Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2009 01.12.1993 yildagi 580-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.12.1993 yildagi 580-son
Date of entry into force
01.12.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.11.2009
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISh QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI HAMDA VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK BOSh BOShQARMALARI, ShAHAR (TUMAN) ARXITEKTURA VA ShAHARSOZLIK BOʻLIMLARINING NAMUNAVIY NIZOMLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-noyabrdagi 294-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari hamda shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ilova qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining Nizomi hamda viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmalari, shahar (tuman) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlarining namunaviy nizomlari tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 1-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
580-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-noyabrdagi 492-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik
bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Viloyat (Toshkent shahar) hokimligining arxitektura va shaharsozlik Bosh boshqarmasi (“Bosharxitektura”) respublika arxitektura va shaharsozlikni boshqarish organlarining yagona tizimidagi viloyat (shahar) boʻgʻini hisoblanadi va oʻz faoliyatida tegishli viloyat (Toshkent shahar) hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga boʻysunadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosh arxitektura oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʻmitasining qarorlariga, buyruqlariga va yoʻriqnomalariga, viloyat (Toshkent shahar) hokimligining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar “Bosharxitektura”ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqilgan, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy va istiqboldagi vazifalarini hal etishga, hayot kechirish muhitlarini takomillashtirish va ularning arxitekturaviy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan arxitektura-shaharsozlik tadbirlarini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat hududida joylashgan shahar va qishloqlarni mintaqaviy xususiyatlarni, koʻp asrlik oʻzbek milliy shaharsozlik madaniyatini, shuningdek, jahon arxitektura va shaharsozlik tajribasini hisobga olgan holda oʻzgartirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat binolari va inshootlarining arxitektura yechimlari sifat darajasini oshirish, sanoat tarmoqlarini kompleks shakllantirishni va ularning hududlarini obodonlashtirishni va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloqlar bosh rejalarining amalga oshirilishini, ularning kompleks qurilishini, turar-joy rayonlarining qurilishi va obodonlashtirilishi sifatini, muhandislik infrastrukturasini va transportni nazorat qilishni hamda loyihada qabul qilingan ekologiya va ishlab chiqarish, shahar atrofi, rekreatsiya, tabiatni muhofaza qilish hududlari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik prinsiplariga rioya etilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlik talablari boʻyicha loyihalash, ilmiy-tadqiqot, shuningdek, qidiruv, qurilish va tuzatish-qurilish ishlarini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik yechimlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat hududida amalga oshirilayotgan investitsiya faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqariladigan bozor iqtisodiyoti sharoitida loyihalash, qurilish va tuzatish-qurilish ishlab chiqarishining turli shakllari va usullarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura-shaharsozlik organlari kadrlarining kasb malakasi darajasini oshirish, arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tashkiliy, iqtisodiy va texnik usullarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish masalalarini oshkoralik prinsiplari va aholini hamda jamoat tashkilotlarini shaharsozlik yechimlarini, ishlab chiqilayotgan loyihalarni muhokama qilishga jalb etish asosida hal qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Koʻrsatilgan masalalarni hal etish uchun “Bosharxitektura”ga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy rayonlarini rejalashtirish sxemalarini va loyihalarini, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan joylarning bosh rejalarini, sanoat uzellarining bosh rejalari sxemalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, boshqa loyiha-rejalashtirish hujjatlarini, muhofaza tegralari loyihalarini va hududlarni xavfli geologik jarayonlardan himoya qilish sxemalarini, seysmik mikrorayonlashtirish xaritalarini ishlab chiqishni tashkil etish va nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlikni hujjatlashtirishni roʻyobga chiqarishni doimiy nazorat qilishni amalga oshirish, oʻziga qarashli hududdagi qurilish obyektlari boʻyicha loyihalash ishlarini va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rejalashtirish va obod qilish loyihalarini, oʻziga qarashli hududda qurish uchun barcha bino va inshootlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish hamda ularni tasdiqlash yoki kelishib olish uchun hokimlikka taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, Toshkent shahar hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va kompleks rejalar (konsepsiyalar)ni ishlab chiqishda va kelishib olishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talab va takliflarni, konyunkturaning ahvolini, loyiha ishlari va xizmatlari bozorini rivojlantirish tamoyillari va istiqbollarini oʻrganish boʻyicha ishlarni tashkil etish, arxitektura yechimlari darajasini va shaharsozlik tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida loyihachilar, investorlar va pudratchilarning raqobatidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishilgan holda imoratlar solish qoidalarini va boshqa qurilish, qayta qurish, taʼmirlash, zamonaviylashtirish va regeneratsiyalash, asosli tuzatish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va shahar dizayni masalalarini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek loyihalash va qurilishdagi normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, Toshkent shahar hokimligiga loyiha-rejalashtirish hujjatlari asosida yerdan foydalanish shartlari boʻyicha takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi navbatdagi qurilishni joylashtirish loyihasiga va puxta rejalashtirish loyihalariga muvofiq qurilishning barcha turlari uchun yer maydonlarini aniqlash, yer maydonlari berish haqidagi hokimlik qarorlarining loyihalarini tayyorlash, suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya inshootlarini hamda boshqa muhandislik obyektlarini, shuningdek muhandislik kommunikatsiyalari trassalarini joylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining qarorlariga muvofiq qurilishning barcha turlari uchun yer uchastkalarini tanlash, joylashtirish va yer ajratish. Ajratilgan yer maydonlarining chegaralarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlar va ajratilgan mablagʻlarga muvofiq imorat quruvchi-buyurtmachilarga qurilish-montaj, tuzatish-qurilish hamda obyektlarni qayta qurish ishlarini amalga oshirishga ruxsatnomalar berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imorat quruvchi-buyurtmachilarga loyihalash uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va topshirish hamda investitsiya ishlanmalarini amalga oshirish, qurilishning barcha turlari uchun loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish, binolarni kompleks qayta qurish, asosli tuzatish, taʼmirlash va hududlarni obodonlashtirish uchun qurilish pasportlarini topshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, loyihachilar va pudratchilarga, litsenziya berishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan tartibiga va shartlariga muvofiq, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish haqidagi masalalar boʻyicha Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga takliflar tayyorlash va ularni hal qilishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyat, Toshkent shahar hokimiga arxitektura-shaharsozlik vazifalarini samarali hal etishga yordam beruvchi investitsiya jarayoni ishtirokchilariga imtiyozli soliq solish yuzasidan takliflar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish va ularni muhofaza qilish hududlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlik qurilish materiallari sanoati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan chet mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshiriladigan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish va qayta qurish ishlarining sifatini nazorat etuvchi tegishli davlat arxitektura-qurilish organlarining faoliyatiga rahbarlik qilish, qurilishi (qayta qurish) tugallangan turar joy-xoʻjalik va kommunal qurilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlarni foydalanishga qabul qilishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasarrufidagi arxitektura-shaharsozlik organining tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga rahbarlik qilish, xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalashtirish byurolarining, loyiha-maslahat firmalarining, shuningdek, bosh arxitektor ixtiyoridagi loyihalash tashkilotlarining faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ichki idoraviy ekspertiza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-rejalashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilishni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodeziya xizmati ishiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
