bogʻliq majburiyat shunday baholanadiki, bunda bank oʻzida saqlab qoluvchi huquq va majburiyatlar ham aks ettirilgan boʻlishi lozim. Bogʻliq majburiyatlar shunday baholanadiki, berilgan aktivning sof balans qiymati va u bilan bogʻliq majburiyat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) agar berilgan aktiv amortizatsiya qiymati boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, bank oʻzida saqlab qolgan huquq va majburiyatlarning amortizatsiya qiymati boʻlib hisoblanishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) agar berilgan aktiv haqiqiy qiymati boʻyicha hisobga olingan boʻlsa, avtonom asosda (alohida-alohida) olib borilgan baholashdagi, bank oʻzida saqlab qolgan huquq va majburiyatlarning haqiqiy qiymatiga teng boʻlib hisoblanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank berilgan aktiv boʻyicha paydo boʻladigan barcha daromadlarni egalik qilishdagi ulushi doirasida tan olishni va bogʻliq majburiyat boʻyicha paydo boʻladigan barcha xarajatlarni tan olishni davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyinchalik baholash maqsadida, berilgan aktivning va u bilan bogʻliq majburiyatning haqiqiy qiymatidagi tan olingan oʻzgarishlar alohida-alohida hisobga olinadi va oʻzaro kompensatsiya qilinmaydi (yaʼni balans hisobotda bir-biridan chegirgan holda koʻrsatilmaydi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bankning egalik qilishdagi ishtirokli ulushi faqat moliyaviy aktiv qismigagina taalluqli boʻlsa, u holda bank moliyaviy aktivning oldingi qoldiq qiymatini shunday qismlar oʻrtasida, yaʼni bunda aktivni berish sanasidagi har bir qismning haqiqiy qiymatidan nisbatan kelib chiqqan holda, tan olishni davom ettiradigan va boshqa tan olmaydigan qismlar oʻrtasida taqsimlaydi (mazkur Nizomning 10-ilovasiga qarang).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
12-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aktivlarni “sotish uchun mavjud” toifadan “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkazish hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddati oʻrnatilgan aktiv
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank tasarrufidagi sotishga moʻljallangan qimmatli qogʻozlar toifasida tasniflangan xazina veksellari bilan bogʻliq hisobvaraqlarida quyidagicha qoldiqlar mavjud:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Hisobvaraq taʼrifi‎

Hisobvaraqdagi qoldiq‎‎

Debet‎

Kredit‎

10801 — “Davlat xazina veksellari” (sotishga moʻljallangan) ‎ 1.000.000‎
10893 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan
‎ investitsiyalar boʻyicha mukofot” ‎
18.500‎
10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan
‎investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” ‎
25.000‎
30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy
‎qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan
‎foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” ‎
25.000‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank mazkur xazina vekseleni “soʻndirish muddatigacha saqlanadigan” toifaga oʻtkaziga qaror qabul qildi. Mazkur qayta tasniflashni aks ettirishdan oldin “sotishga moʻljallangan” toifadagi qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymatini toʻgʻrilash amalga oshirilgan boʻlishi lozim. Faraz qilaylik, ushbu toʻgʻrilash yuqorida qayd qilingan hisobvaraqlarda amalga oshirilgan va aks ettirilgan boʻlsin. U holda, oʻz navbatida, xazina vekselining haqiqiy qiymati boshqa toifaga oʻtkazish sanasiga 993.500 (1.000.000+18.500-25.000) soʻmni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta tasniflashni aks ettirish uchun quyidagicha buxgalteriya oʻtkazmasi amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dt 15901 — Davlat xazina veksellari (soʻndirish muddatigacha saqlanadigan) ‎‎

1.000.000‎

Dt 10895 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining oʻzgarishi” ‎‎‎

25.000‎

‎‎Kt 10801 — “Davlat xazina veksellari” (sotishga moʻljallangan)

1.000.000‎

Kt 10893 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarga qilingan investitsiyalar boʻyicha mukofot” ‎‎

18.500‎

‎‎Kt 15991 — “Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan qimmatli qogʻozlar boʻyicha diskont (kontr-aktiv)”

