Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.08.1993 yildagi 434-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.08.1993 yildagi 434-son
Date of entry into force
30.08.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RESPUBLIKADA KAM QAVATLI UY-JOY-XOʻJALIK OBYEKTLARI QURIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikamizning iqlim sharoitlariga mos keladigan kam qavatli xizmat binolari va uy-joylarga boʻlgan ehtiyojlarning oʻsib borayotganligini hisobga olib Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Toshkenttiklanish” davlat-kooperativ qurilish birlashmasi “Toshkentqurilish” davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasi ixtiyoriga berilsin va uning negizida tarkibiga ilovaga* muvofiq korxonalar va tashkilotlar kirgan “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasini yetishmagan zarur ishlab chiqarish boʻlinmalari bilan toʻldirishni, mashinalar, mexanizmlar va asbob-uskunalar bilan jihozlashni taʼminlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Toshkentqurilish” korporatsiyasi va “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi bilan birgalikda 1993-1994-yillarda amaldagi qonun hujjatlariga binoan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasi tarkibiy boʻlinmalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin. Aksiyalarning davlatga qarashli ulushi 51 foiz miqdorida belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, yangi tashkil etilgan “Toshxorijiyqurilish” birlashmasining boshligʻi “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi. Qoʻshimcha ravishda “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha, shuningdek, birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan mebellar bilan jihozlangan kam qavatli obyektlarni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar Diplomatik servis xizmatiga ularning 1994-1995-yillardagi hisob-kitoblariga muvofiq miqdorlarda kredit resurslari bersinlar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga keyinchalik markazlashtirilgan tartibda “Toshkentqurilish” korporatsiyasining “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga aylanma mablagʻlarini koʻpaytirishga belgilangan tartibga muvofiq ikki yil muddatga berish uchun Moliya vazirligiga 2 mlrd soʻm miqdorida 5 foizli maqsadli kredit ajratish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Toshxorijiyqurilish” birlashmasi uchun 1993-1994-yillarda daromad soligʻi stavkasi 12 foiz miqdorida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toshkent shahar hokimligining yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga yer maydonlari ularning sifatiga, qanday yerda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligiga bogʻliq ravishda toʻlovlarning tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilishi hisobga olingan holda ajratilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7.“Oʻzqurilishmateriallari” konserni, “Oʻzmetallkonsern”, “Toshkentqurilish”, “Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyalari, “Oʻzboshyogʻochqurilish” boshqarmasi, “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari texnik hujjatlarga muvofiq birlashmaga oʻz nomenklaturalariga birkitilgan metall prokati va trubalarni, yuqori sifatli materiallar, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va yogʻochning qattiq turlaridan tayyorlangan parket, yoritish priborlari, sanfayans, poyandoz qoplamalarni yetkazib berish va sotishni taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan qurilgan kottejlarni koʻchmas mulk birjasida sotishga yoki Oʻzbekiston fuqarolariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga ruxsat berilsin. Bunday hollarda uy-joylar jismoniy shaxslarga ularning mavjud uy-joy sharoitlaridan qatʼi nazar sotiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-apreldagi 185-son qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi respublikada roʻyxatga olingan xorijiy vakolatxonalar va firmalarning diplomatik va boshqa vositalari orqali respublika Hukumatining ushbu masala boʻyicha qarorini keng reklama qilsin hamda qayd etilgan obyektlarni qurishga yakka tartibdagi buyurtmalarni koʻpaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari K. N. Toʻlaganov zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
434-son