25.10.1993 yildagi 520-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 25.10.1993 yildagi 520-son
Date of entry into force
25.10.1993
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI BARTER ASOSIDA AMALGA OSHIRISHNI TARTIBGA SOLISH TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda ekvivalent boʻlmagan tovar ayirboshlashni bartaraf etish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiisteʼmolliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida” 1993-yil 9-iyuldagi farmonini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilovaga muvofiq barter asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va barter shartnomalari boʻyicha chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni toʻlash tartibi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yilning 25-mayigacha tuzilgan barter shartnomalari chet el valyutasida olingan tushumga solinadigan soliqni toʻlamasdan nihoyasiga yetkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning amal qilishi tovar oboroti davlatlararo va hukumatlararo bitimlar va shartnomalar bilan tartibga solinadigan chet mamlakatlar firmalari va sobiq SSSRning subyektlari boʻlgan davlatlar korxonalari bilan tuzilgan barter shartnomalariga joriy qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda oʻn kun muddatda barter shartnomalarini hisobga olish uchun maxsus hisob raqamlari ochish tartibini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda barter shartnomalarining bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot shaklini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari mazkur qaror qoidalarini buzganlik uchun shaxsan javob berishlari haqida ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga aniqlangan tartib buzilishlari va ularning oldini olish yuzasidan qurilgan choralar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasini muntazam ravishda xabardor qilib turish tavsiya qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oʻzlarining yoʻriqnoma va meʼyoriy hujjatlarini mazkur qarorga moslashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 25-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
520-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Barter asosida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish va barter shartnomalari boʻyicha chet el valyutasida olingan tushumlarga solinadigan soliqni toʻlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARTIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kelishib olingan miqdordagi bir tovarni boshqa bir tovarga oʻzaro hisob-kitoblarni valyutada amalga oshirmasdan almashtirishni nazarda tutuvchi shartnoma barter shartnomasi hisoblanadi. Shartnomada oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori va qiymati yoxud tomonlar ekvivalentlik asosida yetkazib berish majburiyatini olgan tovarlarning summasi oldindan kelishib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzaro yetkazib beriladigan tovarlarning qiymatini aniqlashda narxlar jahon narxlari asosida transportga ortish, sugʻurta qilish xarajatlari va yetkazib berish muddatlari hisobga olingan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan ruxsat etilgan barter shartnomasi markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari boʻyicha markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalarini tuzish va ularni bajarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasining respublikaning birinchi navbatdagi ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda xarid qilinadigan tovarlar hajmlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishib olingan takliflarini tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Korxonalar, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarning ehtiyojlari uchun markazlashtirilgan tartibda tovarlar xarid qilish maqsadida buyurtmachilar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga murojaat qiladilar, uning xulosalari asosida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida markazlashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan barter shartnomalarini hisobga olish uchun Respublika valyuta fondining maxsus hisobi ochiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Barter shartnomasi boʻyicha tovar yetkazib berish bojxona organlariga barter shartnomasining Respublika valyuta fondining maxsus hisobida roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi taqdim etilgandan soʻng shartnoma shartlariga va Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq solinadigan barter shartnomasini tuzish va uni bajarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Barter shartnomalari boʻyicha eksportga tovar yetkazib berish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari tovarni roʻyxatga olish varaqasida belgilangan nomenklatura boʻyicha mustaqil ravishda qidirib topadilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz mintaqalarining talablaridan kelib chiqib, barter shartnomalari boʻyicha keltirish uchun tavsiya qilingan tovarlar nomenklaturasini belgilaydilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Barter shartnomasini roʻyxatga olish viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli boʻlinmalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boʻlinmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqa boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 25-son, 308-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi barter shartnomasi boʻyicha eksport-import operatsiyalari tugagandan soʻng oʻn kun muddatda oʻz valyuta mablagʻlaridan yoki valyutani valyuta bozoridan sotib olish hisobiga Respublika valyuta fondiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli valyuta fondlariga belgilangan tartibda soliq toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur tartibni buzgan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq moliyaviy sanksiyalar qoʻllaniladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu tartibni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomalar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan nashr etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., № 10, 37-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)