12.10.2005 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.10.2005 yildagi 225-son
Date of entry into force
12.10.2005
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va uni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
( muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va uni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-iyundagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 23-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 12-oktabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
225-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi hamda “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq raqobat, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi (keyingi oʻrinlarda — qonunchilik buzilganligi) toʻgʻrisidagi ishni Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli davlat organi) tomonidan koʻrib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shu jumladan, faoliyatning ayrim turlariga litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beruvchi, maxsus elektron tizim orqali xabarnomalarni qabul qiluvchi, roʻyxatdan yoki akkreditatsiyadan oʻtkazish vakolatlari berilgan davlat muassasalari, shuningdek, davlat maqsadli jamgʻarmalari (keyingi oʻrinlarda — respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar), yuridik shaxslarning birlashmalari hamda jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatadi va ularni koʻrib chiqadi, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi masalalar quyidagi hollarda vakolatli davlat organi tomonidan ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilib, koʻrsatma beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning (ish, xizmatlarning) nazorat xaridi doirasida ularning ekspertiza qilish yoki akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida testdan oʻtkazish natijasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga nomuvofiqligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning (ish, xizmatlarning) saqlash qoidalariga rioya etilmasdan savdoga chiqarilganligi natijasida sifati oʻzgarganligi tasdiqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarning (ish, xizmatlarning) isteʼmol qilinishi, foydalanilishi natijasida isteʼmolchilarning sogʻligʻi, mol-mulkiga zarar yetkazilganligi aniqlangan yoki zarar yetkazish xavfi tugʻilgan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qiluvchi organlarga axborot taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud ularga bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish holatlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati oʻtgan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi qonunchilikda nazarda tutilgan tovarlarni ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddatini koʻrsatmagan holda, realizatsiya qilish hamda sotish uchun qabul qilganlik holatlarida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilishi oʻz tasdigʻini topgan va chora koʻrish uchun asoslar yetarli boʻlgan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqbuzar xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki jismoniy shaxs qonunchilik talablarini buzganligiga iqror boʻlgan va (yoki) ixtiyoriy tartibda bartaraf etgan holatlarda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi), savdo va xizmat koʻrsatish qoidalari toʻgʻrisida, shuningdek, tovarlar (ish, xizmatlar) toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 19 va 21-moddalaridan tashqari boshqa talablari buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha huquqbuzarning eʼtirozi mavjud boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdo obyekti tomonidan sotuvga qoʻyilgan tovarga narxnoma qoʻyilmaganda, sotuvga qoʻyilgan tovarning narxi kassa chekidagi narxdan farq qilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari hamda jismoniy shaxslar tomonidan qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi ishlarni tegishli sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ish jismoniy shaxsga, xoʻjalik yurituvchi subyektga, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga, yuridik shaxslar birlashmalariga nisbatan ular joylashgan joy boʻyicha tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining markaziy apparati Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisining qarori asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy organlar vakolatlariga tegishli boʻlgan ishlarni oʻzi koʻrib chiqishi uchun qabul qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzining tekshirish va oʻrganish materiallarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun hududiy organga yuborishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek, oʻrganish davomida qonunchilik buzilganligi holatlari (belgilari) mavjudligini koʻrsatuvchi yetarlicha maʼlumotlarning aniqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa organlardan kelib tushgan axborot yoki taqdimnomalar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi qonunchilik buzilganligi holatlari (belgilari) mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan xabarlar (keyingi oʻrinlarda — ariza).