er kadastrini, yer ajratish va imorat qurishga oid joriy-operativ rejalar tuzishni, yer osti kommunikatsiyalari joylashishini roʻyxatga olish rejalarini va muhandislik-geologiya ishlanmalari atlaslarini yuritish boʻyicha ishlarni tashkil etish; yer uchastkalari ajratish, loyiha-rejalashtirish hujjatlarini, shuningdek davlat arxitektura-qurilish nazorati xizmati hujjatlarini muddatsiz saqlashga doir yagona texnika arxivini tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “Bosharxitektura”ga quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquq doirasida oʻziga qarashli hududda arxitektura va shaharsozlikka oid barcha masalalar boʻyicha davlat hamda xoʻjalik boshqaruv organlari va ularga qarashli tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, xorijiy va qoʻshma yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar fuqarolari bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har qanday qurilish obyektlariga, qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar ishlab chiqaradigan korxonalar va tashkilotlarga, bu korxona va tashkilotlarning qaysi idoraga boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, hech bir toʻsiqsiz kirish va u yerdagi ishlarning borishini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ, arxitektura-shaharsozlik ekologiya talablariga va arxitektura hamda shaharsozlik organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, normativ talablarni buzgan va ulardan chetga chiqqan holda bajarilayotgan, kishilarning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi, tarixiy va madaniy boyliklarni, shu jumladan, arxitektura va shaharsozlik yodgorliklarini, shahar va tabiat landshaftlarini yoʻq qiluvchi, shuningdek fuqarolar, davlat va yuridik shaxslarning mulkiga, huquqiga va manfaatlariga zarar yetkazuvchi qurilishlarni mablagʻ beruvchi banklar orqali mablagʻ bilan taʼminlashni va ularga kredit berishni butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyish, qurish-montaj qilish, tuzatish-qurish va boshqa ishlarni bundan keyin amalga oshirishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi yoʻriqnomalar va normativlarni buzgan holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topogeodeziya va muhandislik-geologik qidiruv, rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlariga yoʻl qoʻyilgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlarida ish qoʻzgʻatish, ularga mustaqil ravishda jarimalar solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga amaldagi qonunlarni, shaharsozlik, ekologiya va boshqa normativ talablarni buzgan holda ishlayotgan loyiha, qurilish va ishlab chiqarish tashkilotlarining loyihalash, qurish va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish huquqini beruvchi litsenziyalarini olib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻziga qarashli hududdagi tegishli statistika organlari, tashkilotlar, muassasalar va korxonalardan, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, maʼlumotlar, shuningdek oʻz huquq doirasiga tegishli masalalar boʻyicha reja-hisobot maʼlumotlarini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. “Bosharxitektura”ga boshliq — viloyat va Toshkent shahar bosh arxitektori boshchilik qiladi, uni viloyat, Toshkent shahri hokimining tavsiyasiga koʻra Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tayinlaydi. Bosh arxitektor oʻrinbosarlarga, shu jumladan, viloyat va Toshkent shahri bosh arxitektorining tavsiyasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish Qoʻmitasi tomonidan tayinlanadigan bir nafar davlat arxitektura-qurilish nazorati boshligʻiga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Viloyat, Toshkent shahar “Bosharxitektura” boshligʻi — bosh arxitektorga “Bosharxitektura”ga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun barcha huquq va vakolatlar beriladi, shuningdek u quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan hollarda loyihachilarning doimiy yoki vaqtinchalik ijodiy jamoalarini va ekspert guruhlari hamda idoralararo komissiyalar tashkil etish va ularga boshchilik qilish, shartnoma asosida arxitektorlarni va boshqa mutaxassislarni ularda ishlashga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-rejalashtirish hujjatlarini va alohida binolar va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishda muallif sifatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun bosh arxitektorga qarashli xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalash, loyiha-maslahat berish byurolarini tuzish va ular faoliyatining mavzu yoʻnalishini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga boʻysunuvchi arxitektura-shaharsozlik organining, shuningdek oʻziga qarashli xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar va tashkilotlarning vazifalarini belgilash, Ustav (Nizom)ini, tuzilmasini va xodimlari sonini tasdiqlash, shu tashkilotlarning rahbarlarini oʻz huquq doirasida tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda oʻziga qarashli tashkilotlar, vaqtinchalik ijodiy jamoalar, buyurtmachilar va boshqa tashkilotlar hamda korxonalardan tushgan ajratmalarni jamlash uchun bank muassasalarida maxsus schyot ochib markazlashtirilgan jamgʻarma tuzish. Undan arxitektura-shaharsozlik organlari xodimlarining kasb malakasi darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish, alohida obyektlarning loyihalarini ishlab chiqish uchun tanlovlar, shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish ishlarini, koʻchma koʻrgazmalar tashkil etish va oʻtkazish, tajriba almashish va xalqaro ijodiy aloqalar oʻrnatish boʻyicha seminarlar va kengashlar oʻtkazish, ijodiy safarlarga borish, Bosh boshqarma faoliyati bilan bogʻliq arxitektura-shaharsozlik kengashlari va boshqa masalalarga oid xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bosh arxitektor oʻz ishlarini tegishli tuman (shahar)larning davlat boshqaruv organlari, boshqarmaning