6.500‎

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻndirish muddatigacha saqlanadigan xazina vekselining yangi amortizatsiya qiymati 1.000.000 – 6.500 = 993.500 soʻmni tashkil etadi. 6.500 soʻm miqdoridagi diskont real foiz metodini qoʻllagan holda ushbu vekselning qolgan soʻndirish muddati davomida daromadni toʻgʻrilash (foizli daromadni kreditlash) yoʻli bilan amortizatsiyalanib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30907 — “Sotish uchun mavjud qimmatli qogʻozlarning haqiqiy qiymati oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan oʻzlashtirilmagan foyda yoki zararlar (aktiv-passiv)” hisobvaragʻidagi debet qoldiq bekor qilinmaydi. Ushbu qoldiq summa real foiz metodini qoʻllagan holda ushbu vekselning qolgan soʻndirish muddati davomida daromadni toʻgʻrilash (foizli daromadni debitlash) hisobiga amortizatsiyalanib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarida moliyaviy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
13-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Banklar, moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholashda Markaziy bankning Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifat darajasini tasniflash va ular boʻyicha koʻrilishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlarni qoplash uchun zahiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga (1999-yil 11-fevral, roʻyxat raqami 632) belgilangan talablarga rioya etishlari shart. Mazkur ilova esa MHXSlariga muvofiq moliyaviy aktivlarning qadrsizlanishini baholash uslubini umumlashtiradi. Bu hujjatlarda qoʻllanilgan uslublarning bir-biridan kichkina farqi boʻlsada, mazkur ikkala hujjatdagi asosiy tamoyillar bir xil. Ushbu ikkala uslubga asosan baholangandagi zararlar summasi unchalik farq qilmasligi lozim va banklar katta zarar summalarini aks ettiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHXSlarida “qadrsizlanishdan koʻrilgan zarar” iborasidan foydalanilgan boʻlib, u mazkur Nizomga muvofiq “koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlar” iborasiga oʻrindosh hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MHXSlariga muvofiq, qachonki moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar guruhi dastlabki tan olingandan keyin roʻy bergan bir va undan ortiq hodisalar natijasida ularning qardsizlanishi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi maʼlumotlar mavjud boʻlsa va bu oʻz navbatida ushbu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar guruhi boʻyicha koʻzda tutilgan kelgusi pul oqimlariga salbiy taʼsir koʻrsatib, zarar koʻrishga olib kelsa va u ishonchli tarzda baholangan boʻlsa, mazkur moliyaviy aktiv yoki moliyaviy aktivlar guruhi qadrsizlangan hisoblanadi va bu holat zararlarning paydo boʻlishiga olib keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Balki qadrsizlanishga olib keluvchi alohida, yagona hodisalarni aniqlash imkoni yoʻq boʻlishi mumkin. Qadrsizlanish asosan umumiy taʼsir etuvchi roʻy bergan bir qancha hodisalar tufayli vujudga kelish ehtimoli katta boʻladi. Kelgusi hodisalar natijasida koʻrilishi kutilayotgan zararlar tan olinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrilishi mumkin boʻlgan zararga olib keladigan hodisalarga bank tomonidan kuzatilgan va mavjud maʼlumotlar asosida moliyaviy aktivning yoki moliyaviy aktivlar guruhining qadrsizlanganligini tasdiqlovchi quyidagi obyektiv dalillar xizmat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1) emitent yoki majburiyat olgan shaxs tomonidan koʻrilgan muhim (suщestvennie) moliyaviy qiyinchiliklar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2) shartnomaning buzilishi, misol uchun, asosiy qarz yoki foizlar boʻyicha toʻlovlarning bajarilmasligi yoki kechiktirilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3) kreditor, iqtisodiy yoki huquqiy kuchga ega boʻlgan sabablar taʼsirida, oʻz faoliyatida moliyaviy qiyinchiliklarni oʻtkazayotgan qarzdorning qarzidan voz kechgan holda yon berishi mumkin, boshqa har qanday holatda bu koʻzda tutilmagan boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4) qarzdorni bankrotlik yoki boshqa moliyaviy qayta tashkil etish ehtimollari paydo boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5) moliyaviy qiyinchiliklar sababli mazkur moliyaviy aktiv boʻyicha faol bozorning yopilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6) kuzatilayotgan dalillar moliyaviy aktivni dastlabki tan olish vaqtidan boshlab moliyaviy aktivlar guruhi boʻyicha koʻzda tutilgan kelgusi pul oqimlarini qisqartirib oʻlchashni koʻrsatadi, mazkur qisqartirish ushbu guruhdagi alohida moliyaviy aktivlar boʻyicha aniq tushuntirish bera olmasada, shu bilan birga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) ushbu guruh boʻyicha qarzdorlarning toʻlov qobiliyatining yomonlashuvi (masalan, kechiktirilgan toʻlovlar miqdorining yoki limiti tugagan kredit kartochkalar boʻyicha qarzdorlar sonining oʻsishi va oylik minimal summalar toʻlab borilishi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ushbu guruhdagi aktivlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligiga bogʻliq boʻlgan milliy yoki mahalliy miqyosdagi iqtisodiy shart-sharoitlar (masalan, qarzdor joylashgan geografik muhitdagi ishsizlar sonining oshishi, tegishli regionda garovga olingan mulk narxining tushib ketishi, neft qazib chiqaruvchi kompaniyalarga berilgan ssudalar (shunga oʻxshash aktivlar) boʻyicha neft narxining tushib ketishi, yoki tarmoqdagi koʻngilsiz oʻzgarishlar natijasida ushbu guruh boʻyicha qarzdorlarning qiyin ahvolga tushib qolishi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy vositalarini boshqa bemalol ochiqchasiga sotilishiga taʼsir qiluvchi faol bozorning yopilishi mazkur moliyaviy vositalarning qadrsizlanishidan guvohlik beruvchi dalil boʻla olmaydi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt kredit qobiliyati reytingining pasayishi, oʻz-oʻzidan qadrsizlanish toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi dalil boʻlib xizmat qila olmaydi, xatto qadrsizlanish maʼlumoti sifatida u boshqa mavjud maʼlumotlar bilan birga koʻrib chiqilganda ham. Agar moliyaviy aktivning haqiqiy qiymati uning haqiqatdagi qiymatidan yoki amortizatsiya qiymatidan kichik boʻlishi, uning qadrsizlanishi toʻgʻrisida hech qanday dalil boʻla olmaydi (misol uchun, ishonchli (xavf-xatarsiz) foiz stavkalarining oʻsishi natijasida qarz instrument (vosita) lariga qilingan investitsiyalarning haqqoniy qiymatining pasayishi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, ulushli vositalar qilingan investitsiyalarning qadrsizlanishi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi obyektiv dalillar sifatida, emitent oʻz faoliyatini texnologik, bozor, iqtisodiy yoki huquqiy shart-sharoitlarda amalga oshirganda koʻngilsiz (neblagopriyatniy) taʼsir etuvchi muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham xizmat qilishi mumkin va bu qarz instrumentlariga qilingan investitsiyalar qaytarilmasligi (ne budut vozmeщeni) mumkinligini koʻrsatadi. Ulushli vositalarga qilingan investitsiyalarning haqiqiy qiymatining sezilarli va davomli darajada pasayishi, yaʼni haqiqatdagi qiymatidan kichik boʻlishi ham qadrsizlanish toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi obyektiv dalillar boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Baʼzi hollarda, moliyaviy aktiv boʻyicha qadrsizlanishdan koʻrilgan zarar summasini baholash uchun talab etiladigan, kuzatiladigan maʼlumotlar chegaralangan yoki joriy majburiyatlarga toʻliq mos kelmasligi mumkin. Masalan, bu quyidagi holda roʻy berishi mumkin, yaʼni qarzdor (zayemщik) qiyin moliyaviy holatga tushib qolganda va oʻxshash qarzdorlar (analogichnix zayemщikov) toʻgʻisida juda kam statistik maʼlumotlarga ega boʻlganda. Bunday hollarda, bank qadrsizlanishdan koʻrilgan zarar summasini baholash uchun oʻzining professional darajadagi fikrlash xulosasini qoʻllashi lozim. Albatta, bank moliyaviy aktivlar gruppasi boʻyicha kuzatilayotgan maʼlumotlarni joriy shart-sharoitlarga muvofiqlashtirish maqsadida oʻzining professional darajadagi fikrlash xulosasini qoʻllashi lozim. Ongli ravishda kutilayotgan baholashlardan foydalanish moliyaviy hisobotlarni tayyorlash jarayonining uzviy jarayoni hisoblanadi va bunda aslo uning ishonchini yoʻqotmaydi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 363-modda; 2015-y., 42-son, 543-modda)