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Jismoniy va yuridik shaxsning arizasi vakolatli davlat organiga qonunchilik buzilganligi holatlaridan (belgilaridan) dalolat beruvchi hujjatlar va arizaning nusxasi ish qoʻzgʻatilishi talab qilinayotgan shaxsga yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilingan holda beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy va yuridik shaxsning arizasida ariza beruvchi va unga nisbatan ariza berilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi, qonunchilik buzilishi holatlari (belgilari) tavsiflanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vakolatli davlat organi mazkur Nizomga rioya qilgan holda berilgan arizani oldindan koʻrib chiqadi hamda ariza bilan birga berilgan hujjatlar va materiallarni oʻrganadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar vakolatli davlat organi tomonidan arizani oldindan koʻrib chiqishda hamda boshqa hujjatlar va materiallarni oʻrganishda aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur masalani hal etish boʻyicha vakolatli davlat organining vakolati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilishi belgilari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish qoʻzgʻatish uchun materiallar yetarli ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi kerak boʻlgan shaxslar doirasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning toʻgʻri va har tomonlama koʻrib chiqilishi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vakolatli davlat organi ariza va materiallarni oldindan koʻrib chiqish davomida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olishga, ulardan nusxa koʻchirishga hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi, shuningdek, jismoniy shaxs ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari vakillari bilan suhbat oʻtkazishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa choralarni koʻrishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etishga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining ariza va materiallarni oldindan koʻrib chiqish bilan bogʻliq harakatlari tekshirish hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organida qonunchilik buzilganligini koʻrib chiqish boʻyicha vakolatli davlat organining masʼul xodimlaridan iborat maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tarkibiga komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash maqsadida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va tadbirkorlik subyektlari faoliyati erkinligi kafolatlarini taʼminlash sohasidagi boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi va uning tarkibi vakolatli davlat organi rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar aniq bir ishni koʻrib chiqishda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan, rais qatnashayotgan boʻlsa, Komissiya vakolatli (kvorumga ega) boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vakolatli davlat organi tomonidan nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi natijasida toʻplangan yoki arizani oldindan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha taqdim etilgan materiallar asosida komissiya raisi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxsning arizasi boʻyicha murojaatda koʻrsatilgan masalalar, vakolatli davlat organining vakolatiga tegishli emasligi yoxud qonunchilik buzilganligi belgilari yoʻqligi munosabati bilan ish qoʻzgʻatish rad etilishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qonunchilik buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻatish yoki ish qoʻzgʻatish rad etilishi toʻgʻrisida komissiya raisi tomonidan ajrim chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrim topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda buyurtma xat orqali ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashuvchilarga ajrim, shuningdek, tilxat boʻyicha vakolatli davlat organida yoki ular joylashgan joy boʻyicha topshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zarur boʻlganda, qonunchilik buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim xabardor qilinganligi qayd etilishini taʼminlaydigan axborot tizimlaridan foydalangan holda yuborilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ajrim kirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning kirish va xulosa qismida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:

vakolatli davlat organining toʻliq nomi;

ishning tartib raqami, ajrimning chiqarilgan sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzilish alomatlari mavjud boʻlgan qonunchilik hujjat nomi va rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzilish alomatlari mavjud boʻlgan qonunchilikni koʻrsatgan holda ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishga qatnashuvchilarni jalb qilish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya majlisi sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari haqida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish istagini bildirgan taqdirda, kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni oʻtkazishga koʻmaklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilar ishtirok etishi mumkin boʻlgan videokonferensaloqa rejimidagi majlisni oʻtkazishga koʻmaklashadigan vakolatli davlat organi manzili haqida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar haqida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilar advokat yoki boshqa ishonchli vakil xizmatlaridan, shuningdek, tarjimonning xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega ekanliklari toʻgʻrisida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning uzrli sabablarsiz kelmasligi yoki ular tomonidan ish koʻrib chiqishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berilmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrilishiga va tegishli qaror qabul qilinishiga asos boʻlishi toʻgʻrisida tushuntirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimda zaruratga koʻra boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.

