Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005 02.02.2004 yildagi 47-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 02.02.2004 yildagi 47-son
Date of entry into force
02.02.2004
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QarorI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING YoQILG‘I-ENERGETIKA KOMPLEKSINI RIVOJLANTIRISh DEPARTAMENTI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 27-dekabrdagi 574-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish departamentini tashkil etish to‘g‘risida” 2001-yil 24-fevraldagi 95-son qarorining 3 va 6-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2004-yil 2-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil
2-fevraldagi 47-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish departamenti (keyingi o‘rinlarda “Departament” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Departamentning faoliyati respublika yoqilg‘i-energetika kompleksi tarkibiga kiruvchi idoralar va xo‘jalik birlashmalarining neft-gaz, energetika va geologiya-razvedka tarmoqlarini barqaror va mutanosib rivojlantirishni ta’minlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga; ushbu maqsadlarda mamlakatning energetika mustaqilligini ta’minlovchi yoqilg‘i-energetika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishni tashkil etishga; yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirishga chet el investitsiyalari keng jalb etilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Departamentning tuzilmasi va maqomi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, yoqilg‘i, energetika va geologiya kompleksi rahbari boshchiligida amalga oshiradi va bevosita unga hisob beradi, ijro intizomini mustahkamlash masalalari bo‘yicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati rahbariga hisob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Departament tarkibida quyidagi guruhlar tuziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoqilg‘i-energetika balanslarini ishlab chiqish guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) quyidagi dasturlarni:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geologiya-qidiruv ishlari sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz tarmog‘ida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetika va ko‘mir sanoati sohasida dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish guruhi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) energiya resurslarini tejash masalalari guruhi, Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash komissiyasi kotibiyati ham shu jumlaga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Departament ishiga maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vazirining birinchi o‘rinbosariga tenglashtirilgan departament boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Departament boshlig‘i lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadi va ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Departament davlat tilida yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z blankiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Departamentning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mamlakat yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish hamda neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka ishlari olib borish sohasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda neft-gaz va energetika tarmoqlarini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari, yoqilg‘i-energetika va birlamchi energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilish balanslari ishlab chiqilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot tarmoqlarini va respublika aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, elektr energetikasini, neft-gaz va ko‘mir sanoati korxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar va ilg‘or texnologiyalar negizida zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustyurt mintaqasida va respublikaning boshqa istiqbolli neft-gazli viloyatlarida qidiruv va razvedka ishlarini jadal sur’atda amalga oshirishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish, ushbu maqsadlar uchun chet el investitsiyalarini keng jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka ishlari, neft va gaz kondensati, tabiiy gaz va ko‘mir qazib olish va qayta ishlash, energetikani rivojlantirish sohasida alohida yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarining texnika-iqtisodiy asoslanishini va mablag‘ bilan ta’minlash sxemalarini ko‘rib chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish monitoringini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etish, respublika yoqilg‘i-energetika va geologiya-razvedka tarmog‘iga chet el investitsiyalarini keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida raqobat uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya manbalari jahon bozori monitoringi asosida yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarining eksport salohiyatini rivojlantirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka, uglevodorod xomashyo izlab yer qa’rini geologik o‘rganish ishlarining strategik yo‘nalishlarini belgilashga doir ishlanmalarni muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh vazir o‘rinbosarining ko‘rib chiqishi uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan takliflar ekspert ishlab chiqilishini, Vazirlar Mahkamasining Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir o‘rinbosarining topshirig‘i bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihasi tayyorlanishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi komissiyalarning:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash; Yagona energetika tizimiga ulanadigan turg‘un elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash; Neft, gaz va gaz kondensati qazib olish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash; Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish va mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar loyihalarini ko‘rib chiqish komissiyalari samarali ishlashini ta’minlash. Komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishda ulardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, samarali, energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalar va chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Departamentning asosiy funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Departament o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirishning o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarini, yoqilg‘i-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilish balanslarini ishlab chiqish, ular bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasi bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarining moliyaviy-iqtisodiy holatini tizimli tahlil etish va Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda soliq va narxlarni tartibga solish chora-tadbirlarini hisobga olgan holda kompleks tarmoqlarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i-energetika kompleksi tarmoqlarida moliyaviy intizomga rioya etilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha alohida investitsiya loyihalari yuzasidan Hukumat qarorlari ishlab chiqilishi, tayyorlanishi jarayonini va ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlarning siyosiy va ishbilarmon doiralarini, xalqaro moliya-iqtisodiyot institutlarini va chet el banklarini respublika yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investitsiya muhitidan va amalga oshirilishida chet el investorlari qatnashishi mumkin bo‘lgan loyihalardan keng xabardor qilish uchun respublikada va chet elda konferensiyalar va taqdimotlar tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet el investorlarini neft va gaz qidiruvga oid geologiya-razvedka ishlariga jalb qilish maqsadida vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro tenderlar o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi geoaxborot texnologiyalari va tizimlarini joriy etish sohasida istiqbolli rivojlantirishni prognozlash, ustuvor davlat ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining departament yuritadigan masalalarga tegishli bo‘lgan topshiriqlari o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Departamentning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Departament quyidagi huquqlarga egadir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi komplekslari kotibiyatlari va bo‘limlaridan, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalardan, shuningdek barcha darajalardagi davlat boshqaruvi organlaridan departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallarni so‘rab olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz, energetika va geologiya-razvedka tarmoqlarini barqaror va mutanosib rivojlantirish, respublikaning energetika mustaqilligini va mineral-xomashyo bazasini yanada mustahkamlashga qaratilgan xorijiy investitsiyalar jalb qilingan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish masalalari bo‘yicha vazirliklar va idoralarning, barcha darajalardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hisobotlarini eshitish va o‘z vakolatlari doirasida ularga topshiriqlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilg‘i va energetika sohasidagi eng muhim muammolarni maslahatlashish, o‘rganish va hal etish uchun mamlakatimiz ekspertlarini va xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ushbu sohada takliflar tayyorlash uchun vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar va kengashlar ishida, davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalariga doir muzokaralarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar va idoralar rahbarlari ishtirokida kengashlar o‘tkazish, ularning hay’atlari ishida, Vazirlar Mahkamasi majlislarida, ijroiya hokimiyat mahalliy organlari majlislarida, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar va korxonalardagi kengashlarda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro, xorijiy, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan mustaqil ravishda yozishmalar olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari axborotidan va ma’lumotlar elektron bazalaridan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Departament quyidagilarga majburdir:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
neft-gaz qazib olish va qayta ishlash sanoati tarmoqlarini, energetika va ko‘mir sanoatini rivojlantirish dasturlari loyihalarini, ular amalga oshirilishi monitoringi va moliyaviy resurslardan, shu jumladan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish natijalarini, shuningdek Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari yoqilg‘i-energetika kompleksi idoralari va xo‘jalik birlashmalari tomonidan bajarilishi ustidan amaliy nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro kompaniyalar va firmalarning, xorijiy hukumat muassasalari moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarining yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflarini ishlab chiqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Departament o‘zi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar uchun amaldagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan o‘z vakolatlari doirasida javob beradi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 52-modda)