tarmoq va tarmoqlararo hududiy organlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-texnika jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tumanlar va tumanga boʻysunuvchi shaharlar bosh arxitektorlarining oʻzaro aloqasi, boʻysunishi tartibi va vazifalarini chegaralash viloyat “Bosharxitektura”si tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shaharsozlik va arxitektura yechimlarining, monumental-dekorativ sanʼat asarlarining sifatini arxitektura bilan bogʻliq holda aniqlash va baholash, shaharsozlik hujjatlarini, binolar, inshootlar va komplekslar loyihalarini koʻrib chiqish va ekspertiza qilish hamda unga baho berish uchun bosh arxitektor huzurida doimiy ishlovchi idoralararo hayʼat organi — maslahat beruvchi organ hisoblanadigan arxitektura-shaharsozlik Kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik kengashiga rais — bosh arxitektor boshchilik qiladi. Kengash tarkibiga tajribali arxitektorlar, olimlar, shaharsoz-mutaxassislar, shuningdek hokimliklar, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalarning rahbarlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, investitsiya jarayoni barcha ishtirokchilarining, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining, istiqomat qiluvchilarning vakillari kirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik kengashining shaxsiy tarkibi viloyat, Toshkent shahar bosh arxitektori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bosh arxitektor — “Bosharxitektura” boshligʻi mazkur Nizomga muvofiq Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining Bosh boshqarma faoliyatining alohida yoʻnalishlari uchun javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Bosharxitektura”ning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan viloyat, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Bosh boshqarmaning shtat jadvali, shuningdek tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar “Bosharxitektura” boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. “Bosharxitektura” yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi oʻzbek tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 1-dekabrdagi 580-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi
(boshqarmasi) toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) arxitektura va shaharsozlikni boshqarish davlat organlari yagona tizimining tegishli ravishda viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmasiga hamda tuman (shahar) hokimligiga boʻysunuvchi tuman (shahar) boʻgʻini hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” Qoʻmitasining qarorlariga, buyruqlariga, yoʻriqnomalariga, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimining, viloyat, Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik Bosh boshqarmasi qarorlariga va farmoyishlariga, boshqa normativ hujjatlarga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan mintaqaviy xususiyatlarni va oʻzbek xalqining milliy urf-odatlarini, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini, mamlakatimiz va jahon arxitekturasining ilgʻor tajribasini qoʻllagan holda olib borilayotgan arxitektura-shaharsozlik siyosatiga muvofiq tuman (shahar) hududining rivojlantirilishi va qiyofasi tubdan oʻzgartirilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitekturaning yuksak gʻoyaviy-badiiy darajasiga erishish, aholi yashaydigan joylarni obodonlashtirishda, ijtimoiy soha, sanoat va dehqonchilik sanoati obyektlari bilan birgalikda binolar, inshootlar va ular komplekslari arxitektura yechimlarida zarur boʻlgan xilma-xillikni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanoat binolari va inshootlari arxitektura yechimlarining sifat darajasini oshirish, sanoat uzellarining shakllantirilishini, ularga qarashli hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishni taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mintaqaviy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda shaharsozlik arxitektura va turar joy-xoʻjalik qurilishining, turar joy rayonlari va mikrorayonlari qurilishi, shuningdek arxitektura va boshqa xil qiymatga ega boʻlgan binolarni taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajargan holda ilgaridan tarkib topgan qurilishlarni kompleks ravishda qayta qurish, yangi qurilishlar, muhandislik asbob-uskunalari tizimini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish sohasida loyiha ishlanmalarining bajarilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli hududda investitsiya faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli hududda shaharlar va qishloq shaharchalarining bosh rejalarini roʻyobga chiqarishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ekologiya va ishlab chiqarishni, shahar atrofi, rekreatsion, tabiatni muhofaza qilish zonalari, milliy bogʻlar va qoʻriqxonalarni rivojlantirish boʻyicha loyihada qabul qilingan prinsiplarga rioya qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitekturani yanada rivojlantirish, respublikada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar talablariga muvofiq ravishda shahar va qishloq shaharchalari joylashtirilishini va qurilishini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar tayyorlaydi hamda oʻz huquq doirasida qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) istiqboli uchun moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va ilmiy-texnika taraqqiyoti kompleks dasturlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat boshqaruv organlariga hamda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga qurilish, qayta qurish, taʼmirlash, asosli tuzatish, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish, aholi yashash joylari va hududlarining shahar dizayni boʻyicha qurilishni olib borish qoidalari masalalarini muvofiqlashtirib borish va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishga doir takliflar tayyorlaydi, loyihalashtirish va qurilishda normativlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ehtiyoj va takliflarni, konyunktura ahvolini, loyihalashtirish ishlari va xizmatlari bozorining rivojlanish tamoyillari va istiqbolini oʻrganish, arxitektura yechimlari hamda shaharsozlik tadbirlarining samaradorlik darajasini oshirish maqsadida loyihachilar, investorlar va pudratchilar raqobatidan foydalanish ishlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy davlat boshqaruv organlariga loyiha-joylashtirish hujjatlari asosida yerdan foydalanish shartlari hamda arxitektura-shaharsozlik masalalarining samarali yechimiga koʻmaklashuvchi investitsiya jarayoni qatnashchilariga imtiyozli soliq solish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik loyiha hujjatlarini, shahar va qishloq aholisi yashash joylari, birinchi navbatdagi qurilishlarni joylashtirish bosh loyihalarini, mufassal joylashtirish loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq va mablagʻ ajratilganligiga qarab buyurtmachilar — imorat quruvchilarga qurilish-montaj, tuzatish-qurish ishlarini olib borish va obyektlarni qayta qurishga ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachilar — imorat quruvchilarga loyihalashtirish hamda investitsiya ishlarini amalga oshirish uchun qurilish pasportlari, barcha turdagi qurilishlar boʻyicha loyiha-qidiruv, kompleks qayta qurish, kengaytirish, binolarni asosli tuzatish, taʼmirlash va hududlarni obodonlashtirish boʻyicha arxitektura-joylashtirish va muhandislik-joylashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi va beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilgan yer uchastkalari chegarasini, qizil chiziqlarni xaritaga tushirish bilan bogʻliq geodeziya, rejalashtirish ishlarini hamda bajarilgan ishlarni roʻyxatga oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geodezik ishlarni bajarish, muhandislik-geologik va qidiruv ishlarining boshqa turlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar berilishini taʼminlaydi, rejalashtirish, hisobga olish, texnik nazorat va ishlarni qabul qilishni amalga oshiradi, qurilishning alohida turlarini nazorat qilib boradi, imorat qurishning joriy rejalarini, yer osti kommunikatsiyalarining joylashish hamda muhandislik-geologik ishlar atlaslarini roʻyxatga olish rejalarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tumanga boʻysunuvchi shaharlarning, tumanlarning (shahar tumanlarining) maʼmuriy markazlari bosh arxitektorlarining shaharlar, qishloq aholi punktlarini, shahar atrofi zonasini va tumanning aholi yashaydigan boshqa yerlarini joylashtirish va qurish boʻyicha hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etishga doir ishlariga rahbarlikni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharlar va qishloq shaharchalarining bosh rejalarini, sanoat uzellari sxemalarini, birinchi navbatdagi qurilishlarni joylashtirish loyihalarini, shahar atrofi va rekreatsion zonalar loyihalarini koʻrib chiqadi hamda rozilik berish yoki tasdiqlash uchun tuman (shahar) hokimiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar boʻyicha qarorlar qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)ning asosiy koʻchalari, magistrallari, shahar va qishloq maydonlari, dam olish zonalari qurilishini mufassal joylashtirish loyihalarini, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, tuman (shahar) hududida joylashgan sanoat va dehqonchilik sanoati, transport korxonalari, omborlarning va inshootlarning yangilarini qurish, ishlab turganlarini taʼmirlash va kengaytirish boʻyicha loyihalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turar joy va sanoat binolarini, inshootlarni qurish, taʼmirlash va asosli tuzatish boʻyicha loyihalarni, shuningdek shahar hududini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish loyihalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi qurilayotgan va taʼmirlanayotgan jamoat va sanoat binolari interyerlari loyihalari, kichik arxitektura shakllari loyihalari, reklamalar, tashqi elektr-yoritish va boshqa shu kabi shahar muhitining estetik sifatini belgilovchi elementlar, shu jumladan, binolarni va inshootlarni, shahar ansambllarini rangli chiroqlar bilan yoritish yechimlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura yodgorliklarini taʼmirlash va qayta qurish loyihalari, shuningdek arxitektura yodgorliklari atrofidagi zonalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish loyihalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi korxonalarni, havo