O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“ALOHIDA MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TO‘G‘RISIDA” O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINIShI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh VA ULARNING BA’ZILARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 30-avgust,
436-son
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga
1-ILOVA
1993-yil 30-avgustdagi 436-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1 . O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 23-fevraldagi 131-son qarori (O‘zSSR QT, 1952 i, 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR davlat tabiat yodgorliklari to‘g‘risidagi Nizom.
2 . O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1988-yil 3-avgustdagi 270-son qarori (O‘zSSR QT, 1988 i, 8-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR suv omborlarining suvni muhofaza qilish doiralari (zonalari) to‘g‘risidagi Nizom
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRIShLAR
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (O‘zSSR QT, 1982 i., 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Davlat korxonalarining qo‘riqlash zonalari to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandidagi “cheklanmagan ravishda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982-yil 26-yanvardagi 51-son qarori (O‘zSSR QT, 1982-y, 1-son, 2-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSRda yovvoyi hayvonlarni qo‘riqlashning sanitar zonalari to‘g‘risidagi Nizomning:
2-bandidagi “Qoraqalpog‘iston ASSR Ministrlar Sovetining qarori va oblast ijroiya komitetlarining qarorlari bilan, O‘zbekiston SSR O‘rmon xo‘jaligi ministrligining ilmiy asoslangan taqdimnomasiga ko‘ra” so‘zlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasining ilmiy asoslangan taqdimnomalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi va hokimiyat organlarining qarorlari bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “O‘zbekiston SSR O‘rmon xo‘jaligi vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 31-martdagi 155-son qarori (O‘zSSR QT, 1990-y., 3-son, 9-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi Nizom 7-bandining “b” kichik bandi quyidagi mazmundagi xat boshi bilan to‘ldirilsin: “suvni muhofaza qilish doiralari (tegralari) ni joylashtirish masalalarini belgilangan tartibda kelishib oladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 1-apreldagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan Baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish “O‘zbaliq” konserni Ustavi 1-bandining to‘rtinchi xatboshi “tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda baliq xo‘jaliklari tegralarining muhofaza qilinishini ta’minlaydi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-apreldagi 149-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumat qarorlari to‘plami, 1993-y., 8-son, 33-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 459-modda)