22.10.2026 yildagi 586-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 22.10.2026 yildagi 586-son
Date of entry into force
23.10.2026
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xoʻjaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri aglomeratsiyasida atmosfera havosi sifatini yaxshilash, issiqxona xoʻjaliklarining atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish, ularni zamonaviy, energiya tejamkor va past tashlamali (emissiyali) isitish texnologiyalariga oʻtkazish, ekologik nazoratning raqamli mexanizmlarini joriy etish hamda ekologik modernizatsiyani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyoʻl, Zangiota va Toshkent tumanlari issiqxona xoʻjaliklari faoliyati uchun maxsus ekologik tartib joriy etiladigan hudud (keyingi oʻrinlarda — Maxsus hudud) etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, Maxsus hududda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosalari asosida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) isitish tizimiga ega boʻlgan issiqxona xoʻjaliklari faoliyati faqatgina tabiiy gaz, shu jumladan, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, geotermal energiya, quyosh energiyasi hamda issiqlik elektr stansiyalarida hosil boʻladigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qattiq yoqilgʻida (koʻmir, briket va biomassa pelletlari) faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaliklari 2026-yil 1-dekabrga qadar issiqxonani isitish turini mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan isitish turlariga oʻzgartirib, faoliyati davom ettiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) issiqxona xoʻjaliklariga qattiq yoqilgʻidan faqatgina quyidagi talablarning barchasini bir vaqtning oʻzida bajargan holda foydalanishga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozon qurilmalarini yoqilgʻi uzatish va yonish jarayonini avtomatik boshqarish tizimi hamda belgilangan samaradorlik koʻrsatkichiga ega chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy standartga muvofiq qozon qurilmalarining atmosferaga tashlamalari miqdorini oʻlchaydigan uzluksiz avtomatik monitoring tizimini (CEMS) oʻrnatish, uni Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) axborot tizimlariga integratsiya qilish hamda maʼlumotlarni real vaqt rejimida uzluksiz uzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozon qurilmalari, chang-gaz tozalash uskunalari va avtomatik monitoring tizimlarining muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qozon qurilmalari va tutun chiqarish moʻrisidagi jarayonlarni uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi onlayn kameralar oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uzluksiz avtomatik monitoring tizimi, chang-gaz tozalash uskunasi va kameralar faoliyatini uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashda quvvat manbai va zaxira generatori bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hosil boʻlgan chiqindilarni (kul, ogʻir metall, quyqa, shlam va boshqa zaharli moddalar) belgilangan tartibda toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uskunalarning texnik hujjatlarida nazarda tutilmagan va ularning ishlash tizimiga taʼsir qiladigan oʻzgartirishlar kiritishni taqiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maxsus hududda faoliyat yurituvchi issiqxona xoʻjaliklarida shinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, jun tolasi, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari hamda shunga oʻxshash tarkibli materiallarni yoqilgʻi sifatida yoqish qatʼiyan taqiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Maxsus hududda joylashgan qattiq yoqilgʻida ishlovchi issiqxonalarga belgilanadigan ekologik talablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Maxsus hududdagi issiqxona xoʻjaliklarining ekologik modernizatsiyasi moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning quyidagi choralari joriy qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2028-yil 1-yanvarga qadar chang-gaz tozalash uskunalari, qozon qurilmalari, energiya tejamkor ekranlar, energiya samarador texnologiyalar, shuningdek, elektr, geotermal, quyosh va kogeneratsiya asosidagi isitish uskunalarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq issiqxona xoʻjaligining har bir gektari uchun 50 million soʻmdan oshmagan qismiga Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan davlat budjeti hisobidan subsidiya ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtomatik monitoring stansiyalarini (CEMS) xarid qilishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi tomonidan tasdiqlangan texnik shartlarga muvofiq Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan istak bildirgan issiqxonalarga uch tomonlama shartnoma tuzish orqali 7 yil muddatga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan, shuningdek, avtomatik monitoring stansiyalarini (CEMS) oʻrnatish, qoʻmita axborot tizimiga integratsiya qilish va uzluksizligini taʼminlash majburiyati bilan har bir stansiya uchun 350 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan mablagʻlar moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda stansiyalarni oʻrnatish, Ekologiya qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilish, monitoring maʼlumotlarining uzluksiz uzatilishini taʼminlash hamda toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, yozma ogohlantirishdan soʻng shartnomada belgilangan tartibda stansiyalarni demontaj qilish va qaytarib olish choralari koʻriladi hamda toʻlov muddati kelgan qarzdorlik akseptsiz tartibda undiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2026-2027-yillarda elektr energiyasi, geotermal, quyosh energiyasi, kogeneratsiya isitish tizimlariga oʻtish loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada (shundan, bank marjasi 4 foiz) milliy valyutada loyiha qiymatining 50 foizigacha qismiga va har bir gektarga 3 milliard soʻmgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya ikki hafta muddatda 2030-yil 1-yanvarga qadar import qilishda issiqxona xoʻjaliklarini tashkil qilish va modernizatsiya qilish loyihalari uchun olib kiriladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor qozonlar, kogeneratsiya qurilmalari, geotermal va quyosh energetikasi uskunalari, avtomatlashtirilgan emissiya monitoringi tizimlari va ularning butlovchi qismlarini