14. Ish qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim kirish, asoslantirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning kirish, asoslantirish va xulosa qismlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organining toʻliq nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrimning tartib raqami, chiqarilgan sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilishi talab qilingan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buzilganligi ish qoʻzgʻatish haqidagi talabga asos sifatida koʻrsatilgan qonunchilik hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asoslantirish qismida:

arizani dastlabki tarzda koʻrib chiqishda aniqlangan holatlar, ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish qoʻzgʻatishni rad etish uchun asos boʻlgan qonunchilik normalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u yoki bu dalillarni rad etish yuzasidan vajlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xulosa qismida:

buzilganligi ish qoʻzgʻatish haqidagi talabga asos sifatida koʻrsatilgan qonunchilik hujjatini koʻrsatgan holda, ish qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim ustidan shikoyat bildirish mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimda zaruratga koʻra boshqa maʼlumotlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Quyidagilar qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan ish koʻrib chiqilayotgan shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish koʻrib chiqilishi munosabati bilan huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxl qilinayotgan manfaatdor shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa koʻmaklashuvchi shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organining ishni toʻgʻri hal etishi uchun ahamiyatga ega maʼlumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida xulosa berish uchun zarur boʻlgan maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maslahatlar (tushuntirishlar) berish va ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam koʻrsatish yoʻli bilan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda koʻmaklashish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va malakaga ega boʻlgan, voyaga yetgan, ish natijasidan manfaatdor boʻlmagan shaxs vakolatli davlat organi tomonidan mutaxassis sifatida jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan jalb etiladigan shaxs tarjimon boʻlishi mumkin.

16. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar (vakolatli davlat organidan tashqari) ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha materiallar bilan tanishish (davlat siri hisoblangan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa maxfiy maʼlumotlardan tashqari) va ulardan koʻchirma olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalillar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha dalillarni oʻrganishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarga savollar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iltimosnoma berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalil-isbotlariga eʼtiroz bildirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Komissiya aʼzosi quyidagi holatlarda ishni koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin emas va rad etilishi lozim, agar u:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ularning vakillarining qarindoshi boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlsa, komissiya aʼzolari oʻzini oʻzi rad etish haqida arz qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga koʻra ularni rad etish haqida arz qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya aʼzosini rad etish toʻgʻrisidagi masala rad etilishi talab etilayotgan komissiya aʼzosining ishtirokisiz komissiya tarkibining koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad etishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, komissiya aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rad etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Komissiya majlisida qoʻzgʻatilgan ish rais tomonidan ishning holatlari eng toʻliq va har tomonlama oʻrganilishi va unga baho berilishini taʼminlaydigan, qonunchilik buzilishini bartaraf etadigan va uning oldini oladigan, qonunchilik buzilishi toʻgʻrisida unga nisbatan ish olib borilayotgan shaxslar, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va manfaatlari taʼminlanadigan tarzda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi haqidagi ish ariza tushgan yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi va oʻrganishlar natijalariga koʻra ish qoʻzgʻatilgan paytdan boshlab, bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Istisno holatlarda, koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi mumkin, biroq ushbu muddat bir oydan ortiq boʻlmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi toʻgʻrisidagi ish komissiya tomonidan ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish uchun dalillar yetarli deb topish uchun zarur boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishning koʻrib chiqilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan jismoniy shaxslar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari, ishda qatnashish uchun jalb etiladigan boshqa shaxslar xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish toʻgʻrisida kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni oʻtkazishga koʻmaklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilingan taqdirda, ushbu shaxslar majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etadi, boshqa holatlarda majlis ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning shaxsan ishtirokida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan komissiyaga yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni mavjud materiallar boʻyicha koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan ishtirok etuvchi shaxslar majlisga kelmasa, ish ularning yoʻqligida koʻrib chiqilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlar oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritilayotgan tilni bilmaydigan qatnashuvchilarning tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha), komissiya harakatlarida ishtirok etish hamda vakolatli davlat organida oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan hujjatlar komissiya majlisi qaysi tilda oʻtkazilgan boʻlsa, shu tilda tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish yuritiladigan tilni bilmaydigan qatnashuvchilar oʻz hisobidan tarjimon yollashga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilar ish yuritiladigan tilni bilmasliklari va oʻz hisobidan tarjimon yollamasliklari ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qila olmaydi, komissiyaning birinchi majlisida oʻz hisobidan tarjimon yollash haqida iltimosnoma kiritgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishni koʻrib chiqish komissiya tarkibini eʼlon qilishdan boshlanadi. Komissiya majlisida raislik qiluvchi qanday ish koʻrib chiqilishi kerakligini eʼlon qiladi va oʻziga nisbatan ish koʻrilayotgan shaxsning nomini aytadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning huquqlari tushuntiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ishni koʻrib chiqishda komissiya ish boʻyicha dalillarni bevosita oʻrganadi, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarning tushuntirishlarini, mutaxassislarning va boshqa manfaatdor shaxslarning xulosalarini, guvohlarning koʻrsatmalarini eshitadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yozma dalillar bilan tanishadi