06.11.2026 yildagi F-63-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi, 06.11.2026 yildagi F-63-son
Date of entry into force
06.11.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
farmoyishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oʻttiz toʻrt yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, fuqarolarni unda belgilangan ezgu gʻoyalar atrofida birlashtirish, “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali bajarilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konstitutsiya) kuni umumxalq bayrami koʻtarinki ruhda nishonlanishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) barcha hududlarda Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, sayillar, madaniyat va sport tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida atoqli ilm-fan namoyandalari, madaniyat va sanʼat arboblari, keksa va yosh avlod vakillari, taniqli sportchilarni jalb etgan holda bayram tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Joylarda Konstitutsiya kuni bayramini Yangi Oʻzbekistonning bunyodkorlik ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Konstitutsiyada belgilangan xalq hokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu gʻoyalarning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda oʻz aksini topayotganini koʻrsatib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Konstitutsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-maʼnaviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashdagi oʻrni va rolini yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga oʻtilganligini ochib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) Konstitutsiyaning tadbirkorlik va xususiy mulkning ishonchli himoyasini taʼminlash, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport sohalarini rivojlantirish boʻyicha yangidan-yangi yutuqlar va natijalarga erishish uchun mustahkam zamin yaratib berganini keng jamoatchilikka tushuntirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targʻib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(j) Konstitutsiya kuni bayrami arafasida umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini, shu jumladan, atoqli huquqshunoslar, olimlar, sud, adliya va boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari rahbar va xodimlari ishtirokida oʻtkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilab qoʻyilsinki, oʻtkaziladigan bayram tadbirlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Toshkent shahrida — Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining zaxira jamgʻarmalari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Konstitutsiya kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.D. Davlatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 6-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
F-63-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi F-63-son farmoyishiga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Masʼul tashkilotlar

I. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi gʻoya va asosiy tamoyillarni oʻzida aks ettiruvchi koʻrgazmali vositalarni (plakat, panno, videorolik va boshqalarni) tayyorlash.

2026-yil 20-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi

2.

Koʻrgazmali vositalarni viloyat, shahar, tuman markazlaridagi shohkoʻchalar, xiyobonlar, bayram tadbirlari oʻtadigan joylar, tashqi reklama obyektlari, bilbordlar, LED-ekranli konstruksiyalar, jamoat transporti (avtobus, metro, poyezd, samolyot) va jamoat joylarida (bozor, gipermarket, savdo shoxobchalari, bekat, aeroport va aviakassalar, temiryoʻl vokzallari va kassalari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari va b.) joylashtirish.

2026-yil 20 — 25-noyabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

OʻzMTRK,

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi,

Transport vazirligi

3.

Davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy hokimliklar va kengashlar, davlat xizmatlari markazlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari binolarining kirish joylarida “Konstitutsiya burchaklari”ni tashkil etish va ularda ushbu tashkilotlar faoliyati xususiyatidan kelib chiqib, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini yoritishga qaratilgan axborot bannerlarini joylashtirish.

2026-yil 25-noyabrdan boshlab

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy hokimliklar,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

4.

Olimlar, huquqshunoslar va mutaxassislardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish va mehnat jamoalari, mahallalarda, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida, harbiy qismlarda, jazoni ijro etish muassasalarida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirish boʻyicha uchrashuvlar, jonli muloqotlar, suhbatlar va boshqa madaniy-maʼrifiy va huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

2026-yil noyabr-dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Madaniyat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

mahalliy hokimliklar,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

5.

“Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini targʻib etish boʻyicha “Maʼrifat oyligi”ni oʻtkazish.

2026-yil dekabr

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi

6.

Aholi fikrini inobatga olgan holda tuman va shahar markazlarida (Toshkent shahrida — Sayilgoh koʻchasida) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlab “Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni tashkil etish va unda:

Konstitutsiyaning yaratilishi, takomillashtirish bosqichlarini ifoda etadigan “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotokoʻrgazmasini tashkil etish;

Konstitutsiyani oʻrgatish boʻyicha zamonaviy metodika asosida tayyorlangan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va maxsus adabiyotlar koʻrgazmasini tashkil etish;

konstitutsiyaviy huquqlar boʻyicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar burchaklarini tashkil etish va ularga koʻrgazmali materiallarni joylashtirish;

“Konstitutsiya koʻchasi (maydoni, mahallasi)”ni targʻibot va koʻrgazmali bannerlar bilan bezatish;

Konstitutsiyaga oid turli koʻngilochar tadbirlar tashkil etish, fuqarolarning Konstitutsiyaga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazish boʻyicha viktorina loyihasini amalga oshirish, gʻolib fuqarolarni Konstitutsiya kitobi, Konstitutsiya ramzi tushirilgan mahsulotlar va boshqa esdalik sovgʻalari bilan taqdirlash.