bojxona bojidan ozod etishga doir qaror qabul qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Ekologiya qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa sohalarda atmosfera havosiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan yoqilgʻidan (koʻmir, pellet, gaz va b.) foydalanish orqali issiqlik ishlab chiqarish qozon qurilmalariga ekologik meʼyorlarni qonunchilik hujjatlari bilan belgilashga oid;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi korxonalarni ekologik faoliyat darajasidan kelib chiqib, “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda ularga qoʻyilgan talablarni qonunchilikda belgilash boʻyicha tizimni joriy qilish yuzasidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun jazoni belgilashda huquqbuzarliklarni sodir etish ashyolarini musodara qilish bilan bogʻliq javobgarlik choralarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilansinki, atmosfera havosini ekologik monitoring qilish uchun Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi hisobidan yuqori sifatdagi kameralar, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar), shuningdek sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan dasturiy-texnik yechimlar belgilangan tartibda xarid qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu qarorning 5-bandi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyani tegishli qismini moliyalashtirish uchun Agrar sohada toʻlovlar agentligining talabnomasiga asosan zarur mablagʻlarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik bandidagi nazarda tutilgan kreditlarni moliyalashtirish uchun tijorat banklarining buyurtmasiga asosan 7 yil muddatda 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada joriy yilda respublika budjetining 2026-yil III choragi yakuni boʻyicha daromadlarning rejadan oshirib bajarilgan qismi hisobidan 150 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratsin, shuningdek, 2027-yilda zarur mablagʻlarni Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi va Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari issiqxona xoʻjaliklari egalari bilan birgalikda bir hafta muddatda maxsus hududdagi har bir issiqxona xoʻjaligi uchun ekologik talablarga muvofiqlashtirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi individual “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoqilgʻi turini almashtirish (zarur boʻlganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 2-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan tizimlar va uskunalarni oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi hududiga yoki qishloq xoʻjaligi uchun maqbul boshqa hududlarga koʻchirish yoxud issiqxona xoʻjaligi faoliyatini toʻxtatish chora-tadbirlari, shuningdek, ushbu qarorda belgilangan talablarni buzganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlik choralarini qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyalashtirish manbalari, masʼullar va aniq muddatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagi roʻyxatlar bir oy muddatda tasdiqlanib, issiqxona xoʻjaliklariga doimiy yetkazib berilishi va rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinishini taʼminlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya qoʻmitasi tomonidan — ekologik talablarga javob beradigan chang-gaz tozalash uskunalari hamda uzluksiz avtomatik monitoring stansiyalarini ishlab chiqaruvchilar/yetkazib beruvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan Ekologiya qoʻmitasi bilan birgalikda — issiqxona xoʻjaliklarida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan ekologik toza va energiya samarador qozon qurilmalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ajratiladigan subsidiya, kompensatsiya va boshqa qoʻllab-quvvatlash choralari mazkur roʻyxatlarga kiritilgan uskunalarni xarid qilish uchun yoʻnaltirilishi nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Belgilansinki, issiqxonalarni isitish qozonlariga oʻrnatilgan filtrlardan hosil boʻladigan xavfli suyuq chiqindilar hamda gidroponika oqavalari (keyingi oʻrinlarda — filtratlar) tozalanib, texnik suv sifatida qayta ishlatishga yoʻnaltiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-yanvarga qadar Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Ohangaron tumanida joylashgan ekosanoatzona hududida filtratlarni vaqtincha saqlash omborini qurib, ishga tushiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-aprelga qadar filtratlarni qayta ishlash boʻyicha tariflarni ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishadi hamda tasdiqlaydi hamda filtratlarni qayta ishlash tizimini tartibga solish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2027-yil 1-iyunga qadar filtratlarni qayta ishlash bilan shugʻullanuvchi korxonani (operatorni) belgilangan tartibda tanlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Toshkent viloyati hokimligi 2026-yil 1-noyabrga qadar Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan ekosanoatzona hududidan belgilangan tartibda yer maydonini ajratib beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) filtratlarni vaqtincha saqlash omborini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda, bosqichma-bosqich tayyorlanadigan loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjalik vazirligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi filtratlarni saqlash ombori qurilishi boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarini 2026-yil 1-noyabrga qadar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar issiqxona egalari oʻzlarida hosil boʻlgan filtratlarni ushbu operatorga belgilangan tariflar asosida topshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmoniga muvofiq Ekologiya qoʻmitasi tomonidan atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring vakolatli organni tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida xabardor etish tartibida oʻtkazilishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 2026-yil 1-dekabrdan boshlab mazkur qarorning 2-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan issiqxona xoʻjaliklariga davlat ekologik ekspertizasi boʻyicha ijobiy xulosa berilmaydi, shuningdek, ilgari berilgan xulosaning amal qilishi belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatiladi. Bunda issiqxona xoʻjaliklariga nisbatan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya qoʻmitasi tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganligi va chiqindilarni joylashtirganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan javobgarlik qoʻllash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan tegishliligi boʻyicha issiqxonani elektr, gaz va suv taʼminotidan uzish choralari koʻriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi yer uchastkasidan ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladigan usullar bilan foydalanilgan taqdirda belgilangan tartibda bekor qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-apreldagi “Surxondaryo viloyatida issiqxona xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 162-son qarorining 5-bandi “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ekologiya qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda iqtisodiyot va ijtimoiy soha obyektlarida foydalanilayotgan qozonxonalarning atrof-muhitga taʼsiridan kelib chiqib ekologik talablarni belgilash, shuningdek, ularni energiya samarador texnologiyalar bilan jihozlashni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Ekologiya qoʻmitasi va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 22-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
586-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi 586-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus hududda joylashgan qattiq yoqilgʻida ishlovchi issiqxonalarga belgilanadigan ekologik talablar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Toshkent shahri, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyoʻl, Zangiota va Toshkent tumanlarida (keyingi oʻrinlarda — Maxsus hudud) joylashgan qattiq yoqilgʻida (koʻmir, briket va biomassa pelletlari) ishlovchi issiqxona xoʻjaliklariga quyidagi talablarni belgilaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoqilgʻi yoquvchi qurilmalarini loyihalash, joylashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga doir majburiylikni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy konsentratsiyalarini, chang-gaz tozalash uskunalarining minimal samaradorlik koʻrsatkichlarini, yoqilgʻi xoʻjaligiga, kul va shlak bilan ishlashga, chiqindilarni nazorat qilishni hamda belgilangan tartib buzilganda amal qilinadigan chora-tadbirlarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizom faqat Maxsus hududda qattiq yoqilgʻida (koʻmir, briket va biomassa pelletlari) faoliyat yuritayotgan issiqxona xoʻjaliklari uchun tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom atmosfera havosini muhofaza qilish, davlat ekologik ekspertizasi va atrof-muhitga taʼsirni baholash, ekologik nazorat, chiqindilar, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, majburiy sanitariya qoidalari va meʼyorlari bilan oʻzaro bogʻliqlikda qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizom talablari issiqxona xoʻjaliklarida faoliyat yuritayotgan yoki yuritishni rejalashtirayotgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, qozonxona hamda chang-gaz tozalash uskunalarini loyihalashtiruvchi, montaj qiluvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, shuningdek, muvofiqlikni baholovchi akkreditatsiyalangan organlar va sinov laboratoriyalari uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) issiqxona xoʻjaligi — bir yoki bir nechta issiqxonadan hamda oʻziga tegishli yoki umumiy issiqlik taʼminoti manbalaridan qattiq yoqilgʻida foydalanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yoqilgʻi yoquvchi qurilma — issiqlik energiyasi ishlab chiqarish uchun qattiq yoqilgʻi yoqiladigan qozon, issiqlik generatori, pech yoki boshqa qurilma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) summar oʻrnatilgan issiqlik quvvati — bir ishlab chiqarish maydonchasidagi, shu jumladan bir vaqtda ishlashga texnik jihatdan qodir boʻlgan zaxira qurilmalar ham kiritilgan barcha qattiq yoqilgʻi yoquvchi qurilmalarning nominal issiqlik quvvatlari yigʻindisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) chang-gaz tozalash uskunalari — qattiq zarrachalarni ushlab qolish va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarni ajratib olish/tozalash uchun moʻljallangan qurilma, kommunikatsiyalar, avtomatika va yordamchi uskunalar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yopiq yoqilgʻi ombori — saqlanayotgan yoqilgʻiga shamol taʼsirida chang tarqalishi, tuproqning ifloslanishi va atmosfera yogʻinlarining tushishini istisno etuvchi, tom, toʻsiq konstruksiyalari va oʻtkazmaydigan asosga ega boʻlgan kapital yoki modul inshooti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mexanizatsiyalashgan yoqilgʻi uzatish — yoqilgʻini ombordan yoqilgʻi yoquvchi qurilmaga ochiq qoʻlda qayta yuklash yoʻlisiz, yopiq uzatkichlar, transportyorlar, quvurlar yoki boshqa uskunalar orqali meʼyorlangan holda uzatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) kul va shlakni yopiq yigʻish — kul-shlak chiqindilarini chang chiqishi va toʻkilishining oldini olgan holda germetik bunkerlar, siloslar yoki yopiq konteynerlarda olib chiqish, tashish va toʻplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) sezgir hudud — turar-joy binolari, taʼlim, tibbiyot, ijtimoiy yoki rekreatsiya tashkiloti, muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoxud qonun hujjatida atmosfera havosini muhofaza qilishning yuqori darajasi belgilangan boshqa obyekt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) uzluksiz quvvat manbai — tashqi elektr taʼminoti toʻxtaganda avtomatika, nazorat asboblari, filtrni regeneratsiya qilish, reagentni dozalash, ijrochi mexanizmlar ishlashi va uskunani xavfsiz toʻxtatishni taʼminlovchi uzluksiz elektr taʼminoti manbai;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) avariya rejimi — tortish-puflash, chang-gaz tozalash, nazorat-oʻlchov uskunalari, uzluksiz quvvat manbai, zaxira elektr taʼminoti ishdan chiqqanda yoki tashlamalarning yoʻl qoʻyiladigan koʻrsatkichlari oshib ketganda amal qiladigan ish rejimi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Quvvat, yoqilgʻi turi va joylashtirish shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur Nizom maqsadlarida yoqilgʻi yoquvchi qurilmalar bir ishlab chiqarish maydonchasi doirasida birlashtiriladi hamda summar oʻrnatilgan issiqlik quvvatiga qarab quyidagi quvvat guruhlariga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Guruh