va ularni eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik buzilganligi mavjudligi yoki buzilmaganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beradigan dalillar yetarli boʻlmaganda yoki mavjud boʻlmaganda, ishda ishtirok etuvchi shaxslardan qoʻshimcha materiallar talab qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish boʻyicha dalillar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olingan maʼlumotlar boʻlib, ular asosida komissiya ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek, nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari (tushuntirishlari), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talablari va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlashga doir qonunchilik buzilishi toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda isbotlash majburiyati mazkur shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muayyan savolga aniqlik kiritish uchun ekspert jalb etish zarurati boʻlsa va bunday jalb etish xarajat talab etsa, ekspertni jalb etish va uni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni vakolatli davlat organiga qoplab berish ishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxs zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ishni koʻrib chiqish quyidagi holatlarda komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda komissiya tomonidan keyinga qoldirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni koʻrib chiqish kechiktirilishi toʻgʻrisida subyektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning qonunchilik buzilishini koʻrsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha dalillar olish zarurati munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining hozir boʻlmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yoʻqligi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya fikriga koʻra ishni koʻrib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlis videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilayotganda, videokonferensaloqa oʻrnatish imkoni boʻlmagan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishga daxldor boʻlmagan oʻziga nisbatan qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan shaxsni ishga daxldor boʻlgan shaxs bilan almashtirish zarur boʻlgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya raisi yoki kvorum mavjud emasligi munosabati bilan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning birinchi majlisida ish yuritiladigan tilni bilmaydigan ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilar oʻz hisobidan tarjimon yollash haqida iltimosnoma kiritgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishni koʻrib chiqish quyidagi holatlarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudda xulosalari ishni koʻrib chiqish natijalari uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ish koʻrilayotganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ekspertizadan oʻtkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur boʻlganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
materiallarni qoʻshimcha oʻrganish va soʻrash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy ofatlar, epidemiyalar va ishni koʻrib chiqishga toʻsqinlik qiluvchi boshqa obyektiv sabablar paydo boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish yuritilayotgan yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tergov harakatlari olib borilayotgan ish yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrib chiqish toʻxtatib turilganda, ishni koʻrib chiqish muddati ham toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrib chiqish uni toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ishni koʻrib chiqish komissiya tomonidan quyidagi holatlarda toʻliq yoki qisman tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilishi holatlari tasdiqlanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilishi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, yuridik shaxslar birlashmalari va jismoniy shaxs qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organi tomonidan koʻrib chiqilayotgan qonunchilik buzilishi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash va tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, u majlisda ishtirok etgan komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarga ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan tartibda joʻnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Komissiya oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta ishni, agar bu toʻgʻri qaror qabul qilishga koʻmaklashsa, bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlarni birlashtirishga komissiyaning ishni koʻrish yakuni boʻyicha hujjati qabul qilinguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Ishlar birlashtirilganda ular boʻyicha ishni koʻrish muddati keyinroq tayinlangan ish boʻyicha belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir nechta masalalar boʻyicha bir ishni ajratib koʻrishni maqsadga muvofiq deb topsa, u ish boʻyicha bir yoki bir nechta masalani alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida ish yuritishga ajratishga ishni koʻrish yakuni boʻyicha komissiya hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ishni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik buzilganligi aniqlanganligi va tegishli huquqiy taʼsir choralarining koʻrilishi haqida qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Komissiya tomonidan qaror koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar komissiya raisi yoki aʼzosi qarorga rozi boʻlmasa, u uni imzolashi shart va oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqlidir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alohida fikr ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar alohida fikr bilan tanishtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori ishni koʻrib chiqish tugallangach, majlis oʻtkazilgan sanada darhol eʼlon qilinadi. Bunda uning faqat koʻrsatma qismi maʼlum qilinadi, matni esa ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror (koʻrsatma) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay manfaatdor taraflarga yuboriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qarori shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etgan holda ommaviy axborot vositalarida yoritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Qaror komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya tomonidan qarorning xulosa qismi eʼlon qilingan sana qarorning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, u komissiya aʼzolarining bittasi tomonidan yoki komissiya raisi bayonnomani tuzish uchun maxsus jalb etgan vakolatli davlat organi mutaxassisi tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya majlisi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqayotgan vakolatli davlat organining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning nomi va tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
majlisning oʻtkazilgan yili, oyi, kuni va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning hozir boʻlganligi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki iltimosnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalillariga qarshi eʼtirozlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, mutaxassislarning izohlari, yozma dalillarni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guvohlarning koʻrsatmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya qabul qilgan qaror;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼlumotlar.