transportining yer ustidagi xoʻjaliklarini va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, elektr quvvati uzatish va aloqa inshootlarini, avtomobil va temir yoʻllarni qurish va ishlab turganlarini kengaytirish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda uy-joy qurish uchun loyiha hujjatlari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaharsozlik hujjatlarining va uy-joy-xoʻjalik binolarining tuman (shahar) hokimi bilan kelishiladigan yoki tasdiqlanadigan loyihalari ekspertizasini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha topografiya-geodeziya, kartografiya, loyiha joylashtirish va qidiruv materiallarini, yer uchastkalari ajratish boʻyicha materiallarni, avtomobil va temir yoʻllarni qayta qurish hamda qurish sxemalarini, zarur texnik hujjatlarni, kelishilgan va tasdiqlangan loyihalarni, Davlat arxitektura-qurilish nazorati hujjatlarini va boshqa materiallarni roʻyxatga olish, hisobga olish va doimiy saqlashni taʼminlash uchun texnik arxivni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) belgilangan tartibda quyidagilarni nazorat qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) aholi yashash punktlari loyiha-joylashtirish hujjatlarining sifat darajasini hamda amalga oshirilishini taʼminlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar, binolar va inshootlarni loyihalash va qurishning asoslanganligini, shuningdek shaharsozlik yechimlarining toʻgʻriligini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishning barcha turlari uchun ajratiladigan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni qurish davomida atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishni amalga oshirishda tarixiy va madaniy yodgorliklarning saqlanishini taʼminlashni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yakka tartibda uy-joy va uy-joy-kooperativ qurilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shahar va qishloq shaharchalari hududlarida binolar va inshootlar qurilishi, ishga tushirilayotgan obyektlar, shuningdek tuman (shahar) hududida joylashgan qurilish industriyasi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan buyumlar sifatini.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimiga (boshqarmasiga) quyidagi huquqlar beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, hech qanday toʻsiqlarsiz qurilish industriyasi va binokorlik materiallari korxonalariga kirish hamda u yerda olib borilayotgan ishlarning ahvolini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ, arxitektura-shaharsozlik ekologiya talablariga va arxitektura hamda shaharsozlik organlari tomonidan berilgan arxitektura-rejalashtirish topshiriqlariga javob bermaydigan loyihalarga rozilik berishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tasdiqlangan loyiha hujjatlarini buzgan va undan chetga chiqqan holda olib borilayotgan, kishilarning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi, tarixiy va madaniy boyliklarni, shu jumladan, arxitektura va shaharsozlik shahar va tabiat landshaftlarini yoʻq qiluvchi, shuningdek fuqarolar, davlat va yuridik shaxslarning mulkiga, huquqiga va manfaatlariga zarar yetkazuvchi qurilishlarni mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar orqali mablagʻ bilan taʼminlashni va ularga kredit berishni butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyish, tuzatish-qurilish va boshqa ishlarni bundan keyin amalga oshirishni taqiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaldagi yoʻriqnomalar va normativlarni buzgan holda yoki belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz olib borilayotgan topografik va muhandislik-geologik qidiruv, rejalashtirish va qazish ishlarini amalga oshirishni toʻxtatib turish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzboshimchalik bilan imorat qurishda, shaharsozlik intizomini, qurilish va arxitektura sohasidagi amalda boʻlgan qonun hujjatlarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar hamda hududlarida mazkur huquq buzilishlarini sodir etgan tashkilotlar va korxonalar rahbarlarini belgilangan tartibda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tegishli davlat organlarida ish qoʻzgʻatish, ularga mustaqil ravishda jarimalar solish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimlariga (boshqarmasiga) yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun oʻziga qarashli hududdagi tegishli organlar, tashkilotlar, muassasalar va korxonalardan, ularning qaysi idoraga boʻysunishlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻz huquq doirasiga tegishli masalalar boʻyicha hisobot va boshqa maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi tashkilotlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimiga (boshqarmasiga) boshliq — tuman (shahar) bosh arxitektori boshchilik qiladi, uni tegishli tuman (shahar) hokimining tavsiyasiga binoan viloyat “Bosharxitektura”si lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi — bosh arxitektorga boʻlimga (boshqarmaga) mazkur Nizom bilan yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun barcha huquq va vakolatlar beriladi, shuningdek u quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur boʻlgan hollarda loyihachilarning doimiy yoki