Summar oʻrnatilgan quvvat

MVt (megaVatt)

Tavsif

I

0,7 MVt dan kam

kichik qurilmalar

II

0,7 MVt dan 2,8 MVt gacha (2,8 dan kam)

kichik va oʻrta qozonxonalar

III

2,8 MVt dan 7 MVt gacha (7 dan kam)

oʻrta qozonxonalar

IV

7 MVt dan 14 MVt gacha (14 dan kam)

yirik qozonxonalar

V

14 MVt va undan yuqori

yirik va ustuvor manbalar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-jadval. Summar oʻrnatilgan issiqlik quvvati boʻyicha guruhlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq qozonxonani bir nechta manbaga boʻlish yoki alohida qozonlarni turli shaxslar nomiga rasmiylashtirish, agar ular bir ishlab chiqarish maydonchasida joylashgan, umumiy issiqlik taʼminoti, yoqilgʻi yoki tutun chiqarish tizimiga ega boʻlsa yoxud birgalikda foydalanish imkoniyati mavjud boʻlsa, summar oʻrnatilgan issiqlik quvvati qoʻshib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Joylashtirish xususiyatlariga koʻra ikkita toifa belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) A toifa — sezgir hudud chegarasidan 200 metrgacha boʻlgan masofada joylashgan issiqxona qozonxonalarining tashlama manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) B toifa — sezgir hudud chegarasidan 200 metrdan ortiq masofada joylashgan issiqxona qozonxonalarining tashlama manbalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoʻl qoʻyiladigan tashlamalar meʼyorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy konsentratsiyalari normal sharoitlarda — 273,15 Kelvin (K) harorat va 101,325 kiloPaskal (kPa) bosimda boʻlganda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ifloslantiruvchi modda

A toifa, mg/Nm³

B toifa, mg/Nm³

Qattiq zarrachalar

25

115

Oltingugurt angidridi, SO2

411

822

Azot dioksidi, NO2

300

400

Uglerod oksidi, CO

1 000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-jadval. Ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy konsentratsiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Barcha hollarda yakka tartibdagi ekologik normativlar va atmosfera havosi sifatiga oid gigiyena meʼyorlariga rioya etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻlchov natijasini kislorodning bazaviy miqdoriga keltirish tasdiqlangan uslubiyotga muvofiq amalga oshiriladi. Belgilangan konsentratsiyaga rasman rioya qilish maqsadida gaz yoʻliga havo qoʻshish yoki chiqindi gazlarni boshqa usulda suyultirish yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qozonxona moʻrisining minimal balandligi summar oʻrnatilgan issiqlik quvvatiga nisbatan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Summar oʻrnatilgan issiqlik quvvati,