Majlis bayonnomasi komissiya raisi, aʼzolari va komissiya majlisi kotibi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Koʻrsatmalar berish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Komissiyaning qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan shaxsga koʻrsatma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatma komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan taqdirda, qonunchilikni buzgan shaxsga vakolatli davlat organi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatma beriladi. Bunda koʻrsatma vakolatli davlat organining rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatmani bajarish uchun bir oy muddat beriladi, bundan mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar mustasno. Qonunchilik buzilishini tezkorlik bilan bartaraf etish zarurati boʻlganda koʻrsatmada belgilangan talablarni bajarish uchun bir oydan kam boʻlgan muddat berilishi mumkin.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik buzilishini sodir etgan shaxs yakuniy isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) bir oyda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasiga toʻlashi uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, ushbu shaxsga asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) toʻlov grafigi asosida oʻn ikki oydan oshmagan muddatda har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Koʻrsatma unda belgilangan muddatda bajarilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatmani muddatida ijro etmaganlik qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror va koʻrsatmaning joʻnatilganligini bildiruvchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoxud qonunchilik buzilishi bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi, ushbu hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish koʻrsatma bajarilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tekshirish chogida qonunchilik buzilishlari tugatilmaganligi, bartaraf etilmaganligi, dastlabki holat tiklanmaganligi yoki tugatish, bartaraf etish, dastlabki holatni tiklash chora-tadbirlari koʻrilmaganligi, shuningdek, koʻrsatmani bajarishdan boʻyin tovlash yoki qisman bajarish yoxud oʻz vaqtida bajarmaslik holatlari aniqlansa, qaror va koʻrsatma bajarilmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatma quyidagi holatlarda qisman bajarilmagan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatmaga muvofiq tugatilishi, bartaraf etilishi yoki dastlabki holat tiklanishi kerak boʻlgan barcha qonunchilik buzilishlari tugatilmaganda, bartaraf etilmaganda yoki dastlabki holat tiklanmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatmada nazarda tutilgan barcha jismoniy shaxslarga yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yoxud respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga nisbatan qonunchilik buzilishi tugatilmaganda, bartaraf etilmaganda yoki dastlabki holat tiklanmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatma oʻz vaqtida bajarilmagan deganda, koʻrsatmaning unda koʻrsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Koʻrsatma berilgan shaxslar koʻrsatmani bajarish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma berishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Iltimosnomada koʻrsatilgan holatlar uzrli deb topilgan taqdirda, koʻrsatmani bajarish muddati koʻpi bilan uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻzgʻatilgan ish yakuni boʻyicha berilgan koʻrsatma bajarish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, u komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha berilgan koʻrsatma muddati uzaytirilganligi haqida xat iltimosnoma kiritgan shaxsga yuboriladi. Bunda xat vakolatli davlat organining rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Vakolatli davlat organi oʻz koʻrsatmalari bajarilishi ustidan nazorat qiladi, qabul qilingan qarorlar va berilgan koʻrsatmalar hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Komissiya ajrimlar, qarorlar, koʻrsatmalar qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning ishni mazmunan hal etilmasdan qabul qilinadigan hujjatlari ajrimlar shaklida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning ishni mazmunan koʻrish natijalari boʻyicha qabul qilinadigan hujjatlari ishni koʻrib chiqishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrim yoki qaror shaklida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning qarori asosida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini toʻxtatish, bartaraf etish, keyinchalik qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan oʻziga nisbatan koʻrsatma berilayotgan shaxs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq xatti-harakatlar koʻrsatilgan hujjatlari koʻrsatma shaklida chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Komissiya ajrimni alohida hujjat shaklida chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya ajrimi kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ajrimning kirish, asoslantirish va xulosa qismlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organining toʻliq nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, komissiya tarkibi, koʻrib chiqish predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan (koʻrsatma berilgan) shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajrim chiqariladigan masala;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asoslantirish qismida komissiyaning qonunchilikka asoslangan holda, oʻz xulosasini chiqarishiga asos boʻlgan sabablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xulosa qismida koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha qaror.