2026-yil 5 — 8-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Adliya vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Milliy gvardiya,

Oliy sud,

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

7.

Mahallalarda, maktablar hovlilarida 7-dekabrda Konstitutsiya kuni munosabati bilan Davlat bayrogʻini koʻtarish marosimini oʻtkazish, unda Konstitutsiyadagi birdamlik gʻoyalari ifodalangan sahna koʻrinishlari, sheʼr va ashulalarni oʻz ichiga olgan tadbirlar tashkil etish.

2026-yil 5-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

8.

“Constitution.uz” veb-sayti bazasida tashkil etilgan elektron Konstitutsiya kutubxonasini zamonaviy ilmiy va tahliliy materiallar bilan boyitish.

Doimiy ravishda

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bagʻishlangan arxiv hujjatlarining koʻrgazmasini tashkil etish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Oliy Majlis palatalari, Konstitutsiyaviy sud

(kelishuv asosida),

“Oʻzarxiv” agentligi

II. Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va targʻibot-tashviqot ishlari

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini, uning islohotlarga mustahkam huquqiy poydevor boʻlib xizmat qilayotganini targʻib qiluvchi maxsus ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda OAVda keng yoritish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

OʻzA,

Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

11.

Fuqarolar kundalik hayotida koʻp uchraydigan vaziyatlarda Konstitutsiya normalarining toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanishi boʻyicha ijtimoiy roliklar tayyorlash hamda ularni davlat organlari va tashkilotlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtirish va keng targʻib qilish.

2026-yil noyabr-dekabr

OʻzMTRK,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

davlat organlari va tashkilotlari

12.

Ommaviy axborot vositalarida yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatiga oid mediatadbirlarni (alohida mediareja asosida maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik, radioeshittirish, maqola, viktorina va b.) oʻtkazish. Davlat telekanallari belgisi yonida Konstitutsiya bayrami belgisini joylashtirish.

2026-yil noyabr-dekabr

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

OʻzA,

vazirlik va idoralar

13.

Konstitutsiyaviy komissiyaning ayrim aʼzolari bilan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi tarixiga bagʻishlangan intervyular tayyorlash hamda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

Konstitutsiyaviy sud,

OʻzMTRK,

OʻzA,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,

Adliya vazirligi

14.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan radioviktorina oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2026-yil 7-8-dekabr

OʻzMTRK, Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

Adliya vazirligi

15.

Markaziy hamda hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida:

1) Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan oʻzgarishlar va qoʻlga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanini targʻib etish, shu mavzuda telemuloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etish;

2) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bagʻishlangan alohida ruknlar tashkil etish, huquqiy jurnal va gazetalarning maxsus sonlarini chop etish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

OʻzA,

“Xalq soʻzi” va “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari,

Adliya vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

IIV,

Oliy sud,

Konstitutsiyaviy sud,

Milliy gvardiya,

Bosh prokuratura

16.

Ommaviy axborot vositalarida “Konstitutsiya — suveren davlat kafolati”, “Konstitutsiya — demokratik davlat kafolati”, “Konstitutsiya — huquqiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — ijtimoiy davlat kafolati”, “Konstitutsiya — dunyoviy davlat kafolati” mavzularida turkum maxsus koʻrsatuv, press-klub, tok-shou, intervyu, reportaj, videorolik va radioeshittirishlarni tayyorlash.

2026-yil noyabr-dekabr

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi,

OʻzA,

vazirlik va idoralar

17.

“Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” shiori ostida shahar, tuman markazlaridagi davlat organlari binolariga oʻquvchi va talabalarning sayohatlarini tashkil etish va OAVda ularning taassurotlari haqida maqola va postlar berib borish.

2026-yil noyabr-dekabr

Yoshlar ishlari agentligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

18.

Davlat va jamoat arboblari, aktyor, xonanda, mashhur sportchilar, bloger va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga Konstitutsiyaga oid munosabatlarni joylashtirish.

2026-yil dekabr

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

19.

Jurnalist va blogerlar oʻrtasida “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2026-yil noyabr-dekabr

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

OʻzMTRK

20.

“#Men va Konstitutsiya”, “#Meningkonstitutsiyam”, “#Konstitutsiyakuni” xeshteglari ostida Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan inson huquqlari va erkinliklari, shuningdek, fuqarolarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan videoroliklarni tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish.

2026-yil 1 — 10-dekabr

OʻzMTRK,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

21.

Ixtiyoriy boʻlgan umummilliy Konstitutsiya imtihonini oʻtkazish va yuqori natija koʻrsatgan ishtirokchilarni taqdirlash.