MVt (megaVatt)

Trubaning minimal balandligi,

metr

0,7 gacha

20

0,7 dan — 1,4 gacha

25

1,4 dan — 2,8 gacha

30

2,8 dan — 7 gacha

35

7 dan — 14 gacha

40

14 va undan yuqori

45

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-jadval. Qattiq yoqilgʻi uchun tutun moʻrisining minimal balandligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* A toifaga kiruvchi issiqxona qozonxonalarining moʻri ogʻzi shamol taʼsiri zonasidagi mavjud bino va inshootlarning eng yuqori nuqtasidan kamida 3 metr baland boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tozalash samaradorligi bir xil yuklamada bir vaqtda oʻlchangan va bir xil sharoitlarga keltirilgan, tozalashdan oldingi va keyingi ifloslantiruvchi modda konsentratsiyalari farqi boʻyicha quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
η = (Skirim − Schiqim) / Skirim × 100 foiz.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
η — konsentratsiyalari farqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Skirim — tashlamaning kirish konsentratsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Schiqim — tashlamaning chiqish konsentratsiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Majburiy ekologik va texnik talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Issiqxona xoʻjaligida qattiq yoqilgʻidan foydalanishga faqat quyidagi talablar bir vaqtning oʻzida bajarilganda yoʻl qoʻyiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) changning shamol taʼsirida tarqalishini istisno etuvchi yopiq yoqilgʻi ombori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qozon qurilmalarini yoqilgʻi uzatish va yonish jarayonini avtomatik boshqarish tizimi hamda ushbu nizomning 9-bandida belgilangan minimal samaradorlik koʻrsatkichlariga ega chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) milliy standartga muvofiq qozon qurilmalarining atmosferaga chiqarishlari tashlamalari miqdorini oʻlchaydigan uzluksiz avtomatik monitoring tizimini (keyingi oʻrinlarda — CEMS) oʻrnatish, uni Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi)ning axborot tizimlariga integratsiya qilish hamda maʼlumotlarni real vaqt rejimida uzluksiz uzatib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) qozon qurilmalari va tutun chiqarish moʻrisidagi jarayonlarni uzluksiz kuzatish imkonini beruvchi onlayn kameralar oʻrnatish va Ekologiya qoʻmitasining axborot tizimlariga bogʻlashni tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uzluksiz avtomatik monitoring tizimi, chang-gaz tozalash uskuna va onlayn kuzatuv kameralar faoliyatini uzluksiz elektr energiya bilan taʼminlashda quvvat manbai va zaxira generatori bilan jihozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) hosil boʻlgan chiqindilarni (kul, ogʻir metall, quyqa, shlam va boshqa zaharli moddalar) yer va suv resurslarining ifloslanishini istisno etuvchi tartibda toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar tashlanadigan qozonxona qurilmalari, tutun moʻrilari va boshqa obyektlar videokuzatuv tizimlari bilan jihozlangan boʻlishi shart;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Qattiq yoqilgʻini qabul qilish, maydalash, saralash va qayta yuklash ishlari yopiq holda amalga oshiriladi. Chang hosil boʻladigan uchastkalar toʻsiqlar hamda tutilgan changni texnologik jarayonga qaytarish yoki yopiq chiqindilar yigʻish tizimiga yoʻnaltirish imkonini beruvchi aspiratsiya tizimlari bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Issiqxona xoʻjaligi kul va shlak chiqindilarining hosil boʻlishi va harakatini hisobga olishni, shuningdek ulardan foydalanish, zararsizlantirish, joylashtirish va olib ketishni chiqindilar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq taʼminlaydi. Kul va shlak chiqindilari usti yopiq transport vositalarida tashiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Kul va shlak changlanishning oldini oluvchi germetik bunkerlar, siloslar yoki yopiq konteynerlarda yigʻiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Foydalaniladigan qattiq yoqilgʻi yonish issiqligi, kuldorligi, namligi va oltingugurt miqdori koʻrsatilgan sifat hujjatiga ega boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tozalanmagan tashlamalarni toʻgʻridan-toʻgʻri atmosferaga chiqarib yuborishga imkon beruvchi gaz quvuri, aylanma quvur (baypas) yoki shunga oʻxshash qurilma oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tashlamalarni sunʼiy suyultirishga, ifloslantiruvchi moddalarning oʻlchanadigan konsentratsiyasini kamaytirishga hamda avtomatik monitoring qilish natijalarini buzishga olib keladigan holda, qozonxona uskunasi, chang-gaz tozalash uskunasi, gaz yoʻllari va tutun moʻrisi konstruksiyasini oʻzgartirish, shuningdek, qoʻshimcha havo uzatish kanallarini oʻrnatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) qattiq yoqilgʻini yopiq yoqilgʻi ombori hududidan tashqarida saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) kul va shlakni ochiq holda