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi ajrimning xulosa qismida quyidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya majlisi sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishga boʻlgan huquqlari haqida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlisda videokonferensaloqa rejimida ishtirok etish istagini bildirgan taqdirda, kamida uch kun oldin vakolatli davlat organi yoki videokonferensaloqa rejimidagi majlisni oʻtkazishga koʻmaklashadigan vakolatli davlat organiga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishtirok etishi mumkin boʻlgan videokonferensaloqa rejimidagi majlisni oʻtkazishga koʻmaklashadigan vakolatli davlat organi manzili haqida maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar va materiallar haqida maʼlumot, agar bunga zarurat boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning uzrli sabablarsiz kelmasligi yoki ular tomonidan ishni koʻrib chiqishni boshqa kunga qoldirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma berilmaganligi ishni ularning ishtirokisiz koʻrib chiqilishiga va tegishli qaror qabul qilinishiga asos boʻlishi haqida tushuntirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Komissiya qarori kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya qarorining kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror qabul qilgan vakolatli davlat organining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozimlari koʻrsatilgan holda komissiya tarkibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishning tartib raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarorning qabul qilingan sanasi va joyi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqish predmeti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxs, shuningdek, ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashuvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asoslantirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishni koʻrib chiqishda aniqlangan holatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiya asoslangan normativ-huquqiy hujjatlar normalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sodir etilgan qonunchilik buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanishning bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
komissiyaning oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxs tomonidan buzilgan qonunchilik normalarini aniq koʻrsatgan holda, qonunchilik buzilgan deb topish toʻgʻrisidagi xulosasi, reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi uchun nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda toʻlash muddati va tartibi haqidagi tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda qonunchilik buzilishini toʻxtatish, bartaraf etish, shu jumladan, asossiz olingan daromadning miqdori aniq koʻrsatilib, yakuniy isteʼmolchilarga qaytarish, yakuniy isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ixtiyoriy ravishda davlatga toʻlash, bundan keyin qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, dastlabki holatni tiklash, raqobatni tiklash va boshqalarga oid bajarilishi kerak boʻlgan aniq xatti-harakatlarni bajarish haqida koʻrsatma berish toʻgʻrisidagi xulosa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qaror yuzasidan shikoyat bildirish mumkinligi toʻgʻrisidagi tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa maʼlumotlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorda ishni koʻrib chiqish davomida aniqlangan jinoyat belgilari boʻyicha materiallarni huquqiy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga joʻnatish haqida tavsiyalar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Qoʻzgʻatilgan ish yakuni boʻyicha berilgan koʻrsatma kirish va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha berilgan koʻrsatma kirish, asoslantirish hamda xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatmaning kirish, asoslantirish (ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha berilgan koʻrsatma boʻyicha) hamda xulosa qismlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kirish qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli davlat organining toʻliq nomi, ishning tartib raqami, koʻrsatma berilgan sana va joy;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatma berilishiga asos boʻlgan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (qoʻzgʻatilgan ish yakuni boʻyicha berilgan koʻrsatma boʻyicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan koʻrsatma berilayotgan shaxsning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxsga nisbatan qoʻllanilgan qonunchilik hujjati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asoslantirish (ish qoʻzgʻatmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha berilgan koʻrsatma boʻyicha) qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aniqlangan holatlarning, ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalarga asos boʻlgan dalillarning, asoslangan normativ-huquqiy hujjatlar normalarining qonunchilik buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanish bayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan shaxs tomonidan buzilgan qonunchilik normalarini aniq koʻrsatgan holda qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xulosa