2026-yil 1 — 10-dekabr

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

TDYU

22.

Konstitutsiya moddalari mohiyatini sodda va tushunarli, shu jumladan, xorijiy tillarda ochib beruvchi, bolalar uchun moʻljallangan multiplikatsion (animatsion) videorolik tayyorlash va keng tarqatish.

2026-yil dekabr

Adliya vazirligi,

OʻzMTRK,

Oʻzbekiston milliy media assotsiatsiyasi

23.

Hududlarda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlar doirasida “Targʻibot poyezdi” loyihasini amalga oshirish.

2026-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

TDYU

III. Konstitutsiya kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram va boshqa koʻngilochar tadbirlar

24.

Konstitutsiya kuniga bagʻishlab Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida oʻtkaziladigan konsert tadbirlarini sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokida yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2026-yil 7-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

25.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Konstitutsiya sayillarini tashkil etish, unda tomosha va bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

2026-yil 4 — 7-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat vazirligi

26.

Harbiy qism va boʻlinmalarda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 34 yilligiga bagʻishlangan tantanali saflanish tadbirlarini oʻtkazish, harbiy va oʻquv tayyorgarlikda alohida namuna koʻrsatgan harbiy xizmatchilarni ragʻbatlantirish va taqdirlash.

2026-yil 4 — 7-dekabr

Mudofaa vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati

27.

Kinoteatrlarda har bir film namoyishidan oldin Konstitutsiya kuni bayramiga bagʻishlangan ijtimoiy videoroliklarni tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

Madaniyat vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

28.

Fuqarolarga Konstitutsiya kuni bayrami munosabati bilan SMS-xabar sifatida tabrik yoʻllash.

2026-yil 8-dekabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

29.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Konstitutsiyaga bagʻishlangan “Zakovat” intellektual oʻyinini va boshqa intellektual oʻyinlarni hududiy va respublika miqyosida yuqori darajada oʻtkazish.

2026-yil dekabrdan eʼtiboran

“Zakovat intellektual klubi” NNT,

Oliy sud,

Sudyalar oliy kengashi,

Bosh prokuratura,

Davlat xavfsizlik xizmati,

IIV,

Milliy gvardiya,

Adliya vazirligi

30.

Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan sport marafonlari (yugurish, marsh) va musobaqalarini (voleybol, futbol, shaxmat va b.) uyushtirish. Jahon, Osiyo va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblari, ishtirokchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Sport vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

31.

Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, yuridik texnikumlar va TDYU qoshidagi akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi Konstitutsiya targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish.

2026-yil 24-noyabr — 7-dekabr

Adliya vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

TDYU,

Taʼlim va ilm-fan vazirlig

IV. “Konstitutsiya oyligi” doirasida davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etiladigan tadbirlar

32.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birinchi rahbarlari tomonidan yangi tahrirdagi Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish doirasida tegishli organ tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maqola tayyorlash va chop etish.

2026-yil noyabr-dekabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi

33.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun Konstitutsiyaning qoida va normalarini chuqurlashtirib oʻrgatishga qaratilgan oʻquv seminarlar tashkil etish.

2026-yil noyabr-dekabr

Sudyalar oliy kengashi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat xavfsizlik xizmati,

Milliy gvardiya

34.

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalarida va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari yoki xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 34 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbekiston Konstitutsiyasi kuni” maʼrifiy tadbirlarini tashkil etish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” AA

35.

Oʻzbekistonning chet eldagi muassasalari va xalqaro tashkilotlar qoshidagi vakolatxonalari veb-saytlarida, xorijiy mamlakatlarning ommaviy axborot vositalarida Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan materiallarni eʼlon qilish.

2026-yil 1 — 8-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

“Dunyo” AA

36.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini ochib beruvchi xorijiy tillarda (ingliz, fransuz, yapon, koreys, xitoy, ispan, arab, qozoq, tojik, turkman, qirgʻiz va b.) tayyorlangan materiallarni xorijiy davlatlarning elektron resurslarida va Oʻzbekistonning ushbu davlatlardagi konsullik muassasalari veb-saytlarida joylashtirish.

2026-yil noyabr-dekabr

Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

“Dunyo” AA

37.

Konstitutsiyaviy sudning mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylik holati toʻgʻrisidagi axborotini taqdim etish.

2027-yil yanvar

Konstitutsiyaviy sud

(kelishuv asosida)

38.

“Konstitutsiya oyligi” doirasida Oliy Majlis palatalarida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini oʻtkazish va uning doirasida talabalar uchun Qonunchilik palatasi va Senat binosi boʻylab ekskursiya tashkil etish, majlislar zali, muzey va kutubxona, deputat va senatorlarning faoliyati bilan tanishtirish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati

(kelishuv asosida)

39.

Fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatishni, shu jumladan, ichki ishlar organlarida Konstitutsiya kunida 16 yoshga toʻladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ID-kartani topshirish jarayonlarini bayramona tashkil etish.

2026-yil 7-dekabr

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

mahalliy hokimliklar

40.

Konstitutsiya targʻibotida faol ishtirok etgan fuqarolarni Konstitutsiya kuni arafasida “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.

2026-yil dekabr

Adliya vazirligi

V. “Konstitutsiya oyligi” doirasida taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan targʻibot tadbirlari

41.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida barcha oʻquvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini oʻtkazish (namunaviy dars materiallari asosida).

2026-yil 1 — 7-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

TDYU

42.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini oʻrganish boʻyicha olimpiada tashkil etish va OAVda keng yoritish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Adliya vazirligi,

OʻzMTRK

43.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Xalq Konstitutsiyasi”, “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi”, “Konstitutsiya bilimdoni”, “Konstitutsiya — kelajagim mashʼali” mavzularida rasmlar va insholar tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

44.

Oʻzbekiston yoshlarining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan III konferensiyasini oʻtkazish.

2026-yil 5-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

45.

Taʼlim muassasalarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirokida “Konstitutsiyani oʻrganamiz”, “Konstitutsiya — adolat tantanasi” mavzularida uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, huquqiy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Yoshlar ishlari agentligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

46.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini sodda tilda tushuntiruvchi “Moddalar gapiradi” nomli videoroliklar tayyorlash va tarqatish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Adliya vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

47.

“Kelajak” markazlarida “Konstitutsiya oʻquvchilar nigohida” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi va koʻrgazmalarini tashkil etish, taʼlim tashkilotlarini bayroqlar va sharlar, shuningdek, oʻquvchilar yasagan oʻyinchoqlar, ramzlar bilan bezatish.

2026-yil 1 — 7-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

mahalliy hokimliklar

48.

Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va doktorantlar oʻrtasida “Konstitutsiya — inson qadri ulugʻlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovini tashkil etish.

2026-yil noyabr-dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

49.

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining Konstitutsiya haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan yaratilgan “Konstitutsiyaga sayohat” nomli interaktiv kitob va unga ishlangan huquqiy multfilmlarni ingliz tilida tayyorlash, 1000 nusxada chop etish va taqdimotini oʻtkazish, shuningdek, ularni umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga tarqatish.

2026-yil noyabr-dekabr

Adliya vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

OʻzA

50.

Toshkent davlat yuridik universitetida konstitutsiyaviy huquq boʻyicha taniqli xorijlik olim va ekspertlar ishtirokida Konstitutsiyani hayotga tatbiq etish boʻyicha erishilgan yutuqlar va oldimizda turgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani tashkil etish va oʻtkazish.

2026-yil 4-dekabr

Adliya vazirligi,

Oliy Majlis palatalari,

Konstitutsiyaviy sud,

(kelishuv asosida),

Tashqi ishlar vazirligi,

Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti,

TDYU

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi F-63-son farmoyishiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.N. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

O.D. Davlatov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

X.M. Sultonov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayter

4.

Sh.I. Asadov

—

Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshligʻi — Prezident matbuot kotibi

5.

A.X. Azimov

—

Prezident Administratsiyasi departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari

6.

E.O. Turdimov

—

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri

7.

J.A. Qoʻchqorov

—

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri

8.

Sh.B. Umurzakov

—

Toshkent shahar hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

9.

A.D. Tashkulov

—

adliya vaziri

10.

O.A. Nazarbekov

—

madaniyat vaziri

11.

B.O. Saidov

—

tashqi ishlar vaziri

12.

A.A. Tashpulatov

—

ichki ishlar vaziri

13.

B.B. Kudratxodjayev

—

mudofaa vaziri

14.

A.I. Ikramov

—

favqulodda vaziyatlar vaziri

15.

B.X. Tashmatov

—

Milliy gvardiya qoʻmondoni

16.

E.E. Adilov

—

sogʻliqni saqlash vaziri

17.

Sh.X. Shermatov

—

raqamli texnologiyalar vaziri

18.

A.I. Ikramov

—

sport vaziri

19.

B.E. Zaxidov

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

20.

Q.R. Sariyev

—

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita raisi

21.

A.Z. Saʼdullayev

—

Yoshlar ishlari agentligi direktori

22.

A.A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

A.K. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

24.

O.A. Xasanov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

25.

Lavozimiga koʻra

—

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.