saqlash, ularni siqilgan havo bilan tozalash, tuproq bilan aralashtirish yoki yoqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yoqilgʻi koʻrsatkichlari loyihaviy parametrlarga mos kelmagan hollarda, chang-gaz tozalash uskunasining samaradorligi tasdiqlanguniga qadar mazkur yoqilgʻi partiyasidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) shinalar, bitum, mazut, plastmassa va polimer plyonkalar, sintetik karton, rezina, hayvon jun tolasi, ishlatilgan texnik moy va yogʻlar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari hamda shunga oʻxshash tarkibli materiallarni yoqilgʻi sifatida yoqish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tizim va uskunalarni uzluksiz energiya taʼminoti bilan taʼminlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Chang-gaz tozalash uskunasi va avtomatik monitoring tizimi uzluksiz quvvat manbaiga alohida himoyalangan elektr taʼminoti liniyasiga ulanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Uzluksiz quvvat manbai quyidagi uskunalarning avtonom ishlashini taʼminlashi shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) chang-gaz tozalash uskunasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) avtomatik monitoring tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) videokuzatuv tizimlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) aloqa va monitoring maʼlumotlarini uzatish vositalari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzluksiz quvvat manbai yuqorida koʻrsatilgan uskunalarning kamida 12 soat davomida avtonom ishlashini hamda zaxira generatoriga avtomatik va uzilishsiz oʻtishini taʼminlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzluksiz quvvat manbai, zaxira generatori va avariya signalizatsiyasining ishga yaroqliligi har oyda kamida bir marta hamda har bir isitish mavsumi boshlanishidan oldin issiqxona xoʻjaliklari tomonidan tekshirilib, natijalari ular tomonidan yuritiladigan elektron foydalanish jurnaliga kiritilib borilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Elektr kuchlanishi yoʻqolganda, tutun soʻruvchi toʻxtaganda, filtrda bosim farqi ruxsat etilgan qiymatdan oshganda yoki tashlamalardagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi belgilangan meʼyordan oshganda darhol yoqilgʻi uzatish toʻxtatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Chiqindilar bilan ishlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Issiqxona xoʻjaligi yoqilgʻi yoquvchi va chang-gaz tozalash uskunalaridan foydalanishda hosil boʻladigan chiqindilarni atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishini istisno etgan holda alohida yigʻish, hisobga olish, vaqtincha saqlash, tashish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish va joylashtirishni chiqindilar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday chiqindilarga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yoqilgʻi yonishi natijasida hosil boʻlgan kul, shlak va boshqa qattiq chiqindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) siklonlar, yengsimon filtrlar, elektrofiltrlar va boshqa chang-gaz tozalash uskunalari tomonidan tutilgan kul va chang;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) gaz yoʻllari, bunkerlar, tutun soʻruvchilar va boshqa uskunalardan chiqarilgan chang va choʻkindilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ohak, ohaktosh materiallari, faollashtirilgan koʻmir va boshqa gaz tozalash reagentlarining ishlatilgan yoki ifloslangan qoldiqlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tutun gazlarini oltingugurt moddasini oldini olish (desulfurizatsiya qilish)ning quruq va yarim quruq mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) hoʻl gaz tozalash va ishlab chiqarish oqova suvlarini tozalash jarayonida hosil boʻlgan choʻkmalar hamda suvsizlantirilgan shlamlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yo) tutilgan moddalar bilan ifloslangan ishlatilgan filtr yenglari, filtrlovchi materiallar va chang-gaz tozalash uskunalarining boshqa chiqindilari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yoqilgʻi yoquvchi va chang-gaz tozalash uskunalaridan foydalanish bilan bogʻliq boshqa chiqindilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish yoki joylashtirish uchun topshirishga faqat qonunchilikda belgilangan hujjatlarga hamda tegishli turdagi chiqindilar bilan ishlash huquqi va texnik imkoniyatiga ega shaxslar hamda obyektlarga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Topshirilayotgan chiqindilarning har bir partiyasi chiqindi turi, miqdori, hosil boʻlish manbai, qabul qiluvchi va keyingi ishlov berish usuli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hoʻl skrubberlar (chang-gazni suyuqlik yordamida tozalash uskunasi) va tutun gazlarini hoʻl usulda tozalashning boshqa qurilmalaridan foydalanilganda, texnologik suv imkon qadar aylanma suv taʼminoti tizimiga qaytarilib, ifloslangan oqova suvlar hosil boʻlishi minimallashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ifloslangan suyuqlikni suv obyektlariga, yer relyefiga, drenaj yoki yomgʻir suvi kanalizatsiyasiga bevosita oqizish qatʼiyan taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Skrubber suyuqligini yigʻish va aylantirish germetik, korroziyaga chidamli sigʻimlar (rezervuarlar) orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sigʻimlar sathni nazorat qilish, toshib ketishdan himoya qilish va avariya zaxira sigʻimi vositalari bilan taʼminlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Ekologik nazorat va monitoring