qismida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq xatti-harakatlar (qonunchilik buzilishini toʻxtatish, bartaraf etish, shu jumladan, asossiz olingan daromadning miqdori aniq koʻrsatilgan holda, yakuniy isteʼmolchilarga qaytarish, yakuniy isteʼmolchilarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ixtiyoriy ravishda davlatga toʻlashni tavsiya etish, bundan keyin qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, dastlabki holatni tiklash, raqobatni tiklash va boshqalar) hamda bajarish muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda toʻlash muddati va tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatmani bajarmaganlik uchun qonunchilik normalarini koʻrsatgan holda javobgarlik toʻgʻrisida tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatma yuzasidan shikoyat bildirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yoʻl qoʻyilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlar yozuvning mazmunini oʻzgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga koʻra yoki komissiya yoxud vakolatli davlat organi rahbari yoki oʻrinbosari tashabbusi asosida tuzatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza u berilgan kundan eʼtiboran yigirma kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha chiqarilgan qaror, ajrim va koʻrsatmalardagi yozuvdagi yoʻl qoʻyilgan xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi ariza ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarni xabardor qilgan holda, komissiya tomonidan koʻriladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoʻzgʻatilgan ish boʻyicha chiqarilgan qaror, ajrim va koʻrsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ish qoʻzgʻatilmasdan koʻrib chiqilgan masalalar boʻyicha chiqarilgan koʻrsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida yoki tuzatishni rad etish haqida xat yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror, ajrim va koʻrsatmalardagi yozuvdagi xatolarni, imloviy (orfografik) xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim yoki xat ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ajrimlar, qarorlar va koʻrsatmalar namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyaning ajrimi, qarori va koʻrsatmasi topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan buyurtma xat orqali joʻnatiladi yoxud qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda qatnashuvchilarga yoki ularning vakillariga tilxat boʻyicha taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Moliyaviy sanksiya qoʻllanishi nazarda tutilgan reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi aniqlanganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror yoki koʻrsatma chiqarilgan va aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan shaxs vakolatli davlat organi belgilagan muddat mobaynida qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashga haqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda, uning toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati toʻlov vaqtidan boshlab ikki ish kuni mobaynida vakolatli davlat organiga taqdim etilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Agar reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzgan va aniqlangan huquqbuzarliklardagi aybini tan olgan shaxs belgilangan muddat mobaynida qonunchilikni buzgani uchun qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamasa, vakolatli davlat organi tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun vakolatli davlat organi moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi, mazkur bandning uchinchi — oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatga qarshi kelishuv tuzgan yoki oʻzaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan jismoniy yoki yuridik shaxs bu haqda vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaxsga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat organi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilishini birinchi marta sodir etgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy sanksiyalar belgilash va undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmaydi, ularga bunday huquqbuzarlikning takroran sodir etilishiga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohlantirish beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi natijasida isteʼmolchilar, raqobatchilar yoki boshqa manfaatdor subyektlarga keskin zarar yetkazilmagan, shu jumladan, raqobatni cheklashga, bozordagi raqobat muhitiga taʼsir qilmagan holatlar raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilish holatlari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past taʼsir darajasiga ega boʻlgan buzilish holatlari boʻlishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishda monopoliyaga qarshi organga uning soʻroviga asosan maʼlumotlarni taqdim etmaslik, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etganlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) savdolar oʻtkazilishida ularni oʻtkazish tartibining buzilishi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolar boʻyicha yakuniy natijalarning eʼlon qilinishi yoki savdolar natijalari boʻyicha shartnomalar tuzilgunga qadar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savdolarni oʻtkazish tartibini buzish savdolar natijasiga taʼsir etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) raqobatni cheklashga olib kelgan harakat bozor ishtirokchilari, isteʼmolchilarga