vaqtinchalik ijodiy jamoalarini va ekspert guruhlari hamda idoralararo komissiyalar tashkil etish va ularga boshchilik qilish, bu ishga shartnoma asosida arxitektorlarni va boshqa mutaxassislarni jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha-rejalashtirish hujjatlarini va alohida binolar va inshootlar loyihalarini ishlab chiqishda muallif sifatida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish uchun bosh arxitektorga qarashli xoʻjalik hisobidagi loyiha-ishlab chiqarish, arxitektura-rejalash byurolarini, loyiha-maslahat berish firmalarini tuzish va ular faoliyatining mavzu yoʻnalishini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga boʻysunuvchi arxitektura-shaharsozlik organining, shuningdek, oʻziga qarashli xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalar va tashkilotlarning vazifalarini belgilash, tuzilmasini va xodimlari sonini tasdiqlash, shu tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arxitektura va shaharsozlik masalalarini hal etish uchun shartnomaviy asosda ishlab chiqarish birlashmalarini, uyushmalarini va boshqa tashkiliy tuzilmalarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bosh arxitektor oʻz ishlarini tegishli tuman (shahar)ning davlat boshqaruv organlari, boshqaruvning tarmoq, tarmoqlararo va idoradan tashqari hududiy organlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-texnika jamiyatlari va jamoat tashkilotlari bilan uzviy hamkorlikda olib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shaharsozlik va arxitektura yechimlarining, arxitektura-monumental va dekorativ sanʼat asarlarining sifatini aniqlash va baholash, shaharsozlik hujjatlarini, binolar, inshootlar va komplekslar loyihalarini koʻrib chiqish va ekspertiza qilish uchun bosh arxitektor huzuridagi doimiy ishlovchi idoralararo kollegial organ — maslahat beruvchi organ hisoblanadigan arxitektura-shaharsozlik kengashi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik kengashiga rais — bosh arxitektor boshchilik qiladi. Kengash tarkibiga tajribali arxitektorlar, olimlar, shaharsoz — mutaxassislar, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashining, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalarning rahbarlari, fan, madaniyat va sanʼat arboblari, investitsiya jarayoni barcha ishtirokchilarining, mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakillari kirishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Arxitektura-shaharsozlik kengashining shaxsiy tarkibi tuman (shahar) bosh arxitektori tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Bosh arxitektor — tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga muvofiq boʻlimga (boshqarmaga) yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining boʻlim (boshqarma) faoliyatining alohida yoʻnalishlari uchun javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish va qayta qurish ishlari sifatini nazorat qiluvchi tegishli davlat arxitektura-qurilish organlarining, shuningdek, tasarrufidagi tashkilotlarning faoliyatiga rahbarlik qiladi qurilishi (qayta qurilishi) tugallangan uy-joy-xoʻjalik va kommunal qurilish, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga qabul qilishda belgilangan tartibda qatnashadi, geodeziya xizmati ishiga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz huquq doirasida tuman (shahar) hokimining qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining yuqori organlari dalolatnomalari asosida buyruqlar chiqaradi, boʻlim (boshqarma) xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) hokimi qarorlari loyihalarini tayyorlaydi, oʻziga qarashli hududda arxitektura va shaharsozlik masalalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvining barcha organlari va ularga qarashli tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, xorijiy va qoʻshma yuridik shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi shart boʻlgan qarorlar qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻziga qarashli tashkilotlarning tuzilmasini, shtat jadvalini, ustavini (nizomini) tasdiqlaydi va ularning rahbarlarini tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha davlat va jamoat korxonalarida, muassasalarida, tashkilotlarida boʻlim (boshqarma) faoliyati bilan bogʻliq masalalar boʻyicha boʻlim (boshqarma) nomidan vakillik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliya-shtat intizomiga rioya qilinishini taʼminlaydi, belgilangan smeta va ajratilgan mablagʻlar doirasida boʻlim (boshqarma)ning kreditlari va mablagʻlarini boshqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning tashkiliy tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soni viloyat, Toshkent shahar “Bosharxitektura”si tomonidan tuman (shahar) davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda belgilangan xodimlar soni va mehnat haqi jamgʻarmasi doirasida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Boʻlim (boshqarma)ning shtat jadvali, shuningdek tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi)ning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tuman (shahar) arxitektura va shaharsozlik boʻlimi (boshqarmasi) yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek tilida yozilgan muhrga ega boʻladi.