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Ekologik nazorat inspeksiyasi mazkur Nizom talablariga rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi, shu jumladan chang-gaz tozalash uskunalarining ishlash samaradorligini nazorat qiladi, statsionar manbalardan chiqindilarni asbob-uskunalar yordamida oʻlchaydi, atmosfera havosi holatini kuzatadi, uskunalarning favqulodda va avariya rejimlarini hisobga oladi hamda ekologik huquqbuzarliklarni aniqlaydi va bartaraf etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan belgilangan moratoriy talablariga rioya etgan holda, tadbirkorlik va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, har yili 15-oktabrdan 15-martga qadar inson sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish uchun Maxsus hududdagi issiqxona xoʻjaliklarida quyidagi nazorat va monitoring ishlari amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Ekologiya qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishga oʻrnatilgan moratoriy talablariga rioya etgan holda, tadbirkorlik faoliyatiga bevosita aralashmagan va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tekshirmagan holda issiqxona xoʻjaliklarida doimiy ekologik monitoring amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring jarayoniga jamoatchilik nazorati vakillari va uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dronlar) keng jalb etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
monitoring davomida qattiq yoqilgʻida faoliyat yuritayotgan issiqxonalarda CEMS tizimi, chang-gaz tozalash uskunalari va qozon qurilmalarining milliy standart talablariga javob berishi hamda muvofiqlik sertifikati mavjudligi, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chang-gaz tozalash uskunalari, foydalanilayotgan yoqilgʻi turi hamda atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar oʻrganilib, holatlar foto va video orqali qayd etiladi, foydalanilayotgan yoqilgʻi turidan namunalar olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) taqiqlangan yoqilgʻidan foydalanish, chang-gaz tozalash inshootlarining mavjud emasligi yoki ifloslantiruvchi moddalarning meʼyordan ortiq chiqarilishi inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omil sifatida baholanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar aniqlangan taqdirda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha toʻxtatib turiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish yoki moliyaviy sanksiya qoʻllash boʻyicha belgilangan choralarni koʻradi, shu jumladan takror sodir etilganda qozon qurilmalarini demontaj qilishga haqli boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladigan monitoring ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni tekshiruv boshlangandan soʻng 24 soat ichida xabardor etish tartibida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Namuna olish nuqtalari va oʻlchash vositalari gaz yoʻlining oʻlchash natijalarining ishonchliligini taʼminlaydigan toʻgʻri chiziqli qismida joylashtiriladi hamda xavfsiz maydoncha, chiqish yoʻlagi yoki zina, yoritish vositalari va elektr taʼminoti bilan taʼminlanadi. Chang-gaz tozalash uskunasi konstruksiyasi tozalashdan oldin va keyin alohida oʻlchash orqali uning samaradorligini aniqlash imkonini berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-muhofaza zonasi chegarasida va eng yaqin turar-joy qurilishida havodagi gaz va qattiq mayda zarrachalari (PM2,5, PM10, SO2, NO2, NO va CO) koʻrsatkichlari boʻyicha qoʻshimcha nazorat oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari oʻzini oʻzi diagnostika qilish, nosozliklar va favqulodda holatlarni qayd etish, vaqtni sinxronlashtirish hamda dastlabki maʼlumotlarni ruxsatsiz oʻzgartirishdan himoya qilish funksiyalariga ega boʻlishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Foydalanishga topshirish va muvofiqlikni tasdiqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Issiqxona xoʻjaligi qattiq yoqilgʻida ishlovchi issiqxonalarga yangi yoki rekonstruksiya qilingan qozonxonalarni foydalanishga topshirishdan oldin quyidagilarni taʼminlaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qozon, gorelka, chang-gaz tozalash uskunasi va oʻlchov vositalarining muvofiqlik hujjatlari mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) minimal, oʻrta va maksimal yuklamada oʻrnatish-ishga tushirish ishlari hamda kompleks sinovlarni oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) akkreditatsiyalangan laboratoriya tomonidan tozalashdan oldin va keyin instrumental oʻlchovlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) uzluksiz elektr taʼminoti, zaxira generatori, blokirovkalar va maʼlumot uzatish tizimining ishlashini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) qozonxonani boshqaruv operatorlarni oʻqitish va uskunalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarini tasdiqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Kompleks sinov yakunlari boʻyicha issiqxona xoʻjaligi, montaj va sozlash tashkilotlari, akkreditatsiyalangan laboratoriya hamda vakolatli davlat organlari vakillari tomonidan texnik tayyorgarlik dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomaga oʻlchov bayonnomalari, uskunalar roʻyxati, moʻrilar va avtomatika sxemalari, toʻxtatish algoritmlari hamda ekologik nazorat dasturi ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Texnik tayyorgarlik dalolatnomasi atmosfera havosiga tashlamalar uchun ruxsatnoma hisoblanmaydi va qonunchilikda nazarda tutilgan hujjatlarni almashtirmaydi. Dalolatnoma nusxasi besh ish kuni ichida Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Favqulodda sharoitlarda qozonxonalardan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Chang-gaz tozalash uskunasi oʻchirilgan, demontaj qilingan, nosoz yoki belgilangan samaradorlik koʻrsatkichlariga javob bermagan hollarda yoqilgʻi yoquvchi qurilmalardan foydalanish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Issiqxona xoʻjaligi tomonidan avariya rejimi holatida yoqilgʻi uzatilishi avtomatik ravishda toʻxtatiladi. Bunda ekologik toza zaxira issiqlik manbaiga oʻtishga ruxsat etiladi yoki texnologik jarayonni nazorat ostida toʻxtatishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishni qayta boshlashga faqat avariya rejimi sabablari bartaraf etilgandan, chang-gaz tozalash uskunasi va blokirovkalarning ishga yaroqliligi hujjatlashtirilgan tarzda tasdiqlangandan soʻng, avariya rejimi samaradorlikka taʼsir koʻrsatgan hollarda esa qoʻshimcha nazorat oʻlchovlari oʻtkazilgandan keyingina ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan noqulay meteorologik sharoitlarda issiqxona xoʻjaligi tomonidan tasdiqlangan tashlamalarni kamaytirish rejasiga muvofiq issiqlik yuklamasini kamaytiradi, ekologik tozaroq yoqilgʻi yoki zaxira issiqlik manbaiga oʻtadi, yoqilgʻi sarfini cheklaydi va zaruratga koʻra uskunalarning bir qismini toʻxtatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Chang-gaz tozalash uskunasini oʻchirishni talab qiluvchi rejali taʼmirlash ishlari qozon toʻxtatilgan holda amalga oshiriladi. Mahsulotni saqlash yoki haroratni ushlab turish zarurati chang-gaz tozalash uskunasisiz foydalanish uchun asos boʻla olmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Ishtirokchilarning vakolat va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Issiqxona xoʻjaligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mazkur Nizom talablariga rioya etilishini taʼminlaydi hamda taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) chang-gaz tozalash uskunasi va ishlab chiqarish ekologik nazorati uchun masʼul shaxsni tayinlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat inspektorlari va monitoring tashkiloti vakillarining tashlama manbalari va nazorat vositalariga belgilangan tartibda kirishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) chang-gaz tozalash uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish, ularni ekspluatatsiya qilish, reagentlar, sarf materiallari va oʻlchov vositalarini almashtirish xarajatlarini oʻz hisobidan amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi, mazkur Nizom talablari va ekologik normativlarga rioya etilishini, chang-gaz tozalash uskunalarining samaradorligi hamda monitoring maʼlumotlarining ishonchliligini nazorat qiladi, qonunchilikda nazarda tutilgan reyestrlarni yuritadi va oʻz vakolatlari doirasida taʼsir choralarini qoʻllaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ekologiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida uslubiy nazoratni amalga oshiradi, avtomatik monitoring maʼlumotlarini verifikatsiya qiladi hamda taʼsir zonasida atmosfera havosi sifatini kuzatishni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Mahalliy davlat hokimiyati organlari hududlarni rejalashtirishda sanitariya-muhofaza zonalariga rioya etilishini taʼminlaydi, ushbu zonalarda yangi turar joy va ijtimoiy obyektlar qurilishiga yoʻl qoʻymaydi hamda markazlashtirilgan energetika va chiqindilarni boshqarish infratuzilmasini rivojlantirishga koʻmaklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Issiqxona xoʻjaligi tomonidan atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining toʻlanishi mazkur Nizom talablariga rioya qilish, qoidabuzarliklarni bartaraf etish va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2026-y., 09/26/586/1069-son)