bevosita moddiy zarar yetkazmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ustun mavqega yoki ustun muzokara kuchiga ega xoʻjalik yurituvchi subyektlarning kontragentlari yoki isteʼmolchilari bilan tuzilgan shartnomalarga raqobatni cheklovchi yoki kamsituvchi shartlarni kiritganlik holatlari amaliy jihatdan hayotga tatbiq etilgunga qadar aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishini sodir etgan shaxs aybini tan olib, moliyaviy sanksiyani ixtiyoriy ravishda olti oygacha boʻlgan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan vakolatli davlat organiga murojaat etganda, vakolatli davlat organi ushbu shaxsga komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oygacha boʻlgan muddatda har oyda teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga yoʻl qoʻygan yuridik yoki jismoniy shaxs jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning moliyaviy ahvolini yomonlashtirishi mumkinligini isbot qilsa, vakolatli davlat organi ushbu shaxsga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida jarimani kechiktirib yoki har oylik toʻlovlar bilan boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami 20 foizidan ortiq boʻlgan moliyaviy sanksiyalar undiriladigan summani toʻlovchiga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida har oyda teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy sanksiyalarni toʻlash vakolatli davlat organining qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarining savdolarga oid qismini buzganlik uchun — savdolarning xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan ishtirokchilariga, davlat xaridlari doirasidagi korporativ buyurtmachilarga, elektron savdolar operatorlariga, tashkilotchilarga — savdolar predmeti boshlangʻich narxining 3 foizi miqdorida belgilangan jarimani hisoblashda savdolar predmeti boshlangʻich narxi sifatida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarda nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qoʻymaslik holatida — jadvallarda nazarda tutilgan mahsulot hajmini qonun buzilishi sodir etilgan sanadagi birja savdolarida bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalariga (narxlariga) koʻpaytirish natijasida hisoblangan narx;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni jadvallarga muvofiq boʻlmagan hajmda qoʻyish holatida — mahsulotning jadvallarga muvofiq boʻlmagan hajmini qonun buzilishi sodir etilgan sanadagi birja savdolarida bir xil turdagi mahsulot boʻyicha oʻrtacha hisoblangan birja kotirovkalariga (narxlariga) koʻpaytirish natijasida hisoblangan narx;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faqat birja savdolariga qoʻyish orqali sotilishi lozim boʻlgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qoʻymasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotish holatida — toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalarda, agar unda narx koʻrsatilmagan boʻlsa, hisobvaraq-fakturalarda koʻrsatilgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulot narxi olinadi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
431. Ishni koʻrib chiqishda komissiya tomonidan savdolarda raqobatni cheklashga qarshi talablar buzilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu savdolar boʻyicha tuzilgan shartnomalar yuzasidan majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa, komissiyaning asoslantirilgan xulosasiga asosan mazkur savdolarning natijalarini va savdolarning natijalari boʻyicha tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) haqiqiy emas deb topish boʻyicha choralar koʻrmasligi mumkin.
(431-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Vakolatli davlat organining qarorlari, ajrimlari, koʻrsatmalari va xatlari yuzasidan shikoyat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar komissiyaning qarorlari, ish qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi, koʻrsatmasi, vakolatli davlat organi rahbari yoki oʻrinbosarining koʻrsatmasi yoki xati ustidan qaror, ajrim, koʻrsatma yoki xat qabul qilingan yoxud chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddatda bevosita sudga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng berilgan shikoyatlar koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi, uzrli sabablarga koʻra shikoyat qilish muddati oʻtkazib yuborilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudga berilgan shikoyat sudning ish yurituviga qabul qilingan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga kelib tushgan shikoyat boʻyicha ish yuritish tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyatni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Apellyatsiya kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya kengashi shikoyatni ushbu Nizom talablari asosida koʻrib chiqadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Komissiyaning qarorlari (koʻrsatmalari), vakolatli davlat organi rahbari yoki oʻrinbosarining koʻrsatmasi ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini tegishlicha sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga, yuqori turuvchi organning yoxud mansabdor shaxsning qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turadi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq boʻlgan qarorlar (koʻrsatmalar) bundan mustasno.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 20.10.2023-y., 09/23/549/0791-son; 11.07.2024-y., 09/24/405/0495-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)